Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Shukhrat (or how to evaluate the legacy of the past?)
Ulugbek KHAMDAMOV
1
Institute of Uzbek language,
literature and folklore
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2023
Received in revised form
10 January 2023
Accepted 25 February 2023
Available online
15 March 2023
This article analyzes the question of how to evaluate the
literature of the soviet era in general, on the example of the
work of Shukhrat, a representative of the
“
middle generation
”
in Uzbek literature
–
writer, poet, and dramatist. The life and
work of Shukhrat, a prominent representative of Uzbek
literature, his artistic skills, and his own style are reflected in
his works. In Shukhrat
’
s works, artistic thinking acquires
meaning for all times, serves to enrich the meaning of a person,
and shapes his thinking. We aim to re-examine the great literary
heritage created by the writer with an impartial attitude. Also,
the books published after the writer
’
s death
“
Image of Thought
”
and
“
In Memory of Contemporaries of Fame
”
are analyzed.
2181-3701
/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol1-iss2-pp111-119
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
middle generation,
evaluation criteria,
new perspective,
context of the period,
heritage of the past,
tradition and innovation.
Shuhrat
(yoki o‘tmish merosini qanday baholash kerak?)
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
o‘rta avlod,
baholash mezonlari,
yangicha qarash,
davr konteksti,
o‘tmish merosi,
an’ana va novatorlik.
Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotida “o‘rta avlod” vakili –
adib,
shoir va dramaturg Shuhrat ijodi misolida, umuman, sho‘ro davri
adabiyotini qanday baholash kerak,
degan masala ko‘tarilgan.
O‘zbek adabiyotida o‘z o‘rniga ega zabardast adib Shuhratning
hayot va ijodi, badiiy mahorati, uslubi uning yaratgan asarlarida
namoyon bo‘lgan. Shuhrat asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar barcha
zamonlar uchun mazmun-mohiyat kas
b etib, insonning ma’nan
boyishiga xizmat qiladi, tafakkurini shakllantiradi. Maqolada adib
tomonidan yaratilgan katta adabiy merosni qaytadan, xolis
munosabat bilan o‘rganish maqsad qilingan. Shuningdek, yozuvchi
vafotidan keyin chop etilgan “Fikrning surati” hamda “Shuhrat
zamondoshlari xotirasida” nomli kitoblar tahlil etilgan.
1
Doctor of Philological Sciences, Professor Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan, Head of the
department “20th century Uzbek literature and current literary process”, Institute of Uzbek language, literature and
folklore. E-mail: ulugbek1968.68@mail.ru
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
2 (2023) / ISSN 2181-3701
112
Шухрат (или как оценить наследие прошлого?)
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
среднее поколение,
критерии оценки,
новая перспектива,
контекст эпохи,
наследие прошлого,
традиция и новаторство.
В данной статье поднимается вопрос о том, как
оценивать литературу советской эпохи в целом, на
примере творчества Шухрата, представителя «среднего
поколения» в узбекской литературе –
писателя, поэта и
драматурга. В его произведениях нашли отражение жизнь
и
творчество
видного
представителя
узбекской
литературы Шухрата, его художественные способности,
собственный
стиль.
В
произведениях
Шухрата
художественное мышление обретает смысл на все времена,
служит для обогащения смысла человека, формирует его
мышление. Мы стремимся беспристрастно пересмотреть
литературное наследие, созданное писателем. Также
анализируются книги, изданные после смерти писателя
«Образ мысли» и «Шухрат в памяти
современников».
KIRISH
U yoki bu davr va unda yashab o‘tgan har qanday siymo faoliyatiga baho berar
ekanmiz, odatda, biz o‘z davrimiz kayfiyati, qonun
-qoidalari, qabul qilingan normalariyu
qadriyatlaridan kelib chiqib ish tutamiz.
Xo‘sh, bu tutim qanchalar o‘zini oqlaydi?.
Ha, davrlar o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarishlar esa baholash mezonlariga ham ta’sir
qiladi. Chunonchi, yurtimizga mustaqillik nasib bo‘lgandan keyin avvalgi davrlarda
yaratilgan adabiy meroslarga qarashlarda jiddiy o‘zgarishlar yuz
berdi. Buning ijobiy
tomonlari bor, albatta. Biroq, ayrim o‘rinlarda, tog‘oradagi mag‘zava suviga qo‘shib ichida
qiyqirib turgan top-
toza bolajonlarni ham to‘kib yuborish hollari sodir bo‘ldiki, bu endi o‘ta
salbiy hodisa. Ya’ni “yangicha qaraymiz, hamma n
arsani, shu jumladan, baholash
mezonlarini ham yangilaymiz” deya goho o‘taketgan nigilizmga yo‘l qo‘ydik, o‘zimizgacha
bo‘lgan ayrim sog‘lom ildizlarga bolta urdik. Uzoqqa bormaylik, ana, “sobiq sovet davri
adabiyotini bugun qanday baholayapmiz?” degan savol ko‘ndalang bo‘lar ekan, uning
javobi har doim ham kishini to‘la qanoatlantirmaydi. Chunki bugungi o‘zbek
adabiyotshunosligida yaqin o‘tmishni (sobiq sovet davrini!) ko‘proq tanqid qilish, uzoq
o‘tmish va bugunni esa ideallashtirishdek manzaralar kuzatil
moqda. Bu narsa, ayniqsa,
ijtimoiy tarmoqlardagi bahsu munozaralarda yaqqol seziladi. U yerda haqiqiy professional
tanqidchilar, adabiyotshunos olimlar emas, balki adabiyot va san’atdan u yoki bu darajada
xabardor, qo‘lida tuzukkina qalami bor zamondoshlar
imiz tez-tez sovet davrida yashagan
yozuvchi, shoir, dramaturg, olimlarni u yoki bu misrasi va yoxud asari uchun ommaviy
sazoyi qilish holatlari uchrab turibdi. Natijada, ko‘pchilik o‘quvchi tasavvurida sovet
davrida bitta ham o‘z millatini chin yurakdan s
evib, unga xizmat qilgan haqiqiy, mard
ijodkor yo‘qdek tasavvur yaratilmoqda. Bu esa, mavjud haqiqatga zid holdir.
Avvalo, baholashning eng yaxshi mezonlari aynan bizning qo‘limizda deb, kim
aytdi bizga?.. Agar shu mantiqdan kelib chiqadigan bo‘lsak, vaqtlar o‘tib, bugungi kun
yaratgan davr o‘rnini tamomila o‘zga bir davr egallashini ham tasavvur qilaylik. Demak,
u davrda yashagan odamlar bizning davrimizni o‘z “qarich”lari bilan o‘lchay boshlashadi,
shundaymi?.. Xo‘sh, bu yo‘lni biz qanchalik to‘g‘ri deb
bilamiz?..
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
2 (2023) / ISSN 2181-3701
113
Ko‘rinadiki, u yoki bu hodisa va kishi faoliyatiga baho berar ekanmiz, “davr
konteksti” degan tushunchadan kelib chiqish kerak bo‘ladi. Ya’ni, avvalambor, har bir
masalaga davr kontekstida qarash degan tushuncha mag‘zini yaxshilab chaqib olishim
iz
lozim. Bu degani shuki, u yoki bu siymo va uning faoliyatiga baho berar ekanmiz,
u yashagan davr mohiyatini teran tushunib olish taqozo etiladi. Buni qilmas ekanmiz,
hech qachon masalaga to‘g‘ri yondasha olmaymiz. Yondashuvning maqbul prinsiplarini
bel
gilab olganimizdan so‘nggina baholash(aksiologiya)ning galdagi bosqichiga kelamiz.
Unda biz umuminsoniy va umumzamoniy mezonlarga suyanishimiz kerak bo‘ladi.
Asosiy qism. O‘zbek adabiyotida XX asrning “o‘rta avlodi” deb atalgan A.
Muxtor,
S. Ahmad, Shukrullo, S. Zunnunova, Shuhrat kabi shoir va yozuvchilaridan salmoqli meros
qolgan. Lekin bu merosni bugungi kun imkonlari darajasidan turib baholashga tutinar
ekanmiz, ayrim o‘rinlarda ularning haqlariga xiyonat qilib qo‘yilayotgandek tuyulaveradi
menga. Adabi
yot ilmida “badiiy tafakkur tadriji” degan tushuncha bor. Uning sodda ma’nosi
shuki, badiiy fikr ijtimoiy-siyosiy, madaniy-
pisxologik hayot ta’siridagi dunyoqarash bilan
birga sekin-asta evrilib-
o‘zgarib boradi. Ya’ni, aytaylik, o‘zbek adabiyotidagi 60
- va 70-yillar
avlodi degan mashhur avlodlar ana o‘sha “o‘rta avlod” merosisiz biz bilgan darajada
shakllanmasligi mumkin edi. E.
Vohidov aytmoqchi, “Pillapoya bo‘ldim senga azizim, Sen
ham gal kelganda pillapoya bo‘l”. Bu fikrni E.
Vohidovdan burun aynan 50-yillar avlodi
vakilasi S. Zunnunova shunday tarzda ifodalagan edi:
Zinalar, zanalar, buyuk zinalar,
Sizsiz ulg‘aymaydi tarixda hech kim.
Bitta pog‘anangiz bo‘lsam koshkiydi,
Kimdir bosib o‘tib oldinga yursa,
Hech qanday umrga kelmasdi rashkim.
Unutilgan bi
tta pog‘ana bo‘lib,
Sharafli, muborak shu yo‘lda tursam... (1963
-y.)
Xuddi shunday, A.
Oripovning mashhur bir she’rining mashhur bir baytida aks
etgan xitob kurtaklari salaf shoir Shuhrat she’rida turibdi:
Beruniy kitobin varaqlab Kolumb
Okean ortiga
yo‘l olgan deysan.
Bas, unda nimaga Beruniy qolib,
Kolumbning sha’niga qo‘shiq to‘qiysan?..
Oripovning qaysi she’rini, qaysi xitobini nazarda tutayotganim darrovgina
yodingizga tushgandir, albatta...
Yo‘q, bu yerda gap taqlid haqida emas, balki ijodiy ta’sirlanish, an’nanani yana
-da
go‘zalroq, yana
-da mukammalroq tarzda davom ettirish ustida borayotir.
Savolni ustoz qo‘ydi, shogird esa uni qoyilmaqom qilib davom ettirdi:
Amerika
–
sehrli diyor,
Uxlar edi Kolumb ham hali.
Dengiz ortin yoritdi ilk bor
Beruni
yning aql mash’ali.
Kolumbda bor alamim manim,
O‘zbekiston –
Vatanim manim!
Badiiy tafakkur tadriji aynan mana shu tarzda shakllanadi, biri (odatda, yosh
avlod) ikkinchisidan (odatda, katta avloddan) ulgu oladi. Bas, shunday ekan, har qanday
salaf avlodni, ularning ijodini inkor qilmoqqa tutungan ayrim yosh avlod vakillarining
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
2 (2023) / ISSN 2181-3701
114
oyoqlari, aslida, o‘zlari inkor qilayotgan avlodlar tuprog‘ida mustahkam turgan bo‘ladi.
Lekin badiiy tafakkur tadriji qonuniyatlarini yaxshi bilmaslik ularni nigilizm botqog‘iga
boti
rib qo‘yadi va baxtga qarshi “biz yo‘q yerdan bino bo‘ldik” deya ayyuhannos soladi.
Shuhrat bir o‘rinda haqli ravishda she’riyatda juda yuksak parvoz qila olgan
A.
Oripovni “Men oddiy bir shamman, sen ulkan chiroq!” deya alqaydi. Bunday mardlik va
tantilik
har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi, aslida. O‘z navbatida A.
Oripov ham
“Shuhrat siymosi” degan dilso‘zlarida mana bunday iliq so‘zlarni yozadi: “Biz tengilar
adabiyot dargohiga kirib kelayotgan paytlarimizda azamat akalarimizdan iborat
yozuvchilar avl
odi ayni kuchga to‘lgan chog‘lar edi... Shuhratga qayerdan qachon
qaramang, o‘ngdanmi, so‘ldanmi, oldindanmi, ortdanmi, pastdanmi, yuqoridanmi, har
tomondan manaman degan o‘zbek ko‘rinib turadi. Mard, matonatli, bag‘ri keng,
xalqparvar o‘zbek ko‘rinib turadi” (1, 3
-4-b). Bu yerda katta va yosh avlod vakillarining
o‘zaro bir
-birlariga hurmat-
e’tibori havas qilgulik darajada izhor etilgan.
Shu ma’noda biz haqli ravishda iftixor tuyadiganimiz
60- va 70-yillar avlodi
nasriyu nazmida Shuhrat mansub o‘rta avlod vakillarining ulug‘ xizmatlari bor. An’ana va
novatorlik ana shunday namoyon bo‘ladi.
So‘zimiz baholash mezonlari to‘g‘risida ekan, bas, shu mantiqdan kelib chiqib,
shoir, adib, dramaturg va munaqqid Shuhratning adabiy tanqidchilikda aks etgan
qarashlariga
bir qur nigoh tashlashni maqsad qildik. Zero, “Shuhrat qanday mezonlar
yordamida badiiy asarlarni baholagan yoki uning e’tiborini kimlar, ularning qanday
asarlari va nima uchun tortgan?..” degan savollarning javobi ko‘pgina masalalarga
oydinlik kiritadi, d
eb o‘ylaymiz.
Undan oldin shuni alohida qayd etish kerakki, keyingi to‘rt
-besh yil ichida Shuhrat
merosi qayta ko‘tarilib, qissa va qator romanlari (“Sharq” nashriyoti, 2019), uch mo‘jaz
kitobdan iborat poeziyasi (“O‘zbekiston” nashriyoti, 2018), shuningdek, “Shuhrat
zamondoshlari xotirasida” (G‘.
G‘ulom nashriyoti, 2018) nomli kitoblari chop etilib,
o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi. Yaqin uch
-
to‘rt yilning nari
-berisida esa, Shuhrat ijodi
bo‘yicha bir nomzodlik (M.
Yodgorova) va bir doktorlik (N. Soatova) dissertatsiyalari
yozilib, muvaffaqiyat bilan himoya qilindi.
Zero, Shuhrat mansub o‘rta avlod qoldirgan
boy va ahamiyatli meros o‘z munosib bahosini olishi kerak, toki bizning yaqin
o‘tmishdagi adabiyotimiz haqidagi tasavvurlarimiz yana
-
da to‘g‘ri va yana
-
da to‘liq
bo‘lsin. Bundan tashqari, qo‘limizda 2019
-
yilda “Sharq” nashriyotida bosilgan “Fikrning
surati” nomli Shuhrat yon daftaridagi bitiklardan iborat kitobchasi ham bor. Kitobchaga
akademik Abdulla A’zam so‘zboshi yozgan. Demak, “Fikrning surati” hamda “Shuhrat
zamondoshlar xotirasida” to‘plami ushbu kichik tadqiqotimizning asosiy ob’yekti bo‘ladi.
Shuhrat ko‘p sinovlarni boshidan o‘tkazdi. Aynan mana shu sinovlar biz bilgan
Shuhratni “yaratdi”. Aynan mana shu sinovlar yuqorida nomlari eslangan kitobl
arning
xamirturishi vazifasini o‘tadi: “Hayot odamni umr bo‘yi sinaydi, deyishganida, unchalik
e’tibor qilmasdim. Bu ham bir gap
-
da, deb qo‘ya qolardim. Yanglishgan ekanman... Hayot
hammamizdan ko‘ra Shuhratni ko‘proq va keskinroq sinadi” deb yozadi o‘zi h
am ne-ne
sinovlarni, qamoqlarni, ayriliqlarni boshidan kechirgan Xalq yozuvchisi Said Ahmad. Olim
va tarjimon Sh.Shomuhamedov Shuhrat boshiga tushgan ko‘rgiliklarni chamalab,
beixtiyor Ayyub payg‘ambarni yodga oladi. Ehtimol, bu qiyosda yaxshigina orttirma
bordir. Lekin hayotlari silliq kechuvchi odamlarga solishtirganda Shuhrat kabilar chindan
ham Ayyub payg‘ambarlar hayotini boshidan kechirgandek taassurot qoldiradi
-
da. Ya’ni
bu o‘rindagi mubolag‘a o‘zini oqlaydi. “Shuhrat domlaning qiyin hayotini o‘ylaga
nimizda
u kishining iroda va matonatiga qoyil qolar edik va Ayyub payg‘ambar qismati esga
tushar edi” deb yozadi Sh.
Shomuhamedov (1, 21.).
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
2 (2023) / ISSN 2181-3701
115
Said Ahmadga qaytamiz: “Kim biladi, yozadiganingni tezroq yozib qol, armon bo‘lib
qolmasin, deb Xudo ko‘ngliga solga
nmi, Shuhrat kechayu kunduz tinmay mehnat qilardi.
Oxiri u tildan qoldi. Barmoqlarining qalam tutishga majoli qolmadi. Endi u na bir so‘z ayta
oladi, na dildagi gaplarini qog‘ozga tushira oladi...” Shundan keyin S.
Ahmad xasta
Shuhratni farzandlari uning uyiga
–
boqqa olib kelishganini xotirlaydi: “Bog‘imda avji
luchchak shaftolilar pishgan paytda Shuhratni olib kelishardi. Bir vaqtlar so‘zga chechan,
suhbati shirin Shuhrat endi mo‘ltirab, jimgina o‘tirardi. Ichida to‘planib qolgan gaplarini
aytolmay, asabi
ylashardi. Shu xil so‘zsiz, bir
-
birimizga mo‘ltirab qarab o‘tirishlarimizning
birida Shuhrat alam bilan ko‘ksiga mushtlay boshladi. Qo‘rqib ketdim. Nega unaqa
qilayotganini bilolmay, hayron bo‘lib qarab turardim. O‘rnimdan turib, yelkalaridan
quchoqlab, yu
zlarini siladim. Uning ko‘zlaridan yum
-yum yosh oqardi. U ichim kuyib
ketdi-
ku, bag‘rim yonib ketdi
-
ku, demoqchi bo‘lgan edi” (1, 13
-14).
Shunday achchiq va mashaqqatli qismatni yashagan insongina qo‘liga qalam olib
yozishga hammadan ham haqliroqdek tuyuladi menga. Zero, uning botini dardu alamga,
yashalmagan hayotning hasratlariga to‘lib ketgan bo‘ladi
-da. Lekin buni qarangki,
Shuhrat taqdiri ana shunday sinovlarga to‘la bo‘lsa ham u hayot va ijodda yorug‘lik va
yaxshilikka, sadoqat va oqibatga intildi, sh
ularni targ‘ib qildi. Bu endi hammaning ham
qo‘lidan keladigan ish emas. Shu ma’noda, Shuhrat mahorat bobida o‘z davrining eng
birinchi ijodkori bo‘lmagan esa
-
da, uning merosidagi yorug‘likka, yaxshilikka, ezgulikka
bo‘lgan ishonch “manaman” degan yozuvchi
-
shoirlarning ijodidagidan ko‘p bo‘lsa ko‘pdir,
aslo kam emas edi. Demak, Shuhrat o‘z hayoti va ijodi bilan odamlarga nur va ezgulik
ulashdi. Bu esa, ijoddan, ijodkordan kutiladigan eng katta va eng tansiq ne’matdir.
Hayotning umurtqani egib yuboradigan d
arajadagi og‘ir sinovlaridan o‘tish bu
tajriba degani. Tajriba esa odamni ijodga yetaklaydi. Natijada, uning qalamidan hikmatlar
to‘kiladi. “Fikrning surati” kitobchasidan Shuhrat domlaning bir o‘qishda ma’nosi
yodlarga muhrlanib qoladigan hikmatlari talay
. “Mehnatni o‘ng qo‘l qiladi, tilla soatni
chap qo‘l taqadi” deydi bir o‘rinda Shuhrat. Bu o‘sha “Suv keltirgan xoru ko‘za sindirgan
aziz” degan ulug‘ hikmatning boshqa zamondagi ko‘rinishi, Shuhrat topgan yangi shakli
edi. Zero, yangi zamonda “ko‘za” detalidan ko‘ra “soat” detali ko‘proq ishlatilar, ko‘proq
tushunarli edi-
da. Bas, Shuhrat ham ko‘hna haqiqatga o‘z zamonining to‘nini bichib berdi.
Axir, har qanday yangilik yaxshi unutilgan eskilik emasmidi... “Sovuq ham mevali
daraxtni uradi”, “So‘ligan guldan asalari bol emmaydi”, “Kishilarning yuziga tanqid
qilmaslik
–
raqibga cho‘ntagida musht ko‘rsatish”, “Men senga aytsam, moli yo‘q deb
erdan, giyohi yo‘q deb yerdan kechma”... Bunday hayotiy kuzatishlar essensiyasi bo‘lib
qog‘ozga tushgan oltin fikrlarni
o‘qir ekansan, ularning tug‘ilishi uchun adib qancha
mashaqqatli yo‘llarni bosib o‘tishi kerakligini, bosib o‘tganda ham, insonlik siyratini
saqlab qolishi shartligini
o‘ylab ketasan, kishi.
Shuhratning aforizmlari orasida ijodga tegishlilari ham serob. M
asalan, bir o‘rinda
“Pufak suv betida suzgandek, u ham hayot tubiga tusholmasdi” deb yozadiki (1, 12
-bet),
bu bevosita ijod, ijodkorlik undagi sayozlik va teranlik bilan ham bog‘liq. Ne yoziqki,
hayot tubiga tushish va uni haqqoniy aks ettirish uchun ijodkorning qismati ham
sinovlarga to‘la bo‘lishi kerak. Axir, ne
-
ne ma’danlar ham o‘t
-olovga tushibgina oltinu
kumushga aylangusi. Buning boshqa yo‘li yo‘q. Taqdir palaxmoni Shuhratning o‘zini ham
ana shunday olovlarga ayamay otgani rost. Zero, uning uch muazzam romani
–
“Shinelli
yillar”, “Oltin zanglamas”, “Jannat qidirganlar” olov to‘la sinovli yillar, achchiq tajribalar
hosilasidir.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
2 (2023) / ISSN 2181-3701
116
Shuhrat o‘zi ko‘rgan, bilgan, o‘zidan bitta katta avlod vakillari bo‘lmish Oybek,
G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Shayxzoda, Mirtemir kabi o‘zbek, Ivan Turgenev, Lesya
Ukrainka, Mirzo Tursunzoda singari rus, ukrain va tojik shoiru adiblar ijodlariga adabiy
tanqidchi nigohi bilan qarab, maqolalar yozgan. Aytish joizki, qisqa va lo‘nda maqolalarda
nomlari zikr etilgan ijodkorlarning shaxsiyatiga doir fazilatlaru bitiklarining asosiy
xususiyatlari to‘g‘ri ilg‘ab tahlil etilgan. Ular bilan tanishib chiqqach, mabodo Shuhrat
adabiy tanqid bilan professional darajada shug‘ullanganda ham yaxshigina nom
qozonishiga amin bo‘lasan, kishi. Zero, uning bitiklaridan adibning o‘zbek, rus va jahon
adabiyotini mudom mutolaa va mushohada qilib yashaganining guvohi bo‘lish mumkin.
Shuhratda nekbin nigoh bor, dedik. U adabiyotning har bir katta odimlaridan ulkan
xayrlar izlaydi, ularni topadi, alqaydi,
targ‘ib qiladi: “...o‘zbek adabiyotining ajoyib
namunalari bo‘lmish “Jaloliddin” va “Mirzo Ulug‘bek” dunyoga keldiki, ularni haqli
ravishda dramaturgiyamiz “generali” Maqsud Shayxzodaning azamat yelkasidagi qo‘sh
“oltin pogoni” deyishimiz mumkin” (4, 103.)
. Munaqqid shoir Shayxzodani ayni vaqtda
“dramaturgiyamiz “generali” deya ta’riflamoqda. Demak, o‘sha davrda Shayxzoda
chindan ham yuqorida nomlari zikr etilgan asarlari tufayli o‘zbek dramaturgiyasining
yetakchisiga aylangan edi. Qolaversa, urush ko‘rgan
adib masalani harbiy atamalar bilan
baholayaptiki, g‘oyat tabiiy chiqqan: “general” va “qo‘sh oltin pogon” degan epitetlar
shundan.
Shuhrat rus adibi Ivan Turgenev asarlari tahliliga bag‘ishlangan “Umrboqiy adib”
nomli maqolasida shunday yozadi: “Chexov va
Gogolni ilk o‘qiganimda o‘ziga qattiq jalb
qilmagan edi. Keyinchalik buning sirini bildim. Avvalambor, men uni aslidan o‘qimagan
ekanman. Keyin sho‘xliklari tinmagan, hayot
-past balandliklarini boshdan kechirmagan
bolaligim hali buyuk adib mahorat bilan tasvirlagan kishi qalbining iztiroblaridan
bexabar ekan. Keyinchalik
–
achchiq-
chuchukni taniganimdan so‘ng qayta o‘qiganimda
tasvirlangan kechinmadan yurak-
bag‘rimni parchalab, xayolimni bir necha vaqt o‘g‘irlab
oldi” (4, 138). Bu yerda o‘quvchi va uning badiiy asarni qabul qilishi, ya’ni retsepsiya
bilan bog‘liq muammo ko‘tarilmoqda. Bu –
badiiy asarni tushunish, unga yondashish,
shuningdek, qaysi vaqtda qanday asarni o‘qish kerakligi to‘g‘risidagi juda muhim fikr.
Ya’ni asarning o‘qilish va tushunilish da
rajasi yozuvchi va uning mahoratiga qanchalik
bog‘liq bo‘lsa, o‘quvchi va uning tayyorgarligiga ham shunchalik bog‘liqdir, deyapti
Shuhrat. Demak, buyuk asarlar qulfini ochib ichiga kirish uchun o‘quvchi qo‘lida shunga
munosib kalit bo‘lishi shart. Bunday kalit esa o‘z
-
o‘zidan qo‘lga tushib qolmaydi, balki
unga erishish yo‘lida o‘quvchi tinimsiz izlanishi, o‘qib o‘rganishiyu hayotiy tajribaga ega
bo‘lishi talab etiladi. “Esimda frontda yarador bo‘lib gospitalga tushdim. Gospital sobiq
maktab binosida edi. M
aktab kutubxonasi saqlanib qolgan ekan. Qo‘limga tushgan
birinchi kitob Remarkning “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” degan romani bo‘ldi. O‘qib
chiqdimu ichimni zulmat bosib ketdi. Ko‘ngil hech narsani istamay qoldi, hamma
narsadan hafsalam pir bo‘ldi. Bu holni ko‘rgan hamxonam –
o‘rta yosh kapitan: “Bekor
Remarkni o‘qibsiz. Urushning bunday og‘ir kunlarida aslo uni o‘qib bo‘lmaydi. Juda
dahshatli. Turgenevni o‘qing, ko‘nglingiz ochiladi, dedi” (4, 139). Ushbu parchadan
o‘qishning yana bir xiliga tegishli mohiyat siri ochilmoqda: o‘quvchining kayfiyati, bu
kayfiyatni keltirib chiqargan atrof-
muhit ta’siriga qarab ham badiiy adabiyotni saralash
kerakligi uqtirilmoqda. Remarkni hech qachon o‘qib bo‘lmaydi, deyilmayapti, bil’aks,
“urushning bunday og‘ir kunlarida” o‘qish qiyinligi aytilmoqda. Zero, Shuhratning tashiyu
ichkarisida zulmat sochayotgan o‘sha urush jarayonlari kechmoqda ediki, bunday paytda
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
2 (2023) / ISSN 2181-3701
117
uning botiniga nur olib kirgich yorug‘ adabiyot zarur edi. Xuddi shunday holga o‘n yilcha
burun o‘zbek talabalari ham duch kelishgan ediki, kamina buning guvohi bo‘lgan edim.
O‘zbek filologiya fakultetidan uch talaba yigit mening oldimga kelib: “dunyo zulmatga
to‘la, unda yashash qiyin” deya yozg‘irishganda, ko‘ngillariga qo‘l solib, “kimlarni
o‘qiyapsizlar?” deb so‘raganimda Dostoevskiy, Kafka, Kamyu, Joys kabi “hazmi og‘ir”
mualliflar nomini sanashgandi. O‘shanda men ularga asarlarida yorug‘lik ko‘proq
mualliflarni, masalan, Rumiy, Tolstoy kabi mualliflarni o‘qinglar, keyin, ma’naviy
immunitetlaring kuchga to‘lganda, Dostoevskiylarni ham bemalol o‘qiyverasizlar, deya
maslahat bergandim. Bu yerda gap taqiq haqida emas, aslo, balki yosh, tayyorgarlik va
kayfiyatga qarab, asarni tanlash ustida borayotganligini yaxshi uqib turibsiz, albatta.
Men Shuhratning “Fikrimning surati” kitobini chizib, yoniga belgilar qo‘yib,
taassurotlarimni yozib o‘qidim. Chunki o‘quvchini kitob shunga undaydi. Avvalo, Shuhrat
o‘z davrining “manaman” degan ulug‘ siymolariyu ularning o‘zbek madaniy va adabiy
hayotida qoldirgan izlarig
a to‘xtaladi. Kitob Shuhrat yashagan davr kayfiyatidan so‘zlaydi,
uning siyratini suvratga aylantiradi, baland-pastliklaridan, mazmun-mohiyatidan xabar
beradi. Biz, ko‘pincha, bugungi kunning imkonlaridan kelib chiqib, “Qahhor undoq qilgan,
Oybek
bundoq yozgan” deya yozg‘irishni, hatto ularga ta’na toshlarini otishni odat tusiga
aylantirib borayotgan avlod vakillarimiz.
To‘g‘ri, tarixni xolis o‘rganishimiz, xatolar sodir
etilgan bo‘lsa, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, ularni yodga olishimiz, aytishim
iz lozim. Lekin
xatolar yuzga solinish uchun emas, balki saboq chiqarish uchun, mavridida aytilishi shart.
Shuningdek, xatolar nima uchun sodir etilgani sabablarini o‘rganmoq kerak. Keyin yana
-da
muhim bir masala borkim, bir-ikki xatosi uchun salaflar qoldirgan merosdan voz kechishga
chaqirish biz sodir etishimiz mumkin bo‘lgan eng mudhish xatolardan ekanligini
uqmog‘imiz lozim bo‘ladi. Ya’ni xato qilganni muhokama qilar ekanmiz, o‘zimiz ulardan
-da
kattaroq xatoga yo‘l qo‘ymaylik. Zero, biz kimmizki, o‘zimizga bino qo‘yamiz, o‘z davrimiz
haqiqatlarini birlamchi va eng oliy deb hisoblaymiz?!.. Axir, bu davr ham o‘tadi, ertaga
o‘zga davrlar keladi va ularning ham o‘z haqiqatlari bo‘ladi. Chunki kechagina bizdan oldin
yashab o‘tganlar ham shunday, ya’ni eng so‘
nggi, eng oliy haqiqat bizniki, deb ishonishgan
edi...
Keyin nima bo‘ldi? Davrlar almashdi, ayrim “haqiqat”lar o‘zgardi. Demak, o‘tgan
zamonlar faoliyatini baholashning eng sog‘lom mezoni shunday bo‘lishi kerakki, u o‘z
bag‘riga umuminsoniy va umumzamoniy
qadriyatlarni maksimal darajada qamrab olgan
bo‘lsin. Masalaga shunday yondashadigan bo‘lsak, sovet davrida yashagan yozuvchi va
boshqa ijodkorlarning ham yutuq va kamchiliklari bor bo‘lib, muhimi, ularga hurmat bilan
munosabatda bo‘lish burchimiz ekanini tushunib yetamiz. Biroq, ming afsuski, ko‘p
hollarda “ha, davr murakkab bo‘lib, uning o‘z talablari mavjud edi, Oybek yo Qahhor, Asqad
Muxtor yo Shuhrat ana shu talablarga javob berib yashashi talab etilardi, bas, o‘sha
muhitda ularning yutuqlari bu ediyu
kamchiliklari bu bo‘ldi”, deya xolis baholash o‘rniga,
ularning ijodida tuzumni alqagan manavinday she’r yoki hikoya bor, deya salaflarning
butun boshli merosini yomonotliqqa chiqarishga urinishlar kaltabinlikdan boshqa narsa
emas. Bunday qilishga esa hech
kimning, ha, takror aytaman, hech kimning ma’naviy haqi
yo‘q. Zero, o‘sha davrda, ular tushib qolgan muhitda siz o‘zingizni qanday tutgan
bo‘lardingizu men qanday tutgan bo‘lar edim –
ma’lum emas. Shuhrat urush ko‘rdi, juda
ko‘plab janglarda qatnashdi, yarador bo‘ldi, urushdan keyin 25 yilga qamaldi (shundan
besh yil “o‘tirdi”), ozodlikka chiqqandan keyin insult bo‘lib umrining o‘n yilini xastalikda
kechirdi.
Lekin shunday bo‘lgani holda, bitiklarida yorug‘lik bor, hayotparastlik bor,
yaxshilikni yoqlash,
unga ovoz berish bor. Ustozlariga hurmat, do‘stlariga yelkadoshlik,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
2 (2023) / ISSN 2181-3701
118
raqiblarini kechirish
–
o‘ch olishdan, ularga mag‘zava to‘kishdan baland turish bor.
Ha, Shuhrat shuncha sinovlardan insonligini yo‘qotmay, aksincha, uni muqaddas
bayroqdek baland ko‘tarib o‘tdi, o‘ta bildi. Moskvada o‘lim to‘shagida yotgan ustozi Abdulla
Qahhor uni -
buni emas, aynan Shuhratni o‘z yoniga chaqirishi, sirlarini, so‘nggi iltijosini
aynan Shuhratga yukunishi tasodifan ro‘y bergan deb o‘ylaysizmi, aslo bunday emas.
Buning ortid
a urush ko‘rgan Shuhrat shaxsiyatiga bo‘lgan ulkan ishonch turadi.
O‘sha davrda yashab ijod qilganganlarni o‘ylamay
-netmay tanqid qilib
tashlayveradigan o‘quvchilar, hatto adabiyotshunos olimlar Shuhratning manavi
bitiklarini tez-
tez o‘qib tursalar, foydadan xoli bo‘lmaydi: “Kunlardan bir kuni “Guliston”
jurnalida Hamid Olimjonning “Ishim bordir o‘sha ohuda” degan bir she’ri bosilib chiqdi.
Lekin ba’zi birovlarga she’r yoqmadi, matbuotda tanqid qilina boshlandi. Keyinchalik
she’r qayta bosilmadi, shoirning
kitoblariga kiritilmadi. Shu tanqiddan keyin Hamid
Olimjon bunday qaltis she’r yozmay qo‘ydi...” (4, 105).
E’tibor bering, “Ishim bordir o‘sha ohuda” she’rida hech qanday siyosiy motiv yo‘q,
lekin shunga qaramay, tanqid bosimi ostida shoir u she’rni kitob
lariga kiritmayapti,
qaytib unga o‘xshash she’r yozmayapti. Nima uchun? Bu yo‘l to‘ppa
-
to‘g‘ri qatag‘onga olib
borishi mumkin edi. Shuning uchun!
Axir, bu avlod Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi o‘z
ustozlari hayotining fojia bilan yakun topganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan, qatiqni ham
“puf”lab ichadigan bo‘lib qolgan avlod edi. Gap yozgan asarlarining mazmun
-mohiyati
uchun jismonan bor yoki yo‘q bo‘lish ustida borar ekan,
Fitrat, Hamza, Qodiriy, Cho‘lpon
kabi jadid, Oybek, G‘.
G‘ulom, H.
Olimjon, Mirtemir, Shayxzoda, Zulfiya singari 20 yillar,
A. Muxtor, S. Ahmad, Shuhrat, Shukrullo, S. Zunnunovadek 50-
yillar, ya’ni o‘rta avlod
asarlarida aks etgan ayrim murosasozliklarni o‘ylamay
-netmay, chuqur mulohaza qilmay
“shart
-
shurt” qoralab tashlash, yumshoq qilib ay
tganda, insofdan emas. Ilmiy til bilan
aytganda esa, bunday tutim masalani davr kontekstidan uzib olib baholash deyiladi.
Takror aytaman: xatoyu kamchiliklarni aytmaslik, eslamaslik kerak, deyilmayapti. Aytish,
eslash kerak, lekin bu aytish va eslash ularn
ing boshqa asarlarini ham o‘qimaslikka
chorlash kabi johilliklarga olib bormasligi darkor, demoqchiman, xolos. Albatta,
yuqoridagi murasasozlik kimdadir majburiyatdan, qo‘rquvdan yoki yaxshi mavqeyu
e’tibor ilinjidan, kimdadir mavjud tuzumga chin dildan, s
oddalarcha ishonishdan, endi
hayot mana shunday ketadi, bas, shu hayotni kuylash lozim, deya o‘ylashdan ekanligini
unutmasak, bas. Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat ijodkorlar kabi Shuhrat ham
o‘z davri g‘oyalariga chin dildan ishongan, bas, ularni shu ishonch bilan o‘z asarlarida
targ‘ib qilgan. Buni Shuhrat domlaning uctozi G‘afur G‘ulom to‘g‘risidagi bitiklaridan ham
bilsa bo‘ladi: “Ha, G‘afur G‘ulom buyuk odam edi. Buyuk kishilarning har bosgan izi
muqaddas, qoldirgan merosi ibratdir. Ertasida
n umidvor kishilar G‘afur G‘ulomni o‘qiydi.
Istiqbol chirog‘ini yanada ravshan ko‘rmoqchi bo‘lgan she’rxon G‘afur G‘ulomni o‘qiydi.
Shonli hayotimiz bosib o‘tgan nurli yo‘lning badiiy solnomasini tasavvur qilishni istagan
kitobxon G‘afur G‘ulomni o‘qiydi... Siysiy ongini badiiy barkamol ko‘rmoqni xohlagan
o‘smirlar va targ‘ibotchilar G‘afur G‘ulomni o‘qiydi” (o‘sha manba, 83
-bet). Hech bir
shubhasiz ko‘rinib turibdiki, Shuhrat va undan burungiyu undan keyingi avlod
vakillarining aksari o‘z davrining farzandi sifatida undagi siyosiy va ijtimoiy g‘oyalarga
samimiy ishonganlar, o‘rni kelganda ularni o‘z asarlarida targ‘ib qilganlar. Bu –
tarix.
Xo‘sh, endi nima qilmoq kerak?.. Mavjud tarixga to‘g‘ri yondashmoq kerak! Biz uchun
muhimi
–
shu. Boshqacha aytganda,
biz tarixning ustidan qora chiziq tortish yo‘lidan
emas, balki uning yutuq va kamchiliklarini e’tirof etgan holda, har bir nuqtasidan saboq
chiqarish yo‘lidan borish tarafdorimiz.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
2 (2023) / ISSN 2181-3701
119
Yana Shuhratning o‘z baholash mezonlariga qaytamiz.
Shuhrat Mirtemirning me
hnat sharaflangan bir she’rini “dasturiy she’r” deb atab,
uning butun ijodidan shunday xulosalar chiqaradi: “Chindan ham shoir o‘z “yuragining
do‘sti, ishonchiga”
(mehnatga
–
U.H.) sodiq qoldi, u ijod uchun yolg‘iz talantning o‘zi
kifoya qilmasligini yaxsh
i tushundi, mehnat qildi, ya’ni hayotning keng oqimiga tushib, u
bilan birga quloch otdi, uning faol ishtirokchisi va ijodchisi bo‘ldi” (4, 127). Ko‘rinadiki,
Shuhrat shoir Mirtemir ijodining bosh xususiyatlaridan biri
–
hayotning ichiga kirib, uni
aks ett
irganligini, bunda ijodkorga mehnat yordamchi bo‘lganini to‘g‘ri qayd etmoqda.
Zero, chindan ham haqiqiy ijodkor, avvalo, o‘z davrining urib turgan yurak tomiriga
tashhis barmog‘ini qo‘yib, uning holidan atrofga (o‘quvchiga!) badiiy xabar berishi kerak.
Qo
‘ldagi “qalam”ning haqini faqat shunday oqlash mumkin. Shuhrat boshqa sahifada
davom etib yozadi: “Kitobxonni maftun etish shoir uchun katta san’at, buning uchun
shoirning talanti, turmushni bilishi yetmaydi. U bilgan turmushni qunt bilan va yana qunt
bila
n, mehr bilan o‘rganishi kerak. Har bir so‘zning sayqalini, vaznini, rangini, zalvorini
fahmlab o‘z o‘rnida ishlatishi, har bir satrni muttasil ma’no manbai deb anglashi, har bir
satrni katta asarning yetuk bo‘lagi deb tushunishi, har bir asarni jamiyat va
jamoat
oldidagi bir imtixon deb qarashi kerak bo‘ladi” (4, 128). Demak, Shuhrat ijod mohiyati va
ijodkor burchini to‘g‘ri anglab, masalani to‘g‘ri qo‘ymoqda, “ijod nima?”, “ijodkor kim?”
degan savollarga ham juda o‘rinli, zalvorli, asosli javob bermoqda.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, o‘zbek adabiyotida o‘z o‘rniga ega, o‘rta avlodning
zabardast vakili adib va shoir Shuhratning hayot va ijodiga bir nigoh tashlashning o‘ziyoq
yaqin o‘tmishimizni, unda yaratilgan “sovet o‘zbek adabiyoti” degan katta merosn
i
qaytadan, xolis munosabat bilan o‘rganishimiz kerakligini ko‘rsatmoqda. Chunki bu
meros sho‘ro davrida ulug‘langandan ulug‘langan bo‘lsa, mustaqillikning dastlabki o‘ttiz
yilida ko‘proq tanqidiy kayfiyat bilan qarshi olindi. Endi bo‘lsa, merosga davr kon
testida
qarab, uni umuminsoniy va umumzamoniy mezonlar asosida ilmiy qayta ko‘rib chiqish
davr talabi, vijdon amri, adabiyotshunos olimlar burchidir. Toki, murakkab davr
chig‘iriqlaridan kim qanday meros, qanday vijdon bilan o‘tganini anglash,
yo‘l qo‘yilg
an
xatolardan o‘git, erishilgan yutuqlardan esa ibrat olgan ko‘yi hayotbaxsh an’analarni
davom ettirish mumkin bo‘lsin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
“Shuhrat zamondoshlar xotirasida”. –
Toshkent: “G‘.
G‘ulom” nashriyoti,
2018,
–
280-b.
2.
Shuhrat. Roman va qissalar.
–
Toshkent: “Sharq” nashriyoti, 2019, –
760-b.
3.
Shuhrat. Har umrning o‘z hissasi bor. She’rlar. –
Toshkent: “O‘zbekiston”
nashriyoti, 2018,
–
280-b.
4.
Shuhrat. Fikrning surati.
–
Toshkent: “Sharq”, 2019. –
160-b.