Авторы

  • Бобур Ахмедов
    Магистрант, Международный Университет Нордик

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.123786

Ключевые слова:

современный лидер имидж этика поведение профессионализм открытое общение стратегия стиль управления интеллект коммуникация

Аннотация

В данной статье анализируется процесс формирования социального образа руководителя и факторы, влияющие на этот процесс. В частности, рассматривается, как формируется социальный образ руководителя на основе таких компонентов, как индивидуальные и профессиональные качества личности руководителя, роль средств массовой информации, культурные и национальные особенности, социальные ожидания и общественное мнение.  Отмечается, что при формировании имиджа руководящих кадров такие факторы, как способность руководителя принимать решения, креативное мышление, хорошие отношения с коллективом, одним словом, сильные лидерские качества, являются одной из основных составляющих имиджа.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Distinctive features in shaping the social image of a leader

Bobur AKHMEDOV

1

Nordic International University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2025
Received in revised form
10

April 2025

Accepted 2 April 2025
Available online
25 May 2025

This article analyzes the process of forming a leader's social

image and the factors influencing this process. Specifically, it

highlights how a leader's social image is shaped based on

components such as the individual and professional qualities of
the leader's personality, the role of mass media, cultural and

national characteristics, social expectations, and public opinion.

In developing the image of managerial personnel, it is noted

that factors such as a leader's ability to make decisions, think
creatively, maintain good relationships with the team - in other

words, possessing strong leadership abilities - constitute one of

the main aspects of image formation.

2181-3701/© 2025 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss5

/S

-pp329-332

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

modern leader,
image,

ethics,
conduct,
professionalism,
open communication,

strategy,
management style,
intellect,

communication.

Rahbar ijtimoiy obrazini shakllantirishdagi o‘ziga
xosliklar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

zamonaviy rahbar,
imij,

etika,
xulq-atvor,
professional,

ochiq muloqot,
strategiya,
boshqaruv uslubi,

intellekt,
kommunikatsiya.

Mazkur maqolada rahbar ijtimoiy obrazining shakllanish

jarayoni va bu jarayonga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi.
Xususan, rahbar shaxsining individual va kasbiy sifatlari,

ommaviy axborot vositalari roli, madaniy va milliy xususiyatlar,

ijtimoiy kutishlar va jamoatchilik fikri kabi komponentlar

asosida rahbarning ijtimoiy obrazi qanday shakllanishi
yoritiladi. Rahbar kadrlarni imijini shakllantirishda rahbar

qaror qabul qila olishi, kreativ fikrlashi, jamoa bilan yaxshi

munosabatda bo’lishi bir so‘z bilan aytganda liderlik qobiliyati

kuchli bo‘lishi kabi omillar imijning asosiy shakllaridan biri
ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.

1

Master degree student, Nordic International University.

E-mail: ahmedovbobur874@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

330

Особенности формирования социального образа

руководителя

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

современный лидер,
имидж,
этика,
поведение,

профессионализм,
открытое общение,
стратегия,

стиль управления,
интеллект,
коммуникация.

В данной статье анализируется процесс формирования

социального образа руководителя и факторы, влияющие на

этот процесс. В частности, рассматривается, как формируется

социальный образ руководителя на основе таких
компонентов, как индивидуальные и профессиональные

качества личности руководителя, роль средств массовой

информации, культурные и национальные особенности,
социальные ожидания и общественное мнение. Отмечается,
что при формировании имиджа руководящих кадров такие

факторы, как способность руководителя принимать

решения, креативное мышление, хорошие отношения с

коллективом, одним словом, сильные лидерские качества,
являются одной из основных составляющих имиджа.


Rahbarning ijtimoiy obrazi uning boshqaruvdagi samaradorligi va tashkilotdagi

mavqeini belgilovchi muhim omildir. Rahbar obrazining shakllanishi nafaqat uning
shaxsiy xususiyatlari, balki jamiyat va tashkilotdagi o‘zaro munosabatlar bilan ham
chambarchas bog‘liqdir. Bu jarayon ko‘plab omillar va o‘ziga xosliklarni o‘z ichiga oladi,
ular rahbarning yetakchilik qobiliyati va kommunikativ salohiyatini belgilaydi.
Zamonaviy boshqaruv tizimlarida rahbar imiji o‘zining muhimligini bilan ajralib turadi.
Tashkilotdagi rahbarning imiji uning ish faoliyatiga, jamoadagi ta’siriga va tashkilotning
umumiy muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir qiladi. “Rahbar imijining shakllanishi faqat tashqi
ko‘rinish yoki kiyim tanlovi bilan cheklanmaydi, balki uning xulq-atvori, qarorlar qabul
qilish uslubi, kommunikatsiya usullari va boshqaruv qobiliyatlarini ham o‘z ichiga
oladi”[1].

Rahbar obrazini shakllantiruvchi asosiy omillar: a) shaxsiy fazilatlar-halollik,

mas’uliyatlilik, kommunikativlik, liderlik qobiliyati, qaror qabul qilishdagi qat’iylik bular
rahbarning ijtimoiy obrazida hal qiluvchi rol o’ynaydi, b) ommaviy axborot vositalari roli
– televideniye, internet, ijtimoiy tarmoqlar orqali rahbarning faoliyati, nutqlari,
tashabbuslari yoritilishi jamiyat ongida unga nisbatan ijobiy yoki salbiy obrazning
shakllanishiga olib keladi, c) milliy va madaniy omillar – har bir jamiyatda rahbar
shaxsiga qo‘yiladigan talablar mavjud. Masalan, Sharq jamiyatlarida rahbardan adolat,
kamtarlik va mehr-muruvvat kutilsa, G’arbda samaradorlik, pragmatism va innovatsion
yondashuv afzal ko‘riladi, d) Ijtimoiy kuzatishlar – jamiyat rahbardan nafaqat
boshqaruvchilik, balki ma’naviy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishni, muammolarga yechim topishni,
adolat bo‘lishni kutadi. Rahbar imiji, birinchi navbatda, rahbarning tashqi ko‘rinishi,
xulq-atvori, boshqaruv uslubi va ularga bo‘lgan munosabatlar orqali tashkilotdagi o‘rnini
belgilaydi. Bu esa rahbarning samarali boshqaruv uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarni o‘z
ichiga oladi. Rahbar imijining shakllanishi boshqaruv jarayonining samaradorligini
oshiradi va tashkilot ichidagi ishonchni mustahkamlaydi. Imij nafaqat tashqi ko‘rinishni,
balki rahbarning boshqaruv strategiyalarini, qarorlar qabul qilish uslublarini,
kommunikatsiya usullarini ham o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, rahbarning o‘ziga bo‘lgan


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

331

ishonchi va jamoaga nisbatan mehr-muhabbati uning imidjini shakllantiradigan asosiy
omillardan biridir. Rahbar ijtimoiy obrazining shakllanishidagi asosiy o‘ziga xosliklardan
biri — uning kommunikativ ko‘nikmalari hisoblanadi. “Samarali aloqa rahbarga xodimlar
bilan mustahkam ishonch va o‘zaro hurmat muhitini yaratishga yordam beradi” . Shu
bilan birga, rahbarning jamoaviy faoliyatdagi roli, uning tashabbuskorligi va mas’uliyatni
o‘z zimmasiga olish qobiliyati uning ijtimoiy obrazini yanada mustahkamlaydi.
Avvalambor “rahbarlarning emotsional intellekti yuqori bo‘lishi kerak. Bu, ularning o‘z
xulq-atvorlarini nazorat qilish, jamoa a’zolarining his-tuyg‘ularini tushunish va samarali
aloqalarni o‘rnatishda yordam beradi. Emotsional intellekt rahbarning kuchli imijini
yaratish uchun zarur bo‘lgan xususiyat hisoblanadi”[2]. Zamonaviy rahbarlar, o‘z
jamoalariga mas’uliyatli yondashuvni ko‘rsatib, ijtimoiy mas’uliyatni his qilishlari zarur.
Ularning imiji ijtimoiy qadriyatlar va tashkilotning ijtimoiy mas’uliyatini qabul qilish
orqali yanada mustahkamlanadi. Rahbar inson o‘z qarorlarini ochiq va shaffof qilishi
zarur. Bu rahbarning imijini mustahkamlashga yordam beradi va jamoaning ishonchini
oshiradi. “Zamonaviy boshqaruvda shaffoflik nafaqat ichki, balki tashqi muloqotlarda
ham katta ahamiyatga ega”[3]. Rahbar imijini shakllantirishning asosiy elementlari bu
tashqi ko‘rinish va xulq-atvordir. Zamonaviy rahbarning tashqi ko‘rinishi professional va
tartibli bo‘lishi kerak. Kiyim-kechak va jismoniy holat rahbarning jamoa tomonidan
qanday qabul qilinishiga ta’sir qiladi. Shuningdek, rahbarning xulq-atvori uning jamoa
a’zolari bilan bo‘lgan munosabatini belgilaydi. Samimiylik, hurmat va etikaga asoslangan
xulq-atvor rahbarning imijini yaratib beradi. Rahbar uchun eng muhim belgilardan yana
biri aniq qaror qabul qila olishdir. Zamonaviy rahbarlar samarali va mantiqiy qarorlar
qabul qilishda yuqori ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim. Boshqaruvda, rahbarning
aniqlik bilan qarorlar qabul qilish qobiliyati uning imijini mustahkamlab beradi.
Rahbarlar o’zaro muloqot jarayonida o‘z fikrlarini aniq va samarali tarzda ifodalashlari
kerak. Ijobiy va ochiq muloqot rahbarning jamoaga qanday ta’sir qilishini belgilaydi. Bu,
ayniqsa, rahbarning imijini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan omil
hisoblanadi.

“Rahbar imijini shakllantirishdagi asosiy strategiyalar: O‘z-o‘zini tahlil qilish, yangi

bilimlar va tajriba orttirish, jamoa bilan ochiq muloqot qila olishdir” . Rahbarning imijini
yaratishda birinchi qadam o‘z-o‘zini tahlil qilishdan boshlaydigan bo’lsak, bu rahbar
o‘zini kuchli va zaif tomonlarini anglash, shuningdek, ularni qanday rivojlantirishni
aniqlashni talab qiladi. Zamonaviy rahbarlar doimiy ravishda o‘z malakalarini oshirib,
yangi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur. Bu, rahbarning o‘z imijini rivojlantirishga yordam
beradi va boshqaruv uslublarini zamonaviy talablar asosida yangilashni ta’minlaydi.
Rahbar imijini shakllantirishda jamoa bilan samarali muloqot qilish ham muhim rol
o‘ynaydi. Jamoa bilan ochiq aloqada bo‘lish, ularning fikrlarini tinglash va o‘zgarishlarga
moslashish rahbarning ishonchli imijini yaratishga yordam beradi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, rahbar ijtimoiy obrazining shakllanishi ko‘plab

o‘ziga xosliklarni o‘z ichiga oladi – bu nafaqat uning shaxsiy fazilatlari va boshqaruv
uslubiga, balki ommaviy axborot vositalaridagi yoritilishiga, madaniy qadriyatlarga va
jamoatchilik kutishlariga bog‘liq murakkab jarayondir, jumladan, kommunikativ
qobiliyatlar, professional bilim, boshqaruv tajribasi va axloqiy tamoyillar ham shular
jumlasidandir. Ushbu omillar rahbarga jamoa ichida yetakchi sifatida o‘z o‘rnini
mustahkamlashga va tashkilotning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishga imkon
beradi. Zamonaviy jamiyatda rahbar shunchaki boshqaruvchi emas, balki jamiyat uchun


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

332

namuna bo‘lishi lozim. Shuning uchun rahbarlar o‘z ijtimoiy obrazini ongli ravishda
shakllantirishlari va rivojlantirishlari muhimdir. Shu bilan birga, rahbarning ijtimoiy
mas’uliyatini his etishi va ijtimoiy qadriyatlarni qabul qilishi uning imijini
mustahkamlashga yordam beradi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Goleman, D. (1995). Emotional Intelligence: Why It Can Matter More Than IQ.

Bantam Books.

2. Kotter, J. P. (1996). Leading Change. Harvard Business Review Press.
4. Northouse, P. G. (2018). Leadership: Theory and Practice (8th ed.). Sage

Publications.

5. Yukl, G. (2013). Leadership in Organizations Pearson.
6. Zenger, J., & Folkman, J. (2002). The Extraordinary Leader: Turning Good

Managers into Great Leaders. McGraw-Hill.

Библиографические ссылки

Goleman, D. (1995). Emotional Intelligence: Why It Can Matter More Than IQ. Bantam Books.

Kotter, J. P. (1996). Leading Change. Harvard Business Review Press.

Northouse, P. G. (2018). Leadership: Theory and Practice (8th ed.). Sage Publications.

Yukl, G. (2013). Leadership in Organizations Pearson.

Zenger, J., & Folkman, J. (2002). The Extraordinary Leader: Turning Good Managers into Great Leaders. McGraw-Hill.