Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The significance of using numbers in phraseological and
paremiological units in linguistics
Dilafruz NEMATJONOVA
Namangan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2024
Received in revised form
10 June 2024
Accepted 25 July 2024
Available online
15 July 2024
This article describes the use of numbers in phraseological
and paremiological units and their meaning in linguistics. The
types of phraseological units, their form, and syntactic
structure, as well as their characteristics as a linguistic
phenomenon, are also discussed in detail. Phraseological units,
in contrast to form-syntactic structures, are interpreted as
verbal units that do not arise through free choice and
replacement of words in speech but are used as material for
meaning
and
specific
lexico-grammatical
structures.
Paremiology is considered a science that studies wise sayings
and proverbs. The relationship and differences between these
two areas are analyzed.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss4-pp86-94
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
phraseology,
paremiology,
linguistics,
phraseological units,
paremiological units,
proverb,
wise sayings,
adverbs,
phraseological combination,
phraseological whole,
phraseological compound,
fixed links,
meaning and lexical-
grammatical structures,
literary language.
Frazeologik va paremiologik birliklarda sonlarning
q
o‘
llanilishini tilshunoslikdagi ahamiyati
ANNOTATSIYA
Kalit s
o‘
zlar:
frazeologiya,
paremiologiya,
tilshunoslik,
frazeologik birliklar,
paremiologik birliklar,
maqol,
Ushbu maqolada frazeologik va paremiologik birliklarda
sonlarning qo‘llanilishi va ularning tilshunoslikdagi ahamiyati
yoritilgan. Shuningdek, frazeologizmlarning turlari, ularning
shakl va sintaktik tuzilmalari, va til hodisasi sifatidagi
xususiyatlari batafsil ko‘rib chiqiladi. Frazeologik birliklar, ular
shakl va sintaktik tuzilmalardan farqli ravishda, nutqda
1
Lecturer, Namangan State University. E-mail: Dilafruznematjonovna@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
87
hikmatli so‘zlar,
zarbulmasal,
frazeologik chatishma,
frazeologik butunlik,
frazeologik qo‘shilma,
turg‘un bog‘lanmalar,
ma’no va leksik
-grammatik
tuzilmalar,
adabiy til.
so‘zlarni erkin tanlash va almashtirish yo‘li bilan yuzaga
kelmaydigan, balki ma’no va muayyan leksik
-grammatik
tuzilmalarda avvaldan tayyor, material sifatida qo‘llaniladigan
so‘z birliklari sifatida izohlanadi. Paremiologiya esa hikmatli
so‘z va zarbulmasallarni o‘rganuvchi fan sifatida qaraladi. Bu
ikki soha o‘rtasidagi bog‘liqlik va farqlar tahlil qilinadi.
Значение употребления чисел во фразеологических и
паремиологических единицах в лингвистике
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
фразеология,
паремиология,
языкознание,
фразеологизмы,
паремиологические
единицы,
пословица,
мудрые изречения,
наречия,
фразеологическое
сочетание,
фразеологическое целое,
фразеологический состав,
устойчивые связи,
смысловые и лексико
-
грамматические
конструкции,
литературный язык.
В данной статье описано употребление чисел во
фразеологических и паремиологических единицах и их
значение
в
языкознании.
Также
подробно
рассматриваются виды фразеологизмов, их форма и
синтаксическая структура, а также их характеристики как
языкового явления. Фразеологические единицы, в отличие
от формо
-
синтаксических структур, трактуются как
словесные единицы, которые не возникают путем
свободного выбора и замены слов в речи, а используются
как материал по смыслу и конкретным лексико
-
грамматическим
конструкциям.
Паремиология
рассматривается
как
наука,
изучающая
мудрые
высказывания и пословицы. Анализируются взаимосвязь и
различия между этими двумя направлениями.
KIRISH
Frazeologiya va frazeologizm:
Frazeologiya phrasis-ifoda va logos ta
’
limot degan
ma
’
noni bildirib, ikki ma
’
noda qo
‘
llanilishi mumkin. 1. Til frazeologik tarkibini
o
‘
rganuvchi tilshunoslik sohasi. 2. Tilning frazeologizmlari majmui.
Frazeologiyaning
o‘rganish
predmeti
–
frazeologizmlarning
tabiatini,
xususiyatlarini va ularni nutqda amal qilish qonuniyatlaridir.
Frazeologizmlar til hodisasi sifatida, til va nutq sohasida integratsiya bo‘lgan
birliklardir. Birdan ortiq mustaqil leksema ko‘rinishining birikuvidan iborat bo‘lib,
obrazli ma’noviy tabiatga ega bo‘lgan lisoniy birlik frazeologizm deb ataladi. Masalan,
“tepa sochi tikka bo‘ldi”, “sirkasi suv ko‘tarmaydi”, “o‘takasi yorildi”, “ikki gapning birida”
va hokazo.
Frazeologizmlar ibora, frazeologik birlik, frazeologik birikma nomlari bilan ham
qo‘llaniladi. Frazelogizm, frazeologik birlik va frazema hisoblanib ikki yoki undan ortiq
so‘zdan iborat bo‘ladi va u ma’noviy tarafdan o‘zora bog‘liq bo‘lgan so‘z birikmasi yoki
butun gapga teng kela oladigan, ko‘chma ma’noda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan va
bo‘linmaydigan turg‘un bog‘lanmalarning umumiy nomidir.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
88
Frazeologizmlar, shakl va sintaktik tuzilmalardan farqli ravishda, nutqda so‘zlarni
erkin tanlash va almashtirish yo‘li bilan yuzaga kelmaydigan, balki ma’no va
muayyan
leksik-
grammatik tuzilmalarda avvaldan tayyor, material sifatida qo‘llaniladigan so‘z
birliklardir. Bundan shuni anglashiladiki, frazeologizm tarkibidan biror qisimni chiqarib
yoki tushirib qoldirib bo‘lmaydi. Masalan, “anqoning urug‘i”, “arpasini xom urmoq”,
“chuchvarani xom sanamoq”, “terisiga sig‘may ketmoq”, “kapalagi uchmoq”, “ko‘ngli
joyiga tushmoq”, “qo‘li ochiq”, “qulog‘i og‘ir” va hokazo. Ular frazeologiya turlari va
tarixiy qo‘llanish me’yori bo‘yicha xususiyatga ega bo‘lib, ma’no oydinlashishi o‘z
-
o‘zidan
kelib chiqadi. Bu ma’lumotlarga qo‘shimcha qiladigan bo‘lsak, frazeologizmlar quyidagi
turlari bilan farqlanadi:
Frazeologik chatishma
–
frazemaning ma’nosi uning tarkibidagi so‘zlarning
ma’nosi bilan bog‘liq emasdir; frazemadan anglashilgan ko‘chma ma’no uning tarkibidagi
so‘zlarning ma’nosi bilan izohlanmaydi. Masalan, “to‘nini teskari kiymoq”
,
“oyog‘ini
qo‘liga olib chopmoq”
,
“
boshini olib chiqib ketmoq
”
va hokazo [1].
Frazeologik butunlik yoki birlashma
–
frazemaning ma’nosi uning tarkibidagi
so‘zlarning ma’nolari asosida izoxlanadi. Bu ma’nolar asosida umumlashtiruvchi ko‘chma
ma’no ifoda qilinadi. Misol uchun, “yog‘ tushsa yalagudek”
,
“
yeng shimarmoq
”
,
“
xamirdan
qil sug‘urgandek”
,
“to‘ydan oldin nog‘ora chalmoq”
va boshqalar.
Frazeologik qo‘shilma –
frazemalar tarkibidagi bir so‘z ko‘chma ma’nosida
qo‘llanadi, boshqasi esa o‘z lug‘aviy ma’nosini saqlaydi. Masalan, “
gapning tuzi
”
,
“qo‘li
gul
”
,
“
ishtaxasi ochildi
”
va hokazo."
ADABIYOTLAR TAHLILI
Frazeologizmlar sintaktik tuzilishiga qaraganda ikkiga bo‘linadi: birinchisi
birikmaga teng frazeologizmlar (katta og‘iz, ammamning buzog‘i, tuyog‘ini shiqillatmoq),
ikkinchisi esa gapga teng frazeologizmlar (yuzi yorug‘ bo‘ldi, boshi osmonga yetdi, sirkasi
suv ko‘tarmaydi). Frazeologizmning qismlari ajralmas holda bo‘lganligi uchun,
frazeologizm gapda bitta sintaktik vazifada keladi. Misol uchun,
“Qizga o‘zbek
qishlog‘ining sodda hayoti, oq ko‘ngil odamlari yoqdi”
va
“Nasimjon boshi ko‘kka
yetguday suyundi
”
gaplarida
“oq ko‘ngil”
frazemasi aniqlovchi bo‘lib, “boshi ko‘kka
yetguday
”
frazemasi esa hol vazifasida kelgan. Frazeologizmlar tayyor lug‘aviy birlik –
so‘zga teng bo‘lganligi tufayli so‘zga xos shakl va ma’no munosabatlariga ham ega bo‘ladi.
Bu esa tilda frazeologik omonimiya (mas, qo‘l ko‘tarmoq –
1) urmoq, urmoqchi bo‘lmoq,
2) tarafdorligini bildirmoq), frazeologik sinonimiya (toqati toq bo‘lmoq –
sabr kosasi
to‘lmoq) va frazeologik antonimiya (ko‘ngli oq –
ichi qora, ko‘kka ko‘tarmoq –
yerga
urmoq) mavjuddir.
Asrlar davomida shakllangan frazeologizmlar ogʻzaki nutqda, badiiy adabiyotda
hamda publitsistikada keng tarqalgan va ular o‘tkir va taʼsirchan tasviriy vosita sifatida
qo‘llaniladi. Bu borada, yozuvchilar, oʻz asarlarida frazeologizmlardan samarali
foydalanish orqali mavjud frazeologizmlarni asarlarining ruhiga moslagan holda qisman
oʻzgartirish, shu bilan birga yangi ifodalar yaratishadi. Abdulla Qahhor, Oybek, Gʻafur
Gʻulom, Said Ahmad va boshqa yozuvchilar tomonidan yaratilgan frazeologizmlar bu
jarayonga misol boʻladi.
Turli xususiyatlarga ega boʻlgan frazeologizmlar to‘plami, tilning frazeologik
qatlamini shakllantiradi. Tilning frazeologik qatlami doimiy ravishda yangi
frazeologizmlar bilan bogʻliqdir va xalqning madaniy
-tarixiy tajribasini, shuningdek,
muayyan tilning tarixiy taraqqiyot qonunlarini aks ettiradi. Frazeologiyada
frazeologizmlarni oʻrganiladi va tasnif qilinadi [2].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
89
Yuqoridagi fikrlarga qo‘shilgan holda frazeologizmlarni A.V.
Kunin quyidagicha
ta’riflaydi: "Frazeologik birlik
–
qisman yoki toʻlaligicha koʻchma ma’noli soʻzlarning
barqaror birikmasi". A.
Kunin frazeologik birliklardagi turg‘unlik belgisini ularning
leksikonda ishlatilishi, semantikasi, morfologik, sintaktik tuzilishida mavjudligi orqali
sharhlaydi. Frazeologik birliklar bir nechta lug‘atlarda quyidagicha izohlanadi:
“
Frazeologik birlik
–
soʻz birikmasi boʻlib, semantik yaxlitlik uni tarkib etuvchi
elementlarning struktur ayroligiga yoʻl qoʻymaydi, alal oqibat u gap tarkibida bitta soʻzga
ekvivalent sifatida qoʻllanadi”
[3]. Xulosa sifatida ta’kidlash kerakki, frazeologik
birliklarning nazariy ta’rifiga ko‘ra bitta aniq va mukammal fikr jahon tilshunosligida
uchramaydi. Frazeologizmni tilning leksik-semantik va sintaktik sathlaridan ajratadigan,
alohida sathga xos birlik deyish frazeologik me’yorni ham adabiy tilning boshqa
me’yorlari qatorida hisobga olishni talab qiladi. Shuning uchun, izohli lug‘atlarda
frazeologizmlarni qayd etish, tilshunoslik sohasida butun dunyoda amaliyotda
mashhurdir. O‘zbek tilining frazeologizmlari besh jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da
(2006
–2008) va bir jildlik “O‘zbekcha
-
ruscha lug‘at”da (1988) birmuncha to‘laroq aks
etgan bo‘lsa
-
da, bu lug‘atlarda ham o‘zbek tilidagi barcha iboralar qamrab olinmagan deb
hisoblanadi.
Bu borada tilshunoslik sohasida, frazeologiyaning tadqiqot ob’yektlarini turlicha
tushunish va tavsiflash kuzatiladi. N.N. Amosova, A.M. Babkin, V.P. Jukov va boshqalar
so‘z bilan o‘zaro bog‘lanishli munosabatda bo‘lgan so‘z birikmalarining semantik
o‘zgarishini; A.V.
Kunin, I.I. Chernisheva, A.D.
Rayxshteyn va boshqalar ham so‘z ham gap
bilan o‘zaro bog‘lanishli munosabatda bo‘lgan so‘z birikmalarining semantik o‘zgarishini;
V.L. Arxangelskiy, N.M.
Shanskiy va boshqalar yaxlit nominatsiyaga ega bo‘lgan semantik
o‘zgarishga uchragan yoki uchramagan har qanday struktur
-
sintaktik tipli so‘z
birikmalarini; M.M. Kopilenko, Z.D. Popova leksemalar birikuvini; V.N.
Teliya o‘zgarmas
leksik tarkibli har qanday barqaror so‘z birikmalarini frazeologiyaning obyekti sifatida
hisoblashadi.
Paremiologiya
yunoncha so‘z bo‘lib, paromia –
hikmatli so‘z va zarbulmasal
ma’nolarda qo‘llaniladi va maqol, matal, aforizm kabi hikmatli iboralarni –
paremalrni
o‘rganadigan fan tarmog‘i. Biz bilamizki, muayyan tilda mavjud bo‘lgan maqol, matal,
aforizm kabi hikmatli iboralar avloddan avlodga og‘zaki shaklda o‘tib, xalq og‘zaki ijodi
mahsuli bo‘ladi va ularni paremalar tizimi deb ataymiz.
Shu sabab paremalar
adabiyotshunoslikning o‘rganish obyekti hisoblanadi, chunki ularda o‘xshatish, kinoya va
piching kabi tasviriy vositalar uchratishimiz mumkin. Bundan tashqari, paremalar
so‘zlardan tashkil topib, muayyan bir fikrni ifoda etuvchi gaplardan iborat bo‘lagani
tufayli tilshunoslikning o‘rganish obyekti ham deya olamiz. Paremiologiya kelib
chiqishiga ko‘ra farzeologiya bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, paremilogiya tilda mavjud bo‘lgan
turli xil barcha iboralarni o‘rganadi, frazeologiya esa uning bir qismi sifatida faqat
ko‘chma ma’noli turg‘un birikmalarni o‘rganadi. Bundan ko‘ramizki, ular o‘zaro
farqlanadi va o‘rganish obyektining birligi, ya’ni bir necha so‘zdan iborat turg‘un,
barqaror birikmlarni ko‘rib chiqish tomonidan ularda o‘xshashlik kuzatiladi. Mahmud
Koshg‘ariy (“Devonu lug‘otit turk”) va Gulxaniy (“Zarbulmasal”) asarlarida paremalar
ko‘p tilga olinganini bilamiz va ular hozirgi asarlarimizda ham saqlanib kelinmoqda [4].
Tugal fikrni ifodalovchi, o‘tkir mazmunli qisqa va lo‘nda ibora va jumla
Hikmatli s
o‘
zlar
hisoblanadi. Hikmatli so‘zlarning xalq maqollaridan farqli taraflari ularning kelib
chiqishida bo‘ladi. Masalan, hikmatlar so‘zlar yozuvchi, publitsist, shoir, faylasuf, olim,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
90
davlat arbobi kabilarga tegishli bo‘ladi va individualligini saqlanib qoladi. Bunga
qo‘shimcha qiladigan bo‘lsak, hikmatli so‘zlar ko‘pincha pand
-
nasihat, o‘git, tanbeh
shakllarida uchraydi. Masalan, “O‘qsiz soldat –
qilichsiz qin” (Oybek), “Tishi chiqqan
bolaga chaynab bergan osh bo‘lmas” (A. Qahhor). Ayrim hikmatli so‘zlar ommaviy
qo‘llanishga o‘tilgandan so‘ng maqollarga aylanadi: “Bilmaganin so‘rab o‘rgangan olim,
Orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim. (A. Navoiy) [1].
“Zarbulmasal”
arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, zarb va masal so‘zlarining
qo‘shilishidan hosil bo‘lib, “masallar” yig‘indisi degan ma’noni anglatadi. Hozirda qo‘llab
kelinayotgan “maqol” atamasi avvallari “masal” deb ishlatilgan. Zarbulmasal maqol, matal
va ramzli hikoyalar asosida yog‘irilgan ta’limiy hikoyalar hisoblanadi va bu kabi hikoyalar
pand-
nasihat, majoziy ma’no, kinoya ma’nolarida keladi. Bularga misol qilib quyidagilarni
keltirishimiz mumkin: Sa’diy Sheroziyning “Guliston” va Gulxaniyning “Zarbulmasal”
asarlari [6].
Maqol
–
xalq og‘zaki ijodi janri hisoblanib, muayyan aniq shaklga ega, qisqa va
lo‘nda, obrazli va obrazsiz, grammatik va mantiqiy tugallangan ma’noli va hikmatli va
chuqur mazmunli ibora. Maqollar avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, tarixi, jamiyatga
munosabati, ruhiy holati, ijobiy fazilatlari va etik va estetik tuyg‘ularini mujassamlagan.
Maqollarga mavzu jihatdan qaraladigan bo‘lsa, ular nihoyatda boy va xilma
-xildir.
Maqollar bir nechta mavzularda yaratilgan, xususan, vatan, mehnat, ilm-
hunar, do‘stlik,
ahillik, donolik, hushyorlik, sevgi va muhabbat kabilar. Bundan tashqari, ular mazmun va
shaklning dialektik birligi, qofiyadoshlik va ko‘p ma’nolilik jihatlari bilan xarakterlanadi.
Qo‘shimcha qilgan holda, maqollar bir qator nomlar, zarbulmasal, naql, hikmat, hikmatli
so‘z, tanbeh, mashoyixlar so‘zi, hikmatli maqol, donishmandlar so‘zi, otalar so‘zi kabilar
bilan yuritiladi. Bularga qo‘shimcha qilib, maqol badiiy jihatdan puxta bo‘lib, ko‘pchilik
tomonidan yaratilgan kichik janrli badiiy asardir. Birgina maqol butun bir asarning
ma’nosiga teng kelishi mumkin. Masalan, A. Qahhorning “Ikki yorti bir butun” hikoyasi
sarlavhasi bo‘lib, bu maqol hisoblanadi va mazkur maqol asarni mazmunini ochib bera
oladi. Hikoyadagi ikki erkak o‘zaro suhbatlashish jarayonida xarakterlari bir birlariga
tushganligini maqolda yoritib berilgan. Yorti so‘zi yarim degan ma’noni bildirib, yorti va
butun so‘zlari qarama
-
qarshi so‘zlar hisoblanadi.
Matal
–
arabcha so‘z bo‘lilb, tugal ma’no ifodalamaydigan muayyan hayotiy
hodisani aniq va to‘g‘ri belgilab beradigan obrazli ifoda, iborani tushunamiz. o‘xshatish,
taqqoslash, kinoya, qochiriq so‘z kabi badiiy vositalarda matallarni uchratishimiz
munkin. Matallardagi majoziy iboraning o‘z asl ma’nosi bilan ko‘chma ma’nosi o‘rtasida
yaqinlik va mantiqiy bog‘lanish bo‘lishi lozim. Matal bir yoki bir nechta jumladan tarkib
topadi, ular orasida qofiyalanish doim ham uchramaydi. Masalan, “Shamol bo‘lmasa,
daraxtning shoxi qimirlamaydi”, “Qizim senga aytaman, kelinim sen eshit” va hokazo [6].
Shuningdek, matallarga grammatik jihatdan qaralsa, ular gap holida shakllangan, xalq
donishmandligiga ko‘ra bino bo‘lgan barqaror birikmalar hisoblanadi. Jumladan,
“Yaxshidan bog‘ qoladi, yomondan dog‘”. Ular hikmatli so‘zlar ham hisoblanadi. Masalan,
“Tuyaning dumi yerga tekkanda”, “Qizil qor yog‘ganda”. Matal yana qissa, masal
manolarini ham bildiradi va maqollardan farqli tarafi, maqol alohida qo‘llanganda tugal
fikr bildiradi va hayotda uchraydigan o‘xshash lavhalarni ifodalaydi, matal alohida
qo‘llanganda mustaqil ma’no anglatmaydi, noaniq fikrning badiiyligini oshirish uchun
xizmat qiladi va ibratli maslahat tariqasidagi umumlashtiruvchi ma’nodan yiroq bo‘ladi,
“Qozonni suvga tashladik”, “Qil uchida turibman”, “Semizlikni qo‘y ko‘taradi” [7]. Matallar
ham xuddi maqollar kabi xalqning hayotini uzoq vaqtlar davomida kuzatish orqali hosil
qilgan hayotiy tajribasining ixcham shakldagi ifodasidir.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
91
Demak paramiologiya deganda biz maqol, matal, hikmatli so‘z, zarbulmasal va shu
kabi hikmatli iboralar majmuini tushunamiz. Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslangan holda
“masal” so‘zi “maqol”ni qadimgi qo‘llanilgan variantiligini va “hikmatli so‘z” ham
ommalashib foydalanilsa “maqol”ga aylanib ketishini ko‘rib chiqdik. Bu fikrlar bilan
maqol va matal paremilogiyani asosiy qismiligini ham yaqqol ajrata olamiz.
Paremiologiya gapda hikmat va chuqur mazmunni taqqoslash, kinoya, qochiriq, ibrat va
shu kabi vositalar orqali yetkazishda xizmat qiladigan vositadir.
TAHLILLAR VA NATIJALAR
Frazeologik va paremiologik birliklarda sonlarning qo‘llanilishi tilshunoslikda
katta rol o‘ynaydi. Bunda biz xalqning dunyoqarashi, til xususiyatlari va madaniyatini
tushunushimiz mumkin. Frazeologik birliklarda sonlarning ahamiyatiga kelsak,
frazeologik birliklar iboralar hisoblanadi va ularda sonlar ishtiroki ma’lum ma’nolarni
ifodalaydi. Masalan, “yetti yot begona” iborasidagi “yetti” soni ma’noni boyitishda xizmat
qilyapti va “yetti”, “qirq” kabi sonlar ko‘pincha baxt, omad yoki mukammallikni
ifodalaydi.
ramziy ma’nolarni qo‘llashda xizmat qiladi, Paremiologik birliklarda
sonlarning ahamiyati esa, xalq donologini anglatadi. Aytaylik, haqiqiy hayot tajribasini
ifodalash uchun sonlar ahamiyat kasb etadi, masalan, “bir kunlik dangasalik
–
o‘n kunlik
zarar” maqolidagi
‘
o‘n” soni dangasalikninig uzoq muddatli zararlarini ta’kidlaydi.
Bundan tashqari, oson eslab qolish uchun sonlarga murojaat qilamiz, masalan, “qirq
kecha-
yu, qirq kunduz”.
Ma’lumki, frazeologik va paremiologik birliklarni bir nechta guruhlarga tasniflash
orqali o‘rganishimiz mumkin. Masalan, do‘stlik, halollik, mehnatsevarlik, donishmandlik,
faqirlik, boylik, yoshlik, keksalik, sog‘lik, bemorlik, mamnunlik, afsuslanish, farovonlik,
yetishmovchilik, ma’suliyat, ma’suliyatsizlik, imkon, imkonsizlik, kuch
-qudrat, ojizlik,
tejamkorlik, isrofgarchilik kabilar.
Quyida yuqoridagi tasnifga ko‘ra, son komponentli
frazeologik va paremiologik birliklarni ham guruhlab chiqamiz:
Kamaba
g‘
allik va boylik haqida:
Borga yetti kun hayit, Yoqqa
–
bir kun, Yetim
bola yetti yilda uyaltirar, Bir bog‘ beda –
bir tanga, Baytal boqmoq osonmi, kambag‘alning
ming o‘ylovi, boyning bir mo‘ylovi, Yetim qizning yetmish onasi bor, Yetimning qorni
yetti, Yetimcha
–
yetti kulcha.
About poverty and wealth:
Greedy as a wolf, Wedlock is a padlock, The voice of
one man is the voice of no one, To hitch one’s wagon to a star, A triton among the
minnows, A thief passes for a gentleman when stealing has made him rich, It is riches of
the mind only that make a man rich and happy, A beggar’s purse is bottomless, Poor as a
church mouse, Have an itching palm, Anything for a quiet life, One law for the rich and
another for the poor, He gives twice who gives quickly, It is a game at which two can play,
Venture a small fish to catch a great one, No man can serve two masters, Possessions is
nine points of the law.
Yaxshilik va yomonlik haqida:
Odamning g‘alamisiga dunyo bir pul, Yaxshilik
ikki jahonni orttirar, Yomon gap yer tagida uch yil yotar, Birniki mingga, mingniki
tumanga, Bir yaxshi bilan bir yomin kelishar, Ikki yomon kelshmas, Bir ko‘ngil imorati,
Ming makka ziyorati, Birning kasofati yuzga, yuzniki mingga, Yaxshi bir tavba qiladi,
yomon yuz, Bir ilon bir uy odamni tinchitmas, Bir kalning xiylasi, qirq kishini charchatar,
Ikki yaxshi qasd bo‘lmas, ikki yomon –
do‘st,
Bir tulki yetti bo‘rini yetaklar, Bir kishi ariq
qazar, ming kishi suv ichar, Bir kun tuz ichgan joyga qirq kun salom ber, Yomonga
aytsang siringni, mingta qilar biringni, Yuragini oldirib qo‘ydi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
92
About favor and evil:
Two wrongs don’t make a right, One
good turn deserves
another, Hear twice before you speak once, There is a snake in the grass, Every cloud has
a silver lining, When three know it, all know it, A good tongue is a good weapon, One
tongue is enough for a woman, There are two sides to every question, Two blacks do not
make a white, One man makes a chair, another man sits in, Two negatives make an
affirmative, A fault once denied is twice committed.
To‘g‘rilik va egrilik haqida:
“Bir xotinning hiylasi, qirq eshakka yuk bo‘lar”,
“Qing‘ir ish qirq yildan keyin ham bilinar”/”Egri ish ellik yildan keyin ham bilinar”,
“Kavushimni olgan bir kishi, gumondorim ming kishi”, “Qing‘ir odam –
odam bir tomon,
qirq odam
–
bir tomon”
Correctness and incorrectness:
Measure twice, cut once, A stitch in time saves
nine, One rotten apple spoils the whole barrel, One step forward, two steps back, Two
wrongs don't make a right, An ounce of prevention is worth a pound of cure, Better three
hours too soon than a minute too late, One bad deed can overshadow a thousand good
ones.
Halollik va tekinx
o‘
lik haqida:
Bir dehqon omoch bilan, Yettovlon cho‘mich bilan,
Haromdan ming tanga, Haloldan bir tanga, Poraxo‘r besh qo‘lini og‘ziga tiqar, Tekindan
tomoq bo‘lsa, qirq kun yotmoq kerak, Qo‘lini sovuq suvga urmaslik.
About honesty and freeloading:
A bird in the hand is worth two in the bush,
A penny saved is a penny earned, Two wrongs don't make a right, One good turn
deserves another, An honest man's word is as good as his bond., Better one safe way than
a hundred on which you cannot reckon.
Mehnatsevarlik va ishyoqmaslik haqida:
Har kungi vadabozlikdan, bir kungi
jonbozlik yaxshi, Bir qo‘llab eksang, ikki qo‘llab o‘rasan, Bir mehnat
–
ming mehnat, Besh
barmoq bir bo‘lsa, qopqonni sindirar, O‘n marta so‘ra, bir marta qil
, Bir kunlik dangasalik
–
o‘n kunlik zarar, O‘n yil o‘qi, bir yil dam ol.
About diligence and idelness:
One today is worth two tomorrows, One hour's
sleep before midnight is worth two after,A stitch in time saves nine, It takes two to tango,
Two heads are better than one, A journey of a thousand miles begins with a single step.
Ahillik va birlik haqida:
Bir ko‘zlilar eliga borsang, bir ko‘zingni qisib yur, Ikki
qo‘l qilgan ishni, bir qo‘l qilolmas, Bir kishi ming kishi uchun, ming kishi bir kishi uchun,
“Birdan ikki yaxshi, ikkidan uch yaxshi, Bir kalla –
kalla, ikki kalla
–
tilla, Bir yoqadan
bosh chiqarmoq.
About brotherhood and unity:
Two heads are better than one, One for all and all
for one, One team, one dream, Two are better than one because they have a good return
for their labor.
Imkon
–
imkonsizlik haqida:
So‘ragan bir qizarar, Bermagan ikki qizarar, Yuz
qopni bog‘lab bo‘lar, Yuz og‘izni bog‘lab bo‘lmas, Ikkovga bitta ishton, qanday chiqamiz
qishdan, Sag‘irga sakkiz kun hayit, Elning og‘zi ellikta, Pulning bir uchi bilakda, bir uchi
yurakda, Devonachilikka ham qirq tanga dastmoya kerak, Qordan qutulib, yomg‘irga
tutilmoq, Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun uch narsa kerak; diqqat, intizom va
harakat.
About possibility and impossibilty:
One step at a time, A journey of a thousand
miles begins with a single step, One door closes, another opens, Rome wasn't built in a
day, Where there's a will, there's a way, One man's ceiling is another man's floor.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
93
Til va uning ofati haqida maqollar:
Bir shirin so‘z bitkazar, ming ko‘ngilning
yarasin, Bir yaxshi gap esdan chiqmas, Bir yomon gap, Ming chechanni bir ezma yengar,
So‘zdan so‘zning farqi bor, O‘ttiz ikki narxi bor, Dili va tili bir bo‘lmagan inson yuz tilni
bilsa ham tilsiz sanalgay,
Hojat emas, hammasini so‘zlar ila bayon qilmoqqa, bir boqmoq
ming so‘zdan yaxshidir anglaganga.
About tongue and its calamities:
One tongue is enough for any woman, A slip of
the tongue is worse than a slip of the foot, One lie leads to another, One bad apple spoils
the whole barrel, Think twice before you speak, The tongue is a fire, a world of iniquity,
One falsehood spoils a thousand truths.
Tejamkorlik va Isrofgarchilik haqida:
Kallaklab yoqsang, qirq yilga yetar,
Qo‘porib yoqsang –
bir yilga, Ikki yarim
–
bir butun, Sog‘ib ichsang, ming kunlik, Sotib
yesang, bir kunlik, Birin-
birin ming bo‘lar, Toma
-
toma ko‘l bo‘lar, Qirib yesang, qirq
kunga yetar, o‘yib yesang –
o‘n kunga, Tovuqni yesang, bir yeysan, Tuxumini yesang,
ming yeysan, O‘g‘il uylantirganga o‘n yil, Qiz chiqarganga qirq yil yondoshma, Oltida
yig‘sang oshadi, Yettida yig‘sang yetadi, Bir boshoq don –
Bir savat non.
About economy and extravagance:
A penny saved is a penny earned, A stitch in
time saves nine,One handful of rice is enough for a meal, One day of reckoning saves a
hundred days of regret, A single grain of rice can tip the scale, One who knows how to
save, finds a hundred ways to earn.
Oila va q
o‘
shnichilik haqida:
Yomon xotin olib bersang yigitga, bir kuni ming kun
bo‘lib o‘tar, Ikki sigir olganning ayroni bor, ikki xotin olganning vayroni bor, Besh bola
ustiga borsang bor, kundosh ustiga borma, Gilam sotsang qo‘shiningga sot, bir chetida
o‘zing ham o‘tirasan, Xotin olsan o‘tin ol, bir quchog‘in ortiq ol, Boshim ikki
–
molim ikki,
Ikki xotin olibsan, bir baloga qolibsan, Bir kelin oldim, o‘tirdim, ikki kelin oldim, turdim,
uch kelin oldim, yugurdim, Ro‘zg‘or, o‘ttiz ikki o‘g‘zi bor, Ikki xotinlikning qulog‘i tinmas,
eshak minganning oyog‘i, Bir qizga yetti qo‘shni
–
ota-
ona, O‘nta o‘g‘lim bo‘
lguncha, bitta
cholim bo‘lsin, Baxtli oila qurishning ikki sharti bor: 1. Yaxshi turmush o‘rtog‘ini tanlay
bilmoq, 2. Yaxshi turmush o‘rtog‘i bo‘lmoq [8].
About family and neighborhood:
It takes a village to raise a child, One father is
more than a hundred schoolmasters, A hundred men may make an encampment, but it
takes a woman to make a home, One good mother is worth a hundred schoolmasters,
Better one house spoiled than many, A neighbor's eye is a good mirror, One roof, one
family, One mother achieves more than a hundred teachers, A good neighbor is better
than a brother far off.
Muhabbat va bevafolik haqida:
“Sevgi degan ikki ko‘zda”, “Ikki pichoq bir qinga
sig‘mas, ikki sevgi
–
bir ko‘ngilga”, Muhabbat
–
bir so‘z, ma’nosi
–
dunyo”, “O‘ntaning yor
-
yori bo‘lguncgha, bittaning vafodori bo‘l”, “Haqiqiy oshiq
–
ikki yoqdan”, “Har oshiqqa
besh kun davr”, Muhabbat
–
bitta, ko‘z
–
to‘rtta”, Birga vafo
–
mingga jafo” [9].
About love and disloyalty:
One cannot love and be wise, One love drives out
another, A single rose can be my garden... a single friend, my world, One false move may
lose a game; one false step may lose a battle; one false word may lose a friend, One loyal
friend is worth ten thousand relatives, One lie can ruin a thousand truths, A hundred
hearts would be too few to carry all my love for you, One kind word can warm three
winter months, One betrayal outweighs a thousand declarations of love, One loving heart
sets another on fire.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
94
XULOSA
Yuqoridagi fikrlardan xulosa qiladigan bo‘lsak,
frazeologik va paremiologik
birliklarda sonlarning qo‘llanilishi tilshunoslikdagi ahamiyati, tilning boyligi, madaniy
merosni saqlash, semantik va psixolingvistik taqdqiqotlarning rolini oshirishdir. Sonlar
orqli ifodalangan iboralar so‘z boyligini oshiradi va rang
-barang qiladi. Xalqning madaniy
merosi maqollar va iboralarni ham o‘z ichiga olishi hammaga m’alum. Ularda qo‘llanilgan
sonlar orqali xalqning tarixini, urf-
odati va qadriyatini o‘ragnishimiz mumkin. Semantik
tadqiqotda sonlarning ma’nolari va ularning konteksdagi o‘zgarishlarini bilishimiz
mumkin. Psixolingvistik tadqiqot esa inson ongida sonlarning qanday ifodalanishini va
qabul qilinishini tahlil qilishimiz mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R
O‘
YXATI:
1.
Frazeologik iboralar va ularga misollar (iboralarga misollar)|
Ўзбек
Т
–
audiobook.uz 22.01.2024 12:10
2.
Rahmatullayev Sh., o‘zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari, T., 1996.
3.
http://onlineslovari.com/tolkovyiy_perevod-cheskiy_slovar/17/;
(http://dic.academic.ru/dic.nsf/lingvistic/).4
4.
Paremiologiya
–
Vikipediya (wikipedia.org) 20.04.2024 14:49
5.
Hikmatli soʻzlar –
Vikipediya (wikipedia.org) 29.04.2024 12:05/ "Hikmatli
soʻzlar" OʻzME.Birinchi jild. Toshkent, 2000
-yil
6.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000
-yil 29.04.2024 16.14
7.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Davlat ilmiy nashriyoti, 2006 –
555 bet
8.
Maqollar.uz
–
Proverbs Maqollar Пословицы –
20.06.2024 11:38
9.
Maqollar to‘plami: Barcha o‘zbek xalq maqollari to‘plami –
UzBaza.uz
19.06.2024 14:10