Авторы

  • Мукимжон Ахунов
    PhD, доцент, заведующий кафедрой «Теоретические аспекты английского языка, Андижанский государственный институт иностранных языков
  • Мехриноз Сайфутдинова
    Студентка, Андижанский государственный институт иностранных языков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.123752

Ключевые слова:

модальные глаголы история английского языка древнеанглийский среднеанглийский современный английский диахронический анализ грамматические изменения семантические функции корпусный анализ

Аннотация

Данная статья анализирует формы и функции модальных глаголов в древнеанглийском, среднеанглийском и современном английском языке с диахронической точки зрения. В ходе исследования были изучены морфологические и семантические изменения модальных глаголов от древнеанглийского до современного английского языка. Результаты исследования способствуют более глубокому пониманию истории английского языка и могут быть применены в преподавании языка.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The use of modal verbs in old, middle and modern English:
a comparative analysis

Mukimjon AKHUNOV

1

, Mekhrinoz Bonu SAYFUTDINOVA

2


Andijan State Institute of Foreign Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2025

Received in revised form
15 March 2025
Accepted 25 April 2025
Available online

15 May 2025

This article analyzes the forms and functions of modal verbs

in Old, Middle, and Modern English from a diachronic
perspective. The study examines the morphological and

semantic changes of modal verbs from Old English to Modern

English. The research findings contribute to a deeper

understanding of the history of the English language and their
application in language teaching.

2181-3663/© 2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss3-pp79-84

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

modal verbs,

history of English,

Old English,

Middle English,

Modern English,

diachronic analysis,
grammatical changes,
semantic functions,

corpus analysis.

Qadimgi, o‘rta va zamonaviy ingliz tillarida modal

fe’llarning ishlatilishi: qiyosiy tahlil

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

modal fe’llar,

ingliz tili tarixi,

qadimgi ingliz tili,

o‘rta ingliz tili,

zamonaviy ingliz tili,

diaxron tahlil,

grammatik o‘zgarishlar,

semantik funksiyalar,
korpus tahlili.

Ushbu maqola ingliz tilining qadimgi, o‘rta va zamonaviy

davrlaridagi modal fe’llarning shakllari va funksiyalarini

diaxronik nuqtai nazardan tahlil qiladi. Tadqiqot davomida

qadimgi ingliz tilidan boshlab zamonaviy ingliz tiligacha bo‘lgan
modal fe’llarning morfologik va semantik o‘zgarishlari o‘rganildi.

Tadqiqot natijalari ingliz tili tarixini chuqurroq tushunishga va til

o‘qitishda qo‘llanilishga yordam beradi.

1

PhD, Associate Professor, Head of the Department of Theoretical Aspects of English Language, Andijan State Institute

of Foreign Languages.

2

Student, Andijan State Institute of Foreign Languages.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701

80

Использование модальных глаголов в древнем, среднем и

современном английском языке: сравнительный анализ

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

модальные глаголы,
история английского
языка, древнеанглийский,

среднеанглийский,
современный английский,
диахронический анализ,
грамматические

изменения,

семантические функции,

корпусный анализ.

Данная статья анализирует формы и функции

модальных

глаголов

в

древнеанглийском,

среднеанглийском и современном английском языке с

диахронической точки зрения. В ходе исследования были
изучены морфологические и семантические изменения

модальных

глаголов

от

древнеанглийского

до

современного

английского

языка.

Результаты

исследования способствуют более глубокому пониманию
истории английского языка и могут быть применены

в преподавании языка.


Ingliz tili dunyodagi eng keng tarqalgan va ko‘p funksiyali tillardan biri bo‘lib, uning

tarixiy taraqqiyotini chuqur o‘rganish tilshunoslik fanida alohida o‘rin tutadi. Tildagi
grammatik vositalarning, xususan modal fe’llarning shakl va ma’no jihatdan qanday
o‘zgarganini tadqiq etish orqali nafaqat tarixiy jarayonlar, balki hozirgi zamonaviy tildagi
normativ holat ham yaxshiroq tushuniladi. Modal fe’llar – ehtimollik, majburiyat, ruxsat va
istak kabi murakkab semantik kategoriyalarni ifodalovchi grammatik vositalar sifatida –
ingliz tilida kommunikativ ahamiyati yuqori bo‘lgan birliklardandir. Ushbu fe’llarning
tarixiy rivoji ingliz tili strukturasi va sintaksisining shakllanishida muhim rol o‘ynagan.

Zamonaviy tilshunoslikda funksional grammatika, kognitiv tilshunoslik va diaxron

analiz asosida modal fe’llarning o‘zgarish tendensiyalarini chuqur o‘rganish yangi ilmiy
yondashuvlarni shakllantirishga yordam beradi. Shu sababli, ushbu mavzu grammatik
taraqqiyot, semantik o‘zgarishlar va ijtimoiy-lingvistik omillar orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni
yoritish uchun dolzarb hisoblanadi.

Ingliz tili rivoji shartli ravishda uch asosiy davrga bo‘linadi:

Qadimgi ingliz tili (Old English, 5–11 asrlar) – Bu davrda til jiddiy germanik

xususiyatlarga ega bo‘lib, morfologik jihatdan murakkab va sintaktik jihatdan erkin
bo‘lgan. Modal fe’llar hozirgi shaklida mavjud emas edi, lekin ularning boshlang‘ich
formalarini (masalan,

magan

,

sculan

) uchratish mumkin bo‘lgan.

O‘rta ingliz tili (Middle English, 11–15 asrlar) – Norman bosqinidan keyin tilga

ko‘plab fransuzcha so‘zlar kirib kelgan, va ayni paytda grammatik tizim soddalashib
borgan. Modal fe’llar asta-sekin yordamchi fe’l maqomini ola boshlagan.

Zamonaviy ingliz tili (Modern English, 16-asrdan hozirgacha) – grammatika

yanada analitik tus oldi. Modal fe’llar mustaqil semantik va sintaktik funksiyalarga ega
bo‘lib, kommunikativ maqsadlarda keng qo‘llanilmoqda (

can, may, must, shall, will

va h.k.).

Modal fe’llar ingliz tilining yordamchi fe’l tizimining muhim qismini tashkil qiladi.

Ular odatda asosiy fe’l bilan birga ishlatilib, harakat yoki holatga bo‘lgan munosabatni
bildiradi. Bu fe’llar orqali ehtimollik, majburiyat, imkoniyat, ruxsat, istak, maslahat kabi
nutq modalit etiketkalari ifodalanadi. Tarix davomida modal fe’llarning sintaktik
joylashuvi, semantik yuklamasi va morfologik shakllari sezilarli darajada o‘zgargan.
Ayniqsa, ba’zi qadimgi modal shakllar eskirgan yoki yo‘qolgan, yangi analitik shakllar esa
(masalan,

have to

,

be able to

) faol qo‘llanilmoqda.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701

81

Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi – qadimgi, o‘rta va zamonaviy ingliz tilidagi

modal fe’llarning shakllari, ularning semantik funksiyalari va qo‘llanilishidagi
asosiy o‘zgarishlarni diaxron tahlil qilishdan iborat. Shu orqali modal fe’llarning
grammatiklashuv jarayoni, semantik kengayishi va kommunikativ ahamiyatining tarixiy
rivojini yoritish nazarda tutiladi.

Mazkur tadqiqotda diaxron tilshunoslik yondashuvi asos qilib olindi. Bu yondashuv

orqali ingliz tilining turli davrlarida ishlatilgan modal fe’llarning shakllari, funksiyalari va
qo‘llanish sohalari ketma-ketlikda o‘rganildi

Diaxron tahlil doirasida uch davr – Old English, Middle English va Modern English

bosqichlari alohida tahlil qilindi, va har bir bosqichda ishlatilgan modal birliklar o‘zaro
solishtirildi.

Ma’lumot manbalari
Tadqiqotda asosiy e’tibor har bir davrga oid avtentiq matnlarga qaratildi. Ushbu

matnlar tilshunoslikda tarixiy til holatlarini ko‘rsatishda muhim manbalar hisoblanadi:

Qadimgi ingliz tili (Old English):

o

Beowulf

(taxminan 8–9 asrlar)

o

The Battle of Maldon

(991-yil) Ushbu matnlar yuqori morfologik murakkablikka

ega bo‘lib, unda modal ma’nolar turli fe’l shakllari orqali berilgan. Tadqiqotda qadimgi

magan

,

sculan

,

willan

,

motan

kabi fe’llar chuqur tahlil qilindi.

O‘rta ingliz tili (Middle English):

o

The Canterbury Tales

by Geoffrey Chaucer (14-asr)

Bu bosqichda morfologik soddalashuv va sintaktik tuzilmalardagi o‘zgarishlar

modal fe’llarning grammatik maqomini o‘zgartirgan.

Shal

,

wil

,

mote

kabi fe’llar yordamchi

vazifasini ola boshlagan.

Zamonaviy ingliz tili (Modern English):

o

19–21-asr yozma ingliz matnlari, jumladan:

Pride and Prejudice

by Jane Austen

The Great Gatsby

by F. Scott Fitzgerald

hozirgi davrdagi onlayn gazeta, blog va akademik matnlar (British National Corpus,

COCA kabi korpuslar asosida)

Bu matnlar orqali zamonaviy modal fe’llarning shakli, qo‘llanish tezligi va nutq

turlaridagi farqlari aniqlab borildi.

Tadqiqotning empirik asosini kengroq qilish maqsadida elektron korpuslardan

foydalanishga ham e’tibor qaratildi. Ayniqsa, British National Corpus (BNC) va Corpus of
Contemporary American English (COCA) orqali XX–XXI asrlarda ishlatilayotgan modal
fe’llar statistik jihatdan tahlil qilindi. Bu orqali nafaqat qaysi modal fe’l ko‘proq
ishlatilayotgani, balki ular qanday kontekstda, qaysi mavzularda va qaysi uslubiy qatlamda
qo‘llanayotgani aniqlashtirildi.

Tadqiqotda modal fe’llarni aniqlash uchun quyidagi mezonlar belgilandi:
1.

Formal mezonlar – sintaktik jihatdan yordamchi fe’l bo‘lishi, infinitiv bilan birga

kelishi (

can go, must do

)

2.

Semantik mezonlar – ehtimollik, ruxsat, majburiyat, istak, maslahat kabi modalit

ifodalash

3.

Tarixiy muqobillar – eski shakllarning zamonaviy variantlariga mosligi (

sculan →

shall

,

magan → may/can

)

4.

Qarindoshlik darajasi – morfologik ildiz va semantik izchillik asosida ajratish


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701

82

Misol uchun,

must, shall, can, may, ought to, need, dare, will, would, should, could,

might

kabi zamonaviy modal fe’llar bilan bir qatorda qadimgi shakllarning fonetik va

morfologik evolyutsiyasi ham o‘rganildi.

Diaxron tahlil tarixiy matnlar va korpus manbalari asosida olib borildi. Har bir

davrda modal fe’llar soni, shakli, kontekstdagi ishlatilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, har bir davr uchun eng ko‘p uchragan modal birliklar aniqlanib, ular

funksional-grammatik jihatdan o‘zaro solishtirildi.

Tadqiqot davomida modal fe’llarning shakli va funksiyasida ingliz tili tarixining har

bir bosqichida muhim o‘zgarishlar ro‘y bergani aniqlandi. Qadimgi, o‘rta va zamonaviy

ingliz tiliga oid matnlar tahlili orqali modal fe’llar semantikasi, grammatik strukturasi va

sintaktik kontekstdagi roli bosqichma-bosqich takomillashib borgan.

Qadimgi ingliz tilida modal fe’llar hali mustaqil kuchli fe’llar sifatida mavjud bo‘lib,

ular qat’iy morfologik belgilar va og‘ir konjugatsiya shakllariga ega bo‘lgan. Bunday fe’llar

orasida

magan

,

sculan

,

motan

kabi shakllar alohida ajralib turadi. Ularning semantik

yuklamasi asosan ehtimollik, majburiyat yoki qobiliyat bilan bog‘liq bo‘lib, ular to‘liq fe’l

tizimining bir qismi sifatida ishlatilgan. Ushbu davrda modal fe’llar ko‘pincha ohang va

kontekst bilan emas, balki aniq morfologik belgilar orqali o‘z vazifasini bajargan.

O‘rta ingliz tiliga kelib, til tizimida sezilarli soddalashuv jarayoni boshlangan. Bu

soddalashuv modal fe’llarning shakllanishida ham ko‘zga tashlanadi. Fe’llar orasidagi

ko‘plik va zamon shakllari sezilarli darajada qisqargan, ba’zi qadimgi modal shakllar asta-

sekinlik bilan yo‘qolgan yoki yangi funksional shakllarga aylangan.

Shall

va

will

fe’llari bu

davrda keng tarqalib, ular kelasi zamon, majburiyat yoki niyat bildirishda ishlatilgan.

Ushbu bosqichda modal fe’llar yordamchi fe’l funksiyasiga yaqinlashib, asosiy fe’l bilan

birga murakkab predikativ struktura hosil qilishga boshlagan.

Zamonaviy ingliz tilida esa modal fe’llar til tizimining muhim sintaktik elementiga

aylangan. Ba’zi qadimgi shakllar eskirgan yoki faqat tarixiy kontekstda uchrasa-da, yangi

modal birliklar yuzaga kelgan. Misol uchun,

have to

,

need to

,

be able to

kabi so‘z birikmalari

sintaktik jihatdan modal fe’l o‘rnini bosuvchi perifraz shakllar sifatida qo‘llanmoqda.

Bugungi kunda modal fe’llar aniq kommunikativ vazifalarni bajaradi: ular yordamida

ehtimollik, ruxsat, qobiliyat, niyat, majburiyat kabi semantik munosabatlar aniq va

qisqacha ifodalanadi.

Shuningdek, korpus tahlili asosida aniqlanishicha, zamonaviy ingliz tilida modal

fe’llarning funksional ishlatilishi yanada kontekstual va pragmatik tus olgan. Masalan,

can

va

may

fe’llari nafaqat qobiliyat yoki ruxsat bildiradi, balki muloqot kontekstida

muloyimlik, iltimos, ijtimoiy moslashuv kabi pragmatik ohanglar bilan ham bog‘liq bo‘lishi

mumkin.

Tahlil shuni ko‘rsatadiki, modal fe’llarning rivojlanishi faqat morfologik yoki

semantik jihatdan emas, balki ularning muloqotdagi funksional roli, ijtimoiy konvensiyalar

va madaniy nutq ehtiyojlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Modal fe’llarning hozirgi

holatgacha bo‘lgan evolyutsiyasi ingliz tilining umumiy tarixiy rivojlanish jarayoni bilan

birga sodir bo‘lgan tilshunoslik qonuniyatlarini aks ettiradi.

Ushbu tadqiqot natijalari ingliz tilining tarixiy rivojlanish jarayonida modal

fe’llarning shakli va funksiyasida katta o‘zgarishlar yuz berganini aniq ko‘rsatdi. Qadimgi

ingliz tilidan zamonaviy davrgacha modal fe’llarning o‘zgarishi nafaqat morfologik

jihatdan, balki ularning kommunikativ va pragmatik funksiyalarida ham sezilarli farqni aks

ettiradi. Bu o‘zgarishlar tilning umumiy soddalashuvi va grammatik tizimining

yangilanishi bilan chambarchas bog‘liqdir.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701

83

Qadimgi ingliz tilidagi modal fe’llarning to‘liq morfologik shakllari va aniq

grammatik qoida asosida ishlatilishi tilning yuqori darajadagi strukturaviy murakkabligini

ko‘rsatadi. Biroq, o‘rta ingliz tilida yuzaga kelgan soddalashuv, ayniqsa morfologik

o‘zgarishlar, modal fe’llarning ko‘proq yordamchi fe’lga aylanishiga olib keldi. Bu jarayon

modal fe’llarning funksional spektrini kengaytirib, ularning semantik kontekstini boyitdi.

Shu bilan birga, bu o‘zgarishlar ingliz tilining tilshunoslik nuqtai nazaridan yanada

optimallashtirilgan va foydalanish uchun qulayroq shaklga kelishiga xizmat qildi.

Zamonaviy ingliz tilida esa modal fe’llar yangi, kengroq semantik va pragmatik

funksiyalarni egalladi. Ularning ko‘plab yangi shakllari, masalan,

have to

yoki

need to

,

an’anaviy modal fe’llarning vazifalarini to‘ldirib, yanada nozik va aniqlashtirilgan

ifodalarga imkon yaratdi. Bu esa tilning o‘zgarib borayotgan ijtimoiy va madaniy

ehtiyojlariga moslashishini ko‘rsatadi. Shuningdek, zamonaviy kontekstda modal

fe’llarning konversatsion muloqotdagi vazifasi – muloyimlik, ehtiyotkorlik va ijtimoiy

moslashuv kabi – ancha muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tilning pragmatik qirralarini

kengaytirdi.

Tadqiqot davomida aniqlangan asosiy muammo – modal fe’llarning davrlar osha

shakllanish jarayoni va ularning muloqotdagi o‘rni haqida chuqurroq tahlil va korpus

asosida keng qamrovli tadqiqotlar yetishmasligi. Kelgusida diaxron korpus tahlillari

yordamida, ayniqsa og‘zaki nutq namunalarini ham o‘rganish orqali, modal fe’llarning

zamonaviy funksiyalarining rivojlanishini yanada aniqroq tushunish mumkin bo‘ladi.

Shu bilan birga, ushbu tadqiqotda ko‘rsatib o‘tilgan modal fe’llarning diaxronik

tahlili nafaqat ingliz tili tarixini o‘rganishda, balki til o‘qitish metodikalarini

takomillashtirishda ham foydali bo‘lishi mumkin. Chunki til o‘rganuvchilar uchun modal

fe’llarning turli davrlardagi shakl va ishlatilishini bilish, ularning zamonaviy qo‘llanilishini

yaxshiroq tushunishga xizmat qiladi.

Ushbu tadqiqot modal fe’llarning ingliz tilining qadimgi, o‘rta va zamonaviy

davrlaridagi shakllanishi va funksiyalarining diaxronik taqqoslashiga qaratildi. Natijalar

shuni ko‘rsatdiki, modal fe’llar tilning tarixiy rivojlanishida muhim o‘rin tutgan bo‘lib,

ularning shakli va ishlatilishidagi o‘zgarishlar ingliz tilining grammatik tuzilishi va

kommunikativ imkoniyatlarining kengayishiga olib kelgan. Qadimgi ingliz tilida modal

fe’llarning morfologik boyligi va aniq qoida asosida ishlatilishi, o‘rta ingliz tilida grammatik

soddalashuv va shakllarning o‘zgarishi, hamda zamonaviy davrda yangi modal

konstruksiyalarning paydo bo‘lishi til tarixining tabiiy jarayonidir.

Shuningdek, modal fe’llarning funksional spektri ham davrlar osha o‘zgarib,

majburiyat, ruxsat, ehtimollik va niyat kabi asosiy semantik vazifalar bilan bir qatorda,

zamonaviy tilshunoslikda yanada nozik pragmatik va konversatsion rolga ega bo‘ldi. Bu

o‘zgarishlar ingliz tilining tilshunoslik va o‘qitish sohalarida chuqurroq tahlil qilish

zaruratini yuzaga keltiradi.

Tadqiqot cheklovlari sifatida, avvalo, asosiy manbalar sifatida faqat yozma matnlar

tahlil qilinganligi ta’kidlanishi lozim. Og‘zaki nutqdagi modal fe’llarning o‘ziga xos

xususiyatlari va zamonaviy kontekstda ularning ishlatilish doirasi to‘liq qamrab

olinmagan. Bundan tashqari, korpus tahlillari faqat qisqacha qo‘llanilgan bo‘lib,

kelgusidagi keng qamrovli korpus tadqiqotlari zarur.

Kelajakdagi tadqiqotlar uchun modal fe’llarning zamonaviy ingliz tilidagi

kommunikativ vazifalari, shuningdek, turli dialekt va ijtimoiy guruhlardagi farqlari

yuzasidan chuqurroq tahlillar o‘tkazish tavsiya etiladi. Shuningdek, ko‘p tillilik va til

o‘zgarishlari kontekstida modal fe’llarning o‘rganilishi tilshunoslik sohasida yangi

yo‘nalishlarni ochishi mumkin.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701

84

Xulosa qilib aytganda, modal fe’llarning diaxronik tahlili ingliz tilining tarixiy va

funksional rivojlanishini yaxshiroq tushunishga yordam beradi hamda tilshunoslik hamda
til o‘qitish amaliyotiga muhim hissa qo‘shadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Baugh, A. C., & Cable, T. (2013).

A History of the English Language

. Routledge.

2.

Curzan, A. (2014).

Fixing English: Prescriptivism and Language History

. Cambridge

University Press.

3.

Brinton, L. J., & Arnovick, L. K. (2017).

The English Language: A Linguistic History

.

Oxford University Press.

4.

Fischer, O., van Kemenade, A., Koopman, W., & van der Wurff, W. (2000).

The

Syntax of Early English

. Cambridge University Press.

5.

Nevalainen, T., & Raumolin-Brunberg, H. (2003).

Historical Sociolinguistics:

Language Change in Tudor and Stuart England

. Longman.

6.

Traugott, E. C., & Dasher, R. B. (2002).

Regularity in Semantic Change

. Cambridge

University Press.

7.

Mitchell, B. (1985).

Old English Syntax

. Oxford University Press.

8.

Blake, N. F. (2001).

A History of the English Language

. Palgrave.

9.

Lass, R. (1999).

Phonology and Morphology

. In R. Lass (Ed.),

The Cambridge History

of the English Language

(Vol. 1). Cambridge University Press.

10.

Jespersen, O. (1909).

A Modern English Grammar on Historical Principles

. George

Allen & Unwin.

11.

Huddleston, R., & Pullum, G. K. (2002).

The Cambridge Grammar of the English

Language

. Cambridge University Press.

12.

Brinton, L. J. (2000).

The Development of English Modal Verbs: From Old to Present

Day

.

English Language and Linguistics

, 4(2), 145-169.

13.

Biber, D., Conrad, S., & Leech, G. (2002).

Longman Grammar of Spoken and

Written English

. Longman.

14.

Quirk, R., Greenbaum, S., Leech, G., & Svartvik, J. (1985).

A Comprehensive

Grammar of the English Language

. Longman.

15.

Palmer, F. R. (2001).

Mood and Modality

. Cambridge University Press.

Библиографические ссылки

Baugh, A. C., & Cable, T. (2013). A History of the English Language. Routledge.

Curzan, A. (2014). Fixing English: Prescriptivism and Language History. Cambridge University Press.

Brinton, L. J., & Arnovick, L. K. (2017). The English Language: A Linguistic History. Oxford University Press.

Fischer, O., van Kemenade, A., Koopman, W., & van der Wurff, W. (2000). The Syntax of Early English. Cambridge University Press.

Nevalainen, T., & Raumolin-Brunberg, H. (2003). Historical Sociolinguistics: Language Change in Tudor and Stuart England. Longman.

Traugott, E. C., & Dasher, R. B. (2002). Regularity in Semantic Change. Cambridge University Press.

Mitchell, B. (1985). Old English Syntax. Oxford University Press.

Blake, N. F. (2001). A History of the English Language. Palgrave.

Lass, R. (1999). Phonology and Morphology. In R. Lass (Ed.), The Cambridge History of the English Language (Vol. 1). Cambridge University Press.

Jespersen, O. (1909). A Modern English Grammar on Historical Principles. George Allen & Unwin.

Huddleston, R., & Pullum, G. K. (2002). The Cambridge Grammar of the English Language. Cambridge University Press.

Brinton, L. J. (2000). The Development of English Modal Verbs: From Old to Present Day. English Language and Linguistics, 4(2), 145-169.

Biber, D., Conrad, S., & Leech, G. (2002). Longman Grammar of Spoken and Written English. Longman.

Quirk, R., Greenbaum, S., Leech, G., & Svartvik, J. (1985). A Comprehensive Grammar of the English Language. Longman.

Palmer, F. R. (2001). Mood and Modality. Cambridge University Press.