Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Foreign countries' experience in organizing professional
development days
Akhror TURGUNOV
1
National Institute of Pedagogical Excellence named after Abdulla Avloni
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
10
April 2025
Accepted 2 April 2025
Available online
25 May 2025
This article analyzes the best practices of foreign countries in
organizing professional development days for teachers using a
comparative method. The main attention is focused on the
experiences of Finland, Singapore, Great Britain and as well as
Russia and Kazakhstan from the CIS countries, and the
processes, methods and effectiveness of the professional
development
of
the
pedagogic
staff
are
studied.
Recommendations are developed for Uzbekistan.
2181-3701
/©
2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss5
/S
-pp1
78-186
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
professional development,
international experience,
educational policy,
pedagogy,
professional development
days,
pedagogical staff,
lifelong learning.
Kasbiy rivojlanish kunlarini tashkil etish bo`yicha xorijiy
davlatlar tajribasi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
kasbiy rivojlanish,
xalqaro tajriba,
ta'lim siyosati, pedagogika,
kasbiy rivojlanish kunlari,
pedagog kadrlar,
uzluksiz ta’lim
.
Ushbu maqolada xorijiy mamlakatlarning o'qituvchilar
uchun kasbiy rivojlanish kunlarini tashkil etish borasidagi ilg'or
tajribalari qiyoslash metodi asosida tahlil etiladi. Asosiy e'tibor
Finlandiya, Singapur, Buyuk Britaniya hamda MDH
davlatlaridan Rossiya va Qozog`iston tajribalariga qaratilgan
bo'lib, ulardagi pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanish
jarayonlari, metodlari va samaradorligi o'rganiladi. O'zbekiston
uchun tavsiyalar ishlab chiqiladi.
1
Doctoral student, National Institute of Pedagogical Excellence named after Abdulla Avloni.
E-mail: ahrorturgunov70@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
5 (2025) / ISSN 2181-3701
179
Опыт зарубежных стран по организации дней
профессионального развития
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
стиль,
функция,
значение,
коннотация,
дополнительное значение,
контекст,
передача,
текст,
специальный,
особенности,
определение,
исследование.
В
статье
на
основе
сравнительного
метода
анализируется передовой опыт зарубежных стран по
организации дней профессионального развития педагогов.
Основное внимание уделено опыту Финляндии, Сингапура,
Великобритании, а также стран СНГ России и Казахстана,
изучению
процессов,
методов
и
эффективности
повышения квалификации педагогических кадров в них.
Будут разработаны рекомендации для Узбекистана
.
KIRISH
Globallashuv sharoitida kasbiy rivojlanish har bir soha mutaxassisining doimiy
ehtiyojig
a aylangan. Ayniqsa, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, pedagog kadrlar tayyorlash va
ularning malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish zaruratini keltirib
chiqarmoqda. 2015-yilda Janubiy Koreyaning Inchxon shaxrida Yunesko tashkiloti
tomonidan qabul qilingan 2030-yilgacha mo`ljallangan xalqaro ta`lim konseptsiyasida
“Barcha uchun hayoti davomida o`rganish imkoniyatlarining yaratilishi” asosiy vazifa
sifatida belgilangan va butun dunyo miqyosida ta`limni rivojlantiruvchi asosiy omil
sifatida ko`rsatilgan.
O'qituvchilarning doimo yangi pedagogik metodlar, texnologiyalar va ta'lim
jarayonlarini yaxshilash yo'llarini o'rganishlari bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb
etadi. Bu nafaqat o'z bilim va malakalarini oshirishga, balki o’quvchilar bilan yanada
samarali ishlashga yordam beradi. Shuningdek,
o’qituvchilarning
doimiy kasbiy
rivojlanishi ta'lim jarayonining samaradorligini oshiradi. Yangi pedagogik yondashuvlar,
texnologiyalar va metodikalarning joriy etilishi ta'lim jarayonlarining ajralmas qismi
hisoblanadi.
O‘qitish va o‘rganish xalqaro so‘rovnomasi (TALIS) ma’lumotlariga ko‘ra,
o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi ularning malakasi, bilimi, tajribasi va pedagog
sifatidagi roliga mos keladigan boshqa xususiyatlarini oshiradigan faoliyatni o‘z i
chiga
oladi. Ushbu ta’rif Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan 2009
-
yilda berilgan. Kasbiy rivojlanish kunlari o'qituvchilarga zamonaviy metodologiya va
texnologiyalarni o'zlashtirish imkoniyatini beradi, bu esa ta'limning sifatini oshiradi.
Pedagoglarning
kasbiy rivojlanish kunlari dunyodagi ta’lim tizimi rivojlangan
davlatlar jumladan, Buyuk Britaniya, AQSH,Kanada, Avstraliya kabi davlatlarda uzoq
muddatlardan buyon o’tkazib kelinadi va o‘qituvchilarning malakasini oshirishga hissa
qo‘shadi deb hisoblanadi. Xususan, o'qituvchilar bilimini doimiy ravishda
takomillashtirish, o'qituvchilarni yangi bilimlardan xabardor qilish, ijodiy innovatsiyalar
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
5 (2025) / ISSN 2181-3701
180
uchun imkoniyatlar yaratish va o'qituvchilarga o'zgaruvchan o'quv muhiti bilan bog'liq
maj
buriyatlarni bajarishda yordam berish uchun treninglar amaliyotda qo’llaniladi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARXI VA METODOLOGIYA
Tadqiqotimizda adabiyotlarni tahlil qilish hamda qiyosiy tahlil medotlari
qo`llanildi. Hozirgi kunda ta`lim sohasida yuqori natijalarni qayd etayotgan davlatlar
Sinfapur, Finlandiya, Buyuk Britaniya hamda MDH davlatlaridan Rossiya va Qozog`iston
tajribalari o`rganildi. Ularning natijadorlik darajasi va qo‘llanilayotgan metodlar
so
lishtirildi. Olingan natijalar asosida O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan kasbiy
rivojlanish kunlarini tashkil etishning samaradorligini oshiruvchi omillar aniqlanib, taklif
va tavsiyalar shakllantirildi.
Hozirgi kunda dunyo miqiyosida pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanish kunlarini
tashkil etish bo`yicha turlicha yondashuvlar va qarashlar mavjud. Jumladan AQSH lik
ta`lim siyosati bo`yicha ekspert Linda Darling Hammondning fikricha “Professional
rivojlanish samarali bo‘lishi uchun u o‘qituvchining amaliy faoliyatiga bog‘langan, doimiy
va o‘zaro hamkorlikka asoslangan bo‘lishi kerak. Faqatgina nazariy treninglar emas, balki
amaliy kuzatuv va fikr almashish orqali o‘qituvchi o‘z darslarini yangicha ko‘z bilan ko‘ra
boshlaydi.” Shuningdek bu masalada Tomas
Guskey ham o`z qarashlarini bildirgan
bo`lib,unga ko`ra “Professional rivojlanish kunlari muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun ular aniq
maqsadli, ehtiyojga asoslangan va baholanishi mumkin bo‘lgan bo‘lishi shart. Aks holda
bu faqat rasmiy jarayon bo‘lib qoladi.” Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda
pedagog
kadrlar uchun tashkil etiladigan rivojlanish kunlari aniq maqsad va ehtiyojga qaratilgan,
ko`proq amaliyotda uchraydigan muammoli vaziyatlarni hal etishga yo`naltirilgan va
o`zaro tajriba almashishga qaratilgan shuningdek ushbu tadbirlarning samaradorligini
ma`lum bir mezonlar asosida baholash imkoniyati yaratilgan bo`lishi lozim deb
hisoblaymiz. Kasbiy rivojlanish kunlaring qanchalik samarali tashkil etilganligi birinchi
navbatda o`quvchilarning sifat samaradorliklari va o`zlashtirish ko`rsatkichlarining
oshishida ko`zga tashlanadi.
Dylan Williamning fikricha “Kasbiy rivojlanish kunlarining
samarasi
—
o‘qituvchilar ulardan darslarida qanday foydalanishi bilan belgilanadi.
O‘qituvchini faol ishtirokchi qilm
agan har qanday trening yoki seminar
—
vaqt va
resursni yo‘qotishdir.” Oqituvchilar uchun kasbiy rivojlanish tashkil etiladigan
seminarlar nazariy bilmlardan ko`ra amaliy muammolarning yechimlariga qaratilgan
bo`lishi hamda ushbu tadbirlarda barcha pedagog kadrlarni faol ishtirokini ta`minlash
maqsadida ko`proq interfaol metodlar qo`llanilishi tarafdorimiz. Kanadalik olim
Fullaning fikricha “Professional rivojlanish kunlari –
bu faqat o‘rgatish emas, balki
o‘rganish madaniyatini shakllantirish vositasi. Agar
bu kunlar o‘qituvchilar uchun
qiziqarli va foydali tajriba bo‘lsa, ular ta’limda haqiqiy o‘zgarish yasaydi.” Ushbu
fikrlarning mantiqiy davomi sifatida shuni aytishimiz mumkinki kasbiy rivojlanish
kunlari nafaqat rasmiy tadbirlar sifatida qaralishi balki o`qituvchilarning hayot davomida
uzluksiz o`rganishlari (lifelong learning) uchun motivatsiya manbai bo`lishi lozim.Bu o`z
navbatida ularning doimiy ravishda o`z ustilarida ishlashlarini ta`minlashga hizmat
qiladi.Andy Hargreveas va Fullanlarning qarashlar
iga ko`ra “Kasbiy rivojlanish kunlari
o‘qituvchilarning birdamligini, professional kapitalini oshiradi. Har bir bunday kun
o‘qituvchini ilgarilashga undashi kerak —
u faqat topshiriqlar to‘plami emas, balki ilhom
manbai bo‘lishi lozim.” Bizning o`ylashimi
zcha bu o`qituvchilarning o`z faoliyatlaridagi
motivatsiyalarini oshishiga bevosita ta`sir ko`rsatadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
5 (2025) / ISSN 2181-3701
181
TAHLIL VA NATIJALAR
Xorijiy davlatlar tajribasi ko'rsatadiki, kasbiy rivojlanish kunlarini muvaffaqiyatli
tashkil etish uchun maqsadli yondashuv zarur. Turli davlatlarda bu jarayonlarni tashkil
etishning farqlari bo'lishiga qaramay, umumiy jihatlari ham mavjud. Har bir davlat o'ziga
xos sharoitlarga mos ravishda rejalashtiriladigan treninglar va seminarlar orqali o'z
xodimlari va o'quvchilarining malakasini oshirishga harakat qiladi. Tajriba almashinuvi
va yangi texnologiyalarni joriy etish, har bir dasturda muhim o'rin tutadi.
PISA (Programme for International Student Assessment) kabi xalqaro baholash
dasturlarida Singapur o‘quvchilari doimiy ravishda yuqori natijalarni ko‘rsatmoqda. Bu
natijalar bevosita o‘qituvchilarning yuqori malakasi va kasbiy rivojlanishga berilayotgan
e’tibor natijasi sifatida baholanadi.Singapurda. O'qituvchilar yiliga 100 soatgacha
ixtiyoriy kasbiy rivojlanish faoliyati bilan shug'ullanishlari mumkin. Ushbu 100 soatni
bajarish ixtiyoriy lekin aksariyat o'qituvchilar ulardan foydalanadilar. O‘qituvchilar o‘z
ustida ishlashni uzluksiz jarayon deb biladilar, bu esa ta’lim sifati va innovatsion
yondashuvlarning rivojlanishiga olib kelmoqda.Singapurda o`qituvchilarning kasbiy
rivojlanishlariga alohida e`tibor qaratilgan bo`lib, bu borada "Teacher Growth Model"
(O‘qituvchi rivojlanish modeli) ishlab chiqilgan.Bu modelga ko`ra o‘qituvchi o‘z bilim va
ko‘nikmalarini baholaydi, kuchli va rivojlantirilishi kerak bo‘lgan jihatlarni aniqlaydi.O`z
oldiga maqsadlar qo`yadi hamda turli o`quv kurslari va seminarlarda ishtirok etadi.
O‘qituvchilar doimiy tarzda o‘z ustida ishlaydi. Har bir kasbiy rivojlanish dasturining
yakunida o‘qituvchilardan o‘z faoliyatini qanday o‘zgartirish yoki takomillashtirish
rejalashtirayotgani haqida hisobot taqdim etilishi talab qilinadi.
S
ingapurda o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga katta e’tibor qaratiladi. Har bir
o‘qituvchi o‘z ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lib, bu jarayonda faol ishtirok etadi.
“Teacher Growth Model” orqali ular o‘z kuchli tomonlarini aniqlab, rivojlanish uchu
n
maqsadlar qo‘yadi va turli o‘quv kurslarida qatnashib, ishlarini doimiy ravishda
takomillashtiradilar.
Bu yondashuv O‘zbekiston uchun ham juda foydali bo‘lishi mumkin.
O‘qituvchilarga shaxsiy rivojlanish rejalarini yaratish va o‘rganganlarini amaliyotda
qo‘llash imkonini berish ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Aynan shunday
yondashuv ta’limda haqiqiy o‘sish va o‘zgarishlarni ta’minlaydi.
Ta`lim tizimi jihatidan yuqori o`inlarda turuvchi Finlandiyada ham pedagog
kadrlarning kasbiy rivojlanish kunlari ga muhim e`tibor qaratiladi. Ushbu tadbirlar
sirasiga kiruvchi rivojlanish kunlari hamda qisqa kurslarga nisbatan kamroq qaralsada,
(yiliga 3-5 kun,40-50 o`quv soati ajratilgan) asosiy urg`u maktab ichida va tashqarisidagi
o`zaro tajriba almashish hamda tadqiqotlarga asoslangan mustaqil o`rganishga
qaratilgan. Uzluksiz kasbiy rivojlanish asosan taklif va talab tamoyillariga asoslanadi.
Ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga qaratilgan davomiy ta’lim dasturlariga
arizalar soni ushbu dasturlarni moliyalashtirish imkoniyatlaridan ancha yuqori.
Finlyandiyada o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi ta’lim siyosatining
ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi va uning moliyalashtirilishi asosan davlat
tomonidan ta’minlanadi. Davlat bu borada ta’lim tizimini strategik rivojlantirish, ta’lim
sifati va samaradorligini oshirish hamda siyosiy maqsadlarni amaliyotga tatbiq etish
vazifasini bajaradi.
Uzluksiz ta’limga oid dasturlarni moliyalashtirishning asosiy qismi Finlyandiya
Ta’lim Agentligi (EDUFI) va Hududiy Davlat Ma’muriyati Agentliklari orqali amalga
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
5 (2025) / ISSN 2181-3701
182
oshiriladi. Ushbu institutlar moliyaviy resurslarni taqsimlash va monitoring qilish orqali
ta’lim siyosatining izchil amalga oshirilishini ta’minlaydi.
O‘qituvchilarni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar uchun mo‘ljallangan
uzluksiz kasbiy rivojlanish dasturlari esa Finlyandiya Ta’lim va Madaniyat vazirligi
tomonidan bevosita moliyalashtiriladi. Ushbu moliyalashtirish shakli, odatda, ushbu
tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan arizalar va loyihalar asosida amalga oshiriladi.
Finlyandiya tajribasi o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga chuqur va izchil
yondashuvni ko‘rsatadi. Bu davlatning ta’lim tizimida o‘qituvchi faqat bilim beruvchi
emas, balki o‘z ustida doimiy ishlovchi, o‘rganish va o‘rgatishni bir butun jarayon deb
biladigan shaxs sifatida ko‘riladi. Aynan shu yondashuv O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun
ham dolzarb va foydali bo‘lishi mumkin.
O‘qituvchilarning kasbiy o‘sishi faqat majburiyat sifatida emas, balki o‘z kasbini
chin yur
akdan sevuvchi pedagoglar uchun imkoniyat sifatida ko‘rilishi kerak. Shu
maqsadda, rivojlanish faqat kurslar bilan cheklanmasdan, maktab ichida tajriba
almashish, hamkasblar bilan fikr almashish, o‘z ustida mustaqil ishlash va amaliy
izlanishlar qilish orqali boyitilishi lozim.
Moliyalashtirish masalasida esa turli manbalardan foydalanish muhim: davlat, ish
beruvchi va o‘qituvchining shaxsiy tashabbusi. Har bir o‘qituvchi o‘z rivojlanishi uchun
mas’ul bo‘lsa
-
da, tizim uni qo‘llab
-quvvatlashi kerak. Ayniqsa,
ta’lim siyosatining ustuvor
yo‘nalishlariga mos kurslar va dasturlar orqali har bir pedagog o‘z salohiyatini ro‘yobga
chiqarishi mumkin.
Bunday tizimning barqaror ishlashi uchun markazlashtirilgan va ochiq
koordinatsiya zarur. Masalan, Finlyandiyadagi EDU
FI kabi tashkilotlar o‘qituvchilarga
yo‘l ko‘rsatadi, ularga imkoniyatlar yaratadi. O‘zbekistonda ham shunday muassasalar
orqali kasbiy rivojlanish jarayonini boshqarish mumkin.
Eng muhimi, o‘qituvchi o‘zini doimiy o‘quvchi sifatida his qilsa, bu nafaqat u
ning,
balki butun ta’lim tizimining rivojlanishiga xizmat qiladi. Finlyandiya tajribasi shuni
ko‘rsatadiki, o‘qituvchini qadrlagan jamiyat –
sifatli ta’lim poydevorini yaratadi.
Buyuk Britaniyada o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga alohida e’tibor
qaratiladi. Bu jarayon asosan INSET Days (In-Service Education and Training Days) deb
ataladigan rasmiy kasbiy rivojlanish kunlari orqali amalga oshiriladi.
Buyuk Britaniya tajribasida kasbiy rivojlanishga amaliy yondashuv ustuvor o‘rinni
egallaydi. Mashg‘ulot
lar asosan seminarlar, mahorat darslari, guruhli tadqiqotlar va dars
tahlillari ko‘rinishida olib boriladi. O‘qituvchilar shuningdek, mustaqil tadqiqot ishlari va
onlayn kurslar orqali ham o‘z bilim va ko‘nikmalarini muntazam ravishda yangilab
boradilar.
Kasbiy rivojlanish natijalari muntazam ravishda baholanadi. Maktablar tomonidan
kasbiy rivojlanishning samaradorligi monitoring qilinadi va o‘qituvchilarning rivojlanish
rejalari asosida yakuniy natijalar tahlil qilinadi.
Buyuk Britaniya tajribasida o‘qituv
chilarning kasbiy rivojlanishiga uzluksiz va
tizimli ravishda yondashiladi. Bu esa ta’lim sifati va o‘quvchilarning o‘zlashtirish
darajasini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi. Muhimi shundaki, bu jarayon faqat
qatnashish bilan emas, balki har bir
o‘qituvchining shaxsiy rivojlanish rejalari asosida
monitoring qilinadi. Mustaqil o‘rganish va onlayn kurslar ham keng qo‘llaniladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
5 (2025) / ISSN 2181-3701
183
O‘zbekiston uchun bu tajriba shuni anglatadiki –
kasbiy rivojlanish tizimli, amaliy
va o‘lchab boriladigan jarayon bo‘lishi lozim. O‘qituvchini qo‘llab
-
quvvatlaydigan ta’lim
tizimi
–
kelajakni mustahkamlovchi asosdir.
MDH davlatlaridan biri bo`lgan Rossiyada ham o‘qituvchilarning kasbiy
rivojlanishi ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Kasbiy rivojlanish jarayo
ni
har bir o‘qituvchining zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirishi va o‘z
professional darajasini oshirishini ta'minlashga qaratilgan. Rossiya Federatsiyasi Ta’lim
vazirligi tomonidan belgilangan normativlarga ko‘ra, o‘qituvchilar yiliga kamida
72 soat
kasbiy rivojlanish mashg‘ulotlarida qatnashishlari talab etiladi. Kasbiy rivojlanish
quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: an’anaviy malaka oshirish kurslari, onlayn ta’lim
dasturlari, dars kuzatuvlari va ilmiy-
amaliy seminarlar. Ayniqsa, so‘nggi
yillarda onlayn
platformalar orqali kasbiy rivojlanish keng rivojlandi. Shuningdek, Rossiyada yangi
o‘qituvchilar uchun murabbiylik (mentorlik) dasturlari joriy qilingan, biroq ularning
qamrovi nisbatan cheklangan. Rossiyada o‘qituvchilar uchun kasbiy ri
vojlanish
kunlarini tashkil etish doimiy rivojlanib borayotgan yo‘nalishdir. Davlat tomonidan
o‘qituvchilarning malaka oshirishi uchun zarur shart
-sharoitlar yaratilmoqda, biroq
hududiy imkoniyatlar va kurslar sifatini yanada yaxshilash ustida ish olib borilmoqda.
Rossiya Federatsiyasining o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga oid tajribasi
O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega.
Ayniqsa, o‘qituvchilar uchun yillik majburiy kasbiy rivojlanish soatlarini belgilash,
onlayn
ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish va mentorlik dasturlarini joriy etish ta’lim sifatini
oshirishda samarali vositalar sifatida ko‘zga tashlanmoqda.
Shu bilan birga, yosh pedagoglarga faoliyatining dastlabki bosqichlaridanoq tizimli
tarzda ko‘mak b
erish ham muhimdir. Mentorlik dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga
joriy etish ularning kasbiy moslashuvi, o‘ziga ishonchi va professional o‘sishini sezilarli
darajada qo‘llab
-
quvvatlaydi. Bu yondashuv ta’lim tizimida barqaror va sifatli pedagogik
rivojlanish uchun zamin yaratadi.
Qo`shni davlatlardan biri bo`lgan Qozog‘istonda o‘qituvchilarning kasbiy
rivojlanishi davlat ta’lim siyosatining asosiy omillaridan biri hisoblanadi Mamlakatda
2019 yilda qabul qilingan "Pedagog maqomi to‘g‘risida"gi qonunga
muvofiq,
o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi majburiy va tizimli tarzda amalga oshiriladi.
Qozog‘iston ta’lim tizimida har bir o‘qituvchi uchun yiliga kamida 80 soatgacha kasbiy
rivojlanish faoliyatida ishtirok etish talab etiladi. Ushbu jarayon malaka oshirish kurslari,
seminarlarda qatnashish, onlayn treninglar va innovatsion dars metodologiyalari orqali
amalga oshiriladi. "Nazarbayev Intellectual Schools" (NIS) tajribasi asosida butun
mamlakat bo‘ylab zamonaviy kasbiy rivojlanish dasturlari keng jori
y etilgan. Yangi
o‘qituvchilar uchun tajribali ustozlar tayinlanadi, mentorlik tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Kasbiy
rivojlanish va malaka oshirish o‘qituvchilarning lavozimiy o‘sishi va maosh oshishiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Qozog`iston zamonaviy va innov
atsion yondashuvlarni kasbiy
rivojlanish tizimiga joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirishga intilmoqda.
Qozog‘istonda o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi davlat ta’lim siyosatining
muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu jarayon qonuniy asosda tartibga solingan. 2019
yilda qabul qilingan “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, har bir o‘qituvchi yil
davomida 80 soatgacha malaka oshirish faoliyatida ishtirok etishi lozim. Bu yondashuv
o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalarini muntazam yangilab borishiga imkon yaratadi
va kasbiy o‘sishni doimiy hamda tizimli jarayonga aylantiradi.Shuningdek ta’lim sifati
ni
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
5 (2025) / ISSN 2181-3701
184
oshirish maqsadida zamonaviy uslublar, onlayn treninglar va murabbiylik tizimlari faol
joriy etilgan. Ayniqsa, yosh o‘qituvchilarga tajribali ustozlar yordam berishi ularning
kasbga tezroq moslashishiga katta hissa qo‘shmoqda.Bu tajriba O‘zbekiston uchu
n ham
dolzarb bo‘lib, pedagoglarning kasbiy rivojlanishini qonuniy asosda mustahkamlash,
yillik malaka oshirish talablarini belgilash va mentorlik tizimini kengaytirish orqali ta’lim
tizimining samaradorligini yanada oshirish mumkin. Shuningdek, kasbiy rivojlanish
natijalarini lavozim o‘sishi va moddiy rag‘batlar bilan bog‘lash o‘qituvchilarning
motivatsiyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Qozog‘iston tajribasi O‘zbekiston ta’limi uchun foydali yo‘nalishlarni ko‘rsatib
beradi. Avvalo, o‘qituvchilarning kas
biy rivojlanishini qonuniy asosda mustahkamlash, bu
jarayonni tizimli va majburiy tarzda yo‘lga qo‘yish —
ta’lim sifatini oshirishda muhim
qadam bo‘lishi mumkin.
Yil davomida belgilangan malaka oshirish mashg‘ulotlari, innovatsion uslublar va
onlayn trenin
glar orqali o‘qituvchilar o‘z bilimini yangilab boradilar. Ayniqsa, tajribali
ustozlar ko‘magidagi mentorlik tizimi —
yosh o‘qituvchilar uchun katta yordam bo‘lib
xizmat qiladi.
Agar kasbiy rivojlanish natijalari lavozimiy o‘sish va moddiy rag‘batlantirish
bilan
bog‘lansa, bu o‘qituvchilarning o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi. Shu orqali
O‘zbekistonda ham ta’lim sifatini bosqichma
-bosqich va barqaror tarzda rivojlantirish
mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024
-yil 21-iyundagi
“Maktabgacha va
maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida “PQ 231
-son qarori,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024
-yil 20-dekabrdagi 867-sonli
qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini
uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston
Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining umumiy o‘rta ta’lim m
uassasalari
o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini
bosqichma-
bosqich joriy etish to‘g‘risida 246
-
sonli buyrug‘i, asosida tayanch
maktablarida kasbiy rivojlanish kunlari tashkil etilmoqda.
O‘qituvchilarning malakasini oshirish, pedagogik tajribalarini yangilash va o‘z
bilimlarini yanada chuqurlashtirish maqsadida tayanch maktablarda haftaning ma`lum
kunlarida kasbiy rivojlanish kunlari o’tkazilish rejalashtirilgan bo’lib,bu tadbirlar jami 4
-
bosqichda o’tkazilishi nazarda tutilgan.Bu tadbirlar jami bo’lib 458229 nafar pedagog
hodimlarning kasbiy rivojlantirishga qaratilgan.O’quv reja dasturiga muvofiq kasbiy
rivojlanish kuni tadbirlari dars taqsimoti 36 soatni tashkil etadi.KRK tadbirlarida 1-soat
nazariy ma
shg’ulot,2
-
soat amaliy mashg’ulot,3
-
soat tajriba almashish ko’rinishi shaklida
o’tishi ko’zda tutilgan. Ushbu tadbirlar o‘qituvchilarni yangi pedagogik texnologiyalar,
metodikalar, va metodik yondashuvlar bilan tanishtirishda muhim rol o‘ynaydi.
O‘zbekisto
nda joriy etilayotgan kasbiy rivojlanish kunlari
—
o‘qituvchilarning
bilim va ko‘nikmalarini yangilash, tajriba almashish hamda amaliy yondashuvlarni
kuchaytirishga qaratilgan muhim tashabbusdir. Bu yangicha tizim nafaqat ta’lim sifatini
oshirishga, balki
pedagoglarning o‘z ustida ishlash madaniyatini shakllantirishga ham
xizmat qiladi.Agar bu jarayon Singapur, Finlyandiya va Buyuk Britaniya kabi ilg‘or
tajribalar bilan uyg‘unlashtirilsa, kasbiy rivojlanish yanada samarali, rag‘batlantiruvchi
va mahsuldor b
o‘lishi mumkin. O‘qituvchining o‘sishi —
bu faqat shaxsiy yutuq emas,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
5 (2025) / ISSN 2181-3701
185
balki butun ta’lim tizimining rivoji uchun asosdir. Shu bois bu yo‘nalishda qilinayotgan
har bir qadam
–
kelajak uchun muhim sarmoyadir.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Ushbu maqolada o‘qituvchilar u
chun kasbiy rivojlanish kunlarini tashkil etish
borasidagi xorijiy davlatlar
–
Singapur, Finlandiya, Buyuk Britaniya, Rossiya va
Qozog‘iston tajribalari o‘rganildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, yuqori natijalarga erishgan
ta’lim tizimlarida kasbiy rivojlan
ish uzluksiz, tizimli, ehtiyojga asoslangan va
natijadorlikka yo‘naltirilgan shaklda amalga oshiriladi. Bunday davlatlarda kasbiy
rivojlanish nafaqat amaldagi pedagogik usullarni yangilash, balki o‘qituvchilarda doimiy
o‘rganish madaniyatini shakllantirish
vositasi sifatida qaraladi.
O‘zbekistonda ham kasbiy rivojlanish kunlarini joriy etish bo‘yicha muhim
qadamlar tashlanmoqda. Jumladan, normativ-huquqiy hujjatlar va tayanch maktablarida
joriy etilgan to‘rt bosqichli model mavjud xalqaro tajribalar bilan uyg‘unlashgan holda
rivojlantirilmoqda. Biroq bu tizimni yanada samarali qilish uchun quyidagi takliflar
dolzarb hisoblanadi:
1.
Kasbiy
rivojlanishning
ehtiyojga
yo‘naltirilganligini
kuchaytirish
–
o‘qituvchilarning real muammolariga mos kontent asosida mashg‘ulotlar tashkil
etilishi lozim;
2.
Amaliyotga asoslangan interfaol yondashuvlarni kengaytirish
–
amaliy treninglar,
dars tahlillari va tajriba almashinuvi orqali samaradorlikni oshirish mumkin;
3.
Mentorlik tizimini joriy qilish
–
yangi o‘qituvchilarga tajribali ustozlar ko‘magini
tizimli asosda yo‘lga qo‘yish lozim;
4.
Monitoring va baholash tizimini takomillashtirish
–
kasbiy rivojlanish kunlarining
samaradorligini aniq mezonlar asosida baholash tizimi joriy etilishi kerak;
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, pedagoglar kasbiy rivojlanish kunlarini faqatgina
rasmiy tadbir sifatida emas, balki o‘zini rivojlantirish va yangilashga imkon beruvchi
platforma sifatida qabul qilgan taqdirdagina bu
jarayon ta’lim sifati va o‘quvchilarning
natijalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, o‘zbek ta’lim tizimida bu kunlarni izchil va
samarali tashkil etish muhim strategik yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI:
1.UNESCO (2015). SDG4-Education 2030, Incheon Declaration (ID) and
Framework for Action. For the Implementation of Sustainable Development Goal 4,
Ensure Inclusive and Equitable Quality Education and Promote Lifelong Learning
Opportunities for All, ED-2016/WS/28.
2.OECD Creating Effective Teaching and Learning Environments: First Results from
TALIS.(2009). The Professional Development of Teachers, Chapter 3. OECD.
3. Darling-Hammond, L., Hyler, M. E., & Gardner, M. (2017). Effective Teacher
Professional Development. Palo Alto: Learning Policy Institute.
4. Guskey, T. R., & Sparks, D. (2002). Linking professional development to
improvements in student learning. Paper Presented at the Annual Meeting of the
American Educational Research Association, New Orleans.
5.Wiliam, Dylan. (2016). The secret of effective feedback. 73. 10-15.
6.Fullan, Michael. (2009). The Challenge of Change: Start School Improvement
Now. 10.4135/9781452218991.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
5 (2025) / ISSN 2181-3701
186
7.Fullan, Michael & Rincon-Gallardo, Santiago & Hargreaves, Andrew. (2015).
Professional Capital as Accountability. Education Policy Analysis Archives. 23.
10.14507/epaa.v23.1998
8.OECD (2024), PISA 2022 Results (Volume V): Learning Strategies and Attitudes
for Life, PISA, OECD 6.Publishing, Paris, https://doi.org/10.1787/c2e44201-en.
9.Wong, K. Y. (2013). Diverse pathways for life-long teacher professional
development. Paper presented at the International Science, Mathematics and Technology
Education Conference (ISMTEC 2013), Bangkok, Thailand.
10.Bautista, A., Wong, J., & Gopinathan, S. (2015). Teacher professional
development in Singapore: Depicting the landscape.
11.Department for Education. (2021). Teacher Continuing Professional
Development (CPD).
12.Распоряжение Минпросвещения России от 0
6.08.2020 N
Р
-
76 "Об
утверждении Концепции создания единой федеральной системы научно
-
методического
сопровождения
педагогических
работников"
(вместе
с
"Концепцией создания единой федеральной системы научно
-
методического
сопровождения педагогических работников и управленческих кадров")
13.Chernobay, E., & Tashibaeva, D. (2020). Teacher Professional Development in
Russia and Kazakhstan: Evidence from TALIS-2018. Voprosy Obrazovaniya / Educational
Studies Moscow, (4), 141
–
164. DOI: 10.17323/1814-9545-2020-4-141-164
14.Закон Республики Казахстан от 27 декабря 2019 года № 293
-V
І ЗРК.
15.Chernobay, E., & Tashibaeva, D. (2020). Teacher Professional Development in
Russia and Kazakhstan: Evidence from TALIS-2018. Voprosy Obrazovaniya / Educational
Studies Moscow, (4), 141
–
164.
16.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 21.06.2024 yildagi PQ
-231-son
17.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.12.2024 yildagi
867-son
18.Uzluksiz kasbiy rivojlanish telegram kanali
