Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The mechanism of patriotic education of students in
primary education
Shakhnoza UMAROVA
Tashkent University of Applied Sciences
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2024
Received in revised form
10 January 2024
Accepted 25 February 2024
Available online
25 May 2024
The article provides feedback and recommendations on
what methods, techniques, and technologies are important to
use in the selection, analysis, and assimilation by students of
texts that increase a sense of national pride, and pride in the
process of teaching the subject “education”, based on logical
thinking.
2181-3663
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss2-pp117-122
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
education,
patriotism,
pride,
knowledge,
skill,
qualification,
text,
question,
task,
logical thinking.
Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash mexanizmi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
tarbiya,
vatanparvarlik,
g‘urur,
iftixor,
faxr,
bilim,
ko‘nikma,
malaka,
matn,
savol,
topshiriq,
mantiqiy fikrlash.
Maqolada o‘quvchilarga “Tarbiya” fanini o‘qitish jarayonida
milliy g‘urur, iftixor tuyg‘ularini oshiruvchi matnlarni tanlash,
ularni mantiqiy fikrlash asosida tahlil qilish va o‘zlashtirishda
qanday metod, usul va texnologiyalardan foydalanish muhimligi
haqida fikr-mulohaza va tavsiyalar bayon qilingan.
1
Teacher, Tashkent University of Applied Sciences. E-mail: umarova@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
2 (2024) / ISSN 2181-3701
118
Механизм патриотического воспитания обучающихся
в начальном образовании
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
воспитание,
патриотизм,
гордость,
знание,
умение,
квалификация,
текст,
вопрос,
задание,
логическое мышление
.
В статье представлены отзывы и рекомендации
относительно методов, приемов и технологий, которые
важно использовать при отборе, анализе и усвоении
текстов учащимися с целью повышения чувства
национальной гордости в процессе обучения по предмету
«Воспитание» на основе логического мышления.
Boshlang‘ich sinflarning tarbiya darslari orqali o‘quvchilarda milliy g‘ururni
rivojlantirish bugungi ta’limning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
Har bir kishi odamlar
orasida farovon yashashi uchun u yaxshi ta’lim
-
tarbiya ko‘rgan bo‘lishi kerak. Zero,
Yurtboshimiz ham “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy
salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh
kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va
jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” [1], deya ta’kidlaydilar.
Ma’lumki, “Tarbiya” fani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan umumiy
o‘rta ta’lim muassasalarida 2020–
2021-
o‘quv yilidan boshlab joriy qilindi. Ushbu fan
Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasining bir qismi sifatida o‘quvchilarda “Milliy
tiklanishdan
–
milliy yuksalish sari” g‘oyasini singdirish, ularni ijtimoiy muvaffaqiyatli
hayotga tayyorlash, faol fuqarolik pozitsiyasi, mas’uliyat, majburiyat, huquqiy ong va
madaniyat, teran dunyoqarash, sog‘lom e’tiqodlilik, ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik kabi
fazilatlarni shakllantirishni maqsad qilib qo‘ygan. “Tarbiya” fanini joriy qilingandan buyon
yaratilgan metodik ta’minot bosqichma
-bosqich takomillashib bormoqda. Mazkur fanni
o‘qitishga boshlang‘ich sinflarda alohida e’tibor qilinmoqda. O‘quvchida yurtsevarlik
tuyg‘usi shakllanishi uchun avval unda milliy iftixor tuyg‘usi kamol topishi kerak. Buni
Tarbiya darslarida hosil qilishning eng samarali usuli
–
tarbiyaviy ahamiyati yuqori,
vatanparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan quyma matnlar tanlab olinishi va shunga munosib
ravishda mantiqiy fikrlashga undaydigan o‘quv topshiriqlari ishlab chiqilishi kerak.
Tarbiya fanini o‘qitishda didaktik o‘yinlardan, interfaol usullardan foydalanish
ta'lim jarayonida o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Didaktika
–
ta’lim nazariyasi hisoblanadi. Didaktik o‘yinlar esa
o‘quvchilarning ijodiy ish faoliyatini kuchaytiradi,ixtiyoriy diqqatini jamlashga yordam
beradi, shuningdek xotirani takomillashtiradi. Didaktik o‘yin jarayonida o‘quvchilar
o‘zlari sezmagan holda juda ko‘p harakatlarni,mashqlarni bajaradilar,turli masalalarni
yechadilar[2]. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “milliy” so‘zi (arabcha) biror millatning
o‘ziga xos xususiyatini ifodalovchi, biror mamlakat va uning aholisi bilan bog‘liqligi
ta’riflanadi[3]. Demak, o‘zbek millatiga oid, O‘zbekistonni davlat, mamlakat sifatidagi
tarixiga oid barcha moddiy va ma’naviy qadriyatlar milliy qadriyat sanaladi. Shu ma’noda
me’moriy obidalar har ikki maqomdagi qadriyat sifatida ham ijtimoiy, ham pedagogik
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
2 (2024) / ISSN 2181-3701
119
(tarbiyaviy) ahamiyat va mohiyat kasb etadi. “G‘urur” so‘zi ham arabcha so‘z bo‘lib,
insonning o‘z qadr
-
qimmatini bilish, uni hurmat qilish hissi, faxrlanish tuyg‘usi, faxr,
iftixor, faxrlanishga asos bo‘ladigan narsa tariqasida talqin etilgan. Bolalarda faxrlanish
tuyg‘usi, avvalo, o‘zi yashab turgan hudud, u yerda mavjud qadriyatlar asosida
shakllanadi. Me’moriy obidalar esa ham bevosita, ham bilvosita ta’sir etuvchi omil
sifatida samarali qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vositadir[4]. Milliy g‘urur tushunchasi
“Mustaqillik: ilmiy
-
ommabop lug‘at”da “Milliy g‘urur –
millatning o‘z
-
o‘zini anglashi
natijasida sodir bo‘ladigan doimiy ichki ruhiy ko‘tarinkilik. U o‘z ona zamini, avlod
-
ajdodlari tomonidan qoldirilgan moddiy, ma’naviy merosdan, o‘z millatining jahon
sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulushlaridan, o‘zga millatlar oldidagi qadr
-
qimmati, obro‘
-
e’tiboridan faxrlanish hissiyotidan iborat. Milliy g‘urur o‘z millatining chinakam fidoyisi
bo‘lgan har bir insonga xos ichki ruhiy tuyg‘udir... milliy g‘urur har bir kishida o‘z
millatining moddiy, ma’naviy meroslarini o‘zlashtirish, urf
-
odatlari, an’analari,
qadriyatlarini va tarixini mukammal bilish hamda uni o‘zga millatlarniki bilan qiyoslash
natijasida shakllanadi”[5].
2-sinf darsligining 10-betida Mirzo Ulug
‘bek yulduzlari haqida ma’lumot bor.
Keling, tanishib chiqamiz.
Mirzo Ulug
‘
bek yulduzlari
Mirzo Ulug‘bek yoshligidan ko‘p vaqtini kutubxonada o‘tkazar, tinmay kitob oqir
edi. Bu kitoblarni uning bobosi
–
Sohibqiron Amir Temur to
‘plagan edi. Mirzo Ulug‘bek
ayniqsa matematika va astronomiyaga qiziqardi. Shuning uchun yulduzlarni kuzatadigan
inshoot-
rasadxona qurishni orzu qilardi. Mirzo Ulugbek Samarqandda o‘zi orzu qilgan
rasadxonani qurdirdi. Mirzo Ulugbek rasadxonasi o‘sha paytda dunyodagi eng
mukammal asboblar bilan jihozlangan edi. U tuzgan “Yulduzlar jadvali” esa butun
dunyoga mashhur bo
‘
ldi. Bu kitobda tarixda birinchi marta yulduzlarning joylashuvi aniq
ko‘rsatilgan. Bunday ilmiy tadqiqot jahon astronomiya fanining rivojlanishi uchun muhim
ahamiyatga egadir.
Mustahkamlash uchun savollar:
1.
Ulug
‘
bek rasadxonasi qaysi shaharda joylashgan?
2.
Mashhur bo
‘
lish uchun olimga qaysi fanlar yordam berdi?
3.
Mirzo Ulug‘bek ilm
-fan taraqqiyotiga qanday hissa qo
‘
shgan?
4.
Nima deb o‘ylaysiz, qadimgi va bugungi kundagi olimlarning o‘xshash va farqli
jihatlari nimada?
O‘ylab ko‘ring va gaplarni to‘ldiring
Ahmad al-
Farg‘oniy
Bundan 1200-yillar avval yashagan bobomiz Ahmad al-
Farg‘oniy yerdan turib
yulduzlarni o‘rgangan. U bolaligidan kitoblarni sevib o‘qir, bilmaganlarini ustozidan
so‘rab o‘rganar edi. Bag‘dod shahrida ta’lim olgan Ahmad al
-
Farg‘oniy ko‘p vaqtini
Endi men … ekanini bilib oldim.
Endi
men … bilaman.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
2 (2024) / ISSN 2181-3701
120
kutubxonada o‘tkazgan. U yunon va hind olimlarining kitoblarini o‘qigan, ularni arab
tiliga tarjima qilgan va o‘quvchilar uchun sodda tilda sharhlagan. Ahmad al
-
Farg‘oniyning
“Astronomiya asoslari haqida kitob” asari uzoq vaqt davomida jahondagi ko‘plab
universitetlarda astronomiyadan asosiy darslik sifatida o‘qitilgan. O‘zbekistonda Ahmad
al-
Farg‘oniy nomidagi bog‘lar, ko‘chalar mavjud. 861
-yilda Misrda Al-
Farg‘oniy bobomiz
Nil daryosi suvi sathini o‘lchaydigan inshoot barpo etgan. Undagi matematik hisob
-
kitoblar bo‘yicha ishlaydigan suv tarozisi qaysi dehqon qancha yer solig‘i to‘lashini aniq
belgilab bergan. Uni “adolat tarozisi” ham deyishgan. Tarixiy suv tarozisi poyida Ahmad
al-
Farg‘oniyning ulug‘vor va ko‘rkam haykali qad rostlagan [6].
Tayyorgarlik ko‘rib olish uchun quyidagi mazmunda savol va topshiriqlar berilgan:
Bilimli bo‘lishning zarurati nimada? Koinot nimaligini bilasizmi? Koinotni
o‘rganish uchun qanday bilimlarga ega bo‘lish kerak? Nima uchun “Matematika
–
fanlarning shohi” deyiladi? Tungi osmonni ko‘rganingizda yulduzlarni yaqindan tomosha
qilishni orzu qilganmisiz? Matn ostida berilgan savol va topshiriqlar o‘quvchida milliy
g‘ururni rivojlantiradi:
a) Ahmad al-
Farg‘oniydek buyuk olim bo‘lish uchun uning
qanday xislatlari sizda
ham bo‘lishini xohlar edingiz?
b) Ahmad al-
Farg‘oniy yozgan kitoblar dunyo rivojiga qanday hissa qo‘shgan?
d) Misrliklar Ahmad al-
Farg‘oniyni nima sababdan hurmat qilishadi?
Ijodiy faoliyat uchun berilgan quyidagi topshiriqlar esa, o‘quvchida faxrlanish
hissini uyg‘otadi:
O‘ylab ko‘ring
-
chi, “Kimning farzandisiz? Tarbiya bergan ota
-onangizga
rahmat”, “Qaysi maktabda o‘qiysiz, sizga qoyilmiz, ustozingiz yaxshi ekan” degan e’tirofni
eshitgan vaqtingizda sizni qanday tuyg‘u qamrab oladi? Hikoya yuzasidan qilgan
xulosangizni berilgan hikmat bilan bog‘lab ko‘ring.
Sohibqiron Amir Temur
Buyuk Sohibqiron Amir Temur g‘oliblik bayrog‘ini yuksak ko‘tardi. Bu bayroq
ostida buyuk el birlashdi, u barpo etgan ulug‘ saltanatni dunyo tan oldi. Bayroq esa tom
ma’noda mamlakat ramzi, ulug‘vorlik timsoliga aylandi. Jangchilarga jangovar ruh
bag‘ishlash, ularning kayfiyatini ko‘tarish, irodasini chiniqtirish maqsadida jang
maydonlari uzra baland hilpirab turdi. Bayroq eng ishonchli bahodirlar tomonidan
qo‘riqlandi. To‘satdan daydi o‘q kelib tug‘ ko‘targan jangchiga tegsa
-da, bayroq tuproqqa
qorishmadi
–
darhol uning o‘rnini boshqasi egalladi. Bundan maqsad, janggohdagilarga
bayroq ko‘rinmay qolmasin. Sohibqiron bobomiz zamonida bayroqni past tutish yoki
sarbozning qo‘lidan tushib ketishi xosiyatsiz sanalgan. Bayroqning pasaytirilishi
mag‘lubiyat va ortga chekinish ishorasi bo‘lgan.
O‘ylab ko‘ring va savollarga javob bering.
1. Amir Temur qo‘shinlari jangga qanday munosabat bildirganlar?
2. Jang maydonida bayroqning baland hilpirashi jangchilarni qanday ruhlantiradi?
3. Tug‘ ko‘targan jangchining holatini qanday tasavvur qilasiz?
Bu kabi savollarni quyidagicha to‘ldirish o‘quvchida ajdodlar bilan faxrlanish,
milliy g‘urur hissini tuyishga olib keladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
2 (2024) / ISSN 2181-3701
121
Darslikdagi boshqa mavzularda mazkur tuyg‘ularni rivojlantirishga imkoniyat
yartilmagan, bu o‘rinda shuni ta’kidlash mumkinki, akasriyat mavzularni milliy g‘ururni
o‘stirishga yo‘naltirish mumikin, hech bo‘lmaganda bitta savol yoki
topshiriqni shunga
yo‘naltirsa bo‘ladi. Masalan, darslikning 53
-
betidagi “Til va el” mavzusini o‘zbek tilining
naqadar qadimiy va boy til ekani bilan, bu tilda kimlar ijod qilgani, Alisher Navoiy bilan
bog‘lab o‘qitish muhim ahamiyat kasb etadi.
Til
–
millat kuzgusi
Qadim zamonda ozod va abad bir mamlakat bor edi. Bu yerda odamlar baxtiyor
yashar edilar. Kunlarning birida ushbu mamlakatga dushman hujum qilib, uni bosib
olibdi. Dushman askarlari mamlakat saroyini egallagan bo
‘
lsalar ham, odamlarni
o
‘
zlarining qonun-qoidalariga bo
‘
ysundira olishmabdi. Dushmanlar shohining boshi
qotibdi. U tun-u kun qanday qilib bu mamlakat xalqining totuvligiga barham berib, o
‘
z
tomoniga og‘dirib olish haqida o‘
ylay boshlabdi. Bir kuni vazirning aytgan qimmatli
maslahatidan shoh quvonib ketibdi. “Podshohim, bu xalqni jipslashtirib turgan narsa, bu
–
ularning ona tillaridir. Agar biz ularni o‘zimizning tilda gaplashishga o‘rgatsak, ular ona
tillarini unutadilar va hamjihatliklari ham yo‘qoladi”,
–
debdi vazir. Shunda podshoh
farmon chiqarib, o‘z tilidan voz kechgan va begona tilda gaplashadigan fuqarolarga
mukofot, yaxshi ish va imtiyozlar berishni buyuribdi. Shohning va’dalariga uchgan ayrim
odamlar o‘z tillarini unuta boshlashibdi. Natijada xalqning jipsligi va odamlar o‘rtasida
mehr-
oqibat yo‘qolibdi. Shohning sovg‘alariga uchib, o‘z og‘a
-inilarini ham dushmanga
tutib beradigan sotqinlar paydo bo‘libdi. Shu tariqa dushman bu xalqni uzoq yillar
osonlik bilan boshqaribdi. “Agar biror millatni yo‘q qilmoqchi bo‘lsang, avvalo, uning ona
tilini yo‘q qil”,
–
degan ekan o‘shanda dushman shohi [7].
Matnga berilgan savol va topshiriqlarda tilning millat g‘ururi ekaniga urg‘u
berilmaydi: Shohning “Agar biror millatni yo‘q qilmoqchi bo‘lsang, avvalo, uning ona tilini
yo‘q qil” degan
fikrini siz qanday tushundingiz? Tilini unutgan xalq yana nimalarini
yo‘qotadi? Tilimizni unutmaslik uchun nimalar qilishimiz kerak?
Mazkur savollarni
quyidagicha davom ettirib, o‘quvchilarda ona tilidan faxrlanish hissini oshirish mimkin
edi: O‘zbek tilida dunyoning ko‘plab davlatlari gaplashishini istaysizmi? AQSH, Janubiy
Koreya, Yaponiya kabi katta davlatlarda o‘zbek tilini o‘rganishga katta qiziqish bor.
Bu ma’lumot sizga qanday ta’sir qildi?
2012-yilda Sloveniyaning Maribor
shahrida 8 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida
shaxmat boʻyicha Jahon kubogini qoʻlga kiritdi. 2014
-yilda 9 yoshli Nodirbek Toshkentda
xotirasiga bagʻishlangan shaxmat turnirida ikki grossmeysterni
magʻlubiyatga uchratdi.
2015-yil noyabr oyida Yunonistonning Porto-Karas shahrida
bo
ʻ
lib o
ʻ
tgan shaxmat bo
ʻ
yicha o
ʻ
smirlar o
ʻ
rtasidagi jahon chempionatida to
ʻ
rtinchi o
ʻ
rinni
egalladi. 2017-yilning 29-oktyabrida
Chigorin memoriali musobaqasida uchinchi oʻrinni
egalladi. Ushbu turnir davomida 13 yoshli Nodirbek oʻz reytingini 2500 balldan
yuqori
koʻtarib, grossmeyster unvoniga sazovor boʻldi. 2021
-yil sentyabr oyida Abdusattorov
Rossiya shaxmat federatsiyasi tomonidan
“
Yasnaya Polyana
”
muzey-mulkida tashkil
etilgan Lev Tolstoy
nomidagi turnirida ikkinchi oʻrinni egalladi. 2021
-yil 26
–
29-dekabr
kunlari Polshaning Varshava
shahrida boʻlib oʻtgan tezkor shaxmat boʻyicha jahon
chempionatida amaldagi jahon chempionlari
–
magʻlubiyatga uchratdi. 2023
-
yilda Chigorin ramziy klubiga aʼzo boʻlib, klassik
oʻyinda Magnus Carlsenni ortda qoldirdi.
Mazkur matnning ayrim so
‘
zlari o
‘
quvchilarga
qiyinlik qilishi mumkin, ammo uning mazmuni har bir kishida g
‘
urur va iftixor tuyg
‘
usini
rivojlantiradi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
2 (2024) / ISSN 2181-3701
122
Kuzatishlardan
ma
’
lumki,
3
–
4-sinflarda
o
‘
quvchilar
ertak,
multfilm
qahramonlaridan tashqari sport va san
’
at sohasidagi yulduzlarga qiziqa boshlaydi.
O
‘
qituvchi bu qiziqishdan unumli foydlanishi lozim.
Xulosa o
‘
rnida shuni aytish mumkinki, darslikda keltirilgan matnlarga ishlangan
o
‘
quv topshiriqlarini boyitish zarur. M
illat vakillariga bolaligidan milliy g‘ururni,
vatanparvarlikni singdirib boorish muhim ahamiyatga ega. Boshlangich sinf
oquvchilarida “Tarbiya” darslarida muntazam faxr
-iftixor tuyg
‘
ularini rivojlantirishga
e’tibor qaratish zarur, aks holda o‘quvchilarda milliy g‘urur tuyg‘usi yetarli darajada
rivojlanmay qoladi. Unda
milliy g‘urur, faxr, iftixor tuyg‘ularini oshirish bo‘yicha maxsus
topshiriqlar yetishmaydi, to‘ldirish, qo‘shimcha qilish zarurati mavjud.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Мирзиёев Ш. Эркин ва фаровон демократик Ўзбекистон давлатини
биргаликда барпо этамиз. –
T
.: Ўзбекистон, 2016. –
14-
б.
2.
Pirnazarova A. T
arbiya fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni
qo‘llash va unda ta’lim va tarbiyaning uzviyligi: tarbiya fanini o‘qitishda didaktik
o‘yinlar//
Yangi O
ʻ
zbekiston talabalari axborotnomasi 2022. 77-78b.
3.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдлик.
5-
жилд
.
–
Т.: ЎзМЭ, 20
20,
–
150 б.
4.
Xasanova Sh. Tarixiy obidalar bilan tanishtirish jarayonida tarbiyalanuvchilarda
milliy g‘ururni shakllantirish
// International scientific journal volume 1 issue 7 uif-2022:
8.2 | issn: 2181-3337
5.
Mustaqillik: ilmiy-
ommapob lug‘at. –
Toshkent, Sharq. 2006. 125 b.
6.
Tarbiya. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4
-
sinf o‘quvchilari uchun darslik
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan. –
Toshkent
O‘zbekiston, 2020. 12
-b.