Авторы

  • Шахзодахон Муллаева
    Преподаватель, Азиатский университет технологий

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.123719

Ключевые слова:

концепция образование учебный процесс интенсивный современные образовательные технологии педагогический психологический технология интенсивные образовательные технологии когнитивный метод игровое обучение навык мотив мотивация

Аннотация

В данной статье представлены выводы о значении, эффективности, педагогических и психологических аспектах технологий интенсивного обучения в системе образования. Интенсивные занятия имеют ряд преимуществ перед традиционными в развитии умственных способностей учащегося. Рассматривается активное взаимодействие этих преимуществ с участниками образовательного процесса и развитие мотивации к учебной деятельности.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Pedagogical and psychological aspects of organizing
education based on intensive learning technologies

Shakhzodakhon MULLAYEVA

1


Asian University of Technology

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2025
Received in revised form

10

April 2025

Accepted 2 April 2025
Available online
25 May 2025

This article presents conclusions about the importance,

effectiveness, and pedagogical and psychological aspects of

intensive educational technologies in the education system.

Intensive training has several advantages over traditional

methods in developing a student's mental abilities. The article
discusses the active interaction of these benefits with

participants in the educational process and their role in

fostering motivation for learning activities.

2181-3701/© 2025 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss5

/S

-pp356-360

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

concept,

education,

learning process,

intensive,

modern educational

technologies,

pedagogical,

psychological,

technology,

intensive educational
technologies,

cognitive,

method,

game-based learning,

skill,

motive,

motivation.

Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etishning
pedagogik-psixologik aspektlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

konsepsiya,

ta’lim,

o‘quv jarayoni,

intensiv,

zamonaviy ta’lim

Ushbu maqoladada intensiv ta’lim texnologiyalarining ta’lim

tizimidagi ahamiyati, samarasi, pedagogik va psixologik jihatlari

haqida xulosalar berilgan. O‘quvchining aqliy qobiliyatini

rivojlantirishda intensiv mashg‘ulot an’anaviy mashg‘ulotlardan

bir qator afzalliklarga ega. Mazkur imtiyozlarning o‘quv

1

Teacher, Asian University of Technology.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

357

texnologiyalari,

pedagogik,

psixologik,

texnologiya,

Intensiv ta’lim

texnologiyalari,

kognitiv,

metod,

o‘yinlashgan o‘qish,

ko‘nikma,

motiv,

motivatsiya.

jarayoni ishtirokchilariga faol o‘zaro ta’siri hamda o‘quv

faoliyati uchun motivatsiyani rivojlantirish haqida so‘z

yuritilgan.

Педагогические

и

психологические

аспекты

организации на основе интенсивных образовательных

технологий

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

концепция,

образование,

учебный процесс,

интенсивный,

современные

образовательные

технологии,

педагогический,

психологический,

технология,

интенсивные

образовательные

технологии,

когнитивный,

метод,

игровое обучение,

навык,

мотив,

мотивация.

В данной статье представлены выводы о значении,

эффективности,

педагогических

и

психологических

аспектах технологий интенсивного обучения в системе

образования.

Интенсивные

занятия

имеют

ряд

преимуществ

перед

традиционными

в

развитии

умственных способностей учащегося. Рассматривается

активное

взаимодействие

этих

преимуществ

с

участниками образовательного процесса и развитие

мотивации к учебной деятельности.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston

Respublikasida Oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash,

zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan

yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish,

oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda

ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida “Oliy ta’limni

2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” Farmoni tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi

o‘z istiqloliga erishgach jamiyat siyosiy-ijtimoiy hayotining barcha jabhalarini yangilash

va zamonaviylashtirish uchun keng imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Zero, davr talablaridan

kelib chiqib yangilanish va modernizatsiya jarayonlarini sobit qadamlik bilan davom

ettirgan jamiyatgina barqaror taraqqiyotga erisha oladi. [1] Konsepsiya O‘zbekiston

Respublikasida oliy ta’limni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari,

vazifalari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda sohaga oid

dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

358

“O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasiga, aqliy

salohiyatiga hamda kasbiy mahoratiga nisbatan alohida mas’uliyat yuklangan.

Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov

quyidagilarni qayd etadi: “Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini

tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifalarni ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli

kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o‘zimizga keladigan yoshlarning ma’naviy

dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini yaxshi tasavvur

qilamiz”. Ushbu fikrlardan bugungi kun o‘qituvchisiga nisbatan qo‘yilayotgan

talablarning mazmun va mohiyati anglaniladi. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi

kerak? Mustaqillikdan keyin ushbu muammo ko‘plab olimlarning, ziyoli ahlining, hatto

ota-onalarning diqqat e’tiborida bo‘ldi. O‘qituvchilar uchun zamonaviy, hozirgi kun

talablariga javob bera oladigan metodik va o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar yaratila

boshlandi. Lekin mazkur muammo bo‘yicha izlanishlar, ilmiy-tadqiqotlar hozirgi kunda

ham davom etmoqda. Hozirgi kundagi global o‘zgarishlar, fan-texnika va axborot-

kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi XXI asr o‘qituvchisidan

pedagogik mahoratni, irodani, pedagogik-psixologik bilimlarni, o‘z fanini chuqur bilishni

va yuksak tafakkurni, siyosiy savodxonlikni, fikrlash doirasi keng hamda mulohazali

bo‘lishni talab qiladi.”[4] “Ta’limda turli texnologiyalar va ilmiy axborot vositalarining

joriy etilishi qisqa vaqt ichida katta hajmdagi ma’lumotlarni taqdim etish imkonini berdi.

“Intensiv” atamasi ilk marta XIX asrning birinchi yarmida rus pedagogik

adabiyotida paydo bo‘lgan. Bu so‘z fransuzcha “issiq”, “kuchaygan”, lotincha – “baquvvat”,

“jonli”, “tez”, “bo‘ronli”, ispan tilidan – “cho‘zish”, “kattalashtirish”, “kengaytirish”

so‘zlaridan olingan.”[2] Intensiv atamasini fanga kiritgan olim Henri Berxson hisoblanadi.

U fransuz faylasufi va olimi bo‘lib, asosan hayot, ong va vaqt haqidagi o‘zining in’ikoslari

bilan mashhur. Berxson intensivlikni, ayniqsa, biologik va ruhiy jarayonlarda, tafakkur va

ongning rivojlanishi va ta’sirini izohlashda ishlatgan. U inson ongining va hayotining

sifatini o‘lchashda uning “intensiv” xususiyatlari haqida gapirgan. Bu atama asosan vaqt

va ongning tafakkur jarayonidagi sifatli o‘zgarishlarga taalluqlidir.

Hozirgi kunda o‘quvchining e’tiborini darsga qarata olish o‘qituvchidan bilim, katta

mahorat va tajriba talab etadi. Bu borada intensiv ta’lim texnologiyalari muhim

ahamiyatga ega. O‘quvchining aqliy qobiliyatini rivojlantirishda intensiv mashg‘ulot

an’anaviy mashg‘ulotlardan bir qator afzalliklarga ega. Bu imtiyozlar o‘quv jarayoni

ishtirokchilarining faol o‘zaro ta’siriga asoslanadi.

Intensiv mashg‘ulotlarni yuqori tajribaga ega, aqlli, faol va salohiyatini to‘liq

namoyon qila oladigan o‘qituvchi o‘tishi mumkin.

Intensiv o‘qitishda maqsadga erishish uchun o‘quvchilarning psixologik

imkoniyatlarini namoyon eta olish kerak. Natijada ular olgan bilim va ko‘nikmalarini

amalda qo‘llay oladilar.

Intensiv ta’lim texnologiyalari-qisqa vaqt ichida samarali va tezda o‘zlashtirish

imkoniyatini beradigan ta’lim metodlarini anglatadi. Ushbu texnologiyalar o‘qitish

jarayonini amaliy, motivatsion va interaktiv qilishga qaratilgan. Bu asosan zamonaviy

texnologiyalar va pedagogik metodlarga tayangan holda amalga oshiriladi. Masalan,

o‘yinlashgan o‘qish, real hayotdagi vaziyatlar yoki muammolarni hal qilish orqali

o‘quvchilarni jalb qilish mumkin.

Intensiv ta’lim texnologiyalarning muhim psixologik jihatlari-guruh ishlari va

o‘zaro hamkorlikda ishlash samaradorligini oshirishdir. Bu o‘quvchilarda jamoaviy

ishlash, birgalikda muammolarni hal qilish, fikr almashish kabi ko‘nikmalarni

rivojlantiradi. Shu kabi jarayonlar o‘zaro ijtimoiy aloqalarni mustahkamlaydi va

o‘quvchilarning o‘z fikrini aniq ifodalash qobiliyatini yaxshilaydi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

359

“Maktab o‘quvchilarining o‘qishga bo‘lgan qiziqishini, o‘zgaruvchan ta’lim

texnologiyalaridan ya’ni onlayn platformalar, o‘quv dasturlarining mobil ilovalari, sun’iy
intellekt, virtual va kengaytirilgan haqiqat, o‘quv portallari, gamifikatsiya, bulutli
hisoblash, ta’lim robototexnikasi, sifatli ta’lim kontenti yaratish va multimedia
vositalaridan foydalangan holda o‘rganishga qiziqishini oshirish uchun quyidagi
tushunchalar asos bo‘lib xizmat qiladi:

1) umumiy o‘rta ta’limni modernizatsiya qilish konsepsiyasi va strategiyasi, uning

asosiy maqsadi zamonaviy qadriyatlar tizimiga e’tibor qaratish, jamiyatda faol moslashish va
mustaqil hayotni tanlash, zamonaviy pedagogika yutuqlaridan foydalangan holda o‘z-o‘zini
tarbiyalash, o‘z-o‘zini takomillashtirish uchun ko‘p qirrali shaxsni tayyorlash.

2) ta’limga akmeologik yondashuv konsepsiyasi o‘quvchi shaxsini har tomonlama

rivojlantirishga, uning mustaqilligi va subyektivligining ichki rivojlanish mexanizmlarini
faollashtirishga, muvaffaqiyatga erishish va o‘z-o‘zini anglash uchun motivatsiya
zarurligiga e’tiborni o‘z ichiga oladi.

3) o‘quv jarayonida o‘quvchi shaxsining kognitiv qiziqishini shakllantirish va

rivojlantirishning psixologik-pedagogik konsepsiyasi; Qiziqish-bu o‘quvchi faoliyatining
ichki motivatsiyasiga, uning mustaqilligi va faolligiga hissa qo‘shadigan bilish jarayoniga
tanlangan ijobiy yo‘nalish.

4) o‘quvchining rivojlanish jarayonini boshqarishda bevosita va uzoq muddatli

o‘qitish zarurligini ochib beradi, o‘quvchining shaxsiy fazilatlar majmuasini shakllantirishga
qaratilgan bilim darajalari va xususiyatlarini hisobga oladi va foydalanadi.

5) ta’limga texnologik yondashuv konsepsiyasi ta’lim mazmunini o‘zlashtirish va

o‘quvchining rivojlanishi ma’lum hajmdagi bilimlarni o‘quvchiga berish yo‘li bilan emas,
balki o‘qituvchi tomonidan boshqariladigan faol faoliyat jarayonida o‘zlashtirilishi lozim.
Ya’ni ma’lum xususiyatlarga ega bo‘lgan harakatlar mavjud bo‘lgan o‘quv texnologiyalari,
jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanganda o‘quvchi malaka
va ko‘nikmalari shakllanishi kerak.”[3]

Intensiv ta’lim texnologiyalarida o‘quvchilarning bilimi va o‘zlashtirish jarayoni

doimiy baholanadi va mustahkamlanadi. Bu o‘quvchilarga bilim, ko‘nikmalarini tahlil
qilish va mustahkamlashga yordam beradi. O‘quvchi uchun yetakchi faoliyat o‘rganishdir,
shuning uchun biz o‘quv faoliyati uchun motivatsiya yoki o‘rganish uchun motivatsiya
haqida gapirishimiz kerak. Bilimga bo‘lgan ehtiyojni anglagan, o‘quv faoliyati motivlarini
shakllantirgan, o‘z oldiga maqsad qo‘yish ko‘nikmasi va ularga erishishga intilishi
shakllangan kishi o‘rganishda faoldir. Bularning barchasi o‘rganish uchun motivatsiyadir.
O‘qitish motivatsiyasining mohiyati maqsadlar, ehtiyojlar va motivlarning mazmunida,
ular o‘rtasidagi aloqalar va munosabatlarning tabiatida yotadi. Ba’zi o‘quvchilar uchun
o‘qishdan maqsad kelajakda nufuzli kasbga ega bo‘lish bo‘lsa, boshqalari atrofdagi
dunyoni yaxshiroq bilishga intiladi, boshqalari o‘qishni xohlamaydilar, lekin ota-onalar
va o‘qituvchilarning bosimi ostida bunga majbur bo‘lishadi.

Xulosa qilib aytganda, o‘quv jarayonini zamonaviy, interaktiv va samarali qilishga

intensiv ta’lim texnologiyalari katta yordam beradi. Mazkur texnologiyalar
o‘quvchilarning faolligini oshiradi, ularning o‘zlashtirish jarayonini chuqurlashtiradi.
Pedagogik va psixologik nuqtai nazardan, intensiv ta’lim texnologiyalari o‘quvchilarda
yuqori motivatsiya, emotsional va kognitiv rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu
jarayonni muvaffaqiyatli tashkil etish uchun pedagogik metodlarni doimiy yangilab
borish va zamonaviy texnologik jarayonlarga moslashish zarur.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

360

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Boboyeva ZA. O‘zbekiston respublikasida ta’lim tizimini takomillashrish va

innovatsion rivojlantirish imkoniyatlari. Oriental Renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences. (E)ISSN: 2181-1784 4(6), June, 2024

2.

O‘.M.Olloqova. Ona tili darslarida intensiv ta’lim texnologiyalaridan foydalanish.

SCIENTIFIC PROGRESS. VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601.

3.

S.Q.Qahhorov, U.H.Hayitov. Boshlang‘ich sinf darslarida innovatsion texnologiyalar.

Oʻquv qo‘llanma. Buxoro: "Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona, 2022.-184 b.

4.

A.Xoliqov. Pedagogik mahorat. Darslik. O‘z.R Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

– Т.: «IQTISOD-MOLIYA», 2011,-420 b.

5.

I.B Kamolov. Professional education of students studying jewelry: the theoretic

basis. SCIENCE AND WORLD

6.

И.Б. Камолов. Развитие художественно-эстетического воспитания

учащихся через прикладное искусство: Образование и инновационные
исследования международный научно-методический журнал

7.

David Kent. Plickers and the pedagogical practicality of fast formative

assessment. Teaching English with Technology, 19(3), 90-104.

8.

Hayitov A.Gʻ. Ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish. // Usuliy qoʻllanma. Buxoro. 1999.

9.

Pedagogika ensiklopediya. 2 jild. – T.: “O`zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2015,

– 376 bet.

10.

Hamroev A. R. MODELING ACTIVITIES OF TEACHERS WHEN DESIGNING

CREATIVE ACTIVITIES OF STUDENTS //European Journal of Research and Reflection in
Educational Sciences Vol. – 2019. –Т.7. – №. 10.

Библиографические ссылки

Boboyeva ZA. O‘zbekiston respublikasida ta’lim tizimini takomillashrish va innovatsion rivojlantirish imkoniyatlari. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. (E)ISSN: 2181-1784 4(6), June, 2024

O’.M.Olloqova. Ona tili darslarida intensiv ta’lim texnologiyalaridan foydalanish. SCIENTIFIC PROGRESS. VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601.

S.Q.Qahhorov, U.H.Hayitov. Boshlang‘ich sinf darslarida innovatsion texnologiyalar. Oʻquv qo‘llanma. Buxoro : "Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona, 2022.-184 b.

A.Xoliqov. Pedagogik mahorat. Darslik. O’z.R Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. - Т.: «IQTISOD-MOLIYA», 2011,-420 b.

I.B Kamolov. Professional education of students studying jewelry: the theoretic basis. SCIENCE AND WORLD

И.Б Камолов Развитие художественно-эстетического воспитания учащихся через прикладное искусство: Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал

David Kent. Plickers and the pedagogical practicality of fast formative assessment. Teaching English with Technology, 19(3), 90-104.

Hayitov A.Gʻ. Ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish. // Usuliy qoʻllanma. Buxoro. 1999.

Pedagogika ensiklopediya. 2 jild. – T.: “O`zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2015, - 376 bet.

Hamroev A. R. MODELING ACTIVITIES OF TEACHERS WHEN DESIGNING CREATIVE ACTIVITIES OF STUDENTS //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. – 2019. –Т.7. – №. 10.