Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Phraseologisms as an element of construction
Malik KUCHIYEV
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2023
Received in revised form
10 August 2023
Accepted 25 September 2023
Available online
15 November 2023
This article analyzes the issues of considering the age factor in
learning foreign languages. In the article, the issues related to
assessing
the learner’s age, psychophysiological condition,
gender, and character, especially the hierarchical level, as a factor
influencing the learning process, are also studied.
2181-3701
/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol1-iss5-pp93-101
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
application construction,
phraseological units,
function,
stylistic function,
periphrasis,
repetition,
means of artistic
representation, complex
syntactic integrity,
additional meaning.
Frazeologizmlar ilova konstruksiyalarning elementi
sifatida
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
ilova konstruksiya,
frazeologik birliklar,
funksiya,
stilistik funksiya,
perifraz,
takror,
badiiy tasvir vositalari,
murakkab sintaktik
butunlik,
qo‘shimcha maʼno
.
Maqolada ilovali elementlarning tabiatga xos bo‘lgan
xususiyatlardan biri, yaʼni uning tarkibida frazeologizmlarning
qo‘llanilish muammosiga to‘xtalib, frazeologizmlarning ilovali
elementlar tarkibida bajarib keladigan funksiyalari tadqiqi
nemis tili badiiy adabiyotidan olingan misollar vositasida tahlil
qilingan.
1
Teacher, Department of Second Foreign Languages, Samarkand State Institute of Foreign Languages. E-mail:
kuchievmalik@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
5 (2023) / ISSN 2181-3701
94
Фразеологизмы как элемент конструкций
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
прикладная конструкция,
фразеологизмы,
функция,
стилистическая функция,
перифраз,
повтор,
средства художественного
изображения,
сложная синтаксическая
целостность,
дополнительное значение
.
В статье отмечена одна из природоподобных
особенностей прилагательных элементов, то есть проблема
применения
в
ней
фразеологизмов,
а
функции,
выполняемые фразеологизмом в составе прилагательных
элементов, были проанализированы на основе примеров,
полученных из художественной литературы немецкого
языка.
Kirish
Ilova hodisasi sohasidagi tadqiqotlar va kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ilova
konstruksiyalar murakkablashish xususiyatiga ham ega bo‘lishi mumkin. Bunday
murakkablashish jarayonida ilova konstruksiya tarkibida asosiy ifodaga birikib keluvchi
ilovali elem
entlarning soni bittadan ortiq bo‘lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, ikki
yoki undan ortiq ilovali elementlardan tashkil topgan sintaktik konstruksiyaga murakkab
strukturali ilova konstruksiya deb ataladi.
Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi. Bunday konstruksiyalarni strukturaviy
guruhlarga ajratish ilovadagi asosiy gap(ifoda)ning strukturasini hisobga olish muhim
ahamiyat kasb etadi. “Sodda strukturali ilova konstruksiyani tashkil etuvchi
komponentlarning
soni asosiy ifodada ham, ilova qismida ham bir xil bo‘lishi lozim, ya’ni
bittadan gap yoki sintagmalardan oshmasligi talab qilinadi; murakkab strukturali ilova
konstruksiyani tashkil etuvchi komponentlar esa, ham asosiy ifoda tarkibida, ham ilova
qismida
ikkitadan kam bo‘lmasligi lozim” [10; 108].
Demak, murakkab strukturali konstruksiyalarni tashkil etuvchi asosiy ifodaning
soni bilan ilovali elementlarning miqdori baravariga oshishi kerak, ya’ni ikkitadan kam
bo‘lmasligi lozim. Shu o‘rinda aytish mumkinki, ilova konstruksiyalarni strukturaviy
guruhlarga ilovada ularning lingvistik mohiyatiga tayanish maqsadga muvofiqdir. Ilova
hodisasi, ilova konstruksiya yoki ilova munosabatlar ham ilovali elementlarning aytilgan
fikrlarga qo‘shimcha ma’no, mazmun berishga qaratilgan lingvistik mohiyatidan kelib
c
hiqadi. Ko‘rinadiki, bunday ilovali elementlarning miqdori bittadan ortiq bo‘lgan ilova
konstruksiyalarni murakkab strukturali ilova konstruksiyalar deb atash lozim. Bunday
konstruksiyalarda ilovali element sifatida frazeologizmlar qo‘llanishi muhim ahami
yat
kasb etadi. Frazeologizmlar ishtirok etgan ilova konstruksiyalarga quyidagi misolni
keltirish mumkin:
Mit dem ganzen Karrierestreß war bei mir schon vor Jahren Feierabend. Das ist ein
Stück meiner Geschichte, dazu stehe ich, und damit Feierabend! [Kraushaar, Lippen. S.172].
Ushbu misolda asosiy ifoda (Mit dem ganzen Karrierestreß war bei mir schon vor
Jahren Feierabend) ga uchta ilovali element )1.Das ist ein Stück meiner Geschichte. 2. dazu
stehe ich. 3. und damit Feierabend!) birikib, asosiy ifodani to‘ldirib, aniqlashtirib
keladi.
Natijada murakkab strukturali ilova konstruksiya hosil bo‘ladi. Bu yerda yozuvchi
tasvirlayotgan voqeaga alohida urg‘u berib, uning ta’sirchanligini oshirish maqsadida
o‘ziga xos sintaktik
-stilistik hodisa-ilova konstruksiyasiga murojaat qiladi. Ushbu ilova
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
5 (2023) / ISSN 2181-3701
95
konstruksiya yozuvchining individual uslubi mahsuli sifatida yuzaga keladi, bunda alohida
ta’kidlash namoyon bo‘ladi.
Ta’kidlash kerakki, ilova konstruksiya tarkibida asosiy gap (ifoda)ga qo‘shimcha
sifatida birikib kelayotgan ilovali elementlarning miqdor jihatdan ortib borishi quyidagi
vazifalarni bajarib keladi:
1. Ilova konstruksiyada ifodalangan voqea-
hodisalarni ma’lum darajada
soddalashtiradi;
2. Unda aks ettirilgan voqea-hodisalar mazmunining kitobxon tomonidan
tushuntirilishini osonlashtiradi;
3. Unda tasvirlangan voqea-
hodisalarning ta’sirchanligini oshiradi.
4. Ushbu vositalar asosiy ifodaning mazmunini to‘ldirib, aniqlashtirib keladi.
Aytish lozimki, murakkab strukturali ilova konstruksiya komponentlari o‘rtasidagi
sintaktik aloqalar ham turli xil ko‘rinishlarga ega; ko‘p hollarda bir
-biri bilan munosabatga
kirisha oladigan so‘zlar yordamida; ilova konstruksiya tarkibida biron
-bir leksik birlikning
takrorlanishi bilan; ayrim bog‘lovchilarning qo‘llanishi orqali; asosiy ifoda vazifasida
keladigan bosh bo‘laklarning sintaktik
-semantik yaxlitligi bilan ifodalanadi.
Ohang (intonatsiya) asosiy ifoda (gap) va qo‘shimcha (ilovali) element o‘rtasidagi
ilova aloqaning paydo bo‘lishida asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Ilova
konstruksiyalarning ohang xususiyatlarini o‘rganishga ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari
bag‘ishlangan. S.E.Kryuchkov ushbu o‘ziga xos xususiyatlar haqida fikr bildirib,
quyidagilarni ta’kidlab o‘tadi: “ilovali element oldidan tovushning pasayishi va alohida
temp bilan talaffuz qilinadigan nisbatan kattaroq pauza kelishi”ni alohida ta’kidlaydi [7;
325].
Bu sohada shunday fikrlarni A.B.Shapiro [15] ham bildiradi, rus xalq lahjalari
statistikasi materiallariga asoslanib, u quyidagilarni aytib o‘tadi: “Ohang ritmi yana shu
narsani ko‘rsatadiki, so‘zlovchi oldindan birinchi, hamda ikkinchi ifodani aytish niya
tida
bo‘lganmi” yoki unda ikkinchi ifodani aytish fikri birinchi ifodani tugatgandan so‘ng paydo
bo‘lganmi (birinchi gap oxirida ovozning to‘liq pasayishiga asoslangan katta pauza).
Birinchi holatda gaplarning bog‘lanishi haqida, ikkinchisida esa oldingi
gapga
keyingisining ilova qilinishi haqida gapirish mumkin.
Bunday fikr-mulohazalar olimlarning ilova konstruksiyaning ohang xarakteri
haqidagi qarashlarining mushtarakligi ilova elementining o‘ziga xosligi so‘zlovchi ongida
kutilmaganda paydo bo‘lishi haqidagi tezisni tasdiqlaydi. Shu bilan birga S.E.Kryuchkov va
A.B.Shapirolar shuni tasdiqlaydiki, ilovali elementning o‘ziga xosligi nafaqat so‘zlovchining
ongida uning kutilmaganda paydo bo‘lishi emas, balki boshqa omillar bilan ham aniqlanadi
[15; 24]. Bunga o‘xshash fikr mulohazalar bir qator ilmiy tadqiqotlarda h
am bildiriladi.
Ilova konstruksiya (Murakkab sintaktik butunlik) komponentlari o‘rtasida ilova
aloqaning paydo bo‘lishining asosiy mezonlarini ajratib ko‘rsatib, A.B.Velichuk shunday
yozadi: “Ilovali elementning o‘ziga xos xususiyati uning so‘zlovchi ongida paydo bo‘lishi
vaqti bilan belgilanmaydi, balki uning sub’yektiv boshqarganligi, lirik mavzusining
mustaqilligi va boshqacha rejalashtirilganligi bilan aniqlanadi”. Ushbu fikr mulohazalarni
davom ettirib, mualliflar quyidagilarni ta’kidlab o‘tadi: “Ilovali elementning p
auzasidan
keyin ovozning pasayishi keladi, agar ilovali element mustaqil gap ko‘rinishida bo‘lsa,
ilovali element oldingi gapga qo‘shimcha sifatida alohida keladi. Bunday holatda ilova
qilinayotgan gapda ovozning to‘liq pasayishi sodir bo‘ladi”. Masalan: t
aqqoslang:
Die beiden Polizisten hefteten sich an die Fersen des Ganoven. Ich heftete mich dem
Paar an die Fersen…, ich war ihnen eher willkommen als lästig [Seghers, Transit. S.131].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
5 (2023) / ISSN 2181-3701
96
Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, ilova aloqalarining oldindan o‘ylanmaganlik,
kutilmaganlik belgilari bo‘yicha aniqlanishi ma’lum e’tirozlarni tug‘dirishi mumkin, chunki
ilova aloqalarining kutilmaganda paydo bo‘lishi ma’lum darajada so‘zlashuv nutqiga
xosd
ir. Shu o‘rinda Yu.V.Vannikovning fikr
-
mulohazalari diqqatga sazovor bo‘lib, u
shunday yozadi: “So‘zlovchining elementar nutqiy tajribasi va qo‘shimcha oldindan
o‘ylanmagan elementar ifodalanayotgan gap bilan teng aloqa hamda tobe aloqa orqali
bog‘lanib kelishi mumkin” [2; 157].
Darhaqiqat, turli xil ilova konstruksiyalarining qo‘llanishi so‘zlovchining ongli
ravishda amalga oshiradigan maqsadlari bilan bog‘liq, u tomonidan nutqqa qo‘shimcha
element kiritilishi mumkin, mazkur element oldingi ifodani kuchaytirishga yoki butun
konte
kstdan ma’lum qismni ajratib ko‘rsatishga xizmat qiladi, shu bilan birga unga
murakkab sintaktik butunlik doirasida alohida mazmun beriladi. Ta’kidlash lozimki, ilova
aloqalarini bunday tuzilishi juda keng tarqalgan. Olib borilgan kuzatishlar shuni
ko‘rsat
diki, ilova aloqalari yozma nutqda ham- badiiy matnda va ilmiy uslubda,
shuningdek, texnik adabiyotlarda va publitsistikada ham uchraydi, hamda ma’lum ma’no
funksiyalarini bajarib keladi.
Shu jihatdan, ilova konstruksiyalarini o‘rganishda ularning ikki tomonlama tabiatga
ega ekanligini e’tiborga olish lozim: og‘zaki nutq jarayonida hosil bo‘ladigan ilovali
elementlar va yozma nutqda qo‘llanadigan ilovali elementlar. Bu alohida e’tiborni tal
ab
qiladi, chunki, yozma nutqda ilovali elementlar kutilmaganda, favqulodda paydo
bo‘lmasdan, balki aniq stilistik maqsadlar asosida yuzaga keladi. Yozuvchilar
tasvirlanayotgan voqea hodisalarning ta’sirchanligini ekspressiv mohiyatini kuchaytirish
maqsadida ana shunday stilistik vositalardan foydalanadilar.
Murakkab sintaktik butunlik munosabatlarining semantik omillar asosida
aniqlanishi ilovali element va asosiy ifoda o‘rtasidagi ma’no va struktura jihatdan
mustaqillikka borib taqaladi. Asosiy ifodaning birinchi qismidan ilovali elementlarning
mazmunan ajratilishi har qanday ilova konstruksiyada ularning postpozitsiyada kelishi
uchun zamin yaratadi. Mantiqan va ohangiga ko‘ra ajratib ko‘rsatilishi tufayli ilovali
element katta sintaktik salohiyatga va stilistik ta’sirchanlikka ega bo‘ladi.
Ilova konstruksiyalarning strukturasi haqida gapirilganda, ilovali elementning o‘z
asosiy ifodasiga grammatik jihatdan tobe bo‘lishini ta’kidlash lozim. Eng avvalo, bu ilovali
element ilovali butunlikning asosiy qismidan to‘liq ajratilishi mumkin emasligid
a namoyon
bo‘ladi. Y.V.Vannikovning fikricha, ilova konstruksiyaning mantiqiy o‘ziga xosligi shu
narsada ko‘zga tashlanadiki, ilova aloqalarida mavjud bo‘lgan gaplarda ikki xil fikrlash
ifoda etiladi, ularning ikkinchisi “qo‘shimcha tavsif”ga ega bo‘ladi.
Ilovali elementning
qo‘shimchalik xususiyati (belgisi) sintaktik ilova konstruksiyaga bag‘ishlangan dastlabki
tadqiqotlarda o‘zining tasdig‘ini topgan [2; 180].
Bu yerda shuni aytish lozimki, qo‘shimcha natijasida paydo bo‘lgan ilovali
elementning funksiyasi uning butun asosiy ma’nosini qamrab ololmaydi. Ilovali element
nafaqat qo‘shimcha qilish xususiyatiga ega, u asosiy ifoda mazmunini aniqlashtirish,
tushuntiri
sh va rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Mazkur aytib o‘tilgan barcha
xususiyatlar ilova konstruksiyalarni o‘ziga xos sintaktik
-stilistik hodisa deb hisoblash
imkonini beradi, ularning qo‘llanilishi esa nutqqa o‘ziga xos ma’no va ekspressiv
-stilistik
nozikliklarni berishni va ifodaning ayrim komponentlariga katta mazmun hamda
emotsional baho berishni taqozo etadi [13; 244].
Ilova konstruksiya (murakkab sintaktik butunlik) komponentlari o‘rtasidagi ilova
aloqalarning paydo bo‘lishini aniqlashda bog‘lovchilar tahlili yoki gap strukturasi tahlili
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
5 (2023) / ISSN 2181-3701
97
birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Ilovali element va asosiy ifoda o‘rtasidagi ilova aloqalarining
mavjudligini aniqlashga bunday yondashuv turli tillar sintaksisi bo‘yicha olib borilgan
dastlabki tadqiqot ishlarida o‘z ifodasini topgan.
Muhokama va natijalar.
Ilmiy tadqiqot ishlarining xulosalaridan ko‘rinadiki, ilova
konstruksiyasi sintaktik aloqaning faqat o‘ziga xos turi sifatida qaralmaydi, balki
gipotaksis va parataksis o‘rtasidagi farqni neytrallashtirish shakli sifatida ham namoyon
bo‘ladi. Masalan, V.M.Milk ta’kidlashicha, vor, tough kabi bog‘lovchilarda bog‘lanish va
ergashish o‘rtasidagi appozitsiya neytrallashadi, ular murakkab sintaktik butunlik
doirasiga mustaqil gaplarni kiritish imkoniyatiga ega. Teng bog‘lovchilar ergashtiruvchi
bog‘lovchilar rolini bajarib kelish hollari ham kuzatiladi [9; 15]. N.A.Kobrinaning ko‘rsatib
o‘tishicha, teng bog‘lovchilar o‘rniga ergashtiruvchi bog‘lovchilar through, whereas,
because, so that kabilar kelishi mumkin. Aksincha, ergashtiruvchi bog‘lovchilar o‘rniga
damit
, denn singari teng bog‘lovchilar qo‘llanilishi mumkin [6; 23].
Ilova konstruksiyalarda teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilar ma’nolarini anglab
yetishga turli tillar materiallari asosida ilova konstruksiyalarni tadqiq qilgan ko‘plab
tilshunoslar o‘z e’tiborlarini qaratganlar: rus tilida и, но, да bog‘lovchilari (L.M.Lo
seva) [8],
fransuz tilida mais, ete, or, ouox, sar, parsque, si bog‘lovchilari (I.A.Vintman) [4], ingliz
tilida and, but, if, whele bog‘lovchilari (G.M.Timoshenkova) [12], nemis tilida und, aber
bog‘lovchilari (M.Ya.Vays) [1].
Ta’kidlash kerakki, ko‘p hollarda to‘ldiruvchi vazifasidagi ilovali element nisbatan
ko‘proq uchrasa
-
da, ma’lum bog‘lovchilar bilan birga kelishini ko‘rish mumkin. Natijada
o‘zining ko‘rinishlari va xususiyatlari bilan aytilayotgan fikr ilovali elementdan
boshqacharoq ega orqali ifodalanadigan ilovali elementning alohida struktural ko‘rinishini
hosil qiladi. Masalan:
Bei dem jüngsten Skandal hatte der Minister keine gute Figur gemacht. Sie hatten an
diese Abend schlechte Figur gemacht, das war nicht zu übersehen [Musil, Mann. S.405].
Ilova konstruksiya tarkibida ilovali elementlar bajarib kelayotgan vazifalari bilan
bir-
birlariga xos bo‘lgan xususiyatlarni o‘zlarida takrorlabgina qolmasdan, balki yangi
xususiyatlar bilan bir-birlarini boyitib, kengaytirib boradi. Bu holni parallel birikishga
moslangan ushbu ilovali elementlar tahlilida ham kuzatish mumkin. Chunki, bu ilovali
elementlar quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: birinchidan, ilovali elementning
yetakchi komponenti, ya’ni ilovali elementning o‘zi takrorlanish jarayoni bilan hosil bo‘ladi
va so‘ng unga tobe bo‘lgan qismlar bilan kengaytiriladi; u yoki bu gap bo‘lagining
takrorlanib kelishi bu uslubiy hodisadir. Vaholanki, yozuvchi kitobxonning diqqat
e’tiborini tasvirlayotgan voqea
-hodisaga yana bir bor qaratish maqsadida uni takrorlaydi,
takrorlanuvchi komponent doimo mantiqiy urg‘u oladi, natijada uning ta’sirchanligi,
voqeligi oshadi [11; 18].
Shunday qilib, bunday ko‘rinishda shakllanish xususiyatiga ega bo‘lgan ilovali
elementlarning stilistik funksiyalari nihoyatda salmoqli bo‘ladi; ikkinchidan, ilovali
element tarkibida inversiya hodisasini kuzatamiz, chunki takrorlanuvchi komponentlar
oddiy
gina takrorlanib qolmasdan, balki o‘zgaradi, demak, bu yerda qandaydir sinonimik
holat namoyon bo‘ladi; uchinchidan, ilovali elementning strukturaviy shakllanishi bilan
bog‘liq bo‘lgan holat, ya’ni biz bu yerda til elementlarini tejash usuliga duch kelamiz
.
Natijada, ilovali elementlar yetakchi gap tarkibida tushirilib qoldirilgan komponentni
to‘ldirish, tiklash maqsadida namoyon bo‘libgina qolmasdan, ularning o‘zi ham shu asosiy
ifoda tarkibida keluvchi komponentlar yordamida tiklanishi mumkin degan xulosaga ega
bo‘lamiz.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
5 (2023) / ISSN 2181-3701
98
Bu yerda o‘zaro bog‘liqlik ilova konstruksiya komponentlariga xos bo‘lgan yana bir
muhim xususiyatni, ya’ni asosiy ifoda bilan ilovali elementlar o‘rtasidagi sintaktik
-
semantik bog‘liqlikni yana isbotlaydi. Ilovali elementlar oldida keluvchi biriktiruvchi
bog‘lovchilar bunday vazifalarni bajarmaydi. Bu ilova komponentlar orasidagi sintaktik
aloqalar ularsiz ham ifodalanib kelishi mumkin. Lekin shunga qaramasdan ilovali
elementlarga xos bo‘lgan xususiyatlarni alohida ta’kidlash o‘rinli deb hisoblaymiz, chunk
i
biriktiruvchi bog‘lovchilarga ega bo‘lgan bunday ilovali elementlar shu turdagi ilovali
elementlarning alohida olingan strukturaviy guruhlarini tashkil qilishda muhim rol
o‘ynaydi. Shuning uchun ham bu strukturaviy guruh alohida ta’kidlanishi lozim.
Ayrim bir hollarda murakkab strukturaviy ilova konstruksiyalarni tashkil etishda
bir xil sintaktik xarakterga ega bo‘lgan predloglar ishtirok etishi mumkin:
Im Wahlkampf war der Kanzler zu großer Form aufgelaufen. Sie werden sehen: Er
läuft schnell wieder zu großer Form auf [Hörzu 7, S.1973]
Yuqoridagi tartibda hosil bo‘luvchi ilovali elementlar doimo polifunksional
xarakterga ega bo‘ladi, chunki birinchi ilovali element bunday hollarda ikki xil vazifada
keladi: asosiy ifoda uchun ilovali element vazifasida, ikkinchi ilovali element uchun asosiy
ifoda vazifasida. Murakkab ilova konstruksiya tarkibida asosiy ifodaga birikib keluvchi
ilovali elementlarning soni ikkitadan ham ortiq bo‘lishi mumkin. Bunday murakkab
strukturaga ega bo‘lgan ilovali elementlarni quyidagi tahlil qilinayotgan misollar t
arkibida
kuzatib borish mumkin:
Die Ratifizierung ist außer Frage. Natürlich, die Schwächen meines Charakters stehen
doch außer Frage [Th. Mann, Zauberberg. S.731].
Keltirilgan ilovali elementlarning tahliliga tayanib, ularga xos bo‘lgan yana bir
sintaktik xususiyatni alohida ta’kidlash maqsadga muvofiq, u ham bo‘lsa ilova
konstruksiya tarkibida keluvchi asosiy ifoda bilan ilovali elementlarning strukturaviy
shakllanishidir. Boshqacha qilib aytganda, asosiy ifodaning strukturaviy shakllanishi
hamma vaqt ham ilovali elementlarning strukturaviy shakllanishiga mos kelavermaydi. Bu
xulosaning isboti sifatida T.M.Timoshenkovaning ingliz tili materiallari asosida olib borgan
izlanishidan quyidagi mulohazani keltiramiz: “Asosiy ifoda ham, ilovali element ham
kommunikativ nuqtai nazardan bir xil strukturaviy shaklga ega bo‘lmaydi, shu sababli
ilova konstruksiya na bog‘langan qo‘shma gapga va na ergashgan qo‘shma gapga o‘xshaydi
,
ular o‘zgacha struktura kashf etadi” [12; 98].
Darhaqiqat, agarda biz bu yerda tahlil qilingan va tahlil qilinishi lozim bo‘lgan ilova
konstruksiyalarning strukturaviy shakllanishini bir-
biriga qiyos qilib o‘rgansak,
yuqoridagi mulohazaning to‘g‘riligiga to‘lig‘icha ishonamiz, chunki ilova konstruksiya
lar
har-xil strukturaviy shakllanishga ega. Bunday shakllanishda yo asosiy ifoda, yo ilovali
element ma’lum murakkablashgan shaklga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, yuqorida
keltirilgan misoldagi asosiy ifodaning strukturaviy shakllanishi boshqa misollardagi ilovali
elementlarning strukturaviy shakllanishidan keskin farq qiladi.
Shunday qilib, ilova konstruksiya tarkibida asosiy ifoda ilovali elementlarga
nisbatan qanday strukturaviy shakllanishga ega bo‘lmasin, bu ilova konstruksiya ham
strukturaviy va ham ma’noviy tomondan ana shu ilovali element yordamida yakunlanadi,
demak ilovali element har qanday strukturaviy shakllanishda yakunlovchi, tugallovchi
komponent sifatida yuzaga keladi.
Agar biz transformatsion uslubdan foydalanib, yuqorida keltirilgan misoldagi bu
ikkala ilovali elementni asosiy ifoda vazifasida keluvchi gap tarkibida joylashtirsak, u holda
bitta ergash gap hosil bo‘ladi. Biroq, yozuvchi shu ergash gap tarkibidagi ayrim
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
5 (2023) / ISSN 2181-3701
99
komponentlarning muhimroq ekanligini ko‘rsatish, ularni alohida ta’kidlash maqsadida
ana shu ilovali elementlarga murojaat qiladi va ularni ilovali element funksiyasida
qo‘llaydi. Natijada, bu ilovali elementlar kitobxonning ham diqqat e’tiborini o‘ziga ja
lb
qiladi, chunki sintaktik jihatdan ilovali elementlar yolg‘iz kelishi mumkin emas, lekin
kelganda ham nimagadir bevosita bog‘liq bo‘lishi shart. Bu bog‘liqlik ikki tomonlama sodir
bo‘lmoqda, ya’ni strukturaviy va ma’noviy. Strukturaviy bog‘liqlik ilovali
elementning
asosiy ifodadan keyin turishi, ya’ni ikkinchi darajada turishini ta’kidlasa, ma’noviy
bog‘liqlik esa ilovali elementlarning asosiy ifodasiz mavjud bo‘la olmasligini ta’kidlaydi,
sabab oldingi gap tarkibida tushirilib qoldirilgan fikr ilovali elementlar yordamida
tiklanadi, to‘ldiriladi, aniqlashtiriladi.
Shunday qilib, asosiy ifoda bilan ilovali elementning bunday ikki tomonlama
bog‘liqligi har qanday ilova konstruksiya sintaktik yaxlitligini kashf etadi, natijada bunday
ilova konstruksiyalar murakkab sintaktik butunlik ramkasida talqin qilinadi. Bu holat ilova
konstruksiya - bu murakkab sintaktik butunlik, yoki aksincha murakkab sintaktik butunlik
- bu ilova konstruksiya, degan tushunchani taqozo etadi. Shu sababli biz ish jarayonida bu
ikkala terminologik tushunchalardan parallel ravishda foydalanishni doimo ijobiy deb
qaraymiz.
Aytish lozimki, ilovali elementlarga xos bo‘lgan bunday xususiyatlar, ilovali
elementlar soni beshtadan iborat bo‘lgan ilova konstruksiya tarkibida ham takrorlanib
kelishi mumkin.
Hier, wenn Sie noch etwas trinken möchten, bedienen Sie sich.
- Vielen Dank, ich bin
so frei! Ich bin so frei, ich nehm’ mir noch eine Zigarette [Fallada, Mann. S. 236].
Ushbu misolda ilova konstruksiya tarkibidagi asosiy ifodaga beshta ilovali element
birikib kelgan. Ilovali elementlarga xos bo‘lgan bunday birikish yuqorida aytilgan bu
turidagi fikr va mulohazalarimizni yana bir bor isbotlamoqda. Chunki, ilovali elementlar
bilan asosiy ifoda o‘rtasida ham parallel va ham ketma
-ketlik mavjud. Boshqacha qilib
aytganda, ilovali elementlar o‘zlari bevosita bog‘liq bo‘lgan asosiy ifodaga parallel va
ketma-
ket birikib kelishadi. Bunday birikish ilovali elementlarga xos bo‘lgan v
azifalarni
yanada kengaytiradi, to‘ldiradi va boyitadi.
Shunday qilib, ilovali elementlar o‘zlari bevosita shakllanib kelayotgan ilova
konstruksiyalarda xilma-
xil vazifalarni bajarib keladi. Bu vazifalarning ba’zi birlarini shu
oxirgi misol tahlilida ham takrorlash mumkin: birinchidan, ilovali elementlar ilova
konstruksiyaning faqatgina sodda strukturaviy shaklini hosil qilmasdan, balki ularning
murakkab strukturaviy shakllarini uch xil bo‘lishida ham ishtirok etadi; ikkinchidan, ilovali
elementlar polirematik va polifunksionallik xarakteriga ega; jumladan, joyl
ashish o‘rni
jihatidan uchinchi o‘rinda keluvchi ilovali element, joylashishi jihatdan ikkinchi o‘rinda
turuvchi ilovali element orqaligina asosiy ifodaga birikib kelishi mumkin; chunki bu ilovali
elementning mazmuni bilan uzviy bog‘liq, ya’ni uning davomc
hisi sifatida yuzaga keladi.
Xuddi shunday holni qolgan ilovali elementlar tarkibida ham kuzatish mumkin.
Murakkab strukturaviy shaklga ega bo‘lgan bunday ilova konstruksiya
komponentlari o‘rtasidagi sintaktik aloqa vositalari ham, asosan kontaktli so‘z vazifasida
keluvchi leksik birlik yordamida tiklanadi. Shuning uchun ham, ilova konstruksiyasini
o‘rganishga
bag‘ishlangan juda ko‘plab ilmiy
-tadqiqot izlanishlarida ilovali elementlar
tomonidan asosiy ifoda mazmuniga bildirilayotgan “qo‘shimcha” ma’no nihoyatda
salmoqli, ta’sirchan, muhim ekanligi alohida qayd qilinadi [5; 16].
Demak, ilova konstruksiyalari o‘ziga xos sintaktik hodisa bo‘lib, ular qo‘shimcha
sifatida paydo bo‘lgan ifoda funksiyasini bajarib keladi, ular strukturasiga ko‘ra ilovali
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
5 (2023) / ISSN 2181-3701
100
element deb ataladi. Ana shu ilovali element asosiy ifoda (asosiy gap) ma’nosini
aniqlashtirib, rivojlantirib keladi, ma’lum darajada izohlab beradi. Bunday sintaktik
strukturalar odatda ikki qismdan iborat bo‘ladi, birinchi qism asosiy axborotni, ikkinchi
si
esa qo‘shimcha xabarni ifodalab keladi. Ular nutqda ilova birliklarning funksional
qo‘llanilishini ta’minlaydi, ularning yordamida so‘zlovchining ongida va uning nutqida
asosiy ifodadan keyin, asosiy fikr bildirilgandan so‘ng yuzaga keladigan qo‘shimcha
ma’no
beradigan ifoda keltiriladi.
Ayrim germanist olimlar murakkab sintaktik butunlikning strukturasiga ko‘ra
turlarini aniqlashda nafaqat sintaktik belgilarga, balki stilistik belgilarga ham asosiy
e’tiborni qaratadilar. Shunday olimlar qatoriga B.T.Tursunovni ham kiritish mumkin. U
nemis
tili materiallari asosida ilova konstruksiyasini sintaktik aloqaning o‘ziga xos turi
sifatida tadqiq qilib, murakkab sintaktik butunlikning struktur turlarini aniqlashda
sintaktik belgilar bilan birga stilistik belgilarni ham hisobga olish kerakligini ta’
kidlaydilar
[14;34]. B.T.Tursunov ilovali elementlarning quyidagi struktur turlarini ajratib ko‘rsatadi:
1) bog‘lovchili ilovali elementlar;
2) bog‘lovchisiz ilovali elementlar;
3) leksik takrorga asoslangan ilovali elementlar;
4) ma’lum masofada joylashgan ilovali elementlar;
5) javob replikasi sifatida qo‘llanadigan ilovali elementlar;
6) murakkab strukturali ilovali elementlar.
Ta’kidlash lozimki, bog‘lovchili va bog‘lovchisiz hamda boshqa strukturali
konstruksiyalar har qanday murakkab sintaktik butunlikning ajralmas qismi sifatida
namoyon bo‘ladi, ularni murakkab sintaktik butunlikning ko‘rinishlari qatoriga kiritish
mumkin. Sh
uni alohida eslatib o‘tishimiz mumkinki, bunday ilova konstruksiyalar alohida
gap bo‘lagi sifatida kelmasdan, balki fikr yoki jumlani mazmunan tugal bo‘lishini
ta’minlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
Вайс М.Я. Присоединительные конструкции диалогической речи и их
стилистическое использование в современном немецком языке. Учёные записки
Ленинград гос. пед. ин
-
та. Им. А.И.Герцена, Т
-318. 1967.
–С.139
-144.
2.
Ванников Ю.В. Синтаксис речи и синтаксические особенности русской речи. –
М., 1979.–
296 с.
3.
Величук А.П. О специфике присоединительной связи в современном русском
языке (сочинение и присоединение). Автореф. дисс... канд.филол. наук. –
М., 1961. –
16 с.
4.
Винтман Ж.А. Классификация присоединительных конструкций, имеющих
форму предложения на примере компонентов адвербиального типа. –
Сб. Структура
предложения и лексико
-
грамматические отношения.
-
1: Изд
-
во Ленинград. Гос. пед.
ин
-
та. 1972. –
С. 156
-176.
5.
Кобзев П.В. Непольные предложения присоединительного типа в
современном русском литературном языке: Автореф. дисс... канд. филол. наук. –
Л.,
1966.
–
21 с.
6.
Кобрина А.А. Стилистические средства связи между самостоятельными
предложениями в английском языке. Автореф. дисс… канд. филол. наук. –
Л., 1963, –
32 с.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
5 (2023) / ISSN 2181-3701
101
7.
Крючков С.Е. О присоединительных связях в современном русском языке //
Вопросы синтаксиса современного русского языка. Уч.педгиз. –М., 1950 .–
400 с.
8.
Лосева Л.М. К изучению межфразвоной связи (Абзац и сложное
синтаксическое целое) // Русский язык в школе, 1967, № 1. –С. 156
-159
9.
Мильк В.М. Интонация присоединения в современном английском языке в
сравнении с русским. Автореф. дисс… канд. филол.наук. –
М., 1960,
-
21 с.
10.
Морару Ю.С. О некоторых типах присоединительных конструкций
(наматериале современного испанского языка).
-
Кн: Грамматические илексические
исследования по романским и германским языкам. –Кишинев, “Штиинца”, 1982. –С.
106-114.
11.
Паламарчук Н.Т. Обособленные конструкции в романах Г. Манна: Автореф.
дисс... канд. филол. наук. –
М., 1976. –
20 с.
12.
Тимошенкова Т.М. Присоединение как особый вид синтаксической связи.
Вестник Харьковского гос.ун
-
та, №159 вып. 1977. –
С. 96
-100.
13.
Турсунов Б.Т. Основные факторы выделения присоединительных связей.
Зональное семинар
-
совещание преподавателей иностранных языков Средней
Азии и Казахстана. Тезисы доклад. ч. II. Душанбе. 1988. –С. 244.
14.
Турсунов Б.Т. Присоединение как особый тип синтаксической связи. Автореф.
дисс... д
-
ра. филол. наук. Санкт
-
Петербург, 1993 –
44 с.
15.
Шапиро А.В. Простое предложение. Стенограмма координационного
совешания. –
Уфа. 1958. –
24 с.