Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Developing students' reading comprehension skills in
French classes
Ezoza ATAMIRZAYEVA
Namangan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2024
Received in revised form
10 June 2024
Accepted 25 July 2024
Available online
15 July 2024
In modern educational practice, developing reading
comprehension skills is recognized as a critical aspect of
language education. It is not limited to mechanical reading but
includes a deep interpretation of the text and active interaction
with information. This article analyzes methodological
approaches and effective teaching methods that contribute to the
development of reading comprehension competencies in
students using the example of French language classes. The key
principles and steps that are used to improve and develop this
skill are discussed.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss4-pp137-142
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
French language,
reading,
teaching to read,
reading comprehension,
reading technique,
reading skills
Fransuz tili darslarida talabalarni o`qib tushunish
ko`nikmlarini rivojlantirish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
fransuz tili,
o`qish,
o`qishga o`rgatish,
o`qib tushunish,
o`qish texnikasi,
o`qish ko’nikmalari
.
Keyingi yillarda nashr qilinayotgan metodik adabiyotlarda
o`qib tushunishga o`rgatish muloqotga, fikr almashuvga
o`rgatsihning muhim vositasi sifatida talqin qilinmoqdaki, endi
matnni faqat o`qishga o`rgatish emas, axborotni o`qib tushunish,
unga munosabat bildirishga alohida e`tibor berilmoqda. Mazkur
maqolada fransuz tili darslarida talabalarning o`qib tushunish
ko’nikmalarini rivojlantirish tamoyillari, bosqichlari va o`qish
texnikalari muhokama qilinadi.
1
Senior teacher, Namangan State University. E-mail:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
138
Развитие навыков понимания прочитанного у
студентов на занятиях французского языка
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
французский язык,
чтение,
обучение чтению,
понимание прочитанного,
техника чтения,
навыки чтения
.
В современной педагогической практике развитие
навыков понимания прочитанного признается критически
важным аспектом языкового образования. Оно не
ограничивается лишь механическим чтением, а включает в
себя глубокую интерпретацию текста и активное
взаимодействие с информацией. В данной статье
анализируются методологические подходы и эффективные
методы обучения, способствующие формированию у
студентов компетенций понимания прочитанного на
примере занятий по французскому языку. Рассматриваются
ключевые принципы и этапы, которые применяются для
улучшения и развития данного навыка.
KIRISH
O`qishga, o`qib tushunishga o`rgatish yozma shakldagi axborotni o`qib idrok etishni
ko`zda tutib, nutq faoliyatiga o`rgatishning tarkibiy qismlaridan biridir. O`qib tushunishga
o`rgatish, fikrni yozma bayon qilishga o`rgatish, nutqni tinglab tushunish singari reseptiv
(qabul qilib olinadigan) nutq faoliyati hisoblanadi, lekin nutqni tinglab tushunishdan farqli
o`laroq, o`quvchi axborotni ko`rish sezgisi orqali, harflar kodi yordamida qabul qilib oladi.
O`qish paytida ko`rish, yozish va nutq harakat sezgilari o`rtasida bevosita aloqa paydo
bo`ladi. Odatda o`qishga o`rgatish deganda harfiy belgilarda ifodalangan nutq axborotini
idrok etish, uning mazmunini tushunish jarayoni ko`zda tutiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Xorijiy tilda yozilgan matnni o`qib tushunishda uch jarayon amalga oshiriladi:
1) Harflar tovushlarga aylantiriladi
2) Tovushlar ma`lum bir axborotni anglatadi
3) Axborot muloqotga aylanadi [4].
Bu jarayonning birinchisi yozma matnni o`qib idrok etilishiga, ikkinchisi matndagi
axborot ma`nosini tushunishga , uchinchisi matnni o`qiyotgan shaxs ruhiy holatida
kechadigan o`zgarish, munosabat bildirish, bu orqali o`z fikrini ifodalashga turtki berishi
bilan harakterlanadi. O`qib tushunishga o`rgatishda o`quvchilarga matn mazmunini
tushunish va o`qish texnikasiga o`rgatish ko`zda tutiladi. Matndagi axborotni o`zlashtirish
ya`ni o`qib tushunishga o`rgatish ovoz chiqarmay o`qish, ya`ni ichida o`qish orqali va
matndagi axborotni o`zgalarga yetkazish maqsadida ovoz chiqarib o`qish orqali amalga
oshiriladi. Ovoz chiqarmay o`qilganda ham nutqni idrok etish, ya`ni ichki nutq, axborotni
qabul qilish jarayoni sodir bo`ladi. Bu hodisa o`qish turlariga o`rgatishning metodik
sistemasini yaratishni ko`zda tutadi.
Keyingi yillarda nashr qilinayotgan metodik adabiyotlarda o`qib tushunishga
o`rgatish muloqotga, fikr almashuvga o`rgatsihning muhim vositasi sifatida talqin
qilinmoqdaki, endi matnni faqat o`qishga o`rgatish emas, axborotni o`qib tushunish, unga
munosabat bildirishga alohida e`tibor berilmoqda. Ma`lumki o`qishga, harflarni to`g`ri
talaffuz qilib, gap yasashga o`rgatish, xorijiy tillarga o`rgatishning dastlabki bosqichidan
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
139
boshlanadi. Bu o`rinda o`qishga o`rgatish, talaffuzga, grammatikaga, gapirishga o`rgatish
kabi nutq faoliyatining tarkibiy qismlari bilan chambarchas bog`lanib ketganligini
ko`rishimiz mumkin.
O`qib tushunishga o`rgatishni metodik sistema sifatida quyidagicha tasavvur qilish
mumkin [5]:
1) Tovushlarni farqlab o`qishga o`rgatish
2) Leksik birliklarni ma`nosini o`zlashtirib, o`qishga o`rgatish
3) Jumlalar ifodalagan axborotni tushunib, o`qishga o`rgatish
4) Matnlar ifodalagan umumiy ma`noni tushunib, o`qishga o`rgatish.
Bu jarayon albatta talaffuzga, gapirishga, eshitib tushunishga o`rgatish bilan
kompleks ravishda bog`lab tashkil qilinadi. Chunki talaffuzga, yangi leksikaga, Grammatik
qoidaga, eshitib tushunishga o`rgatmasdan, o`qib tushunishga o`rgatsih mumkin emas.
Shu sababli ma`lum mavzuni o`rgatsihda dastlab yangi so`zlarni talaffuzi, anglatgan
ma`nosi, uning grmmatik rasmiylashtirilishi, og`zaki nutqda ishlatilishi, ya`ni gapirishdagi
o`rni, eshitilib tushunilishidan keyin o`qib tushunishga kirishiladi. Bu til materiali bo`yciha
shakllanadigan malakalarni ma`lum bir tizimga solgan holda shakllantrilishiga yordam
beradi.
TAHLILLAR VA NATIJALAR
O`qib tushunishga o`rgatish ingliz tilida nashr qilingan metodik adabiyotlarda
mukammal o`rganilganligiga qaramasdan, fransuz tilini o`qitishda bu muammo yechimi
hamon an`anaviy usullarda amalga oshirilmoqda. Jumladan, nutq faoliyatiga o`rgatishda
muhim o`rin tutgan o`qib tushunishga o`rgatish haligacha quyidagi kamchiliklarga yo`l
qo`yilgan holda tashkil qilinmoqda [3]:
1) Matnni to`laligicha ona tiliga tarjima qilish;
2) Matn ma`nosini tusunish maqsadida takror va takror o`qish ;
3) Matnni o`qitishda faqat ovoz chiqarib o`qish usulidan foydalanish;
4) Matnni tushunish uchun leksk-grammatik tahlil qilish;
5) Notanish so`z ma`nosini fahmlab olishga mo`ljallangan mashqlardan
foydalanmaslik;
6) Yaxlit matnni axborot olish uchun o`qitilganda uni munosib qismlarga ajratib
o`qitish;
7) Matn oldi va matndan keyingi mashqlarga e`tibor bermaslik;
8) Matnni o`qishda talabalar duch keladigan leksik-grammatik qiyinchiliklarga
e`tibor bermaslik.
Matnni boshdan-oxirigacha tarjima qilishga o`rgatish, o`qib tushunishga o`rgatish
emas, tarjima qilishga o`rgatishdir. Bu lug`atga qarash, gap tuzish kabi murakkab jarayonni
o`z ichiga oladi. O`qib tushunishga o`rgatish esa, uni o`qish jarayonini ng o`zidayoq idrok
qilish, axborotga o`rgatadigan jarayondir.matnni takror-takror o`qitib, har safar alohida
topshiriq berish mumkin [2]. Matnni to`la tushunib o`qish uchun esa matn oldi
mashqlarini tashkil qilish lozim.Matnni ovoz chiqarib o`qish esa ta`limning dastlabki
bosqichida o`qish texnikasiga o`rgatish jarayonida bajariladi. Asosiy maqsad matndan
axborot olish bo`lganligi uchun matnni talabalar ovoz chiqarmay o`qisalar ham bo`ladi.
O`qib tushunish jarayonida matn tahliliga xojat yo`q, chunki bunday metodik tadbir
matngacha qilinadigan mashqlar jarayonida tashkil qilinadi yoki ta`limni dastlabki
bosqichida matn tahlili amaliyotini qo`llamaslik kerak. Notanish so`zlarni esa kontekst
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
140
ichidan fahmlab olishga o`rgatish muhimdir. Axborot olishdagi qiyinchiliklar matnni
o`qish jarayonida kontekst yordamida bartaraf qilinadi.
O`qib tushunishga o`rgatishda ham muayyan tamoyillarga amal qilinadi. Ular
quyidagilardan iborat [4]:
1) O`qib tushunishga o`rgatish nutq faoliyatiga o`rgatish deb qaralmog`i lozim.
An`anaviy o`qishga o`rgatish jarayonidagi metodik xato hisoblanmish matnni tarjima
qilish, yoki mamunini gapirib berish, gapirishga va tarjima qilishga o`rgatish bo`lib, u o`qib
tushunish maqsadlariga yo`naltirilmagan usuldir. Bu o`rinda matndan axborot olish, uni
axborot manbai sifatida qarash asosiy maqsad bo`lishi lozimdir. Matnni o`qib tushunish
talaba intellektining ma`naviy boyishiga, yangi-yangi axborotlarni egallashga, ayni paytda
til materiali bo`yicha lug`at boyligini oshirishga qaratilgan metodik tadbirdir. Matnni o`qib
tushunishga o`rgatish o`qituvchi tomonidan boshqariladigan jarayon bo`lib, o`qish
oldidan kerakli topshiriqlar berilishi shart. Asosiy vazifa matnni to`la va aniq tushunishni
tashkil qilishdir. Xullas bu tamoyilga ko`ra, matn o`qishning mohiyati talabaga yangi
axborotni yetkazishdir.
2) O`qib tushunishga o`rgatish - axborot olish va bilish jarayonini tashkil qilishdir.
Matn mazmunini qiziqarli bo`lishi talabalarning axborot olishga intilishlarini belgilovchi,
ularni maroq bian o`qishga undovchi omil vazifasini bajaradi.
3) Talabalarning ona tili va xorijiy tilda shakllangan nutq malakalariga tayanib,
talabalarning chet tilida o`qishga munosabati shakllantiriladi.
Talaba uchun “o`qisam tushunaman” degan qoidaga amal qilish zarurati tug`iladi.
4) Talabalar xorijiy tildagi matn mazmunini o`qib tushunishlari uchun matndagi
leksik, grammatik, orfografik hodisalarni avvaldan o`rgangan bo`lishlari, o`qish jarayonida
ularni farqlashlari lozim.
5) O`qib tushunishga o`rgatishda nafaqat reseptiv, balki reproduktiv faoliyat ham
yuz beradi. Ya`ni matn mazmunini tushunish jarayonida talabaning ichida gapirish
jarayoni ham yuz beradi. Binobarin, talaffuz ko`nikmasi o`qish texnikasiga ta`sir qiladi va
matnni tushunish jarayonida Grammatik shakllarni oldindan fahmlash imkoniyati
yaratiladi.
Shunday qilib resepsiya va produksiya o`zaro bog`langan jarayonga aylanadi. Shu
sababli fransuz tilini o`qitishni dastlabki bosqichlarida tanish leksik materiallar asosida
tuzilgan matnlar, o`rta bosqichda tanish birliklar va qisman notanish so`zlar kiritilgan
matnlar va yuqori bosqichda esa potensil lug`at ishtirokidagi matnlar ni o`qib tushunishga
o`rgtaish tavsiya qilinadi.
Matndan olinadigan axborot talaba uchun “bilim” maqomida bo`lishi, talabaning
o`quv faoliyatini boshqarishi va tartibga solishga xizmat qilishi lozim.
Oliy ta`limda fransuz tilini o`qitish fan dasturlarida o`qib tushunishga mo`ljallangan
matnlar nutqiy mavzular bo`yicha chegaralanib qo`yilgan, ya`ni ular “tevarak atrof
-
muhiti”, “mamlakatimiz”, “tili o`rganilayotgan mamlakat” doirasidagi matnlardir. O`q
ib
tushunishga mo`ljallangan matnlar doirasi ancha tor bo`lsada , ularning mazmuniga
muayyan talablar qo`yiladi. Jumladan:
1) matn tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lishi kerak.
2) matn talabaning hayotiy bilimini oshirishga, dunyoqarashini boyitishga xizmat
qilishi kerak.
3) matnning mazmuni qiziqarli bo`lishi lozim.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
141
4) Tanlangan matn talabaning osh xususiyatiga va mentalitetimizga mos bo`lishligi
tlab etiladi [6].
O`qib tushunishga o`rgatishda turli tuman aqliy amaliyotlar bajariladi. Ulani chet tili
o`qitish metodikasida “o`qish turlari” deb ataladi. O`qishga o`rgatish turlari elliktagacha
boradi. Ularning asosiylarini sanab o`tamiz.
1) Analitik-sintetik o`qish.
2) Tanishuv-o`rganuv
–
kuzatuv o`qishlari.
3) Oldindan ko`rilgan hozirlikka ko`ra tayyorlangan-tayyorlanmagan o`qish
4) Til tajribasi nuqtai nazaridan tarjimali-tarjimasiz o`qish.
5) Yordamchi vositalar ishlatilish zarurati tufayli lug`at bilan va lug`atsiz o`qish.
6) Faoliyat joyiga qarab
–
Ishni sinfda va uyda o`qish.
7) Ishni tashkil etish tarziga ko`ra individual va xor bo`lib o`qish.
8) Ovoz ishtirokiga ko`ra -ichda va ovoz chiqarib o`qish vaboshqalar [7].
Analitik yoki sintetik o`qish deganimizda tafakkur shaklari (analiz, sintez) hisobga
olinadigan maxsus tahlil talab joylari bor yoki yo`q matnni idrok qilish va anglash nazarda
tutiladi. Sintetik o`qishda matnni yaxlitligicha idrok etish tushuniladi. Analitik o`qishda esa
talaba e`tibori ko`proq til hodisalariga qaratiladi. O`qib tushunishning kommunikativ
maqsadlaridan kelib chiqib, matn mazmunidan axborot olishga, ya`ni sintetik o`qishga
ko`proq ahamiyat beriladi [6].
TAYYORLANGAN VA TAYYORLANMAGAN O`QISH
Talabalarning bilim saviyasiga, yosh xususiyatlariga va yirik kontekstlarni tuhunish
qobiliyatlariga ko`ra tashkil qilinadi. Tarjima asosida o`qitish auditoriyada talabalarning
ko`p vaqtini sarflanishiga sabab bo`ladi. Tarjima matn mazmunini egallashga yordam
bersada, u lug`atdan foydalanishni talab qiladi. Shu sababli tarjima asosida matn
mazmunini tushunish uyga vazifa sifatida berilishi mumkin. ‘Individual va jamoa bo`lib
o`qish, ichda o`qish turlari ma`lumot olish uchun, o`qish texnikasini rivojlantirishga
mo`ljallangan bo`lib asosan ta`limning dastlabki bosqichlarida o`tkaziladi. O`qishdan
kuzatiladigan maqsadga ko`ra tanishib-o`rganib-kuzatib-o`qish turlari tashkil qilinadi.
Ularni amalda qo`llash turlariga qisqacha to`xtalamiz.
TANISHUV O`QISH
Ba`zan uni “ko`z yugurtirib o`qish”, “mazmunni yuzaki tushunish uchun o`qish” deb
ham yuritiladi. Ushbu o`qish turida matnni to`liq tushunish ko`zda tutilmaydi, balki
umumiy mavzu bo`yicha nimalar bayon qilinganligi aniqlanadi va “tushundim
-
tushunmadim”, “qiziqarli
-
qiziqarli emas” , “tanish
-
notanish” kabi xulosalar chiqariladi.
Bunda matn bir sahifa bo`lishi va matn soda so`zlardan tuzilgan bo`lishi tavsiya qilinadi
[6].
Ta`limning ilk bosqichida tashkil qilinadigan bunday o`qish turi uyga vazifa sifatida
beriladi, darsda esa uni tushunganlik darajasi tekshiriladi.Tekshiruvda matnning to`la
tekshirilmasligi kerak. Unda boshqa o`qish turiga o`tib ketilgan bo`linadi.
O`RGANIB O`QISH
O`qishning bu turi yuqori bosqichlarda amalga oshiriladi. Talaba matnning barcha
tafsilotlarini o`rganadi va tushunish 100 foizga yetkaziladi. O`qish avval darsda keyin uyga
vazifa sifatida berilishi mumkin. Matndagi axborot sinchiklab o`rganiladi va tarjima
usulidan foydalaniladi. O`rganib o`qish turini bajargan talaba, matn mazmuni haqida to`la
axborotga ega bo`lishi , uning mazmuniga o`z munosabatini bildira olishi, tanqidiy
fikrlashi, ayrim o`rinlarni izohlay olishi nazarda tutiladi [7].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
142
KUZATIB O`QISH
Bunda o`qilayotgan matn qaysi mavzuga dahldorligini aniqlash uchun uning
sarlavhalariga e`tibor beriladi, gap nima xqida ketishi mumkinligi taxmin qilinadi. Kuzatib
o`qish uchun bir sahifalik matnga 1-2 daqiqalik vaqt belgilanadi. Kuzatib oqishda til
materiali tanish bo`lishi, talaba matndan muayyan mavzugi fikrlarni qidirishi talab
qilinadi. Bu o`qishni yuzaki o`qish deb ham atash mumkin [7]. Odatda bunday o`qish
qo`shimcha material qidirish maqsadida tashkil qilinadi.
XULOSA
O`qish turlaridan quyidagi tartibda foydalalanish tavsiya qilinadi:
Ta`limning boshlang`ich bosqichida tanishib o`qish, bir maromda diqqat bilan
o`qish, o`rta bosqichda o`rganib o`qish va tanishib o`qish, yuqori bosqichda kuzatib o`qish,
tanishib va o`rganib o`qish. Yuqordagi vazifalar o`qib tushunishga o`rgatishning amaliy
maqsadlarini belgilaydi. Bundan tashqari o`qib tushunishga o`rgatishning umumta`limiy,
rivojlantiruvchi va tarbiyaviy maqsadlari ham e`tiborga olinadi.
O`qish jarayonida talabaning kuzatuvchanligi, matn mazmunini analiz sintez qilish
qobiliyatlari ham takomillashadi. Qolaversa o`qib tushunishga o`rgatish talabalarning
lug`at boyligini oshirishning muhim usullaridan biri sifatida qaraladi.
O`qish talabalarda gapirish malakalarini shakllantirishda ham muhim o`rin tutadi.
O`qilgan material mazmuni bo`yicha uyushtiriladigan savol-javob mashqlari, hikoya qilib
berish, suhbat va muhokamalar talablarni muloqotga o`rgatadi. Ovoz chiqarib o`qish esa
to`gri talaffuzga o`rgatish va yangi til materialini tushuntirishda muhim bosqich
hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
:
1.
Берман, И. М., & Бухбиндер, В. А. (Eds.). (1977). Очерки методики обучения
чтению на иностранных языках. Вища шк. Изд
-
во при Киев. ун
-
те.
2.
Bekmirzaevna, A. E. (2022). The technology of teaching French to students on the
basis of integrative approach. European journal of innovation in nonformal education,
2(6), 59-61.
3.
Bekmirzayevna, A. E. (2023). Ingliz tili yonalishi talabalariga fransuz tilini chet til
sifatida oqitishning psixolingvistik maqsadlari.: ingliz tili yonalishi talabalariga fransuz
tilini chet til sifatida oqitishning psixolingvistik maqsadlari.
4.
Collins, A., & Smith, E. E. (1980). Teaching the process of reading comprehension.
BBN report; no. 4393.
5.
Irkinovich, N. R., & Izatullaevna, I. I. (2022). Methods for Teaching Reading.
Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 15, 47-50.
6.
Jalolov, J. (2012). Methodology of foreign language teaching. Teacher-2012, 79-
118.
7.
Oakhill, J., Cain, K., & Elbro, C. (2014). Understanding and teaching reading
comprehension: A handbook. Routledge.
8.
Moreillon, J. (2007). Collaborative strategies for teaching reading comprehension.
American Library Association.
9.
Passov E.I. Fundamentals of communicative methods of teaching foreign language
communication. - M., 1989. - 625 p