Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
"The Plague of Doves": History of Writing
Parvina MIRZAYEVA
1
Bukhara State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
15
March 2025
Accepted 25
April 2025
Available online
15
May 2025
L. Erdrich is considered one of the most profound and
thoughtful writers of our time. In her novels, she does not merely
describe characters but carefully analyzes and portrays the
relationships between them, as well as their connections with
nature, society, and community. This article examines the history
of the writing of "The Plague of Doves", the influence of the
author’s autobiography on the creation of the novel, and
discusses the factors that contributed to the emergence of this
literary work.
2181-3663/© 2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss3-pp151-155
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
L. Erdrich,
novel,
narrative,
American literature,
title,
theme,
local,
indigenous,
Ojibwe,
"The Plague of Doves".
“The Plague of Doves” romani: yozilishi tarixi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
L. Erdrik,
roman,
rivoya,
AQSH adabiyoti,
sarlavha,
mavzu,
mahalliy,
tubjoy,
Ojibve,
“The Plague of Doves”.
L. Erdrik ijodida teran mulohaza yurituvchi yozuvchilardan
sanalaib, romanlarida faqat shaxslarni tasvirlash bilan
cheklanmaydi; u personajlar o‘rtasidagi munosabatlar, ularning
tabiat, jamiyat va jamoa bilan bo‘lgan aloqalarini ham sinchiklab
tahlil qiladi va tasvirlaydi. Quyidagi maqolada “The Plague of
Doves” (“Kabutarlar vabosi”) romani yozilishi tarixi, muallif
avtobiografiyasining asar yaralishida ta’siri, ijod namunasini
vujudga keltirgan omillar muhokama qilinadi.
1
Independent Researcher, Bukhara State University. E-mail: mustafoyevaparvina@icloud.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701
152
Роман «Чума голубей»: история написания
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Л. Эрдрик,
роман,
повествование,
Aмериканская литература,
заголовок,
тема,
местный,
коренной,
оджибве,
«Чума голубей».
Л. Эрдрик считается одной из самых глубоких и
вдумчивых писательниц современности. В своих романах
она не ограничивается лишь описанием персонажей, но
тщательно анализирует и изображает взаимоотношения
между ними, а также их связи с природой, обществом и
общиной. В данной статье рассматривается история
написания романа «Чума голубей» (“The Plague of Doves”),
влияние автобиографии автора на создание произведения,
а также обсуждаются факторы, способствовавшие
появлению этого литературного труда.
KIRIS
Mahalliy Amerika adabiyoti (Native American literature) rivojlanishi nafaqat badiiy
asarlarning gullab-yashnashiga olib keldi, balki adabiy tanqid va nazariyalar rivojiga ham
turtki berdi. Mazkur adabiyot doirasidagi mualliflar, jumladan L. Erdrik, asosan o‘z
o‘quvchilariga taqdim etayotgan mazmun bilan faol ishlaydilar, ayniqsa og‘zaki an’ana,
nutq va yozma rivoyatlar o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘liqliklarga e’tibor qaratishdi.
L.Erdrik ijodida teran mulohaza yurituvchi yozuvchilardan sanalaib, romanlarida faqat
shaxslarni tasvirlash bilan cheklanmaydi; u personajlar o‘rtasidagi munosabatlar, ularning
tabiat, jamiyat va jamoa bilan bo‘lgan aloqalarini ham sinchiklab tahlil qiladi va tasvirlaydi.
Uning asarlari nafaqat individual psixologiyani, balki guruh ichidagi psixologik
dinamikalarni ham o‘rganadi.
METODOLOGIYA
“Narrative Change: Postmodern Discourse on Native American Indian Literatures”
nomli kitobda postmodern adabiyot mavzusiga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy maqolalar
jamlanib, kitobdagi “Opening the Text: Love Medicine and the Return of the Native
American Woman” (“Matnni ochish: ‘Love Medicine’ va mahalliy amerikalik ayolning
qaytishi”) bobida Robert Silberman L.Erdrikning “Love Medicine” romanini tahlil qilish
orqali mahalliy Amerika adabiyotining taraqqiyotiga postmodernistik yondashuv orqali
nazar tashlaydi. Muallif L. Erdrikning asarlarini boshqa mahalliy amerikalik
yozuvchilarning ijodi bilan solishtirib, uning romanlarida kuzatiladigan ochiq tuzilmalarga
– ya’ni voqealar rivoji va rivoyat uslubining qat’iy chegaralarga bo‘ysunmasligiga urg‘u
beradi. Shuningdek, Silberman L. Erdrikning U. Folkner ijodiga bo‘lgan hurmati va
yaqinligini ta’kidlaydi. U L. Erdrikning “Love Medicine” romani bilan U.Folknerning
“As I Lay Dying” (“O‘limim chog‘ida”), “Absalom, Absalom” va “The Sound and the Fury”
(“Shovqin va g‘azab”) kabi mashhur romanlari o‘rtasida o‘xshashliklar mavjudligini
ko‘rsatadi. Bundan tashqari, Silberman L. Erdrik lotin-amerika adabiyotidan, ayniqsa
Gabriel Garsia Markes ijodidan bevosita ilhom olganini qiziqarli tarzda qayd etadi va uning
yozuv uslubi hamda ohangida shu ta’sirlar sezilishini alohida ta’kidlaydi [12].
NATIJALAR
2008-yilda yozilgan “The Plague of Doves” (“Kabutarlar vabosi”) romani
yigirmanchi asrda keng tarqalgan irqchilik mavzusiga va uning hozirgacha saqlanib qolgan
oqibatlariga chuqur e’tibor qaratadi. Asar syujeti XIX asrning 1890-yillarida Shimoliy
Dakotada yuz bergan voqealar atrofida qurilgan. Piter G. Baydler (Peter G. Beidler) o‘zining
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701
153
“A Documentary History of the 1897 Killings That Inspired Louise Erdrich’s ‘The Plague of
Doves’” (“1897-yildagi qotilliklar hujjatli tarixi: Luiza Erdrichning ‘The Plague of Doves’
asariga ilhom bergan voqealar”) nomli kitobida L. Erdrik ushbu asarda Spayser (Spicer)
oilasiga oid fojiali voqealarni (roman matnida Loxren (Lochren) oilasi deb nomlangan)
qanday badiiy talqin qilganini keng yoritadi. Ushbu voqealarga ko‘ra, oila a’zolari
vahshiylarcha o‘ldiriladi, so‘ngra esa uch nafar begunoh tubjoy amerikalik asossiz
ayblovlar asosida ommaviy qatl etiladi. L. Erdrik bu tarixiy hodisalarni chuqur ruhiy va
ijtimoiy tahlil orqali qayta tasvirlaydi va adolat, irqchilik va jamiyat xotirasi kabi muhim
mavzularni o‘rtaga tashlaydi [1]. L. Erdrik voqealarning badiiy talqinida ayrim tafsilotlarni
o‘zgartirgan, ya’ni u tarixiy haqiqatga to‘la tayanmasdan, syujetni yanada ta’sirchan qilish
maqsadida ayrim jihatlarni o‘z ijodiy qarashlariga mos ravishda qayta ishlab chiqadi.
Bu uslub orqali u real voqealarga asoslangan bo‘lsa-da, ularni adabiy jihatdan boyitib,
o‘quvchiga kuchliroq hissiy va ijtimoiy ta’sir ko‘rsatishga erishadi.
L. Erdrikning ta’kidlashicha, asarlariga xos bo‘lgan jihatlardan biri shuki, u
tasvirlagan rezervatsiyalar, shaharchalar va obrazlar ko‘pincha o‘z tasavvuri mahsulidir.
Biroq, ba’zi istisnolar mavjud – masalan, tarixiy shaxs Lui Riel va Holi Trek (Holy Track)
obrazi [5]. Holi Trek (Holy Track) – bu roman qahramonlaridan biri bo‘lib, yosh bola
sifatida begunoh tarzda qotillikda ayblanadi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar
tomonidan osib o‘ldiriladi. Biroq yillar o‘tib, u aslida aybsiz bo‘lgani, haqiqiy jinoyatchi esa
ruhiy nosog‘lom oq tanli erkak bo‘lgani aniqlanadi.
L. Erdrik ijodida ko‘pincha tubjoy xalqlarning hayoti va qadriyatlariga
“sivilizatsiyalashgan” jamiyat a’zolarining qanday munosabatda bo‘lishlarini tadqiq qiladi va
buni o‘z asarlarida chuqur badiiy tasvirlaydi. Uning “The Plague of Doves” (“Kabutarlar
vabosi”) romanida Evelina, Marn Wolde, Shamengwa, sudya Antone Basil Coutts, doktor
Cordelia Loxren kabi qahramonlar orqali tubjoy amerikaliklar va ularning yerlarida yashab
kelayotgan g‘arbiy ko‘chmanchilar o‘rtasidagi tarixiy va madaniy ziddiyatlar yoritiladi.
Roman an’anaviy boblar asosida tuzilmagan – u turli qismlarga bo‘linadi va har bir
qismda voqealar muayyan personajlar nigohi orqali hikoya qilinadi. Bu uslub
U.Folknerning mashhur asari “As I Lay Dying” (“O‘limim chog‘ida”)ga juda o‘xshash bo‘lib,
u ham o‘n birta turli personaj nuqtai nazaridan hikoya qilinadi. “The Plague of Doves” ham
ko‘p personajli hikoya uslubidan foydalanadi va quyidagi qismlarga bo‘lingan:
ROMAN BOBLARI
BOBDAGI FASLLAR
Solo
Evelina
The Plague of Doves, A Little Nip, Sister Godzilla, Holy Track, Bitter Tea
Judge Antone Bazil Coutts
The Way Things Are, Town Fever, The Wolf, Come In
Marn Wolde
Satan: Hijacker of a Planet, The Daniels, The Kindred
Evelina
The 4-B’s
Judge Antone Bazil Coutts
Shamengwa
Evelina
The Reptile Garden, All Soul’s Day, Road in the Sky
Judge Antone Bazil Coutts
The Veil, Demolition
Doctor Cordelia Lochren
Disaster Stamps of Pluto
Romaning dastlabki bo‘limlaridayoq kamsitish, ijtimoiy ziddiyat va ojizlik holatlari
yorqin tasvirlanadi. L. Erdrik hikoyani bosh qahramon Evelinaning bobosi va buvasining
hayotiy tarixini eslab o‘tish orqali boshlaydi. Evelina bobosini – Ojibve tilida “Mooshum”
(Musham) deb ataydi – va muallif uni hayotining eng muhim kunini hikoya qiluvchi
rivoyachi sifatida tasvirlaydi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701
154
Evelinaning bobosi Seraf Milk (Seraph Milk) o‘z hayotini xotirlab, 1896-yilda sodir
bo‘lgan “kabutarlar vabosi” davriga – aynan o‘sha paytda bo‘lajak rafiqasi Junessi (Junesse)
bilan uchrashganiga – qaytadi. Kabutarlar vabosi davri bu yerlik aholi uchun og‘ir kunlar
bo‘lib, ko‘plab fojialar va ijtimoiy nohaqliklar bilan esda qolgan. Seraf va Junessi yoshlik
paytida to‘ylariga to‘sqinlik qiluvchi muammolar bilan yuzma-yuz kelishadi va bu sababli
o‘z uylaridan qochishga majbur bo‘ladilar. Bu jarayonda erkaklardek kiyinadigan va qat’iy
xarakterga ega Maude Black ularga boshpana beradi va ular o‘n yetti yoshga to‘lguncha
birga yashashlariga imkon yaratadi, so‘ng esa ular turmush qurishadi.
Ushbu voqea orqali L.Erdrik bir qotillik voqeasiga ishora qiladi va o‘sha davrda
Maude Blackning uyida yashayotgan tubjoy amerikaliklar qanday qilib shubha ostiga
olinganini tasvirlaydi. Evelinaning bobosi va buvasi irqiy kamsitishlarga duch keladi va
o‘zlarini himoyasiz, zaif holatda topadilar. Bu epizod roman davomida tubjoy qahramonlar
qanday adolatsizliklarga uchraganini, ular qanday qilib irqchilik qurboniga aylanganini
ochiq va ta’sirchan tarzda namoyon etadi.
Roman sarlavhasi ham kitobxon e’tiborini tortishi shubhasiz. Ayniqsa, undagi ikki
so‘z – “kabutarlar” (doves) va “vabo” (plague) – diqqat qaratishga undaydi. “Vabo” atamasi
odatda ma’lum bir hududda keng tarqaladigan kasallik yoki ofatni anglatadi. “Kabutarlar”
esa, aksincha, ko‘plab madaniyatlarda poklik va tinchlik ramzi sifatida qaraladi. Bu ikki
so‘zning qarama-qarshi ma’nolari kishini o‘ylantirib qo‘yadi – muallif nima sababdan
aynan shunday nomni tanlagan ekan? Bu savolga javob topishda Katelyn Mathewning
tahlili katta yordam beradi. Uning tahlili roman sarlavhasidagi so‘zlarning ma’nolarini
ochib berishga xizmat qilishi bilan birga, asar davomida uchraydigan boshqa hayvon
obrazlarining ramziy mazmunini ham tushunishga yordam beradi.
Katelyn Mathew o‘z tahlilida “vabo” (plague) tushunchasini chuqur o‘rganib, uning
diniy mazmunlariga e’tibor qaratadi. U xususan, xristianlik tarixida vaboning, ayniqsa
Injilda tasvirlangan chigirtka vabosi kabi voqealarning alohida o‘rin tutishini ta’kidlaydi.
Tanqidchining fikricha, bunday vabo faqat jismoniy halokat emas, balki ma’naviy sinov,
tozalash yoki ogohlantirish ramzi sifatida ham qaraladi. Katelyn Mathew shuningdek,
bunday vabodan keyingi holatlarni ham tahlil qilib, L. Erdrik o‘z o‘quvchisini ramzlar
orqali romanda nazarda tutilgan asosiy mazmunni anglash sari yo‘naltirayotganini
ta’kidlaydi. Ya’ni, “vabo” – bu faqatgina voqea emas, balki jamiyat, insonlar va ularning
o‘tmishdagi adolatsizliklarga munosabatini anglashga olib boruvchi badiiy vositadir.
Xulosa
qilib aytganda, L.Erdrik Mahalliy Amerika adabiyotining rivojlanishiga
salmoqli hissa qo‘shgan yozuvchilardan biridir. U adabiy elchi sifatida Ojibwe
qabilalarining madaniy merosini saqlab qolish va uni kelajak avlodlarga yetkazishda
muhim rol o‘ynamoqda. Uning ko‘plab romanlari orasida “The Plague of Doves”
(“Kabutarlar vabosi”) alohida o‘rin tutadi. Ushbu asar nafaqat tubjoy xalqlarning
madaniyati, urf-odatlari va merosini yoritadi, balki murakkab mavzular va insonlararo
munosabatlarni tarixiy kontekstda ham, zamonaviy hayotda ham o‘rganishga zamin
yaratadigan ta’sirchan va o‘ziga xos badiiy asardir. L.Erdrikning bu romani o‘quvchini
chuqur o‘ylashga undaydi va tubjoy amerikaliklar hayotining turli jabhalarini chuqur his
etishga imkon beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Beidler, Peter G. Murdering Indians: A Documentary History of the 1897 Killings
That Inspired Louise Erdrich’s ‘The Plague of Doves’. McFarland & Company, 2014.
2.
Bruchac, Joseph. Native North American Literary Companion. Visible Ink, 1998.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701
155
3.
Coltelli, Laura. Winged Words: American Indian Writers Speak. University of
Nebraska Press, 1990.
4.
Chavkin, Allan. The Chippewa Landscape of Louise Erdrich. The University of
Alabama Press, 1999.
5.
Erdrich, Louise. The Plague of Doves. HarperCollins, 2008.
6.
Jacobs, Connie A. The Novels of Louise Erdrich: Stories of Her People. Peter Lang, 2001.
https://archive.org/details/novelsoflouiseer0011jaco/page/n12/mode/1up?view=theater
7.
Louise Erdrich’s Justice Trilogy: Cultural and Critical Contexts. Edited by Connie
A. Jacobs & Nancy J. Peterson. Michigan State University Press, 2021.
8.
Ganiyeva O. X. XX ASR AQSH REGIONAL ROMANI BADIIY O ‘ZIGA XOSLIGI
//Инновационные исследования в современном мире: теория и практика. – 2024. –
Т. 3. – №. 14. – С. 43-45.
9.
GANIEVA O. Specificity of XX century American realistic fiction. – 2024.
10.
Rainwater, Catherine. Reading between Worlds: Narrativity in the Fiction of
Louise Erdrich. American Literature, 1990, Vol. 62, No. 3. pp. 405-422.
https://www.jstor.org/stable/2926739
11.
Садуллаев Ф. Б. ХХ аср ақш модерн адабиётининг тарихий ҳамда ижтимоий
негизлари //scientific reports of bukhara state university. – Т. 171.
12.
Vizenor, Gerald. Native American Literature. A Brief Introduction and Anthology.
HarperCollins College Publishers, 1995.
