Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Lexical-semantic characteristics of food names in Uzbek
classical literary works
Fotima NASIMOVA
Bukhara State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2023
Received in revised form
10 August 2023
Accepted 25 September 2023
Available online
15 November 2023
This article provides a linguistic analysis of the names of
food products and dishes mentioned in classical literary works.
A comparison of lexical features in this area with historical and
modern aspects of the development of the Uzbek language has
been carried out. The study includes the collection of names of
food products consumed by various socio-political and cultural
segments of the population over the centuries, and the study of
their lexical-semantic, historical-etymological, constructive and
usage features.
2181-3701
/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol1-iss5-pp25-32
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
сlassical literature,
lexeme,
halva,
gotmak,
chalpak,
yorgichak,
patir,
khultama,
kuloch,
kumyg,
ugra,
tuppa.
O‘zbek mumtoz adabiy asarlarida uchraydigan taom
nomlarining leksik-semantik xususiyatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
mumtoz adabiyot,
leksema,
halvo,
o‘tmak,
chalpak,
yorg‘ichoq,
patir,
qatlama,
kuloch,
quymog‘,
ugra,
tuppa.
Ushbu maqolada mumtoz adabiy asarlarda uchraydigan
oziq-
ovqat, taom nomlari o‘rganildi, lisoniy tahlil qilindi.
Shuningdek, xalqimizning turli ijtimoiy-siyosiy, madaniy
qatlamida asrlar
davomida iste’molda bo‘lgan taom nomlarini
to‘plash va ularning lisoniy, jumladan, leksik
-semantik, tarixiy-
etimologik, yasalish, qo‘llanish xususiyatlari o‘rganildi.
1
Lecturer, Department of French Philology, Faculty of Foreign Languages, Bukhara State University.
E-mail: f.s.nasimova@buxdu.uz
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
5 (2023) / ISSN 2181-3701
26
Лексико
-
семантическая характеристика названий еды
в узбекских классических литературных произведениях
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Классическая литература,
лексема,
халва,
готмак,
чалпак,
йоргичак,
патир,
хультама,
кулоч,
кумыг,
угра,
туппа.
В данной статье проведен лингвистический анализ
названий продуктов питания и блюд, упоминающихся в
классических литературных произведениях. Осуществлено
сравнение лексических особенностей в этой сфере с
историческими и современными аспектами развития
узбекского языка. Исследование включает сбор названий
продуктов питания, потребляемых различными социально
-
политическими и культурными слоями населения на
протяжении веков, и изучение их лексико
-
семантических,
историко
-
этимологических,
конструктивных
и
употребительных особенностей.
KIRISH
Mumtoz asarlarni tadqiq etish,
yozma manbalarning ilmiy, ma’naviy
-
ma’rifiy
qiymatini belgilash barobarida yozma yodgorliklarning til xususiyatlarini o‘rganish
filologiya sohasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Albatta, har qaysi xalq yoki
millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf
-
odat va an’analari, hayotiy
qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros,
madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat
qiladi [10. B. 30].
Alisher Navoiy jahon adabiyotining eng yirik namoyondalaridan biridir. U buyuk aql
egasi, chin ma’nosi bilan genial shoir, mutafakkir va ulug‘ gumanist edi. Navoiydan qolgan
buyuk adabiy meros bir necha asrlar davomida qardosh va qo‘shni xalqlarining adabiyoti va
fikriy taraqqiyotiga zo‘r ta’sir ko‘rsatib keldi. O‘zbek adabiy tili so‘nggi besh asr davomida
Navoiy merosi asosida taraqqiy etdi, uning ilg‘or an’analarini davom ettirdi. Birinchi
Prezidentimiz I.A.
Karimov ta’biri bilan aytganda, “Inson qalbining quvonch
-
u qayg‘usini,
ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida
kamdan-kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash
tuyg‘usi ham bizning ong
-u shuurimiz, yuragimizga, avvalo, Navoiy asarlari bilan kirib keladi.
Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko‘p bahramand etsak,
milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol
toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz”.
Oziq-ovqat
–
taomlar turlari inson turmushida eng muhim o‘rin tutadi. Insonlarning
jamiyatdagi o‘rni, turmush darajasi, ma’naviy dunyosining ko‘zgusi sifatida namoyon
bo‘ladigan oziq
-
ovqat nomlari tilimizda qachon paydo bo‘lgan, ularning etimologiyasi,
semantik tarkibi kabilar muhim hisoblanadi. Navoiy asarlarida qo‘llangan oziq
-ovqat
–
taom
nomlarini aniqlash, o‘z yoki o‘zlashgan qatlamga mansub leksik birliklarni tahlil qilish
tilshunosligimiz uchun muhim ma’lumotlar beradi.
Shuningdek, xalqimizning hayot tarzi,
madaniy-maishiy darajasini belgilash uchun ham qimmatlidir [22].
Xalqimizning turli ijtimoiy-
siyosiy, madaniy qatlamida asrlar davomida iste’molda
bo‘lgan taom nomlarini to‘plash va ularning lisoniy: leksik
-semantik, tarixiy-etimologik,
yasalish, qo‘llanish xususiyatlarini o‘rganish tilshunoslik faning dolzarb masalalaridan
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
5 (2023) / ISSN 2181-3701
27
biridir. Shu bois o‘zbek tilidagi taom nomlari tadqiqiga doir mazkur bitiruv
-malakaviy
ishimiz dolzarb hisoblanadi. Zero, Navoiy asarlaridagi oziq-ovqat
–
taom nomlarini,
ularning xillarini o‘rganish o‘zbek tili leksik tarkibi, uning grammatik doirasi va til tarixi
uchun ham katta ahamiyatga ega.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O‘zbek tilshunosligida oziq
-ovqat
–
taom nomlari ham ba’zi ishlarning o‘rganish
ob’yekti bo‘lgan [19]. Tadqiqotchi olim M.
Xudayarovaning “O‘zbek tilidagi taom
nomlarining lingvistik tahlili (Qoraqalpog‘iston hududi materiallari asosida)” nomzodlik
dissertatsiyasida Qoraqalpog‘iston o‘zbek shevalaridagi taom nomlarining leksik
xususiyatlari o‘rganilgan. Ishda muayyan hudud xalq an’anaviy taom nomlari,
shuningdek, shirinlik, qandolat nomlari lisoniy tadqiq etilgan, shuningdek, taom
nomlarining tarixiy ildizlari haqida ham fikr yuritilgan. O‘zbek tili lug‘at tarkibida ba’zi
unutilayozgan til elementlari, mavzuga doir til tarixidagi leksik-grammatik hodisalarga
ham e’tibor qaratilgan.
O‘zbek tilshunosligida pazandachilik leksikasini N.
Ikromova o‘rgangan. U asosan
Toshkent shahri shevasidagi taom nomlarini o‘z tadqiqotiga kiritgan [9
. B. 168].
O‘zbek taomlarining turlari va ularning tayyorlash usullari bo‘yicha ommabop
kitoblar ham nashr qilingan [7. B. 88].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Tilning lug‘at boyligini tizim sifatida o‘rganishda leksemalarning gipo
-giperonomik
munosabatlariga tayanish muhim ahamiyatga ega: u tabiat va jamiyatdagi narsa-
predmetlarning, voqea-
hodisalarning tildagi nomlari bo‘lgan leksemalarning ma’nolarini
va shu ma’nolar orqali borliqdagi narsa
-hodisalar haqidagi tushuncha-tasavvurlarni
umumlashtirish va farqlash imkonini beradi [16. B. 111
–
123].
Taom nomlarining qanday masalliqlardan tayyorlanishi va shunga mos holda, ular
turlarining har xil nomlar bilan atalishi, o‘ziga xosliklari, har bir davr va hudud aholisi tilida katta
farqlarga ega. Bu o‘sha davr va hudud aholisi turmush tarzining, hududda yetishtiriladigan
o‘simlik va hayvonot, ziroat turlarining xalq maishiy hayotiga ta’sirining va pirovardida ularning
tiliga, xususan, taom nomlariga ta’sirining natijasi sifatida yuzaga chiqadi [23].
O‘zbek pazandachiligida qadimdan un va xamirdan (qanday undan
tayyorlanishidan qat’i nazar –
bug‘doy, jo‘xori, arpa, tariq va sh.k. xamirlar nazarda
tutiladi) tayyorlanadigan taom nomlari boshqa turlariga nisbatan ishlatilish salmog‘i va
xillarining soni bo‘yicha asosiy o‘rinni egallaydi. Un va xamirdan tayyorlanadigan taomlar
xilma-xildir. Masalan, undan tayyorlanadigan taom nomlari: bulamiq/atala kabi; non
mahsulotlari nomlari: o‘tmak, nan, patir, chalpak, qatlama, ko‘moch; xamir ichiga
masalliq solib tayyorlanadigan taom nomlari: manti; xamirli suyuq taom nomlari:
tutmoch (ugra osh), ushoq osh (ugra osh, tuppa), umoch kabi.
Quyida ular to‘g‘risida fikr
yuritamiz [3. B. 18
–
21].
Mumtoz adabiyotda Alisher Navoiy asarlarida taom nomlarini keltirilgan bir necha
leksemalar qayd etilgan.
Ular o‘sha davrda kishilar kundalik turmushida yashash uchun zarur
hisoblangan un mahsulotlaridan qay darajada istifoda etgani xususida ma’lumot beradi.
“Donni tegirmonda tortish bilan olinadigan kukunsimon ozuqa” ma’nosi un tub
so‘zi bilan anglashilganligi lug‘atda aksini topgan. Qadimgi turkiy bitiklarda bu so‘z
uchramaydi. “Qutadg‘u bilig”, “Hibbatul haqoyiq” singari ilk eski turkiy manbalar so‘z
boyligida ham ushbu leksema yo‘q. Mahmud Qoshg‘ariy un so‘zining “xamir” ma’nosida
qo‘llanishini ham ta’kidlaydi [6. B.
72].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
5 (2023) / ISSN 2181-3701
28
Navoiy asarlarida un leksemasi hozirgi ma’noda qo‘llangan: “Eshak tegirmondin
uyungga un kelturur, ani pishururga yozidin o‘tun kelturur”.
Un tortmoq birikmasini ham uchratamizki, bu shaklni aynan qo‘llab kelmoqdamiz:
Suhovash donasin dastosi gardun,
Ming yil davr etsa bo‘lmay tortmoq un.
Un qil
–
maydalamoq, talqonlamoq, un chiqarmoq: “Hojar andin yorg‘ichoq bila un
qilib, o‘tmak pishirdi va Ibrohim alayhis
-
salomni uyg‘ottikim, taom yegay”.
Insonning eng sevimli yemaklaridan biri nondir. Navoiy asarlarida fors tilidan
o‘zlashgan non leksemasi ko‘p uchraydi, ammo bu so‘zga ma’nodosh, o‘sha davr uchun
me’yor bo‘lgan turkiycha o‘tmak leksemasi ko‘proq ishlatilgan. Ayniqsa, “Vaqfiya” asarida
bunga misol ko‘p. Ma’lumki, hazrat Navoiy g‘oyat saxovatpesha bo‘lganlar. “Vaqfiya”da bu
zotning el-
yurtga, kambag‘al kishilarga, yetim
-yesirlarga, bechoralarga, talabalarga qilgan
xayri-
ehsonlari, yordamlari qayd qilingan. Asarda Navoiy qurdirgan “binoyi xayr”
xizmatchilariga, ulardan foydalanuvchilarga vaqti-vaqti bilan berib turiladigan maosh,
nafaqa va moddiy yordamlar haqida ma’lumot berilgan [18. B. 19–
24]. Xususan:
“…ro‘za oyida har kecha o‘n besh botmon bug‘doy, besh botmon poludai dushobdin yo
mavizobdin o‘ttuz tabaq, masoliq ulcha ehtiyoj bo‘lg‘ay. Ro‘za iydida o‘tmak yuz botmon, halvo
ellik botmon. Qurbon iydi avval kun uy bir son, qo‘y besh son qurbon qilib, madrasa va
xonaqohning fuqaro va masokin va soyir suk qonig‘a ulashg‘aylar. Ikkinchi kuni yigirmi
botmon et bila yigirmi botmon bug‘doyni halim qilib, ellik botmon o‘tmak bila qismat
qilg‘aylar. Rabi ul
-
avval oyining o‘n ikkisidakim Rasul xatmidur, besh qo‘y masolihi bila osh
pishurub, ellik botmon o‘tmak bila yigirmi botmon halvo tortqaylar. Rajab oyining o‘rtasi –
istiftoh kuni yigirmi botmon halvo, ellik botmon o‘tmak; sha’bon oyining o‘rtasidakim, barot
bo‘lg‘ay, chalpak o‘ttuz botmon, halvo yigirmi botmon, qishning to‘rt oyidakim, qavs va jadi va
dalv va hut bo‘lg‘ay, har kuni o‘tmak yuz adadkim, yigirmi botmon uch tangalik et bilan
murattab kilg‘aylar va agar et topilmasa jijig‘lig‘ osh pishurib, bergaylar.
Yana sekiz oy har kun
yigirmi botmon o‘tmak fuqarog‘a ulashg‘aylar” [2
. B. 272].
Keltirilgan parchaning o‘zida 6 xil taom nomi bor: osh, halvo, o‘tmak, chalpak,
jijig‘lig‘ osh.
Dastlab “osh” leksemasiga izoh berishga ehtiyoj tug‘ildi. Navoiy asarlarida bu so‘z
ikki ma’noda: umumiy ovqat nomi va ma’lum bir ovqat turi sifatida qo‘llangan. Bu o‘rinda
umumiy taom nomi tarzida keltirilgan. Yuqorida ko‘rganimiz “...besh qo‘y masolihi bila
osh pishurub” jumlasida osh so‘zi ovqat, taom ma’nosidagi umumiy nom bo‘lib, “...agar et
topilmasa jijig‘lig‘ osh pishurib, bergaylar” jumlasida esa alohida ovqat turi sifatida
qo‘llangan.
Osh leksemasi o‘zbek tiliga forschadan o‘zlashgan. Uning izohli lug‘atdagi izohiga
e’tibor beraylik: Osh [f.–
yovg‘on sho‘rva, xo‘rda; ovqat]
1.
Pishirilgan issiq ovqat. Ugra osh. Xo‘rda osh. Sovchilarni yaxshi so‘zlar va quyuq
-
suyuq oshlar bilan jo‘natib, ikkinchi kelishiga o‘ylashib javob beradigan bo‘ldilar.
A.
Qodiriy, O‘tgan kunlar.
2. Umuman, har qanday ovqat, taom.
Osh tuzi. Oshing halol bo‘lsa, ko‘chada ich!
Maqol. Elga bersang oshingni, Erlar silar boshingni. Maqol. Jon bo‘lsa, jahon topilar,
Osh bo‘lsa, qozon topilar. Maqol. To‘ra qozon boshidan mis tovoqda suyuq osh olib kelib,
chordana qurib o‘tirdi. N.
Fozilov, Diydor [4].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
5 (2023) / ISSN 2181-3701
29
3.
ayn. palov. Osh damlamoq. mm Ilgarilari lag‘mon yoki osh yeyish uchun nuqul
korxonadan tashqariga chiqishga majbur bo‘lar edik.
Gazetadan.
–
O‘ltiring, o‘ltiring,
mehmon!
–
dedi usta Farfi.
–
Oshga sabzi bosildi-pishdi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar.
Ko‘rinadiki, hozirgi o‘zbek tilida bu so‘zning ma’nosi kengayib, bittaga ko‘paygan.
“Saddi Iskandariy” dostonidagi mana bu parchada ham “osh”, umuman, har qanday
ovqat, taom ma’nosida qo‘llangan:
Qazon osturub, qildi qo‘ylar qatil
Ki, molin ziyofatqa qilg‘ay sabil.
Solib ju’ mehmon dimog‘ig‘a dud,
Aning oshikim, tongla pishgay, ne sud [1. B. 439].
“Hayrat ul
-
abror” dostonida ibratli bir hikoya keltiriladi. Bu qism shunday asarda
shunday nomlangan: “Ul qul hikoyatikim, ayog‘i toyilib, ayog‘luq oshini shohning boshi
kosasig‘a urdi va karamlig‘ shoh olida o‘z oshin pishurdi”. Voqeaning mazmuni
quyidagicha: Shoh ziyofatida bir qul bexosdan oyog‘i toyib ketib, kosadagi issiq oshni
shohning boshiga to‘kib yuboradi. Qulning o‘zi ham, boshqalar ham shoh endi aybdorni
qatlga buyuradi deb o‘ylashadi. Shoh muruvvatli bo‘lganligidan qulning gunohidan o‘tadi:
uni jazolamaydi. Shunda shoh yaqinlaridan biri nega uni jazolamaganini so‘raganida,
oliyjanob hukmdor “bir marta o‘lgan odamni qayta o‘ldirmoqning hojati yo‘q, chunki qul
qilib qo‘ygan ishidan qo‘rqib tamom bo‘lgan edi” mazmunida deb javob beradi.
Chalpak. Bunga “Vaqfiya”dan misol keltirishimiz mumkin:
“...barot bo‘lg‘ay, chalpak o‘ttuz botmon, halvo yigirmi botmon, qishning to‘rt
oyidakim, qavs va jadi va dalv va hut bo‘lg‘ay, har kuni o‘tmak yuz adadkim, yigirmi
botmon uch tangalik et bilan murattab qilg‘aylar”.
Muhammad Yusuf Chingiyning “Kelurnoma” asarida “chalpak –
yog‘da qovrilgan
yupqa non” deb izohlangan.
Izohli lug‘atda bu so‘z shevaga mansub etib ko‘rsatilgan: Chalpak 1 shv. Xamirni
yupqa yoyib, yog‘da pishiriladigan yegulik. –
Esimdan chiqibdi,
–
deydi kampir.
–
Mayliga,
men o‘zim o‘nta chalpak pishirib, chiroq yoqaman. M.M.Do‘st, Galatepa qissalari.
Professor Shavkat Rahmatullayevning mashhur “O‘zbek tilining etimologik
lug‘ati”da bu taom turiga shunday izoh berilgan: Chalpak xamirni yupqa yoyib, yog‘da
pishiriladigan ovqat [17. B. 409].
Tadqiqotchi S.
Artikbayevning “Toshkent vohasida kechgan o‘zbek
-qozoq
etnomadaniy aloqalari taraqqiyotida an’anaviy taomlarning ahamiyati” maqolasidan ham
ishimizga oid ma’lumotlarni uchratdik. Mazkur maqolada o‘ziga xos tarixiy
-madaniy
mintaqa hisoblanadigan Toshkent vohasi hududidagi o‘zbek va qozoq xalqlarining
an’anaviy taomlari, hamda ularning mazkur ikki xalq etnomadaniy aloqalari
taraqqiyotidagi ahamiyati, shuningdek, o‘zaro ta’sirlari ilmiy adabiyotlar va dala
ma’lumotlari asosida tahlil etilgan. Masalan, qozonda nonning bir turi sifatida
tayyorlanadigan chavati, qotirma, chalpak, cho‘zma, qatlama XX asrda ham aholi o‘rtasida
keng tarqalgan. Ularni tayyorlash usullari o‘zbek, qozoq, tojik va boshqa etnik jamoalarda
juda o‘xshash. O‘zbeklardagi chalpak qozoqlarda shalpak deb yuritiladi [21
].
Kuloch
Navoiy asarlari lug‘atlarida bu so‘zning ikki ma’nosi izohlangan:
1. Holvaga o‘xshash bir tur shirinlik.
2. Sharbat, bodom va qaymoq solib qilingan kulcha [11. B. 172
–
175].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
5 (2023) / ISSN 2181-3701
30
Bizga bu o‘rinda ikkinchi izoh zarur. Demak, kulchaning boshqa masalliqlar qo‘shib
tayyorlangan turi kuloch deyiladi. Lug‘atda “Saddi Iskandariy” dostonidan misol
keltirilgan:
Mabohot qilmas yemakdin kuloch,
G‘amin bo‘lmas ar topsa yovg‘on umoch [15
. B. 321].
“Mahbub ul
-
qulub”ning “Qanoat zikrida” bobida aytilgan purhikmat fikrlarda ham
birikma shaklida bu so‘z ishtirok etganligini ko‘ramiz: “Va forig‘i faqrandishning yovg‘on
umochi olg‘uvchi g‘aniyning nabotiy kulochidin marg‘ubroq”. Ya’ni, faqirning tinchgina
yeydigan yovg‘on umochi olguvchi boyning novvotday shirin kulochidan yaxshiroqdir
[5. B. 991
–
1013].
Bizningcha, kulcha va kuloch so‘zlari bir o‘zakdan yasalgan bo‘lsa kerak [14]
.
Quymog‘. Bu so‘z “Muhokamat ul
-
lug‘atayn”da turkiy atamalar uchun misol
tariqasida keltirilgan: “Va yana ba’zi yemaklardin qaymog‘ va qatlama va va qurut va
uloba va mantu va quymog‘ va urkamochni ham turkcha ayturlar”. Hozirgi o‘zbek tilida
“tuxumga un iylab yog‘da qovurib tayyorlanadigan ovqat”ni ifodalovchi quymoq
leksemasi shoir asarlarida ayni shu ma’no va mazmunda qo‘llangan.
Xamirli taom nomlarining ifodalanishi
Tutmoch. Bu taom turi haqida “Muhokamat ul
-
lug‘atayn”da misol keltirilgan: “Yana
tutmoch va umoch va kumoch va tolg‘onni ham turkcha ayturlar”. Ko‘rinadiki, bu ovqat
xamirli bo‘lib, yana ugra osh
deb ham atalar ekan. Bundan ugra osh va tutmoch bitta
taom nomi ekanligi anglashiladi. Bu taom nomining hozirgi lug‘at kitoblardagi izohiga
e’tibor qarataylik:
Ugra 1. Yupqa yoyilib, uzun va mayda qilib kesilgan xamir. Ugra kesmoq.
Ziyodaxon shitob bilan ugra kesar ekan, unga (Sidiqjonga) bir qarab qo‘ydi. A.
Qahhor,
Qo‘shchinor chirokdari.
2.
Shunday xamirdan tayyorlangan suyuq osh. Oliy nav un ugra, lag‘mon, manti
kabi taomlar uchun ko‘l keladi. K.
Mahmudov, O‘zbek tansiq taomlari. Usta Abdullajon
keltirgan bir kosa serqatiq ugra oshidan ikki-uch qoshiq ichib, qaytarib berdi.
O. Yoqubov, Vido.
Ugra so‘zini Navoiy asarlari tilida uchratmadik. Bizningcha, tutmoch va ugra turli
taomlar bo‘lsa kerak.
Umoch. Navoiy bobomiz davridagi yana bir taom umoch bo‘lib, u haqda ham
ma’lumot berilgan: “Yana tutmoch va umoch va kumoch va tolg‘onni ham turkcha
ayturlar”. “Navoiy asarlari lug‘ati”dagi izohga ko‘ra: umoch (yovg‘on umoch) –
umoch
(qattiq xamirni suvga uvalab pishirilgan suyuq ovqat.
Izohli lug‘atda ham unga izoh berilgan: Umoch uvalangan xamir solib pishirilgan
suyuqosh. Arslonqul.. zarang tovoqdagi umochni katta qoshiq bilan xo‘r
-
xo‘r ichdi. Oybek,
Navoiy. Atala, umoch.. kabi suyuq oshlarning masallig‘i kamchil bo‘lganligi sababli..
“kambag‘al ovqati”
deb yuritilardi. K.
Mahmudov, O‘zbek tansiq taomlari.
Ushoq osh. Bu taom turini Navoiy asarlari orasidan topa olmadik. U “Navoiy
asarlari lug‘ati”ga kiritilgan va “ugra osh, tuppa” deb izohlangan. Ammo lug‘atda bu
so‘zning manbasi ko‘rsatilmagan.
Bulamog‘. “Muhokamat ul
-
lug‘atayn”da bu turkiycha so‘z qayd etilgan: “Va yana ba’zi
yemaklardin qaymog‘ va qatlama va bulamog‘ va qurut va uloba va mantu va quymog‘ va
urkamochni ham turkcha ayturlar. Bu so‘zni izohli lug‘atda ham uchratmadik. Yaqinda nashr
qilingan Qorako‘l shevasi leksikasiga oid kitobda bu taom nomi “bulamoq” shaklida
keltirilgan va shunday izohlangan: “bulamoq –
atalaning o‘ziga xos turi” [20
. B. 27].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
5 (2023) / ISSN 2181-3701
31
Yirik tilshunos Sh.Rahmatullayev bu so‘zni yaxshi izohlagan va etimologiyasini
bergan: Bulamiq sut bilan undan tayyorlanadigan atalasimon ovqat. Demak, bulamuq
–
atala yoki atalasimon taom.
“O‘zbek pazandachiligida atalaning 10 dan ortiq turi bor ekanligi aniqlangan, lekin
bularning barchasi kambag‘alning ovqati sifatida unutilib ketgan,
- deb yozadi
taomshunos olim K. Mahmudov [12. B. 226].
Tadqiqotchi Fayzullayeva Mavludaning “O‘zbek milliy taomlariga xos ijtimoiy
-
madaniy an’analar (Surxon vohasi misolida)” nomli maqolasida bulamiqqa oid ko‘pgina
ma’lumot topdik. Atala vohada hozirga qadar tayyorlab kelinadi. Atalaning qadimdan
an’anaviy ravishda bug‘doy va arpa unidan tayyorlab kelinganligi to‘g‘risida unga “
tuqqan
ayolning oshi
”, deb qaraganlar va tuqqan ayollar uchun o‘ziga xos tarzda tayyorlangan,
ya’ni, atala (bulamiq)ga mo‘miyo aralashtirib berilgan.
Surxondaryoning Oltinsoy tumanidagi qo‘ng‘irotlar tuqqan xotinga oq bulamiq
pishirib berishgan. Shuning uchun
“bir xotin tug‘sa, yetti kampir to‘yadi”
degan maqol
bo‘lgan. Bu taomni tayyorlash uchun unni yog‘da qovurib, faqat sutga pishirilgan va
quyuqlashgandan keyin laganga suzilgan hamda o‘rtasiga sariyog‘ solinib iste’mol
qilingan [8. B. 57].
Atalaning an’anaviy ravishda tayyorlanib kelayotganligining boisi bu taomga nisbatan
aholi orasida talab va ehtiyoj kuchli bo‘lgan, chunki yangi ko‘zi yorigan ayol sog‘lig‘ini
mustahkamlash, unga quvvat berish kabi xislatlarga ega bo‘lgan. Surxon vohasida atala
-
bulamuq bilan bog‘liq udumlar ham bo‘lib yangi tushgan kelinni bulamiq qilib chaqirish yoki
kelin tushgan uyga “kelin bulamiq” qilib qo‘yish odati mavjud. Bundan maqsad, kelin
bulamiqday yumshoq, muloyim, tili shirin bo‘lsin, deb niyat qilishgan. Ko‘rinib turibdiki,
qadimdan tayyorlanib kelingan bulamog‘
-atala yuqoridagi shifobaxshlilik xususiyatlardan
tashqari, nikoh to‘yi bilan bog‘liq hozirgi urf
-
odatlarimizda ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib, voha
aholisining ijtimoiy hayotidan chuqur joy olgan [13].
XULOSA
O‘zbek mumtoz adabiy asarlarida uchraydigan taom nomlarining leksik
-semantik
xususiyatlarini tahlil qilish jarayonida, ularning fonetik, variantlilik hodisalari,
shuningdek, ayrim ma’no farqlari aniqlandi.
To‘plangan taom nomlarining tarkibi va ma’nolariga qarab aytish mumkinki,
ularning ko‘pchiligi umumxalq tili vositasida yuzaga kelgan, ayrimlarining asosiy
ma'nosini faqat etimologik tahlillar orqali bilish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 11
-jild, 439-bet.
2.
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 14
-jild, 272-bet.
3.
Bafoevna, N. D. (2023). Theolinguistics in Modern Religious Discourse.
INTERNATIONAL JOURNAL OF LANGUAGE LEARNING AND APPLIED LINGUISTICS, 2(3),
18-21.
4.
Bobokalonov, O. (2023).
Лингвокультурные лечебные фитонимы в современной
французской фразеологии. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.Uz), 31(31).
извлечено от https://journal.buxdu.uz/index.php/journals_buxdu/article/view/9351
5.
Colonna,, S., Schimke,, S. & Hemforth,, B. (2012). Information structure effects on
anaphora resolution in German and French: A crosslinguistic study of pronoun
resolution. Linguistics, 50(5), 991-1013. https://doi.org/10.1515/ling-2012-0031
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
5 (2023) / ISSN 2181-3701
32
6.
H.Dadaboyev, “Devonu lug‘atit turk”ning til xususiyatlari.
-T.: TDSHI, 2017.
–
B.72.
7.
B.Do‘stjanov, Xorazm taomlari. –
T.: O‘zbekiston, 1994. –
88 b.
8.
B.Hamroqulova, Surxondaryo vohasida bola tug‘ilishi va tarbiyasi bilan bog‘liq
urf-odat va marosimlar (X1Xasr oxiri-
XXasr boshlari). Dissertatsiya qo‘lyozmasi.
-
T.,2002.-B.57.
9.
Ikramova N. Uzbekskaya kulinarnaya leksika: Dis. ... kand. filol. nauk.
–
Tashkent,
1983.
–
168 s.
10.
I.Karimov, Yuksak ma’naviyat –
yengilmas kuch.
–
T.: Ma’naviyat, 2008.
-B. 30.
11.
Khafizovna, K. M. (2022). Problems of Translation of Natural Phenomena in
French and Uzbek. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE
EDUCATION, 1(4), 172-175.
12.
K.Mahmudov, O‘zbek tansiq taomlari.
-T.:1989. -B.226.
13.
F.Nasimova, (2023). FRANSUZ VA O‘ZBEK TILLARIDA INTONATSIYANING
USLUBIY XUSUSIYATLARI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.Uz), 42(42).
извлечено от https://journal.buxdu.uz/index.php/journals_buxdu/article/view/10991
14.
F.Nasimova, (2023).
TERMIN VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. ЦЕНТР
НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu.Uz),
42(42).
извлечено
от
https://journal.buxdu.uz/index.php/journals_buxdu/article/view/10982
15.
Navoiy asarlari lug‘ati, 321
-b.
16.
H.Ne’matov, R.Rasulov, O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. –
Toshkent:
O‘qituvchi, 1995. –
B. 111-123.
17.
Sh. Rahmatullayev, O‘zbek tilining etimologik lug‘ati. 1 j. –
T.: Universitet, 2000.
–
B. 40.
18.
T.Tog‘ayev, Saxovat bog‘ining bog‘boni.// “Fermer” j., 2008 y., 10
-11-son.
–
B.19-24.
19.
M.Xudayarova, O‘zbek tilidagi taom nomlarining lingvistik tahlili. Filol.f.n. dis...
avtoreferati. -T.: 2008.
20.
S.G‘aybullayev, Qorako‘l shevasining tarovati. –
T.: Nihol, 2017.
–
B. 27.
21.
Артикбаев С. Значение традиционной пищи в развитии узбеко
-
казахских
этнокультурных взаимоотношений в Ташкентском оазисе. www.ziyouz.com
kutubxonasi, 65-bet.
22.
Ф.Насимова, (2023). O‘ZBEK TILI FONETIKASI VA FONOSTILISTIKASINING
O‘ZIGA XOSLIKLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.Uz), 36(36). извлечено
от https://journal.buxdu.uz/index.php/journals_buxdu/article/view/10090
23.
Насимова, Ф. (2023).
Classification and Phonological Opposition of Vowels in
French Language.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.Uz), 36(36). извлечено от
https://journal.buxdu.uz/index.php/journals_buxdu/article/view/10102