Авторы

  • Шохиста Зоитова
    Старший преподаватель, Узбекский государственный университет мировых языков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.133391

Ключевые слова:

Топонимика ойконим урбоним гидроним названия мест ономастика лингвистика лексико-семантическая классификация исторические названия этнографическая информация

Аннотация

В данной статье анализируются присвоение наименований топонимическим объектам, их изменение, правовые и научные основы, а также культурно-духовное значение топонимов. Классификация топонимов подробно рассматривается на примере таких групп, как ойконимы, урбонимы и гидронимы. Наряду с этим проанализированы научные труды ученых, внесших огромный вклад в данную область. В статье особо подчеркивается связь топонимических исследований с лингвистикой, историей, этнографией и географией.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Classification of toponyms based on their lexical-semantic
and grammatical structure

Shokhista ZOITOVA

1


Uzbek State University of World Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2025
Received in revised form

10

April 2025

Accepted 2 April 2025
Available online
25 May 2025

This article analyzes the process of naming toponymic

objects, modifying them, their legal and scientific foundations,

as well as the cultural and spiritual significance of toponyms.

The classification of toponyms is extensively covered,

particularly focusing on categories such as oikonyms,
urbanonyms, and hydronyms. Additionally, the scientific works

of scholars who have made significant contributions to the field

are examined. The article specifically highlights the

interconnection between toponymic research and disciplines
such as linguistics, history, ethnography, and geography.

2181-3701/© 2025 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss5

/S

-pp517-521

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

Toponymy,

oikonym,

urbonym,

hydronym,

place names,

onomastics,

linguistics,

lexical-semantic
classification,

historical names,
ethnographic data.

Toponimlarni leksiksemantik va grammatik tuzilishiga
ko‘ra tasnifi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

Toponimika,

oykonim,

urbonim,

gidronim,

joy nomlari,

onomastika,

tilshunoslik,

leksik-semantik tasnif,
tarixiy nomlar,

etnografik ma’lumotlar.

Ushbu maqolada toponimik obyektlarga nom berish, ularni

o‘zgartirish, huquqiy va ilmiy asoslari hamda toponimlarning

madaniy-ma’naviy ahamiyati tahlil etilgan. Toponimlarning

tasnifi, ayniqsa oykonimlar, urbonimlar, gidronimlar kabi

guruhlar misolida keng yoritilgan. Shu bilan birga, sohaga ulkan
hissa qo‘shgan olimlarning ilmiy ishlari tahlil qilingan.

Maqolada toponimik tadqiqotlarning tilshunoslik, tarix,

etnografiya va geografiya bilan bog‘liqligi alohida qayd etilgan.

1

Senior Lecturer, Uzbek State University of World Languages. E-mail: zoitova_sh@mail.ru


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

518

Классификация топонимов по лексико-семантическому и

грамматическому строению

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Топонимика,

ойконим,

урбоним,

гидроним,

названия мест,
ономастика,

лингвистика,

лексико-семантическая
классификация,
исторические названия,

этнографическая
информация.

В

данной

статье

анализируются

присвоение

наименований топонимическим объектам, их изменение,

правовые и научные основы, а также культурно-духовное

значение топонимов. Классификация топонимов подробно
рассматривается на примере таких групп, как ойконимы,

урбонимы и гидронимы. Наряду с этим проанализированы

научные труды ученых, внесших огромный вклад в данную
область.

В

статье

особо

подчеркивается

связь

топонимических исследований с лингвистикой, историей,

этнографией и географией.


Toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini

hal etish to‘g‘risidagi qonun va uning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasidagi ma’muriy – hududiy
birliklar, aholi punktlari, tashkilotlarga va boshqa toponimik obyektlarga nom berish
ishlarini tartibga solish to‘g‘risida”gi (1996, 2004) qarori qabul qilindi. Ushbu qarorning
joylardagi ijrosini ta’minlash maqsadida toponimik obyektlarga nom berish masalalarini
muvofiqlash maqsadida bir muncha ishlar qilingan.

Toponimlar o‘zi nomlayotgan hudud tarixi, geografiyasi, tabiati, etnografiyasi,

aholisining etnik tarkibi, yashash tarzi haqida darak beruvchi lisoniy xazinadir.
Shuningdek, toponimlar til lug‘at tarkibining bir qismi va til mahsuli sifatida o‘zi
anglatayotgan hududlarga xos milliy til, lahja hamda shevalarga oid fonetik, leksik,
grammatik xususiyatlarni o‘rganishda ham muhim ahamiyatga ega. Ularni
ajdodlarimizdan hozirga qadar yetib kelgan ulkan madaniy-ma’naviy meros, milliy
qadriyatlarning bebaho namunasi sifatida e’tirof etish mumkin. Shuning uchun bu kabi
bebaho ma’naviy meros namunalarini asrab-avaylab, kelajak avlod sifatida yetkazilmog‘i
kerak Bugungi kunda kishilar o‘zlari yashaydigan ko‘cha, mahalla, qishloq yoki
shaharlarning nomlanishiga, mavjud nomlarning ma’nosiga, to‘g‘ri aytilishi va yozilishiga
katta qiziqish hamda e’tibor bilan qaramoqdalar. Bir so‘z bilan aytganda, xalqimizning
joylarga nom tanlash, ya’ni milliy toponimik madaniyati qayta tiklanmoqda.

O‘zbek onomatsikasining tarkibiy qismi bo‘lgan toponimika keyingi yillarda

tilshunoslik fanining alohida sohasi sifatida yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi. Ushbu
sohaning yetuk tadqiqotchilari yetishib chiqdi. Toponimikaning nazariy masalalariga,
geografik obyekt nomlarini hududiy jihatdan tadqiq etishga bag‘ishlangan bir qator ilmiy
adabiyotlar yaratildi.

Toponimlar ona xalqimiz ko‘p asrlar davomida yaratgan, ijod qilgan lisoniy va

madaniy-ma’naviy boylikdir. Toponimlarda xalqning qadimiy davrlardan tortib to shu
kunlargacha bo‘lgan noyob kuzatishlari, tajribalari, ularning dunyoqarashi va turli
e’tiqodlari o‘z ifodasini topgandir. Toponimlar ifoda qilgan ma’nolarni, ijtimoiy, tarixiy,
tabiiy-geografik ma’lumotlarni, nomlarning tanlanish va qo‘yilish sabablarini,
toponimlarning kelib chiqish tarixini lisoniy jihatdan tahlil qilinsa, bu holat yorqin
ko‘rinadi. Toponimlar yuzasidan tilshunoslar, tarixchilar, geograflar, etnograflar,


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

519

folklorshunoslar ko‘plab tadqiqotlar olib borganlar, o‘nlab kitoblar nashr etilgan. Shunga
qaramasdan toponimlar doirasiga kiradigan nomlar sirasi, ularning chegaralari, hozirga
qadar aniq va izchil belgilangan deb bo‘lmaydi [1.10.].

Biz toponimiyaga oid S. Qorayev, Z. Do‘simov, T. Nafasov kabi olimlarning

tadqiqotlarini kuzatish jarayonida toponimiya doirasiga kiradigan atoqli otlarning asosiy
guruhlari E. Begmatovtomonidan to‘laroq ko‘rsatilgan [2]. O‘zbek toponimikasining
shakllanishi va taraqqiyotida H. Hasanov, S. Qorayev, Z. Do‘simov, T. Nafasov,
S. Gubayeva, B. O‘rinboyev, Sh. Qodirova, L.T. Karimova, Yo. Xo‘jamberdiyev, T. Rahmatov,
J. Latipov, N. Oxunov, T. Enazarov, N. Uluqov kabi olimlarning xizmatlari tahsinga
loyiqdir. Ular o‘zlarining toponimikaga oid fundamental tadqiqotlari bilan o‘zbek tili
toponimiyasini o‘rganishning ilmiy-nazariy asosini yaratishdi, o‘zbek toponimikasini
rivojlantirishdi. Mazkur tadqiqotlarda o‘zbek tilida joylarning nomlanishi, nomlanish
motivi va tamoyillari, lug‘aviy ma’noviy, etimologik, morfemik hamda yasalish
xususiyatlari, tarqalish hududi tadqiq etildi[4. 12].

Toponimlar doirasiga mansub atoqli otlarning asosiy guruhlari quyidagilar:
– viloyatlar, tumanlar, shaharlar, qishloqlar, ovullar nomi (xoronimlar, astionimlar,

komonimlar, oykonimlar);

– mavzelar, dahalar, mahallalar, guzarlar, ishkat (ichkat)lar nomi (urbonimlar);
– maydonlar, registonlar, xiyobonlar, bog‘lar, istirohat bog‘lari (parklar), bulvarlar,

dendroparklar nomi (urbononimlar);

– qadimiy qal’alar, qo‘rg‘onlar, istehkomlar, devorlar, bozorlar, manzilgohlar va

boshqa xil qurilish majmualarining atoqli otlari;

– masjid, madrasalar nomi (agionimlar);
– ko‘chalar, shohko‘chalar, berk ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, chorrahalar nomi

(urbononimlar, doronimlar);

– vokzallar, avtovokzallar, aeroportlar, aerovokzallar, aerodromlar, rabotlar,

langarlar, temiryo‘llar, metro stansiyalari, jamoat transporti bekatlari nomi;

– tog‘lar, tog‘ tizmalari, qirlar, dovonlar, sangirlar, tepalar, tepachalar, qoyalar,

cho‘qqilar, qoyatoshlar, tog‘liklarda joylashgan boshqa xil fizakaviygeografik o‘rinlar
nomi (silenimlar);

– dalalar, vodiylar, tekisliklar, pasttekisliklar, adirlar, o‘zanlar, yaylovlar, o‘tloqlar,

chakalakzorlar, changalzorlar, qamishzorlar, o‘rmonlar, cheklar, yer uchastakalari,
qo‘riqxonalar nomi (agroonimlar, drimonimlar);

– sahrolar, cho‘llar, dashtlar, qumliklar, savannalar, barxanlar nomi; – qirg‘oqlar,

jarlar, jarliklar, g‘orlar, o‘yiqlar, o‘zanlar, o‘piriqlar nomi;

– okeanlar, dengizlar, ko‘llar, suv omborlari, hovuzlar, quduqlar, ariqlar, kanallar,

buloqlar, sizmalar, sharsharalar, tashlamalar, darolar, soylar, irmoqlar, o‘zanlar, suv
ayirgichlar, to‘g‘onlar, dambalar, nasos stensiyalari, havzalar, qo‘ltiqlar, ko‘rfazlar,
orollar, yarimorollar, botqoqliklar, muzliklar, chuqurliklar, suv osti tog‘ tizmalari,
ko‘priklar, suv tegirmonlari nomi (gidronimlar, pelagonimlar, limnonimlar, gelonimlar,
potamonimlar) va boshqalar.

Demak, toponimlar mundarijasi ancha keng va serqirradir. Toponimlar ona

xalqimiz ko‘p asrlar davomida yaratgan, ijod qilgan lisoniy va madaniy-ma’naviy
boylikdir. Toponimlarda xalqning qadimiy davrlardan tortib to shu kunlargacha bo‘lgan
noyob kuzatishlari, tajribalari, ularning dunyoqarashi va turli e’tiqodlari o‘z ifodasini
topgandir. Toponimlar ifoda etgan ma’nolarni, ijtimoiy, tarixiy, tabiiy-geografik


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

520

ma’lumotlarni, ularning tanlanish va qo‘yilish sabablarini kelib chiqish tarixini lisoniy
jihatdan tahlil qilinsa, bu holat yorqin ko‘rinadi. Toponimlarning bir turi oykonimlardir.
Ayrim toponimist olimlar oykonimlar sirasiga qishloq, shaharcha (posolka), ovul,
mahalla, guzar, ko‘cha nomlarini kiritadilar.

Jumladan, N. Oxunov toponimlarning nomlanishiga oid ilmiy risolasida qishloq, kent,

ovul, mahalla, qo‘rg‘oncha, guzar, ko‘cha nomlarini oykonimlar doirasida o‘rgangan.
U oykonim termini haqida fikr yuritib, quyidagicha ta’rif beradi: «... aholi punktlari va uning
ichki bo‘linishlari – qishloq, posolka, ovul, mahalla, guzar, ko‘cha nomlari oykonimlar deb
yuritiladi”. Onomastik lug‘atlarda, toponimikaga oid ayrim tadqiqotlarda esa oykonimlar
guruhi boshqacharoq belgilanadi. Oykonim (grekcha oykos – “turarjoy” + onoma – “nom”)
shahar, shaharcha (posolka) ovul, qishloq kabi aholi manzillarining atoqli otlari. Joy nomlari
qadimiy va uzoq davrlarning mahsuli bo‘lib, hudud tarixi, geografiyasi, tabiati va boshqa
jihatlari haqida boy ma’lumot beruvchi lisoniy darakchilardir. Shu bois toponimlarni tarix,
etnografiya, geografiya, arxeologiya, geologiya kabi o‘nlab fanlar o‘z predmeti nuqtayi
nazaridan o‘rganadi. Toponimika shu bois tilshunoslikni yuqorida keltirilgan fanlar bilan
tutashtiruvchi, bog‘lovchi rishta, o‘z navbatida, ular uchun muhim dalillar, ma’lumotlar
beruvchi nazariy va amaliy soha hamdir.

Toponimlarni tasniflashda, asosan, ikki yo‘nalish – leksiksemantik va grammatik

tuzilishiga ko‘ra tasnif qilish yaqqol ko‘zga tashlanishini qayd etadi. Jumladan, leksik-
semantik tasnif borasida ikki xil qarashning mavjudligini ko‘rsatib o‘tadi.

Birinchi qarashga ko‘ra, toponimlar

to‘rt guruhni tashkil etadi:

etnonimlardan

vujudga

kelgan

toponimik nomlar;

antroponimlar (kishi otlari)dan paydo

bo‘lgan toponimlar;

toifa – guruh nomlaridan paydo

bo‘lgan toponimlar;

yer

tuzilishi,

suv

va

qurilish

inshootlari, o‘simliklar dunyosi, aholining
kasbi, turli xil voqealar – yig‘inlar va shu
kabilar bilan bog‘liq bo‘lgan toponimlar.

Иккинчи қараш саккиз гуруҳни қамраб

олади:

қабила номини билдирувчи топонимлар;

миллат, халқ номини билдирувчи

топонимлар;

кишилар исмига қўйилган топонимлар;

касб-ҳунарга

нисбат

берилган

топонимлар;

предмет

белгисини

ифодаловчи

топонимлар;

ўсимлик

(дарахт)лар

номи

билан

юритиладиган топонимлар;

эл-юрт, ватан номи билан боғланган

топонимлар;

географик

рельефни

ифодаловчи

топонимлар.


L. Karimova yaxshi ishlarni amalga oshirganligini va o‘z tasnifida modellash

metodi, formant metodi hamda stilistik metoddan juda unumli foydalanganligini qayd
etadi [5.29]. Z. Do‘simov bu boradagi fikrlarni umumlashtirib, o‘z tasnifini quyidagi
tartibda tavsiya etadi.

I.

Leksik-semantik tasnif. 1. Etnotoponimlar. 2. Antrotoponimlar. 3. Zootoponimlar.

4. Biotoponimlar. 5. Geomorfologik toponimlar.

II.

Struktur-tipologik tasnif. 1. Affikssiz toponimlar yoki tub toponimlar. 2. Affiksal

toponimlar yoki yasama toponimlar. 3. Prefiksal toponimlar. 4. Indikatorli toponimlar
yoki toponim-kompozitlar. 5. Birikmali toponimlar.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

521

III.

Xronologik

tasnif.

1.

Toponim-arxaizmlar.

2.

Toponim-istorizmlar.

3. Neotoponimlar.

Xulosa sifatida shuni ta’kid etish keraki, yuqorida keltirilgan toponimik

klassifikatsiya sxemalari to‘laligi va tugalligi bilan mezon sifatida qabul qilinmasligi kerak
va birmuncha mukammal tasnif ekanligini e’tirof etish kerak. Har qanday toponimik
tasnif to‘plangan materialdan va ayni vaqtda tadqiqotning xarakteri, shuningdek,
tadqiqotchining maqsadidan kelib chiqmog‘i lozim.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Begmatov E.A. Joy nomlari – ma’naviyat ko‘zgusi.-Toshkent: Ma’naviyat, 1998.- B.10.

2.

Qorayev S. Toshkent toponimlari. 1991., Do‘simov Z. «Xorazm toponimlari”,

1985., Nafasov T. Janubiy O‘zbekiston toponimlarining etnolingvistik tahlili 1985.

3.

Uluqov N. O‘zbek tili gidronimlarining tarixiy-lisoniy tadqiqi: Filol. fan. dok.

disser – Toshkent, 2010. – B. 12.

4.

Karimova L. O‘zbek tilida toponimlarning o‘rganilishi. Toshkent. 1982. B.29.

Библиографические ссылки

Begmatov E.A. Joy nomlari - ma’naviyat ko‘zgusi.-Toshkent:

Ma’naviyat, 1998.- B.10.

Qorayev S. Toshkent toponimlari. 1991., Do‘simov Z. «Xorazm toponimlari”, 1985., Nafasov T. Janubiy O‘zbekiston toponimlarining etnolingvistik tahlili 1985.

Uluqov N. O‘zbek tili gidronimlarining tarixiy-lisoniy tadqiqi: Filol. fan. dok. disser - Toshkent, 2010. – B. 12.

Karimova L. O‘zbek tilida toponimlarning o‘rganilishi. Toshkent. 1982. B.29.