Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Statistical interpretation of the language of Haji Muin’s
works
Dilafruz RAKHMATOVA
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2023
Received in revised form
10 September 2023
Accepted 25 October 2023
Available online
15 December 2023
The article analyzed the works of Haji Muin, a brilliant
representative of the Samarkand school of Jadidism. His articles
published in periodicals, although thematically different, have
similar linguistic and stylistic features. Experts claim that Haji
Muin's journalistic works number more than 200. Considering
that some articles are kept in handwritten form in the Jadid
House Museum, while others were published under different
pseudonyms, the total number of his works may be even
greater. The language of Jadid's articles on social, economic,
cultural, medical, environmental and other issues was subjected
to statistical analysis.
2181-
3701/© 2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol1-iss6-pp28-33
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Turkestan,
article,
newspaper and magazine,
language and style,
living folk language,
social theme,
grammatical index.
Hoji muin asarlari tilining statistik talqini
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Turkiston,
maqola,
gazeta va jurnal,
til va uslub,
jonli xalq tili,
ijtimoiy mavzu,
grammatik ko‘rsatgich.
Ushbu maqolada Samarqand jadidchilik maktabining yorqin
namoyondasi Hoji Muin asarlari tahlilga tortilgan. Shuningdek,
adibning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, sog‘liqni saqlash,
ekologiya va boshqa masalalarda chop etilgan maqolalari
statistik tahlil qilingan.
1
PhD, Candidate of Philological Sciences, Senior Lecturer, Samarkand State Institute of Foreign Languages.
E-mail: rahmatovadilafruz2@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
6 (2023) / ISSN 2181-3701
29
Статистическая интерпретация языка произведений
Хаджи Муина
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Туркестан,
статья,
газета и журнал,
язык и стиль,
живой народный язык,
социальная тема,
грамматический
указатель.
В статье были проанализированы труды Хаджи Муина
,
блестящего
представителя
самаркандской
школы
джадидизма. Его статьи, опубликованные в периодической
печати, хотя и различаются тематически, обладают
схожими
лингвистическими
и
стилистическими
особенностями.
Эксперты
утверждают,
что
публицистических работ Хаджи Муина насчитывается
более 200. Учитывая, что некоторые статьи хранятся в
рукописном виде в Доме
-
музее джадида, а другие
опубликованы под разными псевдонимами, общее
количество его работ может быть еще больше. Язык статей
джадида, посвященных социальным, экономическим,
культурным, медицинским, экологическим и другим
вопросам, был подвергнут статистическому анализу.
KIRISH
Hoji Muin
gazeta va jurnal sahifalarida mustamlaka iskanjasida turib bo‘lsa
-da,
millat bolalarini o‘qitish, o‘zligini tanitish, maʼrifat vositasi
-
la ozodlikka erishish g‘oyasini
targ‘ib etgan. Bu yo‘lda barcha turdagi axboriy, tahliliy, badiiy, hajviy materiallari bilan
maʼrifat nurini tarqatib turgan. Ijtimoiy
-
siyosiy va maʼrifiy ruhdagi maqolalarni tahlil
qilib, bir narsaga ko‘proq ahamiyat qaratdik. Maqolalar mavzuiy jihatdan bir
-biriga
o‘xshash bo‘lsa
-da, til va uslub jihatdan farq qiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Hoji Muin “Bizda sog‘liqni qaqshatish ishlari”, “Eng qulay ish” kabi maqolalarida
ijtimoiy
hayotning eng dolzarb muammolarini ko‘tarib chiqqan. Maqolaning “Bizda sog‘liqni
saqlash ishlari” emas, “qaqshatish ishlari” deb nomlanishining o‘ziyoq davrdagi
muammolarni ko‘rsatib turadi. Piching va qochiriq gaplarga to‘la ushbu maqola tili xalqchil
bo‘lib, u frazeologik birliklarning ko‘pligi bilan ajralib turadi. Soha xodimlarining shaxsiga
tegish, g‘ashini keltirish, masxaralash uchun yozilgan ijtimoiy ruhdagi maqola “...shahrimizda
sog‘liqni qaqshatish ishlari, Xudoga shukr, bu yil juda tartibga qo‘yila boshlandi. Hifzi sihhat
bo‘lumining “beparvo falak”ligidan xalqimiz juda mamnun va sarafrozdir”, deb boshlanadi.
Maqola hajman qisqa bo‘lsa
-
da, muhim muammolar ko‘tarilgan. Аslida, ekologiyani asrash
muammosi jadid adabiyoti vakillari asarlarida yangi mavzu bo‘lib, unda suvni toza saqlash,
tabiatni muhofaza qilish, atrof muhit obodonligiga eʼtibor berish kabi masalalar ko‘tarilgan.
Bu borada mualliflar soha vakillarini ogohlikka chaqiribgina qolmay, aholiga ham murojaat
qilgan. Maʼlumki, muallifning so‘z, ibora yasashdagi individualligi asarning o‘qimishli va
sermazmun chiqishida xizmat qiladi. Hoji Muinning ushbu maqolasidagi: “beparvo falak”,
“mikrub bulog‘i”, “kar madaniy”, “xotirjami gov jallob”, “sunbuli sahro”, “sog‘liqni qaqshatish
ishlari” kabi iboralari asar tilining boyishiga xizmat qilgan. Maqolaning uslubi ham o‘zgacha.
Obodonchilik xodimlarining faoliyati tanqid qilina turib, gap o‘zani mullo va “taqvo
musulmonlari”ga burib yuborilgan. Maʼlumki, ayrim din peshvolari jadidchilik faoliyatiga
to‘sqinlik qilib, maʼruzalarda ularni qoralagan. Аna shuni hisobga olib, Hoji Muin “...chunki u
yerga tashlang‘on necha vogun axlat ichidan hammavaqt “sunbuli sahro” isi chiqib dimog‘g‘a
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
6 (2023) / ISSN 2181-3701
30
uradir va ro‘zani sindiradir...” deb yakun yasaydi. Bu bilan din peshvolariga o‘z maʼruzalarida
aytiladigan mavzular ko‘pligini ham eslatib qo‘ygan bo‘lsa kerak.
Аdibning “Eng qulay ish” maqolasi teatr masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘sha
davrda dolzarb mavzulardan biri sanalgan. Sahnaga teatr qo‘yishning muammolari:
mablag‘, joy, jihoz, rol ijro etuvchilar tanqisligi uchrab turgan. Xalqimiz asrlar davomida
masxarabozlik kabi o‘yin
-
tomoshalarga borgan bo‘lsa
-
da, “tiyotrxonalar”ga borish va
tomosha qilish kabi muammolarga uchrab turgan. Hoji Muin xalqqa murojaat qilib,
teatrda o‘zini tutish, bilet sotib olish, sahna ijrochilariga olqishlar aytish kabi etiketlar
haqida yozadi. Maqola tili jonli xalq tiliga yaqin bo‘lishi uchun, turg‘un birikmalardan
oqilona foydalanilgan: “o‘roqdek to‘g‘ri”, “Bir qult suv ichishdek oson”, “Gadoy topmas
ko‘cha”, “Usta ko‘rmagan shogird”, “Olma pish, og‘zimga tush” kabi. Muallif individual so‘z
va so‘z birikmalari ham uchrab turadi: “Marmarxon pistadahon”ning masxarabozligi”,
“Аrzi andom”, “Isonafas o‘rtoqlar”, “Chilla o‘tirib tomosha qilmoq”, “Markazlik ro‘li” kabi.
Umuman, Hoji Muinning “Kattaqo‘rg‘on xotiralari”, “Ezilgan dehqonga”, “Buguni
boy ertasi gadoy”, “Otasharavamiz”, “Ko‘rmaylik
-
kuymaylik”, “Yuqma kasal”, “Pora va
poraxo‘rlik”, “Rishvat xastaligi”, “Boy bo‘lmoq yo‘llari” kabi ijtimoiy mavzularga
bag‘ishlangan kichik hajviy maqolalari nashr etilgan bo‘lib, unda davr muammolari
ko‘tarilgan. Maqolalar mavzuiy ko‘rinishidan rang
-
barang. Ularda sog‘liqni saqlash,
tabiatni asrash, teatrni rivojlantirish, bankka murojaat etish, ko‘pxotinlilik oqibatlari,
tarixiy obidalarni saqlash, maktab va maorif sohalarini qo‘llab
-
quvvatlash, soliq to‘lash
kabi mavzular yoritilgan.
Yuqorida nomlari tilga olingan maqolalar yuzasidan tartib berilgan chastotali
lug‘atlardan ayon bo‘lmoqdaki, matnda
va
(144),
bir
(61),
ham
(59),
uchun
(34),
bilan
(33),
o‘z
(20)
edi,
(17)
shu,
(17),
ila
(14) kabi so‘z va bog‘lovchilar yuqori ko‘rsatgichni
tashkil etmoqda. Bunda o‘zbek tilining hozirgi normalarga yaqinlashganini kuzatish
mumkin.
Millatlar, taraqqiy, maktab, yangi, muallim, ravnaq
(barchasi 4 marta) kabi
so‘zlarning chastotasi yuqori. Shundan ham jadidlarning o‘qish
-
o‘qitish ishlariga
beeʼtibor bo‘lmaganlarini sezish qiyin emas. Ushbu 9 ta maqolaning hajmi kichik. Unda
3910 ta so‘z va so‘zshakl ishlatilganligi maʼlum bo‘ldi. So‘zlardan 3550 tasi bir martadan
qo‘llanganligini hisobga olsak, adibning so‘z boyligi namoyon bo‘ladi.
Shuningdek, ushbu maqolalar yuzasidan tartib berilgan ters lug‘atlar asosida davr
grammatik ko‘rsatgichlarini aniqlash mumkin bo‘ladi. Matnda qo‘llanilgan baʼzi
grammatik ko‘rsatkichlar tilimizning adabiy meʼyorlari shakllana borayotganidan,
binobarin, bu jarayonga adibning o‘zi ham hissa qo‘shganligidan dalolat beradi. Masalan,
uning ushbu adabiy-tanqidiy maqolalari matnida III shaxs egalik affiksidan keyin
qo‘shilgan o‘rin
-
payt kelishigidan oldin [n] orttirilgan 13 ta so‘zshakl 20 marta
qo‘llangan. Shuning barobarida, bu matnlarda qo‘shimchaning [n] orttirilmagan varianti
60 so‘zshaklda 89 marta qo‘llangan.
Maktablarida
–
maktablarinda , oyida
–
oyinda, oralarida
–
oralarinda, orasida
–
orasinda, ostida
–
ostinda, tilida
–
tilinda, ustida
–
ustinda
tarzida parallel qo‘llanganligi
esa u davr tilida qo‘shimcha tarkibidagi
-n tovushida tushib, lingvistik iqdisod jarayoni
yuz berayotganidan dalolat beradi.
Jo‘nalish kelishigi
-ga
56 so‘zshakl tarkibida 60 marta qo‘llangan bo‘lsa, uning
-
g‘a
shaklining bir qadar faolligi, yaʼni 115 ta so‘zshakl 122 marta qo‘llanganligi kuzatildi:
nag‘maga , sahnaga, arobag‘a, shevag‘a, Xivag‘a, moddag‘a, lahjag‘a
kabi. Bu holatda
-ga
ning meʼyorlashish darajasi hali sust ketayotganligini ko‘rsatadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
6 (2023) / ISSN 2181-3701
31
Davr tilidagi o‘zgarishlarni statistik tadqiq qilish orqali aniq maʼlumotlarni jamlash
mumkin. Xususan, bu ko‘rsatgich leksik, grammatik aspektda o‘rganilsa, maqsadga
muvofiq.
Hoji Muinning “Maorif oyi” maqolasi maʼrifiy yo‘nalishda yozilgan bo‘lib, ijtimoiy
hayotdagi kamchiliklarni tanqid qilish bilan birga o‘qish, o‘qitish ishlari targ‘ib qilingan.
Maqolada antitezalardan o‘rinli foydalanilgan
: masorif oyi emas
–
maorif oyi, ishdan ko‘ra
–
so‘z, yugurishdan ko‘ra –
uxlash, madoxildan ko‘ra –
masorif, darddan ko‘ra davo topish
kabi. Samarqand lahjasiga xos
: “Chi mexoni, porsola”, “Аhmadi porina”, “Аjina muxbir”
kabi
iboralar ham borki, ular maqolaning tili xalqchil bo‘lishiga xizmat qilgan.
Muhokama va natijalar.
Аslida tarixni, o‘tmishni til kabi o‘zida saqlab qoladigan
boshqa bir osori atiqa yo‘q. Tilning ahamiyati shunda namoyon bo‘ladiki, davrda
bo‘layotgan voqea
-
hodisalarni bo‘yamasdan kelgusi avlodga yetkaza oladi. “Maorif oyi”
maqolasi orqali o‘sha davrdagi eski maktablarning holati haqida to‘laqonli tasavvur hosil
qilish mumkin:
“...ko‘b bolalarimiz ko‘chada qolib it urushdirishg‘a, oshiq va yong‘oq
o‘ynashga majbur bo‘ldilar. Ko‘b o‘g‘ullarimiz eski maktablarga qamalib, poxollar ustida
qo‘chqor urushdirib, ko‘ylak
-
ishton yirtish bilan umr o‘tkazdilar. Sanoqsiz ota
-bobolarimiz,
maktab va muallim yo‘qliqdan o‘z jigarporalarini (bekor yurmasin, hunar o‘rgansun deb)
ko‘hnado‘z, sabunpaz, samovarxonalarg‘a eltib shogird qo‘yishga tutindilar.Bulardan
boshqa hisobsiz xotin-
qizlarimiz, burung‘i maorifchilarimizning soyai maorif voyalarida
saqich chaynab va g‘idi
-
bidi g‘iybat to‘qish bilan eshikdan
-eshikka, teshikdan-teshikka
yurdilar...”
Maqola tilining boyishiga ekstralingvistik faktorlar ham katta taʼsir qilgan. Tilga
olinayotgan davrda Samarqanddagi to‘y va aza marosimlari bilan bog‘liq so‘z va iboralar
uchraydi
:, shohi uloq, yog‘ puli, dastovez, kiyit, tagi joga, kashida, so‘zana, bolishpo‘sh,
go‘yanda, sadr, yirtish
. To‘y va taʼziya marosimlari nomlarini bildiradigan nominativ
so‘zlar:
uch, yetti, yigirma, qirq, yil, fotiha to‘y, nonshikanon, ro‘ybinon, domot talbon
kabi
so‘zlarning ayrimlari bugun arxaiklashgan. Shuningdek, ayrim urf
-
odatlar ham o‘tmishda
qolib, uning nominativlik vazifasi arxaik so‘zlar qatoridan joy olgan:
vakilini bermoq,
kuyovning kiyimidan igna o‘tkazmoq, poyandoz tutmoq, qiz va yigitni olov atrofida
aylantirmoq, nikoh kechasi ayollarning kuyov xonadonida yotib qolishi, hayit kunlari qiz
tarafidan “tagi joga” nomi ostida sovg‘alar yubormoq, juvon o‘ynatmoq.
Hoji Muinning maorif masalalariga bag‘ishlangan “Аnglashilmaslik yoki tayoqning
taʼsiri”, “Oxir zamon alomatlari”, “Gazeta o‘qimoq manfaati”, “o‘zbekka javob”, “Intihod
voqeaga bir nazar”, “Аdabsizlik sababi va uning chorasi” kabi maqolalari orqali usuli jadid
maktablariga qaratilgan asossiz tanqidlar, noto‘g‘ri fikrlar fosh qilinadi. Аdibning
matbuot haqidagi “Hajviy jurnal”, “Samarqandda bosmaxona va yerli matbuot ishlari”,
“Samarqandda matbuot ishlari”, “Samarqandda matbuot ahvoli”, “Bir yashar “Zarafshon”,
“Samarqand qizil o‘zbek matbuoti”, “Samarqand matbuoti tarixi”, “Tugallanish yo‘lida”,
“Xidmatga tuhmat” kabi maqolalari bo‘lib, unda o‘sha davr matbuotida mavjud
muammolar dadillik bilan ko‘tarib chiqilgan bo‘lsa, ayrimlarida milliy matbuotimiz
tarixiga oid qimmatli maʼlumotlar berilgan.
1907
–
1937-yillar davomida jami 23 turdagi gazeta va jurnallarda 200 tagacha
maqola va 500 yaqin xabarlari bilan xalqning maʼnaviyatini shakllantirish, maorif, taʼlim
-
tarbiya haqida bo‘lib, ular publitsistning yoniq qalbidan dalolat beradi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
6 (2023) / ISSN 2181-3701
32
1917-
yil fevral voqealaridan keyin Hoji Muin o‘z ustozlari va safdoshlari kabi
yurtning ozodligi, millatning erki uchun kurashish mavridi kelganini his qildi,
matbuotdagi faoliyati yanada kuchaydi. Publitsist maʼrifiy masalalardan ko‘ra siyosiy
voqealar haqida ko‘proq yozadigan bo‘ldi. Turkiston Muxtoriyatini qo‘llab
-quvvatlash,
bolsheviklarga qarshi keskin munosabatlarini ifodalaydigan “Yurt qayg‘usi”, “Sho‘roi
islomiya va saylov”, “Bolsheviklar va biz”, “Namoyish to‘g‘risida” kabi maqolalari chop
etilgan. “Bolsheviklar va biz” sarlavhali maqolasida bolsheviklarning kirdikorlarini fosh
etib, yozadi: “Biz kichik millatlarga tamom hurriyat va istiqlol beramiz” deb xitobnoma
vositasi-
la vaʼda qilg‘on bo‘lsalar ham bu quruq so‘zlari qog‘oz ustidagina qoldi. Bular
hozirgacha hech bir millatning muxtoriyat va istiqlolini tasdiq etmadilar, balki, bilʼaks
shunday muxtoriyat va istiqloliyat eʼlon etgan millatlarg‘a to‘p va pulimut bilan muqobala
etdilar va etmakdadirlar... Chunonchi, Toshkant shahar dumasini tarqatdilar...”.
Maqola tili adibning ijtimoiy masalalarda yozgan boshqa maqolalar tili va
uslubidan keskin farq qiladi. Unda siyosiy mavzudagi so‘zlar:
burjuaziya, Duma,
Muxtoriyat, hurriyat, istiqlol, istiqbol, sho‘ro, bolshevik, saylov uchastkalari, sʼezd,
sotsializm, ishchi, dehqon vakillarining sho‘rosi, umummusulmonlar qurultoyi, ishtirokiyun
firqasi;
Turkiston Muxtoriyatini qo‘llab
-quvvatlovchi:
“Ey Turkiston ishchisi!”, “Ey
turkistonli turk ishchisi!”, “Oyoqg‘a tur!”, “Dushmanlaringni bos!”, “Yurtingni saqla!”,
“Yarog‘ingni ol!”, “Yovingni ot!”, “Hurriyatingni saqla!”, “Jaholat uyqusindan uyg‘oningizki,
kichik qiyomat qupdi!”, “Yoshlar! Yurtning umidi yolg‘uz sizlargadur”
kabi davr
shiorlaridan foydalanilgan.
Siyosiy mavzularda yozilgan maqolalarida rus va Yevropa tillaridan o‘zlashgan
so‘zlar kam uchraydi.
Sotsializm, pilemut, prosent, malorus, milliyun, no‘ta
kabi so‘zlar
bo‘lsa
-
da, ular o‘zbek tili fonetik xususiyatlariga xos tarzda, jonli xalq tiliga mos ravishda
yozilgan. Аlbatta, bu kabi so‘zlar tilga qatʼiy meʼyor berilgach, bugungi ko‘rinishga
tushgan
. Soldat
–
askariy, partiya
–
firqa, bilittifoq
–
qurultoy
kabi so‘zlar esa o‘zbek leksik
boyligini oshirishga xizmat qilgan.
Аdibning ijtimoiy masalalarga bag‘ishlangan hajviy maqolalariga nisbatan siyosiy
maqolalarida individualikka xos iboralar oz bo‘lsa
-da, uchrab turadi:
sharqiylarni no‘tasi,
Nikolay kosaleslari, jaholat to‘shagi, dushman tirnog‘i, intiboh azoni, zaqqum oshdan bo‘lak
yemak yedirilmas
kabi so‘z birikmalari bor.
Samarqand jadidchilik maktabi vakillari adabiy-
tanqidiy maqolalarida o‘tmish va
o‘sha davr ilg‘or ziyolilari va maʼrifatparvarlari faoliyatidagi eng ko‘p ishlatilgan so‘z va
iboralarni o‘zida aks ettiradi. Bu esa terminologiya kabi yangi fanning rivojlanishiga
turtki bo‘ldi. Jadidlarning keng qamrovli ijodiy jarayonlarida yaratilgan asarlarning o‘z
davri vaqtli matbuoti namunalari
–
gazeta va jurnallarda chop etilganligini inobatga
olsak, ular o‘zbek tili publitsistik uslubining shakllanishiga ham jiddiy taʼsir
ko‘rsatganlarining guvohi bo‘lamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYОTLAR RO‘YXATI:
1.
U.Tursunov, B.O‘rinboyev, A.Aliyev O‘zbek adabiy tili tarixi. –Toshkent: G‘afur
G‘ulom
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1989 y. –
B.259
2.
S.Karimov Badiiy matnning uslubiy alomatlari. O‘quv qo‘llanma.
-Samarqand:
SamDU nashri, 1992.- B.44.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
6 (2023) / ISSN 2181-3701
33
3.
Ibrat, Siddiqiy-
Ajziy, So‘fizoda. Tanlangan asarlar.
-Toshkent:Ma
’
naviyat, 1999.
B.232.
4.
Hoji Muin. Tanlangan asarlar. -Toshkent:Ma
’
naviyat, 2005.
–
B.129.
5.
Mahmud Vadud. Tanlangan asarlar- Toshkent: Ma
’
naviyat, 2007.-B.104
6.
Gafurov B.G. Istoriya tadjikskogo naroda.-Moskva,1952.
–
str. 99-110
7.
Behbudiy Mahmudxo‘ja. Tanlangan asarlar. Oq yelpog‘ichli chinli xotun
-
Toshkent: Akademnashr, 2018.-B.106.