Авторы

  • Исроил Абдалимов
    Докторант, Гулистанский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.123745

Ключевые слова:

терминология туризма онлайн-платформы базы данных составление словарей технологии перевода цифровые ресурсы

Аннотация

В данной статье анализируется роль онлайн-платформ и электронных баз данных в процессе формирования туристической терминологии и составления систематического словаря. В современную эпоху стремительного развития информационно-коммуникационных технологий особое значение приобретает использование цифровых ресурсов для выявления, сопоставления, перевода и систематизации терминов. В статье освещаются возможности современных платформ, их эффективность, преимущества и практическая значимость.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The role of online platforms and databases in compiling a
glossary of tourism terminology

Isroil ABDALIMOV

1


Gulistan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2025
Received in revised form

10

April 2025

Accepted 2 April 2025
Available online
25 May 2025

This article analyzes the role of online platforms and

electronic databases in the process of developing tourism

terminology and compiling it into a systematic dictionary. In the

current era of rapid advancement in information and

communication technologies, the use of digital resources has
become increasingly important for identifying, comparing,

translating, and systematizing terms. The article highlights the

capabilities of modern platforms, their effectiveness,

advantages, and practical significance in this context.

2181-3701/© 2025 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss5

/S

-pp127-131

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

tourism terminology,

online platforms,

databases,

dictionary compilation,
translation technologies,

digital resources.

Turizm terminlari lug‘atini tuzishda onlayn platformalar
va maʼlumotlar bazalarining oʻrni

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

turizm terminologiyasi,

onlayn platformalar,
maʼlumotlar bazalari,

lugʻat tuzish,

tarjima texnologiyalari,
raqamli resurslar.

Mazkur maqolada turizm terminologiyasini shakllantirish va

ularni tizimli lug‘at shaklida tuzish jarayonida onlayn

platformalar hamda elektron maʼlumotlar bazalarining tutgan
o‘rni tahlil qilinadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda terminlarni aniqlash,

taqqoslash, tarjima qilish va tizimlashtirishda raqamli

resurslardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Maqolada zamonaviy platformalarning imkoniyatlari, ularning

samaradorligi, afzalliklari va amaliy ahamiyati yoritiladi.

1

Doctoral student, Gulistan State University. E-mail:

abdalimovisroil@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

128

Роль онлайн-платформ и баз данных в составлении

словаря терминов туризма

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

терминология туризма,
онлайн-платформы,

базы данных,

составление словарей,

технологии перевода,
цифровые ресурсы.

В данной статье анализируется роль онлайн-платформ и

электронных баз данных в процессе формирования

туристической

терминологии

и

составления

систематического

словаря.

В

современную

эпоху

стремительного

развития

информационно-

коммуникационных

технологий

особое

значение

приобретает использование цифровых ресурсов для
выявления, сопоставления, перевода и систематизации
терминов. В статье освещаются возможности современных

платформ,

их

эффективность,

преимущества

и

практическая значимость.


KIRISH

So‘nggi yillarda global miqyosda turizm sanoatining jadal rivojlanishi tilshunoslik

sohasida ham bir qator yangi ehtiyojlarni yuzaga keltirmoqda. Xususan, turizm faoliyati
bilan bog‘liq atamalar, iboralar va konseptlarning izchil va to‘g‘ri qo‘llanilishi har qanday
mamlakatning xalqaro sayyohlar bilan samarali muloqot olib borishi, turizm xizmatlarini
to‘g‘ri taqdim eta olishi va o‘z milliy madaniyatini xorijiy mehmonlarga tushunarli tarzda
yetkazishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda turizm sohasi nafaqat mehmonxona va transport xizmatlari, balki

madaniy meros, gastronomiya, ekologiya, sog‘lomlashtirish, ekstremal sport va boshqa
ko‘plab sohalarni o‘z ichiga olgan ko‘p tarmoqli faoliyat turi hisoblanadi. Har bir kichik
yo‘nalishda o‘ziga xos terminlar mavjud bo‘lib, ularni tizimlashtirish va umumiy lug‘atga
kiritish ilmiy yondashuvni, zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni talab qiladi. Shu
nuqtai nazardan qaraganda, zamonaviy tilshunoslik, ayniqsa, amaliy leksikografiya
sohasida turizm terminlarini to‘plash, tahlil qilish va elektron lug‘atlar yaratish muhim
vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. An’anaviy lug‘at tuzish usullari, odatda, vaqt va
mehnat jihatidan serxarajat bo‘lib, ularning yangilanishi sekin kechadi. Shu bois, raqamli
texnologiyalarning rivojlanishi bilan birga onlayn platformalar va maʼlumotlar
bazalarining qo‘llanilishi ushbu jarayonni soddalashtirish va tezlashtirish imkonini
bermoqda. Ayniqsa, IATE (Interactive Terminology for Europe), UNWTO (United Nations
World Tourism Organization) terminlar bazasi, Google Scholar, Linguee, Glosbe, Reverso
kabi platformalar tilshunoslar, tarjimonlar va tadqiqotchilar uchun muhim vositaga
aylangan.

Shu munosabat bilan, ushbu maqola turizm terminlari lugʻatini tuzishda onlayn

platformalar va maʼlumotlar bazalarining tutgan o‘rnini, ularning afzalliklari,
imkoniyatlari va amaliy qo‘llanilishi jihatidan tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Maqola
doirasida mavjud manbalar, ularning tuzilishi va foydalanuvchiga taqdim etilayotgan
imkoniyatlar ko‘rib chiqiladi, shuningdek, O‘zbekiston sharoitida bu kabi vositalardan
foydalanish istiqbollari ham muhokama qilinadi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

129

ADABIYOTLAR TAHLILI

Turizm terminologiyasini shakllantirish va tizimlashtirish masalalari tilshunoslik

sohasida dolzarb mavzulardan biridir. Xususan, bu jarayonda onlayn platformalar va
elektron maʼlumotlar bazalari terminlarni to‘plash, tahlil qilish va ularni tarjima qilishda
muhim vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. H.Radjabovaning tadqiqotida xavfsiz
turizmga oid atamalar tahlil qilinib, ularni izohli lug‘at shaklida tuzish bo‘yicha nazariy va
amaliy yondashuvlar bayon etilgan. Tadqiqotda terminlarning ko‘p maʼnoliligi, sinonimik
va omonimik xususiyatlari alohida e’tiborga olingan [1]. Tillararo tarjimada aniqlikni
ta’minlash va terminlar bazasini to‘g‘ri shakllantirishda zamonaviy texnologiyalarning,
ayniqsa,

Sketch Engine

kabi korpusli lingvistika vositalarining o‘rni katta. U.Tursunov bu

boradagi maqolasida til birliklarini avtomatik tahlil qilish, statistik asosda ajratib olish
hamda yangi terminlarni aniqlashda bunday platformalarning afzalliklarini asoslab
bergan [2]. Xalqaro tajriba ham bu borada dolzarb. Masalan,

UNWTO Tourism Glossary

,

IATE (Interactive Terminology for Europe)

kabi terminologik bazalar turizmga oid

atamalarni ko‘p tilli formatda taqdim etadi, ularning kontekstual qo‘llanilishini ham ochib
beradi. Bu kabi platformalar nafaqat tarjima uchun, balki milliy lug‘atlarni tuzishda ham
muhim manba hisoblanadi [3].

Bundan tashqari,

Lingvanex

va

Reverso

kabi mashina tarjimasi tizimlari xalqaro

turizm faoliyatida ishlatiladigan matnlarni real vaqt rejimida tarjima qilishga yordam
beradi. Bu orqali yangi atamalar va ularning ekvivalentlarini aniqlash mumkin [4].
O‘zbekiston tilshunosligida esa terminologiya bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlarda
lingvistik uslublar bilan bir qatorda axborot texnologiyalaridan foydalanish muhim omil
sifatida ko‘rilmoqda. Shuningdek, terminlarning morfologik, semantik va uslubiy
xususiyatlarini aniqlash orqali ularni tizimli shaklda lug‘atga kiritish usullari ishlab
chiqilmoqda [5].

TAHLIL VA NATIJALAR

Turizm terminlari lug‘atini shakllantirishda zamonaviy onlayn platformalar va

ma’lumotlar bazalari tobora ko‘proq dolzarblik kasb etmoqda. Bu jarayonni tahlil qilish
shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan resurslar nafaqat
terminlarni yig‘ish, balki ularni tahlil qilish, kontekstual qo‘llanilishini aniqlash va
mukammal tarjima variantlarini topishda ham beqiyos imkoniyatlar yaratadi. Bugungi
kunda turizm sohasi dinamik tarzda rivojlanib borayotganligi sababli, u bilan bog‘liq
terminlarning soni ham ortib bormoqda. Bu esa ularni izchil va tizimli tarzda lug‘at
shaklida to‘plash zaruratini tug‘diradi. An’anaviy lug‘atlar ko‘pincha uzoq vaqt ichida
tuziladi, ularning yangilanish tezligi past bo‘ladi. Shu bilan birga, foydalanuvchilarning
ehtiyojlariga tezda moslasha olmaydi. Aksincha, onlayn platformalar, ayniqsa
avtomatlashtirilgan til korpuslari, foydalanuvchiga real vaqt rejimida turli manbalardan
olingan, doimo yangilanib turuvchi terminologiyani taqdim etishga imkon beradi.

Bu kabi platformalar yordamida terminlarni nafaqat bir tilli, balki ko‘p tilli

kontekstda ham ko‘rib chiqish mumkin. Bu ayniqsa xalqaro turizm faoliyatida ishtirok
etayotganlar, jumladan tarjimonlar, gidlar va marketing mutaxassislari uchun juda
muhim. Terminlar tarjima qilinayotganda ularning ma’nosi kontekstda to‘g‘ri anglanishi
lozim, chunki so‘zlarning turli tillarda bir nechta ma’nosi bo‘lishi mumkin. Masalan, ingliz
tilidagi “resort” so‘zi o‘zbek tiliga “kurort”, “dam olish maskani”, ba’zida esa “so‘nggi
choralar” ma’nosida ham tarjima qilinadi. Bunday hollarda avtomatik tarjima vositalari
xato qilishi mumkin, ammo kontekstual platformalar ushbu muammoni sezilarli darajada


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

130

kamaytiradi. Sketch Engine, Linguee, Glosbe, Reverso kabi platformalar terminlarni real
matnlar asosida tahlil qilish imkonini beradi. Bularning ichida Sketch Engine platformasi
maxsus imkoniyatlarga ega bo‘lib, foydalanuvchiga til korpuslari asosida statistik
tahlillarni amalga oshirish, atamaning eng ko‘p ishlatilgan kontekstlarini aniqlash,
ularning sinonimlarini topish va hatto avtomatik ravishda lug‘at yaratish imkonini ham
beradi. Shu bilan birga, bu platforma turli til juftliklari bo‘yicha parallel korpuslar asosida
terminlar o‘rtasidagi semantik muvofiqlikni ham baholay oladi. Onlayn platformalar
yordamida tahlil qilinadigan terminlar soni ham ancha katta. Masalan, Google Scholar
yoki JSTOR orqali biror so‘zning turizmga oid maqolalarda nechta marta uchraganini
ko‘rish mumkin. Bu esa terminologiyaning dolzarbligi va keng tarqalganligini baholashda
muhim omil hisoblanadi. Bundan tashqari, bu kabi resurslar yangi paydo bo‘lgan
terminlarni aniqlashga yordam beradi. Turizm – doimiy yangilanishda bo‘lgan soha. Har
yili yangi turistik xizmatlar, texnologiyalar, tajriba turlari paydo bo‘ladi. Masalan, “dark
tourism”, “eco-tourism”, “digital nomad”, “glamping” kabi atamalar yaqindagina lug‘atga
kirgan va hozirda jadal tarqalmoqda. Ularning har biri o‘ziga xos konseptni ifodalaydi va
oddiy tarjima bilan emas, balki izohli tushuntirish bilan taqdim etilishi kerak.

Ma’lumotlar bazalari ham bu borada katta ahamiyatga ega. Ma’lumotlar bazasi

deganda, faqat matnli resurslar emas, balki terminlar lug‘atlari, ularning tasniflari,
morfologik va sintaktik xususiyatlarini o‘z ichiga olgan struktural ma’lumotlar ham
nazarda tutiladi. Bunday bazalardan foydalanish lug‘atshunos olimlarga terminlarni
nafaqat semantik jihatdan, balki formal jihatdan ham tahlil qilish imkonini beradi. Misol
uchun, terminlarning yasalish usullari – affiksatsiya, kompozitsiya, qisqartma yoki
kalkalash orqali hosil bo‘lishi – aniq statistik ma’lumotlar asosida tasniflanadi. Bu esa
ilmiy asoslangan lug‘at yaratish uchun zamin yaratadi. Shuningdek, foydalanuvchi
tajribasiga asoslangan platformalar – ya’ni foydalanuvchilar o‘zlari termin qo‘shishi yoki
mavjud terminlarni baholashi mumkin bo‘lgan resurslar – turizm terminologiyasi
shakllanishiga ijtimoiy-lingvistik yondashuv olib kiradi. Bu jarayon orqali atamalar
amaliyotda qanday ishlatilayotganini, ular qanchalik tushunarli va to‘g‘ri ekanini aniqlash
mumkin. Yana bir muhim jihat – onlayn platformalar turizm sohasi vakillari uchun
terminlarni tez topish, ular haqida kontekstual ma’lumot olish, hatto vizual materiallar
bilan ko‘rish imkonini beradi. Bu ayniqsa sayyohlik gidlari, xalqaro xizmat ko‘rsatish
operatorlari uchun qulaylik yaratadi. Ushbu platformalarning yana bir afzalligi –
foydalanuvchi tajribasi asosida doimiy takomillashib borishidir. Ko‘plab platformalarda
foydalanuvchilar o‘z fikrini bildiradi, terminlarga baho beradi yoki tahrir kiritadi. Bu esa
ma’lumotlarning aniqligi va sifatini oshiradi. Shu bilan birga, foydalanuvchi xatti-
harakatlari asosida eng ko‘p izlangan, noto‘g‘ri tushunilgan yoki muqobil tarjimalar talab
qilinadigan terminlar aniqlanadi. Bunday tahlillar esa tilshunoslar uchun
terminologiyaning amaliy muammolarini aniqlashda juda muhim manba bo‘lib xizmat
qiladi.

XULOSA

Turizm terminlari lugʻatini tuzish jarayoni zamonaviy texnologik imkoniyatlar

bilan chambarchas bogʻliq bo‘lib, onlayn platformalar va maʼlumotlar bazalari bu sohada
muhim vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. An’anaviy lugʻat tuzish metodlari endilikda
o‘z o‘rnini yanada funksional, tezkor va interaktiv raqamli yechimlarga bo‘shatmoqda.
Ushbu maqolada ko‘rib chiqilganidek, Sketch Engine, Linguee, Glosbe, IATE kabi
platformalar turizm terminlarini yig‘ish, ularning kontekstual qo‘llanilishini aniqlash va


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

131

mos tarjima variantlarini topishda katta samaradorlikka ega. Shu bilan birga, ushbu
vositalar yangi paydo bo‘lgan terminlarni aniqlash va ularni tizimlashtirishda ham
samarali ishlaydi. Onlayn platformalarning ko‘p tillilik, tezkorlik, yangilanish,
foydalanuvchi fikriga asoslangan tahrir imkoniyati kabi xususiyatlari ularni lug‘at
tuzishda ishonchli manba sifatida ishlatishga asos yaratadi. Ularning asosida tuzilgan
terminologik lug‘atlar nafaqat tilshunoslar, balki tarjimonlar, gidlar, turizm sohasidagi
amaliyotchi mutaxassislar uchun ham muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada
tahlil qilinganidek, zamonaviy ma’lumotlar bazalari terminlarning semantik, morfologik
va sintaktik xususiyatlarini aniqlashga xizmat qilib, ularni tizimli ravishda tasniflash
imkonini beradi. Shu asosda aytish mumkinki, bugungi kunda turizm terminologiyasini
rivojlantirishda zamonaviy raqamli resurslardan foydalanish nafaqat qulaylik, balki ilmiy
va amaliy jihatdan zaruratdir. Ushbu vositalarni o‘zbek tilshunosligiga tatbiq etish orqali
milliy lug‘atshunoslikni yangi bosqichga olib chiqish, turizm terminologiyasini xalqaro
standartlarga moslashtirish va shu orqali tilning zamonaviy kommunikatsion muhitdagi
faoliyatini kuchaytirish mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonning xalqaro turizm
maydonidagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Radjabova, H. (2024).

Xavfsiz turizm terminlari lug‘ati va ularning izohi

. Farg‘ona

Davlat Universiteti Ilmiy jurnali. https://journal.fdu.uz

2.

Tursunov, U. (2023).

Terminologik lug‘at yaratish texnologiyasi va uning ta’lim

tizimidagi ahamiyati

. ResearchGate. https://www.researchgate.net/publication/371547307

3.

European Union. (n.d.).

IATE – Interactive Terminology for Europe

.

https://iate.europa.eu

4.

Lingvanex. (2024).

Machine Translation in Travel and Hospitality

.

https://lingvanex.com

5.

O‘zbekiston Respublikasi OAK. (2023).

Turizm terminologiyasining leksik-

semantik xususiyatlari

. https://oak.uz

Библиографические ссылки

Radjabova, H. (2024). Xavfsiz turizm terminlari lug‘ati va ularning izohi. Farg‘ona Davlat Universiteti Ilmiy jurnali. https://journal.fdu.uz

Tursunov, U. (2023). Terminologik lug‘at yaratish texnologiyasi va uning ta’lim tizimidagi ahamiyati. ResearchGate. https://www.researchgate.net/publication/371547307

European Union. (n.d.). IATE - Interactive Terminology for Europe. https://iate.europa.eu

Lingvanex. (2024). Machine Translation in Travel and Hospitality. https://lingvanex.com

O‘zbekiston Respublikasi OAK. (2023). Turizm terminologiyasining leksik-semantik xususiyatlari. https://oak.uz