The effectiveness of the debate method in English lessons based on the constructivist approach

Abstract

This article examines the development of free communication skills among students of non-philological disciplines through the use of the debate method in English lessons from a constructivist perspective. The constructivist approach views language learning not merely as knowledge acquisition, but as a social and cognitive activity. The paper analyzes the advantages and application methods of the debate technique based on constructivist theories proposed by scholars such as J. Piaget, L. Vygotsky, and J. Bruner.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
HAC
elibrary
doi
 
CC BY f
249-258

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Yusupova, S. (2024). The effectiveness of the debate method in English lessons based on the constructivist approach. Foreign Linguistics and Lingvodidactics, 2(5), 249–258. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/133977
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article examines the development of free communication skills among students of non-philological disciplines through the use of the debate method in English lessons from a constructivist perspective. The constructivist approach views language learning not merely as knowledge acquisition, but as a social and cognitive activity. The paper analyzes the advantages and application methods of the debate technique based on constructivist theories proposed by scholars such as J. Piaget, L. Vygotsky, and J. Bruner.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The effectiveness of the debate method in English lessons
based on the constructivist approach

Shirinoy YUSUPOVA

1


Chirchik State Pedagogical University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024
Received in revised form

10 August 2024
Accepted 25 September 2024

Available online

15 October 2024

This article examines the development of free

communication skills among students of non-philological
disciplines through the use of the debate method in English

lessons from a constructivist perspective. The constructivist

approach views language learning not merely as knowledge

acquisition, but as a social and cognitive activity. The paper
analyzes the advantages and application methods of the debate

technique based on constructivist theories proposed by

scholars such as J. Piaget, L. Vygotsky, and J. Bruner.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5-pp249-258

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

constructivist approach,

free speech,

debate method,

communicative competence,
English language teaching,
non-philological disciplines,
student engagement.

Konstruktivistik yondashuv asosida ingliz tili darslarida
debat metodining samaradorligi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

konstruktivistik yondashuv,

erkin nutq,

debat metodi,

kommunikativ

kompetensiya,

ingliz tili o‘qitish,

nofilologik yo‘nalish,

talabalar faolligi.

Mazkur maqolada ingliz tili darslarida debat metodini

konstruktivistik yondashuv nuqtai nazaridan qo‘llash orqali

nofilologik yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalarning erkin

muloqotga kirishish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalasi tahlil

qilinadi. Konstruktivistik yondashuv til

o‘rganishni faqat bilim

olish emas, balki ijtimoiy va kognitiv faoliyat sifatida baholaydi.

Ushbu maqolada J. Piaget, L. Vygotsky, J. Bruner kabi

olimlarning konstruktivistik nazariyalari asosida debat

metodining afzalliklari va qo‘llash yo‘llari ko‘rib c

hiqiladi.

1

Lecturer, Chirchik State Pedagogical University.

E-mail: sbuvarayeva@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

5 (2024) / ISSN 2181-3701

250

Эффективность метода дебатов на уроках английского

языка на основе конструктивистского подхода

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

конструктивистский

подход,

свободная речь,

метод дебатов,

коммуникативная

компетенция,

обучение английскому

языку,

непрофильное

направление,

активность студентов

.

В данной

статье рассматривается проблема развития

навыков свободного общения у студентов непрофильных

(нефилологических) направлений через применение

метода дебатов на уроках английского языка с позиции

конструктивистского подхода. Конструктивистский подход

рассматривает изучение языка не только как усвоение

знаний, но и как социальную и когнитивную деятельность.

В статье анализируются преимущества и способы

применения метода дебатов на основе конструктивистских

теорий таких ученых, как Ж. Пиаже, Л. Выготский, Дж.

Брунер

.


KIRISH

Bugungi globallashuv davrida ingliz tilini o‘rgatish jarayoni an’anaviy

yondashuvlardan interaktiv, talabaga yo‘naltirilgan metodlarga o‘tayapti. Ayniqsa,
nofilologik yo‘nalishlardagi talabalar uchun til o‘rganish faqat grammatikani o‘zlashtirish
emas, balki turli hayotiy holatlarda o‘z fikrini mustaqil bayon qilish,

muhokama va bahs

yurita olishni ham o‘z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan, konstruktivistik yondashuv va
unga asoslangan debat metodi o‘quvchilarning erkin muloqotga kirishish salohiyatini

oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Zamonaviy til o‘qitish metodikasi doirasida o‘quvchi markazli yondashuvlar,

ayniqsa konstruktivistik ta’lim konsepsiyasi, samarali til kompetensiyasini
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Konstruktivizmga ko‘ra, bilim tayyor
shaklda emas, balki o‘quvchining shaxsiy tajriba

si, faol aqliy va ijtimoiy faoliyati orqali

shakllanadi. Bu yondashuv asosida ta’lim jarayoni o‘rganuvchining bilimni “kashf etishi”,
uni ijtimoiy muloqot orqali mustahkamlashi bilan bog‘liq. Shu nuqtayi nazardan, ingliz tili

darslarida interaktiv metodlar

dan biri bo‘lgan

debat usuli

tilni o‘rganishning

konstruktiv asosini mustahkamlovchi samarali vosita sifatida e’tirof etilmoqda.

ASOSIY QISM

Konstruktivistik yondashuv hozirgi zamon ta’lim metodologiyasining ilg‘or

konsepsiyalaridan biri bo‘lib, ta’lim jarayonida o‘quvchining (yoki talabanning) faol
ishtirokini, bilimni mustaqil kashf etishini va o‘z tajribasiga asoslangan fikrlashni asosiy
tamoyil sifatida belgilaydi. Ushbu yondashuv ta’limni oddiy ma’lumot uzatish jarayoni

sifatida emas, balki individual

bilish, anglash va muloqot orqali o‘zlashtirish jarayoni

sifatida talqin qiladi.

Bu nazariyaning asosiy tamoyillari bir nechta nufuzli pedagog va psixologlar

tomonidan ilgari surilgan:

Jan Piaget (1970)

bilim inson tafakkurining ichki faol mahsuli ekanini

ta’kidlaydi. Uning nazarida o‘quvchi yangi bilimlarni o‘z oldingi bilimlari bilan
muvofiqlashtirib (assimilyatsiya va akkomodatsiya) o‘z shaxsiy bilim modelini yaratadi.
Piaget konstruktivizmning kognitiv yo‘nalishiga asos solgan bo‘lib, o‘quvchi faqa

t tayyor

ma’lumotni emas, balki o‘z fikrlarini mustaqil shakllantirishi kerakligini urg‘ulaydi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

5 (2024) / ISSN 2181-3701

251

Lev Semyonovich Vygotsky (1978)

konstruktivizmga sotsial yo‘nalishni olib

kiradi. U bilimlar ijtimoiy muloqot, til vositasi orqali shakllanishini ta’kidlaydi. “Yaqin
rivojlanish zonasi” (ZPD –

zone of proximal development) tushunchasi orqali Vygotsky

o‘qituvchining, guruhdoshlarning yoki tajribaliroq shaxslarning yordamida o‘quvchi

yuqori bilim darajasiga erishishini asoslaydi.

Jerome Bruner (1986)

o‘qu

vchiga yangi bilimlarni kashf etishga imkon

beruvchi sharoitni yaratish, interaktiv usullardan foydalanish hamda muloqotga

asoslangan o‘rganish muhitini tashkil etish zarurligini urg‘ulaydi. Bruner konstruktivistik
metodika doirasida o‘quv materialini turli usullar bilan o‘zlashtirishni (enactive, iconic,

symbolic representations) tavsiya etadi.

J. Piaget, L. Vygotsky va J. Bruner kabi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan

konstruktivistik yondashuvlar shaxsiylashtirilgan bilim, ijtimoiy muloqot va madaniy

kontekstda o‘rganishni ilgari suradi. Ayniqsa, Vygotskiyning “yaqin rivojlanish zonasi”
nazariyasi va Brunerning “konstruktiv dialog” g‘oyasi debat metodining didaktik

asoslarini yanada mustahkamlaydi. Debatlar orqali talabalar faqat til bilimini emas, balki
mustaqil fikrlash, dalillash, erkin nutq va ijtimoiy-hissiy kompetensiyalarni ham
shakllantiradilar.

Bu nazariy asoslar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchi bilimni tayyor holatda emas, balki

faol ishtirok, muloqot va muhokama orqali shakllantiradi. Ana shunday sharoitni
yaratishda

debat metodidan foydalanish

ayni muddao bo‘ladi.

Debatlar va konstruktivistik yondashuv uyg‘unligi

Debatlar

bu faqatgina fikrlar to‘qnashuvi emas, balki muloqot, tanqidiy fikrlash,

pozitsiyani himoya qilish va qarshi dalillarga javob qaytarish orqali

bilimni mustaqil

shakllantirish

imkonini beruvchi samarali metoddir. Konstruktivistik yondashuv nuqtai

nazaridan olganda, debatlar quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: S

haxsiy tajribaga

tayanuvchi o‘rganish

Talabalar berilgan mavz

u doirasida o‘z hayotiy kuzatishlari,

bilimlari va ilgari o‘zlashtirgan bilimlar asosida pozitsiya bildiradilar.

Ijtimoiy muloqot

orqali bilim olish

Debatlar jarayonida talabalar bir-biri bilan fikr almashadilar,

savollar beradilar, e’tiroz bildiradilar,

bu esa Vygotsky nazariyasidagi "ijtimoiy

konstruksiya" prinsipiga to‘g‘ri keladi.

Faol kognitiv jarayonlarni rag‘batlantirish

Talabalar dalillar yig‘adi, tahlil qiladi, solishtiradi va o‘z xulosalarini mustaqil ifodalaydi.

Bu esa Piaget va Bruner tavsiya qilgan bilimni qayta qurish (reconstruction of
knowledge) jarayonidir.

O‘z fikrini asoslash va ifoda qilish malakasi shakllanadi

Debatlar orqali talabalar og‘zaki nutqda o‘z fikrlarini mustahkam va asosli bayon etishga
o‘rganadilar, bu esa kommunikativ

kompetensiyaning eng muhim tarkibiy qismlaridan

biridir.

2. Debat metodining konstruktivistik asoslari

Konstruktivistik yondashuvga ko‘ra, bilim bu tayyor shaklda berilmaydi, balki

o‘quvchining shaxsiy tajribasi, faol fikrlashi va muammolarni hal etishdag

i ishtiroki

orqali shakllanadi. Bu yondashuvda o‘quvchi passiv bilim qabul qiluvchi emas, balki faol

bilim yaratuvchidir. Shu nuqtai nazardan qaralganda, debat metodi konstruktivizm

prinsiplarini amaliyotda ro‘yobga chiqaruvchi eng samarali metodlardan bir

i hisoblanadi.

Debatlar

bu faqatgina fikr almashinuvi emas, balki tanqidiy fikrlash, dalillash,

e’tiroz bildirish, fikrni tahlil qilish va uni himoya qilish, shuningdek, turli pozitsiyalarni

tushunishga asoslangan ijtimoiy muloqot shaklidir. Bu metod orq

ali talabalar o‘zlarining


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

5 (2024) / ISSN 2181-3701

252

bilimlarini chuqurlashtiradi, mustaqil fikr yuritadi va muloqot madaniyatini
rivojlantiradi.

Quyidagi jadval orqali debat metodining konstruktivistik pedagogika prinsiplari

bilan uzviy bog‘liqligi yoritib beriladi:

Shu tarzda, debat metodi konstruktivistik pedagogikaning nazariy asoslarini

amaliy ta’lim jarayonida to‘liq ro‘yobga chiqaradi. U o‘quvchilarni faollikka,
mustaqillikka, tanqidiy va ijodiy fikrlashga o‘rgatadi. Ayniqsa, til o‘rgatishda bu metod

nafaqat til kompetensiyalarini, balki ijtimoiy-psixologik va madaniy kompetensiyalarni
ham shakllantirishga xizmat qiladi.

Talabalarning erkin nutqini rivojlantirishdagi o‘rni

Til o‘rganish jarayonida erkin og‘zaki nutq —

eng murakkab va ayni paytda eng

muhim ko‘nikmalardan biridir

. Debat metodining eng katta afzalliklaridan biri ham

aynan talabaning og‘zaki nutq faolligini ta’minlashidadir. Debat orqali talabalar turli
ijtimoiy mavzular bo‘yicha fikr yuritishga, uni mantiqan asoslashga, savollarga javob

qaytarishga, qarshi fikrlarn

i inkor qilishga va o‘z nuqtai nazarini ishonch bilan ifoda

etishga o‘rganadi. Bu esa ularning barcha til kompetensiyalarini kompleks ravishda

rivojlantiradi.

Debat metodining nutq rivojiga qo‘shadigan asosiy hissasi quyidagilarda aks etadi:

Lexical

competence (So‘z boyligi):

Debatga tayyorgarlik jarayonida talabalar

mavzuga oid keng lug‘at boyligini o‘zlashtiradi. Ular sinonim, antonim, iboralar va

stilistik vositalardan foydalanishga harakat qiladi.

Grammatical competence (Grammatik qobiliyat):

Tala

balar o‘z fikrlarini aniq

va grammatik jihatdan to‘g‘ri ifodalashga intiladi. Bu esa ularda grammatik
birliklarni muloqotda faol qo‘llash ko‘nikmasini shakllantiradi.

Pragmatic competence (Amaliy til qobiliyati):

Har bir vaziyatda mavzuga mos

fikr bildirish, savol berish va javob qaytarish, madaniyatga mos muomala yuritish

o‘rgatiladi.

Fluency (Erkinlik va tezlik):

Debatlar og‘zaki nutq tezligi va tabiiyligini

rivojlantiradi. Talabalar vaqt bilan cheklangan sharoitda fikr bildirishga o‘rganadi.

Amaliy misol:
Topshiriq

mavzusi:

“Social

media

is

beneficial

for

students’

academic

life.”

(Debat mavzusi: “Ijtimoiy tarmoqlar talabalar ta’limiga foydalimi?”)

Bosqichlar:

1.

Tayyorgarlik:

Guruhlar “affirmative” va “negative” tarafga ajratiladi. Har bir

guruh dalillarni tayyorlaydi, misollar topadi, qarshi dalillarga javob strategiyalarini
ishlab chiqadi.

2.

Bahs bosqichi:

Har bir talaba o‘z fikrini bildiradi, savollar beradi, o‘z raqiblarining

fikrlariga e’tiroz bildiradi va o‘z pozitsiyasini himoya qiladi.

3.

Refleksiya:

Bahsdan so‘ng talabalar o‘z nutqini baholaydi, kuchli va zaif

tomonlarini aniqlaydi va kelgusi bahslarda yaxshilash yo‘llarini muhokama qiladi.

Konstruktivistik yondashuv asosida tashkil etilgan debat mashg‘ulotlari

talabalarda faollik, mustaqil fikrlash, muloqotga tayyorlik, va til kompetensiyalarini

samarali shakllantirish imkonini beradi. Ayniqsa, nofilologik yo‘nalishlarda bu metod
talabalarga ingliz tilini faqat dars emas, real hayotiy vosita sifatida o‘zlashtirishga zamin

yaratadi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

5 (2024) / ISSN 2181-3701

253

XULOSA

O‘tkazilgan tahlillar va tajriba natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, konstruktivistik

yondashuv asosida ingliz tili darslarida debat metodidan foydalanish talabalar
kommunikativ kompetensiyasi, kognitiv faolligi va sotsiolingvistik malakasini
rivojlantirishda

yuqori samaradorlikka ega. Debat texnologiyasi o‘rganuvchining kritik

tafakkur, ijodiy yondashuv, muammoli vaziyatda qaror qabul qilish, va erkin nutq

faoliyatini faollashtirish orqali til o‘rganish jarayonini chuqurlashtiradi.

Konstruktivizmga asoslangan

didaktik modelda o‘quvchi bilimni passiv iste’molchi

emas, balki faol kashf etuvchi sifatida qatnashadi. Debat metodining qo‘llanishi bu
modelni amalda qo‘llash imkonini yaratadi, chunki u interaktiv o‘qitish, kooperativ
o‘rganish, va refleksiv tahlil jarayonlarini o‘z ichiga oladi. J. Piagetning kognitiv

konstruktivizm, L. Vygotskyning sotsial interaksiyaga asoslangan rivojlanish nazariyasi

va J. Brunerning o‘rganishda faollik tamoyili asosida ishlab chiqilgan metodik

yondashuvlar debatning lingvistik va pedagogik qiymatini asoslab beradi.

Shunday qilib, ingliz tili darslarida debat metodidan konstruktivistik asosda

foydalanish

bu zamonaviy til o‘qitishda kompetensiyaviy yondashuv, ta’limning shaxsga

yo‘naltirilganligi va faol ta’lim strategiyalarini uyg‘unlashtiruvchi samarali vosita bo‘lib,
ayniqsa nofilologik yo‘nalish talabalari uchun til kompetensiyasining barqaror

rivojlanishiga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

Piaget, J. (1970). The Science of Education and the Psychology of the Child.

2.

Vygotsky, L.S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological

Processes.

3.

Bruner, J. (1986). Actual Minds, Possible Worlds.

4.

Brown, H. D. (2001). Teaching by Principles: An Interactive Approach to Language

Pedagogy.

5.

Richards, J.C., & Rodgers, T.S. (2001). Approaches and Methods in Language

Teaching.

6.

Slavin, R. E. (1996). Research on Cooperative Learning and Achievement: What We

Know, What We Need to Know.

7.

Alqahtani, M. (2015). The Effectiveness of Using Debates in Developing Speaking

Skills. Journal of Education and Practice.

References

Piaget, J. (1970). The Science of Education and the Psychology of the Child.

Vygotsky, L.S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes.

Bruner, J. (1986). Actual Minds, Possible Worlds.

Brown, H. D. (2001). Teaching by Principles: An Interactive Approach to Language Pedagogy.

Richards, J.C., & Rodgers, T.S. (2001). Approaches and Methods in Language Teaching.

Slavin, R. E. (1996). Research on Cooperative Learning and Achievement: What We Know, What We Need to Know.

Alqahtani, M. (2015). The Effectiveness of Using Debates in Developing Speaking Skills. Journal of Education and Practice.