Авторы

  • Зарина Салиева
    Доцент, к.ф.н., кафедра теории и практики перевода, Самаркандский государственный институт иностранных языков
  • Уктам Кулдошев
    Доцент, PhD, кафедра теории и практики перевода, Самаркандский государственный институт иностранных языков
  • Фахриддин Бакиев
    Старший преподаватель, кафедра теории и практики перевода, Самаркандский государственный институт иностранных языков
  • Баходир Абдурасулов
    Старший преподаватель, кафедра теории и практики перевода, Самаркандский государственный институт иностранных языков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67165

Ключевые слова:

история перевода переводоведение в Европе степень магистра квалификационные требования к переводчикам язык и культура

Аннотация

В данной статье рассматривается исторический прогресс переводоведения в Узбекистане, уделяется особое внимание текущим проблемам и потенциальным будущим направлениям для развития этой науки в нашей стране. Исследуется богатое историческое наследие перевода в Узбекистане, включая его происхождение, ключевые фигуры, которые создали основу для развития переводоведения. Кроме этого, в статье анализируется современное состояние переводческого обучения в системе высшего образования Узбекистана, эффективные методы преподавания перевода, подходы к обучению, принятые в странах Европейского Союза.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Development of translation studies in Uzbekistan: history,
today, perspective

Zarina SALIEVA

1

, Uktam KULDOSHEV

2

,

Fakhriddin BAKIEV

3

, Bakhodir ABDURASULOV

4

Samarkand State Institute of Foreign Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2024
Received in revised form

10 April 2024
Accepted 25 April 2024

Available online

25 July 2024

The review article examines the historical progression of

translation studies in Uzbekistan, focusing on current issues and

potential future directions. The rich historical heritage of
translation in Uzbekistan, including its origins, key figures, and

significant impacts over time, is thoroughly investigated. The

analysis explores the current state of translation education in the

Higher education system of Uzbekistan, effective teaching

methods in translation, necessary skills for translators, and
teaching approaches developed in European Union countries.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3-pp361-366

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

history of translation,
translation studies in

Europe,

master's degree,
qualification requirements

for translators,

language and culture.

Oʻzbekistonda tarjimashunoslik rivoji: tarix, bugun,

istiqbol

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

tarjima tarixi,

Yevropada tarjimashunoslik,
magistratura mutaxassisligi,

tarjimonlarga qoʻyiladigan

malaka talablari,

til va madaniyat.

Ushbu maqolada Oʻzbekistonda tarjimashunoslikning tarixiy

rivoji, bugungi kundagi muammolari va istiqboldagi yoʻnalishlari

tahlil qilingan. Oʻzbekistondagi tarjimaning boy tarixiy merosi,

uning kelib chiqishi, asrlar davomida bu sohani shakllantirgan

asosi

y shaxslar va oʻzgarishlar yoritilgan. Maqolada Oʻzbekiston

oliy taʼlim tizimidagi tarjima taʼlimining hozirgi holati, tarjimani

1

Associate professor, PhD, Department of Theory and Practice of Translation, Samarkand State Institute of Foreign

Languages. E-mail: zarrinasalieva777@gmail.com

2

Associate professor, PhD, Department of Theory and Practice of Translation, Samarkand State Institute of Foreign

Languages. E-mail: kuldashev.uktamjon@gmail.com

3

Senior lecturer, Department of Theory and Practice of Translation, Samarkand State Institute of Foreign Languages.

E-mail: bakiyev-fj@samdchti.uz

4

Senior lecturer, Department of Theory and Practice of Translation, Samarkand State Institute of Foreign Languages.

E-mail: bahodirabdimitalovich@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

3 (2024) / ISSN 2181-3701

362

samarali oʻqitish metodologiyalari, tarjimonning muhim malaka

talablari va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida qoʻllaniladigan

oʻqitish yondashuvlari kabi masalalar koʻrib chiqilgan.

Развитие переводоведения в Узбекистане: история,
сегодня, перспектива

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

история перевода,
переводоведение

в Европе,

степень магистра,
квалификационные
требования к

переводчикам,

язык и культура.

В данной статье рассматривается исторический прогресс

переводоведения в Узбекистане, уделяется особое
внимание текущим проблемам и потенциальным будущим

направлениям для развития этой науки в нашей стране.
Исследуется богатое историческое наследие перевода в

Узбекистане, включая его происхождение, ключевые

фигуры,

которые

создали

основу

для

развития

переводоведения. Кроме этого, в статье анализируется
современное состояние переводческого обучения в системе

высшего образования Узбекистана, эффективные методы

преподавания перевода, подходы к обучению, принятые в

странах Европейского Союза.


KIRISH

Bugungi kunda tarjimashunoslik fani tillarning xilma-xilligi va dunyo xalqlari

oʻrtasidagi integratsiya kuchayib borishi natijasida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Ushbu soha nafaqat madaniy va ilmiy almashinuvlar rivojiga hissa qoʻshadi, balki turli

mi

llatlar oʻrtasida oʻzaro muloqotni ta’minlaydi. Oʻzbekistonda tarjimashunoslik sohasi

muhim oʻringa ega boʻlib, u ming yillikdan oshiq tarixiy merosga ega va mahalliy hamda

global talablarga javoban jadal rivojlanishda davom etmoqda.

Biroq Oʻzbekistonda tarjimashunoslik sohasi bir qator muammolarga ham duch

kelmoqda, ulardan biri bulgʻusi tarjimonlarni tayyorlovchi tarjima oʻquv dasturlarida
tarjimonlar uchun keng qamrovli malaka talablarining yoʻqligidir. Ushbu boʻshliq

tarjimonlarni tayyorlashda eng yaxshi xalqaro tajribaga mos keladigan standartlashtirilgan

yondashuvning zarurligini koʻrsatmoqda.

2017-yilda joriy etilgan Yevropada

tarjimashunoslik magistratura mutaxassisligi

(The European Master’s in Translation (EMT))

uchun qoʻyiladigan kompetensiya talablari professional tarjimonlar uchun talab qilinadigan
muhim koʻnikma va malakalarning batafsil tavsifini taqdim etadi [3]. Ushbu tizim oʻzining

mustahkam tuzilmasi bilan jah

on miqyosida e’tirof etilgan va Oʻzbekiston taʻlim

muassasalarida shunga oʻxshash kompetentsiya talablarini ishlab chiqish uchun ayniqsa
muhimdir. Bunday tizimning kiritilishi Oʻzbekistonda tarjimonlarni tayyorlash sifati va

samaradorligini sezilarli daraj

ada oshiradi deb oʻylaymiz.

Ushbu hujjat tarjimaga oid qobiliyatlar va shaxsiy hamda shaxslararo

koʻnikmalarning muhimligini koʻrsatib, bunda tarjimani bajarish muddatlari, koʻrsatmalar

va belgilangan talablarga amal qilish mahorat sifatida yuqori baholangan [4]. Shunga

qaramay, mazkur tarjimon kompetensiyalari hujjati doirasini, xususan, turli tashkilotlar

uchun amalga oshiriladigan tarjimalarda yanada takomillashtirish talab etiladi. Bundan

tashqari, Yevropa Ittifoqida yaratilayotgan matnlar tarjimasi millatlararo koʻp madaniyatli


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

3 (2024) / ISSN 2181-3701

363

hamjamiyat va koʻp tillilik siyosati tufayli oʻziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

Bunday matnlar uchun tarjima yondashuvi an’anaviy tarjimashunoslik tushunchalarini

qayta koʻrib chiqishga va aniqlashga, funksional metodologiyalar va postmoderniz

m

gʻoyalarini birlashtiradigan nazariy asosni talab qiladi.

Oʻzbek tarjimashunoslari ham tarjimonlar uchun xalqaro tajribaga mos keladigan

muhim koʻnikma va malakalarga alohida ahamiyat berishni boshlashdi. Xususan, prof.

Sh. Safarov 2019-

yilda chop etilgan “Tarjimashunoslikning kognitiv asoslari” nomli

asarida Yevropada tarjimashunoslik magistratura mutaxassisligi uchun qoʻyiladigan

kompetensiya talablarini eslatib oʻtadi va bu talablarni Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimi

doirasi

da qoʻllash muhimligini taʼkidlaydi [9, B.261]. Bu orqali Oʻzbekiston institutlari oʻz

tar

jima dasturlarini nafaqat keng qamrovli, balki tarjimashunoslik boʻyicha yetakchi jahon

amaliyotlari bilan hamohang boʻlishini ta’minlashi mumkin. Bu muvofiqlashtirish oxir

-

oqibatda xalqaro muloqot muammolarini hal qila oladigan va global muloqotga hissa

q

oʻsha oladigan malakali tarjimonlarni tayyorlashga olib keladi.

Ushbu maqolada Oʻzbekistonda tarjimashunoslikning rivojlanish tarixi, hozirgi

holati, tarjimani samarali oʻqitish metodologiyalari va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida

tarjimaga oʻrgatishga qaratilgan yondashuvlarni yoritish maqsad qilingan.

ASOSIY QISM

Oʻzbekistonda tarjima tarixi IX asr boshlarida Bagʻdodda Maʼmun ar

-Rashid

boshchiligida Maʼmun akademiyasi tashkil etilgan vaqtga borib taqaladi. Ushbu

muassasada Oʻrta Osiyoda tugʻilgan bir qator faylasuflar ilmiy faoliyat bilan

shugʻullanishgan. “Bayt ul

-

hikma” (Donishmandlar uyi) nomi bilan mashhur boʻlgan bu

muassasa turli hududlardan isteʼdodli shaxslarni toʻplab, Islom olamida ilm taraqqiyotiga

hissa qoʻshgan holda yunon, ibroniy, sanskrit, suryoniy va fors tillaridan koʻplab ilmiy,

adabiy, falsafiy va axloqiy asarlarni arab tiliga tarjima qilgan.

Oʻsha isteʻdodli mutafakkirlardan biri Al

-Beruniy (973

1048) ham yunon, sanskrit

va suryoniy tillarini oʻrgangan va bu tillardagi asarlardan bevosita foydalangan, hatto

baʻzilarini tarjima qilgan. Forobiy (873–

950), Ibn Sino (980

–1037), Mahmud Qoshgʻariy

(1028

1101 va 1126) kabi buyuk mutafakkirlarni qadimgi sivilizatsiyamizni boyitishda

salmoqli hissa qoʻshgan ilk tarjimonlar deb bilamiz. Ular nafaqat jahon ilm

-fani,

matematika, astronomiya, falsafa, tabiiy fanlar, tilshunoslik kabi turli sohalarga hissa

q

oʻshishgan, balki tarjima faoliyatida ham muhim ahamiyat kasb etishgan. Oʻz asarlarini

arab tilida yozgan bu buyuk mutafakkirlar ham koʻplab asarlarni yunon, hind, fors tillariga

tarjima qilganlar [6, B.16].

Keyinchalik eski oʻzbek tiliga tarjimalar Sayfi Saroyi (1321–

1398), Alisher Navoiy

(1441

1501), Munis (1778

1829), Ogahiy (1809

1874) kabi siymolar bilan boshlanib,

Isʻhoqxon Ibrat (1862–

1937) tomonidan davom ettirildi. Ogahiy tarixiy va badiiy asarlarni

fors tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan.“Haft paykar” (Yetti goʻzal) asarini narsdan

foydalangan holda qisqartirilgan shaklda va “Guliston”ni tarjima qilib, ommaga havola

etdi. U oʻz tarjimalarida ijodkorlikni namoyon etib, “Yusuf va Zulayho”, “Shoh va gado”ning

aniq badiiy tarjimalarini yaratdi.

Oʻzbekistonda tarjima nazariyasi yaratilishidagi sa’y

-harakatlar XX asrning

2-choragidan boshlangan. Bunga adabiyotshunos yoki tilshunos olimlar emas, balki

tarjima sohasida faol qatnashgan tarjimon-amaliyotchilar boshchilik qilgan. Mohir va

bilimdon tarjimonlardan Mannon Roiq (1932), S.Y. Palastrov (1935), Sanjar Siddiq (1936),

Sotti Husayn, M. Salye va boshqalar Oʻzbekistonda ilk bor tarjima amaliyotini

rivojlantirishga jonkuyarlik bilan hissa qoʻshdilar [4, B.15].


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

3 (2024) / ISSN 2181-3701

364

1940-yillardan 1990-

yillargacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonda tarjimon va

tarjimashunoslarning muhim guruhi yetishib chiqdi va bu sohaga salmoqli hissa qoʻshildi.
Bunda Gʻaybulla Salomov (1932

-

2000) boshchiligidagi tarjima maktabi muhim rol oʻynadi.

Ular ta

rjima nazariyasining ham universal, ham oʻziga xos masalalari doirasida keng

koʻlamli tadqiqotlar olib borib, tarjima sifatiga asosiy eʻtibor qaratdilar. Ular rus tilidan
oʻzbek tiliga va oʻzbek tilidan rus tiliga, shuningdek, qardosh tillardan (masalan, qirgʻiz,

qozoq, tatar, turkman, ozarbayjon, qoraqalpoq) va boshqa turli tillardan (fors, tojik, arab,

hind, xitoy) oʻzbek tiliga tarjimalarini sinchiklab koʻrib chiqdilar. Ularning asosiy eʻtibori
tarjimada maʻno toʻgʻri yetkazish, uning sifatini mumkin boʻ

lgan eng yuqori standartlarga

koʻtarish boʻyicha qiziqarli masalalarga qaratildi [4, B.16].

Xorijiy tillardan, xususan, ingliz tilidan bevosita tarjima qilish 1990-yillardan, aynisa

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng boshlandi.

Oʻzbek adabiy asarlarining xorijiy tillarga tarjimasi soʻnggi paytlarda bir qancha

tarjimonlarning

birgalikdagi sa‘y

-

harakatlari tufayli keng koʻlamda yuksalayotgani

kuzatildi. Ular orasida J.Kamol, D. Sultonova, I. Toʻxtasinov (2016, 2019) va Mark Riz
(2018) oʻzbek va ingliz tilida soʻzlashuvchi xalqlar oʻrtasidagi muloqot va madaniyatlar

almashinuvda

muhim rol oʻynadi. Ushbu tarjimonlarning faoliyati nafaqat bevosita

tarjimalarga qaratilgan, balki oʻzbek adabiyotini jahon miqyosida chuqurroq tushunish va
qadrlashni kuchaytirishga qaratilgan kengroq harakatning bir qismidir. Bu sa’y

-harakatlar

oʻzbek sh

oir va mualliflarini jahon sahnasiga tanitish, ular ijodining xalqaro miqyosda aks-

sado berishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ilmiy-tadqiqot sohasida Sh. Safarov (2019), Sh. Sirojiddinov (2011), M. Baqoyeva,

M. Xolbekov (2014), I. Gafurov, O.

Moʻminov, N.

Qambarov (2012), Gʻ.

Rahimov (2016)

oʻzbek tarjimashunosligini yuksaltirishga katta hissa qoʻshdilar. Ularning munozaralari va
tadqiqotlarida oʻzbek tilidan va oʻzbek tiliga tarjima qilish uslublari va strategiyalariga
eʻtibor qaratiladi. Ushbu jiddiy ilmiy

-tadqiqot ishlari tarjimalarning ham aniqlikni oshirish,

ham madaniyatlararo muloqotni ta’minlash orqali tarjima amaliyoti uc

hun mustahkam

asos yaratishga yordam berdi. Natijada ular yangi akademik standartlarni belgilashga va

sohada tarjima texnikasini yaxshilashga oʻz hissasini qoʻshdi.

Hozirgi oʻzbek tarjimashunosligida tarjimonlar uchun zarur koʻnikmalarni aniqlash

va oʻqitishning eng yaxshi usullarini belgilash muhim ahamiyatga ega. Ushbu sohaga
eʻtiborning kamligi esa akademik munozaradagi jiddiy boʻshliqni koʻrsatadi va tarjimaning

m

urakkabligiga mos keladigan oʻquv asoslarini ishlab chiqishga toʻsqinlik qilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi hukumati ushbu tashabbusni qoʻllab quvvatlashda

qonunchilik orqali muhim vazifalarni amalga oshirdi. Davlatimiz rahbarining
19.05.2021-

yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish

faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-

tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori

chet tillarini oʻrganishni yangi bosqichga koʻtarish, filologik va nofilologik yoʻnalishlar
boʻyicha oliy taʻlim muassasalariga hujjat topshiruvchi abituriyentlar uchun til b

ilish

darajasi boʻyicha beriladigan sertifikatlarga qoʻyiladigan talablarni belgilashga qaratilgan.

Shuningdek,

Vazirlar

Mahkamasining

18.05.2018 yildagi “Jahon adabiyotining eng sara namunalarini oʻzbek tiliga hamda oʻzbek

adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish va nashr etish tizimini
takomillashtirish chora-

tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror ijrosini ta’minlash borasida

tarjimaga tizimli yondashuv belgilab berilgan.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

3 (2024) / ISSN 2181-3701

365

Shuningdek, Oʻzbekiston Prezidenti Sh.M.

Mirziyoyev mamlakatimizning kelgusi

taraqqiyoti uchun ustuvor vazifalardan biri boʻlgan tarjimonlar tayyorlashni yangi

bosqichga olib chiqish uchun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va

adabiyoti universiteti (2016) faoliyatini tashkil etish orqali ilgari surdi [12]. Hukumatning

mazkur tashabbuslari xalq merosini saqlash va qadrlash orqali badiiy asarlar tarjimasini

qoʻllab

-quvvatlash va ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Malakali tarjimonlarni tayyorlash va talabalarga tarjima qilish koʻnikmalarini

oʻrgatish metodologiyasi ishlab chiqish zarurati shu sohada ishlaydigan mutaxassislar

tomonidan ta;kislab kelinmoqda.

“Tarjimon kasbini qanday egallash mumkin?” va

“Tarjimonlikka qanday oʻrgatish kerak?” mazmunidagi savollar hammaga tanish tuyulsa

-

da, lekin tarjimon tayyorlash masalasi bilan band boʻlib, uning pedagogik tamoyillarini

aniqlash, bevosita amaliyotga joriy qilish uchun yaroqli metod va uslublar majmuasini

boyitish ustida bosh qotiradiganlar soni kam [9, B. 262].

Til bilish koʻnikmasini baholovchi CEFR kabi malaka darajalarini belgilovchi

standartlardan foydalanadigan boshqa sohalardan farqli oʻlaroq, tarjimashunoslikda

tarjimonlardan talab qilinadigan zarur qobiliyatlarni baholovchi standartlashgan asoslar

ham mavjud emas. Tarjimon kompitensiyalarini aniqlab beruvchi yagona sertifikatlash

tizimining yoʻqligi, bu sohada ham bu faoliyatni yoʻlga qoʻyilishini talab qiladi.

Yevropada tarjimashunoslik magistratura mutaxassisligi uchun qoʻyiladigan

kompetensiya talablari ushbu yoʻnalish talabalarining taʼlim olishda oʻziga xos sifat

meʼzonlariga rioya etishini koʻrsatish bilan birga, universitetda magistraturaga

yoʻnaltirilgan tarjima dasturlari uchun oʻziga xos vosita boʻlib xizmat qiladi [8, B. 42].

Oʻzbekistonda tarjimashunoslik alohida soha sifatida shakllangan boʻlsa

-da,

koʻpincha tillarni oʻqitish yoki filologiya kabi kengroq dasturlarning tarkibiy qismi

sanaladi. Ushbu holat tarjimonlar tayyorlash jarayonida turli xil tushunmovchiliklarni

yuzaga chiqaradi.

Tarjimonning kasbiy malakasini rivojlantirishning xalqaro standartlari Yevropa

Kengashi tomonidan zamonaviy jahon talablari darajasida ishlab chiqilgan taʻlim

standartlarida bayon etilgan. Dastlab u 2009-yilda Yevropada tarjimashunoslik

magistratura mutaxassisligi tizimi tomonidan joriy qilingan va 2017-

yilda qayta koʻrib

chiqilgan ushbu tarjimonlar uchun qoʻyiladigan kompetensiya talablari Yevropa Ittifoqi va

undan tashqaridagi akademik ta’lim va sanoat uchun tarjimonlarni tayyorlashda asosiy

mezon sifatid

a paydo boʻlgan. 2017

-yilda ilgari surilgan asosiy tamoyillar

oʻzgartirishlarsiz, oʻz holicha qoldirilsa

-da, 2022-yilda Yevropa tarjima dasturlarining

rivojlanayotgan ustuvor vazifalariga moslashtirish maqsadida biroz qayta koʻrib chiqish

zarur deb topildi

. Ushbu qayta koʻrib chiqish jarayonlarining maqsadi oliy oʻquv yurtlari

bitiruvchlarini jadal rivojlanib borayotgan va texnologik jihatdan ilgʻor hamda

professional muhit talablari borasida zarur malaka berishga qaratilgan. Ushbu hujjatga ga

koʻra, tarjima qobiliyati bu "bilimlarni amalda qoʻllash va topshiriqlarni bajarish va

muammolarni hal qilish sirlarini bilish" deb taʻriflanadi. Shu bilan birga, tarjimon mahorati

"bilim, koʻnikma va shaxsiy, ijtimoiy va uslubiy salohiyatini ish yoki oʻqish jarayonida

,

kasbiy va shaxsiy rivojlanishda amalda qoʻllay olish" sifatida tavsiflanadi [3]. Ushbu

hujjatda professional tarjimonlar bir necha tillarni biladigan va muloqot qila oladigan

mutaxassislar, shuningdek, 5 turdagi malakaviy koʻnikmaga (til va madaniyat, ta

rjima,

texnologiya, shaxsiy va shaxslararo, xizmat koʻrsatish) ega boʻlishi belgilab qoʻyilgan.

Ushbu jihatlar Oʻzbekistonda tarjimonlar tayyorlash ta’lim tizimi standartlariga kiritilishi

zarur deb o’ylaymiz va keyingi tadqiqotlarimizda bu haqida batafsil

to‘xtalamiz.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

3 (2024) / ISSN 2181-3701

366

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, ushbu tadqiqot Oʻzbekistonda tarjimashunoslikning tarixiy

rivoji va bugungi holati haqida maʻlumot berib, sohani rivojlantirishning asosiy

muammolari va imkoniyatlarini belgilab beradi. Markaziy Osiyo mutafikkirlarining

dastlabki qoʻshgan hissalaridan tortib oʻzbek adabiyotini jahon miqyosida targʻib qilish
boʻyicha bugungi sa’y

-

harakatlarigacha boʻlgan tarixiy yoʻnalish madaniy almashinuvni

rivojlantirish va til merosini asrab-

avaylashda tarjimaning doimiy ahamiyatini ta’kidlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2021

-

yildagi “Oʻzbekiston

Respublikasida xorijiy tillarni

oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi

bosqichga olib chiqish chora-

tadbirlari toʻgʻrisida”gi

PQ-5117-sonli Qarori.

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018 yildagi “Jahon

adabiyotining eng sara namunalarini oʻzbek tiliga hamda oʻzbek adabiyoti durdonalarini

chet tillariga tarjima qilish va nashr etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari

toʻgʻrisida”gi 376

-sonli Qarori.

3.

EMT Board. European Master’s in Translation Competence Framework, 2022.

4.

Gʻofurov I., Moʻminov O., Qambarov N. Tarjima nazariyasi: Oliy oʻquv yurtlari

uchun oʻquv qoʻlanma

Toshkent: Tafakkur-

Boʻstoni, 2012.

216 b.

5.

Hamidov X. Tarjimashunoslik fanidan ma’ruzalar matni.

T.: Toshkent davlat

sharqshunoslik instituti, 2012.

88 b.

6.

Sancaktaroğlu Bozkurt, Taşdan Doğan (2023). Translation Studies.

Berlin,

Germany: Peter Lang Verlag. Retrieved Apr 4, 2024, from 10.3726/b20596

7.

Sayfullaev Anvar Islamovich. Teaching Interpreting: Tashkent State University of

Uzbek Language and Literature Experience. International Journal of Linguistics, Literature
and Translation (IJLLT) ISSN: 2617-0299 (Online); ISSN: 2708-0099 (Print) DOI:
10.32996/ijllt Journal Homepage: www.al-kindipublisher.com/index.php/ijllt

8.

Wagner, Emma, Svend Bech, and Jesús Martínez. Translating for the European

Union institutions. Routledge, 2014.

9.

Сафаров

Шаҳриёр

.

Таржимашуносликнинг

когнитив

асослари

.

Монография

.

Тошкент

:

Наврўз

нашриёти

, 2019.

300

б

.

10.

Тухтасинов

И

.

М

.

Таржимон

тайёрлашда

касбий

компетенцияларни

эквивалентлик

ҳодисаси

асосида

ривожлантириш

.

Пед. фан. док. (DSc) дисс. –Т.:

2018.

242 б.

11.

Холбеков М. Н. Таржимашунослик ва таржима танқиди. Тошкент: 2014.

105 б.

12.

https://tsuull.uz/uz/content/universitet-tarixi

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2021-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5117-sonli Qarori.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018 yildagi “Jahon adabiyotining eng sara namunalarini oʻzbek tiliga hamda oʻzbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish va nashr etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 376-sonli Qarori.

EMT Board. European Master’s in Translation Competence Framework, 2022.

Gʻofurov I., Moʻminov O., Qambarov N. Tarjima nazariyasi: Oliy oʻquv yurtlari uchun oʻquv qoʻlanma - Toshkent: Tafakkur-Boʻstoni, 2012. - 216 b.

Hamidov X. Tarjimashunoslik fanidan ma’ruzalar matni. - T.: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2012. - 88 b.

Sancaktaroğlu Bozkurt, Taşdan Doğan (2023). Translation Studies. Berlin, Germany: Peter Lang Verlag. Retrieved Apr 4, 2024, from 10.3726/b20596

Sayfullaev Anvar Islamovich. Teaching Interpreting: Tashkent State University of Uzbek Language and Literature Experience. International Journal of Linguistics, Literature and Translation (IJLLT) ISSN: 2617-0299 (Online); ISSN: 2708-0099 (Print) DOI: 10.32996/ijllt Journal Homepage: www.al-kindipublisher.com/index.php/ijllt

Wagner, Emma, Svend Bech, and Jesús Martínez. Translating for the European Union institutions. Routledge, 2014.

Сафаров Шаҳриёр. Таржимашуносликнинг когнитив асослари. Монография. — Тошкент: Наврўз нашриёти, 2019. — 300 б.

Тухтасинов И.М. Таржимон тайёрлашда касбий компетенцияларни эквивалентлик ҳодисаси асосида ривожлантириш. Пед. фан. док. (DSc) дисс. –Т.: 2018. – 242 б.

Холбеков М. Н. Таржимашунослик ва таржима танқиди. Тошкент: 2014. - 105 б.