Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Phonetic and prosodicial means in perlocation
Ziyoda MADUMAROVA
1
Andijan State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
15
March 2025
Accepted 25
April 2025
Available online
15
May 2025
This article discusses the role of phonetic and prosodic means
in the performance of a perlocutive act, factors such as
phonosemantic, alliterative and rhythmic properties of phonetic
and prosodic means.
2181-3663/© 2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss3-pp146-150
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
phonation,
melody,
tone,
intensity of sounds,
tempo and pause,
melodica,
phonation,
articulatory states,
speech tempo,
aspiration,
re-aspiration.
Perlokutsiyada fonetik va prosodik vositalar
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
fonatsiya,
ohang,
ton,
tovushlarning intensivligi,
temp va pauza,
melodika,
fonatsiya,
artikulyasion holatlar,
nutq tempi,
aspiratsiya,
qayta aspiratsiya.
Ushbu maqolada perlokutiv aktning sodir etilishida fonetik va
prosodik vositalarning o’rni, fonetik va prosodik vositalarning
fonosemantik, alliterativ va ritmik xususiyatlari kabi omillar kabi
masalalar yoritilgan.
1
Acting Professor of the Department of Primary Education, Andijan State Pedagogical Institute, Doctor of Philosophy
in Philology (PhD).
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701
147
Фонетические и просодические средства в перлокации
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
фонация,
мелодия,
тон,
интенсивность звуков,
темп и пауза,
мелодика,
фонация,
артикуляционные
состояния,
темп речи,
аспирация,
реаспирация.
В данной статье рассматривается роль фонетических и
просодических средств в выполнении перлокутивного акта,
такие факторы, как фоносемантические, аллитерационные
и ритмические свойства фонетических и просодических
средств.
So‘zlovchi tomonidan uzatilayotgan barcha nutqiy birliklar performativ (ijro
etuvchi) xususiyatga ega bo‘lib, so‘zlovchi ularni adresatga ta’sir o‘tkazish maqsadida
muloqot vaziyatiga moslab tanlaydi. Bunda u adresatning yoshi, jinsi, psixofiziologik
belgilari, o‘ziga nisbatan rol-status munosabati kabi qator sosial jihatlarini e’tiborga oladi
va suhbat mavzusi mos kelishi mumkin bo‘lgan ob’yektni tanlaydi, kerakli narsani
ko‘rsatadi. Shu bilan birga, muayyan nutqiy vaziyat talabi bilan lokutiv, ya’ni talaffuz akti
qandaydir maqsadda kerak bo‘ladi.
J. Serl P. Graysning “ma’no” tushunchasi xususidagi fikriga tayanib, nutqiy aktdan
maqsad tinglovchiga ta’sir ko‘rsatish ekanligiga urg‘u beradi. Nutqiy akt, odatda,
tovushlarni talaffuz qilish yoki harflarni yozish orqali hosil bo‘ladi. Odatda, inson
morfemalar zanjiri orqali shakllangan ifodani gapirganda, nimanidir nazarda tutadi va
aytilgan narsa ma’noga ega bo‘ladi. P. Grays ma’no tushunchasi talqinida quyidagi tahlilni
beradi: “A” (so‘zlovchi) X (ifoda) bilan biror narsani nazarda tutgan degan ma’noni
anglatadi. “A” nazarda tutgan narsani tinglovchi anglab olishi kerak deb hisoblaydi” [1].
Menimcha, sub’yektiv ma’no tahliliga bu samarali yondashuv, birinchi navbatda, ma’no
tushunchasi va niyat tushunchasi o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlikni ko‘rsatadi,
ikkinchidan, tildan foydalanish uchun muhim deb hisoblangan narsani qamrab oladi [2].
Demak, muloqot qilishdan maqsad muayyan hukmning haqiqati haqida ma’lumot berish
va unga ishontirish uchun ma’lum tovushlar vositasida ta’sir ko‘rsatishdir.
Fonetik va prosodik vositalarning fonosemantik, alliterativ va ritmik xususiyatlari
kabi omillar og‘zaki nutq uchun xarakterlidir.
S. Axmanova
prosodiya
atamasiga quyidagicha ta’rif beradi: «asosiy tonning
ko‘tarilishi va pasayishi (
melodika
), kuchli va kuchsiz urg‘ular taqsimoti (
dinamika
),
nutqning tez yoki sekinligi (
temp
) hamda talaffuz uzilishi
(pauza
) kabi nutq supersegment
vositalarining birikish tamoyillari haqidagi ta’limotdir” [3].
N.A. Baskakov, A.S. Sodiqov, A.A. Abduazizovlarning “Umumiy tilshunoslik”
darsligida prosodik vositalar xususida bahs yuritiladi. “Prosodik farqlanish vositalariga
har xil tillarda urg‘u (so‘z va gap (fraza) urg‘usi),
ton, cho‘ziqlik, pauza, temp, tembr, ohang
va bo‘g‘inlarga xos bo‘lgan
bo‘g‘in cho‘qqisi
(«вершина слога»), bo‘g‘inning oldi va
orqasidan ulanuvchi vositalar hamda segment fonemalarning ba’zi belgilari –
aspiratsiya,
qayta aspiratsiya (“preaspiratsiya”), singarmonizm, bo‘g‘izni qisish
kabilar kiradi. Bu
vositalar “prosodemalar” deb ham yuritiladi” [4].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701
148
Suyun Karimov nutqning individual xarakteri haqida gap ketganda uning ijrochisi
muayyan sub’yekt ekanligini e’tibordan qochirmaslik lozimligini ta’kidlaydi. Bu sub’yekt
ruhiyatining nutq ijrosi paytidagi turli-tumanligi mutlaqo bir-biriga o‘xshamaydigan,
boshqalar takrorlay olmaydigan nutqiy shakllarni vujudga keltiradi. Aytaylik, bir
semantik-stilistik ma’noni ifodalash uchun tavsiya etilgan bir xil fonetik vositalardan
foydalanilganda ham uni amalga oshirayotgan har bir individ nutqidagi tovushlar
tovlanishi boshqa so‘zlovchi nutqidagi o‘zgarishlardan farqlanadi [5]. Shu ma’noda nutqiy
ta’sirni kuchaytirishda
emfatik urg‘u, ohang, pauza
kabi prosodik vositalarning
ahamiyatini o‘rganishni taqozo qiladi.
I.M. Dzyaloshinskiy tildagi prosodik vositalar sifatida quyidagilarni belgilaydi:
intonatsiya, ovoz registri
(registrning past va o‘ta past ovozi, ayniqsa, ta’sirchan va
hukmron ovoz sifatida qabul qilinadi),
fonatsiya
(ovozdagi zo‘riqish, "jarangdor fonatsiya",
bo‘shashgan ovoz) va
artikulyasion holatlar, nutq tempi
va
pauza.
Keyingi yillarda nutqiy faoliyat jarayonida prosodik vositalarning o‘rni va
ahamiyatini o‘rganishga e’tibor qaratila boshladi. Bu borada, xususan, M.M. Gaziyevaning
muloqot jarayonida prosodik vositalarning lingvopragmatik xususiyatlarini tadqiq
qilishga yo‘naltirilgan ishi diqqatga sazovor [6]. Muallif prosodik birliklar sifatida
melodika, urg‘u, pauza, temp va tembr
kabilarning funksiyalari hamda chegaralarini
aniqlash; prosodik vositalarning gapning kommunikativ tiplarini shakllantirish, nutqiy
aktlar hosil qilish, gapning aktual bo‘linishidagi tema va remani ajratish, nutqda turli
bo‘yoqlarni ifodalash kabi pragmatik funksiyalarini asoslash; gapning aktual bo‘linishida
tema va remani ajratish urg‘uning intensiv harakati va nutqning melodik harakati orqali
amalga oshirilishi masalalarini tadqiq qilgan.
M.M. Gaziyeva muloqot jarayonida prosodik vositalarning ahamiyatini nutqiy akt
bosqichlari strukturasida tahlil qiladi. Bir o‘rinda: “Og‘zaki nutqda intonatsiya nutqiy
aktlarni ifodalovchi asosiy vosita sanaladi. Intonatsiya komponentlari – melodika, urg‘u,
pauza, temp va ovoz tembri turli mazmundagi nutqiy aktlarni hosil qilishda o‘ziga xos
funksiyalari bilan ishtirok etadi. Asosiy ovoz toni chastotasi va urg‘uning intensiv
harakatlari akustik parametr chegaralari bilan nutqiy aktlarni o‘zaro farqlaydi” deb
tavsiflasa, boshqa bir o‘rinda: “nutq hosil bo‘lishining ilk bosqichi sifatida lokutiv akt
fonetik-prosodik sathga
mansub hodisa hisoblanadi. Segment vositalar talaffuzidayoq
so‘zlashuvchilarning nutqida
fonatsiya, ohang, ton, tovushlarning intensivligi, temp
va
pauza
kabilar hisobga olinadi. So‘zlashuvchilarning kommunikativ niyati, nutq vaziyati va
kontekstga muvofiq tarzda segment birliklarni talaffuz qilish jarayoni lokutiv akt deb
yuritiladi... Illokutiv akt jumla tarkibidagi so‘zlovchining maqsadini ko‘rsatuvchi asosiy
axborotlardan biri sanaladi va u
intonatsiya orqali
ifodalanadi” [7] – deb yozadi. Shu tariqa,
aynan, ana shu lokutiv va illokutiv aktlar samaradorligi perlokutsiyani yuzaga keltiradi.
Demak, nutqiy aktlarning mazmunan turlicha bo‘lishi va shunga muvofiq tarzda
perlokutsiyaning mohiyati intonatsiya komponentlariga bog‘liqdir.
Olimboy eski “Ij” motosiklining pedalini bir tepib o‘t oldirdi-da, hayo-huy deb qishloqni
qoq ikkiga bo‘lgan yagona ko‘chadan Obshir qishloqqa – yuqoriga qarab yo‘l soldi. Uning
ortiga yopishib olgan bolakay chiyildoq, quloqni teshguday ovozda jar solardi.
– Hamma-a-a, To‘lqin tanknikiga to‘yga-aaa… To‘yga-a-a-a-a-yov. To‘lqin tanknikiga-
a-a-a, to‘y-ga-a-a-a-a!!!
Hovlisi adog‘idagi ariq bo‘yida tahorat olayotgan Ro‘zi maxsumning ichida og‘riq
turdi, yuragini nimadir chimillatib chaqqanday bo‘ldi. Tolning bilakday novdasiga orqasini
berib o‘tirib oldi.
Bolakayning chiyildoq ovozi maxsumning asabini qaqshatdi, chakka
tomirlari lo‘qillab og‘ridi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701
149
– Xursand kalning nevarasiga o‘xshaydi. Tagi pastning
ovozi buncha sovuq
bo‘lmasa
, – g‘udrandi maxsum, so‘ng yuragini kuydirayotgan o‘tdan qutilish uchun
shaldirab oqayotgan ariq suvidan beixtiyor hovuchlab-hovuchlab icha boshladi.
(Q. Norqobil, “Osmon ostidagi sir”)
Ko‘chada Jamshid kutib turgan edi. Elchin uni ko‘rmaganday o‘tib ketmoqchi bo‘ldi.
Ammo sergaklikda uncha-buncha odamga dars bera oladigan Jamshid uning yo‘lini to‘sdi.
– Siz bu yoqqa chiqing, –
dedi qat’iy ohangda.
“Demak, Asadbek olib kelishni buyurgan”, deb o‘yladi Elchin. U bir to‘xtamga kelib
ulgurmay, Jamshid orqaroqdagi doirachiga
buyurdi
:
– Torni mana bu moshinga qo‘ying. Hofiz akangiz biz bilan birga ketadilar.
Elchin Jamshid bilan g‘idi-bidi aytishni o‘ziga ep ko‘rmay, mashinaga o‘tirdi.
(T. Malik,
“Shaytanat”, 1-kitob, 168-b.).
Jamshidning ovozidagi qat’iy ohang, buyruq akti Elchinni ham, shofyorni ham
bo‘ysunishga majbur qildi. Bu vaziyatda Jamshidga kuch bergan
bilvosita kommunikativ
ta’sir
Asadbek shaxsiga tegishli edi.
M.M. Gaziyeva intonatsiya va gapning aktual bo‘linishi xususida ikki xil qarash
mavjudligi xususida fikr yuritib, L.R. Zinder nazariyasiga ko‘ra, mantiqiy urg‘uning
funksiyasiga asosan intensivlik gapning aktual bo‘linishida asosiy vazifa bajarishini,
xususan, mantiqiy urg‘u tushgan bo‘lak rema hisoblanishini ta’kidlaydi. Tadqiqotchi
eksperimental-fonopragmatik kuzatishlar natijasida intonatsiya va gapning aktual
bo‘linishi haqidagi L.R.Zinder qarashlarining ilmiy jihatdan asosli ekanligini ko‘rsatadi,
degan xulosaga keladi: “og‘zaki nutqda intonatsiya gapning aktual bo‘linishi bilan aloqador
bo‘lib, urg‘uning intensivlik harakati gapda mantiqiy urg‘uni belgilaydi. Melodika esa unga
ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatadi” [8].
So‘zlovchining ovoz darajasidagi bo‘yoqdorlik perlokutsiyani ta’minlovchi muhim
omillardan biri hisoblanadi. Quyidagi misollarda buni yaqqol ko‘rishimiz mumkin:
1) To‘ychi polvon To‘lqinni ko‘chada tutdi. Polvonni ko‘rib Xursand kalning
darvozasiga o‘zini uraman deb taysallagan edi, ulgurolmadi,
polvonning gurillagan
ovozidan joyida toshday qotdi
:
– Hov bola, beri ke! Qochma, o‘g‘lim!
(Q.Norqobil, “Osmon ostidagi sir”)
2) –
Men oshnam bilan gaplashib olay, malol kelmasa siz chiqib turing.
Tabibboshi malol kelganini yashirmay chimirilib qo‘ydi. Elchin buni sezib endi
qat’iyroq, buyruq ohangid
a dedi:
– Siz hujjatlarni to‘g‘rilang, hozir ketamiz.
– Men darrov chiqara olmayman, yaxshi yigit. Maslahatlashib olishim kerak.
– Maslahat pishgan! – dedi Elchin
ovozini bir parda ko‘tarib
. – Asadbek ikkita gapni
yoqtirmaydi.
Tabibboshining rangi bo’zardi. Lablari titradi... Rangining bo‘zargani, lablarining
titrashi g‘azabdan emas, qo‘rquvdan edi. U ortiqcha gap aytib yuborganini sezdi.
(T. Malik,
“Shaytanat”, 1-kitob, 8-b.)
3) – To‘xta! Gapni chaynama. – Jalil uning tizzasiga shap etib urdi. – Diplomim
bo‘lmasa ham miyam ishlab turadi. O‘zingni qiynama, bo‘ladigan gapdan gapir. Samandarni
Xudo rahmat qilsin. Sen bilan men bir qop-bir qop gunohni orqalab boramiz u yoqqa.
Samandar esa begunoh ketdi. Bu dunyoning g‘alvalarini ko‘rmay ketdi. Xudoning suygan
bandasi ekan. Endi u dunyoda huru g‘ilmonlar bilan ayshini surib yurgandir.
Jalilning
baland ovozda aytgan bu gaplari Asadbekka quvvat berganday
sergaklantirdi.
O‘zidan o‘zi nafratlandi...
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701
150
– Jalil, – bu safar Asadbekning ovozi dadilroq yangradi, – sen ketaver.
(T. Malik,
“Shaytanat”, 1-kitob, 16-b.)
– Bu yig‘ilishimiz to‘satdan chaqirilgani bois, birortangizda aniq reja yo‘q! –
o‘rtadagi sukunatni vazirning o‘zi buzdi.
Uning tahlikali ovozidan atrofdagilar hushyor
tortdi.
(A. Mirzo, “Ajal bilan yuzma-yuz”)
Ushbu matnlardagi
gurillagan,
baland, qat’iyroq, buyruq ohangida, ovozini bir parda
ko‘tarib, tahlikali
kabi sifatovchi belgilar ovoz tembrining turli situativ vaziyatlarda
perlokutiv natijani yuzaga keltiruvchi fonetik-prosodik vosita vazifasini bajarganligini
ko‘rsatadi.
Toshday qotdi rangi bo‘zardi, lablari titradi, sergaklantirdi
kabi holatni
tavsiflovchi fe’llar esa perlokutsiya natijali bo‘lganligini ifodalaydi.
O‘zgachaligi bilan ajralib turadigan yoki taniqli (shuningdek, parodiya qilingan)
individual ovoz ham o‘ziga xos ta’sir vositasi bo‘lishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Grice P. Meaning. The Philosophical Review, 1957 – Р.77-88.
2.
Серль Ж. Что такое речевой акт? Перевод с английского И. М. Кобозевой//
Новое в зарубежной лингвистике.Выпуск XVII/ 1986. – C. 151-170.
3.
Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. – М.: СЭ, 1969. – С.367.
4.
Баскаков Н.А., Содиқов А.С., Абдуазизов А.А. Умумий тилшунослик. –Т.:
Ўқитувчи, 1979. – Б. 63/
5.
Каримов С. Ўзбек тилининг фонетик стилистикаси. Монография. –
Самарқанд: СамДУ нашри, 2016. – Б.17.
6.
Газиева
М.М.
Мулоқот
жараёнида
просодик
воситаларнинг
лингвопрагматик хусусиятлари: филол.фанл.бўйича фалсафа д-ри (PhD)
дисс.автореф. – Тошкент, 2018.
7.
Газиева
М.М.
Мулоқот
жараёнида
просодик
воситаларнинг
лингвопрагматик хусусиятлари: филол.фанл.бўйича фалсафа д-ри (PhD)
дисс.автореф. – Тошкент, 2018. – Б. 20.
8.
Газиева
М.М.
Мулоқот
жараёнида
просодик
воситаларнинг
лингвопрагматик хусусиятлари: филол.фанл.бўйича фалсафа д-ри (PhD)
дисс.автореф. – Тошкент, 2018. – Б. 21.
