Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Conceptualization and categorization as factors in the
formation of categories
Feruza MAMATOVA
1
National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2025
Received in revised form
15
January 2025
Accepted 25
February 2025
Available online
15
March 2025
This article is dedicated to elucidating the role of
conceptualization and categorization processes in the formation
of categories in human cognition. Conceptualization is the
process of perceiving objects and phenomena based on common
features, comprehending them, and shaping them into
conceptual forms. Categorization creates order in thinking by
classifying these concepts into specific categories and grouping
them together. These processes enable the systematization of
reality in the human mind, facilitating understanding and
expression during communication. The article demonstrates that
conceptualization and categorization are inextricably linked
with language, thought, culture, and cognitive processes. It also
substantiates that the formation of categories depends not only
on individual thinking but also on the linguistic and cultural
norms prevalent in society. This reveals the dynamic and
context-dependent nature of categories.
2181-3663/© 2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss1-pp73-78
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
Conceptualization,
categorization,
categories,
thinking, cognitive process,
language and consciousness,
concept formation,
cultural context.
Konseptualizatsiya
va
kategorizatsiya
(toifalanish)
toifalarning vujudga kelishi omili sifatida
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
Konseptualizatsiya,
kategorizatsiya,
toifalar,
tafakkur,
bilish jarayoni,
til va ong,
tushuncha shakllanishi,
madaniy kontekst
Ushbu maqola konseptualizatsiya va kategorizatsiya
jarayonlarining inson tafakkurida toifalarning shakllanishidagi
o‘rnini yoritishga bag‘ishlangan. Konseptualizatsiya – bu obyekt
va hodisalarni umumiy belgilar asosida idrok qilish,
ularni anglab, tushunchaviy shaklga keltirish jarayonidir.
Kategorizatsiya esa bu tushunchalarni muayyan toifalarga
ajratish, ularni guruhlarga birlashtirish orqali tafakkurda
tartib yaratadi. Mazkur jarayonlar inson ongida borliqni
1
PhD, Associate Professor, National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek. E-mail: eruzahon26@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701
74
tizimlashtirish, uni tushunish va muloqot jarayonida
ifodalash imkonini beradi. Maqolada konseptualizatsiya va
kategorizatsiyaning til, tafakkur, madaniyat va bilish jarayonlari
bilan uzviy bog‘liqligi ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, toifalarning
shakllanishi nafaqat individual tafakkurga, balki jamiyatda
mavjud bo‘lgan til va madaniy me’yorlarga ham bog‘liq ekanligi
asoslab beriladi. Bu esa toifalarning dinamik va kontekstga
bog‘liq xarakterini ochib beradi.
Концептуализация и категоризация как фактор
возникновения категорий
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Концептуализация,
категоризация,
категории,
мышление,
процесс познания,
язык и сознание,
формирование понятий,
культурный контекст.
Данная статья посвящена освещению роли процессов
концептуализации и категоризации в формировании
категорий в человеческом мышлении. Концептуализация –
это процесс восприятия объектов и явлений на основе
общих признаков, их осмысления и приведения к
понятийной форме. Категоризация же создает порядок в
мышлении
путем
разделения
этих
понятий
на
определенные категории и объединения их в группы.
Эти процессы позволяют систематизировать реальность в
сознании человека, понять ее и выразить в процессе
коммуникации. В статье показана неразрывная связь
концептуализации и категоризации с языком, мышлением,
культурой и процессами познания. Также обосновывается,
что формирование категорий зависит не только от
индивидуального мышления, но и от языковых и
культурных норм, существующих в обществе. Это
раскрывает динамический и контекстуально-зависимый
характер категорий.
KIRISH
Bugungi kunda bu masalalar kognitiv tilshunoslik, xususan, toifalashtirish
nazariyasi fani sifatida tan olingan kognitiv semantika uchun ham asos bo‘lib xizmat
qilmoqda. Shubhasiz, mavjud muammolardan biri – bu real dunyodagi farqlar bilan til
vositalari orqali aks ettirilgan farqlar o‘rtasidagi nisbatdir. Voqelikning cheksiz xilma-
xilligini tilning cheklangan shakllari qanday qamrab olishi haqidagi savol kognitiv
tilshunoslikda, xususan prototipik semantikada markaziy o‘rinni egallagan asosiy
masalalardan biriga aylandi [1; 99].
MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI
Olingan bilimlarni tasniflash imkoniyatlari va yo‘llari til toifalari bilan ko‘plab xorijiy
va mahalliy tadqiqotchilar shug‘ullanadi: A. Vejbitskaya, J. Lakoff, R. Leneker, E. Rosh,
J. Fokone, G. Giyom, F. Rastye (F. Rastier), B. Grunig (B.-N. Grunig), J. Dener (G. Denhière),
D. Dyubua (D. Dubois), J. Rishar (J.-F. Richard), K. Vandeluaz (C. Vandeloise), A. Borillo
(A. Borillo), J. Dekle (J.-P. Desclés), (G. Kleiber) J. Kleber, R. Marten, P. Kadyo (P. Cadiot);
N.D. Arutyunova, O.V. Aleksandrova, A.N. Baranov, N.N. Boldirev, S.G. Vorkachev,
V.Z. Demyankov, D.O. Dobrovolskiy, A.A. Zalevskaya, V.I. Zabotkina, V.I. Karasik, A.A. Kibrik,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701
75
V.V. Kolesov, Ye.S. Kubryakova, V.A. Maslova, Z.D. Popova, Ye.V. Raxilina, G.G. Slishkin,
Yu.S. Stepanov, I.A. Sternin, R.M. Frumkina, T.V. Chernigovskaya, A.P. Chudinov va
boshqalar. Toifalashning turli jihatlari M.V. Shamanova tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, u
muloqot toifasi materiallari asosida ishlab chiqilgan. Rus lisoniy ongida o‘ziga xos
xususiyatga ega bo‘lgan kommunikativ toifani o‘rganishning keng qamrovli metodologiyasi,
D.B. Kumaxova olamning maqolga asoslangan manzarasida voqelikning baholovchi tasnifini
ajratib ko‘rsatgan, L.S. Abrosimova so‘z yasash jarayonlarini tavsiflagan toifalashtirish,
M.N. Konnova vaqtinchalik toifalashtirishni o‘rgangan, I.Yu. Bezukladova makonni
toifalashtirish haqida fikr yuritgan, Ye.V. Dzyuba xususiyatlarni tahlil qilgan. Rus lisoniy
ongida voqelikning lingvokognitiv tasnifi, Z.A. Manzullina tomonidan ularning lisoniy
tasnifida gender stereotiplarini taqqoslagan. O‘zbek olimlaridan D.U. Ashurova,
M.R. Galiyeva, Sh.S. Safarov, A.E. Mamatov, D.B. Agzamova va boshqalar kognitiv
tilshunoslikda rivojlanib kelayotgan bu soha salmoqli hissa qo‘shib kelishmoqda.
TAHLIL VA NATIJALAR
Inson olamining kognitiv manzarasini shakllantirish yo‘llaridan biri – bu
toifalashtirish yoki tafakkur jarayonlari bo‘lib, ular bilish jarayonlarini, obyektiv
voqelikning inson ongida aks etishini ko‘rsatadi. Bu jarayonlar o‘xshashlik asosida tanib
olish, tuzilmaviy yaxlitlik sifatida qabul qilinadigan atrofdagi dunyo hodisalari o‘rtasidagi
sabab-oqibat aloqalarini aniqlash va har doim ham “kognitiv tejamkorlik” maqsadida
bo‘lmagan taqqoslashlar bilan tavsiflanadi [2; 251-270]. Lyudvig Vitgenshteynga ko’ra,
toifalanish jarayonlari insonning “xususiy holatlarning umumiy xususiyati bo‘lgan
umumiy tushuncha g‘oyasini,” “go‘zallik barcha go‘zal buyumlarning tarkibiy qismi
ekanligini” ifodalash qobiliyatini belgilaydi [3; 13; 122]. M. Xaydegger toifalanishdagi
munosabatlarni bir turdagi umumiy narsada mavjudlik, birgalikda mavjudlik, mavjudlik
sifatida ta’riflaydi [4; 73]. M.Fuko esa “tafakkur hodisalarni tartibga soladi, ularni sinflarga
ajratadi, ularning o‘xshashligi va farqini anglatuvchi nomlar bo‘yicha guruhlaydi,” deb
ta’kidlaydi [5; 30]. Toifalarning shakllanishi insonning hayotiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lib, bu
borada vaziyatli yoki kontekstual deb qaraladi. Toifalar orasidagi chegaralar bir ma’noli
aniqlanmaydi, bu esa subyekt tomonidan obyekt yoki hodisani biron-bir toifaga
kiritishning imkonsiz bo‘lgan holatlarda o‘z tasdig‘ini topadi [6].
N.N. Boldirevning fikricha, toifalanish jarayonlarini voqelikdagi biror obyekt yoki
hodisani, shuningdek mavhum ma’noni ma’lum bir toifaga fikran bog‘lash sifatida ko‘rish
mumkin. Bu toifa atrofdagi voqelikning u yoki bu qismi haqidagi bilimlar tizimidagi
lingvokognitiv hujayra sifatida tushuniladi [7; 115]. Olamni anglash natijasida paydo bo‘lgan
kognitiv toifalar o‘xshash xususiyatlarni birlashtirish asosida shakllanadi va til vositalari
orqali qisman ifodalanadi. Bu jarayon tabiiy tillar atrofdagi voqelikni aqliy tizimlashtirish
natijalarini namoyon etganda kuzatiladi. Ye.V. Dzyubaning ta’kidlashicha, kognitiv toifalar
bilimlarining so‘zlar bilan ifodalanishi
lingvokognitiv kategorizatsiyani
tashkil etadi.
Bu jarayon umumiy kategorizatsiya jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, “kognitiv tanlov –
kognitiv identifikatsiya va kategorizatsiya – kategorial nomlash” kabi bosqichlarni o‘z ichiga
oladi [8; 96, 464-465]. N.Delbek voqelikni kognitiv tushunish jarayonlarini quyidagicha
tavsiflaydi: inson → voqelikni idrok etish → (anglash) noverbal konseptlarni va toifalarni
shakllantirish → noverbal / verbal konseptlar va toifalarni shakllantirish [9; 35].
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, tadqiqot ishimizda ingliz va o‘zbek tillaridagi
olamning lisoniy manzarasining variantlarida antopofenomenlarning ijtimoiy-madaniy
hamda ijtimoiy-psixologik tabiatiga hos bir qator subfenomenlarning kontseptuallashuvi
va toifalanishini tahlil qilinishiga qaratilgan.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701
76
Konsept, tushuncha, har qanday predmet yoki bizning tadqiqot ishimiz misolida
turli fenomenlarni kategorizatsiyasida besh asosiy tamoyil belgilab o‘tiladi, ularning
birinchisi bu prototiplilik tamoyili, ikkinchisi toifalarning qat’iy emas ekanligi tamoyili,
uchunchisi toifalash asoslarining ko‘pligi va xilma-xilligi, to‘rtinchisi uzluksizlik tamoyili
va beshinchisi darajalanganlik tamoyili. Kognitiv tilshunoslikda kategorizatsiya jarayonini
to‘laqonli yoritish uchun markaziy tushunchlardan biri bu prototip va asosiy darajadagi
ob’yektdir. Toifa unga tegishli teng maqomga ega bo‘lmagan yani belgilari to‘liq mos
tushmaydigan a’zolarini bir nuqtaga jamlaydi. Shunday a’zolardan biri prototip hisoblanib,
u boshqa a’zolarga nisbatan imtiyozli mavqega ega bo‘ladi. Shu o‘rinda, toifalanayotgan
guruhda namunaviy ko‘rsatkichni ko‘rsatadi va u yoki bu toifaga ajralishida ahamiyat kasb
etadi. Aynan shu prototip atrofida toifaning boshqa a’zolari ham guruhlanadi. E. Rosh
birinchilardan bo‘lib keyinchalik prototiplar va asosiy darajadagi toifalar nazarayasi deb
nom olgan nazariyani taklif qilgan. Olima nazariyasini ishlab chiqishi jarayonida an’anaviy
nazariyani har tomonlama tanqidiy tahlil tortdi. Zero, klassik nazariyaga ko‘ra, toifani
aniqlovchi belgilar boshqa barcha a’zolar o‘rtasida taqsimlanadi va shu sababli toifada teng
mavqega ega bo‘ladi. E. Roshning prototip tadqiqotlari toifa a’zolari orasidagi
asimmetriyani va toifa ichidagi tuzilmalarning aimmetriyasini ko‘rsatdiki. Binobarin,
an’anaviy nazariya buni ko‘zda tutmaganligini hisobga olinsa, an’anaviy nazariyani yoki
to‘ldirish yoki boshqa nazariyani taklif qilish ehtiyoji yuzaga chiqdi, Rosh esa aynan shuni
amalga oshirdi [10; 63].
Inson ongi voqelikni idrok etar ekan, uning ayrim bo‘laklarini muayyan
turkumlarga, toifalarga kiritadi – boshqa bo‘laklar bilan umumiylik belgilarini aniqlaydi va
ushbu toifani boshqalardan ajratib turadigan o‘ziga xos xususiyatlarni ajratib ko‘rsatadi.
Voqelik bo‘laklarining umumiyligini aniqlash va tafakkur orqali bu umumiylik uchun
umumlashtiruvchi tushunchani ishlab chiqish, bu ko‘pincha (lekin majburiy emas) qabul
qilinadi so‘z bilan mustahkamlash kognitiv jarayon sifatidagi toifalashtirishni ifodalaydi.
Bizning fikrimizcha, kognitiv jarayon sifatida tasniflashning natijasi kognitiv tasniflash
belgilarining shakllanishi bo‘lib, ular tushunchalar guruhlarida aniqlanadi va alohida
konseptlarda namoyon bo‘ladi. Kognitiv tasnifiy belgilar konseptlar va ularning
guruhlarini yagona konseptosferada tartibga soladi.
Konsept doirasida kognitiv tasnifiy belgilar konsept mazmunini tashkil etuvchi ko‘p
sonli differensial kognitiv belgilarni yagona tuzilmaga tartibga soladi. Mental hodisa
sifatida konsept strukturasining asosiy tarkibiy qismlari bo‘lgan kognitiv differensial belgi
va kognitiv tasnifiy belgi tushunchalarini keltirish lozim.
Kognitiv differensial belgi (yoki oddiygina – kognitiv belgi) – bu inson ongi
tomonidan anglangan va tegishli konsept tarkibida uning mazmunining alohida elementi
sifatida aks ettirilgan obyektning alohida belgisidir.
Kognitiv tasnifiy belgi – bu konsept mazmunining u yoki bu jihatini, tegishli obyekt
yoki hodisani toifalash parametrini aks ettiruvchi va konsept tuzilishidagi bir xil
differensial kognitiv belgilarni umumlashtiradigan tarkibiy qismidir. Tasnifiy kognitiv
belgilar har doim qator, guruh yoki ko‘plab konseptlar uchun umumiy hisoblanadi [11; 90].
Dunyoda mavjud barcha ikki bir-biriga qarama-qarshi hususiyatli tushunchalar
alohida guruhlarda jamlanadi. Masalan, ta’m kognitiv tasnifiy belgisi tegishli tuzilmada
differensial kognitiv belgilar (achchiq va shirin) orqali konkretlashtiriladi. Yoki, o‘lcham
kognitiv tasnifiy belgi uzun, o‘rta uzunlikdagi, va kalta kabi turlari differensial kognitiv
belgilarga konkretlashtirilgan.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701
77
Ma’lumki, J. Lakoff birinchilardan bo‘lib ilmiy tadqiqot doirasida
klassifikator
tushunchasini qo‘llagan. Uning «Мышление в зеркале классификаторов» nomli
maqolasida dunyoning turli xalqlari huddi bir xil bo‘lgan voqeliklarni mutlaqo kutilmagan
tarzda tasniflashini aytib o‘tadi. Har bir madaniyatda tajribaning o‘ziga xos sohalari (baliq
ovlash, ovchilik va boshqalar) mavjud bo‘lib, ular tushunchalar zanjirining toifalardagi
bog‘lanishlarni belgilaydi; dunyoning ideal modellari, shu jumladan miflar va turli
e’tiqodlar ham toifalar zanjirida aloqalarni o‘rnatishi mumkin; o‘ziga xos bilim tasnif
jarayonida umumiy bilimdan ustun keladi va hokazo. Olimning fikricha, tasniflashning
asosiy tamoyili tajriba sohasi tamoyilidir. J. Lakoff dunyoni tushunishda kognitiv modellar
qo‘llaniladi degan xulosaga keladi. Bu modellar insonning cheklangan tajriba qismini
anglashga va uni o‘zi tomonidan idrok etishga yordam beradi. Klassifikatorlar tizimi
tafakkurning tajribaviy, obrazli va ekologik jihatlarini aks ettiradi [12; 12-51]. Ta’kidlab
o’tish joizki, tasniflagichlar (klassifikatorlar) faqatgina insonning tafakkuri tomonidan
yaratilgan aqliy toifa hisoblanadi. Inson voqelikni tahlil qilish tajribasidan tasniflash
toifalarini chiqaradi va keyinchalik ularni idrok etiladigan va tushunilayotgan voqelikka
tatbiq etadi. Shu o‘rinda Z.D. Popova va I.A. Sternin har qanday narsa yoki hodisaga
nisbatan qo‘llanishi mumkin bo‘lgan
universal
kognitiv super tasniflovchi kognitiv
belgilarni ajratib ko‘rsatsa bo‘ladi degan g’oya bilan chiqadi. Masalan, bunday belgilarga,
shubhasiz, vaqt xususiyati, makon xususiyati, umumiy baho va his-tuyg‘ular kiradi
[10; 91]. Bundan tashqari bu olimlar sinflarning tasnifiy belgilari, asosan u yoki bu turdagi
faktlarni – artefaktlar, mentefaktlar va naturfaktlarni tavsiflovchi xususiyatlar, yanada
kamroq umumlashtirilgan
tasnifiy belgilar – faqat hodisa va narsalarning muayyan
guruhlarini tavsiflovchi guruhiy xususiyatlardir (transport vositalari, mevalar, ta’lim
muassasalari, siyosiy tushunchalar, gullar, san’at janrlari, pedagogik tushunchalar, til
nomlari va boshqalar) deb ta’kidlaydi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Inson tafakkurining asosiy xususiyatlaridan biri – u atrofdagi borliqni, hodisalarni
va obyektlarni anglash, ularni muayyan ma’noviy tartibga solish va bu tartibni til
vositasida ifodalashga intilishidir. Bu jarayonda ikki asosiy kognitiv mexanizm –
konseptualizatsiya (tushuncha shakllantirish) va kategorizatsiya (toifalarga ajratish)
markaziy rol o‘ynaydi. Aynan shu jarayonlar orqali inson o‘z ongida mavjud bo‘lgan
tushunchaviy tuzilmalarni hosil qiladi va ularni til birliklari orqali ifoda etadi. Shuning
uchun, konseptualizatsiya va toifalanish mexanizmlarini chuqur o‘rganish – tushuncha va
til birliklari o‘rtasidagi murakkab munosabatni anglash yo‘lida muhim qadamdir.
Konseptualizatsiya jarayoni orqali inson o‘z idrokiga tushgan obyekt yoki hodisani
muayyan umumlashtirish asosida ongda tasavvur qiladi, uni ichki ma’no bilan to‘ldiradi.
Bu ma’no, o‘z navbatida, til orqali ifodalangunga qadar ongda “tushuncha” sifatida mavjud
bo‘ladi. Masalan, “daraxt” degan so‘zning orqasida faqatgina bitta daraxt emas, balki turli
shakl, rang, o‘lcham va funksiyalarga ega bo‘lgan daraxtlar haqidagi umumlashtirilgan
konsept yotadi. Bu umumlashtirish – ya’ni konseptualizatsiya – inson tafakkurining
borliqni tartibga soluvchi muhim qismidir.
Demak, konseptualizatsiya va kategorizatsiya jarayonlarini o‘rganish inson ongida
shakllanuvchi tushunchalar bilan ularni ifodalovchi til birliklari o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlikni chuqur anglash imkonini beradi. Ushbu bog‘liqlikni tushunish esa tilshunoslik,
psixologiya, kognitiv fanlar va madaniyatshunoslik sohalarida muhim ilmiy natijalar
berishi mumkin. Xususan, til qanday qilib inson tafakkuridagi murakkab konseptual
tuzilmalarni soddalashtirib, muloqotda foydalanishga qulay shaklga keltirishini anglashda
bu jarayonlar asosiy vosita sifatida namoyon bo‘ladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701
78
Shunday qilib, konseptualizatsiya va toifalanish inson tafakkurining asosiy
mexanizmlari sifatida, til bilan uzviy bog‘liq holda, tushuncha va ma’no tizimlarini
shakllantirishda va ularni ifodalashda beqiyos rol o‘ynaydi
.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Микешина Л.А. Категоризация как всеобщая процедура познавательной
деятельности // Философия науки: учебное пособие. 2-е изд., перераб. и доп. М.,
2006. С. 99
2.
Rosch E. Principles of categorization. In D. J. Levitin (Ed.), Foundations of
cognitive psychology: Core readings, 2002. – pp. 251–270.
3.
Витгенштейн Л. Логико-философский трактат / Л. Витген-штейн //
Избранные работы / Л. Витгенштейн; пер. В Руднева. – Москва: Территория
будущего, 2005. – С. 13-222.
4.
Хайдеггер, М. Бытие и время / М. Хайдеггер; пер. с нем. В. В. Бибихина. –
Харьков: Фолио, 2003. – C. 73.
5.
Фуко, М. Слова и вещи. Археология гуманит. наук: пер. с фр. / М. Фуко. –
Санкт-Петербург: А-cad: Талисман, 1994. – C.30.
6.
Guignard, J.-B. Linguistique Cognitive et modèles catégoriaux: Quelques
considérations épistémologiques / J.-B. Guignard // Corela Cognition Représentation
Langage. – 2011. – V. 9, № 2.
7.
Болдырев Н. Н. Когнитивная семантика: введ. в когнитив. лингвистику:
курс лекций / Н. Н. Болдырев; Тамбов. гос. ун-т им. Г. Р. Державина. – Тамбов: Изд-во
ТГУ, 2014. – С.115.
8.
Дзюба Е.В. Лингвокогнитивная категоризация действительности в русском
языковом сознании: дис. ... д-ра филол. наук: 10.02.01, 10.02.19 / Е. В. Дзюба; Урал.
гос. пед. ун-т. – Екатеринбург, 2016. – C. 96, 464-465.
9.
Delbecque N. Linguistique cognitive. Comprendre comment fonctionne le langage.
Champs linguistiques / N. Delbecque. – Bruxelles: De Boeck-Duculot, 2006. – P. 35.
10.
Попова, З. Д. Когнитивная лингвистика / З. Д. Попова, И. А. Стернин. М.,
2007. – С. 90.
11.
Лакофф Д. Женщины, огонь и опасные вещи: Что категории языка говорят
нам о мышлении / Пер. с англ. И. Б. Шатуновского. – М.: Языки славянской культуры,
2004. – С.63.
12.
Лакофф Дж. Мышление в зеркале классификаторов / Пер. с англ.
Р.И.Розиной // Новое в зарубежной лингвистике. Вып. XXIII. Когнитивные аспекты
языка. – М., 1988 – С. 12-51.
