Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Categorial features of aspectuality in English and Uzbek
languages
Mukhayyo DAVLATOVA
Bukhara State Medical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2024
Received in revised form
10 January 2024
Accepted 25 February 2024
Available online
25 May 2024
In the course of our study, we paid special attention to the
category of aspectuality and, first of all, tried to determine
whether there is a morphological category of verb types in
English and Uzbek. In the study of verb meaning, the intended
goal can be achieved only by addressing not only grammatically
formed categorical units, but also all linguistic means
expressing aspectuality. This is why specific theories and
approaches of aspectuality have emerged, based on the
composition of a particular language.
2181-3663
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss2-pp336-341
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
aspectuality,
component,
field,
syntactic unit,
action,
action type,
morphological forms,
semantics,
semantic field,
differential differentiation.
Ingliz va o‘zbek tillarida aspektuallikni kategorial
xususiyatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
aspektuallik,
komponent,
maydon,
sintaktik birlik,
harakat,
harakat turi,
morfologik shakllar,
semantika,
semantik maydon,
differensial farqlanish.
Bu tadqiqotimiz davomida aspektuallik kategoriyasiga
alohida e’tibor qaratib, eng avvalo ingliz va o‘zbek tillaridada
fe’l turlarining morfologik kategoriyasi mavjud yoki mavjud
emasligini aniqlashga harakat qildik. Fe’lning tusga oid
ma’nolarini tadqiq qilishda nafaqat grammatik shakllangan
kategorial birliklar, balki aspektuallikni ifodalovchi barcha
lisoniy vositalarga murojaat qilish orqaligina mo‘ljallangan
maqsadga erishish mumkin. Shuning uchun ham ma’lum til
tarkibidan kelib chiqqan holda o‘ziga xos aspektuallik
nazariyalari, yondashuvlar yuzaga keldi.
1
Head of the English Department, Associate Professor, Bukhara State Medical Institute. E-mail: hasanovnamuxa@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
2 (2024) / ISSN 2181-3701
337
Категориальные признаки аспектуальности в английском
и узбекском языках
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
аспектуальность,
компонент,
поле,
синтаксическая единица,
действие,
тип действия,
морфологические формы,
семантика,
семантическое поле,
дифференциальная
дифференциация.
В ходе нашего исследования мы уделили особое
внимание категории аспектуальности и, прежде всего,
постарались определить, существует ли морфологическая
категория типов глаголов в английском и узбекском
языках. При исследовании значения глагола достичь
намеченной цели можно, лишь обращаясь не только к
грамматически образованным категориальным единицам,
но и ко всем языковым средствам, выражающим
аспектуальность. Именно поэтому возникли конкретные
теории и подходы аспектуальности, основанные на составе
определенного языка.
KIRISH
Aspektuallik nazariyasi keyingi yillarda jahon tillarida dolzarb ahamiyat kasb
etmoqda. Chunki aspektuallik barcha tillarga xos universal hodisa ekanligi tan olingan.
Har bir tilda harakatning zamonda rivojlanish va vaqt kesimida taqsimlanish xarakterini
ifodalovchi vositalar mavjud (A.V. Bondarko; 1983, 76). Aspektuallik maydonining asosiy
komponentlari orasida, eng avvalo, fe’lning tus (vid) grammatik kategoriyasi ko‘rsatiladi.
Bunda mazkur kategoriya bir xil mazmunga ega bo‘lgan morfologik shakllar qatorini
birlashtiruvchi sistema sifatida tushuniladi. Keyin ushbu komponentlarda chala
grammatikalashgan turlar; harakatning boshlanishini anglatuvchi fe’lli birikmalar;
qo‘shimcha aspektuallik funksiyasiga ega sintaktik vositalar; holga taalluqli leksik
belgilar, masalan: uzoq, darhol, doimo, sekin, birdaniga, tez-tez va hokazolar kiritiladi.
Ayni paytda aspektuallik maydoni tarkibini aniqlashda har bir konkret tilda aspektual
komponentlarning qaysilari hal qiluvchi o‘rin tutishiga, mazkur tilda aspektual
vositalarni o‘z atrofiga birlashtiruvchi asosiy kategoriyaning belgilanishiga, umuman,
aspektuallik maydonida aspektual ma’nolarni anglatuvchi eng muhim til vositalarga
muhim ahamiyat qaratilmoqda.
TADQIQOTNING USULLARI
Aspektual ma’nolar tadqiqida zamon kategoriyasi
ish-harakatning tashqi xossasini
voqea-
hodisani aniq vaqt kesimida sodir bo‘lish jarayoni bilan bog‘liq tarzda o‘rganadi.
Dissertatsiyada “aksionallik” atamasini aspektual sinflar (chegaralanganlik
/
chegaralanmaganlik) tasnifi (Yu.Maslov; 1984, 28
–
29. Yu.S. Maslov; 2004, 312. B. Rizaev,
1988/1999. G‘.
Mirsanov, 2009) hamda “harakat tarzi” (rus tilida “sposobi deystviya”
nemis va ingliz tillarida Aktionsart) ning leksik-grammatik va, shuningdek, semantik
kombinatsiyasi (I. Ivanova, 1961; Ye.V. Petruxina, 2000) natijasida yuzaga keladigan
aspektual ma’nolarni guruhlashga nisbatan qo‘llaymiz. Aspektuallik esa keltirilgan
tushunchalar bilan bir qatorda, grammatik tus kategoriyasi, aksionallik hamda
aksionsartning umumlashgan atamasi sanaladi. Shuning uchun ham aspektuallik o‘ziga
xos sathlarni qamrab olgan. Jumladan, aspekt grammatik sath hisoblanib, morfologik
belgilar asosida tugallanganlik va tugallanmaganlik qarama-
qarshi qo‘yiladi; aksionallik –
fe’lning leksik
-
semantik ma’nosiga ko‘ra chegaralangan/chegaralanmagan guruhlarga
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
2 (2024) / ISSN 2181-3701
338
ajratiladi; harakat tarzi (g‘arbda aksionsart, rus tilida esa sposobы deystviya atamalari
bilan ma’lum) –
predikatning leksik-semantik xususiyatlariga asoslanib tasniflanishi;
sintaktik aspektuallik
–
faza fe’llarining boshqa til birliklari bilan modifikatsiyalanishi
orqali harakatning boshlanishi, davomiyligi, tugallanganligi belgilanadi. Mazkur
sathlardan aksionsart tasnifi eng munozaralilardan biri bo‘lib qolmoqda. Ta’kidlab o‘tish
joizki, o‘zbek tilshunosligida harakat tarzi atamasi umuman boshqa mazmunda talqin
qilinadi. Xususan, yetakchi va ko‘makchi fe’lli analitik shakllar harakat tarzi sifatida
tadqiq etilgan ishlar ham mavjud (O. Shukurov, 2005). Shuning uchun ham keyingi
o‘rinlarda g‘arb tilshunosligida qabul qilingan aksionsart atamasidan foydalanishni joiz
deb topdik. Ingliz aspektologiyasida aksionsart tahlili asosan Z. Vendler amalga oshirgan
tasnifga tayanadi.
Z.
Vendler tasnifi ayni paytda fe’l aspekt turini belgilash imkoniyatini ham beradi:
holatni va faoliyatni ifodalovchi fe’llar imperfektiv, ish
-harakatni, natijani ifodalovchi
fe’llar esa perfektiv turlardir.
Z. Vendler tasnifining boshqa tasniflardan farqli
xususiyatlarining biri shundaki, fe’lning perfektiv yoki imperfektiv bo‘lishligi uchun ish
-
harakatning ichki (bajarilishi) yoki tashqi (erishiladigan natijasi) chegarasi bo‘lishligi
yoki bo‘lmasligi (faoliyat
–
holat) kerak (Z. Vendler; 1967, 143
–
160).
Bu o‘z mohiyati
bilan rus lingvistikasida shakllangan fe’lning tus xarakteristikasiga oid
tushunchalarga
o‘xshab ketadi. Ikkinchi tomoni esa, fe’l ifodalagan ish
- harakatning davomiyligi yoki bir
zumda sodir bo‘lishi hisoblanadi. Z.Vendler konsepsiyasini tadqiq qilgan olimlar gapning
perfektivligi yoki imperfektivligini ifodalovchi qator vositalar tizimini ilgari suradilar
(W. Croft; 2012, 49. B. Kortman; 1991, 27. C.S. Smith; 2003, 47). Bu vositalarni gapning
strukturasiga, sub’ekt miqdoriga, to‘ldiruvchi va hollarning turlariga bog‘liq ekanligini
ta’kidlaydilar. Bunday konsepsiyada aspektual ma’no fe’l va uning atrofidagi
komponentlarda aniqlanadi va fe’l tusini qat’iy grammatik kategoriya sifatida belgilashga
zaruriyat tug‘ilmaydi.
NATIJALAR
Aspektuallik maydonining tarkibi har bir konkret tilda aspektual
komponentlarning qaysi biri asosiy o‘rin tutishi, xususan, bu tilda tus kategoriyasining
grammatik jihatdan rasmiylashtirilganiga bog‘liq. Aspektologiya doirasida aspektual
xususiyatlar faqatgina fe’l leksemasi bilan emas, balki predikativli yadroga ega bo‘lgan
vaziyat bilan bog‘liq hisoblanadi. Bu borada aspektual ma’nolarning grammatik va leksik
ko‘rsatkichlariga qarab “aspektual fraza” va “aksional fraza” doirasida semantik belgilar
farqlanadi (B.
Rizaev, 1988). Bu o‘rinda “aspektual fraza” zamirida harakat
dinamikasining boshlang‘ich, o‘rta, yakuniy fazalarini ifodalovchi barcha til vositalar
nazarda tutilsa, “aksional fraza” tushunchasida fe’l predikatsiyasi orqali voqealanuvchi
minimal fraza asosida yotadigan chegaralanganlik va chegaralanmaganlik aniqlanadi
(B.
Rizaev, 1988. G‘.
Mirsanov, 2009). Aspektuallik tahlili g‘arbda keng tarqalgan
nazariyalardan biri M.
Krifkaning xomomorfizm (homomorphism) “obyektdan voqelikka”
qarashlariga asoslangan bo‘lib, aspektual ma’nolarni aniqlashda ob’ekt (ega, to‘ldiruvchi,
hol) ning sifati, miqdori, o‘lchov birligiga e’tibor qaratiladi (M.
Krifika; 2001, 31). Mazkur
yondashuv “ aspektual kompazitsionallik” atamasi bilan ham yuritiladi.
Aspektual semantik maydon turli dinamik vaziyatlarni (fe’l leksemasining “ichki
vaqt ko‘rsatkichi”) tasvirlash usuli sifatida talqin etiladi. Aspekt va predikatning semantik
(aspektual) turi esa aspekt va “harakatning bajarilishi” hisoblanadi. Ye.Paducheva rus va
ingliz tilidagi aspektual predikatlarning davomli vaziyatlarini tipologik tasniflash va
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
2 (2024) / ISSN 2181-3701
339
kognitiv nuqtai-nazardan tahlil etish jarayonida ularni ikki katta turga ajratadi: TAShQI
“perioda nablyudeniya” (kuzatish davri) tushunchasi va IChKI “lineynaya struktura
situatsii” (vaziyatning tizimli struktarasi) (Ye.V.
Paducheva; 2004, 46-
57). O‘z navbatida,
muallif vaziyatning tizimli strukturasi asosiy ko‘rsatkichlari sifatida prospektiv,
progressiv, rezultativ, kompletiv, punktiv, limitativ kabi turlarni keltiradi. Muallifning
ta’kidlashicha, perfekt “kuchsizlangan” rezultativ hisoblanib, uning asosiy semantik
rivojlanishini immediant (zudlik), eksperiensial (tajribaga oid) va evidinsial (aniqlik)
perfektlar tashkil etadi. Muallif, shuningdek, aspektni chegaralanmagan jarayon asosida
“birlamchi” va “ikkilamchi” kabi turlarga ajratadi. Birlamchi turni ichki fazani
anglatadigan durativlik
(vaqt oralig‘idagi davomiylik)
va progressivlik (jadallik) tashkil
etsa, ikkilamchi aspekt xabitualis (odatiylik, takroriylik, shaxs harakatiga xos xususiyatni
ifodalaydi) multiplikativlik
(ko‘paytma)
jarayonlaridan iborat (Ye.V. Paducheva; 1996,
23). Ye.V.
Paducheva tomonidan ajratilgan taksonomik sinflar (ob’ekt, ob’ekt va
substansiya, hodisa, jarayon, faoliyat, holat) (Ye.V. Paducheva; 2004, 54) ontologik
kategoriya atamasini oladi.
Aspekt ma’nolari tadqiqi bilan shug‘ullanadigan tilshunoslarda fe’l birliklarini
stativ va dinamik guruhlarga ajratish odat tusiga kirgan. Umumiy planda fe’llarni statik
va dinamik guruhlarga ajratishda bir xil uslubga tayaniladi. Bu hol turli tillardagi fe’l
sistemasini qiyosan tahlil qilganda kerakli natijani bermasligi mumkin. Chunki ba’zi
tillarda holatni va holatga kirishishni anglatuvchi fe’llar alohida leksemalar bo‘lsa (ingliz,
rus tillari), boshqa tillarda ushbu ikki xil ma’no bir leksemada mujassam bo‘ladi (o‘zbek
tili). Holat va holatga kirishish ko‘makchi fe’l yoki kontekst doirasida farqlanadi. Ingliz
aspektologi B.
Komri fe’llarni leksik imkoniyatlariga qarab punktual (durativ,
chegaralangan/chegaralanmagan (telic/atelic)), statik va dinamik kabi guruhlarga
ajratadi (B.Comrie; 1976, 41).
B.Kortman ingliz tili fe’l tizimi tahliliga TAA (tense
-aspect-aktionsart) uchligini
tatbiq etadi. Mazkur uchlikning bosh maqsadi aspekt hamda zamon va aspekt hamda
aksionsart o‘rtasidagi chegarani aniqlash sanaladi. Aspekt vaziyat bilan aloqador bo‘lgan
statik yoki dinamik, tugallanganlik yoki tugallanmaganlik, ya’ni yakunlangan vaziyat yoki
berilgan vaqt jarayonida davom etayotgan, “mavjud” vaziyat sifatida tasvirlanadi
(B.Kortmann, 1985). Aksionsart esa fe’l va predikat semantikasiga taal
l
uqli bo‘lib, vaqt
imkoniyatlariga aloqador semantika hisoblanadi. Shuning uchun ham aksionsart
predikatlari kompozitsional sanaladi, ya’ni aksionsart butun gap, ba’zan esa ergashgan
qo‘shma gaplarning pragmatik xususiyati sifatida ham qaraladi (Verkuyl, 1972. Declerck;
1979, 764. Brinton; 1988, 31). Aspektuallik borasidagi tadqiqotlar tor morfologik
kategoriyadan boshlanib, sathlararo darajaga ko‘tarildi va o‘z ichiga morfologiya, leksika
va sintaksisni qamrab oldi. Bu kabi kengayish jarayoni aspektual dinamika
terminologiyasining taraqqiyotida aks eta boshladi. Natijada vid (tus), harakat tarzi,
aspektuallik, aspect, actionsart, chegaralanganlik, chegaralanmaganlik, inxoativlik
(boshlanish), iterativlik (takroriylik), progressivlik, intensivlik, perfekt, rezultativlik va
boshqa ko‘plab atamalar yuzaga keldi.
MUHOKAMA
Fe’l semantikasi tilda mavjud bo‘lgan barcha vositalar bilan sintaktik
-semantik
munosabatda bo‘ladi. Fe’lni o‘rab turgan barcha so‘zlar va sintaktik vositalar fe’l
leksemasining reallikdagi ma’nolarini ochib beradi. T.Layfrink ta’kidlab o‘tganidek,
alohida so‘z tirik, tabiiy tilda alohida ajralgan holda kelmaydi, balki matndagi boshqa
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
2 (2024) / ISSN 2181-3701
340
biror so‘z bilan munosabatda qo‘llaniladi (T.
Laifrink; 1972, 8). Albatta, har bir leksik
birlikning sintaktik sathda kategorial ma’nolari o‘zgaradi, leksik
-
semantik ma’nolar
boyiydi. So‘z va gaplarning nutqdagi sintagmatik differensial farqlanuvchi belgilari oshib
boradi. Tildagi ushbu differensial belgilarning, semantik-
sintaktik ma’nolarning
o‘zgarishi, fe’llarning qo‘llanilishiga bog‘liq hisoblanadi. Bizga ma’lumki, fe’l semantikasi
boshqa leksik grammatik sinflarga qaraganda, gapda, nutqda sintagmatik bog‘lanishi
samaraliroq
bo‘lishi bilan bir qatorda, gap semantikasining boshqarilishiga, ma’nolar
mazmunining o‘zgarishiga olib keladi. Fe’llarning leksik
-semantik maydoni xilma-xil
sintaktik shakl yasalishi, gap semantikasining turli-
tumanliligi bilan boshqa so‘z
turkumlaridan ajralib turadi. Fe’llar leksik
-semantikasining tahlili polisemantik
masalalarni ochib berishda, semantik-sintaktik maydondagi strukturaviy komponentlar
o‘rtasidagi aloqalarni aniqlashda muhim o‘rin tutadi. Taniqli o‘zbek tilshunos olimlari
R. Rasulov, S.
Muxamedovalar ham maqolalaridan birida so‘z ma’nosi xususida o‘z
fikrlarini bildirib o‘tishadi: “So‘zning ma’nosi, ma’no tarkibi mantiqiy bo‘laklardan tashkil
topadi. So‘zning ma’no tuzilishini o‘rganish, so‘z ma’nosining
mantiqiy bo‘laklarini
aniqlash, tarkibiy qismlarning xillarini belgilash, har bir semaning ma’no (sema)
tarkibidagi o‘rni, ahamiyatini yoritish, boshqa semalarga bo‘lgan munosabatini ochish
ma’nolar orasidagi mantiqiy aloqani topishdir. Shunga ko‘ra
,
so‘zlarning o‘zaro
paradigmatik
va sintagmatik munosobatlarga kirishish, so‘zlar qatorini tuzish,
paradigmatik munosabatdagi so‘zlarni bir
-biridan farqlab turuvchi semalarni aniqlash,
topish imkonini beradi (R. Rasulov, S. Muxamedova; 2002, 26-
29). Ma’lumki, so‘z til
birligi hisoblanadi. So‘zning leksik ma’nosi uning predmet
munosabatida ham aniqlanadi.
So‘zlarning predmet munosabatini aniqlashda ularni ma’no mazmuniga qarab biror
guruhga biriktirish mumkin
. Bu kabi guruhlash so‘zlardagi ma’nolarning qarama
-qarshi
xususiyatlari, predmet munosabatini aniqlash, ularning biror grammatik sinfga
tegishliligini, material (harakat, tovush harakati, harakat usuli va boshqalar) shaklini
aniqlashga yordam beradi. Jumladan, fe’lning tuzilishi ma’nolar mazmunini o‘rganish,
nutq vaziyatida voqelanishini ochib berishga ko‘maklashadi. Bu, o‘z navbatida, fe’lning
aspektual ma’nolarini yoritishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
XULOSA
Aspektual masalalarni hal etishda keyingi paytda tilshunoslar predikatlarning
semantik tasnifiga keng
e’tibor qaratishmoqda. Chunki predikatlarning turli
-tumanligi
ularning zamon va aspekt ko‘rsatkichlari bilan birikishi natijasida hosil bo‘ladi. Aspektual
ma’nolarning turli sathlarda (grammatik kategoriya sifatida, leksik kategoriya, maydon
nazariyasi, xususan funksional-semantik maydon) tadqiq etilishi, har xil tasniflarga
ajratilishi (leksik guruhlash, leksik-semantik guruhlash, leksik-grammatik guruhlash
(harakat tarzi)) barcha tillarda bir xilda masala mohiyatini ochib bera olmasligi ko‘zga
tashlandi. Albatta, keltirilgan tadqiqot yo‘nalishlari biror til doirasida olib borilishi
aniqroq ko‘zga tashlansa, boshqa til strukturasiga mazkur yondashuv mos kelmasligi
ehtimoli kuchliroq ko‘zga tashlandi. Keyingi davrda aspektual tadqiqotlar kognitiv sathda
(R. Langacker, 1999, T.V.
Beloshapkova, 2008. G‘.Mirsanov, 2009), diskursda (M.
Bittner,
2007), pragmatik doirada (G‘.
Mirsanov, 2020) olib borilmoqda. Kognitiv nuqtai
nazardan aspektuallikning konseptual asoslari, freym turlari, aspektuallikning prototip
asoslariga aniqlik kiritilayotgan bo‘lsa, diskursda aspektual mazmun ifodasiga e’tibor
qaratilmoqda. Pragmatik jihatdan referensial birliklar aspektual semantikasining
muloqot jarayoniga ta’siri va shu jarayonda aspektual mazmun ifodalari aniqlanmoqda.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
2 (2024) / ISSN 2181-3701
341
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Brosig B. Depictives and resultatives in modern khalkh Mongolian // Hokkaidō
Gengo bunka kenkyū.2009.
No. 7.
–
P. 71
–
101.
2.
Bybee J. L., R. Perkins, W. Pagliuca.Theevolution of grammar: Tense, aspect and
modality in the languages ofthe world.
–
Chicago: The U. of Chicago Press, 1994. Carrier J.,
RandallJ.H., The Argument Structure and Syntactic Structure of Resultatives //Linguistic
Inquiry 23, 1992.
–
R. 173-234.
3.
Goldberg A.Constructions: A Construction Grammar Approach to Argument
Structure. L.
–
Chicago: The University of ChicagoPress, 1995.
–
265 p.Davlatova, M. H.
Relation of lexical-semantic structure of verbs in the linguistic essence. IEJRD-
International Multidisciplinary Journal, 6(5).
4.
Rizaev B. X. K probleme limitativno neytraln
ы
x glagolov sovremennogo
nemeskogo yaz
ы
ka. // Lingvisticheskie issledovaniya: Aspekt
ы
grammaticheskogo
analiza.
–
M., 1990.
–
S. 131-140.
5.
Sayfullaeva R. R., Mengliev B.R., Boqieva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z. H.,
Abuzalova M. Q. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –
T.: Fan va texnologiya, 2010.
–
404 b.
6.
Safarov Sh. Pragmalingvistika.
–
T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi», 2008. –
286 b.
7.
Safarov Sh. Semantika.
–
T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi», 2013. –
341 b.
8.
Sichinava D. V. Svyaz mejdu formoy i semantikoy perfekta: odna neizuchennaya
zakonomernost // A. V. Bondarko i dr. (red.). Dinamicheskie modeli: Slovo. Predlojenie. Tekst.
Sb. statey v chest Ye. V. Paduchevoy. M.: Yazыki slavyanskix kultur, 2008. –
S. 711
–
749.
9.
Suleymanova N. J., Lokativ kategoriyasining sintaktik semantik va deyktik
xususiyatlari.
Filol.bo‘yich falsafa fan.dok.diss.avtoreferati. T., 2018. 21b.
10.
Hasanovna, D. M. (2021). Linguistic and cognitive features of performing
effective actions. World Bulletin of Social Sciences, 3(10), 41-44.
11.
Davlatova, M. X. (2018). RABOTA NAD VIDEOTEKSTOM NA ZANYaTIYaX
ANGLIYSKOGO YaZ
Ы
KA. Teoriya i praktika sovremennoy nauki, (4), 242-246.
12.
Davlatova, M. (2020). ASPECTUAL AND LEXICO-SEMANTIC CLASSIFICATION
OF VERBS. So‘z san’ati xalqaro jurnali, 1.
13.
Hasanovna, D. M. (2021). DIFFERENT ASPECTS OF RESULTATIVE
STRUCTURES ACCORDING TO THEIR LINGUISTIC ESSENCE. Academicia Globe:
Inderscience Research, 2(05), 475-479.
14.
Hasanovna, D. M. (2022). Aspectual and lexical-semantic classification of verbs.
JournalNX-A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal, 8(2), 116-121.
15.
Shadmanov, K. B., Davlatova, M. H., Ostonova, S. N., & Radjabova, A. T. (2020).
ENGLISH RENAISSANCE: TRANSFORMATION OF 61 PHILOSOPHY UNDERSTANDING AS
A FACTOR OF INFORMATION CULTURE DEVELOPMENT OF THE EPOCH. Cross-Cultural
Studies: Education and Science, 5(1), 61-67.
16.
Davlatova, M. X. Rabota nad videotekstam na zanyatiyax Angliyskogo yaz
ы
ka.
Teoriya i praktika sovremennoy nauki, 242-246.
