Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Diagnostic supply for assessing individual professional
development
Sharifjon KENJABOYEV
Namangan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2024
Received in revised form
10 June 2024
Accepted 25 July 2024
Available online
15 July 2024
The article is devoted to the issues of diagnostic support for
assessing the individual professional development of future
teachers in pedagogical higher educational institutions.
Currently, the priority task is to implement such diagnostics to
achieve educational goals that require a creative approach to
selecting and developing educational content. The article
discusses how this goal can be achieved through the professional
formation of students based on strengthening the diagnostic
mechanisms of their readiness for professional activity.
Particular attention is paid
to “pedagogical skills” as a key aspect;
the need to develop unique educational trajectories and
approaches to individual professional growth of students is
identified.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss4-pp131-136
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
teacher,
individual approach,
innovative activity,
research,
individual educational
trajectory,
pedagogical skill,
individual educational
direction,
assessment.
Individual kasbiy rivojlanishni baholashning diagnostik
ta’minoti
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
o‘qituvchi,
individual yondashuv,
innovatsion faoliyat,
tadqiqot,
individual ta’lim
trayektoriyasi,
pedagogik mahorat,
individual ta’lim yo’nalishi,
baholash.
Hozirgi davrda pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak
o‘qituvchilarda individual kasbiy rivojlanishni baholashning
diagnostik ta’minoti amalga oshirish ustuvor vazifalardan biri
bo‘lib, kasbiy bilimlarni shakllantirish, kasb faoliyatiga
tayyorgarlikni takomillashtirish muammolarini kengroq
o‘rganish,
kasbiy
faoliyatga
tayyorlashda
talabaning
imkoniyatlarini rivojlantirish maqsadlari, o‘quv mazmunini
tanlash va tuzishga ijodiy yondashuvni talab etadi. Ushbu
vazifani mutaxassislarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligi
diagnostikasi
mexanizmlarini
takomillashtirish
asosida
1
Researcher, Namangan State University. E-mail:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
132
talabalarni kasbiy shakllanish faoliyatini rivojlantirish orqali
bajarish mumkin bo‘ladi. Ushbu maqolada bugungi kunda
o‘qituvchining shaxsiga qoʻyiladigan talablar, o‘qituvchining
individual ta’lim trayektoriyasi, “Pedagogik mahorat” fani
misolida talabalarning individual kasbiy rivojlanishiga doir
yondashuvlar bayon etiladi.
Диагностическое
обеспечение
оценки
индивидуального профессионального развития
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
педагог,
индивидуальный подход,
инновационная
деятельность,
исследование,
индивидуальная
образовательная
траектория,
педагогическое
мастерство,
индивидуальное
образовательное
направление,
оценивание.
Статья
посвящена
вопросам
диагностического
обеспечения оценки индивидуального профессионального
развития будущих учителей в педагогических высших
учебных заведениях. В настоящее время приоритетной
задачей является реализация такой диагностики с целью
достижения
образовательных
целей,
требующих
творческого подхода к подбору и разработке учебного
содержания. В статье рассматривается, как можно достичь
этой цели через профессиональное формирование
студентов на основе укрепления диагностических
механизмов
их
готовности
к
профессиональной
деятельности.
Особое
внимание
уделяется
«педагогическому мастерству» как ключевому аспекту,
выявляется потребность в разработке уникальных
образовательных
траекторий
и
подходов
к
индивидуальному профессиональному росту студентов
.
KIRISH
Ma’lumki
dunyo mehnat bozorida yangi ixtisosliklarga talabning ortib borishi, fan
va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishning amaliyotiga tadbiq etilishi, ishlab chiqaruvchi
va isteʼmolchilar o‘rtasidagi munosabatlarning madaniylashuvi mutaxassislarni kasbiy
faoliyatiga innovatsion tarzda yondashishini taqozo etmoqda. Bugungi kunda rivojlangan
davlatlarda rivojlanishning o‘sib borishi texnika va texnologiyalarga kiritilgan yangi
bilimlar orqali amalga oshadi. Bu o‘z navbatida innovatsion faoliyatda katta amaliy tajriba
asosida u
lkan yutuqlarga erishgan institut sifatida davlat alohida siyosat, yaʼni innovatsion
siyosatni amalga oshirilganligini ko‘rsatadi. Innovatsion siyosatning asosini innovatsion
faoliyat tashkil etib, bunda ishlab chiqarishning turli sohalarida mavjud bo‘lgan
yuqori
samaradorlikka erishish nazarda tutiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
O‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishida ta’lim olishning shakllari tahlili shuni
ko‘rsatadiki, ular individual ta’lim yo‘nalishini belgilab olish imkonini beradi.
Individual ta’lim yo‘nalishi S.V.Vorobeva, N.A.Labunskaya, A.P.Tryapitsina kabi
tadqiqotchilarning
fikricha,
ma’lum
maqsadga
yo‘naltirib
loyihalanadigan,
tabaqalashtirilgan ta’lim dasturi bo‘lib, o‘quvchilarga tanlash imkoniyatini, o‘z mavqeyini
belgilashi
, o‘zini ro‘yobga chiqarishida o‘qituvchilar tomonidan pedagogik qo‘llab
-
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
133
quvvatlanishi orqali ta’lim dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlaydi [1; 80
-
bet].
Individual ta’lim yo‘nalishi talabaning ishlab chiqilgan individual ta’lim dasturi
asosida avvaldan o‘zi belgilagan yo‘li bo‘lib, unda o‘qitish hamda vaqt mezonlari, o‘qish
bosqichlari aniq ko‘rsatiladi va murabbiyning pedagogik qo‘llab
-quvvatlashi orqali amalga
oshiriladi [2].
Individual ta’lim trayektoriyasi “...har bir talabaning qobiliyati, salohiyati,
motivatsiyasi, qiziqishlariga mos keluvchi o‘ziga qarashli ta’lim maqsadini amalga
oshirishdagi o‘quv faoliyati elementlarining ma’lum izchilligi (ketma
-
ketligi)”, “...ijtimoiy
,
madaniy tajribani ongli ravishda tushunish va qo‘llashni talab qiluvchi yoshiga mos yoki
mos bo‘lmagan faoliyatni tanlash hamda mustaqil amalga oshirish” [3], “...variativ o‘qitish
asosida ta’lim oluvchining tajribasi hamda shaxsiy fazilatlarini rivojla
ntirish natijalari va
jarayoni” [4], “...har bir o‘quvchi o‘quv faoliyati uslubining motivatsiyasi, o‘qishi va
pedagog bilan hamkorlikda amalga oshirishiga bog‘liq holda namoyon bo‘lishi” sifatida
qaraladi.
TAHLILLAR VA NATIJALAR
Tajriba-tadqiqot ishlari 60110100
–
Pedagogika va psixologiya (qo‘shimcha tarbiya
fani
o‘qituvchisi) ta’lim yo‘nalishida “Pedagogik mahorat” fani misolida ko‘rib chiqildi.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “Pedagogik mahorat” fani 5
-6-semestrlarda
o‘qitiladi va majburiy fan hisoblanadi.
“Pedagogik mahorat” fani talabalarning individual kasbiy rivojlanishida muhim
ahamiyatga ega. Ushbu fanning maqsadi davr talabiga javob beradigan yosh
mutaxassislarni faqat nazariy bilimlarni chuqur o‘rgangan holda emas, balki ayni vaqtda
buyuk insoniy faz
ilatlarga ega bo‘lgan, mumolaga kirisha oladigan, puxta egallagan mohir
mutaxassislar etib tayyorlashdan iboratdir. Pedagogika fanini o‘qitish metodlarini
o‘rgatish ko‘nikma va malakalarini hosil qilishdan iborat.
“Pedagogik mahorat” fani asosan bo‘lajak o’qituvchi kasbiy rivojlanishining ustuvor
jihati hisoblangan pedagogik mahorat, pedagogik qobiliyat, kommunikativ qobiliyat,
muloqot madaniyati va psixologiyasi, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotm
pedagogik nazokat va odob-axloq, pedagogik texnika, nutq texnikasi, notiqlik madaniyati,
o‘qituvchining ta’lim jarayonidagi mahorati, tarbiyachi sifatidagi mahorati, pedagogik
faoliyatda axborot texnologiyalardan foydalanish, kasbiy refleksiya, kasbiy pedagogik
faoliyatni ilmiy tashkil etish kabi asosiy tushunchalar tashkil etadi. Mazkur tushunchalar
bo‘lajak o‘qituvchilarning individual kasbiy rivojlanishi mazmunini asosiy qismini tashkil
etadi. Tadqiqot ishi doirasida talabalarda “Pedagogik mahorat” fanini o‘zlas
htirish
natijasida o‘zlarida individual kasbiy rivojlanish kontseptsiyasining shakllanishi hamda
uni baholashning diagnostik ta’minoti takomillashtirildi.
“Pedagogik mahorat” fani ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarga ajratilgan. Tadqiqot
ishi doirasida fan mavzulariga mos ravishda individual kasbiy rivojlanishini baholashga
doir mualliflik texnologiyalari shakllantirildi. Mazkur mualliflik texnologiyalarining
m
aqsadi “Pedagogik mahorat” fanini o‘zlashtirish natijasida talabalarda shakllangan
individual kasbiy rivojlanish kontseptsiyasini mazmun va sifat jihatdan baholash va
diagnostika qilish hisoblanadi.
Tadqiqot ishi doirasida mazkur maqsadni amalga oshirish uchun shakllantirilgan
vaziyatli topshiriqlar quyida keltirib o‘tilgan:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
134
1-vaziyat.
7-sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirishida katta farqlar mavjud.
Ayrim o‘quvchilar o‘quv metarialini juda oson deb hisoblasa, ayrim o‘quvchilarga
qiyinchilik tug‘dirmoqda. Vaziyatni hal qilish uchun quyidagi savollarga javob
qidiring.
Vaziyat bo‘yicha savollar:
1.
Dars mashg‘ulotini qanday tashkil etasiz?
2.
“Kuchli” va “kuchsiz” o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun qanday
metodlardan foydalanasiz?
2-vaziyat.
Bir o‘quvchi o‘quv mashg‘ulotiga muntazam ravishda xalaqit
berib, boshqa o‘quvchilarning e’tiborini o‘ziga qaratmoqda. O‘quvchi bir necha
marta o‘qituvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramasdan, o‘zni tutishini ijobiy
tomonga o‘zgartirmadi.
Vaziyat bo‘yicha savollar:
1.
O‘quvchining o‘zini tutishi uchun qanday pedagogik chora-tadbirlar
qo‘llaysiz?
2.
Sinf xonasida ijobiy o‘rganish muhitini shakllantirish uchun nimalar
qilasiz?
A.V.Xutorskiy individual ta’lim trayektoriyasini o‘qitish jarayonida har bir talabani
shaxsiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishning alohida o‘ziga xos yo‘li sifatida talqin qiladi
hamda “...o‘z ta’limining: mazmuni, maqsadi, vazifalari, sur’ati, o‘qish shakl
i, metodlari,
natijalarni baholash, nazorat tizimi kabi asosiy komponentlarini pedagog bilan o‘zaro
kelishilgan va anglangan holda tanlash” imkoniyatiga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi [5;
49-bet].
Individual ta’lim yo‘nalishi –
pedagogning individual ta’lim dasturini vaqt mezonlari
va bosqichlariga bog‘liq holda o‘zlashtirish izchilligini maslahatchining kuzatuvida amalga
oshirilishi hamda o‘quv jarayonining mavjud sharoitlariga moslashuvchanligini
belgilaydi.
Individual ta’lim trayektoriyasi –
pedagogning ta’lim jarayonida shaxsiy salohiyatini
amalga oshirishi, kasbiy takomillashuvi, o‘z mavqeyini anglashi, o‘zini namoyon qilishiga
doir belgilangan, ongli va amaliy tajribalariga asoslangan o‘ziga xos alohida harakat yo‘li.
Quyidagi jadvalda bo‘lajak o‘qituvchilarda individual kasbiy rivojlanishni baholash
metodlari keltirib o‘tiladi:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
135
1-jadval
BO
‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA INDIVIDUAL KASBIY RIVOJLANISHNI BAHOLASH
METODLARI
Metodlar
Tavsifi
Maqsadi, vazifasi
Tadbiq etish
Professor-
o‘qituvchi
tomonidan fikr
mulohalar bildirish
orqali baholash
O‘qituvchilar
tomonidan amaliyot
va pedagogik
qobiliyatga doir
konstruktiv muloqot
Talabalarning kuchli va
kuchsiz tomonlarini
identifikatsiya qilish,
takomillashtirish
bo‘yicha yo‘riqnoma
Tizimli suhbat, yozma
yo‘riqnomalar
Dars o‘tish va dars
tahlil
Talaba professor-
o‘qituvchi ishtirokida
o‘quv mashg‘uloti
ni
tashkil etishi
Ta’lim metodlari,
strategiyalarini qo‘llash
holatini baholash
Tizimlashtirilgan
kuzatuv varaqasi,
feedback suhbat
Baholash
vositalaridan
foydalanish
Kasbiy
kompetentsiyalarda
standart o‘zini
-
o‘zi
baholash vositalaridan
foydalanish.
Kasbiy
kompetentsiyalarni
tizimli baholash
Shkala, savolnoma,
o‘zini
-
o‘zi baholash
tekshirish varaqasi
Tengdoshlar-
Feedback
Talabalarning
o‘z
kursdoshlari
tomonidan
munosabatlar orqali
baholanishi
Jamoadagi va
hamkorlikdagi fikr
almashish orqali
baholash
Jamoadagi muzokara,
hamkor bilan suhbat
O‘quv portfoliosi
Talaba o‘z yutuqlari,
natijalari asosida
baholanishi (sertifikat,
tavsiyanoma,
hisobotlar).
Pedagogik faoliyatning
rivojlanish bosqichlarini
rasmiylashtirish
Yozma reflektiv
baholash, dars
materiallari hamda
o‘quv loyihalarini
baholash
O‘z
ini-
o‘zi baholash
Talabalar standart
o‘qituvchilar uchun
mo‘ljallangan
so‘rovnomalar asosida
o‘zini
-
o‘zi baholash
i.
O‘zini
-
o‘zi baholash,
kasb standartiga asosan
taqqoslash
Standartlashtirilgan
baholash rasterlari va
vositalaridan
foydalanish
Multiple-Choice-
testlar va imtihon
Pedagogika nazariyasi,
ta’lim strategiyalari va
fanlarga doir
bilimlarni baholash
uchun standart test
savollari.
Nazariy bilim va
tushunchalarni
tekshirish
Turli formatdagi
testlar shakllantirish
Karyera rejalari
bo‘yicha intervyu
Talabalarning kasbiy
maqsadlari,
qadriyatlari va
ambitsiyalarini
baholashga
yo‘naltirilgan
tizimlashgan intevyu
Uzoq muddatli kasbiy
rejalarni identifikatsiya
qilish
Mutaxassis ishtirokida
intervyu
Mustaqil loyihalar
Talabalar mustaqil
tarzda pedagogik
loyihani amalga
oshirishi va
natijalarini taqdimot
qilishi
Tashkilotchilik va
kreativ qobiliyatlarini
baholash
Taqdimot, yozma
hisobot, loyihani
baholash
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
136
Keltirilgan metodlar kombinatsiyalashgan holda qo‘llanilishi lozim va bu bo‘lajak
talabalarning individual kasbiy rivojlanishini atroflicha baholash imkonini beradi.
O‘qituvchining shaxsiga qoʻyiladigan talablar jamiyat tomonidan belgilanadi, ya’ni
pedagog faoliyatining natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog‘liqdir. Uning mehnati yoshlar
shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo‘naltirilgan. Pedagogik faoliyat avlodn
ing
ijtimoiy uzviyligi (ketma-
ketligi)ni ta’minlaydi. Bir avlod tajribasini, ikkinchi avlodga
o‘tkazadi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro‘yobga
chiqaradi.
Pedagogik (ta’lim
-
tarbiya) jarayonida o‘quvchi faoliyatini boshqarish shuning
uchun ham murakkabki, pedagog maqsadi doimo o‘quvchi kelajagi tomon yo‘naltirilgan
bo‘ladi. Buni anglagan holda, mohir pedagoglar o‘z faoliyatining mantiqini o‘quvchilar
ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar. Hamkorlik pedagogikasining tub mohiyati ham
ana shundan iborat [6; 60-63].
XULOSA
Umuman
olganda,
o‘qituvchi
shaxsi
muntazam
ravishda
o‘quvchi
-
tarbiyalanuvchilarning shaxsiy faoliyatini boshqarish bilan bog‘liq. Bunda pedagogik
maqsad o‘quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Pedagog o‘z faoliyati maqsadini va unga
erishish yo‘llarini aniq
tasavvur qilishi va bu maqsadga erishish o‘quvchilar uchun ham
ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
Ibragimov A.A. Pedagogning individual ta’lim trayektoriyasini loyihalash va
amalga oshirish metodikasi. Uslubiy qo‘llanma. –
Samarqand viloyati XTXQTMOHM, 2020.
–
80 bet.
2.
Markova A.K. Psixologiya professionalizma.
–
M.: Znanie, 1996.
3.
Muslimov N.A. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish /
Monografiya.
–
T.: Fan, 2004.
4.
Muslimov N.A., va boshq. Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini
shakllantirish texnologiyasi / Monografiya.
–
T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2013.
5.
Хуторской
А.В.
Развитие
одаренности
школьников:
Методика
продуктивного обучения: Пособие для учителя. М., 2000. c. 49.
6.
Fayziyeva U.A. O‘qituvchi shaxsi va kasbiga qoʻyiladigan zamonaviy talablar //
“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy
-
nazariy va metodik jurnal, № 11. 2023. –
B. 60-63.