Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The use of modern technologies in the development of
English reading competence of the higher-grade pupils of
schools specialized in-depth study of English
Azamat
К
ODIROV
Namangan State Institute of Foreign Languages named after Iskhakhan Ibrat
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2024
Received in revised form
10 April 2024
Accepted 25 April 2024
Available online
25 July 2024
In this article, the author discusses modern technologies
designed for the development of reading competence in higher-
grade pupils of schools specialized in teaching foreign
languages, the importance of reading in learning a foreign
language, types of reading, reading techniques, reading
strategies, the views of local and foreign methodists on the
importance of reading in teaching and learning a foreign
language, suggestions on the organization of the study process.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3-pp49-55
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
reading,
reading competence,
reading skills,
reading techniques,
reading strategies,
reading exercises and tasks
Ixtisoslashtirilgan maktablar yuqori sinf o‘
quvchilarining
ingliz tilida o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishda
zamonaviy texnologiyalardan foydalanish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
o‘qish, o‘qish
kompetensiyasi,
o‘qish malakasi,
o‘qish texnikasi,
o‘qish strategiyalari,
o‘qish
mashqlari va
topshiriqlari.
Ushbu maqolada muallif chet tiliga ixtisoslashtirilgan
maktablarning
yuqori
sinf
o‘quvchilarida
o‘qish
kompetensiyasini rivojlantirishga mo‘ljallangan zamonaviy
texnologiyalar, o‘qishning chet tilini o‘rganishdagi ahamiyati,
o‘qish turlari, o‘qish texnikasi, o‘qish strategiyalari, o‘qishning
chet tilini o‘rgatish va o‘rganishdagi ahamiyati borasida
mahalliyva xorijiy metodistlarning qarashlari, o‘qish jarayonini
tashkil etish haqida takliflari berilgan.
1
(PhD) Doctoral student, Namangan State Institute of Foreign Languages named after Iskhakhan Ibrat.
E-mail: azamatqodirov1309@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
50
Использование современных технологий в развитии
компетенции чтения на английском языке у учащихся
старших
классов
школ
специализированного
углубленного изучения английского языка
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
чтение,
читательская
компетентность,
навыки чтения,
техники чтения,
стратегии чтения,
упражнения и задания по
чтению.
В данной статье автор рассматривает современные
технологии, предназначенные для развития читательской
компетентности
у
старшеклассников
школ
с
преподаванием иностранных языков, значение чтения в
изучении иностранного языка, виды чтения, техники
чтения, стратегии чтения, мнения отечественных и
зарубежных
методистов
о
значении
чтения
в
преподавании
и
изучении
иностранного
языка,
предложения по организации учебного процесса.
KIRISH
Amerikalik mashhur tilshunos olim Stiven Kreshen o‘rganishlari asosida shuni
ta’kidlaydiki,
o‘qish va kitoblar mutolaasini yaxshi ko‘ruvchi o‘quvchilar o‘qish faoliyatini
xushlamaydigan o‘quvchilarga qaraganda barcha fanlarni samaraliroq o‘zlashtirishlari
isbotlangan [6]. O
‘
quvchilarda matnda berilgan axborotni o
‘
qib tushunish malakasini
shakllantirish umumiy o
‘
rta ta
’
lim maktablarida bitiruvchilar uchun yakuniy amaliy
maqsad bo
‘
lib hisoblanadi [1, 5-bet].
O‘qish tushunchasi yozma shakldagi, harfiy belgilar yordamida ifodalangan
axborot mazmunini tushuna olishni anglatadi. O‘qish ko‘nikmalarining shakllantirilishi
o‘z navbatida gapirish, yozish va tinglab tushunish ko‘nikmalari shakllanishi uchun asos
bo‘lib xizmat qiladi. O‘qish barcha davrlarda bo‘lganidek, hozirgi zamonamiz insonlari
uchun ham o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan juda zaruriy hayotiy ko‘nikma hisoblanadi.
O‘qish malakasini egallash orqali o‘quvchilar chet tilidagi darslik va o‘quv qo‘llanmalarini,
sohaga oid ilmiy adabiyotlarni, ilmiy va badiiy uslubdagi asarlarni va maqolalarni,
ko‘chalarda uchrovchi ko‘rsatmalarni, internet tarmog‘idagi ma’lumotlarni, ijtimoiy
tarmoqlardagi yozishmalar mazmuni kabilarni anglab olish qobiliyatiga ega bo‘ladilar.
O‘qilgan matn mazmunini o‘qish malakalarini egallagan o‘quvchi qiyinchiliksiz tushuna
oladi. O‘qish malakasi quyidagi ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi:
1.
O‘qish texnikasini o‘zlashtirish
-yozma matnni ayta olish, harflar yordamida
yasalgan so‘zni to‘g‘ri o‘qiy olish, tovush
-
harf munosabatlarini tushuna olish, o‘qilish
qoidalarini bilish.
2.
Leksik ko‘nikmalarni o‘zlashtirish
-
so‘z va so‘z birikmaslarining ma’nosiga harfiy
timsolini mazmuniga bog‘lay olish.
3.
Grammatik ko‘nikmalarni o‘zlashtirish
–
so‘z va so‘z birikmalarining grammatik
shaklini ma’nosiga bog‘lab tushuna olish.
Yuqoridagi uch ko‘nikma asosida o‘qish malakasi shakllanadi.
O‘qib tushunish nutq faoliyati turlaridan tinglab tushunish kabi retseptiv nutq
faoliyati turiga mansub, ya’ni ikkala nutq faoliyati turlarida ham yozma yoki og‘zaki
berilgan matnni qabul qilish jarayoni nazarda tutiladi. O‘qish jarayonida grafik matn,
tinglash jarayonida esa audiomatn orqali mazmun idrok etiladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
51
ADABIYOTLAR TAHLILI
Mashhur metodist olim J.J.
Jalolov “o‘qish” tushunchasiga o‘qituvchilar
orasida
keng tarqalgan quyidagi ta’rifni keltiradi:
o‘qish deganda, harfiy
belgilarda ifodalangan
nutqiy axborotni idrok etish va uning mazmunini payqash jarayoni tushuniladi.
[1, 252-b].
Umuman olganda ushbu ta’rif o‘qish tushunchasini yetarli darajada tavsiflaydi. Shu
o‘rinda, o‘qish jarayon sifatida ko‘p qirrali tushuncha ekasnligini ham alohida ta’kidlash
o‘rinli bo‘ladi. Ingliz tilshunosi Uilyam Greyb o‘qishni jarayon sifatida quyidagicha
tasvirlaydi [5. 14-b]:
–
O‘qish tezkor jarayon
-
o‘qish chog‘ida qisqa vaqt ichida mazmunni anglash talab
etiladi.
–
Samarali jarayon-
o‘qish orqali barcha nutq malakalari rivojlantirilishi va
o‘rganilgan leksik va grammatik
birliklarning nutqdagi ifodalaniashini, real nutqda
qanday ishlatilishini ko‘rish mumkin.
–
Anglash jarayoni
–
Interfaol jarayon-
o‘qish chog‘ida ko‘ruv sezgisi orqali ma’lumotni qabul qilinadi
va ongimizda ma’lumotni anglash,qayta ishlash,
ichda
o‘qish,tahlil qilish,fikr yuritish kabi
jarayonlarni ham o‘z ichiga oladi.
–
Strategik jarayon-
o‘qishning turli strategiyalaridan o‘qish chog‘ida topshiriq
xususiyatidan kelib chiqqan holda to‘g‘ri foydalanish talab etiladi.
–
Moslashuvchan jarayon-
o‘qish turi o‘qilayotgan matn xususiyatlariga, matnga
berilgan savol topshirig‘iga, matnning qiyinchilik darajasiga ko‘ra mos usulda tanlanishi
mumkin.
–
Maqsadli jarayon-
o‘qish uchun o‘quvchi o‘z maqsadiga ko‘ra, o‘z ehtiyojlariga
binoan o‘qih materialini tanlashi mumkin.
–
Baholash jarayoni-
o‘qish orqali o‘quvchi chet tilidagi o‘zining leksik, orfografik,
grammatik bilimlarini baholashi mumkin.
–
O‘rganish jarayoni
-
o‘qish orqali cheksiz ma’lumotlar olinishi mumkin.
–
Lingvistik jarayon-
o‘qish orqali til materiali mashq etiladi, takrorlanadi,
mustahkamlanadi,ichki tushunuv,tarjima jarayoni ham sodir bo‘ladi.
Yuqoridagilarga asoslanib o‘qish murakkab jarayon, jarayonlar yig‘indisi ekanligi
anglashiladi. O‘qish jarayonida muvaffaqiyatga erishishlari uchun o‘quvchilarda o‘qish
startegiyalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qish strategiyalari o‘quvchi
o‘qish paytida o‘quvchi tomonidan matnni tushsunishga qaratilgan harakatlar majmuasi
sifatida izohlanishi mumkin. O‘qish malakalari avtomatik tarzda,o‘z
-
o‘zidan kechuvchi
ma’lumotni tahrirlash texnikalarini bildiradi. Bular eng sodda jarayon bo‘lmish
grafema-
tovush aloqadorligini anglashdan tortib toki matndan xulosalar olishga qadar bo‘lgan
darajalarda bo‘ladi. O‘qish malakalariga muntazam takrorlash, mashq qilish, ko‘p o‘qish,
o‘qishdan ortttirilgan tajriba, ko‘rsatmalarni to‘g‘ri tushunish, luga’t va grammatik
bilimlarni orttirish
orqali erishiladi. Strategiyalar esa o‘qishdan ko‘zlangan maqsadga
erishish uchun atayin tanlangan harakatlar majmuasidir. T. Hadson va U. Greyblar
quyidagi o‘qish strategiyalarini ajratib ko‘rsatishgan
[5].
–
oldin egallangan bilimlarni ishga solish,ularga tayanish;
–
savollar asosida o‘qish
;
–
ongda o‘qilgan matn siymosini yaratish
;
–
matn asosida savollar tuzish;
–
bog‘liqliklarni,assotsiatsiyalarni yaratish
;
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
52
–
matnni oldinda ko‘z yugurtirib ko‘rib chiqish
;
–
xulosalar yasash;
–
matn strukturasini tushunish;
–
grafik jadvallar tuzish;
–
qayta o‘qib chiqish
;
–
tezlikni matnga qiyinchilik darajasiga moslash;
–
matn asosida fikrlarni jamlash;
–
matn qismlarini tanlab o‘qish kabilar.
Yuqoridagi barcha strategiyalar o‘quvchilarda o‘qish jarayonining samarali
kechishiga hissa qo‘shadi. Qolaversa, o‘qituvchi
o‘quvchilarning
xohishi,qiziqishi va
layoqatiga ko‘ra o‘ziga mos strategiyani o‘qish jarayoniga tadbiq etishi ham mumkin.
Dunyoda deyarli barcha til o‘qitish metodikasi bilan shug‘ullanuvchi olimlar o‘qish
texnikalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tishadi:
1. Matn haqida umumiy ma
’lumot olish uchun tez o‘qish. Maqsad
–
matnda
ifodalangan asosiy g‘oyani tushunish, matn nima haqida ekanini anglash. Bu o‘qish
texnikasi xorijiy metodistlar tomonidan “skimming”
atamasi orqali ifodalanadi. “Skim”
so‘zi “sutdan qaymoqni ajratib olish” ma’nosini anglatib, o‘qish texnikasi sifatida
matnning “qaymog‘ini”,
ya’ni mazmunini tezda fahmlab olish sifatida tushuniladi.
2. Matndagi aniq tarzda yillar, oylar, sanalar, tarixiy davrlar,telefon,uy, kvartira
raqmlari tarzida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni olish uchun matnni ikir
-chikirlarigacha
o‘qish texnikasi. Xorijiy adabiyotlarda ushbu
o‘qish texnikasini “scanning” shaklida
qo‘llanilishiga guvoh bo‘lamiz.Bunda o‘quvchi matndan nima izlayotganini aniq bilgan
holda matnni aynan shu aniq ko‘zlangan ma’lumotlarni topish uchun o‘qiydi.
3.
Intensiv (kuchli,tezkor)o‘qish
–
bu matndagi tafsilotlarni eslab qolish va barcha
so‘zlarni tushunish, grammatik shakllarni va matn mazmunini
anglash uchun diqqat bilan
o‘qishdir. Maktablarda asosan ushbu o‘qish texnikasi ko‘p qo‘llanilishiga guvoh bo‘lamiz.
Matn topshirig‘idan qat’iy nazar o‘quvchilar ushbu o‘qish texnikasini matnni o‘qish
jarayonida qo‘llashlari ba’zan matn o‘qish samaradorligiga salbiy ta’sir o‘tkazishi ham
mumkin.
4.
Keng qamrovli o‘qish
-
bu o‘qish texnikasini “ekstensiv o‘qish”atamasi bilan ham
nomlanadi. Bu o‘qish texnikasida matnning alohida parchalariga, aniq ma’lumotlarga,
grammatik strukturalarga e’tibor bermagan holda matndan zavq olish maqsadida,odatda
ichda,ovoz chiqarmasdan o‘qishga e’tibor qaratiladi.
Avval ta’kidlanganidek,o‘qish texnikalarini egallash, matnni o‘qishga strategiik
yondoshish muntazam mashqlar orqali o‘qish malakalarini shakllantiradi.
Tilshunos olim T.
Hadson o‘qish malakalarini quyidagi to‘rt turga bo‘ladi [9]:
1.
So‘zga hujum
(“Word
-
Attack Skills”)
malakasi matndagi orfografik belgilarni
anglash,bo‘g‘inlarni, bosh va kichik harflar bilan so‘zlar yozilganligi, gaplar va
paragraflarni bir-biridan ajrata olish,tushunishdir.
2.
Anglash malakasi (“Comprehension skills”)
-
o‘quvchi matn nima haqida
ekanligini tushunishi malakalari.Matn mazmunini matn kontekstidan,o‘zining avval
egallagan tilga oid bilimlarini qo‘llagan holda tushuna olishi. O‘quvchining grammatik,
leksik, metakognitivkompetentligi ushbu malakalar orqali aniqlanadi.
3.
Ravon o‘qish malakasi
-
o‘quvchining matnning katta qismini lug‘atga yoki
grammatik ma’lumotnomalarga tayanmagan holda o‘qiy olishi.
4.
Tanqidiy o‘qish malakasi
-
o‘quvchining matnni tahlil qilish, ma’lumotlarni
hayotga bog‘lay olish va o‘zining unga nisbatan bahosini, munosabatini bildira olishidir.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
53
TADQIQOT METODOLOGIYASI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijod va ixtisoslashtirilgan maktab
o‘quvchilarining ta’lim olishlari yakunida
(10-11-
sinflar o‘quvchilasi) IELTS,
TOEFL, SAT
kabi xalqaro va milliy imtihon tizimlari bo‘yicha til bilish darajasi sertifikatlarini
egallashlari
lozimligi
“Prezident
ta’lim
muassasalari
agentligi
tizimidagi
ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF–
106-sonli
farmonida alohida ta’kidlab o‘tildi [8,3
-band]. Yuqorida nomlari keltirilgan til bilish
darajasini baholash imtihon tizimlari tomonidan tashkil etiladigan imtihonlarda
nomzodlarning chet tili bo‘yicha tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish singari
asosiy to‘rt turdagi nutq malakalari sinovdan o‘tkaziladi. Bular orasida o‘qib tushunish
topshiriqlari ham nomzodlarning yetarli imtihon balini qo‘lga kiritishlarida asosiy
o‘rinlardan birini egallaydi,albatta. O‘qituvchilar o‘quvchilarga yuqori sinflarda tilni
o‘qitishda til bilish darajasini aniqlash imtihonlarida keng qo‘llaniluvchi topshiriqlar
asosida darslarini tashkil etishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun avvalo
xalqaro va milliy til bilish darajasini baholash uchun tashkil etiladigan imtihonlarda qay
turdagi savollar va topshiriqlar qo‘llanilishini bilib olish lozimdir. O‘qib tushunish
malakalarini baholash uchun quyidagi turdagi topshiriq va mashqlardan keng
foydalaniladi:
1.
Matn asosidagi jumlani matndan mos so‘zlar bilan to‘ldirish mashqlari
-bu
turdagi topshiriqlarda o‘quvchilar gapdagi bo‘shliqlarni matnni o‘quib chiqqan holda
kerakli so‘zlar yoki raqamlar bilan to‘ldirishlari talab etiladi.
2.
Matn qismlaridagi ma’lumotlarni aniqlashtirish topshiriqlari
-bu kabi test
savollarida berilgan matn odatda bir mavzu atrofida jamlangan turli matn parchalaridan
tashkil topadi.Masalan, biror bir shahardagi mavjud umumiy ovqatlanish maskanlari yoki
mehmonxonalar kabi. Topshiriqda har bir manzil haqida tasvirlovchi paragraflar,
jumlalar beriladi va nomzodlar shu gaplardagi ma’lumot matnning qaysi qismiga taalluqli
ekanini aniqlashlari kerak bo‘ladi.
3. Matndagi paragraph (matnning bir qismi, matn mazmuni doirasida uning bir
qismi sifatida alohida tugallangan ma’lumotni ifodalalovchi qism) ma’lumotlariga mos
sarlavha tanlash topshiriqlari.
4. Matnning umumiy mazmuniga monand bosh matn sarlavhasini aniqlash
topshiriqlari.
5.
Matndagi paragraph ma’lumotlarini xulosalovchi berilgan jumlalarni ushbu
ma’lumotlar aynan matnning qaysi paragrafida berilganini topishga mo‘ljallangan
topshiriqlar.
6.
Matn mazmunini umumiy xulosalovchi,matnning bosh g‘oyasi nima haqida
ekanligini o‘quvchi nechog‘li tushunganligini aniqlashga qaratilgan topshiriqlar
-ushbu
turdagi topshiriqlarda odatda matn mazmunini xulosalovchi bir nechta gaplar beriladi va
nomzodlar shular orasidan eng munosib javobni belgilashlari kerak.
7.
Ko‘p tanlovli savollar
-
ushbu turdagi o‘qish malakasini aniqlash test
topshiriqlarida matndagi mavjud faktlar,dalillar asosida savollar beriladi va savolga
to‘rtta muqobil javoblar ham A,
B, C, D
shaklida taqdim etiladi,o‘quvchilar berilgan
javoblar orasidan matn asosida eng mosini tanlashlari kerak bo‘ladi.
8.
Matnda berilgan yillar, vaqt ko‘rsatkichlari, sanalar,raqam bilan ifodalangan
ma’lumotlar va ularda sodir bo‘lgan voqealarni bir
-biriga moslash topshiriqlari.
9.
Jadvallarni va diagrammalarni berilgan matndagi ma’lumotlarga mos holatda
to‘g‘ri so‘zlar va raqamlar bilan to‘ldirishga qaratilgan topshiriqlar.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
54
10.
“Ha”,
“Yo‘q” va” Berilmagan” tarzida javob berishni talab etuvchi topshiriqlar
–
Bunday topshiriqlarda matn asosida ma’lumotlar beriladi va nomzodlar ushbu
ma’lumotlar matn ma’lumotlariga mos bo‘lsa “Ha”,
matn ma’lumotlariga mos kelmasa
“Yo‘q” va bu ma’lumot matnda keltirilmagan bo‘lsa “Berilmagan” tarzida javob berishlari
kerak bo‘ladi.
Ba’zida “Rost” va “xato” (“True”,
“False”) so‘zlari orqali ham savollar
berilishi mumkin.
11.
Matnni mazmuniga mos jumlalar bilan yakunlash,gapdagi bo‘shliqlarni
to‘ldirish
topshiriqlari.
Chet tili imtihonlarining o‘qib tushunish malakalarini baholash qismida qanday
topshiriqlar qo‘llanilishini bilish orqali ixtisoslashtirilgan maktablarda chet tilini
o‘qitishda o‘qish kompetensiyasini rivojlantirish uchun qo‘llanilishi lozim bo‘lgan mashq
turlarini aniqlashtirib olishimiz mumkin. Ushbu tadqiqotga jalb etilgan o‘qituvchilarga
“O‘qituvchilarning o‘qish kompetensiyasini rivojlantiruvchi mashqlarga,darslikda
berilgan matnlarga munosabati qanday?
“Sinfda o‘qish qanday o‘rgatiladi?”,
“Qanday o‘qish strategiyalarini o‘quvchilar
bilan darsingiz mobaynida qo‘llaysiz?” ko‘rinishida savollar bilan murojaat etildi.
So‘rovda ishtirok etgan ixtisoslashtirilgan maktablar o‘qituvchilari o‘quvchilarda
xalqaro va milliy til bilish darajasini ko‘rsatuvchi sertifikatlarni olishga ishtiyoqlari kuchli
ekanini ta’kidladilar va darslarida president,ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar agentligi
tavsiyasiga binoan “Laser” darslik majmualaridan foydalanish barobarida Cambridge
IELTS til bilish darajasini aniqlash imtihonlariga tayyorlanish materiallaridan ham
qo‘shimcha tarzda darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalanishlarini aytib
o‘tdilar.Tavsiya etilgan darslik majmuasida berilgan o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan mashqlar va matnlar borasida ijobiy fikrlarini bildirdilar.
“
Sinfda dars
jarayonida o‘qish qanday o‘rgatiladi?”
degan savolga o‘qituvchilar javob berishda biroz
qiynaldilar va har bir o‘qituvchi o‘ziga xos,
sinf o‘quvchilarining talabiga mos holda
matnlar bilan ish olib borilishini bildirilar.
O‘qish strategiyalari to‘g‘risida berilgan savolga javoblardan olingan xulosa
shunday bo‘ldiki, o‘qituvchilarimiz o‘qitish strategiyalari haqida yetarlicha bilimga ega
emas ekanlar. O‘qituvchilarga darslik majmuaning o‘qituvchi uchun tayyorlangan
qo‘llanmasidan kengroq foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
XULOSALAR
Quyidalarni ushbu maqolamizdan olingan xulosalar sifatida taqdim etamiz. Dastlab
o‘qituvchilar o‘qishning chet tilini o‘rganish va o‘rgatish jarayonida nechog‘lik katta
ahamiyatga ega ekanligini tushunib olishlari lozim. Agar o‘qituvchilarning o‘zlari o‘qish
malakalarining ahamiyatini anglamasalar o‘quvchilarga ham o‘qish kompetensiyasini
rivojlantirishlarida unchalik yordam bera olmaydilar. Chunki darslarda asosan leksik,
grammatik bilimlar egallanishiga asosiy e’tibor qaratilgan holda o‘qish ko‘nikmasini
rivojlantirish mashqlariga yetarli darajada e’tibor qaratilmayotgani kuzatishlarimiz
asosida ma’lum bo‘lmoqda. Bunga sabab sifatida o‘qituvchilarning o‘zlarida o‘qishning
ahamiyatiga nisbatan, o‘qish strategiyalari va o‘qish topshiriqlarini qanday tashkil etish
borasida yetarlicha malakalar shakllanmaganllgini sabab sifatida ko‘rsatishimiz mumkin.
O‘qituvchining o‘zi ham o‘rganilayotgan chet tilida muntazam ravishda ilmiy, badiiy,
axborot beruvchi adabiyotlarni mutolaa qilish orqali o‘quvchilariga ibrat bo‘lishi lozim
deb hisoblaymiz. O‘qituvchilarimiz o‘qish jarayonini qay tarzda tizimli tashkil etishga oid
metodik bilimlari va tajribalarini boyitib borishlari taqozo etiladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
55
O‘qish topshiriqlarini kommunikativ yondoshgan holatda boshqa nutq faoliyati
turlarini rivojlantirishga qaratilgan mashqlar bilan integratsiyalashgan holda o‘quv
jarayonini tashkil etilishi, o‘qitish chog‘ida ixtisolashtirilgan maktablaro‘quvchilarida
matnni strategik yondoshgan ravishda idrok etish qobiliyatlari va o‘qish
kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. O‘quvchilarga darsdan tashqari ishlash
uchun ham o‘qish topshiriqlarini tizimli tarzda berib borilishi muhim ahamiyat kasb
etadi. O‘qish mashqlari uchun o‘quvchilarga yetarli vaqt ajratish chet tilini mukammal
o‘rganishlarida qo‘l keluvchi vositalardan biri hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Jalolov J.J. Chet til o‘qitish metodikasi:Chet tillar oliy o‘quv yurtlari(fakultetelari)
talabalari uchun darslik.-
T.:O‘qituvchi,2012.
-252-282b.
2. Jeremy Harmer. How to teach English: An introduction to the practice of English
language teaching.
–
Addison Wesley Longman Limited,1998.-212b.
3. Solovova Ye.N
.Методика обучения иностранным языкам: Базовый курс
лекций.
-
М.: Просвещение,2005.
-215b.
4. Belyayevskaya L.I. va Zabornik.L.S
.Развитие навыков чтения на уроках
английского языка как способ формирования аналитического мышления и
исследовательских навыков школьников
-
Международный научный журнал
“Вестник науки”,
May 2019,
№5.
-237-241 b.
5. Margrethe Harestad Bakke. Teaching reading in EFL-instruction. What are
teachers’ attitudes towards reading in EFL
-instruction and how is it taught in class? -
University of Oslo.2010.
6. Krashen, S. D. (2004). The power of reading: insights from the research (2nd
ed.). Westport, Conn. Portsmouth, NH: Libraries Unlimited; Heinemann.
7. Elektron manba: https://ielts-academic.com/2012/08/15/ielts-reading-10-tips-
for-teachers. Murojaat sanasi:09.08.2023.
8.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 14.04.2022-
yildagi “Prezident ta’lim
muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish
to‘g‘risida”gi PF
-106-sonli farmoni.Elektron resurs:LexUZonline platformasi.Murojaat
sanasi:18.04.2023
9. T.Hudson. Teaching Second Language Reading. Oxford University
Press.2007.350 b.