O‘zbekistonda moliyaviy hisobotlarni taqdim etishda xalqaro standartlarga o‘tish

CC BY f
93-96
25
7
Поделиться
Абдуллаева, Н., & Джаббарова, Ч. (2022). O‘zbekistonda moliyaviy hisobotlarni taqdim etishda xalqaro standartlarga o‘tish. Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности, 1(5), 93–96. https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp93-96
Н Абдуллаева, Ташкентский финансовый институт

Старший преподаватель кафедры «Бюджетный учет и казначейская работа»

Ч Джаббарова, Ташкентский финансовый институт

Старший преподаватель кафедры «Бюджетный учет и казначейская работа»

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekistonda moliyaviy hisobotlarni taqdim etishda xalqaro standartlarga o‘tish tartibi va shu orqali hisobotlardagi aniqliklarni, asoslanganlikni ta’minlash, turli xil huquqbuzarliklarning oldini olish, daromadlar va xarajatlar ta’siri xolisligi, o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan.


background image

STARS International University

93

Annotatsiya:

Mazkur maqolada O‘zbekistonda moliyaviy hisobotlarni taqdim etishda

xalqaro standartlarga o‘tish tartibi va shu orqali hisobotlardagi aniqliklarni, asoslanganlikni
ta’minlash, turli xil huquqbuzarliklarning oldini olish, daromadlar va xarajatlar ta’siri xolisligi,
o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar:

buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot, xalqaro standartlar, daromad,

xarajat, majburiyat, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS), joriy majburiyatlar,
uzoq muddatli majburiyatlar, raqamli iqtisodiyot.

Kirish

. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy

hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ-4611-sonli qarorida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga
o‘tishni jadallashtirish, xorijiy investorlarni zarur axborot bilan ta’minlash va
xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob
va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlash tizimini
takomillashtirish masalalaariga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Bundan tashqari ushbu
qarorda aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik
soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar 2021-yil 1-yanvardan boshlab
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini
tashkil etishi hamda moliyaviy hisobotni ixtiyoriy

1

ravishda xalqaro standartlarga

muvofiq tayyorlaydigan tadbirkorlik sub’yektlari buxgalteriya hisobining milliy
standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot taqdim etishdan ozod etilishi nazarda
tutilgan[1]. Shuningdek, bu harakatni yurtimizda xalqaro standartlarga o‘tishdagi
asosiy qadamlardan biri bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu bilan birga,
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sifatli qo‘llash uchun ushbu soha
mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha jahonning muvaffaqiyatli tajribalarini
ommalashtirish, shu jumladan buxgalteriya hisobi va audit sohasida qayta tayyorlash

1

Nilufar A. YANGI O‘ZBEKISTONDA MOLIYA-BANK SOHASINING ISTIQBOLINING BELGILASH YO‘LLARI //BARQA-

RORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 3. – С. 51-54.

Abdukarimovich O. A. Budget organizations formation and improving accounting for out-of-budget budgets //Interna-

tional Journal of Advanced Science and Technology. – 2020. – Т. 29. – №. 8. – С. 11-16.

N.J.ABDULLAYEVA

Toshkent moliya instituti “Budjet hisobi va
g‘aznachilik ishi”
kafedrasi katta o‘qituvchisi
abdullayeva9383.gmail.com@mail.ru

CH.A.JABBAROVA

Toshkent moliya instituti “Byudjet hisobi va
g‘aznachilik ishi” kafedrasi katta o‘qituvchisi
jabbarova1984@gmail.com

O‘ZBEKISTONDA MOLIYAVIY
HISOBOTLARNI TAQDIM
ETISHDA XALQARO
STANDARTLARGA O‘TISH

https://doi.org/10.47689/STARS.univer-
s i t y - 5 - p p 9 1 - 9 4


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

94

va malaka oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlari (Sertifikatlangan diplomli
buxgalterlar xalqaro assotsaiatsiyasi - ACCA) va boshqalar bilan o‘zaro hamkorlikni
kengaytirish kabi mulohazali fikrlar ko‘rib chiqilgan. Moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlariga o‘tishni jadallashtirish maqsadida yurtimizdagi har bir moliyaviy
operatsiyalarni amalga oshirishda “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari
bo‘yicha moliyaviy hisobot” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida hujjatga
yohud “Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)”, “Sertifikatlangan
diplomli buxgalter (ACCA)”, “Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (SBR)” va
“Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR)” sertifikatlaridan biriga ega
buxgalterlar ishtirokini taminlash ilgari surilgan[1].

Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari haqida so‘z yuritar ekanmiz,

buxgalteriya hisobi va uning vazifasi, moliyaviy hisobot haqida qisqacha to‘xtalib
o‘tsak. Buxgalteriya hisobi malum bir firma yoki korxona to‘g‘risidagi moliyaviy
ma’lumotlarni ushbu firma faoliyatiga qiziquvchi foydalanuvchilar (investor,
aksioner, soliq organlari)ga hisobot shaklida yetkazib beruvchi tizim hisoblanadi.
Uning asosiy maqsadi ushbu foydalanuvchilarni ma’lumotga bo‘lgan ehtiyojini
kam sarf-harajat bilan qondirishdir. Shu bilan birga foydalanuvchining olgan nafi
ketgan xarajatlardan ustun bo‘lishi lozim[2]. Bu buxgalterlar ishidagi asosiy jihat
hisoblanadi.

Moliyaviy hisobot – ma’lum davr davomida amalga oshirilgan moliyaviy

operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui hisoblanadi. Bunga qisqacha qilib
quyidagi misollarni keltirish mumkin.

Metodologiya.

Buni xuddi ishga kirmoqchi bo‘lgan odamning shaxsiy varaqasiga

o‘xshatish mumkin. Ishchi haqidagi ma’lumotlarni uning shaxsiy varaqasi orqali bilib
olish mumkin bo‘lganidek, moliyaviy hisobot orqali ham korxona yoki firmaning
faoliyati haqida bilib olish mumkin.Yana bir misol qilib kundalikni aytish mumkin.
Kundalik egasi unga kunlik qilgan ishlarini yozib boradi va bir yildan so‘ng shu
kundalik orqali kishining yil davomida qanday ishlar bilan band bo‘lganligini bilish
mumkin. Moliyaviy hisobot ham firmaning yil davomida qanday operatsiyalar
amalga oshirganligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Moliyaviy hisobot buxgalteriya
hisobi va firmaning asosiy elementi ekanligini bilgan holda, uni keng qamrovli
bo‘lishi uchun xalqaro standartlarga o‘tkazish lozim.

Natija.

Yuqoridagi qarorlar va yurtimizda o‘tkazilayotgan islohotlarga tayangan

holda buxgalteriya hisobining ilmiy standartlaridan xalqaro standartlarga asta-
sekinlik bilan o‘tib kelinmoqda. Bunga asosiy sabab moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlari butun jahonda moliyaviy hisobot standartlarining yaqinlashishida,
kelishuvida va yanada yaxshilanishida muhim rol o‘ynaydi va ko‘pchilik
mamlakatlarda hisob va hisobotga qo‘yiladigan milliy talablar uchun asos bo‘lib
xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda turli aksiya egalari va boshqa foydalanuvchilar
uchun tayyorlanayotgan moliyaviy hisobotlarda mamlakatdan mamlakatga o‘tib
borayotgan, ba’zi hollarda bir mamlakatdagina foydalaniladigan buxgalterlik
qonun va qoidalari ishlatilmoqda. Ya’ni hisobot tuzuvchi o‘zining mamlakatidagi
standartlarga

1

ayrim hollarda foydalanuvchi (aksioner) mamlakatidagi

standartlargagina muvofiq hisobot tuzadi. Bu esa hisobotning qator funksiyalarini
cheklab qo‘yadi.

1

Javdatovna A. N. FOREIGN EXPERIENCE IN ACCOUNTING AND CONTROL OF FIXED ASSETS IN THE PUBLIC SEC-

TOR //ResearchJet Journal of Analysis and Inventions. – 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 1-5.


background image

STARS International University

95

Xulosa.

Bugungi kunda dolzarb islohotlardan biri moliyaviy hisobotning

xalqaro standartlarini va ilg‘or xorijiy tajribalarni, sohaga doir jahon adabiy-
otlari va hujjatlarini o‘rganish hamda ularni mamlakatimiz iqtisodiyotining xu-
susiyatlarini hisobga olgan holda joriy qilishdan iborat bo‘lsa, shunday islo-
hotlardan yana biri iqtisodiyotni raqamlashtirishdir. Bu holatning noqulayligi
shundaki, moliyaviy hisobotdan foydalanadigan investorlar va boshqa foyda-
lanuvchilar hisobotni tahlil qilish jarayonida uning turli standartlarga binoan
tuzilganligi tufayli qo‘shimcha xarajatlar qilishiga to‘g‘ri keladi. Ular hisobotlar
mazmunida chalkashliklarga duch kelishlari ham mumkin. Ushbu jarayon bilan
bog‘liq holda kapitalning jahon bozorida erkin raqobati yomonlashishi, kom-
paniyalar esa mablag‘larini saqlash bo‘yicha ko‘plab xarajatlar qilishiga to‘g‘ri
keladi. Eng asosiysi, turli mamlakatlar uchun turlicha foyda miqdori ko‘rsatilishi
oqibatida buxgalterlik hisobotlariga ishonch yo‘qoladi. Bunga quyidagi xolatni
misol qilib keltirish mumkin: Yangi texnika sotib olgan odam uning imkoniyat-
laridan to‘liq foydalana olmaydi, yoki texnikaning imkoniyatlari haqida to‘liq
ma’lumotga ega bo‘lmagan inson bu texnikani sotib olmaydi. Ba’zi hollarda
texnikani sotib olishni kechiktirishi mumkin. Shunday ekan, moliyaviy hisobot-
ning jahon standartlariga mos bo‘lishi investorning turli to‘siqlarsiz korxona
to‘g‘risida ijobiy fikrga kelishi yoki to‘g‘ri qaror qabul qilishida muhim o‘rin
egallaydi. Shu jihatlari bilan xalqaro standardlarning bizga moslashuvini yana-
da jadallashtirish va yengillashtirishimiz mumkun.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.– www.lex.uz O‘zbekiston

Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.

2.Международные стандарты финансовой отчетности: Издание на русском

языке M.: ASKERI - ASSA, 2016.

3.О.В. Плотникова Теория обязательств в бухгалтерском учете. Бухгалтер-

ский учет и статистика. 2013 vcplotnikov@yandex.ru

4.Бухгалтерский учет: учебник / под ред. Я.В. Соколова. ( 2-е изд., перераб.

и доп. М.: ТК Велби; изд-во «Проспект», 2008).

5.Дружиловская Т.Ю.,

Учет обязательств организаций: проблемы и пути

решения // Бухгалтерский учет в издательстве и полиграфии 4 (2016) 35–41.

6.Международный стандарт финансовой отчетности (ИАС) 37 «Резервы,

условные обязательства и условные активы» (ред. от 26.08.2015)

7.Nilufar A. YANGI O‘ZBEKISTONDA MOLIYA-BANK SOHASINING

ISTIQBOLINING BELGILASH YO‘LLARI //BARQARORLIK VA YETAKCHI
TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 3. – С. 51-54.

8.Abdukarimovich O. A. Budget organizations formation and improving

accounting for out-of-budget budgets //International Journal of Advanced
Science and Technology. – 2020. – Т. 29. – №. 8. – С. 11-16.

9.Javdatovna A. N. FOREIGN EXPERIENCE IN ACCOUNTING AND CONTROL

OF FIXED ASSETS IN THE PUBLIC SECTOR //ResearchJet Journal of Analysis and
Inventions. – 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 1-5.

10.Луговской Д.В., Абросимова Ю.А. Финансовые обязательства как эле-

мент финансовой отчетности: вопросы классификации и оценки // Междуна-
родный бухгалтерский учет. 2014. № 1. S. 8–15.


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

96

11.A.J.Tuychiev. Majburiyatlar buxgalteriya hisobi va tahlilining nazariy

metodologik muammolari. Dissertatsiya. i.f.d. – Toshkent. 2011.

12.Maxmudov S. Aktsiyadorlik jamiyatlarida majburiyatlar hisobi va tahlilini

takomillashtirish. Iqt.fan.nom. dis. ...avtoref. – Toshkent: 2006. -22 b.

13.Tashnazarov S.N. Korxonalar majburiyatlarini buxgalteriya balansida aks

ettirishni takomillashtirish. // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalari. - Toshkent,
2016. - №5. B.1-10. (08.00.00; №10).

14.F.Sh.Ochilov Majburiyatlar hisobi va auditini takomillashtirish PhD dis. –

Toshkent. 2021.

15.Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil –Fundamentals of business

accounting Oxford university Press, 2014; 54-bet

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.– www.lex.uz O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.

Международные стандарты финансовой отчетности: Издание на русском языке M.: ASKERI - ASSA, 2016.

О.В. Плотникова Теория обязательств в бухгалтерском учете. Бухгалтерский учет и статистика. 2013 vcplotnikov@yandex.ru

Бухгалтерский учет: учебник / под ред. Я.В. Соколова. ( 2-е изд., перераб. и доп. М.: ТК Велби; изд-во «Проспект», 2008).

Дружиловская Т.Ю., Учет обязательств организаций: проблемы и пути решения // Бухгалтерский учет в издательстве и полиграфии 4 (2016) 35–41.

Международный стандарт финансовой отчетности (ИАС) 37 «Резервы, условные обязательства и условные активы» (ред. от 26.08.2015)

Nilufar A. YANGI O‘ZBEKISTONDA MOLIYA-BANK SOHASINING ISTIQBOLINING BELGILASH YO‘LLARI //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 3. – С. 51-54.

Abdukarimovich O. A. Budget organizations formation and improving accounting for out-of-budget budgets //International Journal of Advanced Science and Technology. – 2020. – Т. 29. – №. 8. – С. 11-16.

Javdatovna A. N. FOREIGN EXPERIENCE IN ACCOUNTING AND CONTROL OF FIXED ASSETS IN THE PUBLIC SECTOR //ResearchJet Journal of Analysis and Inventions. – 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 1-5.

Луговской Д.В., Абросимова Ю.А. Финансовые обязательства как элемент финансовой отчетности: вопросы классификации и оценки // Международный бухгалтерский учет. 2014. № 1. S. 8–15.

A.J.Tuychiev. Majburiyatlar buxgalteriya hisobi va tahlilining nazariy metodologik muammolari. Dissertatsiya. i.f.d. – Toshkent. 2011.

Maxmudov S. Aktsiyadorlik jamiyatlarida majburiyatlar hisobi va tahlilini takomillashtirish. Iqt.fan.nom. dis. ...avtoref. Toshkent: 2006. -22 b.

Tashnazarov S.N. Korxonalar majburiyatlarini buxgalteriya balansida aks ettirishni takomillashtirish. // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalari. - Toshkent, 2016. - №5. B.1-10. (08.00.00; №10).

F.Sh.Ochilov Majburiyatlar hisobi va auditini takomillashtirish PhD dis. –Toshkent. 2021.

Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil –Fundamentals of business accounting Oxford university Press, 2014; 54-bet

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов