Авторы

  • Феруза Уракова
    Докторант, Национальный педагогический университет Узбекистана имени Низами

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.133447

Ключевые слова:

Бехбудий Ибрат джадидизм путевые заметки современное образование школьная реформа учебники просветительство зарубежный опыт джадидские школы

Аннотация

В данной статье рассматриваются взгляды Махмудходжи Бехбуди и Исхокходжи Ибрата на современное образование, отражённые в их путевых заметках. Эти выдающиеся представители джадидского движения конца XIX – начала XX века, путешествуя по различным странам, изучали достижения в сфере образования, печати, библиотечного дела, театра и здравоохранения. Они считали необходимым внедрить передовой зарубежный опыт в систему образования Туркестана и внесли значительный вклад в разработку учебников, открытие новых школ и становление национальной прессы. В статье путевые заметки Бехбуди и Ибрата анализируются на основе сравнительного и содержательного подхода. Делается вывод о том, что, по мнению данных просветителей, образование является ключевым фактором духовного возрождения нации и её освобождения от невежества. Их идеи сохраняют актуальность и могут быть полезны в условиях современных реформ в системе образования Узбекистана.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Behbudiy and Ibrat's perspectives on modern education
as reflected in their travel memoirs

Feruza URAKOVA

1


Urgench State University named after Abu Rayhan Biruni

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025
Received in revised form

10 April 2025
Accepted 2 May 2025
Available online

25 June 2025

This article analyzes the views of Mahmudkhoja Behbudi and

Is’hoqkhoja Ibrat on modern education as reflected in their

travel memoirs. As prominent figures of the Jadid movement in

the late 19th and early 20th centuries, both scholars visited
various foreign countries where they studied the progress made

in education, publishing, libraries, theaters, and healthcare

institutions. They firmly believed that it was necessary to

implement these progressive ideas in Turkestan and thus
contributed to the development of textbooks, the opening of

modern schools, and the establishment of national journalism.

The article employs comparative and analytical methods to

examine their travel writings, uncovering their forward-

thinking educational ideas. Behbudi and Ibrat considered
education to be a powerful tool for overcoming ignorance and

achieving national enlightenment. Their legacy remains

relevant today and can serve as a valuable foundation for the

ongoing educational reforms in modern Uzbekistan.

2181-3701

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss6

/S

-pp2

29-236

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

Behbudi,

Ibrat,

Jadidism,

travel memoirs,

modern education,

school reform,

textbooks,

enlightenment,

foreign experience,

Jadid schools.

Behbudiy va Ibratning safar xotiralarida zamonaviy ta’lim

xususidagi qarashlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Behbudiy,

Ibrat,

jadidchilik,

safar xotiralari,

zamonaviy ta’lim,

maktab islohoti,

darsliklar,

Mazkur maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiy va Is’hoqxonto‘ra

Ibratning safar xotiralari asosida ular ilgari surgan zamonaviy

ta’limga oid qarashlar tahlil qilinadi. XIX asr oxiri va XX asr

boshlarida faoliyat yuritgan bu ikki jadid ziyolisi xorijiy

mamlakatlarga

qilgan safarlari davomida ta’lim, matbuot,

kutubxona,

teatr,

shifoxona

kabi

madaniy-

ma’rifiy

1

PhD student, Uzbekistan national Pedagogical University named after Nizami.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

230

ma’rifatparvarlik,

xorijiy tajriba,

jadid maktablari.

muassasalarning taraqqiyoti bilan tanishgan. Ular bu

tajribalarni o‘z yurti —

Turkistonda tatbiq etish zarur deb

hisoblashgan va shu yo‘lda darsliklar yaratgan, m

aktablar

ochgan, matbuot asoslarini shakllantirgan. Maqolada safar

xotiralari qiyosiy va tahliliy yondashuv asosida o‘rganilib,

zamonaviy ta’limga oid ilg‘or fikrlar aniqlanadi. Behbudiy va

Ibratning fikricha, ta’lim —

bu xalqni jaholatdan chiqaruvchi

kuch

, millatning ma’naviy yuksalishini ta’minlovchi eng muhim

omildir. Ularning tajribasi bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib,

zamonaviy O‘zbekiston ta’lim tizimidagi islohotlar uchun

g‘oyaviy va amaliy asos bo‘la oladi

.

Взгляды

Бехбуди

и

Ибрата

на

современное

образование в их путевых заметках

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Бехбудий,

Ибрат,

джадидизм,

путевые заметки,

современное образование,
школьная реформа,
учебники,
просветительство,

зарубежный опыт,
джадидские школы

.

В

данной

статье

рассматриваются

взгляды

Махмудходжи Бехбуди и Исхокходжи Ибрата на

современное образование, отражённые в их путевых

заметках. Эти выдающиеся представители джадидского

движения конца XIX –

начала XX века, путешествуя по

различным странам, изучали достижения

в сфере

образования, печати, библиотечного дела, театра и

здравоохранения. Они считали необходимым внедрить

передовой зарубежный опыт в систему образования

Туркестана и внесли значительный вклад в разработку
учебников, открытие новых школ и становление

национальной прессы. В статье путевые заметки Бехбуди и

Ибрата анализируются на основе сравнительного и

содержательного подхода. Делается вывод о том, что, по
мнению данных просветителей, образование является

ключевым фактором духовного возрождения нации и её

освобождения от невежества. Их идеи сохраняют

актуальность и могут быть полезны в условиях
современных реформ в системе образования Узбекистана

.

This article analyzes the views of Mahmudkhoja Behbudi and Is’hoqkhoja Ibrat

on modern education as reflected in their travel memoirs. As prominent figures of the
Jadid movement in the late 19th and early 20th centuries, both scholars visited
various foreign countries where they studied the progress made in education,
publishing, libraries, theaters, and healthcare institutions. They firmly believed that it
was necessary to implement these progressive ideas in Turkestan and thus
contributed to the development of textbooks, the opening of modern schools, and the
establishment of national journalism. The article employs comparative and analytical
methods to examine their travel writings, uncovering their forward-thinking
educational ideas. Behbudi and Ibrat considered education to be a powerful tool for
overcoming ignorance and achieving national enlightenment. Their legacy remains


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

231

relevant today and can serve as a valuable foundation for the ongoing educational
reforms in modern Uzbekistan.

KIRISH

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston jamiyatining ijtimoiy-siyosiy va

madaniy-

ma’rifiy hayotida yuz bergan o‘zgarishlar xalqimiz tarixida tub burilish

yasagan davr sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ushbu davrda vujudga
kelgan jadidchil

ik harakati, uning namoyandalari tomonidan ilgari surilgan ilg‘or

g‘oyalar, ta’lim sohasida boshlangan tub islohotlar, xalq ongini uyg‘otishga qaratilgan
intellektual va ma’rifiy sa’y

-

harakatlar hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini

yo‘qotmagan. Mazkur harakatning peshqadam vakillaridan bo‘lgan Mahmudxo‘ja
Behbudiy va Is’hoqxonto‘ra Ibrat o‘z zamonasining teran fikrli, yangilikka ochiq, xalq
taqdiriga befarq bo‘lmagan ziyolilari sifatida e’tirof etiladi. Ularning yozgan asarlari,

xususan, safar xotiralari naf

aqat tarixiy manba, balki pedagogik, ma’naviy

-

ma’rifiy va

ijtimoiy qarashlarning aks etgan muhim dalillari sifatida o‘rganilishi lozim.

Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Qasdi safar” asari, shuningdek, Ibratning o‘z

zamonasida yozib qoldirgan safar taassurotlari,

bu ikki ma’rifatparvar shaxsning

xorijiy davlatlarda kuzatgan zamonaviy ta’lim tizimlari, ularning ustunlik jihatlari va
eng muhimi, bu tajribalarni o‘z yurti Turkistonga olib kirish zarurligi haqidagi
fikrlarini yaqqol ko‘rsatib beradi. Ularning safar davomida ko‘rgan voqeliklarga

bergan baholari, jamiyatni isloh qilish haqidagi orzu-umidlari, maktab, madaniyat va
matbuot borasidagi qarashlari orqali jadidchilik harakatining maqsad va

yo‘nalishlarini ham anglash mumkin. Behbudiy Turkiya, Kavkaz, Misr, Ross

iya kabi

mamlakatlarga qilgan safarlarida ilg‘or ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishgan,
o‘z yurtidagi ta’lim tizimining qoloqligi, tashkilotchilik yetishmasligi, darsliklar va
zamonaviy pedagogik yondashuvlar yo‘qligidan qayg‘uga tushgan holda, o‘z

asarlarida

bu muammolarni ochiq va tanqidiy yoritgan. Ayniqsa, maktablarning soni va sifati,
kutubxonalar, kitoblar, matbaa sohasidagi yutuqlarni qiyosiy tarzda tahlil qilishi

Behbudiy qarashlarining amaliyotga yo‘naltirilganini anglatadi.

Is’hoqxonto‘ra Ibrat esa xalq orasida “Ibrat domla” nomi bilan mashhur bo‘lib,

o‘zining lug‘atshunoslik, tarjimonlik, tarixchilik va publitsistik faoliyati bilan tanilgan.
U ham safarlari orqali dunyo mamlakatlaridagi ijtimoiy va madaniy hayot, ta’lim

tizimi, kitob nashr

i, madrasalarning islohoti, diniy va dunyoviy ilmlarning uyg‘unligi

kabi muhim jihatlarni o‘rganib, o‘z asarlarida buni keng yoritgan. Uning “Lug‘ati sitta
alsina” (Oltita til lug‘ati), “Tarixi Farg‘ona” kabi asarlari orqali milliy uyg‘onish
g‘oyalarini targ‘ib qilgani, ayniqsa, xalqni ilm

-

ma’rifat sari yetaklashda faol bo‘lgani

tarixiy haqiqatdir. Ibrat o‘z safar taassurotlarida ko‘rgan yuksak madaniyatli davlatlar
hayotiga havas bilan qaragan, ularning taraqqiyot kalitini aynan zamonaviy ta’limda
ko‘rgan.

U o‘z asarlarida maktablarni milliy qadriyatlar asosida isloh qilish, o‘quv

dasturlarini boyitish, darsliklar yaratish, ona tili, geografiya, tarix kabi fanlarni

zamonaviy yondashuvda o‘qitish g‘oyalarini ilgari surgan.

Mazkur maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiy va Is’hoqxonto‘ra Ibratning safar

xotiralariga tayangan holda ularning zamonaviy ta’lim haqidagi qarashlari, bu
fikrlarning o‘z davrida qanday ahamiyat kasb etgani, zamonaviy O‘zbekistonda bu

meros qanday yangicha talqin qilinishi mumkinligi tahlil qilinadi. Shuningdek,

maqolada

ularning

safarlari

davomida

guvoh

bo‘lgan

madaniy

-

ma’rifiy

manzaralarning ta’limga bo‘lgan qarashlariga qanday ta’sir etgani, ilg‘or


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

232

mamlakatlarning tajribalarini Turkistonda tatbiq etish yo‘lida qilgan sa’y

-harakatlari,

jadid mak

tablarini ochish va darsliklar yaratishdagi fidokorona faoliyati o‘z aksini

topadi. Bu orqali biz nafaqat tarixiy bir haqiqatni anglaymiz, balki hozirgi kunda ta’lim
islohotlarida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ibratli yondashuvlarni ham ko‘rib

chiqamiz.

TADQIQOT MATERIALI VA USULLARI
Tadqiqot usullari

Mazkur ilmiy maqolada qo‘llanilgan tadqiqot usullari, asosan, tarixiy

-filologik,

qiyosiy-tahliliy, kontent-

analiz va tipologik metodlarga asoslangan bo‘lib, ular

yordamida Mahmudxo‘ja Behbudiy va Is’hoqxonto‘

ra Ibratning safar xotiralarida

ifodalangan zamonaviy ta’limga oid qarashlar chuqur o‘rganildi. Tadqiqot davomida

birinchi navbatda tarixiy yondashuv asosida bu ikki ziyolining yashagan davri,
ijtimoiy-

siyosiy muhit, ta’lim tizimining holati, jadidchilik h

arakati kontekstida

baholandi. Jumladan, Behbudiy va Ibratning fikrlari va g‘oyalari Turkiston o‘lkasidagi

XIX asr oxiri va XX asr boshidagi madaniy-

ma’rifiy uyg‘onish kontekstida tahlil qilindi.

Ushbu tarixiy yondashuv ulug‘ ma’rifatparvarlar tomonidan il

gari surilgan zamonaviy

ta’lim g‘oyalarining qanday tarixiy shart

-sharoitlarda shakllanganini aniqlash

imkonini berdi [Qosimov 1999: 5

10].

Shuningdek, maqolada qiyosiy-

tahliliy yondashuv muhim o‘rin tutdi. Behbudiy

va Ibrat tomonidan yozilgan safar xotira

lari o‘zaro qiyoslandi, ularning qanday

davlatlarda bo‘lgani, qanday tajribalarni kuzatgani va bu tajribalarga nisbatan

bildirgan fikrlari tahlil qilindi. Masalan, Behbudiy Turkiya va Misrdagi maktablar,
kutubxonalar, matbaachilik taraqqiyoti haqida batafs

il ma’lumot bergan bo‘lsa, Ibrat

o‘z xotiralarida xalq savodxonligini oshirish, o‘quv dasturlarini boyitish zarurligiga
urg‘u bergan. Ikkala adibning qarashlari va kuzatgan manzaralari o‘rtasida
o‘xshashliklar va tafovutlar aniqlanib, ularning qarashlaridagi umumiy ma’rifiy
yo‘nalish ochib berildi [Behbudiy 1999: 54–

131; Ibrat 2005].

Kontent-

analiz usuli asosida esa asarlar matni doirasida “maktab”, “o‘qish”,

“ilm”, “ma’rifat”, “kitob”, “matbaa”, “bolalar”, “yoshlar tarbiyasi”, “usuli jadid”,
“kutubxona” ka

bi kalit tushunchalarning uchrash chastotasi aniqlanib, ular qanday

kontekstda ishlatilgani ko‘rib chiqildi. Bu metod yordamida Behbudiy va Ibratning
ta’limga oid fikrlari safar taassurotlari matnlarida qanday andozada ifodalangani,

qanday tilda yoritilgani aniqlashga erishildi [Egamov 2022: 162

163].

Bundan tashqari, tipologik usul yordamida mualliflarning ta’limga bo‘lgan

qarashlari boshqa jadid adiblari

Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy,

Fitrat kabi zamondosh ziyolilarning qarashlari bilan

qiyosiy planda o‘rganildi. Bu

orqali tadqiqotda birinchi navbatda bu ikki adibning ta’lim sohasidagi fikr

-

mulohazalarining o‘ziga xosligi va umumiyliklari aniqlashtirildi. Ushbu yondashuv
yordamida nafaqat zamonaviy ta’limga oid konkret fikrlar tahlil qili

ndi, balki ushbu

qarashlarning jadidchilik harakatining umumiy ideologiyasi bilan qanday

bog‘langanligi, qaysi jihatlari bilan milliy uyg‘onish g‘oyasini ifodalaganligi aniqlab

berildi [Dolimov 2006: 8

9].

MATERIAL TAVSIFI

Tadqiqotning asosiy manbasi sifatida ikki muhim asosiy matn tanlab olindi:

Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Qasdi safar” asari va Is’hoqxonto‘ra Ibratning safar
taassurotlari bilan bog‘liq tarjimai holi va publitsistik yozuvlari. Behbudiy tomonidan


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

233

yozilgan “Qasdi safar” safarnomasi ilk bor 1907–

1908-

yillarda nashr qilingan bo‘lib,

keyinchalik uning to‘liq matni “Tanlangan asarlar” to‘plamida joylashtirilgan

[Behbudiy 1999]. Ushbu safarnomada muallif Turkiya, Misr, Kavkaz, Berlin, Quddus,
Marv, Moskva kabi joylarga qilgan safarlari davomida kuzatgan ijtimoiy va madaniy

manzaralar, xususan, ta’lim va madaniyat muassasalarining holati haqida batafsil
ma’lumot beradi.

“Qasdi safar”da muallif Istanbuldagi kutubxonalar, maktablar, universitetlar

faoliyatini yuqori baholagan, xalq savodxonligi, ta’limga

berilgan e’tibor, muallimlar

mavqei, kitoblar sifati haqida o‘z kuzatuvlarini bayon etgan. Ayniqsa, Turkiyadagi
jome’lar, madaniy markazlar, ilm dargohlari, matbaachilik taraqqiyoti Behbudiyni

hayratda qoldirgani va undan ibrat olish kerakligi xulosasiga kelgani asarda ochiq aks
etgan [Behbudiy 1999: 64, 95, 115].

Is’hoqxonto‘ra Ibratning esa safar xotiralari to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri nashr etilgan

mustaqil safarnoma emas, balki uning yozgan publitsistik asarlari, tarjimalaridagi,

darslik va lug‘atlaridagi izohli

eslatmalari orqali tiklangan. U Rossiya, Eronga qilgan

safarlari davomida til o‘rganish, ilm

-

ma’rifat, matbaa, xalq hayoti bilan tanishgan.

Ayniqsa, u yaratgan “Lug‘ati sitta alsina” (oltita tilning izohli lug‘ati), “Tarixi Farg‘ona”,
“Sayohatnoma”, “Tarjimai hol” singari asarlarida u xorijiy ta’lim tizimi, madaniy va
ilmiy taraqqiyot haqida mulohazalar bildirgan. Ibratning ilmga, ta’limga doir
qarashlari o‘zining ham o‘qituvchi, ham tarjimon sifatida shakllangan tajribasiga

tayangan. Bu jihatlar uning asa

rlarida o‘z ifodasini topgan [Ibrat 2005; Qosimov

2002].

Bundan tashqari, yordamchi manbalar sifatida Munavvarqori Abdurashidxonov,

Abdulla Avloniy, Fitrat, Gaspirali singari jadid arboblarining zamonaviy ta’lim

haqidagi qarashlari ham tahlil qilindi. Ushbu materiallar Behbudiy va Ibrat
qarashlarini kengroq kontekstdan anglashda xizmat qildi [Shamsutdinov va boshq.
2011: 306

308; Egamov 2022: 163].

MUHOKAMA

Mahmudxo‘ja Behbudiy va Is’hoqxonto‘ra Ibratning safar xotiralarida

zamonaviy ta’lim masalalariga bo‘lgan yondashuvlari o‘z zamonasining ilg‘or fikrli
ziyolilarining qarashlari sifatida o‘ziga xos tarixiy, pedagogik va mafkuraviy
ahamiyatga ega. Ularning qarashlari o‘zbek milliy uyg‘onish davrining asosiy g‘oyaviy

harakatlaridan biri

jadidchilik tafakkurining asosiy mazmunini tashkil etadi. Jadid

ziyolilari tomonidan ilgari surilgan ta’lim islohoti g‘oyalari, ayniqsa zamonaviy ta’lim
tizimini shakllantirish, milliylik va zamonaviylik uyg‘unligini ta’minlash, o‘qitish

metodikalarini takomillashtirish masalalarida aniq va real takliflar shaklida

ifodalangan. Ayniqsa, Behbudiyning “Qasdi safar” asarida chet mamlakatlardagi ta’lim

muassasalari, matbaa, kutubxona va madaniy hayotga oid tasvirlari orqali u

zamonaviy ta’limning xalq hayotidagi o‘rni va ahamiyati

ni chuqur anglagani ayon

bo‘ladi. Uning bu boradagi qarashlari faqat nazariy mulohazalar emas, balki amaliy

faoliyat bilan birga kechgan. U maktablar tashkil qilgan, darsliklar yozgan, gazeta-

jurnal nashr etgan va bu orqali ta’lim tizimining tubdan isloh e

tilishiga zamin yaratgan

[Behbudiy 1999: 54

115].

Is’hoqxonto‘ra Ibrat esa o‘z asarlarida, ayniqsa til, lug‘atshunoslik, tarix va

madaniyatga oid asarlarida ta’limga oid chuqur mulohazalar bildiradi. U ham o‘z
vaqtida xorijiy davlatlarda bo‘lib, u yerdagi ilg‘or maktablar, pedagogik metodikalar,


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

234

muallimlar tayyorlash tizimi va darsliklar mazmuni bilan tanishgan. Ibratning ta’limga
oid qarashlarida xalq og‘zaki ijodi, milliy qadriyatlar va diniy

-

ma’rifiy qadriyatlarni

uyg‘unlashtirish asosiy tamoyil sifatida

ilgari suriladi. U o‘z tajribasiga asoslanib,

maktabda faqat diniy emas, balki dunyoviy fanlarni ham chuqur o‘rgatish kerakligini
ta’kidlaydi. Ayniqsa, uning “Lug‘ati sitta alsina” kabi asarlari orqali o‘quvchilarni bir

nechta tilni egallashga undashi xalqaro madaniy va ilmiy aloqalarga ochiqlik

g‘oyasining timsolidir [Ibrat 2005].

Behbudiy va Ibratning zamonaviy ta’limga doir qarashlari umumiy jihatdan

qaralganda, ularning ikkalasi ham zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, ularni milliy

hayotga tatbiq etish

, mustamlaka sharoitida xalqni uyg‘otish, ma’rifatli jamiyat barpo

etish kabi yuksak maqsadlarga xizmat qilgan. Ular maktabni shunchaki savod

chiqarish maskani sifatida emas, balki ongli, erkin, mas’uliyatli shaxsni tarbiyalovchi

milliy institut sifatida tasavvur qilishgan. Shuning uchun ham ularning qarashlari

bugungi ta’lim islohotlari jarayonida ham yangicha talqin etilishi mumkin. Masalan,
hozirgi ta’limda ham til o‘rgatish, madaniyatlararo muloqotga tayyorlash, darslik

sifatini oshirish, pedagogik yondashuvlarni zamonaviylashtirish kabi muammolar

dolzarb bo‘lib, Behbudiy va Ibratning tarixiy tajribasi bu jarayonda nazariy asos

sifatida xizmat qilishi mumkin.

NATIJALAR

Tadqiqot davomida Mahmudxo‘ja Behbudiy va Is’hoqxonto‘ra Ibrat tomonidan

yozilgan safa

r xotiralari, ularning o‘z zamonasi ta’lim tizimiga bergan baholari, chet

mamlakatlarda kuzatgan ilg‘or tajribalari asosida bir qancha muhim ilmiy va amaliy
xulosalarga kelindi. Avvalo, bu ikki ma’rifatparvarning safar davomida ko‘rgan

manzaralarga nisbata

n ifoda etgan munosabatlari, ularning ta’limga oid fikr

-

mulohazalari faqat bir ziyolining shaxsiy taassurotlari emas, balki butun bir millat

ma’naviy uyg‘onishining mazmuni, ijtimoiy ehtiyojning aks

-sadosi sifatida talqin

qilinishi kerak. Behbudiy “Qasdi safar” asarida Turkiya, Kavkaz, Misr va Rossiya kabi
hududlardagi maktab, kutubxona, matbaa, teatr, jome’ va boshqa ma’naviy

-

ma’rifiy

markazlar faoliyatini chuqur tahlil qilgan. U o‘z yurti Turkistondagi ta’lim tizimining

orqada qolganligi, maktablarning sifatsizligi, darsliklar yetishmasligi, zamonaviy

metodikalarning mavjud emasligini chuqur qayg‘u bilan qabul qilgan va o‘z safar
taassurotlarini shu holatni isloh qilish yo‘lida jamiyatga taqdim etgan [Behbudiy 1999:

64

131].

Is’hoqxonto‘ra Ibrat esa o‘z sa

farlarida, ayniqsa Rossiya va Eron hududlarida

kuzatgan o‘zgarishlar, ilm

-

fan va ta’limdagi yutuqlarni yurtida tatbiq etish lozimligi

haqida qat’iy fikr bildirgan. Ibratning qarashlari asosan til o‘rganish, xorijiy fanlar
asoslarini egallash, o‘quvchilarda

tafakkur, dunyoqarashni kengaytirish, shaxsni

yuksak axloqiy mezonlar asosida tarbiyalash g‘oyasiga asoslangan. Uning yozgan
“Lug‘ati sitta alsina”, “Tarixi Farg‘ona”, “Sayohatnoma” kabi asarlarida ta’limni

rivojlantirish uchun birlamchi shart

bu bilim,

kitob va o‘qituvchi mavqeini

yuksaltirish ekanligi yaqqol ifodalangan [Ibrat 2005].

Mazkur ikki muallifning safar taassurotlari shuni ko‘rsatadiki, ularning

qarashlarida ta’lim jamiyat taraqqiyotining negiziy omili sifatida talqin qilinadi. Ular
uchun ta’

lim

bu faqat bilim emas, balki xalqning o‘zligini anglash, erkinlik, milliy

uyg‘onish, madaniyat, ma’rifat va istiqlol yo‘lidagi eng asosiy vosita bo‘lgan. Shuning
uchun ular zamonaviy ta’limni tashkil etishda yangi metodika va yondashuvlarni ilgari


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

235

sura

dilar. Behbudiy “usuli savtiya” asosida tez savod chiqarish uslubini qo‘llab

-

quvvatlab, bu usulni yurt maktablariga joriy qilish zarurligini ko‘rsatgan, darsliklar
yozgan, o‘qituvchilar tayyorlashga e’tibor qaratgan [Egamov 2022: 162–

163].

Yana bir muhim n

atija shundaki, Behbudiy va Ibrat safar xotiralari orqali o‘z

zamonasi ta’lim tizimini qiyosiy planda tahlil qilish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish, ularni

milliy madaniyat va ijtimoiy muhitga moslab tatbiq etish tamoyillarini ilgari surgan.

Ular o‘z asarlarida chetdan ko‘rgan tajribalarni ko‘r

-

ko‘rona ko‘chirishni emas, balki

ongli tarzda, milliy manfaatlarni hisobga olgan holda, ijtimoiy shart-sharoitga
moslashtirishni taklif qilishgan. Behbudiy matbaachilik, teatr, kutubxona, gazeta-

jurnal nashrini ta’lim

tizimining ajralmas qismi sifatida baholagan. U matbuotni

o‘qituvchi, kitobni —

yo‘lboshchi, kutubxonani —

xalq uchun ochiq maktab sifatida

tasvirlagan. Ibrat esa aynan kitobni xalq ongini uyg‘otuvchi vosita deb bilgan va til
o‘rganish, tarjima faoliyat

ini rivojlantirish orqali zamonaviy tafakkurni

shakllantirishga uringan [Qosimov 2002: 145

147].

Umuman olganda, ushbu tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, Behbudiy va Ibratning safar

xotiralaridagi zamonaviy ta’limga doir qarashlari nafaqat tarixiy

-badiiy yodgorlik,

balki bugungi kundagi ta’lim islohotlariga ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi
mumkin. Xususan, ularning ta’limni milliy qadriyatlar asosida tashkil qilish, xalqning
madaniy, iqtisodiy va siyosiy uyg‘onishida asosiy poydevor deb qarashlari —

bugungi

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlariga turtki beruvchi g‘oyaviy
manba sifatida xizmat qilishi mumkin. Ayniqsa, hozirgi globallashuv davrida ta’limda

milliylikni saqlagan holda zamonaviy yutuqlarni joriy etish zarurati Behbudiy va Ibrat
qarash

larini bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri sifatida ko‘rsatmoqda.

XULOSA

Mahmudxo‘ja Behbudiy va Is’hoqxonto‘ra Ibratning safar xotiralarida aks etgan

zamonaviy ta’limga oid qarashlar nafaqat tarixiy ahamiyatga ega, balki hozirgi ta’lim

tizimini islo

h qilish jarayonida ham nazariy asos va ma’naviy tayanch bo‘lib xizmat

qilishi mumkin. Ularning fikricha, ta’lim –

bu xalqning milliy o‘zligini anglashga, uni

jaholat girdobidan chiqarishga, erkinlik va taraqqiyot sari yetaklovchi kuchdir.
Ayniqsa, Behbudi

y o‘zining “Qasdi safar” asarida chet mamlakatlardagi maktablar,

kutubxonalar, matbaalar va madaniy muassasalar faoliyatini kuzatgan holda, bu

tajribalarni o‘z yurti Turkistonda tatbiq etish zarurligini ta’kidlaydi. Ibrat esa xalqni

savodli qilish, bilim o

lishga da’vat etish uchun ko‘p tilli lug‘atlar, tarixiy va diniy

darsliklar yaratgan, o‘qituvchilarning pedagogik salohiyatini oshirish g‘oyasini ilgari
surgan. Ularning har ikkisining safar davomida to‘plagan tajribalari, turli
mamlakatlarda kuzatgan ilg‘or ta’lim shakllari ularni ta’lim islohoti zaruriyatiga
yanada qat’iy ishontirgan.

Behbudiy va Ibrat uchun zamonaviy ta’lim tushunchasi faqat darsliklar va

metodikalar bilan cheklanmagan, balki ularning qarashlarida ta’lim millat taqdiri bilan
bevosita bog‘liq masala sifatida baholangan. Ular o‘z asarlarida maktabni ongli va

vatanparvar avlod tarbiyasining asosiy poydevori sifatida talqin etishgan. Ularning

ta’limga oid qarashlarida milliylik va zamonaviylik uyg‘unlikda mavjud bo‘lib, bu holat

jadidchilik harakatining mohiyatini ochib beradi. Aynan shu jihat

ya’ni dunyo

tajribasini o‘rganib, uni milliy madaniyat bilan uyg‘unlashtirish, ayni paytda xalq

ichida savodxonlikni yoyish

bu ikki ma’rifatparvarning qarashlarini o‘z davri uchun

ham, bugungi kun uchun ham dolzarb qiladi. Shu boisdan, bugungi O‘zbekiston ta’lim


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

236

tizimida olib borilayotgan islohotlar jarayonida Behbudiy va Ibratning safar xotiralari

va undagi zamonaviy ta’limga doir fikr

-

mulohazalari yana bir bor qayta o‘rganilishi va

amaliy jihatdan qo‘llanilishi lozim. Ularning boy ilmiy

-

ma’naviy merosi bugungi

avlodni ham ilm-

ma’r

ifat sari yetaklovchi kuchli ruhiy-

ma’rifiy manba bo‘lib

qolmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Bexbudiy M. Tanlangan asarlar.

T.: “Maʼnaviyat”, 1999. –

256 b.

2. Ibrat I. Tanlangan asarlar.

T.: “Maʼnaviyat”, 2005. –

240 b.

3. Dolimov U. Turkistonda jadid maktablari.

T.: “Universitet”, 2006. –

160 b.

4. Kosimov B. Karvonboshi // Mahmudxo‘ja Behbudiy. Tanlangan asarlar. Tuz. va

tahrir etuvchi B. Qosimov.

T.: “Maʼnaviyat”, 1999. –

B. 5

10.

5. Baldauf I. XX asr o‘zbek adabiyotiga chizgila

r.

T.: “Maʼnaviyat”, 2001. –

104 b.

6. Yegamov Sh.F. Mahmudxo‘ja Behbudiyning taʼlim sohasida amalga oshirgan

ishlari va maʼrifatparvarlik faoliyati // Ilm

-

fan va taʼlimdagi innovatsion rivojlanishning

zamonaviy trendlari.

Toshkent: STARS International University, 2022.

B. 162

163.

7. Shamsutdinov R., Mo‘minov X. O‘zbekiston tarixi. –

Andijon: “Andijon”, 2011. –

B.

306

309.

8. Qosimov B. Milliy uyg‘onish. –

T.: “Maʼnaviyat”, 2002. –

192 b.

9. Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydullayev O‘. Vatan tarixi

(XVI

XX asr

boshlari). 2-kitob.

T.: “Sharq”, 2003. –

B. 266

271.

References
10. Bekhbudiy M. Selected works.

T.: “Manaviyat”, 1999. –

256 p.

11. Ibrat I. Selected works.

T.: “Manaviyat”, 2005. –

240 p.

12. Dolimov U. New schools in Turkestan.

T.:

“University”, 2006. –

160 p.

13. Kasimov B. Caravan leader // Mahmudkhodja Bekhbudiy. Selected works.

Compiled and edited by B. Kasimov.

T.: “Manaviyat”, 1999. –

P. 5

10.

14. Baldauf I. Sketches of Uzbek literature of the 20th century.

T.: “Manaviyat”,

2001.

104 p.

15. Egamov Sh.F. Mahmudkhodja Behbudi's work in the field of education and

educational activities // Modern trends in innovative development in science and
education.

Tashkent: STARS International University, 2022.

P. 162

163.

16. Shamsutdinov R., Muminov H. History of Uzbekistan.

Andijan: “Andijan”,

2011.

P. 306

309.

17. Kasimov B. National awakening.

T.: “Manaviyat”, 2002. –

192 p.

18. Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaidullaev U. History of the Motherland (XVI

XX centuries). Book 2.

T.: “Sharq”, 2003. –

P. 266

271.

Библиографические ссылки

Bekhbudiy M. Selected works. – T.: “Manaviyat”, 1999. – 256 p.

Ibrat I. Selected works. – T.: “Manaviyat”, 2005. – 240 p.

Dolimov U. New schools in Turkestan. – T.: “University”, 2006. – 160 p.

Kasimov B. Caravan leader // Mahmudkhodja Bekhbudiy. Selected works. Compiled and edited by B. Kasimov. – T.: “Manaviyat”, 1999. – P. 5–10.

Baldauf I. Sketches of Uzbek literature of the 20th century. – T.: “Manaviyat”, 2001. – 104 p.

Egamov Sh.F. Mahmudkhodja Behbudi's work in the field of education and educational activities // Modern trends in innovative development in science and education. – Tashkent: STARS International University, 2022. – P. 162–163.

Shamsutdinov R., Muminov H. History of Uzbekistan. – Andijan: “Andijan”, 2011. – P. 306–309.

Kasimov B. National awakening. – T.: “Manaviyat”, 2002. – 192 p.

Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaidullaev U. History of the Motherland (XVI–XX centuries). Book 2. – T.: “Sharq”, 2003. – P. 266–271.