Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
New views on the ability of Оmon Matzhon to create the
image of a historical personality
Ozoda OCHILOVA
1
, Dilshad GAIPOV
2
Urgench State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2023
Received in revised form
10 January 2023
Accepted 25 February 2023
Available online
15 March 2023
This article presents a new artistic interpretation of the
work of the wise poet and warrior Pakhlavon Mahmud
Piryorvali as an architect, mirab, wise adviser and healer.
2181-3663
/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol1-iss2-pp81-85
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
poet,
warrior,
sage,
story,
image interpretation,
historical truth,
artistic skill.
Omon Matjonning tarixiy shaxs obrazini yaratish
maxoratiga yangicha karashlar
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
shoir,
pahlavon,
donishmand,
qissa,
obraz talqin,
tarixiy haqiqat,
badiiy mahorat.
Маzkur maqolada donishmand shoir va pahlavon Pahlavon
Mahmud Piryorvaliyning me’mor, mirob, dono maslahatchi va
tabib sifatidagi faoliyati yangicha badiiy talqin etiladi.
1
Department of Uzbek Literature, PhD student, Urgench State University. Urgench, Uzbekistan.
E-mail: ozoda.ochilova.90@mail.ru
2
Doctor of Philology, Associate Professor, Dean of the Faculty of Philology. Urgench State University.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
2 (2023) / ISSN 2181-3701
82
Новые взгляды на способность Омона Матжона
создавать образ исторической личности
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
поэт,
воин,
мудрец,
повесть,
интерпретация образа,
историческая правда,
художественное
мастерство.
В данной статье представлена новая художественная
интерпретация творчества мудрого поэта и воина
Пахлавона Махмуда Пирёрвали как зодчего, мираба,
мудрого советника и целителя.
KIRISH
O‘zbek adabiyotida tarixiy mavzuda yozilgan badiiy asarlar salmoqli o‘ringa ega.
O‘tmishda yashagan mashhur alloma, adib va donishmandlar haqidagi asarlar alohida
tizimni tashkil qiladi. Jumladan, Beruniy, Ahmad Yassaviy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro,
Pahlavon Mahmud, Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarga bag‘ishlangan
hikoyatlar ular
hayot paytidayoq dastlab xalq og‘zaki ijodida yaratilib, so‘ngra yozma adabiyotga o‘tdi, qayta
ishlanib sayqal topdi. Bunday asarlar orasida shoir, faylasuf, pahlavon, javonmardiylik
(mardlik) tariqatining peshvosi Pahlavon Mahmud Piryorvaliy (1247
–1326) to‘g‘risidagi
bitiklar har jihatdan ibratlidir. To‘g‘ri, bu asarlarning bir qismi xalq rivoyatlari “Fil Mahmud”
dostoni, Komil Ikromovning “Mahmud darboz”, Omon Matjonning “Pahlavon Mahmud”,
Erkin Samandarning “Pahlavon Mahmud Piryorvaliy qissasi” qisman o‘rganilgan [1].
Ammo muhimi shundaki, keyingi ikki asar istiqlol davrida yaratilgani bois, ularda
tarixga yangicha qarash tamoyili, haqqoniylik, voqelik va shaxs munosabatida davr ruhi
bilan qahramon tasviri mutanosibligi ustuvorlik qiladi.
TADQIQOTNING MAQSADLARI
Badiiy adabiyotda tarixiy shaxs obrazini yaratish tamoyillarini tahlil qilish Pahlavon
Mahmud badiiy siymosi yaratilgan O.Matjonning “Dravaxonim (To‘rabekaxonim”) qissasi
misolida tahlil qilish tadqiqotning maqsadi sanaladi. Qolaversa, mazkur maqolada quyidagi
jihatlarga ham e’tibor qaratiladi:
–
ijodkorning tarixiy shaxs obrazini yaratishdagi badiiy mahorat qirralarini aniqlash;
–
tarixiy shaxs obrazini yaratishdagi asosiy xususiyatlarni ko‘rsatish.
TAHLIL
Shuni a
lohida ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda Pahlavon Mahmud hayoti va ijodiga
doir yangi noyob manbalarning topilishi ushbu mavzu doirasini yanada kengaytirdi [2].
Bu esa shoir haqida batafsil fikr yuritish, badiiy obrazining yangi qirralarini aks ettirish
ehtiyojini tug‘dirdi.
O.
Matjonning “Dravaxonim (To‘rabekaxonim”) qissasi bu sohadagi
yangi yutuq bo‘ldi. Bu o‘rinda bir jihat diqqatni tortadi. Chunonchi, yuqorida qayd etilgan
asarlarda syujet asosini Pahlavon Mahmudning Hindiston pahlavoni bilan kurash
tushishi, hind hukmdorini o‘limdan saqlab qolgani va eldoshlarini yurtga olib kelish
voqealari tashkil etsa, yangi asarda ushbu motivlar bayoni yo‘q, faqat ayrim o‘rinlarda
ba’zi fikrlar ta’kidi uchun muallifning eslatmasi ularga muxtasar ishora bor, xolos
. Yangi
qissa qahramon umrining so‘nggi yillarida Xorazmdagi hayoti hodisalari talqiniga
bag‘ishlangan [3].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
2 (2023) / ISSN 2181-3701
83
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Qissa mazmuni va shakliga ko‘ra tarixiy konsepsiya va badiiy to‘qima sintezini aks
ettiradi. Tarixiylik mashhur real
shaxslar ‒ O‘zbekxon, Qutlug‘ Temur, To‘rabekaxonim,
Pahlavon Mahmud, aniq epik makonlar ‒ Xorazm, Ko‘hna Urganch, Xiva, Hazorasp,
Amudaryo, Pitnak, Karvak tushunchalarida namoyon bo‘ladi. Ular o‘rtasida kechadigan
voqealarda muallifning badiiy tafakkuri,
to‘qimasi ana shu tarixiylik fonida muayyan
vazifa bajaradi va umumiy syujet yo‘nalishlariga singib ketadi. Bu yo‘nalishlarni
quyidagicha guruhlash mumkin:
1.
Bunyodkorlik va me’morchilik sohasidagi ishlar tafsilotlari.
2.
Sinjorning Hazoraspdan Amudaryoga to‘g‘on bosishi va To‘rabekaxonimga
“oshiq”ligi sarguzashtlari.
3.
Miroblik va kanal qazish tasviri.
4.
To‘rabekaxonim tadbiri ‒ mardlik va g‘alaba garovi ekanligi talqini.
Muhimi shundaki, ushbu syujet shahobchalarining barchasida To‘rabekaxonim
faoliyati oldingi o‘
rniga chiqsa ham Pahlavon Mahmud ularda turli miqyos va darajada
qatnashadi. Zero, u malikaning maslakdosh madadkori, dono maslahatchisi sifatida
tasvirlanadi.
Birinchi yo‘nalishdagi bunyodkorlik ishlarida ikki voqeaga alohida diqqat
qaratilgan: 1) poytax
t Ko‘hna Urganchni yanada obod qilish, qurilish va madaniy
yodgorliklarni asrash; 2) Shayx Najmiddin Kubro qabrini ta’mirlab, qayta dafn etish.
XIV asrda, mo‘g‘ul istilosidan yuz yil keyingi davrga oid faktlar haqidagi noyob
tarixiy manbalarda shunday fikr
ni o‘qiymiz: “Ko‘hna Urganch turkiy shaharlar orasida
eng kattasi va obodi bo‘lib, undagi To‘rabekaxonim va Najmiddin Kubro mavzoleylari
musulmon arxitekturasining nodir namunasidir” [4]. Muallif ushbu ta’rifga ijodiy
yondashgan holda unga monand tarzda ta
’sirchan manzara yarata olgan. “Qutlug‘ Temur
bilan malika qurdirgan uzun, ko‘kimtir minora olisroqda katta
-
kichik yana o‘ttiz
-qirq
minor-gumbazlar yildir-
yildir shaharga ertaning shafag‘iga aralash ko‘k
-
yashil shu’la
yoyadi go‘yo” [3]. Har ikkala e’tirofl
arda tilga olingan shaxslar talqinida Pahlavon
Mahmud maqsadga ko‘ra bevosita yoxud bilvosita ishtirok etadi, syujet qurilmasida
estetik va uslubiy vazifa bajaradi.
Binobarin, asar boshida ekspozitsiya o‘rnidagi lavhada Pahlavonning ishtirok
etishi bejiz e
mas. Unda “To‘rabekaxonim imom, boshqa ustalar hamkorligida Shayx
Najmiddin Kubro zaviyasini (mozorini) ta’mirlash ishlarini ko‘rishga borganda tadoriklar
tepasida Pahlavon Mahmud va shogirdlari ham borligi”ni uning muhim personajlardan
biri ekaniga ishora va keyingi voqealar tadrijidagi ibtido deyish mumkin.
To‘rabekaxonimning Pahlavon Mahmud bilan munosabatlaridagi o‘zaro hamkorlik,
malikaning g‘amxo‘rligi
-yu muruvvati epik bayon davomida kengayib boradi. Jumladan,
ko‘p zamon hijratda bo‘lgan Pahlavon Mahmud malika taklifi bilan yurtiga qaytadi, “yana
kasbiy yumushlari, quruvchilik, po‘stindo‘zlik, yosh polvonlarni kamol toptirishni
tashkillashtirishda” To‘rabekaxonim ko‘mak beradi. Bunday samimiyat xususan buyuk
Kubro qo‘nimgohini tiklashda yanada yorqin ko‘rinadi. Bu tadbir Xorazm vohasi
suvsizlikka mahkum etilgan murakkab sharoitga qaramay yuksak saviyada o‘tkaziladi va
ushbu jarayonda har bir obrazning xarakteri ochiladi. Muallif tadbirni “buyuk marosim”
deb ataydi va yozadi “Shayx o‘zi juma namozi o‘qiydigan machit o‘rnida, o‘sha
paytlardagidek eni yigirma, uzuni yetti yuz ellik qadamcha keladigan hovuz qazilgan,
unga suv to‘ldirish bilan malikamiz shaxsan o‘zlari band” [3]. Kunning birinchi yarmida
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
2 (2023) / ISSN 2181-3701
84
sahardan to peshin namozi vaqtigacha Shayxning jasadi qayta dafn etilgan bu marosim
xalqning chinakam shodiyonasiga aylandi, Piryorvaliy boshliq polvonlar, turli
maskanlardan kelgan maqom ustalari-
yu, turfa san’atlar namoyandalarining ulug‘
insonga ehtiromi bo‘ldi.
Qissa voqealari silsilasida To‘rabekaxonim va Sulton Sinjor o‘rtasidagi ziddiyatli
munosabatlar salmoqli bo‘lib, asosiy konflikt, ijobiy va salbiy kuchlar kurashidagi boshqa
xususiyatlar asarning keyingi qismlarida turlicha zuhurlanadi, malika esa talqin
markazida bo‘lib, bu jarayonlarni boshqaradi.
Sanjarning unga “oshiq”ligi jarayonning bir
qutbidir. Sinjor zo‘ravonlik bilan To‘rabekaxonimga uylanmoqchi, aks holda Amudaryo
suviga to‘g‘on bosib, Xorazmni, Ko‘hna Urganchni suvsiz qoldirishga ahd qiladi. To‘g‘ri, bu
haqda xalq orasida keng tarqalgan rivoyatlar tarixiy shaxs Sulton Sanjarga nisbat berilib
kelingan [5]. Ammo muallif ta’kidlashicha, Sinjor ikki
-
uch yuz yil burun o‘tgan taniqli,
muzaffar sarkarda Sulton Sanjar emas. Bu o‘ziga “sulton” nisbatini yopishtirib kelgan
Sinjor! O‘zini mo‘g‘ullarning ham Botu, ham Chig‘atoy sulolasiga mansub deb ko‘rsatib,
Oltin O‘rda erlari “kuzatuvchisi”. Demak, Sinjor Xorazm dushmanlari, chet el
bosqinchilarining umumlashgan obrazidir. U malikadan rad javobini olgach, suv soqasini
bekitadi, Xorazm yerlari qovjir
ab, ekinzorlar sarg‘ayib, xalq qiynala boshlaydi.
Bu ziddiyat yechimida To‘rabekaxonim va Pahlavon pirning aql
-
u zakovati qo‘l kelib, ular
ofatni daf etish, najot yo‘lini topishda aql va fidoyilikka amal qilishadi.
“Men fuqarolarimni kesak tishlatib, o‘zim novvot so‘radiganlar toifasidan emasman…”
degan aqidani o‘ziga shior qilgan malika favqulodda tadbir topishga qaror qiladi.
Bu borada Piryorvaliy Qutlug‘ Temur va To‘rabekaxonim huzurlariga tashrif
buyurdi. Ular “Piryorvaliyning kuragi yerga tegmagan ulug‘ pahlavon ekanidan tashqari
ulug‘ valiy, shoir, yulduzshunos, aljabr olimi, suvning arna
-yoblardan oqib kelishi, suv
loyqasi aylanishiga qarab qaysi faslda qancha suv kelishini ayta biladigan bashoratchi
mirob ekanini bilar edilar”. Shu bois oldindan X
orazm qibla hududlariga Jayxun suvini
bedaxl, mo‘tadil yetib turishi nechukligini so‘radilar” [3]. Ko‘hna Urganch sari boruvchi
suv yo‘lining soqasini o‘zgartirish, yangi soqa boshidan tez foydalanish, yangi kanalni
xalq hashari yordamida qazish, shu yo‘l
bilan zahira obi-
hayotga ega bo‘lishni taklif etdi
va tezda bu ish boshlandi. “Buyuk hashar” nomini olgan bu harakatda keksayib qolgan
Piryorvaliy davradagi odamlar bilan samimiy ko‘rishib, halol kurashni, kuch va adolatni,
o‘tgan kurashchi birodarlari ruhini yodlab, ular sha’niga iymon keltiruvchi, sururbaxsh
lahja bilan oyat qiroat keltiradi.
Shu orada To‘rabekaxonim ham o‘z rejasini amalga oshirishga kirishdi. U to‘rt otliq
yo‘ldoshi bilan Sinjorning Daryolik bo‘yidagi dargohiga kelib, boshidagi chavando
z
dubulg‘asini oldi. Uni tanigan “hududlar kuzatuvchisi” garangsirab, g‘alat holatda, tilsiz
kalovlandi, mahv etildi. Malikaning “men va’daga muvofiq keldim. To‘g‘onni ochdiring!
Aks holda yog‘iyning bir tomchi qonini to‘kish mumkin bo‘lmasada men o‘zimni
qurbonlikka keltiraman” degan so‘zlari [3] Sinjorni butunlay mag‘lub qilgan edi. To‘g‘on
olib tashlandi, suv o‘z o‘zaniga qaytdi. Ammo malika tadbirining xosiyati daryo bo‘yidan
qaytishda ma’lum bo‘ladi.
To‘rabekaxonim niyatiga yetayotganidan xursand bo‘layotgan bo‘lsa ham, dushman
qurshovida xavf-
xatar bo‘lishi mumkinligini oldindan fahmlagan edi. Shunday bo‘ldi ham.
Sinjor mutloq taslim bo‘lgach, uning navkari Qizil Yamoq kurashni an’anaviy tarzda davom
ettirdi va konfliktning kulminatsion nuqtasini ta’mi
nladi, malika safdoshlariga qarshi kurash
boshladi. U To‘rabekaxonimning yordamchisi jangchi qiz
-u yigitlarning sardori jasur bokira
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
2 (2023) / ISSN 2181-3701
85
Dostonni tiriklay qo‘lga olish, visoliga yetishish maqsadida qattiq jangga kirdi. Ammo
sharmandalarcha mag‘lub bo‘ldi, Dost
on esa jarohat oldi, voqealar yechim topdi. Tomonlar
olishuvida Pahlavon pirimiz bilvosita, ya’ni ilohiy duo
-yu iltijolari bilan eldoshlarini
g‘alabaga rag‘batlantirib turdi, ma’naviy
-
ruhiy qo‘lladi.
Baribir malika sirdoshlarini quvib borish, ta’qib qilis
h davom etdi. Lekin dushman
maqsadiga erisha olmadi. Chunki To‘rabekaxonim va uning navkarlari mingan otlar yangi
tug‘ilgan qulunli biyalar bo‘lib, ular bir
-biridan ajratilgan holda turli manzillarda
joylashtirilgan edi. Toychoqlarini sog‘ingan baytallar o‘ta uchqurligi bois dushman ularga
yetib ololmadi.
Asar xotimasida bu xayrli “xiyla” yutug‘iga yana bir shodiyona qo‘shildi:
xalq qazuvi tufayli bunyod etilgan yangi kanaldan suv oqa boshladi. Kanal o‘z
tashabbuskori nomi bilan “Polvonyop” deya atalib keli
nmoqda.
Ta’kidlash lozimki, qissada optimistik ruh, realistik tasvir ustuvor. Asar
qahramonlari ezgulik yo‘lidagi tashvish
-u qiyinchiliklarni yengishdan qaytmaydilar,
umidsizlikka tushmaydilar. Bu hol dushman zarbasidan og‘ir yaralangan Dostonga
munosabatd
a, qizni davolash jarayonida yorqin ko‘rinadi. Bu o‘rinda ham Pahlavon
pirimiz xaloskor ‒ tabib sifatida namoyon bo‘ladi. Quyidagi lavha shundan dalolatdir:
“Doston bir oh tortib, ingrab qo‘ydi.
Piryorvaliy asta uning boshiga engashdi.
–
Pirim
o‘zingiz ko‘
ring,
–
dedi malika. Piryorvaliy yordamchilari arava tomon borishib, bejirim
gilam to‘rva keltirdilar. Pir atrofdagilarga qaradi. Odamlar bu belgini anglab, sekin ortga
chekindilar” [3].
XULOSA
Xulosa shuki, O‘zbekiston xalq shoiri Omon
Matjonning (1943
–
2020) ushbu qissasi
so‘nggi davrda tarixiy mavzuda yaratilgan sara asarlardan biri bo‘lib, unda Pahlavon
Mahmud faoliyatining me’mor, mirob, dono maslahatchi va tabiblik kabi yangi qirralari
yoritilgan. Bu esa donishmand, shoir va tengsiz polvon haqidagi mavjud bilimlarimizni
yanada mustahkamlash va boyitishga xizmat qiladi. Undagi xalqchil g‘oyalar
zamondoshimiz uchun boqiy ma’naviy qadriyat ekanligi bilan ahamiyatlidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Rahimova
B. O‘zbek adabiyotida P
ahlavon Mahmud obrazi talqinlari.
Monografiya. ‒ Urganch. UrDU. 2012. –
96-b.
2.
Mahmudov J. Pahlavon Mahmud hayoti va ijodiy merosining matniy tahlili.
Filologiya fanlari nomzodligi dissertatsiyasi. ‒ Toshkent. 2006. –
200-b.
3.
Matjon
O. Dravaxonim (To‘
rabekaxonim) // Diydor aziz.
To‘plam. ‒
Toshkent.:
Noshir. 2011.
–
B. 87
–
148.
4.
Tolstov S.P. Po sledam drevnexorezmskoy sivilizatsii. M-L. Izd. AN SSSR
1948.
–
S. 309.
5.
To‘rabekaxonim bilan Sulton Sanjar // Xorazm ertaklari. Nashrga tayyorlovchi
F. Abdullaye
v. ‒ Toshkent.: O‘z.davlat badiiy adabiyot nashriyoti.
1961.
–
B. 5
–
9.