Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The portrayal of the protagonist's character in the novels
"Intiboh" and "O'tkan kunlar"
Oysha SHUKUROVA
1
Tashkent State University of Oriental Studies
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2025
Received in revised form
15
January 2025
Accepted 25
February 2025
Available online
15
March 2025
This article analyzes the artistic creation of the hero's portrait
in Namık Kemal's “Intibah” (“Rebirth”) and Abdullah Kadiri's
“Days Gone By”. Portrait in literature plays an important role in
expressing the appearance, inner state of the hero, as well as his
life experience. Through the characters of the novel, the writers
illuminated social, cultural and moral problems of their time and
sought to give the reader instructive wisdom.
Through the portraits of characters in Namık Kemal’s
“Intibah” and Abdullah Kadiri’s “Days Gone By”, not only their
external appearance but also their inner problems and
personality traits are revealed. Through the characters, the
writers strive to look into the social and cultural environment of
their time. Artistic portraits illuminate not only their appearance,
but also their emotional state and moral choices. The portraits
reflect not only the characters but also society and its differences.
2181-3663/© 2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss1-pp29-37
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
Namık Kemal,
Abdulla Qodiriy,
Intibah,
Days Gone By,
character portrait,
artistic depiction,
literary image,
physical appearance,
inner state,
social context,
cultural issues,
moral reflection,
character analysis.
“Intiboh” va “O‘tkan kunlar” romanlarida qahramon
portretining berilishi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
Nomiq Kamol,
Abdulla Qodiriy,
Intiboh,
O‘tkan kunlar,
qahramon portreti,
badiiy tasvir,
adabiy obraz,
tashqi ko‘rinish,
Mazkur maqola Nomiq Kamolning “Intiboh” (“Uyg‘onish”) va
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanlarida qahramon
portretining badiiy yaratilishiga oid tahlilni o‘z ichiga oladi.
Portret, adabiyotda qahramonning tashqi ko‘rinishi, ichki holati,
shuningdek, uning hayotiy tajribalarini ifodalashda muhim o‘rin
tutadi. Romandagi qahramonlar orqali yozuvchilar o‘z
zamonlarining ijtimoiy, madaniy va axloqiy muammolarini
yoritgan va o‘quvchiga ta’limiy hikmatlar berishga intilgan.
1
PhD student, Tashkent State University of Oriental Studies. E-mail: aishashukurova22@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701
30
ichki holat,
ijtimoiy muhit,
madaniy muammo,
axloqiy tafakkur,
obraz tahlili.
Nomiq Kamolning “Intiboh” hamda Abdulla Qodiriyning
“O‘tkan kunlar” romanidagi obrazlar portreti orqali, nafaqat
ularning tashqi ko‘rinishlari, balki ichki muammolari va
shaxsiyatiga xos xususiyatlarini ham ochib beriladi.
Qahramonlar orqali yozuvchilar o‘z zamonining ijtimoiy va
madaniy muhitiga nazar tashlashga intiladi. Badiiy portretlar
ularning tashqi ko‘rinishi bilan birga hissiy holatini, axloqiy
tanlovlarini ham yoritadi. Portretlar, nafaqat qahramonlarni,
balki jamiyatni va undagi tafovutlarini ham aks ettiradi.
Представление портрета героя в романах «Интибaх» и
«Минувшие дни»
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Намык Кемаль,
Абдулла Кадыри,
Интибах,
Минувшие дни,
портрет героя,
художественное
изображение,
литературный образ,
внешний облик,
внутреннее состояние,
социальный контекст,
культурные проблемы,
моральное осмысление,
анализ персонажа.
Данная статья содержит анализ художественного
создания портрета героя в романах Намыка Кемаля
«Интибах» («Возрождение»)и Абдуллы Кадыри «Минувшие
дни». Портрет в литературе играет важную роль в
выражении внешнего вида, внутреннего состояния героя, а
также его жизненного опыта. Через героев романа писатели
освещали социальные, культурные и нравственные
проблемы своего времени и стремились дать читателю
поучительную мудрость.
Через портреты персонажей в романе Намыка Кемаля
«Интибах» и Абдуллы Кадыри «Минувшие дни»
раскрываются не только их внешний вид, но и их внутренние
проблемы и особенности личности. Через героев писатели
стремятся заглянуть в социальную и культурную среду
своего времени. Художественные портреты освещают не
только их внешний вид, но и их эмоциональное состояние и
нравственный выбор. Портреты отражают не только героев,
но и общество и его различия.
KIRISH
Adabiyot har qanday millatning ma’naviy dunyosi, tarixiy ongi va milliy
qadriyatlarining yorqin ifodasidir. Badiiy asarlarda qahramon obrazi orqali yozuvchi o‘z
dunyoqarashi, zamon va jamiyatga munosabatini ifoda etadi. Obraz yaratishda esa
qahramon portretining o‘rni beqiyos bo‘lib, u qahramonning tashqi ko‘rinishi orqali uning
ichki dunyosi, ruhiy holati va hayotiy pozisiyasini ochib berishda muhim vosita
hisoblanadi. Portret tasvirida
obrazlilik
(tasviriylik) badiiy adabiyotda juda muhim jihat
bo‘lib, obrazlilik qahramonlarning ichki dunyosini va tashqi ko‘rinishini o‘quvchiga jonli,
aniq va chuqur tarzda taqdim etish imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, qahramonlarning
harakatlari, fikrlari va his-tuyg‘ularinining o‘quvchi yuragida, ongida chuqur iz
qoldirishiga xizmat qiladi.
Obrazli tasvirda
qahramonning portreti faqat tashqi
ko‘rinishdan iborat bo‘lmaydi, balki uning ichki dunyosi, ruhiy holati va psixologik
jihatlarini ham anglash imkoni mavjud bo‘ladi.
Nomiq Kamolning “Intiboh” va Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanlarida
o‘ziga xos yondashuvlar va badiiy ifodalar yordamida qahramonlarning ijtimoiy va
shaxsiy muammolarini ko‘rsatishda yozuvchilarning ijodiy yondashuvlari o‘zgaradi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701
31
Qahramonlarning portretlari orqali ular o‘z zamonining, ijtimoiy tizimining va shaxsiy
qarorlarining aks-sadosini tasvirlashadi. Bu esa o‘quvchiga qahramonlarni yanada
chuqurroq tushunishga va ularning kechinmalarini his qilishga yordam beradi. Mazkur
maqola har ikkala romanda portretlarning rolini, ularning o‘ziga xos jihatlarini tahlil qilgan
holda, mualliflarning badiiy yondashuvlarini, uslubiy xususiyatlarini ko‘rsatadi.
MAQSAD VA VAZIFALAR
Mazkur maqolaning asosiy maqsadi – Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” va
Gʻafur Gʻulomning “Intiboh” romanlarida qahramon portretining qanday badiiy vosita
sifatida namoyon bo‘lishi, portret orqali qahramonlar ichki dunyosi va xarakter
xususiyatlarining qanday ochib berilganini tahlil etishdan iborat.
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilab olindi:
– “O‘tkan kunlar” va “Intiboh” romanlaridagi asosiy qahramonlarning portret
tasvirini tahlil qilish.
– Portret orqali qahramonlarning ichki dunyosi, ruhiy kechinmalari va ijtimoiy
pozisiyasini aniqlash.
– Har ikki asarda portret tasvirining o‘xshash va farqli jihatlarini taqqoslash.
– Portretning badiiy obraz yaratishdagi o‘rni va ahamiyatini yoritish.
– Yozuvchilarning individual uslubi va portret berishdagi uslubiy xususiyatlarini
ko‘rsatish.
USULLAR
Mazkur tadqiqotda badiiy matn tahliliga asoslangan ilmiy-nazariy yondashuvlar
qo‘llanildi. Asarlardagi qahramon portretlarini o‘rganishda quyidagi usullardan foydalanildi:
Ta’limiy-tahliliy (tekstual) usul – romanlar matnidan qahramon portretlariga oid
parchalar tanlab olinib, ularning badiiy va ma’naviy yuki tahlil qilindi.
Qiyosiy tahlil usuli – “O‘tkan kunlar” va “Intiboh” romanlaridagi qahramon
portretlari o‘zaro taqqoslandi, ulardagi o‘xshash va farqli jihatlar aniqlandi.
Psixologik tahlil usuli – portret orqali qahramonning ruhiy holati, ichki kechinmalari
va dunyoqarashi tahlil etildi.
Stilistik (uslubiy) tahlil usuli – yozuvchilarning portret berishdagi individual uslubi,
tasvir vositalaridan foydalanish mahoratlari tahlil qilindi. Bu usullar orqali portret
tasvirining obraz yaratishdagi vazifalari, qahramonning ichki dunyosi bilan bog‘liqligi va
asarning badiiy ta’sirchanligida tutgan o‘rni keng qamrovda ochib berildi.
NATIJALAR VA MULOHAZALAR
Nomiq Kamol va Abdulla Qodiriy ijodiyotining o‘ziga xosligini, milliyligini, badiiyligi
va estetik boyligini namoyish qiluvchi omillardan biri poetik til obrazliligidir. Atoulloh
Mahmud Husayniy “Badoyi’ us-sanoyi’” asarida “ ... umuman, barcha go‘zalliklarning asosi
uldurkim, nutq ul tarzda ado etilg‘aykim, ma’noni anglashg‘a, aning latofati, tarkibi va
sog‘lomlig‘ig‘a hech bir xalal yetmag‘ay. Asos ul emaskim alfozg‘a husnu ziynat bermakka
say’ qilg‘aylaru ma’nog‘a xalal yetur holdin ko‘z yumg‘aylar yoxud aksincha xolis ma’no
bayon etib, husn-i ado tariqig‘a yo‘lamag‘aylar”, – deb yozadi. Ikki adibning yuksak
mahorati samarasi bo‘lgan romanlari tilidagi obrazlilik Atoulloh Husayniy ta’rif etgan
darajada go‘zal, yoqimli va jozibador. “Intiboh” hamda “O‘tkan kunlar” romanlari tilining
obrazli va ta’sirchan bo‘lishida ifoda va tasvir vositalarining roli g‘oyat katta. Bir-birini
takrorlamaydigan original tashbeh va sifatlashlar (epitet), nozik metaforik obrazlar har
ikkala muallif ijodining qon-qoniga singib, uning zaruriy unsurlariga aylanib ketgan.
Mazkur maqolada biz adabiy san’atlarning ba’zilarini ikkala ijodkor asarlarida (“Intiboh”
hamda “O‘tkan kunlar”) personajlar qiyofasi tasviri doirasida kuzatishni lozim topdik.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701
32
Yuqorida ham ta’kidlanganidek, Nomiq Kamol roman yozarkan, devon she’riyati
an’analaridan butkul uzilolmagani bir necha o‘rinlarda ko‘zga tashlanadi. Masalan, adib
romandagi ayol qahramonlarni tasvirlashda aynan mumtoz she’riyat unsurlaridan keng
foydalanadi. Nomiq Kamol yaratgan, “sharq go‘zali” Diloshub portreti istioralar tizimidan
iborat bo‘lib, u o‘z o‘rnida devon she’riyatida tasvirlanuvchi sevgili tipiga juda o‘xshash:
“... saçları sırma gibi parlak sarı, alnı vicdan temizliğini yansıtan bir ayna denecek surette
duru beyaz, kaşları zülfüne oranla biraz kurnrala dönük ve biraz kalın olmakla birlikte biraz
da kavisli, gözleri hafif mavi ve son derece sevda uyandıracak kadar mahmur, yüzü aşıkane
bir soluk beyaz üzerine parlak gül pembeliğine yakın bir renkle süslü, burnunun rengindeki
saflıkla uyumlu güzellik açılmasına bir gün kalmış bir zambak goncasına benzer,
dudaklarının gerek inceliği ve gerek pembeliğinin parlaklığı birbirine sarılmış iki gül
yaprağım andırırdı. Dudaklarının arasından inci dişleri çiğ damlası gibi görünür, çenesi daha
yaprakları dağılmamış bir beyaz katmer gül sanılırdı. Hele gerdanı ... Şeffaflığından dolayı
damarlarının dışarıya yansıyan hoş rengiyle o kadar pariardı ki ayın görünen yuvarlaklığı
dörtgen biçimine girse ancak bunun eşdeğeri olabilirdi. Boyu bir kadına yakışacak kadar
uzun ve her erkeği kendisine bağlayacak mertebede narin, beli on iki yaşında bir çocuğun
koluyla tamamen kucaklanacak kadar inceydi. Durum böyleyken baştan ayağa vücudu hafif
bir semizlikle kaplı olarak, göğsüyle omuzlarının birleşme yerinde bile büyücek kemik eseri
görünmez, nazik parmaklarının her boğumuna iri bir inci tanesi sığabilirdi...” (
Sochlari
zarhaldek sariq, peshonasi vijdonining pokligini aks ettiruvchi oyna misoli oppoq, qoshlari
zulfiga nisbatan mallaroq va biroz qalin, yoyni eslatardi; ko‘zlari yengil moviy rangda va
qaraganni mubtalo qilib qo‘yar darajada xumor, yuzi oshiqona so‘lg‘in oq ustidan atirgul
pushtisiga yaqin rangga bo‘yog‘liq, burni tiniq yuziga shunchalar moski, ochilishiga bir kun
qolgan nilufar g‘unchasi misol, lablarining ingichkaligi va yorqin pushti rangi bir-birini quchib
turgan ikkita gulbargiga o‘xshardi. Dudoqlarining orasidan durdek tishlari shabnam
donasidek yaltirab ko‘rinar, iyagi misli yaproqlari ochilmagan oppoq guldek... Bo‘yni
shaffofligidan tomirlari shunchalar go‘zal suratda ko‘rinib turardiki, ko‘zimiz o‘rgangan oy
to‘rtburchak shaklga kirsagina uning bo‘yni bilan chiroy talashishi mumkin bo‘lardi. Bo‘yi
ayollarda yarashib tushgan uzun, har qanday erkakni jalb qilardek nozik, beli o‘n ikki yashar
bolaning qulochini to‘ldirar darajada ingichka edi. Shu holatida boshdan oyoq yengil etli bo‘lib,
hatto ko‘kragi bilan yelkalari tutashgan joyda birorta suyak bo‘rtib turmas, nozik
barmoqlarining har bo‘g‘imiga yirikroq marjon donasi sig‘ardi...”
(68). Diloshub obrazi haqida
adabiyotshunos olim Robert Finn shunday yozadi: “Aslida bu joriya qizning shaxsiyati
mavjud emas. U Mohpaykarga qarshilantirish uchun o‘ylab topilgan, fahsh qarshisidagi pok
inson obrazidir”. Portreti batafsil tasvirlansa-da, Mohpaykar singari ko‘p ta’rifi keltirilmagan
Diloshub bir qarashda raqibasining soyasida qolib ketgandek tasavvur uyg‘otishi tabiiy.
Uning husni ham atayin bo‘rttirib ko‘rsatilgandek. Ammo asarning asosiy g‘oyalaridan biri
bo‘lgan sadoqat va qadriyatlar aynan shu personaj orqali yoritilgan. Diloshub ham jismonan,
ham ma’naviy dunyosi bilan ideal yor timsolini o‘zida mujassam etadi. Qolaversa, Nomiq
Kamol mumtoz xalq an’analarni davom ettiruvchi, yevropacha ta’lim olgan bo‘lishiga
qaramay, qadim sharqning axloqiy qadriyatlarini o‘zida saqlab qolgan, Mohpaykar singari
zamon yo‘siniga tushib qolmagan Diloshub obrazini ideal tip sifatida ko‘radi. Shu nuqtai
nazardan uni Finn aytganchalik ahamiyatsiz obraz deb bo‘lmaydi.
Yevropadan kirib kelayotgan yangicha dunyoqarash namoyondasi, yengiltak va
jozibador ayol – Mohpaykarning tashqi ko‘rinishi, liboslari, pardozi, zeb-ziynati romanning
turli fasllarida alohida yoritib boriladi, bu holat muallif nazarda tutayotgan surat va siyrat
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701
33
orasidagi tazodni oshiribroq ko‘rsatishga xizmat qiladi. Ya’ni, adib Diloshub portreti
asosida unga bo‘lgan simpatiyasini bildirib borarkan, Mohpaykar tasviriga kelganda uning
tashqi ko‘rinishi har qancha jozibador bo‘lmasin, ichki olami shunchalik chirkin ekanini
yoritib boradi. Masalan, bir parchada makkoraning g‘amboda qiyofasi orqali asl yuzini,
aniqroq aytadigan bo‘lsak, ikkiyuzlamachiligini ko‘rsatishga urinadi: “Dokunaklı sözler en
ciddi sözlerin bile şiddetini artırır. Hanım ise bu gerçeği bilmez değildi. Bu yüzden Ali
Bey'in duygularını kaynamanın harareriyle erimiş bir maden gibi her kalıba dökülmeye
uygun görünce o parlak gözlerine kederli bir ifade yerleştirdi. Zihni arzu ve pişmanlığın
tereddüt karmaşasında acı çekiyormuş gibi bakışını yere doğru dikerek gücenikliğin
şiddeti ve sabırsızlıktan oluşan hüzünlü bir tavırla...” (
Ta’sirli so‘zlar eng jiddiy
jumlalarning ham shiddatini oshiradi. Xonim esa bu haqiqatni yaxshi bilardi. Shuning uchun
Ali beyning tuyg‘ularining qaynab eriganini, endi qolipga quyish vaqti kelganini anglagach,
porlab turgan ko‘zlariga mahzun ifoda joylab oldi. Xomxayol va pushaymonlik ortidan
kelgan ikkilanish orasida g‘am chekayotgandek ko‘zlarini yerga tikdi, singan ko‘ngil va
sabrsizlikdan iborat g‘amnok qiyofada...
)(28).
Boshqa o‘rinda esa Mohpaykarning liboslari va ruhiyatini qarshilantiradi: “Kızın
taktiklerinden biri de süslenmekti. Yapma beyaz goncalarla işlenmiş bir beyaz entari
giyinmiş, başının ön tarafına iki yıldız iğne ile saç bağına tirfilli bir beyaz karanfil, boynuna
ortası elmaslı birkaç dizi inciden yapılma bir zarif gerdanlık takınmıştı. Başındaki ince tülü,
arkasındaki feraceyi, ellerindeki eldiveni, ayaklarındaki potini hep entarisinin renginde
seçmişti. Cisimleşmiş bir güzellik gibi yukarıdan aşağı beyazlara boğulmuş, yüzü ise
meydana getireceği üstünlüğe duyduğu güvenin sevinciyle gayet parlak, gayet tatlı bir renk
bağlamıştı”
(Qizning makr usullaridan yana biri o‘ziga oro berish edi. Yasama oq gullar bilan
bezatilgan oppoq ko‘ylak kiygan, boshining old tomoniga ikkita yulduzli to‘g‘nog‘ich, soch
bog‘iga oq chinnigulni bandi bilan taqib olgandi. Bo‘yniga o‘rtasiga olmos bilan ishlov
berilgan, bir necha shoda nafis marjon taqqan, boshidagi harir ro‘moli, orqasidagi
yopinchig‘i, qo‘lqoplari, oyoq kiyimi ham ko‘ylagi bilan bir xil rangda edi. Go‘zallik majmui
singari boshdan-oyoq oqqa burkangan, yuzlari birozdan keyin qozonadigan g‘alabasining
sevinchidan porlab turar va nihoyatda shirin tovlanardi) (50). Ko‘rinadiki, muallif bu yerda
qizning oq libosi, porloq yuzi va qora, xira tortgan ruhiy dunyosini qarshilantiradi. Uning
bezaklardan xoli ko‘rinishi shunday tasvirlanadi:
“... Üstat elinden çıkma putlardan düzgün yapılı, siyaha dönük samur gibi saçlı,
incerek düz kaşlı, noktalı yeşil gözlü, siyah ve uzun kirpikli, hafif sarı üzerine dalgalı koyu
al yanaklı, irice çekme burunlu, ufak ağızlı, şehvetinin şiddetini gösterir biçimde ateş gibi
kırmızı kalınca dudaklı, her karşısına geleni kucaklayacak gibi yürüyen, insanın kalbine
girecek gibi dikkatle bakan bir afet duruyor”.
(Qomati usta qo‘lidan chiqqan sanamdan ham go‘zal, qoraga yaqin qo‘ng‘ir sochli,
ingichka, tekis qoshli,nuqtali yashil ko‘zli, qora va uzun kiprikli, yengil sariqlik ustiga
quyilgan to‘lqindek – ol yonoqli, yirik, chiroyli burunli, kichkinagina og‘izli, shahvatining
shiddatini ko‘rsatadigan darajada olovdek qizil, qalin labli, har qarshisiga kelganni
quchoqlagudek yuruvchi, kishining qalbiga kirib olgudek diqqat bilan boquvchi – ofat
turardi).
Adib Mohpaykar siymosida Diloshub singari beg‘ubor insoniy go‘zallikni emas,
kishini vaqtincha chalg‘itadigan nafsoniy ishvani tasvirlaydi.
Nomiq Kamol singari Qodiriy Kumushning oqqa burkangan siymosini chizadi,
ammo unda qarshilantirish ko‘rinmaydi, zero kumushni o‘z tili bilan malakka mengzab
turgan muallif nega ham uni madh qilmasin:
“ul... faqat jong‘ina so‘raydir, majruh ko‘kslarga
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701
34
o‘qqina otadir... Boshdag‘i oq shohi ro‘ymol, ichdagi oq shohi ko‘ynak, ustdagi oq kumush
zarrin sirilgan po‘stin, baqbaqalarni o‘rab o‘pib turg‘an yoqa qunduzlarining kelishkani,
solinib tushkan qora jinggila sochlarning bo‘yin tevaragiga chirmashqani, xom nuqra
yuzlarning bo‘g‘riqqani... Kumushbibi lolalar isidagi bir gul va yo yulduzlar orasidag‘i
to‘lg‘an oy edi (56)”. “Oqqa ko‘milgan go‘zal”
ni boshqalardan ajratib ko‘rsatuvchi bunday
tasvirda ko‘rkam hayotiy tashbeh ustuvorligi kuzatiladi.
Diloshub va Mohpaykar obrazlarining portreti o‘zaro qiyoslanganda, Diloshub
haqida muallif chuqurroq to‘xtalganini ko‘rish mumkin. Faqat asar mobaynida
Mohpaykarning kiyim-boshi, ovozi, pardozi kabi jihatlari yoritilib, qahramonning
ko‘rinishi haqida yanada kengroq tasavvur paydo bo‘lishiga yordam beradi. Ammo bu
o‘rinda diqqatga sazovor narsa ham shu – Mohpaykarning pardoziyu shahvat uyg‘otuvchi
jihatlariga ko‘p to‘xtalingani holda, Diloshubning faqat tabiiy go‘zalligiga urg‘u beriladi.
Romandagi qahramonlar bilan tanishishda avvalo ularning tashqi qiyofasini batafsil
yoritish; bunda tashbeh san’atini keng qo‘llash devon adabiyoti ta’siridan bo‘lib, ayni
o‘xshash holat ilk o‘zbek romanida ham ko‘zga tashlanadi: “
Uning qora zulfi par yostiqning
turlik tomonig‘a tartibsiz suratda to‘zg‘ib, quyuq jinggila kiprak ostidag‘i timqora ko‘zlari
bir nuqtag‘a tikilgan-da, nimadir bir narsani ko‘rgan kabi... qop-qora kamon, o‘tib ketkan
nafis, qiyig‘ qoshlari chimirilgan da, nimadir bir narsadan cho‘chigan kabi... to‘lg‘an oydek
g‘uborsiz oq yuzi bir oz qizilliqg‘a aylangan-da, kimdandir uyalg‘an kabi... Shu vaqt ko‘rpani
qayirib ushlagan oq nozik qo‘llari bilan latif burnining o‘ng tomonida, tabi’atning nihoyatda
usta qo‘li bilan qo‘ndirilg‘an qora xolini qashidi va boshini yostiqdan olib o‘lturdi. Sariq rupoh
atlas ko‘ynakning ustidan uning o‘rtacha ko‘kragi bir oz ko‘tarilib turmoqda edi. Turib
o‘lturgach boshini bir silkitdi-da, ijirg‘anib qo‘ydi. Silkinish orqasida uning yuzini to‘zg‘ig‘an
soch tolalari o‘rab olib jonso‘z bir suratka kirgizdi. Bu qiz suratida ko‘ringan malak
qutidorning qizi – Kumushbibi edi
” (32).
Kumushning qiyofasi tasvirida “...gan kabi” tarzidagi o‘xshatishlar, qolaversa keyingi
jumlalardagi “
qora qiyiq qoshlarini chimirib, ko‘cha yo‘lak tomonga qaradi, biroz qarab
turdi-da, ayvondan yerga tushib yo‘lak tomonga, ariq bo‘yiga ketdi”(34), “suvning nihoyatsiz
bu harakatini uzoq ko‘zdan kechirib o‘tirgach”
(35) singari tavsirlar uning ichki dardi –
o‘quvchiga hali noma’lum bo‘lgan ishqidan so‘zlaydi. Bunday sirlilik Diloshubda
ko‘rinmaydi: u Alining uyiga kelar-kelmas, yigitning ta’rifini eshitiboq unga oshiq bo‘lib
qoladi, uning sevgisi Kumushnikidek pinhon emas, buni qizning harakatlaridan sezish
qiyin emas: “dünyada mutluluk varsa Bey'in iltifat gülüşünde bulabileceğine yürekten
karar vermişti. Bey tarafından birkaç kez nail olduğu dikkatli bakışlar ise kalbince birer ilgi
müjdesi göründüğü gibi, o gece uğradığı soğuk davranışı bazen Bey'in utanmasına, bazen
annesinin amacından henüz haberdar olmamış olabilmesine yorarak gönlünde henüz
meydana gelmeye başlamış olan mutluluk umudu zerre kadar eksilmemiş, tersine
beklemeyi kendisine zevk edinmişti” (
dunyoda baxt degan narsani beyning iltifotli
tabassumidan topishiga amin edi. Beyning bir necha bor unga diqqat bilan qarashi unga
xushxabar darakchisidek tuyular, o‘sha kech qizga qilgan sovuq muomalasini goh yigitning
uyalganiga, goh onasining niyatidan xabari yo‘qligiga yo‘yar; ko‘nglida paydo bo‘layotgan
baxt umida zarracha kamaymas, aksincha, kutishdan zavq olardi
) (82). Shunga qaramay,
ularning go‘zalligida, hayosida, sadoqatida, qo‘yingki, o‘zini tutishiyu kiyinishida ham
umumiylik oz emas. Nomiq Kamol yuqorida ta’kidlanganidek Diloshubning tabiiy holati,
hech qanday pardozsiz ko‘rinishi ham raqibasidan chandon ustunligini bir necha
o‘rinlarda ta’kidlab ko‘rsatadi: “Dilaşub, Mehpeyker'den kıyas kabul etmez kadar güzel
olduğu gibi namus ve bağlılığı da güzelliğinin değerini kat kat artırıyordu”
(Diloshub
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701
35
Mohpaykar bilan solishtirib bo‘lmas darajada go‘zal bo‘lishi bilan birga nomusi va sadoqati
chiroyini yanada oshirardi)
(85); Bunga Diloshubni birinchi ko‘rgandayoq Mohpaykarning
o‘zi ham amin bo‘ladi. Mazkur lavhani yaratishda adib nozik qarshilantirish(tazod)dan
foydalanadi: “Bu görüşmede rakibiyle kendini karşılaştırmaya başladı. Fakat feleğin
dayanılmaz aksiliğine uğrayarak güneş karşısına geçmiş mehtap gibi yüzünün parlaklığı
kendi gözüne de tamamıyla hiç hükmünde göründü” (
bu uchrashuvda raqibi bilan o‘zini
qiyoslay boshladi. Lekin falakning ayovsiz tersligini ko‘ringki, o‘zining husni uning oldida
oftob
qarshisida turgan
oy
singari xira tortib qoldi)
(91). Mohpaykar o‘ziga oro berishga
har qancha urinmasin, bari befoyda ekanini ko‘radi va buning tasvirida yana tazodga duch
kelamiz: “süsüne son derece özenmişti. Dilaşub ise terbiyesi gereği süsünde güzelliğini
örtmeye çalışırcasına sade davranmışken yine giyindiğini, takındığını yakıştırmakta yalnız
kendisine değil, düğün seyrine gelen güzellerin hepsine üstün gelmişti”
(o‘ziga
nihoyatda
zeb bergandi
. Diloshub esa, olgan tarbiyasi tufayli
husnini yashirishga urinib
har qancha
sodda kiyinmasin, libosi-yu taqinchoqlarining bir-biriga mos tushib, yarashib turishidan
faqat Mohpaykardangina emas, to‘yga kelgan go‘zallarning baridan ham ustun edi
) (91).
Xuddi shuningdek, har qancha bejirim bo‘lmasin, go‘zallikda tengsizlik Kumushga ham
xosligini ko‘ramiz: “
Sovsar guli qora atlas ko‘ynagini kiyib, boshig‘a zangor shohi ro‘ymolini
soldi va marvarid ko‘zlik kichkina oltun halqani qutidan olib qulog‘ig‘a taqdi. Shu soddagina
yasanishdan so‘ng, ikkinchi toqchada tirog‘liq turg‘an ko‘zgi yonig‘a bordi. Ko‘zgi ichidan
to‘zg‘ib, chuvalib ko‘ringan soch tolalarini to‘g‘rilab o‘zini kuzatdi. Ko‘zgi ichidan ko‘ringan
malak o‘z egasini ham kayflandirib sekingina iljayib qo‘ygan edi, narigi yoqdag‘i fitnai
davron ham sadafdek oq tishlarini yoqut kabi irinlari orasidan ko‘rsatkandek bo‘ldi
” (135).
Mohpaykar va Diloshub qiyofasining qiyosi “Intiboh”da ham ochiq, ham yashirin
tarzda bir necha bor ta’kidlansa, Qodiriy Kumush hamda Zaynab o‘rtasidagi tafovutni
Nomiq Kamolchalik qat’iy chizib ko‘rsatmaydi. Yozuvchi “Zaynabni yovuz deya hukm
chiqarmaydi” aksincha, uning holatini, iztiroblarini tahlil etadi va juda go‘zal talqinni
maydonga qo‘yadi. Bu haqda adabiyotshunos olima E.Nabi shunday to‘xtaladi:
“Qodiriyning Zaynabga munosabati gumanitar va realistik... Bu munosabat boshqa
mualliflarning ayollar tacvirlangan melodramatik shaklli asarlaridagi munosabatdan
butkul farq qiladi. Prozada ijod etgan ko‘plab yozuvchilar, garchi ayollarning nisbatan
ishonarli obrazlarini aks ettirgan bo‘lsalar-da, hech biri Qodiriy kabi uning ichki
xususiyatlari, ichki dunyosini bergan emas”. Zaynabning ko‘rinishi haqida gap ketarkan,
Qodiriy uning qiyofasiga aytarli izoh bermaydi, qisqagina chizgi bilan cheklanadi: “o‘n yetti
yoshlar chamaliq, kulchalik yuzlik, oppoqqina, o‘rtacha husnlik” (160). Yana bir o‘rinda
uning “qisqa bo‘y, go‘shtdor va oq tanlik” ekanini aytib o‘tadi. Zaynab xarakterining
chizgilari asosan uning gap-so‘zi, xatti-harakatlari orqali ochiqlanadi. Qolaversa,
romanning “Xushro‘ybibi va Zaynab” deb nomlangan faslida opa-singilning har tomonlama
qiyosi orqali Zaynab haqidagi tafsilotlar yanada to‘liqroq anglashiladi.
Ma’shuqa tasvirida, ko‘ringanidek, har ikkala ijodkor ta’rifning boshidan so‘ngiga
qadar tashbehni izchil qo‘llaydi. Bunday holat bir tarafdan tasvirning davomiyligini
ta’minlasa, boshqa tomondan uni tobora kuchaytirib boradi. Boshidan oxiriga qadar
mubolag‘ali tashbeh asosiga qurilgan Nomiq Kamol tavsifida adib badiiy fikrni hayotiy
tafsillar bilan asoslash yo‘lidan boradi, shu jihatdan uning poetik obrazlari benihoyat
aniqligi, soddaligi, yorqinligi bilan ajralib turadi. O‘z o‘rnida, Abdulla Qodiriyning portret
chizgilari bir-birini takrorlamas darajada mukammal bo‘lib, personajlarning kitobxon
tasavvurida konkret inson bo‘lib gavdalanishida beqiyos o‘rin tutadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701
36
XULOSA
Ikkala romandagi ta’riflar ham vaqt bilan bog‘liq bo‘lmagan, lirik bo‘yoqlardagi
ma’lum tartibda tuzilgan “ro‘yxat”dan iborat bo‘lib, ularda go‘zallik va xunuklikning
mentalitet, dunyoqarashga xos timsolini ko‘ramiz. Go‘zallik timsolini yaratishar ekan,
ijodkorlar mahbuba go‘zalligini bo‘rttirish, yanada kuchaytirishni maqsad qilib olishadi.
Nomiq Kamol ham, Abdulla Qodiriy ham o‘zlarining tasvir doiralarining ehtiros daryosiga
insoniy ehtirosning g‘oyatda tiniq, juda ham sermavj to‘lqinlarini olib kirishadi, ularning
go‘zallik bobidagi barkamolligidan hayratlanishadi. Bu holat, ya’ni portret chizish – juda
katta so‘z ustaligi bilan bezalganligida, ma’shuqa vujudi latofatining mubolag‘ali tasvirida
kuzatiladi. Biroq, Nomiq Kamol Qodiriydan farqli o‘laroq tashqi go‘zallik va ruhiy
chirkinlikni qarshilantirishga katta o‘rin beradi. Buni asosan Mohpaykar, qolaversa siqiq
tasvirda bo‘lsada, Pertev og‘a obrazlari misolida ko‘rishimiz mumkin. Bunda muallif
topqirlik bilan mahbubani ta’riflar ekan, rang va harakatga ko‘proq e’tibor beradi.
Tashbehlar, bo‘rttiruvchi sifatlashlar lirik mubolag‘alar bilan uyg‘unlikda asosiy fikrni
namoyon qilishda foydalaniladi. Nomiq Kamolda shartlilik, batafsillik, Qodiriyda siqiqlik
ustuvorligini ko‘ramiz, ya’ni turk adibi she’riyat dunyosidagi shartli o‘xshatishlarni
ishlatgan holda Diloshub ta’rifida batafsil to‘xtaydi: qoshlar – yoy kabi, peshona – vijdon
oynasidek tiniq; sochi – zar misoli, yuzi – nilufar guli, lablar – atirgul yaprog‘i, tishlari –
shabnam kabi. Nomiq Kamol Diloshub go‘zalligining umumiy ta’rifini berar ekan, malakka
o‘xshatadi: u shunchaki go‘zal emas, xulqini ham qo‘shadigan bo‘lsa, farishtaning o‘zginasi
(71), Ali bey ham uning “go‘zallik nurlaridan to‘kilgan malak” ekanini tan oladi(85). Aynan
shunday o‘xshatish Qodiriyda ham mavjud: muallifning o‘zi Kumushni
“qiz suratida
ko‘ringan malak”(
33) deb ta’riflasa, Otabek uning
“ko‘nglining farishtalar ko‘nglidek”
ekanini ta’kidlaydi(153); hatto Yusufbek hoji bilan avvaldan Kumushni o‘ziga dushman
bilgan O‘zbek oyim ham unga maftun:
“Yusufbek hoji “bu odam farzandi emas – farishta”
der, orada Zaynab bo‘lmasa “farishta” deb atamoqqa ham hozir”(333).
Nomiq Kamol va
Abdulla Qodiriy qahramonlarning o‘ziga xos qirralarini yoritishda mazmunan va shaklan
mutanosiblikka erishishgan, shu maqsadning poetik ifodasi uchun imkon beruvchi
mubolag‘adan yuksak darajada foydalanishgan, tashbehlari uchun realistik xarakterdagi
detallarni mubolag‘ali tarzda qo‘llashgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Namık Kemal. İntibah: Sergüzeşt-i Ali Bey. Türkiye İş Bankası Kültür Yayınları.
İstanbul 2018.
2.
Qodiriy A. O‘tkan kunlar. – Toshkent. “Sharq” nashriyot-matbaa konsernining
bosh tahririyati, 1995.
3.
Қуронов Д. Адабиётшуносликка кириш. – Т., 2004.
4.
Алимбеков А. Танзимат даври турк адабиёти. Маърузалар матни. – Т.: ЎзМУ, 2002.
5.
Husayniy Atoulloh. Badoyi’ us-sanoyi’.-Toshkent: Gʻ.Gʻulom nomidagi Adabiyot va
san’at nashriyoti, 1981.
6.
Йўлдошев Қ. Роман жанрининг етакчи белгилари ва бугунги ўзбек
романларига хос хусусиятлар/ Озод ватан саодати. Т.5. Адабий танқид. – Т.: Adib, 2013.
7.
Karim B. Abdulla Qodiriy va gurmenevtik tafakkur. T., “Akademnashr”, 2014.
8.
Robert P. Finn, The Early Turkish Novel 1872-1900, The Isis Press, Istanbul 1984.
9.
Eden Naby/ Transitional Central Asian Literature: Tajik and Uzbek prose fiction
from 1909 to 1932. – Columbio University 197.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701
37
10.
Адабий турлар ва жанрлар. (Тарихи ва назариясига оид). Уч жилдлик. T. 1.
Эпос. – Т.: ФАН, 1991.
11.
Болтабоев Ҳ. Наср ва услуб: услуб муаммосига назарий нигоҳ ва ҳозирги
ўзбек насрида услубий изланишлар – Т.: Фан, 1992.
12.
Норматов У. Умидбахш тамойиллар. – Т.: Маънавият, 2000.
