Авторы

  • Наргизахон Ашурова
    Самостоятельный соискатель, Андижанский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.123757

Ключевые слова:

Эллипсис существительного контекстная реконструкция субстантивация политический дискурс научно-методологический дискурс дискурс СМИ

Аннотация

Статья посвящена сравнительно-лингвистическому анализу конструкций с именным эллипсисом (субстантивной эллиптичностью), которые недостаточно изучены в лингвистике. Она также ставит своей целью выявление грамматических и семантических особенностей существительного эллипсиса, а также прояснение его функции в дискурсе.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Nominal elliptical constructions in English and Uzbek
(substantive ellipsis)

Nargizakhon ASHUROVA

1


Andijan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2025
Received in revised form

10

April 2025

Accepted 2 April 2025
Available online
25 May 2025

The following article is devoted to the comparative linguistic

analysis of noun ellipsis constructions (substantive ellipticity),

which have not been sufficiently studied in linguistics. It also

aims to identify the grammatical and semantic features of noun

ellipsis, and also to shed light on its function in discourse.

2181-3701/© 2025 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss5

/S

-pp281-287

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

Noun ellipsis,

contextual reconstruction,

Substantivation,

Political discourse,
Scientific-methodological

discourse,

Mass media discourse.

Ingliz va o‘zbek tillarida otli elliptik konstruksiyalar

(substantiv elliptiklik)

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

otli ellipsis,

kontekstual rekonstruksiya,
substantivatsiya,

siyosiy diskurs,

ilmiy-uslubiy diskurs,
ommaviy axborot vositalari
diskursi.

Mazkur maqola tilshunoslikda yetarlicha tadqiq etilmagan

otli ellipsis konstruksiyalarini (substantiv elliptiklikni) qiyosiy

usul orqali lingvistik tahlil qilishga bag‘ishlangan. Shuningdek,

otli ellipsisning grammatik, semantik xususiyatlarini aniqlash
hamda uning turli diskurslardagi vazifasini ham yoritib berish

maqsad qilib olingan.

1

Independent researcher, Andijan State University. E-mail: nargiz.latipova@inbox.ru


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

282

Эллиптические

конструкции

существительных

(эллиптичность существительных) в английском и
узбекском языках

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Эллипсис
существительного,
контекстная

реконструкция,
субстантивация,
политический дискурс,

научно-методологический
дискурс,

дискурс СМИ.

Статья посвящена сравнительно-лингвистическому

анализу

конструкций

с

именным

эллипсисом

(субстантивной эллиптичностью), которые недостаточно

изучены в лингвистике. Она также ставит своей целью
выявление грамматических и семантических особенностей

существительного эллипсиса, а также прояснение его
функции в дискурсе.


KIRISH

Otli elliptik konstruksiya – bu ot birikmasi tarkibidagi ot bosh bo‘lakning tushib

qolishi hodisasi bo‘lib, uning ma’nosi matnda ilgari kelgan

antetsedent

(mazmunan

avvalgi ot birikma) yordamida anglashiladi

[1,35].

Tadqiqotimiz doirasida eʼtibor qaratilayotgan otli so‘z birikmalarining asosiy

komponenti –

nominal ellipsis

, yaʼni bosh soʻz vazifasidagi otning tushirib qoldirilishi

bilan xarakterlanib, bunda ellipsis natijasida hosil boʻlgan boʻshliq semantik jihatdan
oldingi kontekstda mavjud boʻlgan antetsedent (avval aytilgan otli birlik yoki birikma)
asosida hosil qilinadi.

Otli ellipsis

(nominal ellipsis-NE) yuzaga kelgan holatlarda, elliptik birikma matn

ichida avval tilga olingan birlikka anaforik tarzda (orqaga qarab yo‘naltirilgan ishora
orqali) bog‘lanadi va undan semantik jihatdan tayanch sifatida foydalanadi. Boshqacha
qilib aytganda, gap tarkibidagi bosh so‘z hisoblangan ot tushirib qoldirilganda, uning
o‘rnini egallovchi biror aniq so‘z shaklan mavjud bo‘lmasa-da, o‘quvchi yoki tinglovchi
tushirib qoldirilgan birlikning mazmunini oldingi matndan kelib chiqib to‘liq anglay
oladi. Bunday semantik qayta tiklanish jarayoni

kontekstual rekonstruksiya

deb yuritiladi

[2,101]. Tilshunoslarning fikricha, bu jarayonda presuppozitsiya (yaʼni oldindan taqdim
etilgan yoki aytib oʻtilgan maʼlumot) yetakchilik qiladi, ya’ni elliptik shaklda qoʻllanilgan
birlik oʻz mazmunini ilgari zikr etilgan soʻz yoki birikma orqali tiklaydi. Shundan kelib
chiqib, ortiqcha lisoniy elementlarning qayta takrorlanishining oldi olinadi hamda
matnning semantik yaxlitligi va grammatik jihatdan izchilligi saqlanadi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Dastlab, M.A.K. Xallidey va Xasan tomonidan ilgari surilgan tasnifga binoan, ellipsis

grammatik kogeziyani taʼminlovchi vosita sifatida uch asosiy turga ajratiladi: 1)

otli

(nominal) 2)

fe’lli

(verbal) 3)

klouzal

(gapga teng ega-kesimli struktura) ellipsis [3,287].

M. Makkarti ham shu kabi tasnifni qo‘llab,

ot komponenti tushirilgan ellipsis

(nominal

ellipsis)

, fe’l komponenti tushirilgan ellipsis

(verbal ellipsis) va

butun bir gapning bir qismi

tushirilgan ellipsis

(clausal ellipsis) kabi turlarga e’tibor qaratadi

[4,39]. Shuningdek,

ingliz grammatik tadqiqotlarida aniq grammatik konstruksiyalar bilan bog‘liq ellipsis
turlari nomlanib o‘rganiladi. R. Huddleston va G. Pullum (2002) kabi zamonaviy
grammatikachilar

gapping, stripping, pseudogapping, sluicing, VP-ellipsis, NP-ellipsis


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

283

singari terminlar orqali turli elliptik konstruksiyalarni tahlil qiladilar. R. Nordquist
(2019) esa ellipsisning aynan shu maxsus namunalari haqida yozib,

gapping,

pseudogapping, stripping, sluicing

kabi turlarga alohida to‘xtaladi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Substantivatsiya

[lotincha

nomen substantivum

– ot so‘zi], boshqa so‘z turkumlariga

mansub so‘zlarning otlar turkumiga o‘tishi orqali yangi so‘zlar hosil bo‘lishi jarayoni.

Mazkur usul so‘z yasash vositasi sifatida qaraladi. Masalan: ingliz tilida –

the rich

(sifatdan yasalgan),

the accused

(sifatdoshdan),

the unknown

(ravishdan),

the eight

(sondan). O‘zbek tilida –

boylar

(sifatdan),

ayblanuvchi

(sifatdoshdan),

nomaʼlum

(ravishdan),

beshovlon

(sondan). Shu ko‘rinishda hosil bo‘lgan otlar

substantivatlar

deb

yuritiladi. Ingliz tilida otli ellipsis hodisasi odatda ancha cheklangan grammatik vositalar

yordamida yuzaga chiqadi. Xususan, ingliz tilida otning tushirib qoldirilishi koʻpincha

sonlar, tartib sonlar, artikl,

hamda

egalik yoki ko‘rsatish olmoshlari

kabi maxsus

aniqlovchilar bilan chegaralanadi. Umuman olganda, ingliz tilida otli ellipsis

konstruksiyalar, odatda, quyidagicha namoyon bo‘ladi:

1.

Aniqlovchi

(artikl yoki ko‘rsatish olmoshi) orqali:

That book is old, but this is

new

. Mazkur gapda ikkinchi qismda

book

so‘zi tushirilgan,

this [book] is new

ma’nosida.

Aniqlovchi

this

mustaqil holda yangi narsani bildiruvchi bosh so‘zga aylangan.

2.

Son

orqali:

Several students passed the exam, but two failed

. Ikkinchi bo‘lakda

students

so‘zi takrorlanmay, faqat

two

(son) orqali

two [students] failed

mazmuni

berilgan. Bu holatda son o‘zi ot o‘rnida kelmoqda.

3.

Sifat

(epitet) orqali:

The first candidate spoke for 5 minutes, the second for 3.

Ikkinchi jumlada

candidate

(nomzod) so‘zi tushirilgan,

the second

iborasi “the second

candidate” degan ma’noni anglatadi. Sifat yoki tartib soni otga aylanib, bosh vazifani

bajarmoqda hamda qo‘shimcha ravishda

minutes

so‘zi ham tushirib qoldirilgan.

Yana bir misolga yuzlansak,

the third question was easy, but the fifth __ was

difficult

//

uchinchi savol oson edi, ammo beshinchisi qiyin boʻldi

jumlasida

“fifth”

soʻzi oʻzidan

keyin kelishi kerak boʻlgan

“question”

otining oʻrnini egallab, uning anglashilishiga

yordam bermoqda. Yoki boshqa misolda,

“I borrowed Sarah’s umbrella, you borrowed

Tom’s __”

//

Men Saraning soyabonini oldim, sen esa Tomnikini olding

jumlasida

“Tom’s”

egalik shakli ortidan tushib qolgan

“umbrella”

otini anglash uchun yetarli asos boʻlmoqda.

Baʼzan ingliz tilida takroriy otdan qochish maqsadida

one/ones

kabi substitutsiya

(oʻrinini qoplovchi) soʻzlardan ham foydalaniladi. Masalan,

She chose the red dress, but I

preferred the blue one // U qizil koʻylakni tanladi, men esa koʻkini afzal koʻrdim

gapida

“one”

soʻzi toʻgʻridan-toʻgʻri

“dress”

otining oʻrnini egallab turibdi. Lekin bunday holatda

soʻzning oʻrnida nol shaklidagi sof ellipsis emas, balki aynan substitutsiya yuzaga

kelmoqda. Sof nominal ellipsis haqida gapirish uchun esa ot hech qanday oʻrinbosar soʻz

bilan almashtirilmay, grammatik jihatdan boʻsh qolishi kerak. Shu jihatdan, qaraganda

ingliz tilida bu turdagi toʻliq ellipsis (zero-substitution) ancha tor grammatik vositalar

bilan chegaralangan boʻlib, yuqorida qayd etilgan aniqlovchilar yordamidagina erkin

amalga oshadi.

O‘zbek tilida otli ellipsis hodisasi ingliz tiliga nisbatan erkinroq bo‘lib, u turli

grammatik vositalar bilan ifodalanadi. O‘zbek tili agglutinativ xususiyatga ega bo‘lgani

bois, so‘zlarga qo‘shimchalar qo‘shish orqali ham ma’no ifodalash mumkin. Xususan,

sifatlar yoki tartib sonlariga uchinchi shaxs egalik qo‘shimchasi qo‘shilishi orqali ular

semantik jihatdan otlashib, ot so‘z birikmasidagi bosh so‘z vazifasini o‘z zimmasiga olishi

mumkin.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

284

O‘zbek tilida ham shunga o‘xshash holatlar kuzatiladi. Bunda ko‘pincha sifatga –

lar

ko‘plik qo‘shimchasi yoki olmoshga qo‘shimchalar qo‘shish orqali ot tushirilganini

qoplash mumkin:

Sifat + -lar

:

Yaxshilar ko‘paysin, yomon qolmasin

gapida

yaxshilar

va

yomon

so‘zlari

mustaqil qo‘llanilgan. Bu gap to‘liq shaklda

“yaxshi insonlar ko‘paysin, yomon insonlar

qolmasin”

tarzida tushuniladi, ya’ni

inson

so‘zi har ikki qismda tushib qolgan. Sifatlar (

-lar

qo‘shimchasi bilan) ot ma’nosini olgan va bosh so‘z vazifasida. O‘zbek tilida sifatlarning

otlashuvi orqali ham substantiv ellipsis amalga oshiriladi. Jumladan, xalq maqollari yoki

badiiy nutqda sifatlar otlarni ifodalovchi birlik sifatida o‘zlashtiriladi hamda aslida

mavjud bo‘lgan otni qayta takrorlashga zarurat qolmaydi. Masalan,

Yaxshi kelsa – ish

bitar, yomon kelsa – bosh ketar

degan maqolda

yaxshi

va

yomon

sifatlari mos ravishda

“yaxshi inson” va “yomon inson” maʼnosida qo‘llanib, aslida har ikki holatda ham

inson

so‘zi tushirib qoldirilgan. Biroq, tushirilgan bu otning aniq maʼnosi gap kontekstida

osonlik bilan qayta tiklanadi. Shu bois, o‘zbek tilida otli ellipsis amalga oshirilganda

semantik to‘liq anglashilish uchun kontekst yetarli asos vazifasini bajaradi va bunda

ortiqcha so‘zlarni takrorlashning oldi olinib, matn ixcham va ravon bo‘lib qoladi.

Olmosh

yoki

son/sifat+-si

qo‘shimchasi:

Birinchida beshta olma bor edi, ikkinchida

uchta (si) bor edi.

Ikkinchi jumlada

olma

so‘zi tilga olinmagan bo‘lsa-da, uchta (yoki

uchtasi) uning o‘rnida qo‘llangan. O‘zbek tilida

-si

qo‘shimchasi son yoki sifatlarga

qo‘shilib, tushirilgan otga ishora qiladi. Masalan,

bittasi

– bir dona narsa,

katta – kattasi

(kattaroq obyekt yoki shaxsni ifodalaydi),

oxirgi – oxirgisi

(oxirgi predmet yoki shaxs),

birinchi – birinchisi

(birinchi kishi/narsa), yoki umumlashgan olmoshlar orqali:

biri

(ular

orasidan bir kishi yoki predmet),

barchasi

(umumiy maʼnoda hamma shaxs yoki

predmetlar) kabi morfologik shakllar keng qo‘llaniladi. Demak, o‘zbek tilida ot tushib

qolgan holatlarda uning o‘rnini ko‘pincha mana shunday morfologik ko‘rsatkichlar yoki

umumlashgan olmoshlar egallaydi.

Quyida turli nutq diskurslarida, jumladan, ommaviy axborot vositalari tili, siyosiy

nutq, badiiy adabiyot, so‘zlashuv uslubi va ilmiy uslubda otli ellipsisning namoyon

bo‘lishini ko‘rib chiqamiz:

1.

Siyosiy diskurs

Siyosiy nutqlarda notiqlik maqsadi, tinglovchilarga kuchli ta’sir o‘tkazish, shior va

iboralar orqali esda qolarli mazmun yetkazishdir. Bu maqsadda elliptik sintaksis ba’zan

stilistik vosita sifatida qo‘llanadi. Ingliz siyosiy nutqida takrorlarni oldini olib, urg‘u

berish uchun substantiv otli ellipsisdan foydalanish misollarini ko‘rish mumkin. Masalan,

senator Edvard Kennedi AQSh tibbiy sug‘urtasi haqida gapirar ekan, quyidagilarni

aytgan:

One of the greatest strengths of Medicare is that it is for everyone. Rich and poor

alike contribute to the system. Rich and poor alike benefit from it

(Morning Briefing, KFF

Health News)[5].

Keltirilgan gapda

rich and poor alike

iborasi ikki marta qo‘llangan bo‘lib,

boylar ham, kambag‘allar ham

degan ma’noni anglatadi. Matnda

people

(odamlar) so‘zi

ishlatilmagan, lekin

boy

va

kambag‘al

guruhlar nazarda tutilganini tinglovchi anglaydi.

Mazkur ellipsis nutqda kuchli umumlashtiruvchi ta’sir hosil qiladi, jamiyatning barcha

qatlamlari (boy-u kambag‘al) haqida bir nafasda eslatib, hamjihatlik g‘oyasini urg‘ulaydi.

Shuningdek, parallel tuzilma (rich and poor alike ... rich and poor alike ...) nutqning

ritmini oshiradi, lekin ortiqcha so‘zsiz mazmun yetkazilgan.

O‘zbek siyosiy nutqlarida ham shunga o‘xshash stilistik ellipsisga duch kelish

mumkin. Siyosatchilar va davlat arboblari ko‘pincha “xalq” va uning qatlamlari haqida

gapirganda yosh-u qari, boy-u kambag‘al kabi iboralarni ishlatadilar. Masalan,


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

285

O‘zbekiston Prezidenti nutqlarida “Yurt taraqqiyoti uchun yosh-u qari birdek mehnat

qilmoqda” kabi jumlalar uchrashi mumkin bo‘lib, bunda yoshlar va qariyalar deyish

o‘rniga qisqa yosh-u qari iborasi qo‘llanadi. Boy-u kambag‘al iborasi ham “jamiyatning

barcha tabaqalari” ma’nosida ishlatiladi, masalan: “Islohotlardan boy-u kambag‘al

bahramand bo‘lishi kerak” – bu yerda boylar ham, kambag‘allar ham degan ma’no,

“tabaqalar” otini tilga olmasdan ifodalangan.

Bundan tashqari, siyosiy shior va sloganlarda otli ellipsis kuchli ta’sir beradi. Ingliz

tilida mashhur shior: “No ifs, no buts, no maybes” – bunda ifs, buts, maybes so‘zlari
aslidagi iboralar (if-mumkin, but-ammolar, maybe-balkilar)ning ramziy o‘rinbosari
sifatida, ortida “no excuses” ma’nosi yotadi. Yoki “Jobs, not promises!” shiori – “Jobs, not
[empty] promises” degan to‘liq gapdan empty va promises so‘zlarini tashlab, lo‘nda va
kuchli ohangga erishgan. O‘zbekcha siyosiy shiorlarda ham: “Amalga oshirilgan ishlar –
quruq va’dalar emas!” deyish o‘rniga “Ishlar, quruq va’dalar emas!” tarzida (to‘liq
bo‘lmasa-da) mazmunni tushunishga imkon beruvchi ellipsis qo‘llanishi mumkin

2.

Ilmiy-uslubiy diskurs

Akademik ilmiy maqola va matnlarda uslub, odatda, aniq va ravon bo‘lishi talab

etilgani bois, ellipsis nisbatan kamroq va ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi hamda boshqa
diskurslarga nisbatan kamroq uchraydi. Biroq, ilmiy uslubda ham takroriy so‘zlardan
qochish maqsadida otli ellipsisga duch kelish mumkin. Xususan, maqola va
dissertatsiyalarda ko‘pincha jadval va rasm tavsiflarida yoki natijalarni solishtirishda

birinchidan… ikkinchidan…

yoki turli eksperiment, bob va rasmlarni tasvirlashda

1-rasm –

…, 2-rasm esa – …

kabi shakllarda takroriy otlar tushirib qoldiriladi:

In the first

experiment, the subjects were divided into two groups; in the second, into three

. Misolda

ikkinchi qism to‘liq

in the second experiment (the subjects were divided) into three

(groups)

ma’nosini anglatib ortiqcha so‘zlar tushirib qoldirilgan.

O‘zbek ilmiy matnlarida ellipsis kamroq qo‘llanadi, lekin ayrim hollarda uchrashi

mumkin. Masalan, texnik yoki statistik ma’lumot berilganda: “1-jadvalda birinchi ustunda
talabalar soni, ikkinchi (ustunda) esa ularning o‘zlashtirishi keltirilgan.” Ikkinchi qismda
“ustunda” so‘zi tushirilsa ham (faqat “ikkinchi esa ularning o‘zlashtirishi...” deb yozilsa),
mazmun buzilmaydi. Yoki lingvistik taqqoslashda: “Birinchi misolda otli ellipsis
qo‘llangan, ikkinchisida esa kuzatilmaydi.” – bu gapning ikkinchi bo‘lagida “otli ellipsis”
tushirilgan, faqat kuzatilmaydi deyiladi, lekin nimaning kuzatilmasligi birinchi bo‘lakdan
ayon. Ilmiy uslub bunga yo‘l qo‘ya oladi, zero ikki bo‘lak o‘rtasidagi aloqa ravshan.

O‘zbek tilidagi ilmiy-uslubiy matnlarda ham shunga o‘xshash konstruksiyalarni

kuzatish mumkin:

Birinchi tajriba 5 kun davom etdi, ikkinchisi esa 7 kunda yakunlandi

.

Mazkur misolda

ikkinchisi

so‘zi

ikkinchi tajriba

ma’nosini berib,

tajriba

so‘zi

takrorlanmayapti. Ko‘pincha, o‘zbek tilida bunday tartib sonli konstruksiyalarda

-si

egalik

qo‘shimchasi bilan yasalma olmosh hosil qilinadi (

ikkinchi + si

). Xuddi shu tamoyil ilmiy

matnlardagi jadval va rasmlarga murojaatlarda ham kuzatiladi: masalan,

1-jadval –

Eksperiment natijalari (nazorat guruhi), 2-jadval esa – tajriba guruhi natijalari

. Ikkinchi

jumlada

jadval

so‘zi tushirilgan bo‘lsa-da,

2-jadval

deyilganda uning nimani anglatishi

kontekstdan aniq bo‘lib, antesedent sifatida 1-jadvaldagi tuzilma xizmat qiladi.

Yuqoridagi mulohazalardan ko‘rinadiki, ilmiy matnlarda ellipsisdan foydalanish

funksional zaruratga bog‘liq. Deylik, takroriy elementlar ma’no yangiligiga ega bo‘lmasa,
ularni tushirib qoldirish matnni ravon qiladi. Biroq, ayni paytda, tushirilgan birliklarni
kontekst asosida tiklash imkoni bo‘lishi shart, chunki ilmiy matnda noaniqlikka o‘rin yo‘q.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

286

Ingliz va o‘zbek tillarida ilmiy uslubda ellipsis qo‘llash usullari o‘xshash (son-
determinatorlar orqali), lekin rasmiy jihatdan ifodalanishi farqlanishi mumkin. Masalan,
ingliz tilida

zero-substitutsiya

(nol konstruksiya) yoki

the latter/former

(keying, oldingi)

kabi olmoshlar qo‘llansa, o‘zbek tilida egalik qo‘shimchalari va

biri/ikkinchisi

kabi tartib

sonlar ishlatiladi.

3.

Ommaviy axborot vositalari diskursi-publitsistik uslub (matbuot tili)

Publitsistik matnda ellipsis qo‘llashning yana bir usuli – sarlavhalardagi

qisqartmalardir. Jurnalistika tilida axborotni qisqa va ma’noli yetkazish muhim bo‘lgani
sababli, ellipsis ko‘p uchraydi. Ingliz tilida yangiliklar uslubida sarlavhalar va xabar
matnlarida ortiqcha so‘zlar tushirib qoldiriladi. Xususan, gazetalar sarlavhalarida
yordamchi fe’l va otlarni tushirib, faqat muhim mazmunni qoldirish odati mavjud. Misol
uchun,

2 killed, 9 injured in shooting at a city park in Arkansas

//

Arkansas shtatidagi

bog‘da sodir bo‘lgan otishmada 2 kishi halok bo‘ldi, 9 kishi jarohatlandi

sarlavhasini olaylik

[6]. Sarlavhada

2 killed, 9 injured

birikmalari grammatik jihatdan

2 people were killed and

9 people were injured

(

people were

so‘zlari tushirilgan) gapining qisqartmasidir. Ya’ni

people were so‘zlari tushirilgan bo‘lib, faqat son va fe’l qoldirilgan. Sarlavha mazkur
so‘zlar bo‘lmasligiga qaramay, xabar tushunarli bo‘lib kontekstdan halok bo‘lganlar va
jarohatlanganlar soni haqida gap ketayotgani ayon.

O‘zbek matbuot tilida ham ayrim hollarda ellipsis uchrasa-da, odatda rasmiy

uslubda mazmunni to‘laqonli ifodalashga intilish kuchlidir. Xususan, xabar va
maqolalarda aniqlik ustuvor bo‘lgani uchun tushirilgan ot ko‘pincha qayta keltiriladi.
Masalan, yuqoridagi hodisani o‘zbek tilida ifodalash uchun odatda:

Arkansasdagi

otishmada 2 kishi halok bo‘ldi, 9 kishi jarohatlandi

tarzida to‘liq yoziladi, har ikkala joyda

kishi

so‘zi keltiriladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima biroz g‘alizlikka olib keladi:

Arkansasda

otishma: 2 o‘lik, 9 yarador

. Biroq, o‘zbek tili yangiliklarida uni

vafot etganlar soni

yoki

jabrlanganlar (vafot etgan kishilar yoki jabrlangan kishilar)

kabi jumlalar uchrab turadi:

“Dok-1 Maks” ishi: jabrlanganlar va aybdorlar ko‘proq bo‘lishi mumkin, alohida tergov
harakatlari olib borilmoqda

[7].

Bundan tashqari, o‘zbek jurnalistik tilida idiomatik ellipsis ham uchraydi. Masalan,

Buyuk mutafakkir asarlari yosh-u qari uchun birday foydali

degan jumlada

yosh-u qari

birikmasi

yoshlar va qariyalar (keksalar)

, ya’ni barcha yoshdagilar ma’nosida qo‘llanib,

umumiy guruhni bildirgan [8].

Shuningdek, ingliz tilidagi xabarlarida, masalan,

BBC

yoki

Reuters

xabar

matnlarida, bir jumla ichida bir xil so‘z takror kelmasligi uchun ham ikkinchi takror
qoldirib ketiladi. Qaralayotgan hodisani bir nechta jihatlarda tasvirlashda bu yaqqol
ko‘rinadi. Masalan:

Two explosions occurred in the city: the first explosion hit a shop, the

second __ a parking area

[9].

Inglizcha asl xabarda bunday jumla

the second in a parking

area

tarzida berilishi mumkin, ya’ni

explosion

so‘zi ikkinchi qismda tushirilgan, faqat

the

second

aniqlovchisi qolgan. Bu holat o‘zbek tilidagi xabarlarga juda o‘xshash. Masalan,

Kun.uz saytida chiqqan xabardan parcha:

Straits Times ma’lumotiga ko‘ra, birinchi

portlash do‘konda, ikkinchi esa – savdo majmuasi avtoturargohida yuz bergan

[10].

Ko‘rinib turibdiki, ikkinchi qismining boshida

ikkinchi (portlash)

deyilgan, ya’ni

portlash

so‘zi qo‘yilmay, faqat ikkinchi aniqlovchi va shundan keyin voqea joyi keltirilgan.
Kontekst esa aniq,

birinchi portlash... ikkinchi (portlash)

degan mantiqiy bog‘lanish

mavjud.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

287

Yana bir misol, rasmiy xabar matni sarlavhasi –

Lada yo‘lovchilarning biri qidiruvda

ekanligi, ikkinchisi esa psixotrop dori vositalari olib yurganligi aniqlandi

[11]. Sarlavhadagi

biri

va

ikkinchisi

so‘zlari ikki nafar yo‘lovchini anglatishi ravshan:

biri – birinchi yo‘lovchi,

ikkinchisi – ikkinchi yo‘lovchi

.

Yo‘lovchi

so‘zi faqat birinchi qismda keltirilib, ikkinchi

qismda tushirilgan, lekin ma’no aniq. Ingliz tilida bunga mos xabar sarlavhasi, masalan,

Two ‘Lada’ passengers: one wanted by police, the other carrying drugs

tarzida bo‘lishi

mumkin edi. Tarjimada

the other

so‘zi

the other passenger

ma’nosida qo‘llanadi hamda

mazkur leksema takror yozilmaydi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, media diskursda

substantiv elliptiklik

, ya’ni otlarning

tushirib qoldirilishi asosan matndagi axborotning tushunarli va ixcham tarzda
ifodalanishi maqsadida amalga oshiriladi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi ommaviy axborot
vositalari matnlarida bu kabi ellipsis holatlarining ko‘plab parallel ko‘rinishlari
kuzatiladi: ikkala tilda ham mualliflar biror predmet yoki tushunchani bir marta to‘liq
ifodalagandan so‘ng, keyingi qaytarishda uni tushirib qoldiradilar. Biroq, bu ikki til
o‘rtasida mazkur hodisani amalga oshirish uslubiyati jihatidan ayrim grammatik farqlar
mavjud. Jumladan, ingliz tilida nominal ellipsis ko‘proq ma’lum turdagi aniqlovchilar (

the

first, the second, one, the other

va hokazo) yordamida amalga oshirilsa, o‘zbek tilida esa bu

jarayon asosan tartib sonlari yoki sifatlarning egalik shakllari orqali (

birinchisi, ikkinchisi

shaklida

), shuningdek, umumlashgan juft konstruksiyalar yordamida yuzaga chiqadi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Exposito S.G. Ellipsis in Drama and Novel: A Cohesive Device // University of the

Basque Country, 2021. – P. 1-35.

2.

Jabeen I.A., Qasim Z., Nawas Z. Cohesive ties and meaning comprehension. //

International Journal of Academic Research and Reflection. – UK: Progressive Academic
Publishing. Vol. 2, No. 4, 2014. ISSN 2309-0405. – P. 101.

3.

Halliday M.A.K. and Ruqaiya Hasan. Cohesion in English. – Ko‘rs.asar. – P. 287.

4.

McCarthy M. Discourse Analysis for Language Teachers. – Cambridge:

Cambridge University Press, 1991. – P. 39.

5.

KFF Health News. June 9

th

, 2009. https://kffhealthnews.org/morning-

breakout/dr00018920/ (Date of access: 8.04.2025

6.

By Associated Press. April 14th, 2025. https://www.usnews.com/news/us/

articles/2025-04-14/2-killed-9-injured-in-shooting-at-a-city-park-in-arkansas-police-
say (Date of access: 8.04.2025)

7.

Shohruh

Haydarov.

Jamiyat.

26.02.2024.

https://www.gazeta.uz/oz/

2024/02/26/dok-1-maks/ (Murojaat sanasi: 14.03.2024)

8.

“Xadichai Kubro” elektron kutubxonasi. 29.02.2024. https://xadicha.uz/

uz/news/625 (Murojaat sanasi: 11.01.2024)

9.

David gritten. BBC News. September 19th, 2024. https://www.bbc.com/news/

articles/ce9jglrnmkvo (Date of access: 8.04.2025)

10.

Jahon yangiliklari. 09.05.2017. https://kun.uz/46302789?q=%2F46302789

(Murojaat sanasi: 13.02.2024)

11.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati. 24.12.2021. https://yhxx.uz/oz/news/lada-

yolovchilarning-biri-qidiruvda-ekanligi-ikkinchisi-esa-psixotrop-dori-vositalari-olib-
yurganligi-aniqlandi (Murojaat sanasi: 25.02.2024).

Библиографические ссылки

Exposito S.G. Ellipsis in Drama and Novel: A Cohesive Device // University of the Basque Country, 2021. – P. 1-35.

Jabeen I.A., Qasim Z., Nawas Z. Cohesive ties and meaning comprehension. // International Journal of Academic Research and Reflection. – UK: Progressive Academic Publishing. Vol. 2, No. 4, 2014. ISSN 2309-0405. – P. 101.

Halliday M.A.K. and Ruqaiya Hasan. Cohesion in English. – Ko‘rs.asar. – P. 287.

McCarthy M. Discourse Analysis for Language Teachers. – Cambridge: Cambridge University Press, 1991. – P. 39.

KFF Health News. June 9th, 2009. https://kffhealthnews.org/morning-breakout/dr00018920/ (Date of access: 8.04.2025

Shohruh Haydarov. Jamiyat. 26.02.2024. https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/26/dok-1-maks/ (Murojaat sanasi: 14.03.2024)

“Xadichai Kubro” elektron kutubxonasi. 29.02.2024. https://xadicha.uz/uz/news/625 (Murojaat sanasi: 11.01.2024)

David gritten. BBC News. September 19th, 2024. https://www.bbc.com/news/articles/ce9jglrnmkvo (Date of access: 8.04.2025)

Jahon yangiliklari. 09.05.2017. https://kun.uz/46302789?q=%2F46302789 (Murojaat sanasi: 13.02.2024)