Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Analysis of pronunciation among speakers of the Andijan
dialect
Onorkhon SATIMBOYEVA
1
Uzbekistan State World Languages University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
10
April 2025
Accepted 2 April 2025
Available online
25 May 2025
This article studies the specific features of the pronunciation
of representatives of the Andijan dialect. The pronunciation of
vowels, consonants, and the placement of stress on syllables are
demonstrated with examples. The speech of representatives of
different populations living in the districts of Andijan region
was recorded in audio form, and their differences and
similarities are described.
2181-3701/© 2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss5
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
vowel,
consonant,
dialect,
pronunciation,
incomplete verb.
Andijon shevasi vakillari talaffuzi yuzasidan tahlil
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
unli,
undosh,
sheva,
talaffuz,
to‘liqsiz fe’l.
Ushbu maqolada Andijon shevasi vakillari talaffuzining
o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan. Unlilar, undoshlar
talaffuzi, urg‘uning bo‘g‘inlarga qo‘yilish holatlari misollar bilan
isbotlangan. Andijon viloyati tumanlarida istiqomat qiluvchi
turli aholi vakillari nutqi audio holatda yozib olinib, ularning
farqli va o‘xshash holatlari bayon etilgan.
Анализ произношения представителей андижанского
диалекта
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
гласный,
согласный,
диалект,
произношение,
неполный глагол.
В данной статье рассматриваются особенности
произношения представителей андижанского диалекта. На
примерах
демонстрируется
произношение
гласных,
согласных, постановка ударения в слогах. В аудиозаписи
записана речь представителей разных слоев населения,
проживающих в районах Андижанской области, описаны их
различия и сходства.
1
Assistant Teacher, University of Economics and Pedagogy, Independent Researcher, Uzbekistan State World
Languages University. E-mail: anorasatimboyeva@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
310
O‘zbek tili juda ham boy til, u nafaqat badiiy so‘zlashuv uslubida go‘zal, balki yangi
kirib kelayotgan so‘zlar bilan ham uning salmoqdorligi, xilma-xil bo‘yoqdorligi oshib
bormoqda. Bu borada milly qatlam xususan shevalar alohida ahamiyatga ega. Qadimdan
o‘zbek xalqi madaniyat hamda ma’rifat rivojlangan xalq bo‘lgan, qo‘shni xalqlar bilan
qalin do‘stlik aloqasini o‘rnatgan. Xalqlar do‘stligi ortidan, tillar qorishuvi, g‘oyalar
to‘qnashuvlari, yangi shevalarni paydo bo‘lish holatlari birga kechgan, hamohanglikda
davom etgan. O‘zbek shevalarining Qipchoq lahjasida so‘zlashuvchilar O‘zbekiston
hududining salmoqli qismiga to‘g‘ri keladi. Shu kabi Andijonning ham aksariyat aholisi
qipchoq lahjasida so‘zlashadi. Bunga sabab Andijon viloyatining Qirg‘iziston respublikasi
bilan chegaradoshligi bilan ham belgilanadi. Tarixda ham bu hududda qipchoq lahjasi
vakillari ko‘pchilikni tashkil etgan. Andijonning janubiy-sharqiy hududiga kiruvchi
Qo‘rg‘ontepa, Xo‘jaobod, Jalaquduq tumanlarida qipchoq lahjasida so‘zlashuvchilar
ko‘pchilikni tashkil qiladi va bu hududda lab uyg‘unligi ustunlik qiladi, ushbu xususiyat
bilan u boshqa qipchoq lahjasi vakillari shevalaridan farq qiladi. Ushbu shevada -lak ya’ni
inkor ma’nosini beruvchi qo‘shimcha foydalanishi alohida ahamiyatga ega, ya’ni -
boralak
(bormasligi mumkin)
. Bu qadimda asosan Oltoy hamda Qirg‘iz shevalarida tarqalgan holat
bo‘lgan. Hozirga qadar Qo‘rg‘ontepa (Dardoq, Qo‘rg‘onchek, Qizilto‘qay, Dehqonchek,
Yangiyo‘l), Jalaquduq (Abdullabiy, Ilich, Oxunboboyev, Marks) kabi tumanlarda hali ham
ushbu holat saqlangan.
Andijon shevasi vakillarining talaffuzi adabiy til me’yorlariga juda mos va monand
hisoblanadi. Biroq unlilar soni jihatdan Namangan, Farg‘ona, Marg‘ilon hamda Toshkent
shevalaridan farq qiladi. Ya’ni unlilar soni boshqa shevalardan ko‘ra ko‘proq. Ibrohim
Sobirovning yozishicha Andijon shevasida unli fonemalarning tilning gorizontal
harakatiga bilan belgilanuvchi kontrast juftliklar mavjud va shu sababli singarmonizm
qonuniyati ma’lum darajada saqlangan [2].
Unlilardan
I
unlisiga to‘xtaladigan bo‘lsak, old qator (platal) lablanmagan tor unli
bo‘lib, q, g‘, x undoshi bo‘lmagan hamma bo‘g‘inlarda kelaveradi. Orqa qatori
i
tovushidan
talaffuz jihatdan farq qiladi, shuningdek ma’no ayrish jihatdan ham farq qiladi. Ayrim
undoshlarning so‘zlardagi holatiga ko‘ra boshqacharoq talaffuz qilinishi mumkin.
Shuning uchun ba’zi holatlarda uzun, ayrim holatlarda qisqa talaffuz qilinishi mumkin.
Shuningdek Andijon atrofidagi
Saroy shevasi
vakillari adabiy tilda
ikki
deb talaffuz
qilinuvchi so‘zni
ekki
singari talaffuz etish holatlari uchraydi. Yana qo‘shma son
o‘n
ikki
ning talaffuzida ham
ikki
so‘z bir-biriga qo‘shilib
o‘nek
kabi talaffuz qilinish holatlari
uchraydi. Bu holat nafaqat Andijon balki Samarqand, Jizzax shevalarida ham kuzatilishi
mumkin. Adabiy talaffuzda ehtimol so‘zi
I
tovushiga urg‘u berilgan holda talaffuz etilishi
kerak ammo Andijon shevasida
I
tovushi yarim holida talaffuz qilinadi. Rus tilidan
o‘zlashgan so‘zlardagi
i
unlisi talaffuzi ayrim urg‘uli bo‘g‘inlarda tushib qolsa yoki
urg‘usiz aytilsa (командир-ruscha komandr-Andijon shevasida), ayrim so‘zlarda esa
me’yoridan ortiq cho‘zilish bilan talaffuz qilinadi , masalan
kino
so‘zida.
Ana endi
e
unlisi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, bu unli Andijon shevasida yuqori-
o‘rta ko‘tarilishdagi o‘rta keng unli hisoblanadi [2]. Andijon shevasi talaffuzini tadqiq
etgan Stefan Vurm andijonliklar
e
tovushini
i
ga monand talaffuz qiladi deb katta xatoga
yo‘l qo‘ygan, yani
men, sen
olmoshlari
min, sin
kabi talaffuz qilinadi degan fikrni ilgari
surgan ammo bu haqiqatga xilofdir. Bu borada professor A.K. Borovkov hamda
V.V. Reshetovlar
e
unlisi rus tilidagi
э
tovushiga o‘xshab talaffuz qilinadi deganlar, bu
fikrda esa asos bor. Shuningdek eski andijon shevasi vakillari ayrim rus tilidan kirib
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
311
kelgan so‘zlar talaffuzida qo‘llangan
e
tovushini ba’zida almashtirib ba’zan tushirib
talaffuz qilgan, masalan
тэлэфон
(rus adabiy shakli)
telpon
(Andijon shevasida),
telgrop
(rus adabiy shakli телеграф),
telgrom
(rus adabiy shakli телеграмма).
U
unli tovushi juda ham tor, til oldi lablangan tovushlar qatoriga kiradi. Bunda til
va labning ishtiroki yuqori bo‘lib ayniqsa
ch, sh
, kabi tovushlar bilan yonma yon kelganda
bu holat yanada kuchliroq seziladi. Andijon shevasi vakillarining talaffuzida
u
unlisi
nisbatan biroz farq bilan talaffuz qilinadi. Ya’ni chuqur til orqa
q, g‘, x
tovushlari mavjud
bo‘lgan holatlarda talaffuz qilingandagi holat bilan til o‘rta
g, k
tovushlari bilan talaffuz
qilinganda butkul boshqacha talaffuz qilinadi (
qul-kul, g‘ul-gul, g‘ur-gur, xur-hur).
O
unli tovushi orqa qator, lablanmagan, quyi ko‘tarilishdagi keng unli hisoblanadi.
O
ning talaffuzi ayrim so‘zlarda
a
ga almashinib talaffuz qilinadi. Masalan
oyoq (ayaq),
oyi(aya), oynak(aynak), inoq(inaq).
Shuningdek Andijon shevasida oxiri ochiq bo‘g‘in
bo‘lgan fe’llarga oxiriga q (chuqur til orqa) tovushini qo‘shib fe’l yasalganda, ikkinchi
bo‘g‘indagi
o -a
ga o‘zgarib talaffuz qilinadi, masalan
taroq (taraq), bo‘yoq (bo‘yaq), tarqoq
(tarqaq).
Shuningdek ayrim shevalardan farqli o‘laroq
a
unlisis
o
kabi talaffuz etilishi
ko‘proq uchraydigan holat hisoblanadi. Ya’ni
adash(odash), aldash(oldash), aldamchi
(oldamchi), almash(olmash), arazlash( orozlash), atoqli(otoqli), palapartish (polopartish).
Shuningdek tilshunoslikda cho‘ziq unli tushunchasi ham mavjud, ya’ni ayrim
unlilarning o‘z holicha va yana cho‘zilibroq talaffuz qilish holatlari ham uchraydi buning
natijasida cho‘ziq unlilar paydo bo‘ladi. Masalan teri (hayvon terisi ma’nosida cho‘ziladi),
ter (fe’l, ish-harakat ma’nosida kelganda) cho‘ziq talaffuz qilinmaydi. Turkiy tillarda
cho‘ziq unlining mavjud yoki mavjud emasligi nuqtai nazaridan turli qarashlar mavjud.
Bunda ayrim tilshunos olimlar o‘zbek tilining o‘zida cho‘ziq unli mavjud emasligi, chetdan
kirib kelgan so‘zlarda esa ayrim tovushni qo‘shib talaffuz qilingani sabab, uzun va qisqa
unlilar mavjud ekanligi haqidagi fikrlarni ilgari surganligiga guvohi bo‘lamiz.
K.K. Yudaxin, F.A. Abdullayevlar turkiy tilarda tabiiy cho‘ziq unli bor ekanligini
ta’kidlasalar, M. Ryasanye turkiy tillardagi unlilar cho‘ziqligi bu so‘zni chetdan kirib
kelganini anglatishini aytib o‘tgan. O‘zbek tilinining Xorazm shevasida deyarli har bir
unlining cho‘ziq variant bor.
Andijon shevasidagi
e
unlisi ham ayrim o‘rinlarda cho‘ziq holda talaffuz qilinadi.
Asosan takror kelgan so‘zlarda cho‘zib talaffuz qilinadi. Masalan
ne: -ne: kishilar o‘tib
ketti, yonida xe: miriyam yo‘q.
Shuningdek
u
unlisi ham cho‘ziq talaffuz qilinadi, qachonki
qo‘shma fe’llar birinchisi
o‘qi
va
bermoq
fe’li bilan biriksa nutq jarayonini yengillatish
maqsadida cho‘ziq unli hosil bo‘ladi, masalan:
o‘qib beradi- o‘qu:radi.
Cho‘ziq
o
tovushi o‘zidan keyin kelgan titroq
r
tovushining tushib qolishi sababli
Andijon shevasi vakillari tomonidan cho‘zib talaffuz qilinadi, masalan:
bo:medi(bormedi),
bo:mesan
(bormesan) kabi. Birinchi komponenti a, b, ib komponentlari bilan tugagan
ravishdosh, ikkinchi qismi
ber, ol
kabi so‘zlar bilan tugagan holatlarda
o
tovushi cho‘ziq
tallafuz qilinadi, masala: keto:rdi, kelo:rdi kabi (ketaverdi, kelaverdi). Qo‘shma fe’llarning
yordamchi fe’l qismi
ol
so‘zi bilan birikkan holatlarda
a o
tovushiga o‘zgarib cho‘ziq
tallafuz qilinadi ,masalan:
keta oldi – keto:ldi, bora olaman – boro:laman
. Shuningdek
o
cho‘ziq talaffuz qilinishi holatlari gapga his-hayajon qo‘shilgan vaqtlarda ham kelishi
mumkin.
Undoshlarga to‘xtalsak shevadagi konsonantizm adabiy til me’yorlari bilan bir xil
faqat ayrim tafovutlar bilan farqlanishi mumkin. Andijon shevasi singarmonizm holati
ko‘p uchragani sababli
b
tovushining ba’zida qattiq, ba’zida yumshoq talaffuz qilish
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
312
holatlari uchraydi. Ayrim holatlarda
b
tovushi burun tovushi
m
ga almashinib qo‘llaniladi:
burun-murun, bunda-munda, buni-muni
kabi.
B
tovushi
v
lashish holatlari ham uchraydi,
ya’ni
haybat-hayvat
. Ayrim Andijon shevalarida
e
tovushini
o
kabi talaffuz qilish holatlari
ham uchraydi. Masalan: degan edim (adabiy shakl) – do: dim (Andijon shevasi). Andijon
shevasida
p
ko‘pincha
v
lashish holatlari ham uchraydi. Masalan: topib oldi (adabiy shakl)
– tovvoldi (Andijon shevasi),
chopib oldi
(adabiy shakl)
-chovvoldi
(Andijon shevasi).
Andijon shevasi vakillarining talaffuziga zamonaviy chet tilidan kirib kelgan
so‘zlarning ham ta’siri salmoqli bo‘lib, buni natijasida eski Andijon shevasi bilan hozirgi
Andijon shevalarining ham katta farqi bor. Xususan Baliqchi tumanida istiqomat qiluvchi
sheva vakillarining talaffuzidagi
o
tovushli so‘zlarning
a
ga monand talaffuz qilish holatlari
ko‘p uchraydi. Masalan:
olaqanot (adabiy shakl), olaqanat (Baliqchi tuman shevasi),
shox(adabiy shakl), shax (Baliqchi tuman shevasi), daryo (adabiy shakl), darya (Baliqchi
tuman shevasi).
Urg‘u tushmagan
o‘sha
so‘zidagi
a
tovushi urg‘u tushmaganini hisobiga
i
tovushiga monand qilib talaffuz qilinadi,
o‘sha (adabiy shakl), o‘shi (Baliqchi tuman shevasi).
Shuningdek ikkinchi qismi
qolmoq
so‘zidan iborat bo‘lgan ko‘makchili fe‘llar ham qo‘shib
talaffuz qilish holatlari uchraydi (kelib qolib (adabiy variant), keppolib (Andijon shevasi),
olib qolib (adabiy variant), oppolib (Andijon variant).
Ikkinchi bo‘g‘indagi
I
tovushi yarim
talaffuz qilinadi, masalan:
bering (adabiy shakl), bern (Baliqchi tuman shevasi).
Buloqboshi
tuman shevalarida
e
tovushini talaffuzda tushirib qoldirish holatlari ham uchraydi,
masalan:
degan (adabiy shevada), dgan (Buloqboshi shevasi).
Shuningdek ayrim tovushlar
so‘zlar qo‘shib talaffuz qilganda ham
e
tovushi ko‘proq tushib qolish holatlari uchraydi,
masalan:
o‘sha inson men edim
(adabiy shakl),
o‘sha inson menidim
( Buloqboshi shevasi).
A
unli tovushining
e
unli tovushiga almashtirib talaffuz qilish holatlari ham uchraydi,
masalan:
so‘rab olmaydi
(adabiy shakl),
so‘rab olmedi
(Buloqboshi tuman shevasi). Andijon
shahri shevasida
b
tovushini
v
ga almashinib talaffuz qilish holatlari uchraydi, masalan:
olib
olardim
(adabiy shakl),
olvolardim
(Andijon shevasi),
borib olardim
(adabiy shakl),
borvolardim
(Andijon shahar shevasi). Shuningdek Marhamat tumanida istiqomat qiluvchi
insonlar shevasida
o‘
tovushiga urg‘u berish holati ko‘p uchrab turadi. Shuningdek ushbu
holat Buloqboshi tumani vakillari shevasi uchun ham tanish holat hisoblanadi. Masalan:
o‘sha-o‘sha, bo‘ladi, olavermayman
(adabiy shakl),
olo‘:rmeman
(Marhamat shevasi).
Shahrixon tumani vakillari shevasida ham urg‘u tushmagan
a
tovushini tushirib qoldirish
holatlari ko‘p uchraydi. Masalan:
o‘shanda
(adabiy shakl),
o‘shinda
(Shahrixon shevasi).
Shuningdek Shahrixon shevasi vakillari
o‘
tovushiga urg‘uning ko‘proq qo‘yilishi natijasida
ayrim so‘zlar qisqaradi va tovush tushish holatlari uchraydi:
bo‘laveradi
(adabiy shakl),
bo‘lo‘radi
(Shahrixon shevasi).
Andijon viloyati Bo‘ston tumani vakillari shevasida
l
tovushi tushish holatlari ham
uchraydi, bu nafaqat Bo‘ston, balki Buloqboshi, Marhamat, Asaka va yana shuningdek
yana bir necha tumanlar shevalariga xos holat hisoblanadi, masalan:
bo‘lgan
(adabiy
shakl),
bo‘gan
(Andijon shevasi). Oxiri ochiq bo‘g‘in bo‘lgan so‘zlarda
u
tovushi yarim
I
tovushiga o‘zgarish holati uchraydi. Masalan:
bu yil
(adabiy shakl),
biyil
(Andijon shevasi).
Jalaquduq tumani vakillari shevalari talaffuzida
o
unli tovushining
a
unlisiga
almashinib qo‘llash holatlari uchraydi, masalan: yo‘qolib qolganman (adabiy shakl),
yo‘qalib qolganman
(Jalaquduq shevasi). Shuningdek birgina Jalqauduq emas balki
Andijonning ko‘plab hududlari vakillari shevasida chetdan kirib kelgan so‘zlarni ayrim
tovushlarini tushirib ketish holati uchraydi, masalan:
melitsiya
(adabiy shakl),
melisa
(Andijon shevasi). Jalaquduq tumani vakillari talaffuzidagi
a
tovushi
i
ga monand talaffuz
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
313
qilish holatlari uchraydi, masalan:
yashayman
(adabiy shakl),
yashiyman
(Jalaquduq
shevasi),
ishlaydi
(adabiy shakl),
ishlidi
(Jalaquduq tumani), Shuningdek ushbu tuman
shevasi vakillarida ko‘makchi fe’lli birikmalarda ikki fe’lni qo‘shib talaffuz qilish holatlari
ko‘p takrorlanadi:
bo‘lib qolgan
(adabiy shakl),
bo‘pqogan
(Andijon shevasi),
bilib olish
(adabiy shakl),
bilvolish
(Andijon shevasi). Baliqchi tumani vakillari shevasida bo‘lmoq fe’li
eng ko‘p fonetik o‘zgarishga uchrovchi fe’l hisoblanadi, masalan:
bo‘lgan
(adabiy shakl),
bo‘gan
(Baliqchi tuman shevasi). Baliqchilik insonlar
shu yerda
so‘zini
shetta
deb talaffuz
qilish holatlari ham uchraydi. Marhamat tumani vakillari shevasida barcha so‘zlar og‘iz
apparatining oldi qismida talaffuz qilish holatlari aksariyat holatlarida uchraydi. Bunda
ko‘proq
o, u, i
tovushlariga urg‘u tushadi va ko‘p so‘zlar shunga monand talaffuz qilinadi.
Til oldi titroq
r
tovushi, til oldi
n
tovushiga monand almashinib qo‘llash holatlari uchraydi,
masalan: biror joy (adabiy shakl), biron joy (Marhamat tumani shevasi).
Baliqchi tumani vakillari talaffuzida aksariyat so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘inidagi
a
tovushini
e
ga almashinib qo‘llash holatlari ko‘p uchraydi. Masalan:
bag‘ishlaydi
(adabiy
til),
bag‘ishledi
(Baliqchi tuman shevasi).
Andijon shevasi vakillarining talaffuzida so‘zning oxirigi bo‘g‘iniga urg‘u qo‘yib
talaffuz qilish holatlari ko‘p uchraydi. Bunda asyniqsa Asaka tumani vakillari shevalarida
ushbu holatni ko‘p uchratish mumkin. Masalan: o‘ynar edim, qolar edim, borar edim
so‘zlarini oxirgi bo‘g‘inlariga urg‘u tushirib qo‘yish holatlari ko‘p uchraydi. Shuningdek
Asaka tumani vakillari talaffuzida edi, emish, emas to‘liqsiz fe’llarining o‘zidan oldingi
kelgan so‘zlar bilan qo‘shib talaffuz qilish holatlari ko‘p uchraydi. Masalan: ayamas edim
(adabiy shakl), ayamasdim (Asaka shevasi), kerak emas (adabiy shakl), keremas (Asaka
shevasi). Asaka tumani shevasi vakillari talaffuzida ikkinchi bo‘g‘indagi
a
unli tovushini
e
ga monand almashinib talaffuz qilish holatlari uchraydi: ayashmaydi (adabiy til),
ayashmedi (Asaka shevasi). Shuningdek adabiy shakldagi
keyin
so‘zini
kegin
tarzida
talaffuz qilish holatlari uchraydi. Nafaqat Asakaliklar shevasida balki butun Andijon
shevasi vakillarida
mening
egalik olmoshining aytilishida oxirgi
ng
tovushi tushish
holatlari uchraydi. Orzu, obro‘ so‘zlarining ikkinchi bo‘g‘iniga
y
tovushini qo‘shib talaffuz
qilish holatlari ko‘p uchraydi. Asakaliklar
o‘qib turgan
yoki
o‘qiyotgan
so‘zini
o‘qiyapturgan
kabi talaffuz qiladilar.
Xulosa o‘rnida Andijonning ko‘plab tumanlari vakillari talaffuzini taftish
qilganimizda deyarli barcha tumanlar uchun umumiy jihat bu asosiy tovushlar og‘izning
oldi qismida talaffuz qilinadi. Shuningdek qo’shma fe’llar qo‘shib talaffuz qilinishi
natijasida tovush tushish holatlari ko‘p bo‘ladi. Deyarli barcha Andijon viloyati tumanlari
shevalari vakillari nutqida urg‘u ikkinchi bo‘g‘inga tushadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Anarbayeva Marifatxon Murodiljonovna.
Andijon Turk-Barloslari Shevasining
O‘ziga xos (fonetik, leksik va morfologik) xususiyatlari
. Miasto Przyszłości Kielce 2024
Impact Factor: 9.9 ISSN-L: 2544-980X.
2.
Ibrohimov. S.
O’zbek tilining Andijon shevasi
. 14-bet. “Fan” nashriyoti. Toshkent 1967.
3.
Jahongirova (Mahmudova) Diyoraxon Bahodirjon qizi.
Andijon viloyatidagi
tojikqishloq shevsi bo‘yicha ayrim mulohazalar.
Research focus | volume 2 | issue 5 | 2023
issn: 2181-3833 Research Bip (14) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3),53-67 B, 57-b.
4.
Satimboyeva O.A.
Tilshunoslar tadqiqotlarida interferensiya nazariyasi, fonetik
interferensiya.
Xorazm Maʼmun akademiyasi axborotnomasi: ilmiy jurnal.-№2/4 (123),
Xorazm Maʼmun akademiyasi, 2025 y. – 439 b. – Bosma nashrning elektron varianti –
https://www.mamun.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
314
5.
Satimboyeva Onorxon Anvarjon qizi.
The role of uzbek dialects on pronunciation
of English language,problems and solutions
. American journal of multidisciplinary bulletin
ISSN: 2996-511X (online) | ResearchBib (IF) = 9.512 IMPACT FACTOR Volume-1| Issue-
2| 2024 Published: |25-08-2024|.
6.
lex.uz.
