Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika–
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика– Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Systemicity in mathematical terminology: linguistic and
didactic analysis
Azizakhon ABIDOVA
1
University of Economics and Pedagogy
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
10
April 2025
Accepted 2 April 2025
Available online
25 May 2025
This article analyzes the principle of systemicity in
mathematical terminology from both linguistic and didactic
perspectives. The formation, semantic structure, and
interrelation of terms are studied, highlighting their role and
significance in the educational process. Based on the analysis,
recommendations are developed for constructing a didactic
system of mathematical terminology. The influence of the native
language and other languages on the formation of mathematical
concepts and its impact on terminological consistency is also
examined.
2181-3701/© 2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss5
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
mathematical terminology,
systemicity,
linguistic analysis,
didactics,
semantics,
terminology,
educational process,
concept formation.
Matematik terminlarda tizimlilik: lingvistik va didaktik
tahlil
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
matematik terminlar,
tizimlilik,
lingvistik tahlil,
didaktika,
semantika,
terminologiya,
o‘quv jarayoni,
tushuncha shakllanishi.
Ushbu maqolada matematik terminlarning tizimlilik tamoyili
lingvistik va didaktik nuqtai nazardan tahlil qilinadi.
Terminlarning shakllanishi, semantik tuzilishi va o‘zaro
bog‘liqligi o‘rganilib, ularning o‘quv jarayonidagi roli va
ahamiyati yoritiladi. Tahlil natijalari asosida matematik
terminlarning didaktik tizimini shakllantirish bo‘yicha
tavsiyalar
ishlab
chiqiladi.
Shuningdek,
matematik
tushunchalarning shakllanishida ona tili va boshqa tillar
ta’sirining terminologik muvofiqlikka ta’siri ko‘rib chiqiladi.
1
Senior Lecturer, University of Economics and Pedagogy. E-mail: abidovaazizaxon084@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
73
Системность
в
математической
терминологии:
лингвистический и дидактический анализ
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
математическая
терминология,
системность,
лингвистический анализ,
дидактика,
семантика,
терминология,
учебный процесс,
формирование понятий.
В данной статье рассматривается принцип системности
математических
терминов
с
лингвистической
и
дидактической точек зрения. Изучаются формирование
терминов, их семантическая структура и взаимосвязь,
освещается их роль и значение в учебном процессе. На
основе анализа разрабатываются рекомендации по
формированию дидактической системы математической
терминологии. Также рассматривается влияние родного и
других языков на формирование математических понятий
и их влияние на терминологическую согласованность.
Matematika fanining murakkabligi uning terminologik tizimida ham yaqqol
namoyon bo‘ladi. Har bir matematik tushuncha aniq belgilangan va qat’iy
strukturalangan terminlar orqali ifodalanadi. Ushbu maqolada matematik terminlarning
tizimlilik tamoyiliga asoslangan o‘rganilishi lingvistik, semiotik va didaktik yondashuvlar
nuqtai nazaridan olib boriladi. matematika fanining asosiy komponentlaridan biri bo‘lgan
terminologiyani tizimli o‘rganishning zarurati asoslab beriladi. Matematik terminlar bilan
ishlash o‘quvchilarning tushunish, fikrlash, muloqot va muammo yechish ko‘nikmalariga
qanday ta’sir ko‘rsatishi yoritiladi. Shuningdek, o‘qitish metodikasini takomillashtirishga
xizmat qiluvchi samarali usullar, metodik yondashuvlar hamda didaktik asoslar haqida
fikr yuritiladi.
Matematik terminlarning lingvistik xususiyatlari, matematik terminlar o‘zining
quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi:
Aniklik: Har bir termin faqat bitta tushunchani bildiradi.
Ixtisoslashganlik: Terminlar umumiy so‘zlar emas, balki aniq sohaga xos
birliklardir.
Stabil: Ular o‘zgaruvchanlikka nisbatan barqarorlikka ega.
Masalan, "integral", "matritsa", "gradient" kabi terminlar boshqa kontekstlarda
kamdan-kam hollarda ishlatiladi.
Tizimlilik va matematik terminlarning semantik strukturalanishi, tizimlilik
tamoyili terminlarning o‘zaro bog‘liqligi va ichki tartibini anglatadi. Matematik terminlar
o‘zaro iyerarxik va paradigmatik munosabatda bo‘ladi: Masalan, “funksiya” umumiy
tushuncha bo‘lsa, “chiziqli funksiya”, “kvadratik funksiya” uning ost sinflari hisoblanadi.
Paradigma: Ma’lum bir tushunchaning turli ko‘rinishlari bir paradigmani tashkil qiladi.
Matematik terminlarda tizimlilikning didaktik ahamiyati, matematikani
o‘rgatishda terminlar tizimining to‘g‘ri shakllanishi muhim: O‘quvchilar uchun terminlar
o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunish matematik tushunchani egallashni osonlashtiradi.
Terminlarning izchil va mantiqiy ketma-ketlikda taqdim etilishi o‘zlashtirish darajasini
oshiradi. Tizimli yondashuv terminlarning yodda saqlanishi va qo‘llanishini kuchaytiradi.
Ona tili va xorijiy tillar ta’sirida terminologik tizim shakllanishi, matematik
terminlarning ko‘pi yunon, lotin, rus va ingliz tillaridan kirib kelgan. Ularning o‘zbek
tilidagi moslashuvi muayyan tizimga amal qiladi:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
74
Fonetik adaptatsiya: "Matrix → matritsa"
Semantik ekvivalentlik: "Gradient → qiyalik"
Morfo-sintaktik moslik: O‘zbek tiliga xos so‘z yasalish modellari asosida:
“funksional", “vektorli”.
Xulosa qilib aytganda, matematik terminologiyani tizimli o‘qitish metodikasini
takomillashtirishga yordam berishi, bugungi ta’lim jarayonida fanlarni chuqur va
mazmunli o‘rgatish o‘quvchilarni nafaqat bilimli, balki mustaqil fikrlay oladigan, tizimli
tahlil qila oladigan, muloqotga kirishadigan, raqamli savodxon shaxs sifatida
shakllantirishga xizmat qilishi kerak. Ayniqsa, matematika fani buning eng muhim
vositalaridan biridir. Matematikaning tilini tashkil etuvchi terminologiyani tizimli
o‘rganish, bu fanni o‘qitishning sifatini belgilab beradi. Matematik terminologiyaning
mohiyati va didaktik roli haqida fikr yuritsek, matematik terminologiya – bu matematik
tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar va iboralar majmuidir. Terminlar fanning mohiyatini
ochadi, mavzularni anglash va izohlashga xizmat qiladi. Masalan, “funksiya”, “modul”,
“ekvivalentlik”, “asimmat”, “vaznli o‘rtacha” kabi terminlar har biri o‘ziga xos ilmiy
tushunchalarni ifodalaydi.
Lingvistik jihatdan terminlar zaxirasini boyitadi.Tushuncha va atamalar o‘rtasidagi
munosabatni ochib beradi. Shu sababli, matematik terminlarni lingvistik, didaktik va
semiotik yondashuvlar asosida tizimlashtirish zamonaviy ta’limning muhim vazifalaridan
biridir. Matematik terminologiyani tizimli o‘rganish zamonaviy ta’limning muhim
ehtiyojlaridan biridir. Bu yondashuv orqali, o‘quvchilar chuqur bilimga ega bo‘ladi,
o‘qituvchilar dars sifatini oshiradi, o‘quvchilarning fanlararo savodxonligi ortadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Михайлова, Е. А. (2008). Лингвистические основы терминологии. Москва:
Изд-во РУДН.
2.
Кобрин, М. Ю. (2004). Методика преподавания математики. Москва:
Академия.
3.
Джураев, А. (2019). O‘quvchilarda matematik tafakkurni rivojlantirish asoslari.
Toshkent: Fan.
4.
Alibekov, A. (2021). "Matematik terminlar va ularning o‘zbek tilidagi
ifodalanishi". O‘zbek tili va adabiyoti jurnali, №4.
5.
Crystal, D. (2003). The Cambridge Encyclopedia of the English Language.
Cambridge University Press.
6.
Solovyev, V. D. (2005). Терминоведение. Москва: ЛКИ.
