Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Image of the time in the novel of Sadriddin Aini “Memories”
Bukhara State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2024
Received in revised form
10 May 2024
Accepted 25 May 2024
Available online
25 June 2024
The article analyzes the features of the memoir genre and
Sadriddin Aini’s memoirs “Memoirs”.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
Sadriddin Ayni,
"Memories",
memoir,
writer's style,
real-life image
“Esdaliklar”da zamon tasviri
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Sadriddin Ayniy,
“Esdaliklar”,
memuar asar,
yozuvchi uslubi,
real hayot,
zamon kategoriyasi
Maqolada memuar janriga xos bo’lgan xususiyatlar va
Sadriddin Ayniyning “Esdaliklar” memuar
romani tahlil qilingan.
Образ времени в произведении Садриддина Айни
“Bоспоминания”
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Садриддин Айни,
«Воспоминания»,
мемуары,
писательский стиль,
образ жизни,
временная категория
.
В статье анализируются особенности мемуарного жанра
и мемуаров Садриддина Айни “Bоспоминания”.
1
Doctoral student, Bukhara State University
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
784
KIRISH
Makon va vaqt tushunchasini yaxlit adabiy kategoriya bo
’
lib shakllanishida
M.Baxtin, D.Lixachev, Y.Lotman, J. Poulet, R.Jeykobsonlarning hissalari ulkan. Bizning vaqt
va makon haqidagi tushunchalarimiz bu
–
ongimizning mahsuli. Demak, adabiyotda
ijodkorning vaqt oqimi ham cheksiz.
O’tmish, hozirgi zamon va kelajak bir asarda
mushtarak holda kela oladi. D.S.Lixachev
bu haqida shunday deydi: “Adabiy vaqt ko’p
hajmli va turli zamondir, chunki u vaqtning barcha boshqa shakllarini o’z ichiga oladi, u bu
shakllarni o’zining badiiy vazifalariga bo’ysundiradi” Olim bu fikri bilan ijodkor uchta
zamon shakllarini ham badiiy
vazifa uchun qo’llashini ta’kidlab o’tmoqda. Baxtin ham
zamonning ushbu ta’rifi bilan yuqoridagi fikrlarni olg’a surgan: “Zamonning bu tarzda
“inversiyalashuvi”, “oʻrin almashinuvi” insoniyat taraqqiyotining turli davrlariga xos
mifologik va badiiy tafakkur uchun xarakterlidir. U zamon haqidagi, ayniqsa, kelajak
haqidagi tasavvurlarni belgilaydi. Shu tariqa kelajak hisobidan bugun, xususan, oʻtmish
boyib boradi. Reallik quvvati, ishonchliligi va haqqoniyligi faqat hozirgi “bor” hamda oʻtgan
(“boʻlgan”) zamonga tegishli boʻladi. Kelajakka tegishlisi esa reallikning boshqacharoq
turlaridir». Xulosa shuki, ijodkor shaxs asarida zamonlarni qorishiq, parallel yoki bo’lmasa
xronologik keltirishi mumkin. Bu ham asarning mazmuniga va badiiy qimmatiga katta
hissa qo
’shadi. “Badiiy asarda inson vujudiga sig’mayotgan ruhiy po’rtanalar, toshqinlikni,
ko’nglida tug’ilgan ezgu niyatlarni bayon etish uchun imkoniyat ko’proq bo’ladi”.
Ijodkorlar xronotopni sujet harakati uchun asarga kiritishadi. Makon va zamonning
serqirraligi uning badiiy ahamiyatini yanada orttiradi.
ASOSIY QISM
Biz Sadriddin Ayniyning “Esdaliklar”ini o’rganar ekanmiz, undagi vaqt oqimi
xronologik ketma-
ketlik kasb etganini ko’ramiz. “Esdaliklar” asari xronotopini
o’rganadigan bo’lsak, uni ikki davrga bo’lishimiz mumkin:
1. Ijodkorning qishloqda o’tgan davri (Asosan bu hududlarga Mahhallai Bolo va
Saktare).
2. Ijodkorning shaharda o’tgan ta’lim jarayoni (Bu davrga Buxoro madrasalaridagi
mullaning turmushi).
Yozuvchining o’zi ham bu asarni yozishdan oldin uni ikki qismga bo’lishni
rejalashtirgan. Memuarning boshida o’z maqsadini o’quvchilarga oshkor qilib bergan.
“Esdaliklarning taxminiy mundarijasi quyidagicha bo’ladi:
Qishloqda, shaharda madarasa hayoti, uning dars programmasi, o’qish tartibi,
umuman shahar xalqining ahvoli, turli tabaqalarning bir-
biriga munosabatlari (o’zim
ko’rgan, bilgan va sezgan darajada), o’tmishdagi adabiy hayot, fikrimda paydo bo’lgan
o’zgaris
hlar, amir hukumatiga va rasmiy ulamolarga qarshi harakatlar, 1905-yil va fevral
revolyutsiyalarining Buxoroga ta’siri, bu orada o’zimning boshimdan o’tgan voqealar.
Buxorodan Samarqandga ko’chishim, Samarqandda fevral va oktabr revolyutsiyalari
orasida ro
’y bergan voqealar (o’zim ko’rib bilganimcha)”. Memuar boshida ijodkor va’da
qilganidek, qishloq hayotini va bolaligini kiritgan. Uni asarni ilk faslida ko’rishimiz
mumkin. Asarning keyingi qismlari, ya’ni shaharda qismi 1890
-yildan boshlangan. Bu qism
3
fasldan iborat. Ammo S.Ayniy va’da qilganidek ushbu fasllarda Buxoro va Samarqanddagi
o’zgarishlar haqidagi fikrlar mavjud emas. Voqealar ijodkor ongida siyosiy tuzumga
tanqidiy fikrlar paydo bo’lishi bilan yakun topadi. Pertseptiv (idrok etuvchi) xronotop
lar
orqali qahramonlar xotirasida o'tmish suratlari paydo bo'ladi. Siyosiy tuzum jihatdan faqat
bitta amir hukumati zamoni aks etgan. Asarda S.Ayniyning uch yoshligidan toki madrasa
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
785
ta’limigacha bo’lgan muddat tasvirlangan. Bolalik inson hayotining eng go’zal damlari.
Ushbu xronotop o’zida samimiyatni aks etadi. Uch yoshli bola hayotga ilk xotiralar bilan
kirib keldi. Biz buni yuqorida “To’y” xronotopi deb nomladik. Yozuvchi memuarnin
g
birinchi qismida zamonni tasvirlashda ko’proq ijodiylikka harakat qilgan. “Mahallai Bolo
qishlog’i” haqidagi hikoyasida ijodkor tarixda bo’lgan voqealarni “Qadim zamonlarda …”
deb boshlaydi. Ushbu qolip XOIdidan unumli foydalanilgan. Yozuvchi ushbu birikmaning
o’rniga “O’tgan tarixda…” yoki “Bir zamonlar…” deb yozishi mumkin edi. Ammo XOI
qolipida berilishi yanada uslubiy bo’yoqdor chiqishiga imkon yaratgan. Keyingi hikoyada
ham ijodkor an’anasiga binoan zamon aniqlashtiriladi. Ijodkor bahor faslini shunc
haki
“Bahorda…” deb emas balki “Ko’klam endi boshlanganda…” deb kiritadi. Ushbu birikmada
ham uslubiy attenkani ko’rishimiz mumkin. Memuarda “Shaharda” qismida makon va
zamon ham o’zgarishga uchraydi. Endilikdagi voqealar yillar bilan aniq qilib ko’rsatila
di.
“Men 1890
-
yilda akam bilan birga o’qish uchun Buxoroga bordim…” yoki bo’lmasa: “1890
-
91 tahsil tugadi. Shu bilan birga akamning oziq ovqati ham tugadi…” Yozuvchi tahsil
davrini yoritar ekan, konkretlik tamoyilini olib boradi. Deyarli 23 yil ta’limi d
avomida
qaysi madrasaga qachon ko’chdi, qaysi kitobni qachon boshladi barchasini birin
-ketin
faktlar va yillar bilan ifoda etdi. “Men 1894
-1895-
o’quv yilini boshladim. Bu yil xuddi
o’tgan yildagi singari bizning darsimiz Gafurjon mahdumning qoriligida domu
lla Ikromcha
huzurida “Sharxi Mulla”dan boshlanishi lozim edi”. Bunday misollarni ko’p keltirib o’tish
mumkin. Ya’ni ijodkor o’z an’anasiga muvofiq o’quv yili va qaysi kitobga kelganini deyarli
har bir madrasaga ko’chishdan oldin keltirib o’tadi. Zamonni
aniqlab olgandan so’ng esa
voqealar rivojini boshlab yuboradi.
Vaqt va makon voqealar rivoji uchun asos bo’ladi. “Esdaliklar”ning ko’p o’rnida tun
voqealarida makon va zamon shiddat bilan o’zgarib, sujet harakatini tezlashtirgan. “Majid
Kahkashoniy” hikoyasida makon va zamon tunning xarakterini to’laqonli ochib berga
n.
Hikoyachi sarguzashtlarini bayon qilarkan, oldin vaziyatni tushuntiradi: “Hokimlarning
odamlarni mash’alalar yondirib, qo’rg’onning ichini va tevaragini yoritib, bir qismlari
qo’rg’onga bostirib kirdilar va bir qismlari qo’rg’on atrofida soqchi bo’lib t
urdilar va men
ham soqchilar qatorida, qo’limga qilich olib qo’rg’on devorining torgina bir raxnasi oldida
turdim”. O’quvchining ko’z o’ngida vaziyat ravshan bo’ldi. Demak, hokim odamlari
o’g’rilarni tutish uchun soqchilarni qo’rg’onga joylashtirdi. Endi
hikoyachi vaqt oqimiga
shiddat berish maqsadida “Bir vaqt …” deb boshlanuvchi vaziyatni tasvirladi. Bu birikma
voqeani to’satdan sodir bo’lganini bildirmoqda. “Bir vaqt o’g’rilardan bir yigit ot choptirib
qo’rg’ondan qochish uchun, men turgan raxna oldiga keldi. Men otining oyog’ini qilich
bilan chopib, uni otdan yiqitmoq niyatida tayyorlandim”. Bu yerda vaqt tig’izlashgan.
Makon ham qo’rg’ondan raxnaga shiddat bilan ko’chgan. Zamon tezlashgan sari makon
ham o’zgarishlarga uchraydi. Aynan shu hikoyaning bo
shqa joyida yana tun xronotopi
berilgan bo’lib, unda ham vaqt tig’izligi kuzatiladi. “Olamni qorong’ulik bosib, ko’z
-
ko’zni
ko’rmaydigan bo’ldi. Shu qorong’ulikda Xarizga yetganimda, ot hurkib, quloqlarini
dikkaytirib, orqaga qochmoqchi bo’ldi. Ammo fursat
topmadi: birov uning jilovidan
mahkam tutgan edi”. Endi bu safar ijodkor tunni badiiy tasvirga oldi. U tunni “olamni
qorong’ulik bosib” deb, makonni ham aniq Xariz deb belgiladi. Bu o’rinda ham to’satdan
voqealar rivoji sodir bo’ldi. O’z yo’lida ketayotgan otliqga o’g’rilar to’satdan hujum qildi.
Uning qochishi uchun imkoni yoq. Yozuvchi uning imkonsizligini “fursat topmadi” deb
qoydi. Ushbu tun tasvirida shiddat, tig’izlik hukm suradi. Ammo “Esdaliklar”ning boshqa
o’rinlarida keltirilgan tun xronotopi sokinlik bilan ajralib turadi. Bunga misol qilib “Baxtsiz
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
786
qiz” hikoyasini olsak bo’ladi. Unda ikki sevishgan sokin tun payti sahro bag’rida
uchrashuvga chiqishadi. Bunda tasvirlangan zamon “Majid Kahkashoniy” hikoyasinikidan
boshqacharoq. Bu vaziyatda vaqt to’xtaydi. Makon ham vaqtning izmida muallaq turadi.
“Oy yana ham yuqoriroq ko’tarilib, yer yuzini sutday oqartiribdi va uning yog’dusida qizil
qum to’dalari sarg’imtir xom qaymoqday bo’lb ko’rinibdi. Ammo mulla Burhonning
“oftobi” hali ham chiqmabdi…” Ijodkor asar davomida tasvirini ikki bor sutga o’xshatgan.
Biri ushbu hikoyada bo’lsa, ikkinchisi “Dala sayohati” nomi bilan keltirilgan voqeada. Bu
ta’rifdan ma’lumki tun yarmiga borgan vaqt tasviri aks etgan. Oyning yog’dulari esa cho’l
qumliklariga sarg’ish jilo bermoqda. Ana shu nuqtada ijodkor zamonni bir joyga to’xtatib
qoyadi. Butun tun davomida qiz boshidan o’tgan butun hayotini yigitga so’zlab beradi.
Voqealari yakunlangach vaqt ham sekin o’z hukmini suradi: “Shu mahal oy boshimiz
ustidan o’tib g’arb tomonga og’ib borgan, sharq tomondan minoraga o’xshash n
ur
ko’tarilib ko’m
-
ko’k bo’lgan osmon yuzini oqish tusga aylantirgan edi”. Yigit osmonga
qarasa, oy allaqachon o’z manziliga oshiqayotgan edi. Tongning otishi nihoyatda bir nozik
tasvirlanganki, ikki sevishgan tong bo’lishini bilmay qolganlar. Uchrashuv so’ngida esa
tong otishining ilk soniyalari aks etgan: “Bu vaqtda sharq tomon uyatchan qizlarning
yuzlariday qizargan kun oqarib yuz qadamdan odam odamni taniydigan darajaga yetgan
edi. Men qo’rg’onga yaqin bormay, pastqamliklardan, qum xomalari oralaridan
ehtiyot
bilan yurib, mozorga yetdim-da, chillaxonaga kirib olib, jonon hayolida arzi rozi niyoz qilib
o’tirdim”. San’atkor tong tasvirini go’zal o’xshatishlar bilan chizgan. Osmonning quyosh
nurlari ostida qizil tob berishini qizlarning anordek yuzlariga qiyos qilgan. Yuqorida ikki
hikoyada tun xronotopini tahlil qildik. Ular bir biridan vaqtning shiddatligi va sokinligi,
makonning o’zgaruvchanligi va turg’unligi bilan farq qilgan. Aynan xronotop sujet
harakatining tez yoki sekinligini boshqarib boradi. Shu tariqa zamon va makon asarning
janriga ham ta’sir ko’rsatadi. Bu haqida Baxtin shunday deydi: “Badiiy xronotop qatʼiy
tarzda janriy mohiyatga ega. Aytish mumkinki, janr va janrga xos xususiyatlar aynan
xronotop vositasida yuzaga chiqadi. Shuningdek, badiiy xronotopning yetakchi xususiyati
zamonda koʻrinadi. Xronotop shakliy
-mazmuniy kategoriya sifatida adabiyotda inson
obrazi mohiyatini ham belgilaydi. Chunki badiiy obraz doimo xronotop negizida maʼno
kasb etadi”.
XULOSA
Darhaqiqat, romandagi xronotop bilan hikoyaning xronotopi o’rtasida farq mavjud.
Romandagi xronotop boshqa janr xronotoplaridan makon va zamonning turlichaligi bilan
farq qiladi. Unda zamon ham makon o’zgargan sari turg’unlikni yo’qotadi. Endi roman
xronotopi bilan memuar xronotopi farqiga kelsak, romanda ijodkor xayolot dunyosidagi
makonni ham tasvirlasa bo’ladi. Ammo memuar o’z xususiyatlari bilan tarixga yaqin
turgani uchun bunday imkoniyatga ega bo’lmaydi. Zamon ham memuarda faktlarga
asoslangan xronologik tartibda, izchil yoritiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
Lixachev D. S. Poetika drevnerusskoyliteratura. L.: Nauka, 1967.B. 370
2.
BaxtinM. Romanda zamon va xronotop shakllar//.www.saviya.uz
3.
Bahodir Karim.Ruhiyat alifbosi.
–T.: “G’afur G’ulomt” badiiy adabiyot nashriyoti,
2018.
–
B.5
4.
Sadriddin Ayniy. Asarlar. 6-tomlik.
–T.: “Toshkent” badiiy adabiyot nashriyoti.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
787
5.
O’roqova, N. (2024). SADRIDDIN AYNIY USLUBIGA DOIR CHIZGILAR. ЦЕНТР
НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ
(
buxdu.Uz
),
47(47).
извлечено
от
https://journal.buxdu.uz/index.php/journals_buxdu/article/view/12188
6.
Уракова, Н. (2019). Стиль писателя в современных узбекских поэмах.
International scientific review, (1 (41)), 26-28.
7.
O'roqova, N. (2019). So'nggi yillar o'zbek dostonchiligida ijodkor uslubi va
individualligi (I. Otamurod va U. Qo'chqor dostonlari asosida). Falsafa fanlari doktori
(PhD) dissertatsiyasi, Qarshi, 2019. B, 21
8.
Yorievna, U. N.
, & Ikhtiyar’s , K. N. . (2024). National Portrait in Otkir Hashimov’s
Stories. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 3(3), 831
–
837.
Retrieved from https://www.bjisrd.com/index.php/bjisrd/article/view/1923
9.
Nafosat, U., & Quvvatova, D. (2019). An untraditional description style in the epos
of Ikrom Otamurod. International Journal of Engineering and Advanced Technology, 8(5
Special Issue 3), 396-399.
10.
Urokova, N. (2019). GENRE RESEARCH IN UZBEK POEMS OF RECENT TIMES.
Theoretical & Applied Science, (8), 57-59.
