Авторы

  • Уткир Бурхонов
    PhD, доцент, Самаркандский государственный институт иностранных языков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.133431

Ключевые слова:

Языковой туризм Испанский язык Узбекский язык культурный туризм институт сервантеса Сертификация DELE и SIELE Стандарты CEFR интеграция туризма и изучения языка

Аннотация

Сегодня языковой туризм является одним из наиболее продуктивных направлений туризма в развитых странах, включая Испанию. Развитие этого сектора туризма оценивается наличием всесторонне продуманной программы. В Узбекистане подобные направления пока не занимают значимого места в туристической отрасли. Конечно, это напрямую связано с положением узбекского языка среди мировых языков. Экономический потенциал языкового туризма отражается в количестве летних курсов, организуемых рядом стран. Цель данной статьи — изучить достижения языкового туризма в Испании, а также рассмотреть возможности его адаптации и развития в условиях Узбекистана.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Applying Spanish language tourism experience to

Uzbekistan's tourism sector

Utkir BURKHONOV

1

Samarkand State Institute of Foreign Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2025

Received in revised form

15

March 2025

Accepted 25

April 2025

Available online

15

May 2025

Today, language tourism is one of the most productive areas

of tourism in developed countries, including Spain. The

development of this sector in tourism is assessed by having a

well-thought-out program in all respects. Such destinations do

not have a strong place in Uzbek tourism. Of course, this is

directly related to the position of the Uzbek language among the

world's languages. The economic potential of language tourism

is reflected in the number of summer courses organized by

some countries. The purpose of this article is to study the

achievements of Spanish language tourism, its adaptation to the

conditions of Uzbekistan and its development.

2181-3663/© 2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss3-pp170-176

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

language tourism,

Spanish language,

Uzbek language,

cultural tourism,

cervantes institute,

DELE and SIELE

certifications,

CEFR standards,

Integration of travel and

language learning.

Ispaniya til turizmi tajribasini O‘zbekiston turizm sohasiga

yo‘naltirish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

til turizmi,

ispan tili,

o‘zbek tili,

madaniy turizm,

servantes instituti,

DELE va SIELE tizimlari,

CEFR talablari,

sayyohlik va til o‘rganish

integratsiyasi.

Til turizmi bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar, jumladan

Ispaniya turizmning sermahsul yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Turizmda bu sohani rivojlantirish har tomonlama puxta

o‘ylangan dasturga egalik qilish bilan baholanadi. O‘zbekiston

turizmida bu kabi yo‘nalishlar o‘zining mustahkam o‘rniga ega

emas. Albatta, bu o‘zbek tilining dunyo tillari o‘rtasidagi mavqeyi

bilan, bevosita bog‘liqdir. Til turizmining iqtisodiy potensiali esa

ba’zi mamlakatlar tomonidan tashkil etilgan yozgi kurslar sonida

namoyon bo‘ladi. Ushbu maqolaning maqsadi – Ispaniya til

turizmi yo‘nalishidagi yutuqlarini o‘rgangan holda uni

O‘zbekiston sharoitiga moslash va uni rivojlantirish.

1

PhD, Associate Professor, Samarkand State Institute of Foreign Languages. E-mail: utkirburkhon24@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701

171

Использование опыта языкового туризма Испании

в развитии туристической отрасли Узбекистана

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

языковой туризм,

Испанский язык,

Узбекский язык,

культурный туризм,

институт сервантеса,

Сертификация DELE и

SIELE,

Стандарты CEFR,

интеграция туризма и

изучения языка.

Сегодня языковой туризм является одним из наиболее

продуктивных направлений туризма в развитых странах,

включая Испанию. Развитие этого сектора туризма

оценивается

наличием

всесторонне

продуманной

программы. В Узбекистане подобные направления пока не

занимают значимого места в туристической отрасли.

Конечно, это напрямую связано с положением узбекского

языка среди мировых языков. Экономический потенциал

языкового туризма отражается в количестве летних курсов,

организуемых рядом стран. Цель данной статьи – изучить

достижения языкового туризма в Испании, а также

рассмотреть возможности его адаптации и развития в

условиях Узбекистана.

Bugungi kunda til turizmi degan tushunchadan turizm orqali o‘z tili va madaniyatini

targ‘ib qiluvchi mamlakatlarda, xususan Ispaniya turizmida keng foydalanilmoqda.

Til turizmining obyekti – bu tildir. Ona tili sifatida ispan tili dunyoda xitoy tilidan keyin

ikkinchi o‘rinda turadi. Shuningdek, ispan tili dunyoda eng keng tarqalgan tillar orasida

ham ikkinchi o‘rinda turadi.

Ispaniya Servantes institutining “El español en el mundo” (“Dunyoda ispan tili”)

yillik to‘plami 1998-yildan beri muntazam ravishda chop etib kelinadi. Ushbu yillik to‘plam

ispan tilining global ahvoli va tarqalishini o‘rganuvchi asosiy manba hisoblanadi. Nashrda

dunyodagi ispan tilining demografiyasi, ilmiy-tahliliy maqolalar va Servantes institutining

eng muhim xalqaro loyihalari haqida ma’lumotlar jamlangan. Mazkur to‘plamning

2024-yildagi 25-sonli nashrida Fransisko Moreno Fernandez va Gektor Alvarez Mellaning

muallifligidagi “Dunyoda ispan tili 2024” nomli hisobot maqolasi nashr etilgan bo‘lib, ular

dunyo bo‘ylab ispan tilida so‘zlashuvchilar soni ortib borayotganini raqamlar orqali yoritib

berganlar. Bugungi kunda ispan tilida so‘zlashuvchilar soni 600 milliondan oshgani,

ulardan deyarli 500 millioni ona tili sifatida so‘zlashuvchi ekanligi qayd etilgan.

Shuningdek, 100 milliondan ziyod insonlar ispan tilida gaplashuvchi mamlakatlardan

tashqarida yashaydi. Ispan tilini xorijiy til sifatida o‘rganayotganlar esa 24 milliondan

ortiqni tashkil etadi va bu ko‘rsatkich har yili o‘rtacha 2% ga oshib bormoqda. Ushbu

raqamlar tilning xalqaro maydonda hali katta rivojlanish imkoniyatiga ega ekanligini

ko‘rsatmoqda.

Ispan tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish global miqyosda sayohat va ta’lim

yo‘nalishida yangi tendensiyani – til turizmini shakllantirdi. Til turizmi – xorijga borib,

o‘sha hududning tilini o‘rganish jarayoniga asoslangan maxsus sayyohlik turi bo‘lib, uning

bosh maqsadi til o‘rganishni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirishdir.

Ispan tilining keng tarqalgan demografik ahamiyati bilan bir qatorda, Ispaniya va

Lotin Amerikasi mamlakatlarining boy madaniy merosi ham ispan tilini o‘rganishga

bo‘lgan qiziqishning asosiy sabablaridan biri sifatida maydonga chiqadi. Lotin Amerikasi

va Ispaniya madaniyati o‘zining san'ati, adabiyoti, musiqasi va festivallari bilan global

e'tiborni tortadi. Ushbu madaniy jihatlar ko‘pincha til o‘rganish jarayonini boyituvchi

asosiy omil sifatida namoyon bo‘ladi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701

172

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, til o‘rganishni sayohat bilan birlashtirgan talabalar

lingvistik va madaniy kompetentsiyalarni tezroq egallaydilar. Shu sababli, ispan tiliga
asoslangan til turizmi nafaqat lingvistik maqsadlarga, balki madaniyatlararo aloqalarni
mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

Til turizmi bo‘yicha dunyo miqyosida kam tadqiqotlar olib borilmoqda

O‘zbekistonda esa bu borada ilmiy tadqiqotlar ham kam uchraydi. Shuning uchun ham
tashkilotlarda (til maktablari, sayyohlik agentliklari, mahalliy tashkilotlar va boshqalar) va
ilmiy sohalarda ham ushbu masalani ko‘rib chiqilishi kerak. Albatta, til turizmini
rivojlantirishdan oldin, tilni rivojlantirish, unga erkinlik berish va uni dunya hamjamiyati
tomonidan qiziqish uyg‘otish zarurdir. Yuqorida keltirgan ma’lumotlarimiz orqali ispan
tilining dunyo aholisi tomonidan juda katta qiziqish borligini va buning natijasida til
turizmini rivojlanib borayotganligini ko‘rishimiz mumkin. O‘zbekistonda turizmning bu
yo‘nalishini rivojlantirishdan oldin, o‘zbek tiliga e’tibor qaratish, unga keng imkoniyatlar
yaratish va betakror madaniyatimiz orqali sayyohlarga tilimizga bo‘lgan qiziqishni ortirish
maqsadga muvofiqdir. So‘ngi yillarda o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tibor har qachongidan ham
ortgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil
13-maydagi PF–4797-sonli farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbek tili va adabiyotini,
uning o‘ziga xos xususiyatlari, ilmiy-nazariy, falsafiy-estetik asoslarini, zamonaviy ta’lim
texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirgan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali
ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash asosiy maqsadlardan biri qilib ko‘rsatilgan va bu
albatta, o‘zbek tilini biladigan va uni o‘qita oladigan yetuk mutaxasislarni tayyorlash
borasida eng ishonchli qadamlardan biri bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-oktabrdagi PF–5850-son Farmoni o‘zbek tilining
moddiy-texnik bazasini yaratish borasida eng ahamiyatli hujjatdir. Ushbu Farmonda
davlat rahbari: “O‘zbek tilining qo‘llanish doirasini kengaytirish, mamlakatimizda
yashayotgan turli millatlarga mansub vatandoshlarimizning davlat tilini o‘rganishlari
uchun tegishli sharoit yaratib berish, yurtimizda va xorijda o‘zbek tilini o‘rgatadigan o‘quv
markazlarini ko‘paytirish zarur” – degan fikrlari til turizmini tashkil etish va uni
rivojlantirish borasida ahamiyatlidir.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil

4-fevraldagi qarori bilan “Rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan
shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash va ularga davlat tilini bilish bo‘yicha
daraja sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi. Ushbu qaror davlat
tilining nufuzini oshirish va rasmiy ish yuritishda o‘zbek tilidan keng foydalanishni
ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Mazkur nizomning asosiy jihatlaridan biri bur
sertifikatlash tizimining joriy ettilishida bo‘lib, unga ko‘ra 2021-yil 1-apreldan boshlab
rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga nomzodlarning davlat tilini bilish darajasi
baholanadi. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tganlarga davlat tilini bilish bo‘yicha daraja
sertifikati beriladi. Shuningdek test sinovlarini tashkil etish Davlat test markazi tomonidan
tashkil etilib, nomzodlarning o‘zbek tilida rasmiy ish yuritish qobiliyatini aniqlashga
qaratilgan. Test sinovlari tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini
baholashni o‘z ichiga oladi. Rahbar lavozimlariga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat
tilini bilish darajasini aniqlash majburiy hisoblanadi. Bu talab davlat boshqaruvi organlari,
mahalliy hokimiyatlar va boshqa tashkilotlarga nisbatan qo‘llaniladi. Qaror ijrosi doirasida


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701

173

davlat tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish jarayonlari yo‘lga qo‘yilgan.
Bu esa davlat tilida ish yuritish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu qaror
davlat tilining rasmiy doiralarda keng qo‘llanilishini ta’minlash va rahbar kadrlarning
o‘zbek tilini mukammal bilishini rag‘batlantirishga qaratilgan muhim hujjatdir.

Til turizmining yana bir asoslaridan biri bu mavjud tilda jahon standartlariga mos

bo‘lgan, CEFR talablariga javob bera oladigan til o‘rganish normalarining mavjudligi. Ispan

tilida bunday mezonlarga javob beruvchi (Chet tili sifatida ispan tili diplomi) DELE til bilish

darajasini aniqlab beruvchi xalqaro tan olingan diplom mavjud bo‘lib, u 1988-yildan buyun

Ispaniya Qirolligi ta’lim, madaniyat va sport vazirligi nomidan Servantes instituti va

hamkor tashkilotlar Ispaniyaning Salamanka universiteti, Meksika milliy avtanom

universiteti va Buenos Ayres universitetlari tomonidan belgilangan imtihondan o‘tgan

talabgorlarga beriladi. Ispaniyaga til o‘rganish maqsadida tashrif buyuruvchi

sayohatchilar, rasmiy daraja sertifikati olish uchun, odatda DELE (Diploma de Español

como Lengua Extranjera) imtihonini topshirishlari zarur bo‘ladi. DELE imtihoni ispan tilini

xorijiy til sifatida bilish darajasini tasdiqlovchi eng nufuzli hujjat hisoblanadi va u dunyo

bo‘ylab keng tan olingan.

Bundan tashqari, Servantes instituti hamkor universitetlar bilan birgalikda

2016-yilda ta’sis etilgan SIELE (Servicio Internacional de Evaluación de la Lengua

Española – Ispan tili xalqaro baholash xizmati) platformasi orqali ispan tilidan onlayn

imtihon topshirish imkoniyatini ham taqdim etmoqda. SIELE imtihoni ispan tilini bilish

darajasini aniqlashda yanada qulay va zamonaviy yechim bo‘lib, u nafaqat til bilish

darajasini tasdiqlash, balki xalqaro miqyosda ispan tiliga bo‘lgan qiziqishni oshirishga

xizmat qiladi. Ushbu tizim imtihonlarni butunlay raqamli shaklda o‘tkazib,

foydalanuvchilarga tinglab tushunish, o‘qish, yozish va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini

baholash imkoniyatini beradi.

Shu bilan birga, SIELE sertifikati DELE ga qaraganda moslashuvchanroq bo‘lib, o‘z

ichiga Yevropa tillari umumiy tavsifi (CEFR) talablari asosida barcha bosqichlarni qamrab

oladi. Bu esa ispan tilini o‘rganish jarayonida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi va talaba

hamda mutaxassislarga til bilish darajasini isbotlashda xalqaro tan olingan vosita bo‘lib

xizmat qiladi.

DELE va SIELE o‘rtasidagi asosiy farqlar

Xususiyat

DELE

SIELE

Boshlangan yili

1988

2016

O‘tkazilish shakli

An’anaviy (markazlarda)

To‘liq onlayn

Diplom muddati

Cheksiz

5 yil

Baholovchi tizim

Har bir darajani alohida topshirish Integratsiya (1 test orqali umumiy baho)

O‘tkazilish maqsadi

Diplom olish (malaka sertifikati)

Raqamli sertifikat (tezkor natija)

Moslashuvchanlik

Belgilangan sanalar bo‘yicha

Har qanday kunda

(joy band qilingan holda)

2019-yilda O‘zbekistonda o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida

CEFR (Common European Framework of Reference for Languages) talablariga mos B1 va

B2 darajadagi test savollari ishlab chiqildi. Ushbu testlar Bank-moliya akademiyasi,

Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchilari va Davlat test markazi (DTM) xodimlari

ishtirokida sinovdan o‘tkazilib, natijalari tahlil qilindi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim

etildi. Test savollari takomillashtirilgach, 2020-yildan boshlab amaliyotga joriy etilishi

rejalashtirilgan edi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701

174

Biroq hozirgi kunga kelib, o‘zbek tilini bilish darajasini baholash uchun

CEFR talablariga to‘liq mos milliy imtihon tizimi hali amalda joriy etilmagan. Mavjud
CEFR imtihonlari asosan chet tillarini, jumladan ingliz, nemis, fransuz, ispan va boshqa
tillarni bilish darajasini aniqlashga qaratilgan. O‘zbek tilini bilish darajasini xalqaro
standartlarga muvofiq baholovchi sertifikatlash tizimi to‘liq yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa-da,
davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy testlar qisman amaliyotda
qo‘llanilmoqda. 2020-yil 28-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
592-son qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini
bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlangan. Ushbu nizomga
muvofiq, fuqarolikka qabul qilish jarayonida davlat tilini bilish darajasi maxsus test
sinovlari orqali aniqlanadi. Biroq, bu testlar CEFR talablariga to‘liq mos kelmaydi va
umumiy sertifikatlash tizimi sifatida ishlamaydi.

Kelgusida o‘zbek tilini bilish darajasini xalqaro standartlar asosida baholash tizimini

joriy etish til o‘rganuvchilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi mumkin. Bu esa
O‘zbekistonga keluvchi chet elliklar, talabalar va sayyohlar uchun til o‘rganish dasturlarini
kengaytirish, o‘zbek tilining xalqaro miqyosda nufuzini oshirish va til turizmini
rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu ma’noda, o‘zbek tilini CEFR talablariga mos baholash
tizimini yo‘lga qo‘yish milliy tilni xalqaro maydonda tanitishda muhim qadam bo‘ladi.

Tilni o‘rganish sayohat qilish uchun asosiy turtki bo‘lsa ham, sayyohlar manzilni

tanlashda boshqa xususiyatlarni, masalan, xavfsizlik, tilning sifati yoki madaniy diqqatga
sazovor joylarni hisobga olishadi. Bu esa o‘z navbatida turizmning boshqa sohalarini
kuchaytirishni taqoza etadi. Albatta, O‘zbekistonda xavfsizlikni ta’minlash va
sayyohlarning madaniy diqqatga sazovor joylarga qulay tashrif buyurishlari uchun sharoit
yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi “Transport va turizm obyektlarida
jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4229-sonli Qarori” hamda O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-noyabrdagi “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz
shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 939-sonli Qarori”
mamlakatda xavfsiz turizmni ta’minlash borasidagi muhim tashabbuslardan hisoblanadi.

Mazkur qarorlar sayyohlar oqimini oshirish va ularning O‘zbekistonga tashrifi

davomida o‘zlarini xavfsiz his qilishlari uchun barcha zarur infratuzilma va xavfsizlik
tizimlarini joriy etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Shu tariqa, sayyohlik yo‘nalishlari va
madaniy obyektlarning jozibadorligi oshib, turizm sohasining rivojiga keng imkoniyat
yaratildi.

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish xalqaro tashkilotning ma’lumotlariga ko‘ra

bugun turizm rivojlanib borayotgan bir vaqtda madaniy turizm eng yirik va eng tez
rivojlanayotgan global turizm bozorlaridan biri hisoblanadi. Ko‘plab mamlakatlar
o‘zlarining moddiy va nomoddiy madaniy boyliklarini tobora rivojlanib borayotgan
raqobatbardosh turizm bozorida qiyosiy ustunliklarni taraqqiy ettirish va globallashuv
sharoitida mahalliy o‘ziga xoslikni yaratish vositasi sifatida faol rivojlantirmoqdalar.
Madaniyat manzilning o‘ziga xosligini yaratadi, turizm esa madaniy meros va madaniy
ishlab chiqarishni kuchaytiradigan daromadni oshirishi mumkin. Turizm va madaniyat
o‘rtasidagi bu o‘zaro bo‘gliqlik asosida, boshqalarning madaniyatini his etish uchun
sayohat qilish tushunchasi muhim o‘rin egalaydi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701

175

Madaniy turizmning ko‘lami katta. Madaniy iste’mol qilish imkoniyatlari

kengayganligi sababli madaniy turizmning xilma-xilligi o‘sib bormoqda. Madaniy taklif
madaniyat obyektlari, hunarmandchilik, arxitektura namunalari, ijrochilik san’ati,
madaniy tadbirlar, ijodiy faoliyat va nomoddiy meroslarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek,
odamlarning turmush tarzi, kundalik madaniyati va urf-odatlari bilan tanishish ham
madaniy turizmga misol bo‘la oladi. Madaniy turizm nafaqat madaniy qadriyatlarni asrab-
avaylashga, balki turizm industriyasining iqtisodiy salohiyatini oshirishga ham xizmat
qiladi. Zamonaviy dunyoda madaniy turizmning ahamiyati kundan kunga ortib bormoqda,
chunki u iqtisodiy daromad keltirish bilan birga xalqlar o‘rtasidagi madaniy muloqotni
kuchaytiradi. Shu bilan birga, turizmning o‘ziga xos yo‘nalishlaridan biri sifatida til turizmi
alohida e’tiborga loyiqdir.,

O‘zbekiston turizmining asosini madaniy turizm tashkil etadi. Chunki, O‘zbekiston

boy tarixiy-madaniy merosga ega bo‘lib, jumladan 7300 dan ortiq qadimiy-me’moriy va
arxeologik obidalar mavjud. Ularning ko‘pchiligi Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz,
Termiz, Qo‘qon va Toshkent shaharlarida joylashgan. Yurtimizning 200 dan ziyod tarixiy
yodgorliklari va obidalari YUNESKOning madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Til turizmi madaniy turizmning bir qismi bo‘lib, sayohatchilarning chet tilini

o‘rganish maqsadida boshqa mamlakatlarga tashrif buyurishini anglatadi. Til turizmi
tushunchasi Ispaniyada “Ispaniya Turistik Kengashi (TURESPAÑA)” va “Ispaniyaning
Chet Tili sifatida Ispan tili Maktablar Uyushmasi Federatsiyasi (FEDELE)” tomonidan ilgari
surilgan. 2008-yildan beri FEDELE TURESPAÑA bilan hamkorlik qilib, Ispaniyani til
turizmi yo‘nalishida targ‘ib qilish va ispan tilini chet tili sifatida o‘rgatish faoliyatini
rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda.

Bundan tashqari, FEDELE 2009-yilda Ispaniya Sanoat, Savdo va Turizm vazirligiga

“Til Turizmi Strategik Rejasini” taqdim etgan. Ushbu reja ispan tilini o‘rganish orqali
turizmni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, til o‘rganish sayohatlarini Ispaniya
iqtisodiyotining muhim qismi sifatida ko‘rib chiqadi. Shuningdek, ular til o‘rganish
sayohatlarini odatiy turistik sayohatlardan farqlab, bunday sayohatlarni chet tilini
o‘rganish va amalda qo‘llash uchun bir yildan kam bo‘lmagan muddatga mo‘ljallangan
turistik faoliyat sifatida tavsiflaydilar. Biroq, til o‘rganish dasturining mazmuni va
sayohatchining til bilish darajasiga qarab, bu muddat bir yildan qisqa bo‘lishi ham
mumkin. Masalan, qisqa muddatli intensiv kurslar yoki yozgi maktablar orqali til o‘rganish
dasturlari bir necha haftadan bir necha oygacha davom etishi mumkin. Ispaniyada til
turizmi mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli hissa qo‘shadi. Mamlakatning boy madaniy
merosi, sifatli ta’lim muassasalari va qulay iqlimi chet ellik talabalarni jalb qiladi. Bu esa
nafaqat ta’lim sohasini, balki turizm, xizmat ko‘rsatish va boshqa iqtisodiy tarmoqlarni
ham rivojlantirishga yordam beradi. Shu bilan birga, til turizmi orqali sayohatchilar
mamlakatning madaniy diqqatga sazovor joylari bilan tanishish, mahalliy aholi bilan
muloqot qilish va tilni tabiiy muhitda o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa
ularning til o‘rganish jarayonini yanada samarali va qiziqarli qiladi.

O‘zbekiston ham o‘zining boy madaniy merosi va mehmondo‘stligi bilan til turizmini

rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega. O‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet
elliklar uchun maxsus dasturlar va kurslar tashkil etish orqali mamlakatga ko‘proq
sayyohlarni jalb qilish va xalqaro miqyosda o‘zbek tilining nufuzini oshirish mumkin.
Turizmdagi ushbu yo‘nalishining moliyaviy ta’siri boshqa tarmoqlar uchun ham muhimdir.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701

176

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

María Redondo-Carretero, Carmen Camarero-Izquierdo, Ana Gutiérrez-Arranz, Javier

Rodríguez-Pinto: "Language tourism destinations: a case study of motivations, perceived value
and tourists’ expenditure" – Springer Science + Business Media New York 2017.

2.

Kholikov, B. A. 1-sho‘ba the language of fantasy: linguistic features in mythological

and fantasy literature. Ilmiy va professional ta’lim jarayonida muloqot, fan va madaniyatlar
integratsiyasi, 17.

3.

https://cvc.cervantes.es/lengua/anuario/anuario_24/el_espanol_en_el_mundo_

anuario_instituto_cervantes_2024.pdf

4.

https://navoiy-uni.uz

5.

https://examenes.cervantes.es

6.

https://kun.uz

Библиографические ссылки

María Redondo-Carretero, Carmen Camarero-Izquierdo, Ana Gutiérrez-Arranz, Javier Rodríguez-Pinto: "Language tourism destinations: a case study of motivations, perceived value and tourists’ expenditure" – Springer Science + Business Media New York 2017

Kholikov, B. A. 1-sho ‘ba the language of fantasy: linguistic features in mythological and fantasy literature. Ilmiy va professional ta’lim jarayonida muloqot, fan va madaniyatlar integratsiyasi, 17.