Авторы

  • Феруза Исокова
    Базовый докторант, Термезский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67072

Ключевые слова:

заимствованные слова политический дискурс холокост фракционное собрание праймериз предвыборная гонка

Аннотация

В данной статье основное внимание уделяется контексту и семантическим аспектам использования английских заимствований в узбекском политическом дискурсе. Каждый английский политический термин иллюстрируется примерами. Особое внимание посвящено контекстам употребления, исторической этимологии и этнолингвистическим аспектам таких заимствованных слов, как «холокост», «марафон партийных собраний» и «праймериз».


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

On the use of English borrowings in Uzbek political
discourse

Feruza ISOKOVA

1


Termez State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2024
Received in revised form

10 January 2024
Accepted 25 February 2024

Available online

25 May 2024

This article focuses on the context and semantic aspects of

the use of English loanwords in Uzbek political discourse. Each
English political term is explained with the help of examples.

Special consideration is given to the contexts of use, historical

etymology, and ethnolinguistic aspects of such loanwords as

holocaust, caucus marathon, and primaries in English political
discourse.

2181-3663

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss2-pp276-281

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

loan words,

political discourse,
holocaust,

caucus,

primaries,

caucus race.

O‘zbek siyosiy diskursida ingliz o‘zlashmalarining

ishlatilishi xususida

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

o‘zlashma so‘zlar,

siyosiy diskurs,

holokost,

kokus,

praymeriz,

kokus marafoni.

Ushbu maqolada o‘zbek siyosiy diskursida qo‘llanilib

kelayotgan ingliz o‘zlashma so‘zlarining qo‘llanilishi konteksi va

semantik jihatiga e’tibor qaratiladi.

Har bir ingliz siyosiy

o‘zlashmalarini misollar yordamida yoritib beriladi. Holokast,

kokus marafoni va praymeriz kabi o

zlashmalarning ishlatilish

kontekstlari, ayrim tarixiy etimologiyasi va etnolingvistik

jihatidan ingliz siyosiy diskursida o

rni xususida alohida fikr

yuritiladi.

1

Doctoral Student, Termez State University. E-mail: fur.isokova@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

2 (2024) / ISSN 2181-3701

277

Об

использовании

английских

заимствований

в узбекском политическом дискурсе

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

заимствованные слова,
политический дискурс,

холокост,

фракционное собрание,
праймериз,

предвыборная гонка.

В данной статье основное внимание уделяется

контексту и семантическим аспектам использования

английских заимствований в узбекском политическом

дискурсе. Каждый английский политический термин

иллюстрируется примерами. Особое внимание посвящено
контекстам употребления, исторической этимологии и
этнолингвистическим аспектам таких заимствованных

слов, как «холокост», «марафон партийных собраний» и

«праймериз».


KIRISH

Har bir tilda uchratishimiz mumkin bo‘lgan unversaliya hodisalaridan biri unda

o‘zlashma so‘zlarning mavjudligidir. Tilning ichki imkoniyatlari soʻ

z o

ʻ

zlashtirishni talab

qilishi birinchi omili bo‘lsa, boshqa omillar ham tilshunoslar tomonidan o‘rganilmoqda.
Shunga ko‘ra o‘zlashma, ekzotizm, varvarizm, kalka kabi atamalar farqlanadi

[3, 4].

Til lug‘at boyligini yanada oshirish va turli til egalari o‘rtasida muloqotni amalga oshirish
uchun o‘zlashma so‘zlarning ahamiyati beqiyosdir.

O‘zlashma so‘zlar ba’zan donor tildan kelgan so‘zlar sifatida qaraladi va bu asosan

ma’lum bir tilda adekvati mavjud bo‘lmagan, lingvokulturologik va etnolingvistik
xarakterga ega bo‘lgan so‘zlar uchun qo‘llaniladi.

Bizning fikrimizcha, tilda mavjud o‘zlashmalarni o‘zlashma qatlam tarkibidan o‘rin

olishi uch xil uslubda amalga oshirilgan. Bular:

1.

Adekvati mavjud bo‘lmagan va bitta so‘z bilan ifodalab bo‘lmaganda;

2.

Tilga zamonaviylik kiritish maqsadida ommalashib ketganda;

3.

Kommunikatsiya, bir-

birini tushunish jarayoni oson kechishi uchun qo‘llaniladi.

Bugungi kunda har uchchala holatlar ham yaqqol ko‘zga tashlanadi va

lingvistik

nuqtai nazardan o‘zlashmalarning ishlatilishi va ma’nolari ko‘rib chiqilib, munosabat,

tahlillar bildirilishi zarur.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ingliz tilidan olingan so‘zlar turli tillarda, jumladan o‘zbek tilida, ayniqsa siyosat,

texnologiya va biznes kabi sohalarda keng tarqalgan. Lingvistik evolyutsiyaning dinamik

manzarasida oʻzbek tiliga ingliz tilidan soʻz oʻzlashtirish hodisasi, ayniqsa, siyosat
sohasida koʻzga tashlanadigan xususiyat sifatida namoyon boʻldi. Ushbu til almashinuvi

globallashuv va texnologik taraqqiyot bilan bog

‘liq bo‘lgan leksik oʻzlashmaning kengroq

tendensiyasini aks ettiradi, bu esa madaniyatlararo o‘zaro ta’sir va axborot
almashinuvining misli ko‘rilmagan darajalarini osonlashtirdi. Ingliz tilining oshib
borayotgan ta’siri uning diplomatiya, tijorat va texnologiya kabi turli sohalarda
qo‘llaniladigan global lingua

-franka maqomidan kelib chiqadi.

O‘zbekiston boshqa ko‘plab davlatlar qatori xalqaro hamjamiyat bilan yanada

kengroq aloqada bo‘lar ekan, ingliz atamalari lug‘atga kirib, muloqotning turli sohalariga,

jumladan, siyosiy nutqqa ham kirib bormoqda. O‘zbekiston siyosati kontekstida ingliz

tilidan o

‘zlashgan so‘zlarning ortishi nafaqat tillararo aloqalarini, balki chuqurroq


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

2 (2024) / ISSN 2181-3701

278

ijtimoiy-

siyosiy o‘zgarishlarni anglatuvchi tushunchlalarni ifodalash uchun ham xizmat

qiladi. Turli xorijiy tillarga mansub leksik birliklarning o‘zlashtirilishi O‘zbekistonning

o‘zaro bog‘liqlik, fikr almashish bilan ajralib turadigan globallashgan dunyo tartibiga

integratsiyalashuvini aks ettiradi.

O‘zbek siyosiy nutqidagi ingliz tilidan olingan so‘zlarning murakkab tomonlariga

chuqurroq kirib borar ekanmiz, til hodisalari alohida hodisa emas, balki kengroq ijtimoiy-

madaniy dinamikaning ko‘rinishlari ekanligi ayon bo‘ladi. Tilni oʻzlashtirishning nozik

jihatlarini tushunish mamlakatda va undan tashqarida siyosiy muloqot, oʻzlikni

shakllantirish va jamiyatdagi oʻzgarishlarning rivojlanish tabiati haqida bebaho

tushunchalarni beradi. Shunday qilib, o‘zbek siyosiy nutqida ingliz tilidan olingan

so‘zlarning xususiyatlari va ta’sirini o‘rganish til, kuch va ijtimoiy o‘zgarishlar o‘rtasidagi

murakkab o‘zaro ta’sirga bir oyna ochadi.

O‘zlashma so‘zlar iqtisodiy, ijtimoiy

-tarixiy voqealar, siyosiy, madaniy aloqalar,

bugungi kunda ommalashayotgan turizm, virtual turizm jarayonlari natijasida ham tilda

paydo bo‘ladi va bo‘lmoqda.

O‘zlashma so‘zlar dastlabki davrda neologizm xarakterida bo‘lsada, keyinchalik

asta-

sekin qabul qiluvchi til qonuniyatlariga bo‘ysunishi, xuddi o‘z so‘zdek tabiiy va aniq

bo‘lishi (

sammit

), fonetik qayta shakllanishi (

department -departament

), grammatik

(morfologik yoki sintaktik) moslasuvi (

PR -piar

), so‘z yasash tizimida faol ishtirok etishi

(

traktorchi

), takror-

takror qo‘llanilish

tufayli uning yot elementligi sezilmay qoladi [3].

Quyida XXI asr siyosiy diskursiga doir ayrim ingliz tili o‘zlashmalarining

qo‘llanilishini ko‘rib chiqamiz:

Braziliya prezidenti G

azodagi voqealarni holokostga

tenglashtirdi

[5].

Ijtimoiy-siyosiy mazmundagi matnlar tarjimasiga yoki xalqaro maydonda sodir

bo’layotgan voqea

-hosdisalarga taalluqli eng xarakterli hodisalardan biri bu ekvivalent

bo‘lmagan lug‘atdir. Ingliz tilida bir qator leksik birliklar mavjud bo‘

lib, ular o

zbek

tilining lug

atiga mos kelmaydi. Bunday holatlarda axborot beruvchi muqobilsiz inglizcha

so‘zning harf tarkibini tarjima qilinayotgan yoki o‘zlashtirayotgan til imkoniyatiga

moslashtirish orqali transliteratsiya qiladi. Ingliz tiliga xos nomlar, geografik nomlar,

kemalar, samolyotlar, gazetalar, jurnallar, kompaniyalar nomlari, shuningdek, ayrim

neologizmlarni tarjima qilishda transliteratsiya va transkripsiya usullaridan

foydalaniladi. “Holokost ” so‘zi ham neologizm xarakteriga ega bo‘lgan va hodisa nomi

bo‘lib, o‘z ekvivalentiga ega emasligi uchun transkripsiya qilingan holda qo‘llanilgan:

ὁλοκαύστος

holocaust

holokost.

Holokost

(inglizcha:

holocaust

, qadimgi yunoncha:

ὁλοκαύστος

“qurbonlik“):

1.qisqa maʼnosi –

Ikkinchi jahon urushi vaqtida Germaniyada, uning ittifoqdoshlarini va

bostirib olgan hududlarda yashagan yahudiylarni

taʼqib qilganlar va ularni qirib

tashlaganlar; Natsional sotsializm Germaniyadagi Yevropa yahudiylarini

taʼqib va yoʻq

qilish va 1933

1945-yillardagi kollaboratsionizm. Usmoniylar imperiyasidagi armanlar

genotsidi bilan XX asrdagi eng belgili genotsidlardan biri. 2.

toʻliq maʼnosi

natsistlik

Germaniyada natsistlar tomonidan boshqa etnik va ijtimoiy guruhlarni taʼqib va yoʻq

qilganlar (sovet harbiy asirlari, polyaklar, yahudiylar,

loʻlilar,

gomoseksual erkaklar,

masonlar, kasal va nogironlarni va boshqalarni) [6].

Umuman olganda, berilgan har ikki xil ma’nosida ham qirib tashlash, genotsidni

amalga oshirish maqsadi yotadi. Bir qarashda ushbu so‘zni berilgan maqolada ko‘rib, bu

tilimizga kirib kelgan o‘z muqobiliga ega emas neologizm deb talqin qilgandik. Biroq

vikipediya ma’lumotiga ko‘ra, bu so‘z o‘zbek tilida XX asrdan boshlab qo‘llanila boshlandi,

ammo bu so‘z kamdan

-

kam o‘zbek tilida uchraydi [6] kabi ma’lumot mavjud.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

2 (2024) / ISSN 2181-3701

279

Ingliz tilining Kembrij onlayn lug

‘atida shunday ta’rif beriladi:

“Holocaust –

a very

large amount of destruction, especially by fire or heat, or the killing of very large

numbers of people” [7]. Mazkur leksikografik manbada so‘z ma’nosini oydinlashtirish

uchun “The Holocaust –

the killing of milions of Jews and others by the Nazis before and

during the Second world war” sharhi ham keltirilgan [7].

Kembrij lug‘atidan ushbu so‘zning izohiga e’tibor berganimizda, eng biririnchi

ma’noda katta hajmdagi olov va issiqlik orqali vayronagarchilikni, yoki juda ko‘plab

kishilarni o‘ldirish ma’nosini ifodalaydi. Ammo keyingi o‘rinlarda ifodalangan izohiga

ko‘ra, ikkinchi jahon urushi davomida va oldin natsistlar tomonidan millionlab

yahudiylarni va boshqalarni o‘ldirish hodisasi nazarda tutilgan.

This was the single massacre of Jews since the Holocaust, which deeply shocked Jews

and many others around the world. The context of the Hamas attack on Israelis, however,

is completely differrent from the context of the attack on Jews during Holocaust. And

without the historical context of Israeli settler colonialism since the 1948 Nakba, we cannot

explain how we got here, nor imagine different futures; Biden offered us, instead, the

decontextualized image of “pure”, unadultterated evil”

[8]

.

On Thursday, the UN General Assembly said it

“rejects

and condemns without any

reservation any denial of The Holocaust as a historical event, either in full or in

part”

[9].

Yuqoridagi izohlardan ham ko‘rdikki, ushbu so‘z ikki xil semantik ma’noni

anglatadi, kichik “h” va katta “H” ingliz tilidagi “the” aniq artikli bilan ingliz tilida: 1. “h”

issiqlik yoki olov orqali katta miqdordagi vayronkorlik yoki katta miqdordagi odamlarni

o‘ldirish ma’nosida; 2. “H” “the” aniq artikli bilan ikkinchi jahon urushi davrida

yahudiylarning Germaniya natsistlari tomonidan qirib tashlanishi tushuniladi. Biz ko‘rib

chiqqan ko‘plab kontekstlarda aynan “H” harfi bilan ifodalanganini uchratdik.

O‘zbek tilida bosh yoki kichik harflar bilan semantik ma’nosi ifodalanish holati

berilmaydi va gap ichida kelgan ushbu so‘z kichik “h” harfida ifodalangan.

Bu esa, nazarda

tutilgan semantikani anglashda qiyinchilik tug

‘dirishi mumkinligi ko‘rinadi.

“Yanvar oyida

praymeriz va kokus marafoni boshlangandi

bu jarayon davomida

Amerika shtatlari birin-

ketin AQSh prezidentligiga nomzodni tanlaydi”

[8].

“Praymeriz” –

AQSHda dastlabki saylovlarni o‘tkazish orqali deputatlikka

nomzodni ko‘rsatish. Tegishli partiyani qo‘llab

-

quvvatlovchi saylovchilar saylov o‘tkazish

yo‘li bilan o‘zlari qo‘llab

-quvvatlagan nomzodni deputatlikka nomzod sifatida tavsiya

etishni hal etadilar.

Ochiq praymerizda saylovchi o‘zining biror

-bir partiyaga

mansubligini isbotlashi shart emas. Saylovchi qaysi partiyaning nomzodiga ovoz

bermoqchi bo‘lsa, saylov bo‘yicha mas’ul bo‘lgan shaxsdan o‘sha partiyaning saylov

byulletenini oladi. Yashirin praymerizda esa saylovchi o‘zining muayyan partiyaga

mansubligini isbotlashi kerak: qasamyod keltirishi yoki kelajakdagi saylovlarda aynan

shu partiyaga ovoz berish uchun bayonot berish zarurdir [11].

Qo‘shma shtatlardagi prezidentlik saylovlari –

uzoq davom etuvchi jarayon. O‘rtacha

hisobda u taxminan bir yil vaqt oladi. Bu uning ikki qism: praymeriz (taxminiy) va asosiy

saylovlarga bo‘lingan bosqichli strukturasi bilan bog‘

liq.

[12]

The plural form of

primary;

more than one (kind of) primary.

Example: In 1964, Senator Barry Goldwater defeated Governor Nelson Rockefeller in

the Republican presidential primaries

. [13]

Ushbu so‘zga duch kelganimizda har ikki tildagi ishlatilish holatini va semantik

izohini

ko‘rib chiqdik va “praymeriz” (primaries) atamasi aynan Qo‘shma shtatlar

saylovlariga tegishli holat bo‘lganligi uchun uni transliteratsiya qilinganini ko‘rdik va


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

2 (2024) / ISSN 2181-3701

280

konteksda hech qanday izohlarsiz ifodalanishi, bir joyda esa,

praymeriz (taxminiy)

kabi

ifodalanib, taxminiy ma’nosini berishini ta’kidlab qo‘yilgan. Biroq morfologik jihatidan
ushbu so‘z ingliz tilida ko‘plikdagi ot shaklida ekanligi va birligi “primary”, ya’ni
“praymeri” bo‘lishini ko‘rdik. E’tiborlisi shuki, ushbu termin o‘zbek tilida aynan ko‘plik

shaklidan transliteratsiya qilinganini uchratdik.

Xo‘sh, tilimizda yana bir muqobiliga ega bo‘lmagan jumla

kokus

va “kokus

marafoni” xususida so‘z yuritsak:

Oldindan ovoz berishning yana bir turi

kokuslar

dir. Ular faqat bir nechta shtatlarda

bo‘lib o‘tadi va ularni partiyalarning o‘zlari tashkil qiladi. Kokuslarda deputatlikka

nomzodlar saylov byulletenlari bilan emas, balki tanalari bilan ovoz berishadi

saylovchilar jismonan ular sanab o‘tilgan guruhlarga yig‘iladi. [14 ]

Quyida berilgan misolga e’tibor beramiz:

AQSh Kongressining “O‘zbekiston bo‘yicha

kokus

delegatsiyasi Toshkentga keldi.

Mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning may oyida Amerika Qo‘shma

Shtatlariga qilgan tashrifidan so‘ng “O‘zbekiston bo‘yicha

kokus

” tuzish va uning tarkibiga

yetakchi kongressmen

larni birlashtirishga erishildi. Vashingtonda O‘zbekiston rahbari

yangi tuzilmaga boshchilik qilish va uning faoliyatiga Vakillar palatasining boshqa

yetakchi a’zolarini jalb qilishga tayyorligini bildirgan Missisipi shtatidan congressmen
Trent Kelli boshchiligidagi Kongress a’zolari guruhi bilan uchrashgan edi.

Kokusga yana bir

yetakchi qonun chiqaruvchi

texaslik Visente Gonzaliz hamrais bo‘ldi

[15]

.

Misolimizga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bu yerda

Kongress, kokus, delegatsiya,

kongressmen

kabi o‘zlashma xarakterga ega so‘zlar mavjud. “Kokus” so‘zi

manbalarga

ko‘ra, ushbu so‘zning kelib chiqishi, ya’ni aynan qaysi tildan kelib chiqqanligi haqida aniq
ma’lumotlar mavjud emas. Shakllanishiga ko‘ra, AQShda paydo bo‘lganligiga va ushbu
terminning Qo‘shma Shtatlar siyosiy hayotida faol qo‘llanilishiga ko‘ra, mazkur ishda
inglizcha o‘zlashma sifatida tahlilga tortilgan.

Tarixiy kelib chiqishiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, olimlarning fikricha, bu grek

termini vino kemasi uchun qo‘llanilgan va ichimlik ichish uchun yig‘iladigan “Caucus
Club” (Kokus klubi) [16]

ma’nosida ishlatilgan, ya’ni dastlab u siyosiy diskursda

qo‘llaniluvchi so‘z bo‘lmagan.

Bugungi kunga kelib esa, kokus

bu muayyan siyosiy

partiya yoki harakat tarafdorlari yoki a’zolarining yig‘ilishi yoki guruhi. Aniq ta’rif turli

mamlakatlar va siyosiy madaniyatlarda farq qiladi [17].

Demak, ushbu so‘zni boshqa

mamlakatlar siyosiy jarayonlarida ham uchratishimiz mumkin ekan. U baʼzi

mamlakatlarga, jumladan, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya va Janubiy Afrikaga

tarqaldi, bu yerda odatda parlament partiyasiga mansub barcha parlament aʼzolarining
(deputatlar) navbatdagi yigʻilishini nazarda tutadi: bunday kontekstda partiya kokus
ancha kuchli bo‘lishi mumkin, chunki u partiyaning parlament rahbarini saylash yoki

lavozimidan ozod etish qobiliyatiga ega. Bu atama tarixan Buyuk Britaniyada Liberal
partiyaning boshqaruv va nazoratning ichki tizimiga nisbatan ishlatilgan [17].

Xo‘sh, “kokus marafoni” nima ma’noni anglatadi? Semantik jihatiga e’tibor

qaratadigan bo‘lsak, odamlar guruhi yoki uchrashuvlar marafonini anglatadimi? Bu so‘z
birikmasi dastlab Lyus Kerolning “Alisaning mo‘jizalar mamlakatidagi sarguzashtlari”

asarida ishlatilgan.

U ushbu atamani siyosiy kokus tizimidagi satira sifatida ishlatib, uning aniqligi va

qat’iyatliligi yo‘qligini masxara qiladi.

“Caucus”+ “race”

so‘zlari qo‘shilmasidan paydo

bo‘lgan birikma bo‘lib, o‘zbek tilida

“Kokus marafoni”

tarzida kalkalanadi. Shuningdek,


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

2 (2024) / ISSN 2181-3701

281

ushbu birikmani idiomatik birikma sifatida, siyosiy partiyalar o‘z nomzodini tanlaydigan
raqobat jarayoni va o‘z nomzodini yoqlashlari uchun bo‘lib o‘tadigan saylovoldi
tashviqotlar ma’nosida qo‘llaniladi.

XULOSA

Natijalarni umumlashtirgan va xulosalash o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, bugungi

kunda o‘zlashma so‘zlar ko‘lami nihoyatda ortgan va bu har bir tilda ko‘zga tashlanadigan
tabiiy jarayondir. Jahonda ingliz tilining ommalashuvi barcha sohalarga ta’sir
ko‘rsatmoqda, xususan o‘zbek tilida ingliz o‘zlashmalarning ko‘lami kengayayotgani,
shuningdek, tilimizda ingliz neologizmlarining paydo bo‘layotgani turli manbalarda
yaqqol ko‘rinmoqda. Bu jarayon turli siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalar ta’siridadir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Safarov Sh. Til nazariyasi va lingvometodologiya: monografiya

T.: “BAYOZ”,

2015. 248 bet.

2.

Xudayqulov A.E. O

zbek tilidagi ayrim anglisizmlarning dinamikasi xususida. Til

va adabiyot ta’limi, 2022. –

24-28 bb.

3.

Реформатский А.А. Мысли о терминологии // Современные проблемы

русской терминологии. –

М.: Наука, 1986. –

11с.

4.

Эшкувватова, Г.А., & Худайкулов, А.Э. (2021). Употребление английских

ксенизмов в узбекском деловом дискурсе.

Евразийский научный журнал

, (11), 42-44.

5.

https://kun.uz.kr/08684778

6.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Holokost

7.

www.dictionary.cambridge.org

8.

https://www.theguardian.com/commentisfree/2023/oct/24/israel-gaza-

palestinians-holocaust

9.

https://www.bbc.com/news/world-europe-60072506

10.

https://kun.uz/kr/news/2024/01/23/trampning-partiya-ichida-birgina-

raqibi-qoldi-nikki-heyli-kim-va-uning-imkoniyatlari-qanday

11.

https://milliycha.uz/praymeriz/

12.

https://uz.kloop.asia/2016/05/06/prajmeriz-nima-va-donald-tramp-andaj-

ilib-liderlikka-erishdi/]

13.

https://simple.wiktionary.org/wiki/primaries

14.

https://ledy-lisichka.livejournal.com/4188859.html

15.

https://www.gazeta.uz/oz/2018/11/19/amerika/

16.

https://boston1775.blogspot.com/2008/01/colonial-boston-vocabulary-

caucus-part.html

17.

https://en.wikipedia.org/wiki/Caucus#cite_note-bell-1

Библиографические ссылки

Safarov Sh. Til nazariyasi va lingvometodologiya: monografiya – T.: “BAYOZ”, 2015. 248 bet .

Xudayqulov A.E. O’zbek tilidagi ayrim anglisizmlarning dinamikasi xususida. Til va adabiyot ta’limi, 2022. – 24-28 bb.

Реформатский А.А. Мысли о терминологии // Современные проблемы русской терминологии. – М.: Наука, 1986. – 11с.

Эшкувватова, Г. А., & Худайкулов, А. Э. (2021). Употребление английских ксенизмов в узбекском деловом дискурсе. Евразийский научный журнал, (11), 42-44.

www.dictionary.cambridge.org