Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The problem of communication gaps in the translation
process
Nargiza DOSBAEVA
1
Namangan State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
15 March 2025
Accepted 25 April 2025
Available online
15 May 2025
The purpose of this article is to compare approaches to the
study of lacunae from the point of view of cultural studies and
translation studies, as well as to generalize the findings. Based on
the analysis, an attempt was made to determine the status of the
concept of "lacuna" in the scientific apparatus of translation
theory, for which the views of a number of translation scholars
on this concept were considered.
2181-3663/© 2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss3-pp92-98
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
lacuna,
alternative,
transformation,
approach,
worldview,
recipient,
source language,
target language,
neologism,
elimination,
untranslatability.
Tarjima jarayonidagi muloqot boshliqlari muammosi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
lakuna,
muqobillik,
transformatsiya,
yondashuv,
olam manzarasi,
retsipiyent,
asliyat tili,
tarjima tili,
neologizm,
eliminatsiya,
tarjimasizlik.
Ushbu maqolada lakunalar tadqiqiga oid kulturologik va
tarjimashunoslik nuqtayi nazaridan yondashuvlarni taqqoslash
hamda olingan xulosalarni umumlashtirish maqsadi qo‘yilgan.
O‘tkazilgan tahlil asosida “lakuna” tushunchasining tarjima
nazariyasi ilmiy apparatidagi maqomini belgilashga harakat
qilingan va shu maqsadda qator tarjimashunoslarning ushbu
tushunchaga doir qarashlari ko‘rib chiqilgan.
1
Professor, Namangan State Institute of Foreign Languages. E-mail: nargizad2008@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701
93
Проблема коммуникационных пробелов в процессе
перевода
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
лакуна,
альтернатива,
трансформация,
подход,
мировоззрение,
реципиент,
исходный язык,
переводной язык,
неологизм,
устранение,
непереводимость.
Целью данной статьи является сравнение подходов к
изучению лакун с точки зрения культурологии и
переводоведения, а также обобщение полученных выводов.
На основе проведенного анализа предпринята попытка
определить статус понятия «лакуна» в научном аппарате
теории перевода, для чего рассмотрены взгляды ряда
ученых-переводоведов на данное понятие.
KIRISH
Ma’lumki, “lakuna” tushunchasi lingvomadaniyatshunoslikda yetarlicha e’tibor
qaratilayotgan konsept bo‘lib, u masala sifatida nafaqat ushbu ilm va u bilan bog‘liq qator
fanlar uchun, balki tarjimashunoslik uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Agar tarjimashunoslikdagi “lakunarlilik” muammosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni
ko‘zdan kechirilsa, shunga amin bo‘lamizki, garchi “ekvivalentlilik”, “muqobillik”
tushunchalari asosida bir talay tadqiqotlar muvaffaqiyatli olib borilgan bo‘lsa-da, aynan
“lakuna” tushunchasining o‘zini amalda keng qo‘llash borasida deyarli aniq bir to‘xtamga
kelinmaganining guvohi bo‘lamiz. Demoqchimizki, lakuna terminini aynan qaysi holat
uchun qanday ishlatish va uning qamroviga yana qaysi tushunchalarni kiritish hamda
lakunani bartaraf qilish bo‘yicha berilgan dastlabki va “xira” fikrlarni “tiniqlashtirib” yoki
bir tartibga solib, tarjimashunoslikda ham lakunarlilikka doir yagona konsepsiyani olg‘a
surish masalasi o‘z yechimini kutmoqda. Ushbu maqolada lakunalar tadqiqiga doir
kulturologik va tarjimashunoslikka oid yondashuvlarni taqqoslash va olingan xulosalarni
umumlashtirish maqsadi qo‘yilgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Lakuna termini va tushunchasi hozirgi kunda etnolingvistika va psixolingvistika,
shuningdek, madaniyatshunoslik (madaniyatlar hamda madaniyat va tilning o‘zaro
aloqalarini o‘rganadigan fanlar) doirasida izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchi uchun
katta qiziqish uyg‘otadi. Ilk bor “lakuna” terminini “Fransuz va ingliz tillarining qiyosiy
stilistikasi”ning mualliflari J.P. Vine va J. Darbelnelar ishlatgan bo‘lib, “har gal asliyat
tilidagi belgi uchun tarjima tilida odatiy muqobil topilmaganda, lakuna vujudga keladi,
ya’ni, masalan, inglizcha “shallow” uchun fransuz tilida bir so‘zning mavjud emasligi
singari” deya eslatib o‘tishgan [26]. Ushbu termin uchun boshqa ta’riflar ham bor.
I.I. Revzin va V.Yu. Rozensveyglarning ““yaxshi” (to‘g‘ri ma’nosida) yoki “yomon” (noto‘g‘ri
ma’nosida) ta’riflar bo‘lmaydi, balki “qulay” va “noqulay” ta’riflar bor” [22], degan
fikrlariga qo‘shilib, biz ham lakunalar haqidagi maqolamizni boshlash uchun qulay bo‘lgan
ta’rifdan foydalanamiz: “Lakuna – bu lingvomadaniy hodisa bo‘lib, istalgan shakldagi aloqa
ishtirokchilari, xususan, madaniyatlararo aloqada turli xalqlar o‘rtasidagi tushunish
jarayonini ma’lum darajada qiyinlashtiradi. Madaniyat va tillar kodlaridagi ma’lum joylar
to‘liq qoplanmaganda, bir madaniyat tilidan ikkinchi madaniyat tiliga belgini transfer
qilishning imkoni bo‘lmaganda, yoki qisman bo‘lmaganda, aniqrog‘i, qabul qiluvchi tilning
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701
94
dekodlash mexanizmi jo‘natilayotgan tilning belgisini identifikatsiya qiluvchi semantik
vositalarga ega bo‘lmagan vaqtda lakunalar paydo bo‘ladi” [6]. Shuningdek, “so‘zning, so‘z
ma’nosi komponentining, so‘z yoki grammatik shaklning ishlatilish takroriyligining,
biror-bir konseptning mavjud emasligi” [26] ham lakuna bo‘lishi mumkin. Tor ma’noda
aytilganda esa, lakuna bir tilda mavjud leksik birlikning ikkinchi tilda yo‘qligini bildiradi
[26]. Psixolingvistlar Yu.A. Sorokin va I.Yu. Markovinalarning nazariyalariga ko‘ra
“lakunalar lingvomadaniy jamoa tajribasining to‘liq emasligi yoki aksincha, keragidan
ortiqligi tufayli vujudga keladi” [19]. Etnopsixolingvistika va madaniyatshunoslik bo‘yicha
yozilgan ko‘plab ishlarda lakunalar masalasi ko‘rib chiqilgan, ularning turli tasniflari
hamda eliminatsiya (o‘rnini qoplash, to‘ldirish) usullari keltiriladi. Lakunalar so‘z,
grammatik tuzilish, vaziyat va xattoki madaniyat darajasida o‘rganiladi. Izlanishlar natijasi
o‘laroq, “Lakunologiya” deb atalmish alohida fan ham dunyoga keldi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqolada qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishda tavsifiy, qiyosiy-chogishtirma,
conceptual, contextual, cross-madaniy tahlil usullaridan foidalanildi. Lakunalar tillarning
milliy-madaniy o‘ziga hosligdan darak beradi va bu o‘ziga hoslik ma'lum halqning turmush
sharoiti, dunyoqarashining o‘zgachaligi, psixologiyasi, an’analari tufayli vujudga kelgan
obraz va tushunchalarning boshqa tillarda mavjud emasligi bilan izohlanadi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Lakuna nazariyasi va tarjimashunoslik o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida qator
dissertatsiyalar yozilgan [6; 19; 26]. Lakunalar va ularning eliminatsiyasi muammosi
psixolingvistika nazariyasida katta qiziqish uyg‘otib kelgan. Mantiqan olganda,
tarjimashunoslik bilan chambarchas bog‘liq fanlarda (makrolingvistika, shu jumladan,
psixolingvistika, sotsiolingvistika, etnolingvistika) dolzarb bo‘lgan lakunarlilik masalasi,
tabiiyki, tarjimashunos olimlarning jarayonini ma’lum darajada qiyinlashtiradi. Madaniyat
va tillar kodlaridagi ma’lum joylar to‘liq qoplanmaganda, bir madaniyat tilidan ikkinchi
madaniyat tiliga belgini transfer qilishning imkoni bo‘lmaganda, yoki qisman bo‘lmaganda,
aniqrog‘i, qabul qiluvchi tilning dekodlash mexanizmi jo‘natilayotgan tilning belgisini
identifikatsiya qiluvchi semantik vositalarga ega bo‘lmagan vaqtda lakunalar paydo
bo‘ladi” [6]. Shuningdek, “so‘zning, so‘z ma’nosi komponentining, so‘z yoki grammatik
shaklning ishlatilish takroriyligining, biror-bir konseptning mavjud emasligi” [26] ham
lakuna bo‘lishi mumkin. Tor ma’noda aytilganda esa, lakuna bir tilda mavjud leksik
birlikning ikkinchi tilda yo‘qligini bildiradi [26]. Psixolingvistlar Yu.A. Sorokin va
I.Yu. Markovinalarning nazariyalariga ko‘ra “lakunalar lingvomadaniy jamoa tajribasining
to‘liq emasligi yoki aksincha, keragidan ortiqligi tufayli vujudga keladi” [19].
Etnopsixolingvistika va madaniyatshunoslik bo‘yicha yozilgan ko‘plab ishlarda lakunalar
masalasi ko‘rib chiqilgan, ularning turli tasniflari hamda eliminatsiya (o‘rnini qoplash,
to‘ldirish) usullari keltiriladi. Lakunalar so‘z, grammatik tuzilish, vaziyat va xattoki
madaniyat darajasida o‘rganiladi. Izlanishlar natijasi o‘laroq, “Lakunologiya” deb atalmish
alohida fan ham dunyoga keldi.
Biz uchun dolzarb masala shundan iboratki, so‘nggi vaqtlarda psixolingvist va
madaniyatshunoslar ishlarida lakunologiya hamda tarjima o‘rtasidagi bog‘liqlilik
nuqtasiga jiddiyroq yondashila boshlandi. O‘z davrida mashxur psixolingvist Yu.A. Sorokin
shunday yozib qoldirgan: “lakunologiya va tarjimashunoslikning o‘zaro bir-birini
to‘ldirishini ta’kidlash ortiqchadir, ammo, shunga qaramay, aynan birinchisidan
tarjimashunoslikdagi muammolarni yechishga maxsuldor turtki berishi kutiladi” [21].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701
95
Lakuna nazariyasi va tarjimashunoslik o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida qator
dissertatsiyalar yozilgan [6; 19; 26]. Lakunalar va ularning eliminatsiyasi muammosi
psixolingvistika nazariyasida katta qiziqish uyg‘otib kelgan. Mantiqan olganda,
tarjimashunoslik bilan chambarchas bog‘liq fanlarda (makrolingvistika, shu jumladan,
psixolingvistika, sotsiolingvistika, etnolingvistika) dolzarb bo‘lgan lakunarlilik masalasi,
tabiiyki, tarjimashunos olimlarning ishlarida ham chuqur o‘rganilgan bo‘lishi kerak.
Tarjimashunoslar turli tillar tomonidan borliqning turlicha talqin qilinishi, olam
manzaralari to‘g‘risidagi masalalarni diqqat-e’tiborlaridan qochirishmagan, albatta,
ammo, shunisi bizga qiziqki, ular bu jarayonda lakuna terminidan qay darajada
foydalanishadi va uni qaysi holatlarda qanday nomlashadi? Buni tahlil qilib ko‘ramiz.
Lakunalar tavsifining bir tildagi ma’lum bo‘shliqlarning boshqa tilga qiyoslagan holatda
tavsif qilish ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, biz tahlil davomida asosan ekvivalentlilik
(ekvivalentsizlilik) hamda tarjimalilik (tarjimasizlik) masalalarini ko‘rib chiqamiz.
Ekvivalentlilik – tarjimaning asosiy tushunchasidir. Tarjimadagi ekvivalentlilik
“ma’nolar o‘xshashligi orqali kelib chiqadigan tenglikdir. U aniq-tiniq bo‘lmasligi ham
mumkin” [10]. V.N. Komissarov asliyat tilidagi hamda tarjima tilidagi ekvivalentsizlilik
to‘g‘risida quyidagilarni yozadi: “tarjimalarning qiyosiy tahlilida shu narsa ma’lum
bo‘ladiki, tarjima tilida o‘zining bitta yoki ko‘plab muqobillariga ega asliyat tilidagi til
birliklari qatorida shunday leksik va grammatik birliklar borki, tarjima tilida ularga
to‘g‘ridan to‘g‘ri muqobil bo‘la oladigan birliklar yo‘qdir” [12]. Xuddi shu masala
madaniyatshunoslik aspektida ham yoritiladi: “Umumiy ma’noda, tarjimadagi butun
jarayon lakunalarni, ya’ni o‘zaro munosabatga kirishgan tillar va madaniyatlar o‘rtasidagi
farqlar tufayli vujudga keladigan to‘siqlarni bartaraf qilishdan iborat”[24].
Matnlar ekvivalentliligini ta’minlash maqsadida tarjimashunoslikda bu turdagi
to‘siqlarni bartaraf qilish usullari, xususan, tarjima transformatsiyalari ishlab chiqilgan.
Madaniyatshunoslikda transformatsiyalar lakunalarni to‘ldirish vositalari sifatida
xarakterlangan. Shunday qilib, madaniyatshunoslar tomonidan lakunalar leksik
ekvivalentsizlilik, ya’ni ayrim leksik birliklar uchun tarjima tilida to‘g‘ridan to‘g‘ri
muqobilning yo‘qligi bilan bog‘lanadi. Ye.M. Vereshagin va V.G. Kostomarovlar
ekvivalentsiz leksikani quyidagicha izohlashadi: “O‘zga madaniyat yoki tilda mavjud
bo‘lmagan tushunchalarni ifodalashga xizmat qiluvchi so‘zlar. Faqat A madaniyatga xos
bo‘lib, B madaniyatda yo‘q bo‘lgan madaniy unsurlar, shuningdek, bir so‘z bilan boshqa
tilga tarjima qilina olmaydigan, o‘zi tegishli bo‘lgan tildan tashqarida muqobilga ega
bo‘lmagan so‘zlar” [2]. Ushbu ta’rifni madaniyatshunos V.L. Muravevning fikri bilan
solishtirib ko‘ramiz: “Agar ularning boshqa tildagi muqobillari bir so‘z yordamida berila
olmay, faqatgina so‘z birikmalari vositasida berila olsa lakunalar mutlaq hisoblanadi” [24].
Bundan kelib chiqadiki, ekvivalentsiz leksika va lakunalar bir narsa ekan-da? Ayrim
tadqiqotchilar bu fikrga qo‘shilmaydilar. “Agar bir tilning leksik birligini boshqa tildagi
muqim so‘z birikma bilan ifodalay olinsa ushbu birlik lakuna deb hisoblay olinmaydi.
Masalan, essential (birinchi navbatdagi muhim narsa), rejectee (xarbiy hizmatga yaroqsiz),
designation (lavozimga tayinlash) kabi so‘zlar ingliz tili fonida rus tili uchun lakunalar
hisoblanmaydi, chunki rus tilida tegishli ma’no muqim so‘z birikmalari bilan ifodalangan”
[18.46]. Keltirilgan misollardan shunday xulosa qilish mumkinki, lakunalarning
ekvivalentsiz leksika bilan o‘zaro nisbati to‘g‘risidagi masala ochiq qolgan.
Tarjimada qiynchiliklar keltirib chiqaruvchi yana bir turkum so‘zlar – realiyalarga
to‘xtalamiz. Bir xalqda mavjud bo‘lib boshqasida bo‘lmagan, moddiy va ma’naviy
madaniyat obyektlarini, turmush hodisalarini ifodalovchi ushbu birliklar lakunalar
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701
96
deyiladimi? V.D. Kalininaning darsligiga murojaat qilamiz: “Ko‘pchilik tushunchalar turli
verbal shaklga kirgan bo‘lsa-da, umumbashariy hisoblanadi. Biroq realiyalar aks
ettiradigan tushunchalar milliy xarakterga egadir va ular muqobilsiz leksikada ko‘rinadi”
[10]. Shu o‘rinda S.I. Vlaxov hamda S.P. Florinlar ekvivalentsiz leksika, ekzotik leksika,
ekzotizmlar, varvarizmlar, lokalizmlar, etnografizmlar, bo‘shliqlar va nol muqobilga ega
so‘zlar singari terminlar qatorida “realiya” terminiga bog‘liqlikda lakunalarga to‘xtalib
o‘tadilar [3]. Mualliflar ushbu terminlarni milliy, tarixiy, maxalliy bo‘yoqdorlik, tarjima
tilida muqobillarning mavjud emasligi singari omillar birlashtirib turishini ta’kidlashadi.
O‘z asarlarida ushbu tadqiqotchilar realiya terminiga aniqlik kiritish uchun yuqoridagi
terminlarni tahlil qilib chiqishadi hamda realiyaga bog‘liq bo‘lmagan terminlar qatoriga
“bo‘shliq” terminini ham kiritishadi: “... tabiiyki, tarjima nuqtayi nazaridan olib qaraganda,
“bo‘shliq” va “neologizm” “realiya”ning na sinonimi va na alomatlari bo‘la oladi” [3].
Shunday qilib, “Tarjimadagi tarjima qilinmaydiganlar” kitobida lakunalar realiyalardan
ajratib qo‘yilgan.
Lakunalar haqida yozgan sanoqli tarjimashunoslardan biri V.G. Gak ularni
quyidagicha ta’riflaydi: “Lakunalar – tilning leksik tizimidagi tushirib qoldirilgan joylar,
mavjud bo‘lmagan so‘zlardir. Aslida tilning aks ettira olish funksiyasi va tegishli tilning
leksik tizimidan kelib chiqilsa, bu so‘zlar tilda mavjud bo‘lishi kerakdek” [5].
N.I. Dzens va hammualliflarining tarjima bo‘yicha kitobidagi ekvivalentsiz
tushunchalarni berilishiga doir bobida “lakuna” termini ishlatiladi. Muqobilsiz birliklar
turlari haqida yozilar ekan, ushbu qo‘llanmada tasodifiy muqobilsiz leksika sifatida leksik
lakunalar eslatib o‘tiladi (realiyalar – mutlaq; terminlar va ilmiy neologizmlar –
vaqtinchalik; “tarjimonning soxta do‘stlari” deb ataluvchi ma’noda qisman mos keluvchi –
qisman). Tasodifiy muqobilsizlar, ya’ni lakunalar – “asliyat tili yurtida mavjud bo‘lganidek,
tarjima tili yurtida ham mavjud narsa va hodisalarni belgilovchi, lekin qaysidir sabablarga
ko‘ra tillarning birida o‘ziga xos atamaga ega bo‘lmagan ifodalardir” [7]. Xuddi shu punktda
rus tilidagi “sutki” so‘zi misol keltirilib, nemis tilida uning “24 soat”, “kun va tun” shaklida
berilganligi aytiladi. G.V. Chernov va L.S. Barxudarovlarning muqobilsiz birliklar tasnifini
o‘rganilar ekan, kitobda yana “lakuna” termini ishlatiladi: “tasodifiy lakunalar deb atalishi
mumkin bo‘lgan leksik birliklar, ya’ni tillardan birining lug‘aviy tarkibida mavjud bo‘lgan
va qaysidir sabablarga ko‘ra boshqa tilning lug‘aviy tarkibida o‘zining muqobillariga ega
bo‘lmagan birliklar”[7].
Tarjima bo‘yicha boshqa ko‘plab ishlarda lakunalar haqida deyarli so‘z yuritilmaydi.
Lakuna tushunchasini namoyon qilish uchun xizmat qilishi mumkin bo‘lgan misollar esa
yetarlicha keltiriladi. Masalan, ishlarning birida “qo‘l” so‘ziga ingliz tilidagi ikkita muqobil
– hand va arm to‘g‘ri kelishi aytib o‘tilgan. Tarjima jarayonida tanlov muammosiga duch
kelinadi. “U qo‘lidan jaroxat oldi” misolida qay biri ishlatilgani ma’qul, hand mi yoki arm
mi? “Ushbu vaziyatda, tilda bir obyektning turli qismlarini ifodalash uchun ikki so‘zning
mavjudligi ingliz tilida gapiruvchilarning rus tilida gapiruvchilarga nisbatan ajratib
turadigan o‘ziga xos fikrlash tarzi borligidan darak beradi” [20]. Bizningcha, ushbu tavofut
lakunarlilik doirasida ham o‘rganilishi mumkin edi.
Tillararo lakunalarga kulturologik va tarjimashunoslik nuqtayi nazaridan
yondashuvlardagi farqlar haqida fikr yuritar ekan, D.I. Yermolovich “madaniyatshunoslikda
tillararo lakunarlilik ekvivalentsizlilikka tenglashtirilishini, lakuna va ekvivalentsiz leksika esa
deyarli sinonimlar sifatida ishlatilishi”ni aytib o‘tadi [8.55]. Demakki, madaniyatshunoslar
ekvivalentsizlilik hamda lakunarlilik o‘rtasida farqlanish ko‘rishmaydi. Ular lakunarlilikni
juda keng olib, ushbu tushunchani “retsipiyent uchun tushunarsizlilik, noodatiylik,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701
97
begonalilik, notanishlilik” sifatida izohlashadi. Biroq, tarjima nazariyasi uchun bunday keng
qarash mos kelmaydi, chunki tarjimashunoslik nuqtayi nazaridan lakunalar faqatgina leksik
birliklarning qiyosiy tahlili hodisasi sifatida ko‘rib chiqiladi [8].
XULOSA
O‘tkazilgan tahlil natijasida shuning guvohi bo‘lamizki, “lakuna” tushunchasi
hozircha tarjima nazariyasining ilmiy apparatida noaniq maqomga ega bo‘lib turibdi.
Qator mualliflar tomonidan muvaffaqiyatli ishlatilgan “lakuna” termini yagona talqinga
ega emas. Tarjimada lakunarlilik muammolari bo‘yicha bir nechta maqolalar va
dissertatsiyalar yozilgan, ammo ushbu termin va tushunchaga tarjimashunoslik nuqtayi
nazaridan yanada aniqroq yondashuvni ishlab chiqish masalasi dolzarbliligicha qolmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Бархударов Л. С. Язык и перевод (Вопросы общей и частной теории
перевода). – М.: Междунар. отношения, 1975. – С.235.
2.
Верещагин Е. М., Костомаров В. Г. – Язык и культура – М., 1973. – C.269.
3.
Влахов С. И., Флорин С. П. Непереводимое в переводе. – 3-е изд., испр. и доп.
– М.: Р.Валент, 2006. – C.446.
4.
Воробьев В. В. Лингвокультурология: теория и методы. – М., 1997. – C.331.
5.
Гак В. Г. Сравнительная типология французского и русского языков: учеб.
для студ. пед. ин-тов по спец. ≪Иностр. яз.≫. – 3-е изд., дораб. – М.: Просвещение,
1989. – C.288.
6.
Глазачева Н. Л. Модель лакунизации как составляющая теории перевода (на
примере русского и китайского языков: автореф. дис. ... канд. филол. наук. – Барнаул,
2006. – C.208.
7.
Дзенс _ _e_aН. И., Перевышина И. Р., Кошкаров В. А. Теория и практика
перевода: учеб. пособие. – СПб.: Антология, 2007. – C.559.
8.
Ермолович Д. И. Наш перевод, вперед лети! В лакуне остановка // Мосты. –
№ 1(23). – М.: Р.Валент, 2009. – С. 48–67.
9.
Иванов А. О. Безэквивалентное и непереводимое в переводе в свете
современной лингвистической теории: дис. ... канд. филол. наук. – Л., 1984. – C.190.
10.
Калинина В. Д. Теория и практика перевода. Курс лекций: учеб. пособие. –
М.: РУДН, 2008. – C.178.
11.
Комиссаров В. Н. Лингвистика перевода – М.: Международные отношения,
1980. – C.166.
12.
Комиссаров В. Н. Теория перевода (лингвистические аспекты). – М.:
Высшая школа, 1990. – C.250.
13.
Комиссаров В. Н. Общая теория перевода – проблемы переводоведения в
освещении зарубежных ученых: учеб. пособие. – М.: ЧеРо, 1999. – C.132.
14.
Комиссаров В. Н. Лингвистическое переводоведение в России: учеб.
пособие. – М.: ЭТС, 2002. – C.184.
15.
Комиссаров В. Н. Теоретические основы методики обучения переводу. – М.:
Рема, 1997. – C.110.
16.
Комиссаров В. Н. Современное переводоведение: учеб. пособие. – М.: ЭТС,
2001. – C.424.
17.
Марковина И. Ю., Сорокин Ю. А. Культура и текст. Введение в лакунологию:
учеб. пособие. – М.: ГЭОТАР-Медиа, 2010. – C.144.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701
98
18.
Махонина А. А., Стернина М. А. Опыт типологии межъязыковых лакун //
Лакуны в языке и речи: сб. науч. тр. / под ред. проф. Ю. А. Сорокина, проф. Г. В.
Быковой. – Вып. 2. – Благовещенск: Изд-во БГПУ, 2005. – C. 45–55.
19.
Проскурин Е. Г. Когнитивная лакунарность текста как проблема
межкультурной коммуникации: дис. … канд. филол. наук. – Барнаул, 2004. – C.146.
20.
Сдобников В. В., Петрова О. В. Теория перевода: учебник для студ.
лингвист. вузов и фак-тов ин. яз. – М.: АСТ: Восток–Запад, 2007. – C.444.
21.
Сорокин Ю. А. Лакуны: еще один ракурс рассмотрения // Лакуны в языке
и речи: сб. науч. тр. – Благовещенск: Изд-во БГПУ, 2003. – С. 3–11.
22.
Ревзин И. И., Розенцвейг В. Ю. Основы общего и машинного перевода. – М.:
Высшая школа, 1964. – C.243.
23.
Рецкер Я. И. Теория перевода и переводческая практика. Очерки лингвистической
теории перевода / доп. и ком. Д. И. Ермолович. – М.: Р.Валент, 2006. – C.237.
24.
Федоров А. В. Основы общей теории перевода (лингвистические
проблемы): учеб. пособие для ин-тов и фак. иностр. яз. – 4-е изд., перераб. и доп. – М.:
Высшая школа, 1983. –C.303.
25.
Швейцер А. Д. Теория перевода: статус, проблемы, аспекты. – М.: Наука,
1988. – C.215.
26.
Vinay, Jean-Paul and Jean Darbelnet Comparative Stylistics of French and
English, a Methodology for Translation, translated and edited by Juan C. Sager and M.-J.
Hamel, Benjamins Translation Library, vol. 11, Amsterdam/Philadelphia, 1995: John
Benjamins, XX + P.358.
27.
Досбаева, Н. Т. (2010). Воссоздание художественного стиля при
непосредственном
переводе.
Вестник
Челябинского
государственного
университета
, (21), 19-22.
28.
Turgunpolatovna, D. N. (2020). The linguocultural analysis of literary
translation from Uzbek into English.
Journal of critical reviews
,
7
(3), 262-265.
29.
Dosbaeva, N. (2019). ABOUT HARMONY OF LINGUISTIC AND CULTURAL
APPROACHES IN TRANSLATION.
Scientific Bulletin of Namangan State University
,
1
(1),
152-156.
30.
ДОСБАЕВА, Н. Т., & ДОСБАЕВА, Н. Т. (2020). ТАРЖИМАЛАР ТАҲЛИЛИДА
ҚОДИРИЙ “АНДИША” ЛАРИ.
31.
Досбаева,
Н.
Т.
(2018).
ВОПРОСЫ
СОХРАНЕНИЯ
ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКОГО АСПЕКТА В ПЕРЕВОДЕ. In
WORLD SCIENCE:
PROBLEMS AND INNOVATIONS
(pp. 159-161).
32.
Досбаева, Н. Т. (2017). TEACHING TO DEVELOP THE READING MICRO SKILLS.
Научное знание современности
, (3), 98-101.
33.
Досбаева, Н. Т. (2017). SPECIAL NOTES ON TEACHING VOCABULARY.
Научное
знание современности
, (4), 94-97.
34.
Досбаева, Н. Т. (2016). Learning the image system.
Молодой ученый
, (3), 812-814.
35.
Dosbaeva, N. T. (2019). THE LINGUOCULTURAL ANALYSIS OF LITERARY
TRANSLATION FROM UZBEK INTO ENGLISH (BY THE EXAMPLE OF THE SHORT STORY
“THE POMEGRANATE” BY ABDULLA KAHHOR).
Scientific Bulletin of Namangan State
University
,
1
(11), 157-162.
36.
Nargiza, D., & Palina, B. (2019). Features of the english translation of Russian-
Speaking realities in the texts of fiction novels.
ACADEMICIA: An International
Multidisciplinary Research Journal
,
9
(4), 117-121.
