Авторы

  • Кувонч Мамиралиев
    Аспирант, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.66967

Ключевые слова:

поэзия эпоха среда форма содержание диалектика образ жанр модификация

Аннотация

В данной статье анализируются формальные и содержательные исследования узбекской поэзии периода независимости. Теоретические критерии, такие как диалектика содержания и формы в узбекской поэзии периода независимости, составляют основную цель статьи. Потому что в современной узбекской поэзии мы можем видеть формальные исследования на примере многих художников. Сделаны выводы о том, что содержание и форма не могут быть отделены друг от друга в узбекской поэзии периода независимости. При написании статьи использовались методы социального, психологического, биографического анализа.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Harmony of form and content in Uzbek poetry of the
independence period

К

uvonch MAMIRALIYEV

1


Tashkent State University of Uzbek Language and Literature

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2023
Received in revised form

10 April 2023
Accepted 25 April 2023

Available online

15 May 2023

This article analyzes the formal and substantive research in

Uzbek poetry of the period of Independence. Theoretical
criteria such as the dialectic of content and form in Uzbek

poetry of the independence period constitute the main purpose

of the article because, in modern Uzbek poetry, we can see

formal research in the example of many artists. Conclusions
have been made that content and form cannot be separated

from each other in Uzbek poetry during the period of

independence. Social, psychological, and biographical analysis

methods were used in writing this article.

2181-3701

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol1-iss3-pp32-39

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

poetry,

era,

environment,

form,

content,

dialectic,

image,

genre,

modification.

Istiqlol davri

Oʻzbek she’riyatida shakl va mazmun

uyg‘unligi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

she’riyat,

davr,

muhit,

shakl,

mazmun,

dialektika,

obraz,

janr,

modifikatsiya.

Ushbu maqolada istiqlol davri oʻzbek she’riyatidagi shakliy

va mazmuniy izlanishlar tahlil qilingan. Istiqlol davri oʻzbek

she’riyatida mazmun va shakl dialektikasi kabi nazariy

mezonlar maqolaning asosiy maqsadini tashkil qiladi. Chunki

hozirgi oʻzbek she’riyatida shakliy izlanishlarni koʻp ijodkorlar

misolida koʻrishimiz mumkin. Istiqlol davri oʻzbek she’riyatida

mazmun va shakl bir-

biridan ajratib boʻlmaydigan hodisa

ekanligi haqida xulosalar qilingan. Ushbu maqolani yozishda
ijtimoiy, psixologik, biografik tahlil metodlaridan foydalanilgan.

1

Alisher Navoi Tashkent State University of Uzbek Language and Literature. E-mail: mamiraliyevquvonchbek@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

1

3 (2023) / ISSN 2181-3701

33

Гармония формы и содержания в узбекской поэзии
периода независимости

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

поэзия,

эпоха,

среда,

форма,

содержание,

диалектика,

образ,

жанр,

модификация

В данной статье анализируются формальные и

содержательные исследования узбекской поэзии периода

независимости. Теоретические критерии, такие как

диалектика содержания и формы в узбекской поэзии

периода независимости, составляют основную цель статьи.
Потому что в современной узбекской поэзии мы можем
видеть формальные исследования на примере многих

художников. Сделаны выводы о том, что содержание и

форма не могут быть отделены друг от

друга в узбекской

поэзии периода независимости. При написании статьи

использовались методы социального, психологического,

биографического анализа.

KIRISH

Buyuk mutafakkir Aristotel “Hajm

asarning mohiyatidan kelib chiqadi. Har doim

yaxshiroq tushuniladigan narsa hajman (ya’ni shaklan) ham goʻzalroq boʻladi” [3]

, deya

ta’kidlaydi. Badiiy adabiyotning necha yillar davomida bunday muhim qonuniyatini, ya’ni

adabiyotda shakl va mazmun munosabatida mazmunning ahamiyati alohidaligini Alisher
Navoiy ham quyidagicha bayon qiladi:

Nazmda ham asl anga ma’ni durur,

Boʻlsun aning surati har ne durur.

Nazmki, ma’ni anga margʻub emas,

Ahli maoniy qoshida xoʻb emas.

Nazmki, ham surat erur xush anga,

Zimnida ma’ni dagʻi dilkash anga

[2].

Janrni belgilashda mazmun birinchi qo‘yilishi va shakl uning ikkilamchi xususiyati

sifatida qolishi kerak. Chunki mumtoz lirik janrlarimizda ham bir shaklda turli

mazmundagi she’rlar yozilgan.

TADQIQOTNING MAQSADLARI

Ushbu maqolamizda istiqlol davri oʻzbek she’riyatidagi shakl va mazmun

hodisasini nazariy jihatdan asoslab berish tadqiqotimizning maqsadiga kiradi. Masalan,

g‘azal janrida yozilgan she’rlar tasavvufiy va ishqiy mavzularda yozilgan va bu g‘azalning
lug‘aviy ma’nosida ham aniq koʻrinadi. G‘azal Navoiydan oldin ham, keyin ham ishqiy va
tasavvufiy mazmunda yozilgan. XIX asrga kelib g‘azalning mavzu ko‘lami kengaydi, endi u
ishqiy va tasavvufiy ma’nolarni emas, aksincha, ijtimoiy mavzularni olib chiqa boshladi

.

Mumiqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O‘tar, Komil Xorazmiy, Ibrat, So‘fizoda kabi
ijodkorlarning g‘azallarini misol qilishimiz mumkin. Ushbu ijodkorlarning gʻazal janrida
yozilgan she’rlarining aksaryatida, ma’no oʻzgara borgan. Ularning koʻpi ilm

-fan, maktab,

maorif, millat ahvoli kabi mavzularda yozildi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

1

3 (2023) / ISSN 2181-3701

34

Ilm oʻqigani bilan har kim musulmon boʻldumu?

Mouman aylab farishta gʻayri shayton boʻldumu?

[8]

(Muqimiy)

Vatanning ishtiyoqin tortaram gʻurbat gʻami birlan,

Turub erdim qutulmay gʻussau ranju

inolardin

[7].

(Furqat)

Topar erkan qachon, yo rab, hayoti jovidon millat?

Topib ilm-u hunar birla maorifdin nishon millat?

Vatanparvar fidoiy firqalar to boʻlmayin paydo,

Na mumkin topmogʻi oʻlgan tanigʻa toza jon millat?

[4]

(Avaz Oʻtar)

Yashnatib dil gʻunchasin, fasli bahor aylar gazet,

Suv berib koʻngul bogʻini, sabzavor aylar gazet

[6].

(Soʻfizoda)

Yuqorida keltirilgan she’r namunalaridan koʻrinib turibdiki, XIX asrdayoq she’riyat

ijtimoiy mavzularga oʻta boshladi va bu hodisa,

ayniqsa, Vatan obrazi, millat taqdiri kabi

mavzular jadid adabiyotida alohida ahamiyat kasb etdi. Ijtimoiy mavzu g‘azal janri
tabiatini o‘zgartirib yubordi. Yana bir misol, tadqiqotchi Sh.Rahmonova XX asr aruz
ilmiga bag‘ishlangan o‘z tadqiqotida XX asrning ikkinchi yarmida tarkibbandlar an’anaviy

marsiya tarzida emas, ishqiy mavzularda ham yaratilganligini asoslagan [9], Bundan

ko‘rinadiki, mavzular janr va shakl tanlamagan, ya’ni janr qat’iy turgʻun hodisa emas,

u oʻzgarib turishini koʻrsatadi. Bu holat

esa janrlar modifikatsiyasini yuzaga keltirgan.

TAHLIL

Umuman olganda, badiiy asar janrini belgilashda mazmun ustuvor hodisami yoki

shakl degan savollar oʻzbek adabiyotida koʻplab berilgan. Bu borada adabiyotshunoslikda
bahslar, tortishuvlar koʻp boʻlgan va boʻlib kelmoqda. Mazkur masalaga adabiyotshunos
olim Bahodir Sarimsoqov ham oʻz munosabatini bildirib oʻtgan. Olimning fikricha,

mazmun va shakl doimo bir-

birini taqozo etadi. Har bir mazmun yoki gʻoya, oʻzining

shakliga ega boʻladi. Atrofimizdagi –

borliqdagi barcha narsalar, voqea-hodisalar mazmun

va shakl uygʻunligida namoyon boʻladi. Chunonchi, ma’lum fikr, g‘oya, narsa va voqea
faqat shakl orqaligina ayonlashadi va yashaydi. Chunki mazmunsiz shakl bo‘lmaganidek,
shaklsiz mazmun ham boʻlmaydi. Shuning

uchun ham mazmun va shakl birligini, ularning

uygʻunligini badiiylikning asosiy mezonlaridan biri sifatida sanaydi, adabiyotshunos olim
Bahodir Sarimsoqov. Bundan tashqari, olim mazmun va shakl birligi, uygʻunligi
dialektikasini toʻgʻri anglash lozimni ham uqtirib oʻtadi. Mantiqan olib qaralsa, borliqdagi
barcha narsa va hodisalar ma’lum bir shaklda namoyon boʻladi. Demak, shakl mazmunni,
mazmun esa shaklni taqozo etib, ularning garmoniyasini koʻrsatadi. “Badiiy adabiyotda

mazmun va shakl muammosi hadida g

ap ketganda, shaklning ikki xil ma’noda

tushunilishini unutmaslik kerak. Birinchisi

shakl mazmunning ifodasi ekanligi,

ikkinchisi

shakl mazmunga nisbatan befarq tashqi ifoda emasligi” [5]

. Demak, avval

ta’kidlaganimizdek, ular

bir-

birilarini aniqlab toʻldirib boradi: mazmundan shaklga,

shakldan esa mazmunga qarab borilaveradi. Ba’zi hollarda mazmun va shaklga boshqa

-

boshqa hodisa sifatida qarashib, mazmun ahamiyatli narsa, shakl esa muhim narsa
sifatida belgilashadi. Aslida esa ularning ikkalasi ham birdek ahamiyatlidir. Badiiy
adabiyotda shakl va mazmun birligi, ularning bir-

birga oʻtish dialektikasi doimo


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

1

3 (2023) / ISSN 2181-3701

35

ahamiyatli hodisa sifatida qaralgan. Chunki ijodkor aytmoqchi boʻlgan gʻoyasini, fikrini
toʻliq ifodalab bera oladigan shakl

bagʻriga singdira olishi lozim. Bunda mazmun va shakl

mutanosibligi ham muhim ahamiyatga ega. Badiiylikning yetakchi mezonlaridan biri

boʻlgan mazmun va shakl birligi toʻliq namoyon boʻlishi uchun ijodkorning gʻoyasi,
mahorati, uslubi ham ular bilan uygʻu

nlik kasb etishi kerak. Binobarin, badiiy asrdagi har

bir detal, obraz oʻz vazifasini faqat talab etilgan shakl orqaligina namoyon etadi. Badiiy
asardagi mazmun toʻgʻri tanlangan shaklga mos tushgandagina ular oʻrtasidagi dialektik

aloqa yuzaga keladi. Umu

man olganda, badiiy adabiyot uchun, umuman, san’at uchun

asar gʻoyasini, ya’ni mazmunni koʻrsatish uchun oʻsha asar mazmunini ochib beradigan
shaklning toʻgʻri tanlanishidir. Shuningdek, har qanday mazmun shaklda voqe boʻladi.
Qachonki, mazmun va toʻgʻri tanlangan shakl mavjud boʻlsa, ular oʻrtasida uygʻunlik,
dialektik aloqa paydo boʻladi. “Badiiy asardagi mazmun va shakl haqida bahs yuritganda
mana bu mazmun, mana bu shakl, deya aniq ajratib bo‘lmaydi. Chunki har qanday
mazmun faqat shakl orqali o‘zining

namoyon etganidek, har qanday shakl faqat

mazmunlashgandagina mavjud bo‘la oladi”, –

deya ta’kidlaydi adabiyotshunos Bahodir

Sarimsoqov. Yuqoridagi fikrlarga qoʻshimcha qilgan holatda, badiiy asar mazmuniga

qanday unsurlar tegishli hamda badiiy asar shakli qanday unsurlardan iborat ekanligiga

e’tibor qaratsak. Fikrimizcha, badiiy asarning gʻoyasi, mavzui, voqea

-hodisalarning

mohiyati mazmunga tegishli boʻlsa, asar janri, syujeti, kompozitsiyasi va boshqa

elementlar shaklga xos belgilardir. Demak, biror bir

mavzu yoki gʻoya ma’lum

shalkdagina ahamiyat kasb eta oladi. Masalan, ma’lum mavzu yoki lirik kechinma gʻazal,
qit’a, ruboiy shaklida, ma’lum epik kechinma hikoya, qissa, roman shaklida ifodalanadi.
Janrlar muayyan mavzuni faqatgina oʻz imkoniyatlari doira

sida tasvirlay oladi.

Chunonchi, aniq bir mavzudagi lirik kechinma bir paytning oʻzida ham gʻazal, ham qit’a
shaklida ifodalanganda, ulardan chiqadigan xulosa, estetik tasavvur, ma’noning tor yoki

keng tarzda berilganlik darajasi farqlanadi. Demak, har bir janr (poetik shakllar)

koʻtarilgan mavzu yoki gʻoyani oʻz imkoniyatidan kelib chiqib ifodalay oladi, shuningdek,

shaklning mana shu talablari orqaligina mazmun qamrab olinadi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Mazmun juda faol va domiy oʻzgarib turuvchi kategoriya boʻlsa, shakl esa unga

qaraganda ancha barqarordir. Ammo, davrlar oʻtishi bilan ma’lum bir janrlar eskirib
qoladi, zamon talabiga javob bera olmaydi, iste’moldan chiqadi. Buning natijasi oʻlaroq,

adabiy jarayonga yangi janrlar, poetik shakllar kirib keladi. Janrlardagi bunday

oʻzgarishlar ma’lum ijtimoiy, siyosiy, psixologik jarayonlar asosida yoki jahon adabiyoti
ta’sirida vujudga kelishi mumkin. Mana shunday jarayonlarda yangi badiiy shakllarni

yaratish, mavjudlarini esa yana qayta tadqiq etish, ularga sayqal berish muhim ahamiyat
kasb etadi. Zero, badiiy shakllarning jozibadorligi asar mazmunini tushunarli tarzda ifoda

etilishida muhim rol oʻynaydi. Shuning uchun she’rlarga oʻz mazmuniga mos qofiya,
ohang, vaznni toʻgʻri tanlay olish kerak. Badiiy asar sha

kli tasvir etilayotgan mazmunning

barcha tomonlarini toʻliq qamrab olishi qiyinroq kechadi. Shakl, asosan, ijodkorning
aytmoqchi boʻlgan aniq gʻoyasini ifodalashdan iboratdir.

Adabiyotshunos Bahodir Sarimsoqov “tabiatdagi barcha narsalar (nabotot,

hayvonot)dagi mazmun va shakl uzoq yillar mobaynidagi evolyusion rivojlanish

natijasida erishilgan eng so‘nggi nuqtadir. Chunki ularning mazmuni ham, ularga
mutanosiblashgan shakl ham o‘zgarmaydigan barqaror nisbatga erishgan”. Darhaqiqat,

tabiatdagi biror bir narsa inson xohish-

irodasi bilan oʻzgarishi mushkul. Ammo badiiy


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

1

3 (2023) / ISSN 2181-3701

36

asarning mazmuni va shaklidagi uygʻunlik ijtimoiy hodisalar hamda ijodkor
dunyoqarashi, iste’dodi bilan bogʻliq holda doimiy oʻzgarib turadi. Yangi gʻoyalar,
mazmunlar oʻziga xos tarzda yangi shakllarda namoyon boʻlaveradi. Zero, rus
adabiyotshunosi Belinskiy ta’kidlaganidek, “har davrning oʻz gʻoyasi boʻlgani kabi oʻz
shakllari ham boʻladi”. Bunda shunday xulosa qilsa boʻladiki, badiiy adabiyotda, xususan,
she’riyatda ham mazmun va shakl munosa

batlarining barcha zamonlar uchun, barcha

ijodkorlar uchun oʻzgarmas xususiyatlari yoʻq. Shu tufayli ham har bir asarning mazmun

va shakli turlicha tahlil va tadqiqlarni talab etadi.

Adabiyotshunosligimizda yangi oʻzbek adabiyotini Choʻlpon ijodi bilan be

jizga

bogʻlashmaydi. Chunki Choʻlpon ijodi bilan oʻzbek adabiyotida yangi davrni (mazmun va
shaklda) boshlab berdi. Uning she’rlari oʻzbek adabiyotida mavjud shaklni yaxshigina
oʻzgartirib yubordi. Chunki davr uchun xos boʻlgan gʻoya va mavzular hamon aruz

vaznida,

asosan, gʻazal janrida yozilayotgan edi. Oʻsha zamon ijtimoiy voqealigi, ijtimoiy mavzular
gʻazal janrida oʻz ta’sirini bermay qoʻygandi (yuqorida ijtimoiy mavzularda bitilgan
gʻazallarda namunalar keltirib oʻtganmiz). Aniqroq aytganda, gʻazal ja

nri ijtimoiy mavzularni

oʻz bagʻriga singdira olmadi. Chunki gʻazal janr tabiatidan olib qaraganda, asosan, oshiqona
mavzular uchun xos poetik shakldir. Demak, yangi davr gʻoyalari, mavzulari uchun ham
yangi shakllar zarur edi. Bu vazifani Choʻlpon oʻz ijodi, she’rlari bilan amalga oshirdi. Hatto
Abdulhamod Choʻlpon ijodida xitoy ohanglarini ham topish mumkin.

JAN-ZI

Sholi desang doirangda, Jan-Zi,

Boshoqlari har yonda, Jan-Zi,

Boylar har kun osh yesa, Jan-Zi,

Kambag‘allar hayronda, Jan

-Zi.

Qamish

baland o‘sadi, Jan

-Zi,

O‘sib yo‘lni to‘sadi, Jan

-Zi,

Hamma chiqqan general, Jan-Zi,

Kambag‘alni kesadi, Jan

-Zi

[11],

Ushbu she’rda shoir rus generallari obrazlari vositasida davr ijtimoiy muhitini

qoralab tasvirlaydi.

Umuman, Choʻlpon ijodida xitoy ohanglarini va ushbu tilga xos soʻzlarning ham

uchrashi oldingi davr ijodkorlarida kuzatilmagan edi. “Yana oldim soʻzimni” kitobida
Choʻlponning ikki (“Galdir”) va uch (“Kelinchak”) qatordan iboratdan barmoq vaznida
yozilgan she’rlarini ham koʻrishmiz mumkin. Demak, Choʻlpondan boshlab oʻzbek

adabiyotida shakl va mazmun tomondan tubdan yangilandi. Keyingi davr ijodkorlari

uchun esa Choʻlpon she’riyati pillapoya vazifasini bajardi.

“Jasorat” soʻzining tarjimoni, shoir Shavkat Rahmon ijodida ham shakl va mazm

un

uygʻunligini koʻrishimiz mumkin. Shoir she’rlaridagi asosiy mavzu xalq dardi va yurt
kelajagi. Shoir ijodidagi she’rlarda turoqlarga amal qilmaslik kuzatilsa

-

da, qofiyalarni oʻz

oʻrnida qoʻllaydi. Shoirning “Gullayotgan tosh”, “Hulvo”, “Yurak qirralari”, “Saylanma”,
“Abadiyat oralab” kabi toʻplamlaridagi she’rlarida “sokin isyon”ni koʻrishimiz mumkin.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

1

3 (2023) / ISSN 2181-3701

37

Shavkat Rahmon ba’zan soʻzlarni zinapoya kabi tizib she’riy shakl yaratsa, ba’zan bir
qatorda bir yoki ikki soʻz bilan kifoyalanadi.

Koʻp yigʻlama,

ogʻri

ydi boshing,

axir baxtli boʻlmogʻimiz shart.

Yomon boʻlar agar koʻzyoshing

Tugab qolsa, kelgunicha Baxt.

Koʻzyoshingni sochma tunlarga,

asrab qoʻygin yaxshi kunlarga

[10].

Toʻrt qatordan iborat boʻlgan she’rning oxiriga shoir yana ikki misra qoʻshib

qoʻyadi. She’rdagi lirik qahramon shoirning oʻzi. U baxtli kunlarning kelishiga ishonch
bildiradi. She’rning soʻnggida ikka qatorning berilishi ham, hali uning davomi borligidan
dalolat berib turadi. Shoirning yana shunday she’rlari borki, undan qofiya yoki va

znni

topolmaysiz, ammo ohang mavjud. Masalan, uning “Munojot” nomli she’rida qofiya
boʻlmasada, ohangdorlik ta’minlangan. Bundan tashqari, shoir koʻp she’rlarida och
qofiyalardan foydalansa, ba’zan esa umuman qofiyasiz. Demak, shoir bor e’tiborini
she’rdag

i qofiyaga emas, undagi mazmunga qaratganini ham bilib olamiz. Shavkat

Rahmon ispan adabiyoti bilan ham yaxshi tanish boʻlgan. U ispan shoiri Lorka she’rlarini
ham ispan tilidan oʻzbek tiliga tarjima qiladi. demak, shoir ispan adabiyotida shakl va

mazmun b

ilan ham yaxshi tanishgan. Shoir she’rda asosiy e’tiborini shaklga ham,

mazmunga ham qaratish lozimligini toʻgʻri anglab yetadi. Umuman, Shavkat Rahmon
she’rlaridagi mazmun va shakl uygʻunlik kasb etganki, mazkur she’rlar oʻzbek
adabiyotida bugun ham oʻz oʻquvchisiga va oʻz oʻrniga ega.

Oʻzbek she’riyatida yana bir oʻziga xos oʻringa ega ijodkor Abduvali Qutbiddin

ijodida ham shakl va mazmun uygʻunligini koʻrishimiz mumkin. Shoirning “Nayson”,
“Xayol kechasi”, “Bor” kabi she’riy kitoblaridagi

bitiklarda shakl va mazmun dialektikasi

oʻz aksini topgan. Abduvali Qutbiddinning har bir she’ridan qofiya, vazn, ohang topish
qiyin. Ammo she’rdagi mazmun oʻz shakli bilan tugʻilgan. She’rdagi soʻzlar har yoqqa
sochilgan, uni oʻqirmanning oʻzi topib olishi kerak. Abduvali Qutbiddinning she’rlarini bir
oʻqiganingizda tushunmaysiz, uning yoziqlari oʻylantiradi, fikrlatadi, osongiza hazm
boʻlmaydi. Shuningdek, uning she’rlaridagi shakl ham oʻylantirishga xizmat qiladi.
Jumladan, shoirning “Ohang” nomli she’ri

da shunday misralar mavjud [1]:

Xudoyim, boshimni qayga berkitay,

Qaysi daqiqangda qanday yirtilay,

Kimga nima beray, kimdan ne tilay,

Ayyy...

Rabotim jilgʻasi baliqqa toʻlmish,

Xirmonning barisi tariqqa toʻlmish,

Endi soqov boʻlib, nay chalaman, nay,

Ayyy...

Ushbu she’r toʻrt banddan iborat boʻlib, har bandning naqorati “Ayyy...” undovi

bilan takrorlanib keladi. She’rning asosiy misralari uch qatordan iborat boʻlishi va
shaklning betakrorligi mazmun bilan uygʻunlashib ketgan. “Ayyy...” undovi koʻngild

agi


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

1

3 (2023) / ISSN 2181-3701

38

dardni, ogʻriqni ifodalab kelgan. She’rning mazmunidan ham anglashiladiki, ushbu she’r
tasavvuf bilan zamonaviy ohanglar uygʻunlik kasb etgan. Lirik qahramon endi dardini
aytmaydi, u soqov boʻlib faqat nay chaladi. Chunki nayning nolasida ham, asosan, gʻam kuyga
solinadi. Demak, lirik qahramon va nayning nolasi oʻxshash. Biz bunday she’rlarni Abduvali
Qutbiddin ijodida koʻplab uchratamiz. Nasr va nazmning qorishiq holatlarda qoʻllanishini
“Dars”, “Joʻraginam”, “Xudoynazar” kabi she’rlarida kuzatish mumk

in. Bundan tashqari, shoir

ijodida mumtoz adabiy janrlarimizdan gʻazallar ham mavjud. Jumladan, “Chaqirmishdir”
radifli gʻazalida ham zamonaviy ohang va orifona ruh vobasta holatda keladi.

Naylayin sahrodir ishq, qaqraganlar qoldimu, Mungragan chiltor tutib, abgorlar

chaqirmishdir.

Shu bilan birga, shoir ijodida folklor belgilari ham mavjudki, mazkur holatlar shoir

ijodini yanada rang-barangligini bildiradi.

XULOSA

Xulosa qiladigan boʻlsak, istiqlol davri oʻzbek she’riyatida shakl va mazmun

uygʻunligini Fax

riyor, Nodira Afoqova, Aziz Said va yosh ijodkorlar ijodida kuzatishimiz

mumkin. Umuman, mazmun va shaklni adabiyotda bir-biridan ayro tasavvur qilib

boʻlmaydi. Biri doimo birini toʻldirib keladi. Shoir aytmoqchi boʻlgan fikrni ma’lum
shaklda beradi, oʻsha

shakl oʻqirmanni qiziqtira oladi va aytilmoqchi boʻlgan fikrni

tushunarli boʻlishini ta’minlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Абдували

Қутбиддин

.

Сен

ва

сен

учун

.

T.:

Адабиёт

ва

санъат

, 1996.

–Б

. 354.

2.

Alisher Navoiy. Xamsa. “Hayrat ul

-abror

”. –Toshkent: Adabiyot va san’at, 1989. –

B.543.

3.

Aristotel.Poetika.

–Toshkent: Adabiyot va san’at, 1980. –

B. 190.

4.

Avaz Oʻtar. Saylanma.

-

T.:Adabiyot va san’at,1984.

-B. 216.

5.

Bahodir Sarimsoqov. Badiiylik asoslari va mezonlari.

T.: Sharq, 2004.

B. 288.

6.

Ibrat.Siddiqiy-

Azjiy.Soʻfizoda. Tanlangan asarlar. –

T.,1999.-B.255.

7.

Furqat. Tanlangan asarlar.

–T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at

nashriyoti. 1975.

295 b.

8.

Muqimiy. Saylanma, T.: Ma’naviyat, 2009.

-B .276.

9.

Rahmonova Sh.

Х

X

аср

иккинчи

ярми

ўзбек

шеъриятида

арузнинг

поэтик

шакл

ва

мазмун

такомилидаги

ўрни

.

Филология фанлари бўйича фалсафа доктори

(PhD) диссертацияси автореферати. –

T.: 2020.

B. 129.

10.

Shavkat Rahmon. Saylanma.

T.: Sharq, 1997.

B. 328.

11.

Чўлпон

.

Яна

олдим

созимни

.

T.:

Adabiyot va san’at, 1991. –

B. 533.

Библиографические ссылки

Абдували Қутбиддин. Сен ва сен учун. –T.: Адабиёт ва санъат, 1996. –Б. 354.

Alisher Navoiy. Xamsa. “Hayrat ul-abror”. –Toshkent: Adabiyot va san’at, 1989. –B.543.

Aristotel.Poetika. –Toshkent: Adabiyot va san’at, 1980. –B. 190.

Avaz Oʻtar. Saylanma.-T.:Adabiyot va san’at,1984.-B. 216.

Bahodir Sarimsoqov. Badiiylik asoslari va mezonlari. –T.: Sharq, 2004. – B. 288.

Ibrat.Siddiqiy-Azjiy.Soʻfizoda. Tanlangan asarlar. –T.,1999.-B.255.

Furqat. Tanlangan asarlar. –T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. 1975. –295 b.

Muqimiy. Saylanma, T.: Ma’naviyat, 2009.-B .276.

Rahmonova Sh. ХX аср иккинчи ярми ўзбек шеъриятида арузнинг поэтик шакл ва мазмун такомилидаги ўрни. Филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. –T.: 2020. –B. 129.

Shavkat Rahmon. Saylanma. –T.: Sharq, 1997. –B. 328.

Чўлпон. Яна олдим созимни. –T.: Adabiyot va san’at, 1991. –B. 533.