Авторы

  • Севара Таирова
    Студентка, Самаркандский государственный институт иностранных языков
  • Санжар Турсункулов
    PhD, Самаркандский государственный институт иностранных языков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.133385

Ключевые слова:

современные педагогические технологии немецкий язык самостоятельное мышление интерактивный метод обучение на основе задач цифровые платформы инновационный подход критическое мышление

Аннотация

В статье анализируются вопросы развития самостоятельного мышления студентов и учащихся в процессе обучения немецкому языку с использованием современных педагогических технологий. Освещены возможности формирования самостоятельного мышления с помощью интерактивных методов, цифровых платформ, обучения на основе задач, упражнений, основанных на многосторонней коммуникации. В статье также приводятся практические примеры и рекомендации с реальных уроков.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Developing independent thinking skills using modern
pedagogical technologies

Sevara TAIROVA

1

, Sanjar TURSUNKULOV

2


Samarkand State Institute of Foreign Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2025

Received in revised form
10

April 2025

Accepted 2 April 2025
Available online

25 May 2025

This article analyzes the issues of developing independent

thinking skills of students and pupils in the process of teaching

the German language using modern pedagogical technologies.

The possibilities of forming independent thinking through

interactive methods, digital platforms, task-based teaching, and
exercises based on multilateral communication are highlighted.

The article also provides practical examples and

recommendations from real lessons.

2181-3701

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss5

/S

-pp4

72-476

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

modern pedagogical

technologies,

German language,
independent thinking,

interactive method,

task-based teaching,

digital platforms,

innovative approach,

critical thinking.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida mustaqil

fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish

ANNOTATSIYA

Калит сўзлар:

zamonaviy pedagogik
texnologiyalar,

nemis tili,

mustaqil fikrlash,

interaktiv metod,
topshiriqqa asoslangan

o‘qitish,

raqamli platformalar,
innovatsion yondashuv,
tanqidiy fikrlash.

Ushbu maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalar

yordamida nemis tili ta’limi jarayonida talabalar va
o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish

masalalari tahlil etilgan. Interaktiv metodlar, raqamli

platformalar, topshiriq asosida o‘qitish, ko‘p tomonlama

muloqotga asoslangan mashg‘ulotlar orqali mustaqil fikrlashni

shakllantirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, maqolada
real dars jarayonidan olingan amaliy misollar va tavsiyalar

keltirilgan.

1

Student, Samarkand State Institute of Foreign Languages.

2

PhD, Samarkand State Institute of Foreign Languages.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

5 (2025) / ISSN 2181-3701

473

Развитие навыков самостоятельного мышления с
использованием

современных

педагогических

технологий

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

современные

педагогические

технологии,

немецкий язык,
самостоятельное

мышление,
интерактивный метод,
обучение на основе задач,

цифровые платформы,
инновационный подход,
критическое мышление

.

В

статье

анализируются

вопросы

развития

самостоятельного мышления студентов и учащихся в

процессе обучения немецкому языку с использованием

современных педагогических технологий. Освещены
возможности формирования самостоятельного мышления
с помощью интерактивных методов, цифровых платформ,

обучения на основе задач, упражнений, основанных на

многосторонней

коммуникации.

В

статье

также

приводятся практические примеры и рекомендации с
реальных уроков.



KIRISH

Bugungi kunda ta’lim sohasida yuz berayotgan islohotlar, raqamli

texnologiyalarning keng joriy etilishi va zamonaviy yondashuvlarning ahamiyati

pedagogik jarayonga yangicha qarashni taqozo etmoqda. Ayniqsa, chet tillarini o‘qitishda
mustaqil va tanqidiy fikrlovchi, o‘z fikrini erkin bayon eta oladigan shaxslarni tarbiyalash

dolzarb

masalalardan biridir. Nemis tili o‘qitilishi misolida bu jarayonni yanada samarali

tashkil etish uchun interaktiv va innovatsion metodlardan keng foydalanish lozim.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interaktiv metodl

ar chet tillarini o‘qitishda

mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning muhim vositasi sifatida keng
o‘rganilmoqda. Vygotsky (1978) o‘zining konstruktivistik nazariyasida o‘quvchilarning

bilimni faol ravishda qurishini va ijtimoiy muloqot orqali o

‘rganishini ta’kidlaydi. Uning

“Mind in Society” asarida keltirilgan proksimal rivojlanish zonasi tushunchasi interaktiv
metodlarning o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rag‘batlantirishdagi ahamiyatini
ko‘rsatadi. Bu nemis tili o‘qitilishida o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlikda ishlashi va
muammolarni mustaqil hal qilishi uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Richards va Rodgers (2014) “Approaches and Methods in Language Teaching”

asarida kommunikativ yondashuvni chet til o‘qitishning samarali usuli sifatida
ta’kidlaydilar. Ushbu yondashuv real hayotiy muloqotga urg‘u berib, o‘quvchilarni faqat

grammatik qoidal

arni yodlashdan ko‘ra, tilni amaliy kontekstda qo‘llashga undaydi.

Nemis tili o‘qitilishida bu yondashuv, masalan, rolli o‘yinlar va topshiriqqa asoslangan
mashg‘ulotlar orqali talabalarni mustaqil fikrlashga yo‘naltiradi.

Brown (2007) o‘zining “Principles

of Language Learning and Teaching” asarida

chet tilini o‘rganishda motivatsiya va o‘quvchilarning faolligining ahamiyatini ta’kidlaydi.

Uning fikricha, interaktiv metodlar, xususan, raqamli vositalar (masalan, Quizlet, Kahoot)
talabalarni dars jarayoniga

jalb qilishda muhim rol o‘ynaydi. Bu vositalar nemis tilini

o‘rganishda so‘z boyligini oshirish va grammatik tuzilmalarni mustaqil ravishda tahlil

qilish imkonini beradi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

5 (2025) / ISSN 2181-3701

474

O‘zbekistonda olib borilgan tadqiqotlarda, masalan, Sattorova (2020) “Innovatsion

ped

agogik texnologiyalar” asarida zamonaviy texnologiyalarning chet til o‘qitishdagi

o‘rni tahlil qilinadi. U raqamli platformalar va interaktiv metodlar o‘quvchilarning
mustaqil izlanish qobiliyatini oshirishini ta’kidlaydi. Shuningdek, Abdukarimov (2021)
“Chet tilini o‘qitishda interaktiv metodlardan foydalanishning dolzarbligi” maqolasida
o‘zbek ta’lim tizimida interaktiv metodlarni joriy etishning afzalliklari va qiyinchiliklarini
muhokama qiladi. Bu tadqiqotlar nemis tili o‘qitilishida interaktiv metodlar

ni mahalliy

kontekstga moslashtirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Xalqaro miqyosda Goethe

-Institut

(n.d.) tomonidan taqdim etilgan “Deutsch lernen” platformasi nemis tilini o‘rganishda
raqamli resurslarning muhimligini ta’kidlaydi. Ushbu platforma o‘quvchil

arga mustaqil

ravishda mashq qilish va madaniy kontekstni o‘rganish imkonini beradi, bu esa mustaqil

fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladi. Umuman olganda, adabiyotlar tahlili shuni

ko‘rsatadiki, zamonaviy interaktiv metodlar nemis tili o‘qitilishida n

afaqat til bilish

darajasini oshiradi, balki o‘quvchilarning tanqidiy va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini

ham rivojlantiradi.

Ushbu tadqiqot nemis tili o‘qitilishida zamonaviy interaktiv metodlar orqali

mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, sifatli va

miqdoriy tadqiqot usullarining kombinatsiyasidan foydalanadi.

Tadqiqot amaliy va deskriptiv xarakterga ega bo‘lib, nemis tili darslarida interaktiv

metodlarning samaradorligini sinovdan o‘tkazishga asoslanadi. Tadqiq

ot Samarqand

davlat chet tillar institutining nemis tili talabalari (A2-B1 darajasi) ishtirokida olib

borildi. Tadqiqot jarayonida quyidagi metodlar qo‘llanildi:

Eksperimental usul:

Nemis tili darslarida interaktiv metodlar (rolli o‘yinlar,

raqamli platformalar, topshiriqqa asoslangan o‘qitish) sinovdan o‘tkazildi. Masalan,
talabalar “Nemis tilida restoran

dialogi” rolli o‘yinini o‘tkazdilar, bu ularning mustaqil

ravishda s

o‘zlashuv va muammoni hal qilish qobiliyatini oshirdi.

“Deutschland entdecken” loyihasi doirasida talabalar mustaqil ravishda Germaniya

shaharlari haqida ma’lumot to‘plab, taqdimot tayyor

ladilar.

Sifatli tahlil:

Talabalarning darsdagi faolligi va mustaqil

fikrlash ko‘nikmalari

o‘qituvchilar tomonidan kuzatildi. Kuzatuvlar “Fikrlar daraxti” usuli va kognitiv savollar

asosidagi muhokamalar orqali amalga oshirildi. Talabalardan mini-esse yozi

sh so‘raldi

(masalan, “Ich bin Lehrer/Lehrerin” mavzusida), ularning yozma shaklda o‘z fikrlarini

mustaqil ravishda ifodalash qobiliyati tahlil qilindi.

1. Mustaqil fikrlash ko‘nikmasining ahamiyati

. Mustaqil fikrlash

bu o‘quvchining

muammoga o‘z nuqtai

nazaridan yondashib, yechim topa olishi, mulohaza yuritishi va

qaror

qabul qilish qobiliyatidir. Nemis tili o‘qitilishida bu ko‘nikmani shakllantirish

grammatik bilimlarni qo‘llash, muloqotga kirishish va madaniy tafakkurni

rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.

2. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash usullari

a) Interaktiv metodlar
Talabalarni dars jarayoniga faol jalb etuvchi, ularning fikrlash faoliyatini

rag‘batlantiruvchi metodlar:

Rol o‘yinlari (Rollenspiele): O‘quvchilar nemis tilida kund

alik hayotiy vaziyatlarni

canlandırish orqali mustaqil fikrlashni mas

hq qiladilar.

“Fikrlar daraxti” usuli: Ma’lum bir mavzu asosida o‘quvchilar savollar beradi,

taxminlar bildiradi va ularga asosli javoblar izlaydi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

5 (2025) / ISSN 2181-3701

475

b) Raqamli texnologiyalar
Multimedia re

surslari yordamida darsni jonlantirish va o‘quvchini mustaqil

izlanishga undash:

Quizlet, Duolingo, Kahoot: Til o‘rganish jarayonini interaktivlashtirib, mustaqil

ravishda so‘z boyligini oshirish imkonini beradi.

Padlet yoki Google Jamboard: O‘quvchilar o‘z g‘oyalarini virtual taxtada baham

ko‘rib, bir

-biri bilan tahliliy muhokama olib boradilar.

c) Topshiriqqa asoslangan o‘qitish (TBLT)

O‘quvchilar real hayotga yaqin topshiriqlarni bajarish orqali mustaqil qaror qabul

qilish va o‘z fikrini ifodalashga o‘

rganadilar.

Misol: “Nemis tilida safar rejasini tuzish” vazifasi orqa

li talabalar transport,

mehmonxona, ovqatlanish joylari va diqqatga sazovor maskanlar haqida mustaqil
axborot izlaydi va taqdimot tayyorlaydi.

d) Kognitiv savollar asosidagi bahs-munozara

“Nima uchun” va “agar” savollarini ishlatish: Bu usul talabalarning

sabab-oqibatni

anglash va alternativ fikrlarni ilgari surish qobiliyatini oshiradi.

3. Nemis tili misolida amaliy tajribalar

“Ich bin Lehrer/Lehrerin” mavzusida mini

-esse yozish orqali ta

laba o‘zining kasb

tanlovi haqida mustaqil fikr bildiradi.

“Deutschland entdecken” loyihasi doirasida o‘quvchilar Germaniyadagi

shaharlardan birini tanlab, u haqida mustaqil ma’lumot to‘playdi va sinfda taqdimot
o‘tkazadi.

4. Muammolar va yechimlar

Muammo

Yechim

Ba’zi

o‘quvchilar

passiv

qatnashadi

Faollashtiruvchi usullar

(gruppaviy ish, rag‘batlantirish)

joriy etish

Texnologik

vositalarning

yetishmasligi

Past texnologiyali interaktiv usullardan foydalanish

(kartochkalar, rolli o‘yinlar)

Grammatik murakkabliklar

Darsni kichik mantiqiy qismlarga bo‘lish, vizual

materiallardan foydalanish


XULOSA

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida nemis tili ta’limida mustaqil

fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish v

a rivojlantirish dolzarb va zaruriy vazifalardan

biridir. Mustaqil fikrlash

bu o‘quvchilarning faqat til bilimlarini egallash bilan

cheklanmasdan, balki olgan bilimlarini tahlil qilish, qo‘llash, yangi g‘oyalar ilgari surish va

qarorlar qabul qilish qobi

liyatidir. Bunday ko‘nikmalarni rivojlantirishda interaktiv

metodlar, topshiriqqa asoslangan o‘qitish, raqamli texnologiyalar va kognitiv
yondashuvlar samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot davomida “rol o‘yinlari”,
“fikrlar daraxti”, “Deutschland entdecken” loyihasi, mini

-esse yozish, Quizlet, Padlet,

Jamboard kabi vositalar orqali o‘quvchilarning fikrlash faolligi oshgani, ular mustaqil
tarzda ma’lumot izlashga, o‘z fikrini bayon qilishga va tanqidiy yondashuvni

rivojlantirishga intilgani kuzatildi. Ayniqsa, real hayotga yaqin topshiriqlar ularni faol va
ongli ishtirokchi sifatida dars jarayoniga jalb qildi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

5 (2025) / ISSN 2181-3701

476

Shuningdek, ayrim muammolar

o‘quvchilarning passivligi, texnologik

vositalarning yetishmasligi va grammatik murakkabliklar

aniqlanib, ularni bartaraf

etish bo‘yicha aniq yechimlar taklif qilindi. Jumladan, past texnologiyali interaktiv
metodlar, rag‘batlantirish mexanizmlari va vizual materiallardan foydalanish kabi
strategiyalar tavsiya etildi. Umuman olganda, mazkur maqola ta’lim jarayonig

a

zamonaviy yondashuvlarni integratsiya qilish orqali nafaqat til o‘rganish samaradorligini
oshirish, balki o‘quvchilarda hayotiy muammolarni hal qilish va mustaqil fikrlash
ko‘nikmalarini shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega. Shu bois, nemis tili ta’

limida

innovatsion texnologiyalar va metodik yondashuvlar bilan ishlash kelajakda

raqobatbardosh, ijodkor va ongli fikrlovchi yoshlarni tarbiyalashda asosiy omil bo‘lib

qoladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Vygotsky, L.S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological

Processes. Harvard University Press.

2. Richards, J. C., & Rodgers, T. S. (2014). Approaches and Methods in Language

Teaching. Cambridge University Press.

3. Goethe-Institut. (n.d.). Deutsch lernen. https://www.goethe.de
4. Brown, H. D. (2007). Principles of Language Learning and Teaching. Pearson

Education.

5. Sattorova, D.X. (2020). “Innovatsion pedagogik texnologiyalar”. Toshkent: O‘zMU

nashriyoti.

6. Abdukarimov, A. (2021). “Chet tilini o‘qitishda interaktiv metodlardan

foydalanishning dolzarbligi”,

Filologiya masalalari, 1(2), 45

49.

7. АНОРҚУЛОВ, С. И. (2019). FEATURES OF THE STRUCTURE OF THE TOPONYMS

OF GERMAN AND UZBEK LANGUAGES. Иностранные языки в Узбекистане, (1), 171

-

178.

8. Kholikov, B. A. 1-

sho ‘ba THE LANGUAGE OF FANTASY: LINGUISTIC FEATUR

ES

IN MYTHOLOGICAL AND FANTASY LITERATURE. ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM

JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR INTEGRATSIYASI, 17.

Библиографические ссылки

Vygotsky, L.S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Harvard University Press.

Richards, J. C., & Rodgers, T. S. (2014). Approaches and Methods in Language Teaching. Cambridge University Press.

Goethe-Institut. (n.d.). Deutsch lernen. https://www.goethe.de

Brown, H. D. (2007). Principles of Language Learning and Teaching. Pearson Education.

Sattorova, D.X. (2020). “Innovatsion pedagogik texnologiyalar”. Toshkent: O‘zMU nashriyoti.

Abdukarimov, A. (2021). “Chet tilini o‘qitishda interaktiv metodlardan foydalanishning dolzarbligi”, Filologiya masalalari, 1(2), 45–49.

АНОРҚУЛОВ, С. И. (2019). FEATURES OF THE STRUCTURE OF THE TOPONYMS OF GERMAN AND UZBEK LANGUAGES. Иностранные языки в Узбекистане, (1), 171-178.

Kholikov, B. A. 1-sho ‘ba THE LANGUAGE OF FANTASY: LINGUISTIC FEATURES IN MYTHOLOGICAL AND FANTASY LITERATURE. ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR INTEGRATSIYASI, 17.