Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Lexical units expressing action and state in Alisher Navoi's
hagiographic works
Shakhnoza KHUJANIYAZOVA
1
, Gulbakhor UMAROVA
2
University of Tashkent for Applied Sciences
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
10
April 2025
Accepted 2 April 2025
Available online
25 May 2025
In this article the semantic structure of action and state
verbs is analyzed which used in Alisher Navoi’s manokib works
through the lens of key semantic concepts such as historical
unique lexic (shared semantic component), integral notion
of words (unifying feature), and differential features
(distinguishing feature), with the support of relevant examples.
Furthermore, it explores the semantic structure of these verbs
in Old Uzbek literary language and discusses phenomena of
semantic expansion and narrowing as observed in comparison
with their usage in modern Uzbek literary language.
2181-3701/© 2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss5
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
integral,
differential,
word notion,
functional form,
Old Uzbek literary language.
Alisher Navoiyning manoqib asarlarida harakat va holat
ifodalovchi leksik birliklar
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
integral,
differensial,
sema,
funksional shakl,
eski o‘zbek adabiy tili.
Mazkur maqolada Navoiyning manoqib asarlarida qo‘llangan
harakat va holat fe’llarini ma’no tarkibini tahlil qilishda
mushtarak (arxisema), birlashtiruvchi (integral) sema va
farqlovchi (differensial) sema tushunchalari misollar yordamida
tahlilga tortilgan. Shuningdek, asarlarda ishlatilgan fe’llarning
eski o‘zbek adabiy tilidagi semantik qurilishi va hozirgi o‘zbek
adabiy tilida ma’no kengayishi va torayishi yuz bergan hodisalar
ham ochib berilgan.
1
PhD, Acting Associate Professor, University of Tashkent for Applied Sciences. E-mail: shahnozaxon8686@mail.ru
2
Master degree student, University of Tashkent for Applied Sciences.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
550
Лексические единицы, выражающие действие и
состояние в манакибах Алишера Навои
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
интегральная,
дифференциальная,
сема,
функциональная форма,
древнеузбекский
литературный язык.
В данной статье проанализирована семантическая
структура глаголов действия и состояния, использованных
в манакибных произведениях Навои, с опорой на такие
лингвистические
понятия,
как
общая
(архисема),
объединяющая (интегральная сема) и различительная
(дифференциальная
сема),
на
основе
конкретных
примеров. Кроме того, в работе раскрываются особенности
семантического строя этих глаголов в древнеузбекском
литературном языке, а также рассматриваются явления
расширения и сужения значения, произошедшие в
современном узбекском литературном языке.
Navoiy asarlarida boshqa so‘z turkumlariga qaraganda ot va fe’l so‘z turkumi faol
qo‘llangan.
Fe’l so‘z turkumi bo‘yicha tilshunoslikda bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari
amalga oshirilgan. Holat fe’llarining mushtarak semasi “holat” birlashtiruvchi va
farqlovchi semalarda ravshanlashib, aniq izohga ega bo‘ladi. O‘zbek tilida harakat natijasi
bo‘lgan holat fe’llari nisbatan ko‘p kuzatiladi. Mazkur fe’llarda ifodalangan holat bevosita
harakat natijasida yuzaga keladi. Binobarin, harakat va holat o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bular
orasidagi bog‘lanish biri ikkinchisidan kelib chiqishi, biri asos, ikkinchisi asoslanuvchi
ekanligi bilan izohlanadi. Alisher Navoiyning asarlarida qo‘llangan fe’l so‘z turkumlari
bo‘yicha bir qancha olimlar ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Chunonchi,
D. Abduvaliyeva “Tarixi anbiyo va hukamo”da 470 ta, “Tarixi muluki Ajam” da esa 521 ta
fe’l ishtirok etgan bo‘lib, ularda umumiy miqdorda takrorlarsiz jami 547 ta fe’l-so‘zlar
qatnashgan. Ularning 179 tasi sodda, 368 tasi esa qo‘shma fe’llardan iborat.
Tilshunoslikning morfologiya bo‘limida fe’l so‘z turkumi muhim ahamiyat kasb
etadi. Navoiyning manoqib (“Xamsat ul-mutahayyirin”, “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”,
“Holoti Pahlavon Muhammad) asarlari so‘z boyligida fe’l so‘z turkumi faol qatnashgan.
Manoqiblarda ish-harakat bildiruvchi so‘zlar jami 670 ta, chunonchi, XMda 336 (17%),
so‘zdan 122 tasi sodda, HSHAda 169 (19%), so‘zdan, 69 tasi sodda, 100 tasi qo‘shma,
HPMda 165 ta (18%), shundan 85 tasi sodda, 80 tasi qo‘shma fe’l so‘z turkumlari
keltirilgan.
Harakat va holat fe’llari:
tugan=,
inoyat qil=, ur=, nobud bo‘l=, mutolaa qil=,
mashg‘ul bo‘l=,
bog‘la=, boshla=, chiq=, kel=
,
keltir=, kiy=, parvoz qil=, uz=
(XM),
xalos bo‘l=
,
yig‘lab qayt=,
paydo bo‘l=,
ta’zim qil=
,
to‘k=
(HSHA),
g‘olib kel=,
bor=
,
tort=
(HPM) va h.k.
Qadimgi turkiy tilda
tugan=
fe’li “oxiriga yеtmoq, tamom bo‘lmoq” ma’nosini
ifodalagan. Mazkur fe’l
tűkä-
tarzida talaffuz qilingan (PDP, 435; DTS, 595); keyinroq ikki
unli oralig‘idagi
k
undoshi
g
undoshiga almashgan (Devon, III, 285); o‘zbek tilidagi
o‘
unlisining yumshoqlik belgisi yo‘qolgan:
tűkä- > tűgä- > tugä-
(O‘TEL, I, 353). Ushbu fe’l
hozirgi o‘zbek adabiy tilida ma’no kengayishiga uchrab, 7 xil ma’noda qo‘llanmoqda:
1) oxiriga, nihoyasiga yеtmoq, tamom bo‘lmoq; 2) o‘tib ketmoq, o‘tmoq; 3) ishlatilib,
sarflanib tamom bo‘lmoq; 4) yakun topmoq, tamom bo‘lmoq, o‘tmoq (vaqt, muddat,
makon va sh.k. haqida); 5) biror natija bilan yakunlanmoq, natijalanmoq; 6) barham
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
551
topmoq, yo‘q bo‘lmoq; 7)
ko‘chma
safdan chiqmoq, tamom bo‘lmoq, o‘lmoq (O‘TIL, IV,
175), eski o‘zbek adabiy tilida: 1) tugamoq, tamom bo‘lmoq: 2) bitmoq, nihoyasiga
yеtmoq; yozilmoq (ANATIL, III, 250) sememalarida ishlatilgan. Manoqiblarda ham ayni
shu ma’noda ifodalangan:
1) tugamoq, tamom bo‘lmoq:
oz fursatda “Nafahot ul-uns” kitobi tugandi va ul sohib
davlat sa’yidin bu buzurgvorlar ismi olam sahifasida qoldi
(XM, 768);
2) bitmoq, nihoyasiga yеtmoq; yozilmoq;
Va bu sharif kitob tugangandin so‘ngra
xotirg‘a andoq kelur erdikim
(XM,768).
“Yuqorida, balandga yoki biror narsa ustiga ko‘tarilmoq” (O‘TIL, IV, 498)
semasidagi turkcha
chiq=
fe’li qadimgi turkiy tilda 1) chiqmoq; 2) jo‘namoq; 3) ajralmoq;
4)
ko‘chma
chekinmoq, voz kechmoq (DTS, 150), eski o‘zbek adabiy tilida 1) chiqmoq,
tashqariga chiqmoq, ajralmoq; 2) ko‘tarilmoq; 3) ketmoq, jo‘namoq (ANATIL, III, 471)
ma’nolarida qo‘llangan. Asarlar matnida tubandagicha voqelangan:
1)
chiqmoq, tashqariga chiqmoq, ajralmoq:
Ikki kundin so‘ngra yana alar xizmatig‘a
yеttim: juzv qo‘yunlaridin chiqorib faqirg‘a berdilar
(XM, 784);
2)
ko‘tarilmoq:
Oqibat andoq ma’lum bo‘ldikim, egnimni ulaydurg‘onda jaybimda
qog‘oz ko‘runubtur, ohistaliq bila ul qog‘ozni chiqorib ko‘rubtur
(HPM,27)
3)
ketmoq, jo‘namoq:
Faqir xushhol bo‘lub, alar mulozamatidin chiqtim
(XM,769).
“Yurish, uchish harakati yoki transport vositalari bilan so‘zlovchiga qarama-qarshi
tomon (joy)dan so‘zlovchi turgan tomonga, joyga yo‘l olmoq, yo‘nalmoq; shu tomondagi
biror joyga yеtmoq” (O‘TIL, II, 347) ma’nosidagi
kel=
so‘zi “o‘z turgan joyini tark etmoq,
o‘z turgan joyidan boshqa tomonga yo‘l olmoq; bormoq” ma’nosidagi
ket=
(O‘TIL, II, 359),
“so‘zlovchining turgan joyidan uzoqlashmoq, nari ketmoq; biror joy (manzil)dan ikkinchi
joy (manzil) tomon harakat qilmoq, yo‘l olmoq; naridagi biror manzilga yеtmoq” (O‘TIL, I,
316) ma’nosidagi
bor=
leksemasi bilan o‘zaro antonimik qatorni yuzaga keltirgan:
Ketarg‘a kelur muncha shoh-u gado,
Agar xud o‘g‘uldur va gar xud ato
(HSHA,7).
“Yig‘i qilmoq” ma’nosidagi (O‘TIL, II, 274)
yig‘la=
fe’li qadimgi turkiy tilda “ko‘z
yoshi to‘kmoq” ma’nosini anglatgan.
Yïg‘
otidan
-la
qo‘shimchasi bilan yasalgan (ESTYA, I,
80; Devon, III, 324, DTS, 266); o‘zbek tilida
ï
unlisining qattiqlik belgisi yo‘qolgan,
a
unlisi
ä
unlisiga almashgan:
yïg‘ + la = yïg‘la= > yig‘lä=
(O‘TEL, I, 159), Navoiy asarlari tilida
“yig‘lamoq” semasida qo‘llangan:
Bu faqir alarning xilvatlari eshigiga bordim: g‘arib hoy-
hoy yig‘lamoqda erdilar
(HSHA,14).
Qadimgi turkiy tilda
bor=
leksemasi 1) jo‘namoq; 2)
ko‘chma ma’noda:
o‘lmoq,
vafot etmoq (DTS, 84), hozirgi qarindosh turkiy tilda 1) bormoq; 2) еtaklamoq;
3) yurmoq; 4) kelmoq; 5) o‘tmoq, ko‘chmoq; 6) yaramoq; 7) tarqatmoq; 8) ko‘paymoq,
bolalamoq (hayvonlar va o‘simliklar); 9) harakat qilmoq; 10) tinmoq 11) biror joyda yoki
holatda bo‘lmoq, turmoq (ESTYa, I, 64-65) ma’nolarida qo‘llangan. Hozirgi o‘zbek adabiy
tilida “so‘zlovchining turgan joyidan uzoqlashmoq, nari ketmoq; biror joy (manzil) tomon
harakat qilmoq, yo‘l olmoq” sememasida (O‘TIL, I, 317-318), ANATILda besh: 1) bormoq,
qadam ranjida qilmoq; 2) ketmoq, jo‘namoq, tark etmoq; 3) uyquga ketmoq, uxlamoq;
4) holsizlanmoq, o‘zidan ketmoq, hushsizlanmoq; 5) o‘lmoq, vafot etmoq, qazo qilmoq,
bandalikni bajo keltirmoq ma’nolarida ishlatilgani qayd etilgan (I, 313).
Bar=
leksemasi
manoqiblarda quyidagi ma’nolarda aks etgan:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
552
1) bormoq, qadam ranjida qilmoq:
Bu faqir alarning xilvatlari eshigiga
bordim
(HSHA, 14);
2) ketmoq, jo‘namoq, tark etmoq:
Azizim Shayxim Suhayliy yo‘lda yo‘luqti, qayon
boradurg‘onim
bilgach, hamroh bo‘ldi
(XM,749);
3) o‘lmoq, vafot etmoq, qazo qilmoq, bandalikni bajo keltirmoq:
Alarning Safiuddin
Muhammad otlig‘ farzandlari Tengri rahmatig‘a
bordi
(XM, 749)
.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida
bar=
leksemasining ma’no doirasi kengayib, o‘n to‘rt
semada ishlatilmoqda (O‘TIL, I, 317).
Bor=
so‘zining XMda qayd etilgan “vafot etmoq, qazo qilmoq” ma’nosi hozirgi
o‘zbek adabiy tilida ko‘zga tashlanmaydi.
Uz=
leksemasi qadimgi turkiy tilda “butundan ma’lum bir qismni kuch bilan
ajratmoq” ma’nosini anglatib,
o‘z=
shaklida talaffuz qilingan (PDP, 441; Devon, I, 178;
DTS, 629), o‘zbek tilida
o‘
unlisining yumshoqlik belgisini yo‘qotgan:
o‘z = > uz=
(O‘TEL, I,
380), hozirgi o‘zbek adabiy tilida: 1) kuch bilan tortib, yulqib, butundan ajratmoq,
butunni qismga bo‘lmoq; 2) palak, novda yoki tupidan ajratib olmoq, kesmoq; 3) kesib,
qirqib, joyidan bo‘lak qilmoq; 4) turgan, yopishgan joyidan ajratmoq, holi qilmoq;
5) davom qildirmaslik; to‘xtatmoq, kesmoq; 6) qarzni to‘lamoq, evazini bermoq
(qaytarmoq); 7) qattiq tishlamoq yoki chaqmoq; tishlab yoki chaqib yaralamoq;
8)
ko‘chma:
qattiq ta’sir qilib azob bermoq, og‘ritmoq, achishtirmoq (issiq, sovuq, zarb,
gap-so‘z va sh.k. haqida) (O‘TIL, IV, 267-268), ANATILda besh: 1) uzmoq, ayirmoq;
2) yirtmoq, parchalamoq: 3) kesmoq, qirqmoq; 4) to‘xtatmoq, yo‘q qilmoq ma’nolarida
ishlatilgani qayd etilgan (III, 276).
Uz=
leksemasi manoqiblarda faqat XM asarida
qo‘llangan:
G‘oyati nodonlig‘idin alarg‘a munkir ermish, g‘oyati inkoridin alarning devonin
birin-birin
uzub,
o‘tg‘a solib, kuydurubtur
(788).
Ur=
fe’li qadimgi turkiy manbalarida “urmoqchi bo‘ldi, urmoq istadi” (DLT, I, 274),
Navoiy asarlari tilida bu fe’l-leksemaning o‘n uchta ma’noda: 1) urmoq, zarba bermoq;
kaltaklamoq; 2) tepmoq; 3) sanchmoq; 4) kesmoq, chopmoq; 5) otmoq, tashlamoq;
6) aylanmoq; 7) tikmoq, o‘rnatmoq; 8) jo‘natmoq; yuzlanmoq; 9) shiddat bilan yog‘moq,
to‘lib-toshmoq; 10) kirmoq, joylashmoq, qamramoq; 11) tarqatmoq; 12) o‘ldirmoq;
13) yеtkizmoq, botirmoq, tegizmoq ma’nolarida qo‘llangan (ANATIL, III, 295-296).
Asarlar matnida faqat XM da “urmoq, zarba bermoq kaltaklamoq” ma’nosida qo‘llangan:
Bir necha kun o‘tmadikim, yana bir devona ani urub o‘lturdi(XM,744).
Hozir o‘zbek adabiy tilida
ur=
leksemasi ma’no kengayishga uchrab 19 ta ma’noda
qo‘llanmoqda (O‘TIL, IV, 295-296).
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Navoiy ijodi XV asrning ikkinchi yarmi o‘zbek
adabiy tilining rivojlanish tarixida muhim o‘rin tutadi. Adibning “Xamsat ul-mutahayyirin”,
“Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad” asarlari til xususiyatlarini
atroflicha o‘rganish, so‘z ma‘nolarining taraqqiyot qonuniyatlarini diaxron aspektda
tekshirish ko‘p asrli tarixga ega bo‘lgan qardosh turkiy tillar lug‘at fondi, ayniqsa, o‘zbek
adabiy tilining rivojlanishi borasidagi nazariy qarashlarga, tildagi o‘zgarishlarni aniqlashga
oydinlik kiritadi, tarixiy leksikologiya uchun boy material beradi.
Shartli qisqartmalar:
ANATIL
– Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати, –Тошкент, I, II, III, 1983.
Devon
– Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк. I-II томлар. – Тошкент, 1960–1967.
DTS
– Древнетюрский словарь. -Л, 1969.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
553
HSHA
– Alisher Navoiy. Holoti Pahlavon Muhammad. XX jildlik, X jild. – Toshkent, 2013.
HPM
– Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher. XX jildlik, X jild. – Toshkent, 2013.
MK
– Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк. I, II, III том. –Тошкент, 1961-63.
PDP
– Малов С.Е. Памятники древнетюркской письменности. М. –Лгр.: 1951.
XM
– Alisher Navoiy. Xamsat ul-mutahayyirin. XX jildlik, V jild. –Toshkent, 2013.
O‘TIL –
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I-V tom. – Toshkent, 2006.
O‘TEL
– O‘zbek tilining еtimologik lug‘ati. – Toshkent, I. 2000.
ESTYa
– Севортян Е.В. Этимологический словарь тюркских-татарских
наречей. I-II том. – Санктпетербург, 1969–1971.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Alisher Navoiy. Xamsat ul-mutahayyirin. XX jildlik, V jild. -Toshkent, 2013.
2.
Alisher Navoiy. Holoti Pahlavon Muhammad. XX jildlik, X jild. – Toshkent, 2013.
3.
Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher. XX jildlik, X jild. – Toshkent, 2013.
4.
Rasulov R. O‘zbek tili fe’llarining ma’no tuzilishi. Monografiya. – Toshkent. 2008. – B. 12.
5.
Rustamov T. Sof ko‘makchilar. – Toshkent: Fan, 1991.
6.
Sodiqova M. Fe’l stilistikasi. – Toshkent: Fan, 1975.
7.
Tursunov U., O‘rinboev B., Aliev A. O‘zbek adabiy tili tarixi. – Toshkent:
O‘qituvchi, 1995.
8.
Xo‘janiyazova Sh. Alisher Navoiyning manoqib asarlari leksikasi. Monografiya. –
Toshkent. 2022. –B. 20.
9.
Sharipova O‘. O‘zbek tilidagi yumush fe’llarining ma’no valentliklari. Filol. fan.
nomz. … diss.– Toshkent, 1996.
10.
Шчербак А.М. Очерки по сравнителной морфологии тюркских языков
(глагол) – Л: Наука, 1981.
11.
Шукуров Ш. Феъл тарихидан. – Тошкент: Фан, 1970.
12.
Шукуров Ш. Ўзбек тилида феъл замонлари тараққиёти. – Тошкент: Фан, 1976.
13.
Шукуров Ш. Ўзбек тилида феъл майллари тараққиёти. – Тошкент: Фан, 1980.
14.
Ҳожиев А. Феъл. – Тошкент: Фан, 1973.
15.
Ҳожиев А. Ўзбек тилида кўмакчи феъллар. – Тошкент: Фан, 1966.
16.
Ҳожиев А. Тўлиқсиз феъл. – Тошкент: Фан, 1970.
