Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika–
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика– Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Competency-based approach and teacher competence in
foreign language teaching at non-philological faculties
Shokhida MOYDINOVA
1
Andijan State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
10
April 2025
Accepted 2 April 2025
Available online
25 May 2025
This article discusses the issue of developing professional
competencies of foreign language teachers in non-philological
areas. The article analyzes the process of teaching professional
texts in English on the basis of communicative, linguistic,
methodological and professional components of education. The
stages of the mechanism and technique of reading, as well as
methods for developing reading skills, are covered in detail. The
importance of teaching students to read and understand foreign
language texts based on professional needs and the need to
gradually complicate the criteria for selecting texts and
educational materials are also substantiated.
2181-3701/© 2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss5
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
professional competencies,
non-philological fields,
English language teaching,
competency-based
approach.
Nofilologik fakultetlarda chet til o‘qitishda kompetensiyali
yondashuv va o‘qituvchi kompetensiyasi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
kasbiy kompetensiyalar,
nofilologik yo‘nalishlar,
ingliz tilini o‘qitish,
kompetensiyaviy
yondashuv.
Ushbu maqolada nofilologik yo‘nalishlarda chet til
o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish
masalasi ko‘rib chiqilib, ingliz tilidagi kasbiy matnlarni o‘qitish
jarayonini ta’limning kommunikativ, lingvistik, metodik va
kasbiologik komponentlari asosida tahlil qilingan. O‘qish
mexanizmi va o‘qish texnikasining bosqichlari, shuningdek,
o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish metodlari batafsil
yoritilgan. Shuningdek, chet tildagi matnlarni o‘qib tushunishda
talabalarni kasbiy ehtiyojlar asosida o‘qitish muhimligi, matn
tanlash mezonlari va o‘quv materiallarini bosqichma-bosqich
murakkablashtirish zarurligi asoslab berilgan.
1
Senior Lecturer, Andijan State Institute of Foreign Languages.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
29
Компетентностный
подход
и
компетенция
преподавателя в обучении иностранному языку на
нефилологических факультетах
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
профессиональные
компетенции,
нефилологические
направления,
преподавание
английского языка,
компетентностный
подход.
В данной статье рассматривается вопрос формирования
профессиональных компетенций учителей иностранного
языка
нефилологических
направлений.
В
статье
анализируется процесс обучения профессиональным
текстам
на
английском
языке
на
основе
коммуникативного,
языкового,
методического
и
профессионального компонентов образования. Подробно
освещены этапы механизма и техники чтения, а также
методы формирования навыков чтения. Также обоснована
важность обучения студентов чтению и пониманию
иноязычных текстов исходя из профессиональных
потребностей, необходимость постепенного усложнения
критериев отбора текстов и учебных материалов.
Mamlakatimizdagi ro‘y berayotgan islohotlar haqida gap ketganda, ta’lim
tizimidagi jadal o‘zgarishlar haqida gapirmaslikning iloji yo‘q. Xususan, oliy ta’lim tizimi
oldiga ham dunyo mehnat bozorida raqobatbardosh, mustaqil fikrlaydigan,
mutaxassisligi yuzasidan barcha vaziyatlarni kreativ hal qiladigan yuqori malakali
kadrlar tayyorlash vazifasi qo‘yilganligi dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Yangi O‘zbekiston kelajagini quruvchi yosh avlodning bilimini, dunyoqarashini,
tafakkurini shaklantirishda, malakali mutaxassislar tayyorlashda o‘qituvchi-
pedagoglarning o‘rni va maqomi beqiyosdir.
Shaxsni har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya tizimini
nazariy va metodologik jihatdan mustahkamlash bugungi kunda pedagogika fanining
asosiy maqsadidir. Shu bois chet til o‘qituvchisiga xos kompetensiyalarni ko‘rib chiqib
tahlil qilish nofilologik fakultetlarda ishlovchi o‘qituvchilarga xos kompetensiyani
aniqlashga yordam beradi, chunki ularning ish faoliyati, chet tillar o‘qituvchilari
tayyorlashga qaratilgan til fakulteti o‘qituvchilari faoliyatidan farqlanadi [1].
Kommunikativ kompetensiyaning turli modellari haqidagi turli yondashuvlar,
ilmiy asoslangan ma’lumotlar
metodik adabiyotlarda keltirib o‘tilgan [3].
O‘zbekiston metodist olimlariga ko‘ra, kommunikativ kompetensiya uch qismdan
iborat:
1. Lingvistik kompetensiya – tilning grammatikasi, leksikasi va fonetikasi bo‘yicha
bilim.
2. Sotsiolingvistik kompetensiya – tilni ijtimoiy kontekstda to‘g‘ri ishlatish
qobiliyati.
3. Pragmatik kompetensiya – muloqot maqsadini va ifodani tushunish qobiliyati.
Lingvistik kompetensiya asosida kommunikativ kompetensiyani shakllantiriladi.
Lingvistik kompetensiya nutq faoliyatining barcha turlarida – gapirish, tinglab tushunish,
o‘qish va yozishda – til materialini (leksik, fonetik va grammatik) to‘g‘ri qo‘llay olish
qobiliyati bilan belgilanadi [4].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
30
Talabalar chet tildagi, xususan ingliz tilidagi kasbiy matnlarni o‘qib tushunishlari
uchun avvalo o‘qish mexanizmini shakllantirish va rivojlantirish kerak.
I.A. Gruzinskaya “O‘qish mexanizmi – ko‘z ilg‘aydigan matn materialini tovush
obrazlari bilan to‘g‘ri, tez aniq ilg‘ab olish, matnning anglatgan bo‘laklarini to‘la tovush,
ohang aniqligida aytish mahorati” deb ta’riflaydi.
O‘. Hoshimov, I. Yoqubovlar o‘qish mexanizmlariga harflar, harf birikmalari, so‘zlar,
gaplar – ularni to‘g‘ri talaffuz qilish, o‘qish, ritm, ohang, xotira, fahmlay olish, tezlikni
kiritganlar.
Chet tilda o‘qishga o‘rgatish ushbu mexanizmlarni o‘rgatish orqali amalga
oshiriladi, talabalarda oldin o‘qish texnikasi shakllantiriladi, so‘ng shu asosda o‘qiganning
mazmunini tushunishga o‘rgatiladi [5].
Yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, o‘qish mexanizmining
quyidagi komponentlarini keltirib o‘tish maqsadga muvofiq. O‘qish mexanizmining
komponentlari: harflar; harf birikmalari; so‘zlar, so‘z birikmalari; gaplar; o‘qish tezligi;
fahmlay olish malakasi (antitsipatsiya); xotira; ohang va ritm.
Talabalarning chet tildagi o‘qish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishni o‘qish
mexanizmi asosiga qurilishi o‘qish texnikasiga oid ko‘nikmalarni shakllantirishda
ustuvorlikka ega. Chet tildagi matn mazmunini tushunish uchun o‘qish texnikasiga
o‘rgatish juda muhim hisoblanadi. O‘qish texnikasi quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
1. Harflar va harf birikmalarini ko‘rish analizatori yordamida tanib olish.
2. Harflar va ularning birikmalarini tanib olish orqali ularni ifodalovchi tovushlar
bilan bog‘lash.
3. Grammatik belgilarni tanib olish, so‘zning grammatik shakllarini fikran belgilash
va ularni grammatik struktura maqomida birlashtirish.
4. Gapdagi yordamchi so‘zlarni tanib olish, ularning ma’lum mustaqil so‘zlarga
daxldorligini aniqlash va ularni muayyan strukturalarga fikran birlashtirish.
5. O‘rganilgan mustaqil so‘zlar ma’nolarini tushunish.
6. Notanish yasama va qo‘shma so‘zlarning morfemalarini tanib olish va ularni
yaxlit so‘zlar sifatida qabul qilish.
7. Grammatik belgilariga ko‘ra so‘zlarni sintagmatik guruhlarga fikran biriktirish.
8. Grammatik belgilar asosida gapning tuzilishini retseptiv ravishda umumiy
tasavvur qilish.
9. Grafik belgilarda ifodalangan gapning ohangi va urg‘ularini nutqiy jarayonda
idrok etish [4].
O‘qish texnikasiga o‘rgatishda quyidagi metodlardan foydalanish mumkin:
1) The Phone method – oldin tovushlar eshittirilib, keyin harf ko‘rsatiladi,
o‘qitiladi.
2) The word method – butun so‘z o‘qib beriladi va u qayta o‘qiladi.
3) The sentence method – gapni o‘qib berish va uni qayta o‘qish.
Ushbu metodlarni qo‘llashda raqamli texnologiyalardan (digital technology)
foydalanish o‘qish texnikasiga oid ko‘nikmalarni shakllantirish samaradorligini yanada
orttiradi.
O‘qiganning mazmunini tushunish o‘qish texnikasi asosida uni egallagandan so‘ng
amalga oshiriladi. Talaba o‘qish texnikasini bilmasa, matn mazmunini tushuna olmaydi.
Matnni o‘qib, mazmunini tushunishga o‘rgatish metodik ishlab chiqilgan ma’lum ketma-
ketlikda olib borishni talab qiladi [5].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
31
J. Jalolov o‘qish malakalarini hosil qilish uchun avval quyidagi malakalar
shakllantirilishi zarur deb hisoblaydi:
1. Til materialini tushunish malakalari;
2. Matn mazmunini tushunish malakalari.
N.I. Gеz chеt tildаgi mаtnni о‘qib tushunishning tо‘rt dаrajasini tаklif qilаdi:
1. Qismаn (frаgment) tushunish dаrajasi;
2. Umumiy (globаl) tushunish dаrajasi;
3. Tо‘liq tushunish darаjasi;
4. Tаnqidiy tushunish dаrajasi [2].
Ingliz tilidаgi mаtnni о‘qib tushunishgа оid yuqoridа keltirilgan metodist
olimlarning fikrlаrini umumlаshtirgan xoldа ingliz tilidаgi mаtnni о‘qib tushunish
ko‘nikmа vа malakalаrni shаkllantirishning quyidаgi usullаr vа harаkatlar ketmа-
kеtligini kеltirish mumkin.
1) harf va harf birikmalarini namoyish qilish va o‘qilishini talaffuz qilib ko‘rsatish.
2) so‘zlarning o‘qilishini tushuntirish va mashq qilish.
3) so‘z birikmalarini o‘qishni mashq qilish.
4) sodda gaplarni o‘qishni mashq qilish.
5) qo‘shma gaplarni sintagmalarga ajratib, urg‘u va intonatsiyaga e’tibor qaratgan
holda o‘qishni mashq qilish.
6) qisqa hajmdagi matnni ifodali o‘qishni mashq qilish.
7) qisqa hajmdagi notanish matnning mazmunini tushunib olib o‘qishni mashq
qilish, savollarga javob berish.
8) qisqaroq hajmdagi kasbiy matnni o‘qib tushunishni mashq qilish, mazmunini
so‘zlab berish.
9) katta hajmdagi kasbiy matnni o‘qib tushunishni mashq qilish, matn mazmunini
qisqacha yozma ravishda bayon qilish.
10) turli yozma manbalardan o‘qituvchi tomonidan berilgan kasbiy mavzuga oid
axborot (ma’lumot) to‘plash va konspektlashtirish.
Bizningcha, nofilologik oliy ta’lim muassasalarida ishlaydigan chet til
o‘qituvchisining kasbga yo‘naltirilgan o‘qishga o‘rgatish kompetensiyasi quyidagi
kоmponentlardan ibоrat dеb bеlgilash mаqsadga muvоfiq:
Nofilоlogik оliy tа’lim muаssasasida faoliyаt ko‘rsаtuvchi сhet til o‘qituvсhisining
kаsbiy kompetensiyаsi
lingvistik,psixоlogik, pedagоgik, metоdik, kasbiоlogik
kompоnentlardan iborаt.
Lingvistik kоmponentga
til va nutqiy mаterial; idrоk
еtishning lingvistik qiyinсhiliklari; о‘qish uсhun mаtnlarga qo‘yiladigаn tаlаblаr kiradi.
Psixоlogik kompоnent
esa
tаlabalarning motivlаri va qiziqishlаri; о‘qish kо‘nikma vа
mаlakalari; psixоlogik mexаnizmlar; о‘qishning bоshqa nutq faоliyati turlari bilаn
bоg‘liqligi; idrоk еtishning psixоlogik qiyinсhiliklaridan iborat.
Metоdik kompоnentga
о‘qishga оid kо‘nikma vа malаkalarni shаkllantirish usul vа metodlаri; kаsbiy
kompetеnsiyani shаkllantirish bоsqichlari; о‘qib tushunishni osоnlashtirish uсhun turli
tеxnik va nоtexnik vositаlardan maqsаdli foydаlanish kabi mezonlar kiradi.
Chet til o‘qituvchisining
kasbiologik komponenti
o‘qish jarayonini kasbga
yo‘naltirilgan o‘quv materiali asosida tashkil qilishni taqozo etadi va kasbiy leksika
hamda kasbga oid mavzularni o‘z ichiga oladi.
Nofilologik fakultetlarda faoliyat ko‘rsatayotgan chet til o‘qituvchisining kasbiy
kompetensiyasi uning ta’lim jarayonidagi vazifalarini belgilab beruvchi asosiy manba
bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
32
Chet til o‘qituvchisining oldida turgan vazifa nofilologik oliygoh talabalarini texnik
matnlarni lug‘atlar yordamida ham, lug‘atsiz ham o‘qib tushunishga o‘rgatishdan iborat.
Nofilologik oliygohlarda ishlash amaliyotidagi tajribalarga asosan shuni aytishimiz
mumkinki,
talabalar ikki tilli lug‘at bilan ishlash jarayonida qiyinchiliklarga duch
keladilar. Bunga bir qator sabablarni keltirishimiz mumkin. Masalan, ingliz tilidagi
so‘zlarning ko‘p ma’noliligi. Talabalar notanish so‘zning qaysi tarjimasi matn mazmuniga
mos kelishida ikkilanishlari, so‘zning qaysi so‘z turkumiga kirishini bilmasliklari shular
jumlasidan.
Talabalarni kasbiy matnlarni o‘qishga rag‘batlantirish bo‘lajak mutaxassislarning
kasbiy mahoratini shakllantirishda asosiy omil sanaladi. Nofilologik oliygoh talabalariga
chet tilni o‘rgatish ularning kasbiy ehtiyojlarini qondira olsagina ushbu jarayonni
samarali deyish mumkin. Buning uchun esa kasbga oid matnlarni tanlash masalalariga
ham jiddiy yondashuv talab qilinadi.
Kasbga yo‘naltirilgan o‘qishga o‘rgatishning ilk bosqichida matndagi yangi
materiallar miqdori cheklangan bo‘lishi mumkin, chunki birinchi kursda talabalar hali
asosiy fanlarni o‘zlashtirmagan bo‘ladilar. Nofilologik oliygoh talabalari uchun matnlarni
tarjima qilish murakkab jarayon bo‘lishi mumkin, chunki ular hali ona tilida o‘z
mutaxassisliklariga oid terminologiyani yetarli darajada egallamaganlar.
Dastlabki bosqichda o‘qituvchining asosiy vazifasi talabalarni keyinchalik olingan
axborotlarni mustaqil o‘zlashtira oladigan darajadagi til kompetensiyasini
shakllantirishdan iborat. Ushbu jarayonda o‘qituvchi chet tildagi matnlarni talabalarning
tayyorgarlik darajasiga ko‘ra moslashtirishi zarur. Buning uchun tayyorgarlik darajasini
aniqlash maqsadida monitoring o‘tkazishi va so‘ngra auditoriya uchun tegishli o‘quv
materiallarini tanlashda e’tiborli bo‘lishi lozim.
Yangi leksik va grammatik materiallarni samarali o‘zlashtirish uchun didaktik
jihatdan mos mashqlarni tanlash muhimdir. Bu jarayonda dars maqsad va vazifalarni
texnologik nuqtai nazardan puxta ishlab chiqish zarur. Mashqlar talabalar darajasiga
mos, qiziqarli va interaktiv bo‘lishi kerak.
Matnni o‘qish va tushunish jarayonini yengillashtirish maqsadida vizual va grafik
ko‘rgazmali vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi darsning
mazmunini diagramma, infografika, rasm yoki boshqa ko‘rgazmali vositalar bilan
boyitishi, o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishi mumkin. Mazkur yondashuv
talabalar uchun nafaqat o‘quv jarayonini yanada qiziqarli va faol qilish, balki ularning
diqqatini jalb qilish va matn mazmunini chuqurroq o‘rganish imkonini beradi.
“Osondan murakkabga qarab” o‘qitish tamoyiliga rioya qilgan holda, kasbga
yo‘naltirilgan matnlarni o‘qitishda keyingi bosqichlarda yangi til materiallari miqdorini
oshirish mumkin. Bu yondashuv, talabalar bilim va ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich
rivojlantirishga yordam beradi.
Kasbiy matndan zarur ma’lumotni ajratib olish ko‘nikmasiga ega talaba uni turli
shakllarda va kontekstlarda qo‘llay oladi: masalan, mazmunni so‘zlab berish, dialog
tuzish, munozara olib borish, yozma axborot yoki referat tayyorlash orqali. Bu talabaning
o‘quv jarayonida o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini
rivojlantiradi.
O‘qituvchining asosiy vazifasi – talabalarni kasbiy matnlar bilan mustaqil ishlashga
o‘rgatishdir, bu esa bo‘lajak mutaxassislarning o‘z faoliyatlari doirasida chet tildagi
manbalardan tezkor va samarali foydalanish ko‘nikmasini rivojlantiradi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
33
Nofilologik fakultetlarda chet til o‘qituvchilarining asosiy kompetensiyasi amaliy
darslarni tashkil qilish va talabalarni matnlarni o‘qib tushunish hamda kasbiy
maqsadlarda axborot olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
O‘qish va yozishni integratsiyalashgan holda ta’lim jarayonini tashkil etish muhimdir.
Gapirish va tinglab tushunishga oid ko‘nikmalarni shakllantirish, talabalarning
kasbiy mavzudagi materiallar bilan ishlashi orqali chet tilni o‘rganishga motivatsiya
oshadi va til o‘rganish samaradorligini yaxshilaydi. Bu, o‘z navbatida, talabalarning
kelgusidagi kasbiy faoliyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Джураева Н.И. Профессиональная компетенция будущего учителя
иностранного языка.// DOI:10.51844-2077-4990-2022-3-165-170]
2.
Гез Н.И. Методика обучения иностранному языку в средней школе. –
Москва. Просвещение, 1991. –С. 248.]
3.
Celce-Murcia M. Rethinking the Role of Communicative competence in Language
Teaching/ Soler E.A., Safond Jorda M.P. Intercultural Language Use and Language
Learning –Springer, 2007. –P. 41 – 58.]
4.
Jalolov J.J., Makhkamova G.T. English language teaching methodology. –Tashkent,
2015. –P. 15 –16
5.
Ҳошимов Ў., Ёқубов И. Инглиз тили ўқитиш методикаси. – Toшкент, 2003. –
Б. 165.
