Авторы

  • Озода Мамазиёева
    Преподаватель, University of Business and Science

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.123758

Ключевые слова:

национальное пробуждение просветительство джадидизм литературное движение тематическое разнообразие хамд нат газель сатира послание наставление дидактика

Аннотация

This article classifies the themes of the lyrical poetry of the Namangan-based enlightenment-oriented poet Dadaxon qori Suhayliy, based on his poetry collection “Yodgorim”, and provides an analysis through selected examples.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The thematic diversity of Suhayli's lyrical poetry

Ozoda MAMAZIYOYEVA

1

University of Business and Science

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2025
Received in revised form
10

April 2025

Accepted 2 April 2025
Available online
25 May 2025

This article classifies the themes of the lyrical poetry of the

Namangan-based enlightenment-oriented poet Dadaxon qori

Suhayliy, based on his poetry collection “Yodgorim”, and

provides an analysis through selected examples.

2181-3701/© 2025 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss5

/S

-pp349-355

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

national awakening,
enlightenment,

Jadid movement,

literary movement,

thematic diversity,

praise (hamd),

eulogy (na’t),

ghazal,

satire (hajviya),

letter (noma),

advice,

didacticism.

Suhayliy lirikasining mavzuiy xilma-xilligi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

milliy uyg‘onish,
ma’rifatparvarlik,

jadid,

adabiy harakat,

mavzuiy xilma-xillik,

hamd,

na’t,

g‘azal,

hajviya,

noma,

nasihat,

didaktika.

Mazkur maqolada namanganlik ma’rifatparvar ijodkor

Dadaxon qori Suhayliyning “Yodgorim” she’riy to‘plami asosida

shoir lirikasi mavzuiy jihatdan tasnif etilib, namunalar asosida

tahlil qilingan.

1

Teacher, University of Business and Science. E-mail: omamaziyoyeva99@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

350

Тематическое многообразие лирики Сухайли

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

национальное

пробуждение,

просветительство,

джадидизм,

литературное движение,

тематическое

разнообразие,

хамд,

нат,

газель,

сатира,

послание,

наставление,

дидактика.

В данной статье на основе поэтического сборника

«Ёдгорим» наманганского просветителя Дадахона кари

Сухайлий проводится тематическая классификация лирики

поэта и анализируются примеры из его творчества.

Shoirning hayoti uning tiriklik davridan iborat emas. O‘lim aksar taqiqlarni buzadi.

Ba’zan ijodkorlarning hayot davrida man etilgan asarlari vafotidan keyin yana qayta

hayotga yo‘l topadi. Ana shunday ijodkorlardan biri Dadaxon qori Suhayliydir. Mustabid

tuzum sharoitida yangi davr adabiyotini shakllantirish, yangi usul maktablarini ochish,

jadid matbuotini yo‘lga qo‘yish, har tomonlama shakllangan milliy o‘quv tizimini isloh

qilish kabi vazifalarga bel bog‘lagan ma’rifatparvarlar qatorida Suhayliy ham ijtimoiy-

siyosiy jarayonda sodir bo‘layotgan har bir yangilikni ustozlaridan ilhomlangan holda

qalamga olgan. XX asr boshlarida milliy uyg‘onish davri vakillari bo‘lgan Behbudiy,

Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Avloniylar kabi ma’rifatparvarlar qatorida Namangan

adabiy harakatchiligi namoyandalari, xususan, Suhayliy ham xalq ongini millatparvarlik

ruhida shakllanishi va rivojlanishi, maorif va madaniyatining yuksalishi uchun Qur’on

oyatlaridan o‘zining betakror baytlarida mohirona foydalangani holda sermahsul ijod

qilgan. Ma’naviyat-ma’rifat suvi bilan sug‘orilgan va kamol topgan asarlari orqali

yoshlarimizni ona-Vatanga sadoqatli, ilm-ma’rifatli va ijtimoiy hayotda faol bo‘lishga

chaqirgan. Mazkur davr adabiyotining xos xususiyatlariga akadеmik N. Karimov shunday

baho bеradi: “XX asr – insoniyat tarixidagi eng ulug‘ asrlardan biri. Bu asrda qanchalik

ko‘p qon to‘kilgan, qanchalik nohaqliklar va adolatsizliklar ro‘y bеrgan bo‘lmasin,

insoniyat xuddi shu asrda kеlajak sari katta qadam tashladi. Bu asrda sodir bo‘lgan

barcha voqеalar insoniyat tarixining ajralmas tarkibi. Ularning bizlarga maqbul

bo‘lmagan qismlarini yoddan chiqarishga, tarixdan o‘chirishga urinish bеma’nilikdir.

XX asr o‘zbеk adabiyoti xalq va jamiyat hayoti bilan mustahkam aloqa o‘rnatdi. Bunday

aloqa adabiyotimizning avvalgi bosqichlarida bo‘lmagan” [1.25].

Suhayliyning bizgacha yetib kelgan birgina “Yodgorim” she’riy to‘plami mavjud

bo‘lib, undan xilma-xil janrlar o‘rin olgan lirik merosini mavzuiy jihatdan quyidagi tasnif

asosida o‘rganish mumkin:

1)

ishqiy;

2)

diniy-ma’rifiy;

3)

ijtimoiy-siyosiy;

4)

hajviy.

University of Business and Science nodavlat oliy ta’lim muassasasi filologiya fanlari

bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsenti Ozodaxon Boltaboyevaning “XX asr boshlarida

Namanganda adabiy harakatchilik: namoyandalari, an’analari, yangilanishi” nomli


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

351

doktorlik dissertatsiyasida ayni shu davrlarda yashab ijod etgan bir qator shoirlar,

jumladan, Nodim, Hayrat, Xilvatiy, Ibrat, So‘fizoda, Dog‘iy hamda Suhayliy hayoti va ijodiy

faoliyati bilan bog‘liq qimmatli ma’lumotlar bera turib, quyidagicha mavzuviy tasnif

etgan:

1.

ishqiy;

2.

axloqiy-ta’limiy;

3.

ijtimoiy-siyosiy;

4.

hajviy;

O‘rganilayotgan shoir ijodida diniy-axloqiy va, albatta, ishqiy mavzudagi

she’rlarining salmog‘i ko‘pligi kuzatiladi. Adabiyot atalmish gulistonga kirgan qaysiki
shoir yoinki yozuvchi bo‘lmasin, dastlab o‘z ijodini nafaqat adabiyotning, balki butun
bashariyat qalbining to‘ridan joy olgan o‘lmas mavzu – ishqiy misralar bitishdan
boshlaydi. Namangan adabiy harakatchiligining ko‘zga ko‘ringan namoyandasi Suhayliy
ham mumtoz adabiyot vakillari kabi ma’shuqaning vasliga erishmoqni niyat qiladi.
Go‘zallikda tengsiz ma’shuqaning oy kabi nurli yuzi, nozanin qomati, nozli ishvasi-yu
muomalasi haqida tasvirlab, qalbiga murojaat qilmoqda: ehtiyot bo‘l, ey dil qushlari,
chunki uning anbar iforli sochlari xuddi dom, tuzoq kabi halqa-halqadir…


Bir pari ko‘rdim latofat bog‘ining gulzorida,
Oy tului shu’la urmish lam’ayi ruxsorida.

Nozaninlik jilva sho‘xi qomati tannozida,
Dilrabolik rasm-u nozi ishvai raftorida.

Ehtiyot o‘l qaydi ishqin domi, ey dil qushlari,
Halqa-halqa tori zulfi anbari totorida. [2.34]

O‘z fikrini davom ettirar ekan, har safar uni quvib, haydab yuborsa hamki qayta-

qayta yorning ostonasiga bosh suraverganini, chunki go‘zallar oshig‘ida nomus
bo‘lmasligini aytadi. Unga qancha jon fido qilsa ham oshiqqa oshno bo‘lmaganidan aziyat
chekadi va biladiki, demak yorning mayli ag‘yorda. Dili bemor oshiq uning bu dardiga
tabib emas, xasta ko‘ngillar uchun shifo ma’shuqaning shakar labidan chiquvchi birgina
so‘zdandir. Shoir o‘z she’rlarida yorga qancha muhabbat izhor etib zorlanmasin, hatto
rahm aylab ham bir bor qiyo boqmaganidan shikoyat qiladi:


Qovladi har bora surdim ostoniga boshim,
Nomus o‘lg‘aymu go‘zallar oshiqi beorida.

Jon fido qildimki tutmas oshnolig‘ shevasin,
Ul parining mayli, bildim, bevafo ag‘yorida.

Bu dili bemora sendin chora yo‘qdur, ey tabib,
Xasta ko‘ngillar shifosi lab shakar guftorida.

Boqmadi bir yo‘l tarahhumdin Suhayliy zoriga,
Shuncha izhori muhabbat qilsa ham ash’orida[2.34-bet].


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

352

Shoirning axloqiy-ta’limiy mavzudagi she’rlari haqida gap ketganda, avvalo, shuni

ta’kidlab o‘tish joizki, uning “Yodgorim” she’riy to‘plamidan “Nasihatlar” nomi ostida
didaktik xarakterdagi misralari bugungi kun yoshlari uchun ham birdek ma’naviyat,
sharqona tarbiyat xazinasi bo‘lib xizmat qila oladi. Shuningdek, “Aylagay” radifli g‘azalida
qator axloqiy mezonlar haqida so‘z yuritib, har kim o‘zini boshqalar oldida xoksor aylasa,
uni Haq aziz va kabir (ulug‘) aylaydi. Agar tavozeli bo‘lsa, bu xislat insonni ulug‘ va
nomdor qilishini uqtiradi. Yaxshilar suhbatini bir bo‘stonga qiyoslab, tabiat havosini
xuddi bahor faslidagi kabi toza va yoqimli qiladi. So‘zi shirin inson odamga toza ruh
baxsh etadi va ko‘ngil ko‘zgusini g‘uborlardan tozalaydi. Agar inson hayosiz yomonlarga
qo‘shilsa, ular bilan oshno bo‘lsa, sirlarini fosh etib, sharmisor qiladi. Aksincha, vafo ahli
oyog‘i ostidagi xokipoyi bo‘lsa, shunda ular madad kerak chog‘ida hatto o‘z jonlarini ham
nisor aylashi mumkinligi haqida ta’kidlaydi va fikrlarini o‘qirmandga imkon qadar ta’sirli
qilib yetkazish maqsadida tazod san’atidan mohirona foydalanadi:


Agar kim o‘zini xoksor aylagay,
Ani Haq aziz-u kibor aylagay.

Tavoze ulug‘larnidir xislati,
Bu xislat ulug‘, nomdor aylagay.

Erur yaxshilar suhbati bo‘ston,
Tabiat havosin bahor aylagay.

Kalomi shirin toza ruh baxsh etib,
Ko‘ngil ko‘zgusin beg‘ubor aylagay.

Qo‘shilsang hayosiz yomonlar bila,
Siring fosh etib sharmisor aylagay.

Vafo ahlining maqdami xoki bo‘l,
Madad chog‘ida jon nisor aylagay. [2.53]

Shе’riyat оsmоnidа pоrlоq yulduz bo‘lib, bor-yo‘q niyati insоniyat qаlbigа

yorug‘lik, go‘zаllik оlib kirish bo‘lgаn Suhаyliy оilаning, tug‘ilib o‘sgаn Vаtаnning,
yoshlikning qаdrigа еtish, umrni bеfоydа ishlаrgа sаrf qilmаslik hаqidа so‘z yuritаdi:


Bu gulshаn ichrа, ko‘ngil, zulfi rаyhоningdin аyrilmа,
Yorutgаn shоmi hаjring mоhi tоbоningdin аyrilmа.

Bаhоr o‘ldi, tаbiаt bоg‘i gul-gul yashnаdi, kuldi,
Kеl, ey bulbul, tаrаnnum qil, gulistоningdin аyrilmа [2.80].

Shоir insоnlаrni оqibаtli, va’dаsigа vаfоdоr, хаyr-ehsоnli bo‘lish vа kibr-hаvо,

bахillik, mаnmаnlik kаbi illаtlаrdаn yuz o‘girishgа chаqirаdi:


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

353

Birоvgа, ey birоdаr, оqibаtlig‘ оshnо bo‘lding,
Kеchur sаhvini gоhо аhdu pаymоningdin аyrilmа.

Хudоvаndim bu yanglig‘ dаvlаti sеngа аtо etmish,
Bахil o‘lmа, kаrаm qil, хаyru ehsоningdin аyrilmа [2.80]

Suhayliyning ko‘plab she’rlari ibratomuz nasihatdan iborat. U qanoatli bo‘lish,

tamadan yuz o‘girish, umrni behuda ishlarga sarf qilmaslik, balki ilm va kasb-hunar
egallash yo‘lini tutishga chaqiradi. U bu borada, jumladan, shunday deydi:


Surur-u amniyat, osudalik sabr-u qanoatdan,
Ta’madin xorlik, anduhi g‘am lahvu tarabdandur.

Salomatlik basharga, kamsuhanlik nosazo so‘zdin,
Ko‘ngil asrorining pinhonligi xomushi labdandur.

Nasab ham mansab-u davlatga ujbu faxr-u noz etma,
Ulug‘lik rutbasi har kimsaga ilm-u hasabdandur. [2.37]

Shоir insоn o‘zligidаn mоsuvо bo‘lmаslik uchun yaqin qаdrdоnlаrini dоimо

qаdrlаshi lоzimligi, mаnsаb uchun hаvоlаnish esа yomоn оqibаtgа оlib kelishini uqtirаdi:

Hаvо qilmа bu jоhu mаnsаbinggа bir kun оlg‘аylаr,
Kim erding аvvаlо, o‘z qаdri insоningdin аyrilmа.

Еtаr bir mаnfааt sеndаn, vаfоsiz оshnо ko‘pdur,
Burung‘i ulfаt-u yori qаdrdоningdаn аyrilmа.

Suhаyliy, хo‘b tаmоshо аylаding zеbо shаhаrlаrni,
Unib-o‘sgаn diyoringdur Nаmаngоningdin аyrilmа [2.81]

Suhаyliy ijоdidа yaхshi хulq vа shirinsuхаnlik bilаn ko‘ngil оlish, ko‘ngil mulkini

оbоd qilish lоzimligi kаbi ezgu fаzilаtlаr, chin insоniy tuyg‘ulаr tаrаnnum etilgаn:


Hаr dili оzurdа хоtir mulkini оbоd qil,
Аylаbоn хush хulqu хush kirdоru хush guftоrlig‘ [2.29].

Yarаtgаnning mаrhаmаti bilаn insоnlаr fе`l-аtvоri hаmdа tаbiаtdаgi hаr bir nаrsа

bir-birini tаkrоrlаmаsligi, o‘zgаchаligi shоirni hаyrаtgа sоlаdi:


Hаr bаni оdаmdа хulqu fе`lu аtvоr o‘zgаchа,
Аqlu idrоku tаmizu sаvtu guftоr o‘zgаchа.

Hilqаtu surаtdа insоn bir-birа mоnаnd emаs,
Qоmаtu shаklu shаmоyil, rаngu ruхsоr o‘zgаchа [2.45].


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

354

Shоir tаbiаt hаqidаgi qаrаshlаrini dаvоm ettirib, hаttо hаr fаslning o‘z хislаti

bоrligi, nаbоtоt оlаmining sеhri, dаrахtdаgi yaprоg‘u mеvаlаr ta’mi turlichа ekаnidаn
ta’sirlаnаdi:


Yozu qish оbu hаvоsi bir-birigа o‘хshаmаs,
Mаvsumu hаr fаsldа sun`i nаmudоr o‘zgаchа.

Hаr chаmаndа hаr qаyu gul rаngu bo‘yi o‘zgаdir,
Hаr shаjаr yaprоg‘i uzrа ta’mi аsmоr o‘zgаchа [2.45].

Suhayliyning lirik merosini to‘plab, uni xalqqa havola etgan Hoshimxo‘ja hoji

Yo‘ldoshxo‘jayev kitobni xuddi devon kabi tartib qilgan bo‘lib, devonchilik an’anasiga
muvofiq tarzda dastlab to‘plamdan hamd, na’t va munojotlar o‘rin olgan. O‘n uch yoshidan
Qur’on hofizi bo‘lib tanilgan Suhayliy diniy-falsafiy qarashlarini ayni shu misralarga jo qilgan.
Bilamizki, munojot – sharq mumtoz adabiyotining anʼanaviy unsurlaridan biri bo‘lib, odatda,
bunda najot umidi, tavba va iltijolar tangriga otashin murojaat shaklida ifodalanadi. Munojot
koʻproq epik hamda liro-epik asarlarning bosh – muqaddima qismida Allohga hamd va
paygʻambarimiz Muhammad (sav)ga naʼtdan oldin keltiriladi. Munojot namunalari she’riy
devonlarning, epik dostonlarining qariyb hammasida uchrab, asar mualliflarining tasavvufiy
mayl va eʼtiqodlarini ifodalaydi [3]. Shoir munojotlarining ichida muqaddas Ramazon oyi
haqidagi muxammas shaklda bitilgan she’ri e’tiborli bo‘lib, unda shoirning oylarning eng
fazilatlisi bo‘lgan bu oyning kirib kelishidan tuygan quvonch, baxt hissi, musulmon kishi
tomonidan ado qilinadigan amallar va albatta Haqning rahm-shafqatidan umidvorlik, iymon
salomatligi haqida fikr yuritadi:


Yaxshi kelding, ey sharofatli aziz mehmonimiz,
Intizor erdi yo‘lingda diydai giryonimiz,
Ey ko‘ngillar istagi, mahbubimiz, jononimiz,
O‘rtanur shavqing bila bu siynai so‘zonimiz,
Tiyra kulbamiz yorutding, ey mahi tobonimiz.

...Bizni yo Rab, yaxshilarning zumrasiga qil vusul,
Jurmimizni mag‘firat qil, ayla rahmatga duxul,
Ayb-u nuqson birla tutgan ro‘zamizni qil qabul,
Bu Suhayliy osiyning sendin mudom ummidi shul,
Vaqti rihlatda salomat aylagil iymonimiz [2.18-bet]

Shoir yashab ijod qilgan davr – mustabid rus istilosi davri va uning zulm botqog‘iga

botgan boshqaruvidan oyoqosti bo‘lgan xalq uchun ijtimoiy-siyosiy mavzudagi she’rlari
taskin bergan bo‘lsa, ajab emas. Chunki Suhayliy har bir misrani achchiq haqiqat bilan
yo‘rgaklagan, sohir qalami orqali bu davr kishilarini ochiq-oydin tasvirlab bergan: bu
dunyo odamlari faqat pul-u davlatingga o‘rtoqdir, xuddiki, shira qayerda bo‘lsa, chivin
ham o‘sha yerni makon qilgani kabi. Ko‘ngli qora bo‘lgan oshnolaringga ishonma, chunki
ular po‘stingga somon tiqishga fursat poylab yurishadi. Chaman, gulzor-u bog‘larga (ya’ni
hayotga deyilmoqchi) bir nazar tashla, zamonaning qing‘irligidan hatto gulga tikon ulfat
bo‘lgan:


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

355

Bu dahr xalqi pul-u davlatingning o‘rtog‘i,
Qayerda shira, chivin qilgusi makon ulfat.

Ishonma ko‘ngli qaro oshnonamolarga,
Tiqarg‘a fursat ila po‘stingga somon ulfat.

Nazora ayla chaman, bog‘ birla gulzora,
Zamona kajligidin gulgadir tikon ulfat. [2.59]

Shoir to‘plamidan, shuningdek, hajviy mavzudagi she’rlar ham o‘rin olgan bo‘lib,

ularda xalq og‘zaki ijodiga yondashish yaqqol sezilib turadi. Xususan, “Kafshim” radifli
hajviyasi fikrimiz dalili bo‘la oladi:


Boqsa yuzingga har kim, aksi ko‘ringay erdi,
Oyinadek musaffo, tab’i bahor kafshim.

Emdi bu hola tushding, soxting yomon buzildi,
Maymog‘u og‘zi qiyshiq, burni chahor kafshim.

Chir(i)di vujuding eskib, vayrona bo‘ldi jisming,
Har burchidin nuraldi chun chordevor kafshim.

Chirkin yuzingda qat-qat, sho‘rlashdi lablaring ham,
Qilmaydi hech muolij dardingga kor, kafshim. [2.170]

XX asr boshlarda Namanganda vujudga kelgan adabiy harakatchilik vakillari

orasida Suhayliy o‘ziga xos tashbehlari, “ovozi”, misralari bilan alohida e’tiborga va
e’tirofga sazovor bo‘lib, uning ijodi haqida fikr bildirganimizda, bizningcha, birgina ta’rif
yetarli: oz va soz yozilgan. Shoir qalamida nafaqat davr manzarasi, balki adabiyotimizda
paydo bo‘lgandan to hozirgacha o‘z ohorini saqlab kelayotgan ishq, muhabbat, axloq,
tarbiya, ta’lim kabi mavzular qayta jonlandi, o‘zgacha ko‘rinish kasb etdi. Shuningdek,
shoirning tushunarli va xalqona tili kitobxonlar qalbidan chuqur joy olishiga sabab bo‘la
oladi, albatta.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Karimov N. XX asr mеning taqdirimda // Jahon adabiyoti. – Toshkеnt, 2001,

yanvar. – B.24.

2.

Суҳайлий. Ёдгорим. – Тошкент: Fikr-Media, 2009. – 192 б.

3.

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2018. – 480 b.

Библиографические ссылки

Karimov N. XX asr mеning taqdirimda // Jahon adabiyoti. – Toshkеnt, 2001, yanvar. – B.24.

Суҳайлий. Ёдгорим. – Тошкент: Fikr-Media, 2009. – 192 б.

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2018. – 480 b.