Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
A glance at the study of the temporal category
Oynisa UMIRZOKOVA
1
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
10
April 2025
Accepted 2 April 2025
Available online
25 May 2025
This article analyzes the role of the category of time in
linguistics and its study based on various approaches. The
grammatical,
semantic,
comparative-typological,
and
psycholinguistic aspects of the concept of time are examined,
and the characteristics of time expression in different languages
are compared. Additionally, the formation of time through
morphological and syntactic means, as well as its logical and
cognitive foundations, is also investigated. The paper discusses
the interrelation of structural, functional, and modern cognitive
approaches in analyzing the category of time.
2181-3701/© 2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss5
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
time category,
structural approach,
semantic approach,
comparative-typological
approach,
phonetic-syntactic approach,
psycholinguistic approach,
cognitive approach.
Zamon kategoriyasi tadqiqiga bir nazar
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
zamon kategoriyasi,
struktural yondashuv,
semantik yondashuv,
qiyosiy-tipologik yondashuv,
fonetiko-sintaktik
yondashuv,
psixolingvistik yondashuv,
kognitiv yondashuv.
Mazkur maqolada zamon kategoriyasining tilshunoslikdagi
o‘rni va uning turli yondashuvlar asosida tadqiq etilishi tahlil
qilinadi. Zamon tushunchasining grammatik, semantik, qiyosiy-
tipologik va psixolingvistik jihatlari ko‘rib chiqilib, turli tillarda
zamonning ifodalanish xususiyatlari solishtiriladi. Shuningdek,
zamonning morfologik va sintaktik vositalar orqali shakllanishi,
uning mantiqiy va kognitiv asoslari ham tadqiq etiladi. Ishda
zamon kategoriyasini tahlil qilishda struktural, funksional va
zamonaviy kognitiv yondashuvlarning o‘zaro bog‘liqligi haqida
fikr yuritiladi.
1
PhD Researcher, Department of English Language Theory, Samarkand State Institute of Foreign Languages.
E-mail: babbylite@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
188
Взгляд на исследование категории времени
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
категория времени,
структурный подход,
семантический подход,
сравнительно-
типологический подход,
фонетико-синтаксический
подход,
психолингвистический
подход,
когнитивный подход.
В данной статье анализируется роль категории времени
в
лингвистике
и
её
исследование
на
основе
различных подходов. Рассматриваются грамматические,
семантические,
сравнительно-типологические
и
психолингвистические аспекты понятия времени, а также
сравниваются особенности выражения времени в разных
языках. Кроме того, исследуются формирование времени с
помощью морфологических и синтаксических средств, а
также его логические и когнитивные основы. В работе
обсуждается взаимосвязь структурного, функционального
и современного когнитивного подходов при анализе
категории времени.
KIRISH
Zamon – voqea va hodisalarning vaqt oralig‘ida sodir bo‘lishini ifodalovchi
tushuncha bo‘lib, u tilshunoslikda fe’lning muhim grammatik kategoriyalaridan biri
hisoblanadi. Zamon hodisalar rivojining vaqt bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi va fe’l orqali
ifodalanadi. Tilshunoslikda zamon kategoriyasi muhim sintaktik va semantik birliklardan
biri hisoblanadi. U harakat yoki holatning vaqt doirasidagi joylashuvini belgilashga
xizmat qiladi. Har bir til o‘ziga xos zamon tizimiga ega bo‘lib, bu tizim tilning grammatik
qurilishi va semantik xususiyatlari bilan bog‘liq. Ushbu maqolada zamon
kategoriyasining umumiy xususiyatlari, tadqiqot metodlari hamda natijalari tahlil
qilinadi. Zamon kategoriyasi yordamida voqea va harakatning o‘tgan, hozirgi yoki kelajak
zamonda sodir bo‘layotgani yoki sodir bo‘lishi grammatik jihatdan aniqlanadi. Har bir til
o‘zining maxsus zamon sistemalariga ega bo‘lib, ular fe’lning shakllari va yordamchi
so‘zlar orqali ifodalanadi.
Usullar
Zamon kategoriyasi tilshunoslikda turli nazariy yondashuvlar asosida o‘rganiladi.
Ushbu yondashuvlar grammatik, semantik, qiyosiy va psixolingvistik jihatdan tahlil
qilinishi mumkin. Quyida zamon kategoriyasini o‘rganishda qo‘llaniladigan asosiy
yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot beramiz.
1. Struktural yondashuv
–
(Formal-grammatik yondashuv)
Struktural tilshunoslik doirasida zamon kategoriyasi formal grammatik birlik
sifatida qaraladi. Bunda zamonning shakllanishi va grammatik ko‘rsatkichlari
(qo‘shimchalar, fe’l shakllari, yordamchi so‘zlar) o‘rganiladi.
Asosiy xususiyatlari:
Zamon fe’l affikslari, prefikslari yoki yordamchi so‘zlar orqali qanday ifodalanishini
tahlil qiladi. Morfologik jihatdan zamonning qanday hosil bo‘lishini tushuntiradi.
O‘zbek tilida “-di” (o‘tgan zamon), “-yapti" (hozirgi zamon), “-adi” (kelasi zamon)
kabi qo‘shimchalar bilan zamon hosil qilinishi misol bo‘la oladi. Ingliz tilida (past tense,
present tense, future tense) va ularning grammatik qo‘shimchalari (-ed, -ing) qanday
ishlatilishini o‘rganadi [4, 87]. Ushbu yondashuv vakillari: Ferdinand de Sossyur, Leonard
Bloomfield, N.Y. Marr.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
189
2. Semantik yondashuv
Semantik yondashuv zamon tushunchasini ma’no jihatidan tahlil qiladi. Bu
yondashuvda grammatik shakl emas, balki voqeaning vaqt ichidagi mazmuni asosiy
o‘rinni egallaydi.
Asosiy xususiyatlari:
Zamon kategoriyasini faqat grammatik vositalar bilan emas, balki ma’no bilan
bog‘laydi. Masalan, “Men har kuni kitob o‘qiyman” va “Men kitob o‘qiyapman” gaplarida
hozirgi zamon qo‘llanilgan, lekin ma’no jihatidan biri odat tusidagi harakatni, ikkinchisi
esa ayni paytda sodir bo‘layotgan harakatni bildiradi. Ingliz tilida "I have eaten" (Men yeb
bo‘ldim) va "I ate" (Men yedim) bir xil o‘tgan zamon bo‘lsa-da, ularning semantik ma’nosi
farqlidir [8, 77]. Ushbu yondashuv vakillari: Charles Fillmore, Geoffrey Leech, Z. Vendler
(Harakat turlarini tasnif qilgan olim)
3. Qiyosiy-tipologik yondashuv
Bu yondashuv turli tillarda zamon kategoriyasining ifodalanish usullarini qiyosiy
o‘rganadi.
Asosiy xususiyatlari:
Qaysi tillarda qanday zamon shakllari mavjudligini tahlil qiladi. Ba’zi tillarda
murakkab zamon shakllari bor, ba’zilarida esa sodda shakllar mavjudligini ko‘rsatadi.
Masalan, o‘zbek tilida 3 asosiy zamon bo‘lsa, ingliz tilida 12 ta zamon shakli bor [1, 137].
Xitoy tilida esa fe’llar zamon qo‘shimchalari bilan o‘zgarmaydi. Slavyan tillarida fe’lning
tugallangan va tugallanmagan shakllari zamonni ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu
yondashuv vakillari: Roman Jakobson, Joseph Greenberg, Vladimir Skalicka
4. Fonetik-sintaktik yondashuv
Bu yondashuvda zamon faqat morfologik jihatdan emas, balki ohang (intonatsiya)
va gap tuzilishi orqali qanday ifodalanishi o‘rganiladi.
Asosiy xususiyatlari:
Zamonni ifodalashda gapning intonatsiyasi qanday rol o‘ynashini tahlil qiladi.
Sintaktik jihatdan zamon yordamchi fe’llar yoki vaqt bildiruvchi birliklar (bugun, kecha,
ertaga) orqali qanday aks etishini tushuntiradi. Masalan, “U keladi” va “U kelayotgan edi”
gaplarida sintaktik vositalar orqali zamonning qanday farqlanishi tahlil qilinadi [2, 97].
Vakillar: Noam Chomsky (transformatsion-sintaktik nazariya asoschisi), Otto Jespersen
5. Psixolingvistik yondashuv
Bu yondashuv zamon tushunchasining inson ongida qanday shakllanishi va nutq
jarayonida qanday qo‘llanilishini o‘rganadi.
Asosiy xususiyatlari:
Bolalar til o‘rganayotganda zamonni qanday tushunishlarini o‘rganadi. Xotira va
tafakkurning zamonni idrok qilishdagi rolini tahlil qiladi. Ikki yoki undan ortiq tilli
insonlar zamonni qanday tushunishi va ishlatishini o‘rganadi. Masalan: Kichik yoshdagi
bolalar avval hozirgi va o‘tgan zamonni tushunib, keyin kelasi zamonni o‘rganadilar
[5, 48]. Ikki tilda gaplashadigan odamlar bir tilning zamon tizimini boshqasiga noto‘g‘ri
tatbiq qilishi mumkin. Vakillar: Lev Vygotsky, Jean Piaget
6. Kognitiv yondashuv
Bu yondashuv zamon tushunchasini inson tafakkurida qanday aks etishi nuqtayi
nazaridan o‘rganadi.
Asosiy xususiyatlari:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
190
Inson zamonni qanday idrok qiladi va uni tilga qanday aks ettiradi?
Zamon tushunchasi madaniyatlarga bog‘liqmi yoki umumiy insoniy hodisami? Masalan,
ba’zi tillarda “orqada vaqt”, “oldinda vaqt” degan tushunchalar bor, boshqalarida esa bu
qarama-qarshi bo‘lishi mumkin [10, 75]. Vakillari: George Lakoff, Ronald Langacker.
Yuqoridagi ma’lumotlarni umumiy qilib aytish mumkinki, zamon kategoriyasini
turli yondashuvlar orqali o‘rganish mumkin:
Yondashuv
Xususiyati
Struktural yondashuv
zamon shakllarini grammatik jihatdan o‘rganadi
Semantik yondashuv
zamon tushunchasini ma’no jihatdan tahlil qiladi
Qiyosiy yondashuv
turli tillardagi zamon ifodalash usullarini solishtiradi
Fonetiko-sintaktik yondashuv
zamonning ohang va gap tuzilishiga ta’sirini o‘rganadi
Psixolingvistik yondashuv
odamlarning zamonni ongida qanday tushunishlarini tahlil qiladi
Kognitiv yondashuv
zamon tushunchasining tafakkurdagi aksini o‘rganadi
Zamon kategoriyasi murakkab va ko‘p qirrali hodisa bo‘lib, uning o‘rganilishi turli
nazariy yondashuvlarni talab qiladi. Bu yondashuvlarning har biri o‘ziga xos ahamiyatga
ega va ularni uyg‘un holda qo‘llash zamon fenomenini to‘liq tushunishga yordam beradi
[3, 103].
Tadqiqot davomida zamon kategoriyasini o‘rganish uchun quyidagi usullar
qo‘llanildi:
1.
Nazariy tahlil
– zamon kategoriyasining turli tillardagi o‘rganilish tarixi va
nazariy yondashuvlari tahlil qilindi.
2
. Qiyosiy analiz
– turli tillardagi zamon sistemalarining o‘zaro farqlari va umumiy
jihatlari aniqlash uchun qiyosiy tahlil usuli qo‘llanildi.
3.
Matn tahlili
– yozma va og‘zaki nutq namunalarida zamon shakllarining
ishlatilish xususiyatlari o‘rganildi.
NATIJALAR
Tadqiqot natijalari quyidagilarni ko‘rsatdi:
Zamon kategoriyasi barcha tillarda mavjud bo‘lsa-da, ularning grammatik
ifodalanishi har xil bo‘ladi.
Ba’zi tillarda zamon morfologik vositalar orqali ifodalansa, boshqalarida
sintaktik yoki kontekstual elementlar yordamida anglatiladi.
O‘zbek tilida zamon kategoriyasi uch asosiy guruhga – hozirgi, o‘tgan va kelasi
zamonlarga bo‘linadi, har biri o‘ziga xos grammatik ko‘rsatkichlarga ega.
Ingliz va o‘zbek tillari qiyosiy o‘rganilganda, ingliz tilida zamon shakllari ko‘proq
bo‘lib, harakatning davomiyligi, takrorlanishi va tugallanganligi kabi jihatlarni aniqroq
ifodalaydi.
Zamon kategoriyasining asosiy turlari
Tilshunoslikda odatda uch asosiy zamon shakli mavjud [6, 54]:
Hozirgi zamon – harakat ayni paytda sodir bo‘layotganini bildiradi.
Masalan: Men kitob o‘qiyapman.
O‘tgan zamon – harakat oldin sodir bo‘lganini bildiradi.
Masalan: Men kitob o‘qidim
.
Kelasi zamon – harakat kelajakda sodir bo‘lishini bildiradi.
Masalan: Men kitob o‘qiyman.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
191
Shuningdek, ba’zi tillarda zamonning noaniq shakllari ham mavjud, masalan,
tarixiy hozirgi zamon, murakkab zamon shakllari, mukammal (perfect) zamonlar va
boshqalar.
Zamon kategoriyasining turli tillarda ifodalanishi
Har bir til o‘ziga xos zamon sistemasiga ega. Masalan: O‘zbek tilida uch asosiy
zamon mavjud bo‘lib, ular affikslar yordamida hosil qilinadi: -di (o‘tgan zamon), -yapti
(hozirgi zamon), -adi (kelasi zamon). Ingliz tilida esa 12 ta zamon shakli bor bo‘lib, ular
fe’l shakllari va yordamchi fe’llar (be, have, do) orqali hosil qilinadi [9, 35]. Rus tilida
uchta asosiy zamon bo‘lib, ular fe’lning shaxslanishi yoki prefikslar bilan hosil qilinadi.
Zamonning lingvistik xususiyatlari
Zamon tilda turli usullar orqali ifodalanadi:
Grammatik shakllar
: fe’l affikslari, qo‘shimchalari orqali.
Sintaktik vositalar
: yordamchi fe’llar, zamon olmoshlari (kecha, bugun, ertaga va
boshqalar).
Semantik xususiyatlar
: voqeaning qanday kechayotganini ifodalovchi usullar.
MUNOZARA
Natijalar shuni ko‘rsatadiki, zamon kategoriyasi nafaqat grammatik birlik sifatida,
balki semantik va pragmatik jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, ba’zi
tillarda zamon shakllari yordamida gapning kontekstual ma’nosi o‘zgarishi mumkin
[7, 66]. Shuningdek, turli tillarda zamon shakllarining ishlatilish chastotasi va qoidalari
farq qilishi kuzatildi. Bundan tashqari, zamon kategoriyasi matnning mantiqiy tuzilishida
va fikrning to‘g‘ri yetkazilishida muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, tarjima jarayonida turli
tillarning zamon tizimlari o‘rtasidagi farqlar tarjimonlar uchun qiyinchilik tug‘dirishi
mumkin. Pragmatik nuqtayi nazardan, ma’lum tillarda vaqt ifodalanishi madaniy
kontekst bilan ham bog‘liq bo‘lib, bu lingvistik tadqiqotlar uchun qiziqarli yo‘nalishlardan
biri bo‘lishi mumkin.
XULOSA
Ushbu maqola zamon kategoriyasining umumiy va xususiy jihatlarini aniqlashga
yordam berdi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, zamon tushunchasi tillarga xos bo‘lsa-
da, uni ifodalash usullari har xil bo‘lishi mumkin. Kelgusida zamon va aspekt
kategoriyalarining o‘zaro bog‘liqligi va ularning nutqdagi ishlatilish xususiyatlarini
yanada chuqurroq o‘rganish lozim. Zamon kategoriyasi tilda harakatning vaqt bilan
bog‘lanishini ifodalovchi muhim grammatik kategoriya hisoblanadi. U turli tillarda o‘ziga
xos shakllar bilan ifodalanadi va har xil yondashuvlar asosida tadqiq qilinadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Abduazizov A. "Hozirgi o‘zbek adabiy tili". Toshkent: O‘zbekiston Milliy
Ensiklopediyasi, 2006 – 137.
2.
Bloomfield L. "Language". New York: Holt, Rinehart & Winston, 1933 – 97.
3.
Bybee J. "The Evolution of Grammar: Tense, Aspect, and Modality in the
Languages of the World". University of Chicago Press, 1994 – 103.
4.
Chomsky N. "Syntactic Structures". The Hague: Mouton, 1957 – 87.
5.
Comrie B. "Tense". Cambridge University Press, 1985 – 48.
6.
Dahl Ö. "Tense and Aspect Systems". Oxford: Blackwell, 1985 – 54.
7.
Lyons J. "Introduction to Theoretical Linguistics". Cambridge University Press,
1968 – 66.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
192
8.
Vendler Z. "Linguistics in Philosophy". Cornell University Press, 1967 – 77.
9.
Jo‘raev N. "O‘zbek tilining grammatik kategoriyalari". Toshkent: Fan, 2004 - 35.
10.
G‘ulomov A. "Fe’l zamon kategoriyasi va uning ifodalanishi". Toshkent, 1998 – 75.
11.
Kholikov, B. A. 1-sho‘ba THE LANGUAGE OF FANTASY: LINGUISTIC FEATURES
IN MYTHOLOGICAL AND FANTASY LITERATURE. ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM
JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR INTEGRATSIYASI, 17.
12.
Холова, М. (2015). МАСТЕРСТВО СОЗДАНИЯ ПОЭТИЧЕСКИХ СИМВОЛОВ В
ЛИРИКЕ (НА ПРИМЕРЕ ПОЭЗИИ ФАХРИЁРА). In Современная филология: теория и
практика (pp. 114-119).
