BHMS va MHXS konvergensiyasi sharoitida majburiyatlar hisobini takomillashtirish

CC BY f
266-269
17
9
Поделиться
Джаббарова, Ч., & Абдуллаева, Н. (2022). BHMS va MHXS konvergensiyasi sharoitida majburiyatlar hisobini takomillashtirish. Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности, 1(5), 266–269. https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp266-269
Ч Джаббарова, Ташкентский финансовый институт

Старший преподаватель кафедры «Бюджетный учет и казначейская работа»

Н Абдуллаева, Ташкентский финансовый институт

Старший преподаватель кафедры «Бюджетный учет и казначейская работа»

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada BHMS va MHXS uyg‘unlashuvi sharoitida majburiyatlar hisobini takomillashtirish masalalari o‘rganilgan, raqamli iqtisodiyot sharoitida majburi- yatlar hisobining o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan.

Похожие статьи


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

266

Annotatsiya

:

Mazkur maqolada BHMS va MHXS

uyg‘unlashuvi sharoitida majburiyatlar

hisobini takomillashtirish

masalalari o‘rganilgan, raqamli iqtisodiyot sharoitida

majburi-

yatlar hisobining o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar

:

majburiyat, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS), joriy ma-

jburiyatlar, uzoq muddatli majburiyatlar, raqamli iqtisodiyot.

Kirish

. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) muvofiq milliy

buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini isloh qilish sharoitida majburiyatlarni o‘z
ichiga olgan alohida buxgalteriya ob’yektlarini MHXS talablariga moslashtirishning
uslubiy masalalari alohida ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda MHXS talablariga
muvofiq tashkilotning majburiyatlarini baholash, tasniflash va tan olish bilan bog‘liq
ko‘plab muammolar mavjud.

So‘nggi yillardagi buxgalteriya hisobini isloh qilishdagi ijobiy o‘zgarishlarga qa-

ramay, MHXSga o‘tish jarayoniga to‘sqinlik qiladigan qiyinchiliklar uchrab turadi.
Mazkur jarayon davlat va bozor munosabatlari sub’yektlari o‘rtasidagi munosa-
batlarning zamonaviy modelini shakllantirish bilan uzviy bo‘lishini ta’minlash maq-
sadida buxgalteriya hamjamiyati bir qator yangi vazifalarni hal qilishi kerak: biznes
amaliyotida strategik ko‘rsatmalarni yaratish, xodimlar faoliyatini rag‘batlantirishni
kengaytirish va ularni sheriklikka yo‘naltirish, tashkilot tuzilishini va uni boshqarish
tamoyillarini bozor talablariga muvofiq qayta qurish, innovatsiyalarni joriy etishni
sekinlashtiradigan omillar ta’sirini kamaytirish va boshq.

Majburiyatlar buxgalteriya hisobi va tahlili, auditi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar,

ularni bevosita “xalqaro biznes tili” sifatida umumtan olingan buxgalteriya hisobi
va hisobotida aks ettirish masalalari mahalliy iqtisodchi olimlarning diqqatini o‘ziga
jalb qilgan va qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lib kelmoqda. Mazkur mavzu
doirasida so‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘plab ilmiy maqolalar, monografiyalar
va darsliklar chop qilindi. Bular jumlasiga A.J.Tuychiyev, S.Maxmudov, S.M.Tash-
nazarov, F.Sh.Ochilov, A. Kozimjonov va boshqalar

1

ning ishlarini kiritish mumkin.

1

A.J.Tuychiev. Majburiyatlar buxgalteriya hisobi va tahlilining nazariy metodologik muammolari. Dissertatsiya. i.f.d. –

Toshkent. 2011. Maxmudov S. Aktsiyadorlik jamiyatlarida majburiyatlar hisobi va tahlilini takomillashtirish. Iqt.fan.nom. dis.
...avtoref. – Toshkent: 2006. -22 b. Tashnazarov S.N. Korxonalar majburiyatlarini buxgalteriya balansida aks ettirishni ta-
komillashtirish. // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalari. - Toshkent, 2016. - №5. B.1-10. (08.00.00; №10). F.SH.Ochilov

CH.A.JABBAROVA

Toshkent moliya instituti “Budjet hisobi va
g‘aznachilik ishi” kafedrasi katta o‘qituvchisi
jabbarova1984@gmail.com

N.J.ABDULLAYEVA

Toshkent moliya instituti “Byudjet hisobi va
g‘aznachilik ishi” kafedrasi katta o‘qituvchisi
abdullayeva9383.gmail.com@mail.ru

BHMS VA MHXS
KONVERGENSIYASI
SHAROITIDA
MAJBURIYATLAR HISOBINI
TAKOMILLASHTIRISH

https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp264-267


background image

STARS International University

267

Yuqorida qayd etilgan olimlarning ishlarida joriy va uzoq muddatli majburiyatlar,

ularning tan olinish asoslari, tasniflanishi, tahlili va auditining metodologik
masalalari tadqiq etilgan. A.J.Tuychiev majburiyatlar buxgalteriya hisobi va
tahlilining nazariy metodologik muammolarini tadqiq qilgan bo‘lsa, S.Maxmudov
aksiyadorlik jamiyatlarida majburiyatlar hisobi va tahlilini takomillashtirish
masalalarini o‘rgangan. Konvergensiya nuqtai nazaridan majburiyatlarni hisobga
olish tamoyillari I. V. Averchyev, J.B. Gorbatova, V. V. Kachalin, N. A. Naumova, I.
M. Semyonova va boshqalar tomonidan tadqiqotga tortilgan.

Shu bilan birga, mavjud ilmiy ishlanmalarda fuqarolik, buxgalteriya hisobi va soliq

qonunchiligi nuqtai nazaridan majburiyatlarni hisobga olishning umumiy nazariy
muammolariga e’tibor qaratilgan. MHXS talablariga muvofiq majburiyatlarni
hisobga olish metodologiyasi yetarli darajada ishlab chiqilmagan, bu esa ushbu
sohada chuqurroq izlanish zaruratini yzaga keltiradi.

Metodologiya.

MHXSda “Majburiyat – bu o‘tgan davrdagi hodisalardan kelib

chiqadigan kompaniyaning joriy qarzdorligidir, qaysiki uning uzilishi iqtisodiy
nafni o‘zida mujassamlantirgan kompaniya resurslarining chiqib ketishiga olib
keladi” deb ta’rif berilgan. Ta’rifda “joriy qarzdorlik”, “resurslar chiqib ketishi”
tushunchalarining qo‘llanilishini hisob nuqtai nazaridan optimal deb o‘ylaymiz.

Hozirgi kunda baholangan majburiyatlarga noaniq bajarish muddatiga yoki

noaniq qiymatga ega bo‘lgan majburiyat sifatida sezilarli darajada e’tibor qaratilib,
baholangan majburiyatlar masalasi va uning tarkibi olimlar ishlarida bahsliligicha
qolmoqda. Baholangan majburiyatlar – mavjud javobgarlik bo‘lganligi va
javobgarlikni bajarish uchun o‘zida iqtisodiy nafni mujassamlashtirgan resurslarning
chiqib ketishining talab etilishi ehtimoli mavjudligi sababli tan olinadi.

S.N. Tashnazarov

ta’kidlaganidek, R. Hermanson baholanadigan majburiyat-

larga faqat mahsulot kafolatlari bilan bog‘liq majburiyatlarni kiritsa, B.Nidlz esa bu
guruhga to‘lanadigan daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i va mehnat ta’tillari bo‘yicha
majburiyatlarni ham kiritadi.

Natija.

BHMS va MHXSning yaqinlashishi sharoitida majburiyatlarning

konsepsiyasi, tasnifi, bahosi va hisobi bilan bog‘liq masalalarning nazariy va amaliy
ahamiyati, shuningdek yetarli darajada uslubiy asos ishlab chiqilmaganligi mazkur
mavzusning dolzarbligi oshiradi. Bizningcha buxgalteriya hisobiga qo‘yiladigan
barcha yangi talablarni hisobga oladigan sifat jihatdan yangi qonun paydo bo‘lishi
kerak. Va bunday talablar oxirgi yillarda talaygina to‘planib qolgan.

Qonunga moliyaviy hisobotni buning uchun maxsus yaratilgan resursda ochiq

foydalanish imkoniyati bilan e’lon qilish to‘g‘risidagi normani kiritish lozim. Bizning
biznesimiz ma’lumotlarni oshkor etishga ko‘nikmagan, biroq vaqt o‘tishi bilan
bu zaruratga aylanadi

1

. Bunday amaliyotni joriy etgan mamlakatlar tajribasining

ko‘rsatishicha, moliyaviy hisobotni ochiq foydalanish imkoniyati bilan e’lon qilish
katta foyda keltiradi. Tadbirkorlarga ishonchli va to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan
hamkorlarni izlash osonlashadi.

Milliy standartimizdagi ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar,

muddati uzaytirilgan majburiyatlar, lizing, foizlar, qisqa muddatli bank kreditlari
kabi majburiyatlarning e’tirof etilishi xalqaro standartlarga uyg‘unligini rad etmagan

Majburiyatlar hisobi va auditini takomillashtirish PhD dis. –Toshkent. 2021.

1

https://www.norma.uz/bizning_sharhlar/2024_yilga_qadar_buhgalteriya_hisobida_nimalar_uzgaradi


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

268

xolda, ayrim majburiyatlarni “hisoblashishlar asosida hisoblashishlar”ga barham
berish maqsadida, ikkinchi tomondan esa xo‘jalik jarayonlarini raqamlashtirish
sharoitida qayta tasniflash lozim deb hisoblaymiz. Masalan:

– ishlab chiqarish sohasidagi majburiyatlar;
– xizmat ko‘rsatish sohasidagi majburiyatlar;
–ishlarni bajarish sohasidagi majburiyatlar;
–moliya tizimi majburiyatlari;
–sug‘urta sohasi majburiyatlari;
–ijara (lizing) munosabatlarida yuzaga keluvchi majburiyatlar;
–savdo sohasi bilan bog‘liq majburiyatlar va boshq.
Chunki har bir faoliyat sohasida xo‘jalik operatsiyalari natijasida tashkilotning

o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq majburiyatlar yuzaga keladi. Ular mohiyatan bir
hil bo‘lsada hisob yuritishda o‘zgacha yondashuvni talab qiladi. Majburiyatlarning
har bir turi bo‘yicha analitik hisob ma’lumotlari to‘g‘ri shakllantirilishi orqali yanada
barqaror iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish mumkin.

Ma’lumki 24.02.2020-yildagi PQ-4611-son qarorga asosan aksiyadorlik jamiyatlari,

tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yuridik shaxslar – yirik soliq to‘lovchilar 2021-
yil 1-yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi
va 2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlashlari
belgilangan, hozirda bu ishlar amalda. Mazkur jarayon “Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida”gi Qonunni MHXS, shu jumladan – unda qo‘llaniladigan terminologiya
nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish zaruratini keltirib chiqardi. Misol uchun,
Qonunning 7-moddasiga asosan aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar,
daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik
operatsiyalari buxgalteriya hisobining ob’yektlaridir. Moliyaviy hisobotlarni taqdim
etishning Kontseptual asoslariga asosan esa aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital,
daromadlar va xarajatlar moliyaviy hisobotning elementlari hisoblanadi.

Xulosa.

Bugungi kunda dolzarb islohotlardan biri moliyaviy hisobotning

xalqaro standartlarini va ilg‘or xorijiy tajribalarni, sohaga doir jahon adabiyotlari
va hujjatlarini o‘rganish hamda ularni mamlakatimiz iqtisodiyotining xususiyatlarini
hisobga olgan holda joriy qilishdan iborat bo‘lsa, shunday islohotlardan yana
biri iqtisodiyotni raqamlashtirishdir. Hozirgi globallashuv jarayonida raqamli
iqtisodiyotni qo‘llamasdan dunyo mamlakatlari bilan raqobat qilib bo‘lmaydi.
Raqamli iqtisodiyot nafaqat dunyo mamlakatlari bilan manfaatli aloqani
mustahkamlashga, balki mamlakat iqtisodiyoti shaffofligi ta’minlanishiga ham
xizmat qiladi.

Raqamli iqtisodiyot ma’lumotlarni bir tizimda jamlash, to‘lovlarni elektron amalga

oshirish, mijozlarga onlayn xizmatlar ko‘rsatish, barcha ma’lumot uzatishlarni va
internet savdo va boshqa turdagi sohalar axborot foydalanuvchilarini elektron
ma’lumotlarni almashish tizimidir. Raqamli iqtisodiyotda IT yordamida tannarxni
kamaytirishga, unumdorlikning oshishiga va natijada ishonchlilik ta’minlanishiga
erishiladi.

Buxgalteriya hisobini raqamlashtirish bir qator afzalliklarni yaratadi. Korxona

ma’lumotlaridan ichki va tashqi foydalanuvchilarni ishonchli va aniq ma’lumotlar
bilan ta’minlash, xalqaro standartlarga moslashuvchanlik, soliqlar va boshqa
budjetga to‘lovlar bo‘yicha chetlanishlarning vujudga kelmasligi va boshqalar
shular jumlasidandir.


background image

STARS International University

269

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.– www.lex.uz O‘zbekiston

Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.

2.Международные стандарты финансовой отчетности: Издание на русском

языке M.: ASKERI - ASSA, 2016.

3.О.В. Плотникова Теория обязательств в бухгалтерском учете. Бухгалтер-

ский учет и статистика. 2013 vcplotnikov@yandex.ru

4.Бухгалтерский учет: учебник / под ред. Я.В. Соколова. ( 2-е изд., перераб.

и доп. М.: ТК Велби; изд-во «Проспект», 2008).

5.Дружиловская Т.Ю.,

Учет обязательств организаций: проблемы и пути

решения // Бухгалтерский учет в издательстве и полиграфии 4 (2016) 35–41.

6.Международный стандарт финансовой отчетности (ИАС) 37 «Резервы,

условные обязательства и условные активы» (ред. от 26.08.2015)

7.S.N. Tashnazarov Korxonalar majburiyatlarini buxgalteriya balansida aks

ettirishni takomillashtirish “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron
jurnali. № 5, sentyabr-oktyabr, 2016 yil.

8.Луговской Д.В., Абросимова Ю.А. Финансовые обязательства как эле-

мент финансовой отчетности: вопросы классификации и оценки // Междуна-
родный бухгалтерский учет. 2014. № 1. S. 8–15.

9.A.J.Tuychiev. Majburiyatlar buxgalteriya hisobi va tahlilining nazariy

metodologik muammolari. Dissertatsiya. i.f.d. – Toshkent. 2011.

10.Maxmudov S. Aktsiyadorlik jamiyatlarida majburiyatlar hisobi va tahlilini

takomillashtirish. Iqt.fan.nom. dis. ...avtoref. – Toshkent: 2006. -22 b.

11.Tashnazarov S.N. Korxonalar majburiyatlarini buxgalteriya balansida aks

ettirishni takomillashtirish. // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalari. - Toshkent,
2016. - №5. B.1-10. (08.00.00; №10).

12.F.Sh.Ochilov Majburiyatlar hisobi va auditini takomillashtirish PhD dis. –

Toshkent. 2021.

13.Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil –Fundamentals of business

accounting Oxford university Press, 2014; 54-bet

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.– www.lex.uz O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.

Международные стандарты финансовой отчетности: Издание на русском языке M.: ASKERI - ASSA, 2016.

О.В. Плотникова Теория обязательств в бухгалтерском учете. Бухгалтерский учет и статистика. 2013 vcplotnikov@yandex.ru

Бухгалтерский учет: учебник / под ред. Я.В. Соколова. ( 2-е изд., перераб. и доп. М.: ТК Велби; изд-во «Проспект», 2008).

Дружиловская Т.Ю., Учет обязательств организаций: проблемы и пути решения // Бухгалтерский учет в издательстве и полиграфии 4 (2016) 35–41.

Международный стандарт финансовой отчетности (ИАС) 37 «Резервы, условные обязательства и условные активы» (ред.от 26.08.2015)

S.N. Tashnazarov Korxonalar majburiyatlarini buxgalteriya balansida aks ettirishni takomillashtirish “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 5, sentyabr-oktyabr, 2016 yil.

Луговской Д.В., Абросимова Ю.А. Финансовые обязательства как элемент финансовой отчетности: вопросы классификации и оценки // Международный бухгалтерский учет. 2014. № 1. S. 8–15.

A.J.Tuychiev. Majburiyatlar buxgalteriya hisobi va tahlilining nazariy metodologik muammolari. Dissertatsiya. i.f.d. – Toshkent. 2011.

Maxmudov S. Aktsiyadorlik jamiyatlarida majburiyatlar hisobi va tahlilini takomillashtirish. Iqt.fan.nom. dis. ...avtoref. Toshkent: 2006. -22 b.

Tashnazarov S.N. Korxonalar majburiyatlarini buxgalteriya balansida aks ettirishni takomillashtirish. // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalari. - Toshkent, 2016. - №5. B.1-10. (08.00.00; №10).

F.Sh.Ochilov Majburiyatlar hisobi va auditini takomillashtirish PhD dis. –Toshkent. 2021.

Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil –Fundamentals of business accounting Oxford university Press, 2014; 54-bet

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов