Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Analysis of phraseological units with anthroponymic
components in conceptual integration theory
Umarjon GOYIBOV
1
Uzbekistan State World Languages University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
10
April 2025
Accepted 2 April 2025
Available online
25 May 2025
A phraseological unit is a unit of language composed of two
or more word components, often with the characteristic of
metaphorical representation of a particular reality and
metaphorical application to the human being and to the world
phenomena, including in English a piece of cake, Cordelia's gift,
on the ball, as well as in Uzbek egri yoʻl, Amir Temurdan qolgan,
koʻngli chopmadi. In the system of phraseological units of
English and Uzbek, anthroponyms, that is, the use of a person’s
proper name, is metaphorical from a cognitive point of view,
and the features inherent in these anthroponyms figuratively
describe people and reality on the basis of analogy, similarity. In
this article, the metaphorical nature of anthroponyms involved
as onomastic components in phraseological units of English and
Uzbek languages is discussed and reacted in terms of the
cognitive mechanism of conceptual integration.
2181-3701/© 2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss5
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
phraseological unit with
anthroponymic component,
conceptual integration,
conceptual metaphor,
conceptual system,
associative meaning,
encyclopedic information.
Konseptual integratsiya nazariyasida antroponimik
komponentli frazeologik birliklar tahlili
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
antroponimik komponentli
frazeologik birlik,
konseptual integratsiya,
konseptual metafora,
konseptual tizim,
assotsiativ ma’no,
ensiklopedik axborot.
Frazeologik birlik bu – ikki va undan ortiq soʻz
komponentlaridan tarkib topgan til birligi boʻlib, koʻpincha
muayyan voqelikni majoziy tasvirlash hamda insonga va borliq
hodisalariga nisbatan metaforik qoʻllanilish xususiyatiga ega.
Misol tariqasida ingliz tilida a piece of cake, Cordelia’s gift, on
the ball, hamda oʻzbek tilida egri yoʻl, Amir Temurdan qolgan,
koʻngli chopmadi kabilarni kiritishimiz mumkin. Ingliz va oʻzbek
tillari frazeologik birliklar tizimida antroponimlar, boshqacha
1
PhD student, Uzbekistan State World Languages University. Tashkent, Uzbekistan. E-mail: umar.goyibov@mail.ru
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
232
soʻz bilan aytganda, kishining atoqli otlari qoʻllanilishi kognitiv
nuqtai nazardan metaforik xususiyatga ega boʻlib, mazkur
antroponimlarga xos xususiyatlar umumiylik, oʻxshashlik
asosida insonlarni hamda voqelikni majozan tasvirlaydi.
Mazkur maqolada esa ingliz va oʻzbek tillari frazeologik
birliklarida onomastik komponent sifatida ishtirok etgan
antroponimlarning metaforik tabiati konseptual integratsiya
kognitiv mexanizmi jihatidan muhokama qilinib, ularga
munosabat bildirilgan.
Анализ фразеологизмов с антропонимическими
компонентами в теории концептуальной интеграции
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
фразеологическая
единица с
антропонимическим
компонентом,
концептуальная
интеграция,
концептуальная метафора,
концептуальная система,
ассоциативное значение,
энциклопедическая
информация.
Фразеологическая единица – это единица языка,
состоящая из двух или более словесных компонентов, часто
обладающая свойством метафорического представления
определенной реальности и метафорического применения к
человеку и явлениям окружающего мира, в том числе в
английском языке a piece of cake, Cordelia's gift, on the ball, а
также в узбекском языке egri yoʻl, Amir Temurdan qolgan,
koʻngli chopmadi. В системе фразеологизмов английского и
узбекского языков антропонимы, то есть использование
имени собственного человека, метафоричны с когнитивной
точки зрения, и особенности, присущие этим антропонимам,
образно описывают людей и действительность на основе
аналогии, сходства. В данной статье метафорическая
природа антропонимов, задействованных в качестве
ономастических
компонентов
во
фразеологических
единицах английского и узбекского языков, обсуждается и
анализируется с точки зрения когнитивного механизма
концептуальной интеграции.
KIRISH
Ingliz va oʻzbek tillarida antroponimik komponentli frazeologik birliklar kishi
ongida muayyan bir ensiklopedik axborotni aktivlashtirishda ahamiyatli oʻrni borligi
haqida gapirar ekanmiz, bunda antroponimlar bilan bogʻliq konseptual tizim tabiatan
metaforik xususiyatga ega, antroponimik komponentli frazeologik birliklarning
shakllanishida metaforaning oʻrni salmoqli hisoblanadi, chunki antroponimik
komponentli frazeologik birliklarning ma’nosi boshqa til birliklarida kuzatilgani kabi
vaziyat taqozosi bilan inson tomonidan egallangan bilimlar vositasida koʻchimga
uchraydi va buning natijasida frazeologik birliklar tizimida antroponimlarning, ya’ni
kishining atoqli otlariga ega insonlarning ma’lum bir xususiyati oʻxshashlik, umumiylik
asosida boshqa bir insonlarga koʻchib oʻtadi.
Kognitiv tilshunoslikda konseptual metafora kognitiv mexanizm sifatida qaralib,
inson tafakkur usuli, inson bilish faoliyatining fundamental jarayonlaridan biri, analogiya
bilan bogʻliq mental jarayon asosida ma’lumot konseptuallashtirilishining oʻziga xos
usuli, bilimning bir konseptual maydondan boshqasiga koʻchib oʻtishi kabi ta’riflanadi
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
233
[Ashurova & Galiyeva, 2018; 80]. Konseptual metafora atamasini tilshunoslikka olib
kirgan J. Lakoff va M. Jonsonlar bizning konseptual tizimimiz koʻpincha metaforik
koʻrinishga egaligini, tafakkur faoliyatimiz va bajaradigan ish-harakatimiz bevosita
amalga oshadigan bizning oddiy konseptual tizimimiz tabiatan metaforik xususiyatga
egaligini ta’kidlab oʻtadi [Lakoff & Jonson, 2003; 4].
Kognitiv tilshunoslikda ma’nosi koʻchgan til birliklari haqida gap ketganda
koʻpincha konseptual metafora nazariyasi va konseptual integratsiya nazariyasi
atamalari qoʻllaniladi. Ularning oʻrtasidagi asosiy farq shundaki, til birliklarining ma’no
koʻchishi jarayoni uchun konseptual metaforada ikkita konseptual maydon, ya’ni manba
va maqsad maydonlari faollashsa, konseptual integratsiya nazariyasida toʻrt va undan
ortiq konseptual maydonlar ishtirok etadi. Garchi mazkur nazariyalar oʻz tarkibidagi
konseptual maydonlarining miqdori bilan farqlansa-da, ular bir-birini toʻldiruvchi, bir-
birini oydinlashtiruvchi nazariya sifatida e’tirof etiladi, chunki metafora konseptual
integratsiya nazariyasining markazida turib, uni muayyan mental maydonlar bilan
ta’minlab beradi [Omazich, 2005; 54]. Konseptual metaforada manba maydoni inson
tilning lugʻat tarkibidagi mavjud birliklardan va ularning mazmuni haqida egallagan
bilimidan foydalanishni anglatsa, maqsad maydoni inson tafakkurida tayyor til birliklari
orqali hosil qilinadigan yangi hosila ma’no hamda aniqlashgan va barqarorlashgan yangi
bilim sanaladi [Yuldashev, 2022; 177-178].
Bevosita insonning ichki va tashqi sifatlari bilan bogʻliq boʻlgan metaforani
anglatuvchi antroposentrik metaforaning kognitiv aspekti boʻyicha izlanish olib borgan
G.S. Nasrullayevaning tadqiqot ishida koʻrsatilishicha, insonga xos xususiyatlarning
metaforik qoʻllanishidan tashqari, zoonimlar, fitonimlar, ornitonimlar va abionimlar
singari borliq hodisalarining insonga nisbatan metaforik qoʻllanilishi ham keng uchraydi
[Nasrullayeva, 2019, 16-17]. Shuni ta’kidlash kerakki, zoonimlar, fitonimlar, ornitonimlar
va abionimlar qatori antroponimlar ham insonga nisbatan, ham borliq hodisalariga
nisbatan metaforik qoʻllanilish imkoniyatiga ega, chunki mazkur antroponimlar, ya’ni
kishining atoqli otlariga ega insonlarga xos xususiyatlar umumiylik, oʻxshashlik asosida
boshqa insonlarga yoxud borliq hodisalariga koʻchadi. Mazkur metaforik qoʻllanilish
ingliz va oʻzbek tillari antroponimik komponentli frazeologik birliklarida yanada yaqqol
namoyon boʻladi.
METODLAR
Mazkur maqolada ingliz va oʻzbek tillari antroponimik komponentli frazeologik
birliklarining kelib chiqish manbalarini tavsiflash maqsadida etimologik tahlil, mazkur
frazeologik birliklarning ma’noviy xususiyatlarini tavsiflash uchun semantik tahlil,
frazeologik birliklar oʻz tarkibidagi antroponimlar bilan bogʻliq ensiklopedik axborot
vositasida qanday konseptlarni hosil qilishini aniqlash maqsadida konsept tahlili, mazkur
frazeologik birliklar koʻchma ma’nolarining kognitiv mexanizmlarini tavsiflash uchun
konseptual integratsiya tahlili hamda mazkur frazeologik birliklar metaforik
xususiyatlaridagi oʻxshash hamda farqli jihatlarini tavsiflash maqsadida chogʻishtirma
tahlil singari ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanilgan boʻlib, ulardan konseptual
integratsiya tahlili ustuvor metod sifatida qoʻllanilgan.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Konseptual integratsiya nazariyasida toʻrt va undan ortiq konseptual maydonlar
ishtirok etib, ushbu nazariyaning markazini konseptual integrallashuv tarmogʻi tashkil
etadi hamda u kognitiv maydonlardan hosil boʻlgan ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan ikki va
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
234
undan ortiq hamkor mental maydonlardan tarkib topadi. Mazkur integrallashuv tarmogʻi
yangi hosila ma’nolarni modellashtirish uchun asos boʻlgan mexanizm sifatida e’tirof
etiladi [Ashurova & Galiyeva, 2018; 93].
Konseptual integratsiya nazariyasida antroponimik komponentli frazeologik
birliklar tahlili haqida soʻz yuritganimizda maqsad va manba maydonlaridan tarkib
topgan ikkita hamkor mental maydonlar, mazkur hamkor mental maydonlarning
umumiy va oʻxshash jihatlarini birlashtiruvchi umumiy mental maydon va buning
natijasida yangi hosila ma’noga ega boʻlgan antroponimik komponentli frazeologik
birliklar yuzaga keladigan qorishiq mental maydonlardan tashkil topgan konseptual
integrallashuv tarmogʻi nazarda tutiladi. Mazkur nazariya konseptual metafora
nazariyasiga nisbatan murakkab kognitiv model sifatida qaralib, uning yordamida
antroponimik komponentli frazeologik birliklarning koʻchimga uchragan ma’nolarining
kognitiv mexanizmi yanada oydinlashadi.
Masalan, tarkibida tarixiy antroponim ishtirok etgan ingliz tilidagi
As happy as
Larry
bevosita insonni tasvirlovchi frazeologik birligining konseptual integratsiya tahlili
quyidagicha:
– I was
as happy as Larry
when I found out that I had gotten an A on my hardest
exam
[https://idioms.thefreedictionary.com/happy+as+Larry].
1-rasm.
As happy as Larry
antroponimik komponentli frazeologik birligining
konseptual integratsiya tahlili
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
235
Tahlildan koʻrinib turibdiki, manba mental maydonidan
Larry
antroponimi bilan
bogʻliq uning boks chempioni ekanligi, katta yutuqni qoʻlga kiritganligi, buning natijasida u
baxtiyor, oʻzida yoʻq xursand boʻlganligi kabi ma’lumotlar oʻrin olgan. Maqsad mental
maydonida esa yuqoridagi gapda ishtirok etgan muallifning imtihondan a’lo baho bilan
oʻtganligi, buning natijasida u baxtiyor, oʻzida yoʻq xursand boʻlganligi qayd etiladi. Umumiy
mental maydondan esa mazkur mental maydonlarni birlashtiruvchi umumiy jihat, ya’ni har
ikkalasining baxtiyor va oʻzida yoʻq xursand boʻlganligi kabi jihatlar oʻrin oladi va buning
natijasida haddan tashqari sevingan, oʻzida yoʻq xursand yangi hosila ma’nosiga ega
As happy
as Larry
antroponimik komponentli frazeologik birligi yuzaga keladi.
Oʻzbek tilida oʻz tarixiy antroponim komponentga ega
Devonayi Mashrab
frazeologik birligi ham mavjudki, u qoʻnimsiz hayot kechirgan, darbadar kishi ma’nosini
anglatadi:
– Bobur boʻlib soʻradingiz qoʻni-qoʻshni dunyolarni,
Mashrab boʻlib
kezdingiz goh
qashqir yurmas sahrolarni
(Abdulla Oripov).
2-rasm.
Devonayi Mashrab
antroponimik komponentli frazeologik birligining
konseptual integratsiya tahlili
Abdulla Oripovning “Turkiston bolalariga” nomli she’ridan parcha keltirilgan
yuqoridagi satrlar Turkiston xalqi farzandlariga qarata aytilgan boʻlib, u xalqning
birovlarga qul boʻlgani, Sharq-u Gʻarbning oʻrtasida oyoqosti qilinganligi, bundan tashqari
Devonayi Mashrab singari dunyolarni darbadar kezgani bayon qilinadi. Tahlildan koʻrinib
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
236
turganidek, shoir Boborahim Mashrab bilan Turkiston xalqi farzandlarini birlashtiruvchi
umumiy jihat – ularning dunyoda darbadar kezgani, qoʻnimsiz hayot kechgani hisoblanib,
uning asosida qoʻnimsiz hayot kechirgan yangi hosila ma’noga ega
Devonayi Mashrab
antroponimik komponentli frazeologik birligi yuzaga keladi.
Tarkibida diniy antroponim ishtirok etgan ingliz tilidagi
A doubting Thomas
frazeologik birligi bevosita insonning xulq-atvorini tasvirlaydi, uning konseptual
integratsiya tahlili esa quyidagicha:
– Lisa’s husband was
a real doubting Thomas
when she told him she had won the lottery. He
demanded to check the ticket himself
[https://idioms.thefreedictionary.com/doubting+Thomas].
3-rasm.
A doubting Thomas
antroponimik komponentli frazeologik birligining
konseptual integratsiya tahlili
Tahlildan koʻrinib turibdiki, maqsad mental maydonidan joy olgan Lindaning eri
bilan manba mental maydonidan oʻrin olgan Tomasni birlashtirib turadigan umumiy
jihati – ularning avvaliga gumonsirab ishonmasligi, kerakli dalilni oʻz koʻzlari bilan
koʻrganidan keyin ishonganligi sanaladi, buning asosida esa isbotlanmaguncha hadeb
shubhalanaveradigan, ishonmaydigan odam yangi hosila ma’nosiga ega
A doubting
Thomas
antroponimik komponentli frazeologik birligi shakllanadi.
Oʻzbek tilidagi diniy antroponim komponentga ega
Xizr nazar qilgan
frazeologik
birligi bevosita insonni tasvirlab baxt qushi qoʻngan, ishi yurishgan, kelajagi porloq
ma’nosini anglatadi. Uning konseptual integratsiya tahlili esa quyidagicha:
– Ofoqxoʻja oʻng qoʻlini Mashrabning yelkasiga qoʻyib, koʻzlariga qattiq tikildi. –
Xizr nazar solgʻon
yigit koʻrinasiz
(Mirkarim Osim).
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
237
4-rasm.
Xizr nazar qilgan
antroponimik komponentli frazeologik birligining
konseptual integratsiya tahlili
Xizr paygʻambar kabi avliyoning nazari tushgan kishining kelajagi albatta porloq
boʻlishi, baxt-saodatga erishishi diniy rivoyatlarda naql qilinadi. Badiiy asardan olingan
mazkur parchadan koʻrinib turibdiki, Mashrabning kelajagi porloq ekanligini ilgʻagan
Ofoqxoʻja unga Xizr paygʻambarning nazari tushganligini izhor etadi. Mazkur tahlildan
koʻrib turganimizdek, maqsad mental maydonida Mashrabning Olloh nazariga
tushganligi, zehni oʻtkir boʻlganligi, gʻazal yozishdek noyob qobiliyatga ega boʻlganligi
kabilar qayd etilgan. Manba mental maydonidan oʻrin olgan Xizr paygʻambarning
odamlarga baxt-saodat argʻumon etgani kabi, Mashrabga ham bunday noyob qobiliyatni
va porloq kelajakni ato etadi.
Shu bilan birgalikda, ingliz va oʻzbek tillarida antroponimik komponentli
frazeologik birliklar insonni bevosita tasvirlashdan tashqari narsa-predmet, mavhum
tushunchalar, xatti-harakat, makon va zamon singari borliq hodisalarini ham metaforik
tasvirlash imkoniga ega boʻlib, konseptual integratsiya tahlili yordamida biz mazkur
tushunchalarning ifodalanishiga amin boʻlamiz.
Misol tariqasida oʻz tarkibida diniy antroponim ishtirok etgan hamda “kiyim-
kechak” leksik kategoriyasiga kiruvchi ingliz tilidagi
Joseph’s coat
antroponimik
komponentli frazeologik birligi xilma-xil ranglardan iborat palto yoki ust kiyimni
anglatadi:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
238
– In my school my cardy was like
Joseph’s coat
, dyed brown from white, there were no
grants then but I was not neglected
[https://www.thefreedictionary.com/Joseph%27s+coat].
5-rasm.
Joseph’s coat
antroponimik komponentli frazeologik birligining
konseptual integratsiya tahlili
Mazkur tahlildan koʻrinib turganidek, maqsad maydonidan joy olgan maktab
oʻquvchisining kamzuli xilma-xil rangli koʻrinishga egaligi bilan manba maydonidan oʻrin
olgan diniy adabiyotlarda tilga olingan Yusufning xilma-xil ranglardan iborat ust kiyimiga
qiyos qilingan. Bibliyada qayd etilishicha, mazkur rango-rang ust kiyimni Yakob ismli
otasi oʻz oʻgʻliga hadya qiladi, bundan hasad oʻti yongan aka-ukalari esa Yusufni har
qanday yoʻllar bilan koʻzdan yoʻqotishga harakat qilishadi.
Oʻz tarkibida mifologik antroponim ishtirok etgan oʻzbek tilidagi
Bazmi Jamshid
antroponimik komponentli frazeologik birligi shohona bazm ma’nosini anglatib keladi:
– Oʻhoʻ,
bazmi Jamshid
qizigan ekan-da, kulgilaringiz osmoni falakka koʻtarilmoqda
(Uygʻun va Izzat Sulton).
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
239
6-rasm.
Bazmi Jamshid
antroponimik komponentli frazeologik birligining
konseptual integratsiya tahlili
Badiiy asardan olingan yuqoridagi parcha Husayn Boyqaro tilidan Majdiddinga
qarata aytilgan boʻlib, Majdiddin, Shayxulislom, Munajjim va boshqalar yigʻilgan Sulton
Husaynning ishratxonasida may quyilgan oltin koʻzalar, kumush piyolalar, noz-u
ne’matlar muhayyo boʻladi. Tahlildan koʻrinib turganidek, maqsad maydonidan oʻrin
olgan mazkur ishratxonaning bunday noz-u ne’matlaridan iborat hamda oʻyin-kulgi bilan
oʻtkazilgan bazmi manba maydonidan joy olgan Eronning qadimgi afsonaviy juda boy
podshosi Jamshid uyushtirgan dabdabali va shohona bazmiga qiyos qilingan.
Tarkibida tarixiy antroponim ishtirok etgan ingliz tilidagi
A Freudian slip
antroponimik komponentli frazeologik birligi oʻylamasdan gapirib yuborish, lekin shu
bilan kishi haqiqatdan ham oʻylagan narsasini gapirgan boʻlishi kabi mavhum
tushunchani anglatib keladi:
– He meant to say “I am glad you are here”, but what came out was
a Freudian slip
:
“I am mad you are here”
[https://www.merriam-webster.com/dictionary/Freudian%20slip].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
240
7-rasm.
A Freudian slip
antroponimik komponentli frazeologik birligining
konseptual integratsiya tahlili
Mazkur tahlildan koʻrib turganimizdek, maqsad maydonidan oʻrin olgan kishining
beixtiyor qilgan xatosi manba maydonidan joy olgan Zigmund Freydning izlanishlari
bilan bogʻliq falsafasiga qiyos qilingan boʻlib, unga koʻra, nomaqbul soʻzlar ongli
jarayondan yashiriladi va beixtiyor soʻzlashuv jarayonida ushbu yashiringan nomaqbul
soʻzlar ongsiz ravishda ochib beriladi. Mazkur gapda kishi “kelganingdan xursandman”
deyish oʻrniga “kelganingdan bezorman” deb oʻzi bilmagan holda gapirib yuborishi
beixtiyor xato qilganini anglatadi.
Tarkibida diniy antroponim ishtirok etgan oʻzbek tilidagi
Sulaymon oʻldi – devlar
qutuldi
antroponimik komponentli frazeologik birligi esa biror yurt yoki oila boshligʻi oʻz
yurti yo oilasini qattiqqoʻllik bilan mahkam ushlab, tinchitib turgan, vaqti-soati yetib
olamdan oʻtgach, yurt yomonlari yoxud noqobil farzandlar oʻz yomonliklarini qila
boshlashi kabi mavhum tushunchani anglatib keladi:
– Nega hammang ish qilmay bekor oʻtiribsanlar?
Sulaymon oʻlib, devlar qutulibdi-
da
? Maston! Chiqargan paxtalaringni, chuvigan gʻoʻzalaringni koʻrsat! Rahima, sen
juvarilarni tuyib boʻldingmi? Gʻofir oʻlgir qani? Nimaga haligacha qoplar boʻshatilmabdi,
oʻtinlar yorilmabdi?
(Hamza Hakimzoda Niyoziy)
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
241
8-rasm.
Sulaymon oʻldi – devlar qutuldi
antroponimik komponentli frazeologik
birligining konseptual integratsiya tahlili
Badiiy asardan olingan yuqoridagi parcha Hojiona ismli obraz tilidan oʻz qoʻl
ostidagi ishchilarga qarata aytilgan boʻlib, ularning Hojiona tomonidan buyurilgan
ishlarni bajarmay suhbatlashib oʻtirishlari Sulaymon oʻlib, devlar qutulishiga qiyos
qilingan. Mazkur tahlildan koʻrinib turganidek, maqsad maydoni Hojiona qoʻl ostidagi
ishchilarning paxtani chiqarmaganligi, g‘oʻzalarni chuvimaganligi, juvarilarni
tuymaganligi, qoplar boʻshatilmaganligi, oʻtinlar yorilmaganligi, manba maydonida esa
Sulaymon paygʻambarning “Bayt ul-muqaddas”ni qurdirish uchun devlarni majburlab
ishlatishi, to imorat bitguniga qadar hech qayoqqa qimirlamay, hassasiga tayanib turishi,
devlar undan qoʻrqqanlaridan hech qayoqqa ketmay noiloj ishlayverishi, uning jasadi bir
yoqqa agʻanab tushishi bilan devlar har tarafga qochib ketishi tasvirlangan. Hojiona va
uning qoʻl ostidagi ishchilar bilan Sulaymon paygʻambar va uning qoʻl ostidagi devlarni
birlashtirib turadigan umumiy jihat esa Hojiona va Sulaymon paygʻambar kabi
boshliqlarning ketishi bilan ishchilar erkinlikka erishishi va oʻz bilganlaricha yoʻl tutishi
ekanligini koʻrishimiz mumkin.
XULOSA
Shunday qilib, zamonaviy tilshunoslikning kognitiv yoʻnalishi ingliz va oʻzbek
tillaridagi antroponimik komponentli frazeologik birliklarning tabiatan metaforik
xususiyatga egaligini e’tirof etadi. Mazkur frazeologik birliklar koʻchimga uchragan
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
242
ma’nolarining shakllanishi haqida soʻz yuritilganda asosan konseptual metafora hamda
konseptual integratsiya nazariyasidagi blending singari kognitiv mexanizmlar faol
ishtirok etib, ingliz va oʻzbek xalqlarining muayyan bir insonlarni yoki boshqa bir
fenomenni tasvirlash, oʻxshatish uchun, ularga badiiylik-ifodaviylik baxsh etish uchun
tarixiy shaxslar, mifologik va diniy obrazlar, badiiy adabiyot va xalq ogʻzaki ijodi
qahramonlari hamda oddiy xalq vakillariga xos belgilaridan foydalanishining oʻziga xos
jihatlarini koʻrishimiz mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 4 jildlik. 2-jild / O. Sharafiddinov, M.
Qoʻshjonov, E. Vohidov va b. tahr. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va san’at
nashr, 2001. – 496 b.
2.
Ashurova D., Galiyeva M. Cognitive linguistics. – Tashkent, 2018. – 160 p.
3.
Hamza Hakimzoda Niyoziy. Asarlar. 2 jildli. 2-jild. – Toshkent, 1960. – 332 b.
4.
Izzat Sulton. Asarlar. 4 jildli. 1-jild: dramaturgiya. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1971. – 440 b.
5.
Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. 2
nd
edition. – Chicago: University of
Chicago Press, 2003. – 256 p.
6.
Omazić M. Cognitive linguistic theories in phraseology // Jezikoslovlje. – 2005. –
№6 (1). – 37-56 p.
7.
Yuldashev A.G. Tilda olam haqidagi bilimlar ikkilamchi interpretatsiyasining
antroposentrik mohiyati: filol. fanl. bo’yicha fan dokt. (DSc) diss. – Toshkent, 2022. – 247 b.
8.
Mirkarim Osim. Toʻmaris: tarixiy qissa. – Toshkent: Yoshlar, 2018. – 144 b.
9.
Nasrullayeva G.S. Antroposentrik metaforaning lisoniy, kognitiv va
lingvomadaniy aspekti: filol. fanl. falsafa dok-ri (PhD) diss. – Fargʻona, 2019. – 139 b.
