Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Theoretical foundations of the gender approach in
educational management and the role of school principals
in their activities
Kholidakhon YUNUSOVA
National Research Institute named after A. Avloni
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received May 2024
Received in revised form
15 June 2024
Accepted 25 June 2024
Available online
15 July 2024
Improving the quality of education in schools is directly
related to the effective organization of the school principal’s
activities. This article notes the managerial competence of a
leader and measures for its development. The theoretical
foundations of the gender approach in education management
in Uzbekistan and its prospects are also analyzed. The gender
approach aims to ensure equality between men and women in
society, and this approach is of great importance in educational
management. The article examines the content of the gender
approach, feminist theory and the relationship between gender
equality and sustainable development. The current situation in
Uzbekistan, ongoing reforms and prospects for the future are
also analyzed. The need to implement a number of measures to
ensure gender equality in education management is
emphasized and it is shown that through these measures it is
possible to increase the efficiency of the education system and
ensure social justice in society.
2181-
3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss4-pp6-12
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
educational management,
management competence,
gender concept,
gender approach,
gender equality,
gender stereotypes,
feminist theory.
Ta’lim menejmentida gender yondashuvning nazariy
asoslari va maktab direktorlari faoliyatidagi o‘rni
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
ta’lim menejmenti,
boshqaruv kompitentlik,
gender tushunchasi,
gender yondashuv,
gender tenglik,
gender sterotiplar,
Maktablarda ta’lim sifatini yaxshilash bevosita maktab
direktori faoliyatini samarali tashkil etish bilan uzviy bog‘liq
bo‘ladi. Ushbu maqolada rahbarning boshqaruv kompitentligi
xususida va uni rivojlantirish borasida chora-tadbirlar qayd
etib o‘tilgan. Shuningdek, maqolada Oʻzbekistonda ta’lim
menejmentida gender yondashuvining nazariy asoslari va uning
1
Doctoral student, National Research Institute named after A. Avloni. E-mail: xolidayunusova124@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
7
feminist nazariya.
istiqbollari tahlil qilinadi. Gender yondashuvi jamiyatda
erkaklar va ayollar orasidagi tenglikni ta’minlashni ko‘zda
tutadi va ta’lim menejmentida bu yondashuvning ahamiyati
katta. Maqolada gender yondashuvining mazmuni, feminist
nazariya va gender tengligi va barqaror rivojlanishning o‘zaro
bog‘liqligi yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda hozirgi holat,
amalga oshirilayotgan islohotlar va kelajakdagi istiqbollar tahlil
qilinadi. Maqola ta’lim menejmentida gender tengligini
ta’minlash uchun qator chora
-tadbirlarni amalga oshirish
zarurligini ta’kidlaydi va bu chora
-
tadbirlar orqali ta’lim
tizimining samaradorligini oshirish va jamiyatda ijtimoiy
adolatni ta’minlash mumkinligini ko‘rsatadi.
Теоретические
основы
гендерного
подхода
в
управлении образованием и роль директоров школ в
их деятельности
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
менеджмент образования,
управленческая
компетентность,
гендерная концепция,
гендерный подход,
гендерное равенство,
гендерные стереотипы,
феминистская теория.
Повышение качества образования в школах напрямую
связано с эффективной организацией деятельности
директора
школы.
В
данной
статье
отмечается
управленческая компетентность лидера и меры по её
развитию. Также анализируются теоретические основы
гендерного подхода в управлении образованием в
Узбекистане и его перспективы. Гендерный подход
направлен на обеспечение равенства мужчин и женщин в
обществе, и этот подход имеет большое значение в
управлении образованием. В статье рассматривается
содержание гендерного подхода, феминистской теории и
взаимосвязи гендерного равенства и устойчивого
развития. Также анализируется текущая ситуация в
Узбекистане, реализуемые реформы и перспективы на
будущее. Подчеркивается необходимость реализации ряда
мер по обеспечению гендерного равенства в управлении
образованием и показано, что за счёт этих мер можно
повысить эффективность
системы
образования
и
обеспечить социальную справедливость в обществе.
Ta’lim menejmenti –
ta’lim muassasalarini boshqarish, tashkil etish va
rivojlantirish
jarayonlaridan iborat bo‘lib, unda gender yondashuvining ahamiyati katta.
Gender yondashuvi ta’lim menejmentida barcha jinslarning teng imkoniyatlarga ega
bo‘lishini ta’minlashni nazarda tutadi. O‘zbekistonda bu yondashuvning nazariy asoslari
va istiqbollari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, jamiyatning barqaror rivojlanishiga hissa
qo‘shadi. Gender yondashuvi jamiyatda erkaklar va ayollar orasidagi tenglikni
ta’minlashni ko‘zda tutadi. Ta’lim menejmentida bu yondashuv barcha ta’lim
bosqichlarida jinslar orasida teng imkoniyatlar yaratish, diskriminatsiyani oldini olish va
gender tengligini rag‘batlantirishni nazarda tutadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
8
Gender tushunchasining mohiyatiga nazar tashlanganda, ko‘pincha bu so‘z turlicha
tushuniladi. Bu tuchuncha feminizm tushunchasiga bilan chalkashtirib yuboriladi. Aslida
esa feminizm bu
–
jamiyatning barcha sohalarida ayollar huquqlari harakatini
tushuntiruvchi atama bo‘lib, uning maqsadi ayollarga nisbatan kamsitishni barataraf
etishdir. Feminist nazariya gender yondashuvning asosiy nazariy manbalaridan biri
hisoblanadi. Ushbu nazariya ayollar va erkaklar orasidagi tenglikni ta’minlash,
ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish zarurligini ta’kidlaydi. Gender tengligi
tushunchasi esa bu jinsidan qat’iy nazar, erkak va ayollar o‘rtasida tenglkikni
ta’minlanishidir. Gender –
xotin-
qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat
hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan, siyosat, iqtisodiyot, huquq,
mafkura
va madaniyat, ta’lim, ilm
-
fan sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy holat.
“Gender” so‘zi inglizcha “gender”, lotincha “genus” so‘zlaridan olingan bo‘lib,
“zot, jins,
kelib chiqish” ma’nosini anglatadi. Agarda biologik jins insonlarni ayol
va erkaklarga
ajratadigan bo‘lsa, gender ayol va erkaklarning jamiyatdagi o‘rnini
ajratishga qaratilgan.
Jamiyatda ayol va erkaklarning o‘z o‘rnini topishi va belgilashi
uchun davlat ularga bir xil
sharoit va imkoniyat yaratib berishi gender tenglikni
ta’minlashda asos bo‘lib xizmat
qiladi [1].
Gender konsepsiyasi biologik jins bilan (inglizchasiga
–
sex) ijtimoiy jins
(inglizchasiga
–
gender) farqlanishiga hamda jinslar orasidagi ijtimoiy munosabatlar
faqat erkaklar va xotin qizlarning biologik o‘ziga xosligi bilan belgilanmasligi, ijtimoiy
rollar birligi, fiziologik farqlardan sezilarli ravishda kengligini anglashga qurilgan. Jins
–
bu anatomik, fiziologik tushuncha, ya’ni individning biologik jinsga oidligini belgilovchi
biologik xususiyatlar birligidir. Biologik jins va ijtimoiy jins o‘rtasidagi farqni ilk bor
1935-yilda amerikalik antropolog Margaret Mid tomonidan tadqiq etilgan [2]. Biroq,
odamlar o‘rtasida biologik farqlardan tashqari ijtimoiy rollar, faoliyat turlari, xatti
-
harakatdagi va psixologik xarakteristikadagi bo‘linish ham mavjud. Gender tengligi
XXI asrda rivojlanish sohasida BMT maqsadlariga erishish borasida prinsipial jihatdan
ahamiyatli omildir. Shunga muvofiq tarzda gender yondashuvlarning takomillashtirilishi
va joriy etilishi ijtimoiy adolat, inson rivojlanishining teng huquqliligi va barqarorliligiga
erishish yo‘lida asosiy masala bo‘lib qolmoqda.
BMT tomonidan qo‘yilgan masalalarning samarali tarzda ijro etish yo‘llarini izlash
gender yondashuvlarni ishlab chiqishga olib keldi. BMT ning XXI asr rivojlanish
borasidagi 8 ta yo‘nalishda maqsadlari belgilab olingan. Shundan aynan uchinchisi
“
Erkaklar va xotin-
qizlar tengligini rag‘batlantirish va xotin
-qizlar huquqlari va
imkoniyatlarini kengaytirish”
dir [3]. 1948-yilda qabul qilingan Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasining birinchi moddasi ham gender tengligini ta’minlab
qo‘ygan. “Barcha odamlar qadr
-
qimmat va huquqlarda teng boʻlib tugʻiladilar.
Ular aql-
idrok va vijdonga ega boʻlib, bir
-birlariga birodarlik ruhida munosabatda
boʻlishlari lozim”
[4].
Yurtimizda ham har jabhada gender tengligini ta’minlash, xotin
-qizlarning ijtimoiy
va siyosiy jabhada faolliklarini oshirish borasida ko‘plab amaliy ishlar amalga
oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning Inson
huquqlari bo‘yicha kengashining 46
-
sessiyasida so‘zlagan nutqida: “Biz gender siyosati
masalalari borasida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida va ishbilarmonlik
sohasida ayollarning rolini tubdan oshirishga qaratilgan ishlarni qat’iy davom ettiramiz”,
–
deb ta’kidladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
9
2019-yil 2-
sentabrda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin
-qizlar va erkaklar uchun
teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–
562-son Qonuni qabul
qilindi [
5]. Qonun mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan yaxlit va
asosiy qonun hujjati hisoblanadi.
2022
–
2026-
yillarga
mo‘ljallangan
yangi
O‘zbekistonning
taraqqiyot
strategiyasining yetti ustuvor yo‘nalishining to‘rtinchi
Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish,
inson kapitalini rivojlantirish
qismida ham “Gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom
ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-
siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab
-quvvatlashga
doir islohotlarni amalga oshirish“
[
6] mustahkamlab qo‘yilgan.
Gender tushunchasi kundalik hayotimizga kirib kelganiga ko‘p bo‘lmagan
bo‘lsada,
lekin uni ijtimoiy hayotda, ilmiy munozaralarda va OAVda keng ko‘lamda
qo‘llangani
jamoatchilikda jamiyatda sodir bo‘layotgan hodisa, jarayon va voqealarga
nisbatan
yangicha yondashuv
–
gender so‘zi bilan qarash, uni tahlil qilishda erkak
va ayolning o‘rni
hamda tengligini e’tiborga olish va normativ
-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash,
hatto biror-bir qaror qabul qilishda qarama-qarshi jins vakillarining manfaatlarini
himoya qilish masalasi zaruriyat sifatida belgilanishi kerak, degan tasavvurni keltirib
chiqarmoqda. Va hatto jamiyatda yechilishi kerak
bo‘lgan barcha ijtimoiy, iqtisodiy va
ta’lim
-tarbiyaga oid dolzarb muammolar zamirida gender tenglik va teng imkoniyatlar
tamoyili buzilganligi bilan bog‘laydigan qarashlar
ham mavjud. Shu o‘rinda, Prezident
Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil iyun oyida Oliy Majlis Senatidagi nutqidan iqtibos
keltirishni o‘rinli deb bilaman: “... meni ongimizda chuqur ildiz otgan bir aqida ko‘p
o‘ylantiradi. Biz doimo “ayol –
bu ona, oilamiz bekasi”, deb ularni ulug‘laymiz. Bu to‘g‘ri,
albatta. Ammo hozirgi kunda har bir xotin-qiz demokratik jarayonlarning kuzatuvchisi
emas, balki faol va tashabbuskor ishtirokchisi bo‘lmog‘i shart”
[7].
So‘nggi yillarda yurtimizda gender tenglikni ta’minlash, ayollarning ijtimoiy va
siyosiy hayotdagi rolini oshirish bo‘yicha ishlar bir necha yo‘nalishlarda olib borilmoqda:
•
ayollar huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini
takomillashtirish;
•
ayollarni himoya qilishning institutsional asoslarini takomillashtirish;
•
aholining gender tenglik va ayollar huquqlari to‘g‘risida xabardorligini oshirish;
•
huquqni qo‘llash amaliyotida ularga rioya etilishini ta’minlash uchun mas’ul
mansabdor shaxslarni tegishli huquqiy me’yorlar asosida o‘qitish.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda taʼlim tizimi gender tengligi masalalariga alohida
ahamiyat qaratilib kelinmoqda,
lekin hali ham ko‘plab muammolar mavjud. Rasmiy
statistik ma’lumotlarga ko‘ra, maktabgacha taʼlimda qizlar va o‘g‘il bolalar soni deyarli
teng, lekin oliy taʼlim bosqichida bu farq sezilarli darajada ortadi. Ayniqsa, texnika va
muhandislik kabi sohalarda qizlarning ulushi past darajada qolmoqda. Falsafa va fan
doktorlar orasida ham erkak va ayollar nisbati yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan,
statistikaga ko‘ra, ayol falsafa doktorlari 2546 ta, erkaklar nisbati esa 5783 tani tashkil
etadi. Fan doktorlari orasida esa erkaklar ulushi 3 barobardan ko‘proq ekanligi yaqqol
namoyon bo‘ladi. Boshqaruv lavozimida ishlaydigan ayollarning ulushi esa atiga
28,2 % ni tashkil etadi xolos [8].
Maktab direktorlari nisbati ham ancha sezilari. Bu ayniqsa qishloq joylarda yaqqol
ko‘zga tashlanadi. Maktab ta’lim menejmentida gender tengligi, jinsiy barqarorlik va
adolatning ta’minlanishi, o‘quvchilar va o‘qituvchilarning motivatsiyasini oshirish,
jamoatning barcha a’zolariga qonun insonlarga qarshi kurashni o‘rgatish, va samarador
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
10
va inkluziv ta’lim muhitini yaratishga yordam beradi. Bu esa, ta’lim tizimining faollik
darajasini oshiradi va o‘quvchilarning rivojlanish va o‘sish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Psixologiya fanlari doktori, dotsent F.A. Akramova rahbarlik imkoniyatlarini
aniqlash maqsadida erkak va ayol maktab direktorlari o‘rtasida psixologik test o‘tkazib
ko‘radi. 16 foizdan ziyod erkak rahbarlar hamda 7 foiz ayol rahbarlar o‘zining ijtimoiy
rollariga ko‘ra o‘ta kamtarin, o‘ziga ishonmaydigan kishilar ekanini va boshqalarnng
rahbarligiga bo‘ysunishlarini ko‘rsatdi. Tadqiqot xotin
-qizlar boshqaruvining samarali
ekanligini va ayol tabiatiga xos bo‘lgan ba’zi xususiyatlar rahbarlikida ijobiy rol
o‘ynashini isbot etdi
[9].
Maktab ta’lim menejmentida gender tengligining o‘rni va ahamiyati katta. Bunday
menejmentda gender yondashuvning integratsiyasi, boshqaruv organlari tomonidan
jinsiy barqarorlikning ta’minlanishi va amalga oshirilishi uchun dasturlar va
protseduralarni belgilash, maktabda jinsiy barqarorlik va adolatning ta’minlanishi uchun
ta’lim kurslari va seminarlar tashkil etish, va boshqaruv organlarining gender tengligi va
jinsiy barqarorlikning muhimligi haqida o‘quvchilarga va o‘qituvchilarga ta’lim berish
kabi chora-tadbirlar muhimdir.
Gender tengligining maktab ta’lim menejmentida o‘rni va ahamiyati ustida
tafakkur qilish, boshqaruv organlarining gender yondashuvga e’tibor berish va jinsiy
barqarorlikni ta’minlash uchun samarali strategiyalar yaratish, va jamiyatning barcha
a’zolariga qonun insonlarga qarshi kurashni o‘rgatish uchun birlikda ishlash kerak.
Bu esa, samarador, inkluziv, va barqaror ta’lim muhitini yaratishga imkon beradi va
o‘quvchilarning rivojlanishini va o‘sishini rag‘batlantiradi.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, Oʻzbekistonda maktab direktorlari orasida gender
tengligi bilan bogʻliq muammolar bir necha jihatdan ko‘rinadi. Bunga sabablar sifatida
ijtimoiy normalar, an’anaviy qarashlar va ayollarni rahbarlik lavozimlariga
ko‘tarilishidagi qiyinchiliklarni keltirib o‘tish mumkin.
Oʻzbekistonda
maktab
direktorlari
faoliyatida
gender
yondashuvdagi
muammolarni tahlil qilish quyidagi jihatlarga e’tibor berishni talab qiladi:
1. Gender tengsizlik.
Maktab rahbarlari orasida erkaklar va ayollar o‘rtasidagi
nisbatsizlik mavjud. Erkaklar ko‘pincha yuqori lavozimlarga ko‘proq tayinlanadi, ayollar
esa kamroq rahbarlik pozitsiyalarida faoliyat yuritadi.
Bu holat gender stereotiplari va anʼanaviy qabul qilingan roʻllar tufayli yuzaga
keladi. Jamiyatda ayollarni ko‘proq oila va bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanishi kutiladi,
bu esa ularning rahbarlik lavozimlarida kamroq ko‘rinishiga olib keladi.
2. Rahbarlik malakalari va kompetentligidagi tafovutlar.
Ayollar va erkaklar
o‘rtasida boshqaruv kompetentligida farqlar mavjud bo‘lishi mumkin.
Ayollar ko‘pincha
professional rivojlanish imkoniyatlaridan foydalanishda cheklovlarga duch keladi.
Bu holat ularning rahbarlik malakalari va boshqaruv kompetentligini oshirish
imkoniyatlarini kamaytiradi.
3. Gender stereotiplari.
Jamiyatda mavjud bo‘lgan gender stereotiplari ayollar
rahbarligi oldidagi toʻsiqlarni kuchaytiradi.
Ayol rahbarlarga nisbatan ko‘pincha
“yumshoq” yoki “qat’iyatli emas” degan fikrlar mavjud bo‘ladi. Bu stereotiplar ayollarni
rahbarlik lavozimlariga ko‘tarilishida va boshqaruv jarayonlarida ularning faol ishtirok
etishida to‘sqinlik qiladi.
4.
Gender sensitivlik(gender sezgirlik) ta’lim va rivojlanish.
Maktab rahbarlari
uchun gender sensitivlik trening va ta’lim dasturlarining yetarli emasligi. Maktab
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
11
rahbarlari gender tenglik va muvozanatni ta’minlashga qaratilgan ta’lim dasturlaridan
yetarli darajada foydalanmaydilar. Bu holat ularning boshqaruv faoliyatida gender
yondashuvni qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishni cheklaydi.
5.
Qonunchilik va siyosiy qoʻllab
-quvvatlash.
Gender tengligini ta’minlashga
qaratilgan qonunchilik va siyosatlarning amaliyotda yetarli darajada qo‘llanilmasligi.
Oʻzbekistonda gender tenglikni ta’minlashga oid qonunlar mavjud bo‘lsa
-da, ularni
amaliyotda tatbiq etishda muammolar yuzaga keladi. Bu holat gender tenglikni
ta’minlash yo‘lidagi harakatlarni sekinlashtiradi.
6. Ish va oila balansi.
Ayol rahbarlar uchun ish va oila vazifalarini muvozanatlash
muammosi.
Ayollar ko‘pincha oila va ish majburiyatlarini muvozanatlashda
qiyinchiliklarga duch keladi. Bu ularning rahbarlik faoliyatiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Ushbu muammolarni hal qilishda gender sensitiviteli treninglar tashkil etish,
qonunchilikni kuchaytirish, gender tenglikka oid davlat siyosatini qo‘llab
-quvvatlash,
hamda ijtimoiy stereotiplarga qarshi kurashish orqali maktab rahbarlarining boshqaruv
samaradorligini yanada oshirish mumkin.
O‘zbekistonda ta’lim menejmentida gender nisbatiga erishish va ayol
rahbarlarning faoliyatini yanada takomillashtirish uchun quyidagi ishlarni amalga
oshirish muhim hisoblanadi.
–
Teng imkoniyatlarni ta’minlash: Ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar
yaratish, bu esa ayollarni rahbarlik lavozimlariga ko‘tarilishida yordam beradi.
–
Ta’lim va malaka oshirish dasturlari: Ayollar uchun rahbarlik va boshqaruv
bo‘yicha maxsus ta’lim va treninglar tashkil etish. Bu ularga o‘z malakalarini oshirish va
rahbarlik lavozimlariga tayyorlanish imkonini beradi.
–
Ijtimoiy ongni oshirish: Gender tengligi va ayollarning rahbarlik rolida bo‘lishi
ijobiy qabul qilinishi uchun ijtimoiy ongni oshirish bo‘yicha kampaniyalar o‘tkazish.
–
Mentorlik dasturlari: Muvaffaqiyatli rahbar ayollar tomonidan yosh ayollarni
yo‘naltirish va qo‘llab
-quvvatlash uchun mentorlik dasturlari tashkil etish.
–
Qonunchilik va siyosat: Gender tengligini ta’minlash uchun tegishli qonunchilik
va siyosatni kuchaytirish, bu orqali
ayollarning rahbarlik lavozimlariga kirishi yo‘lida
to‘siqlarni kamaytirish.
–
Ish sharoitlarini yaxshilash: Ayollar uchun qulay ish sharoitlarini yaratish, masalan,
moslashuvchan ish soatlari va bolalarni parvarish qilish xizmatlarini taklif qilish.
Bu choralar gender tengligini ta’minlash va ayollarning maktab direktori
lavozimlarida ko‘proq ishtirok etishiga, ta’lim si9fatini yanada oshirish va samarali
mehnat faoliyatini tashkil etishga yordam beradi.
Oʻzbekistonda maktab direktorlari orasida gender tengligi masalasi muhim va
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu sohadagi muammolar ko‘pincha ijtimoiy
normalar, an’anaviy qarashlar va ayollarni rahbarlik lavozimlariga ko‘tarilishidagi
qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Jamiyatning har bir qismiga jinsiy barqarorlik va adolatning
ta’minlanishi muhimdir.
Ta’lim menejmentida gender tengligining o‘rni va ahamiyati,
jinsiy diskriminatsiya va stereotiplarga qarshi kurashni o‘rgatish, jinsiy barqarorlikni
ta’minlash, va samarador ta’lim muhitini yaratishga erishishni ko‘rsatadi. Bu esa,
jamiyatdagi jinsiy barqarorlik muammoalariga yechim topishga yordam beradi va butun
dunyo bo‘ylab rivojlanayotgan gender yondashuvning bir qadamiga aylanadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
12
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
H.D.Norqulov, Sharqda gender tengligi masalalarining o‘ziga xos jihatlari.
“O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlashning dolzarb masalalari: joriy holat, vazifalar
va istiqbol” maqolalar toʻplami.
“Mahalla va oila nashriyoti”. Toshkent. 2022.
10-18 betlar.
2.
M.Davlatjonova, Gender tengligi. Book of abstracts “Women in STEM”
international forum. Tashkent. 2024. 258-260 betlar.
3.
D.Alimjanova, Inson rivojlanish konsepsiyasining vujudga kelishi va mohiyati.
Gender munosabatlari nazariyasi va amaliyotiga kirish. Maqolalar to‘plami. Toshkent.
2007. 8-21 betlar.
4.
Inson
huquqlari
umumjahon
deklaratsiyasi.
https://constitution.uz/oz/pages/humanrights
5.
O‘zbekiston Respublikasining “Xotin
-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda
imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ
-562-son Qonuni. https://lex.uz/docs/-
4494849
6.
2022
–
2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot
strategiyasi. https://president.uz/oz/pages/view/strategy?menu_id=144
7.
Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 21-iyun oyida Oliy Majlis Senatining yigirmanchi
yalpi majlisidagi nutqi.
8.
https://gender.stat.uz/uz/gender-2030
9.
F.A.Akramova, Gender munosabatlarini ilmiy o‘rganish dolzarb muammo
sifatida. “O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlashning dolzarb masalalari: joriy holat,
vazifalar va istiqbol” maqolalar to‘plami. “Mahalla va oila nashriyoti”. Toshkent.
2022. 48-52 betlar.