Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Uniqueness of Daniel Defoe's work and the relevance of
the ideas presented in his literary works
Dilshoda AMONOVA
Bukhara State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2024
Received in revised form
10 June 2024
Accepted 25 July 2024
Available online
15 July 2024
This article is devoted to the literary analysis of the creative
activity of Daniel Defoe and the broad coverage of unique ideas
in his works. In addition, through a deep approach to the
author's scientific and literary activities, the period peculiarities
are embodied in the eyes of the reader. The fact that Daniel
Defoe is a "great master of the pen" is demonstrated once again
through the artistic level of his works. The prose in the works of
the creator and the description of the poem in the joint position
is also mentioned in the article, and it is noted how skillfully he
can use artistic language.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi. org/10. 47689/2181-3701-vol2-iss4-pp163-167
This is an open-access article under the Attribution 4. 0 International
(CC BY 4. 0) license (
https://creativecommons. org/licenses/by/4. 0/deed.
Keywords:
Enlightenment period,
political treatises,
philosophical ideas,
novel writing,
pamphlets,
hero dynamics,
historical fiction novel,
primitive system,
historical environment.
Daniel Defo ijodining oʻziga xosliklari va adabiy ishlarida
ilgari surilgan gʻoyalarning dolzarbligi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
ma’rifatparvarlik davri
,
siyosiy risolalar,
falsafiy gʻoyalar
,
romannavislik,
pamfletlar,
qahramon dinamikasi,
tarixiy-fantastik roman,
ibtidoiy tuzum,
tarixiy muhit.
Ushbu maqola Daniel Defo ijodiy faoliyatining adabiy tahlili
va uning asarlaridagi takrorlanmas gʻoyalarni keng tarzda
yoritib berishga bagʻishlanadi
. Muallifning ingliz adabiyotidagi
beqiyos oʻrni hamda mashhur asarlarining ma’naviy ahamiyati
ham maxsus bandlar asosida berib oʻtiladi
. Bundan tashqari,
uning hayoti oʻsha davr adabiyoti bilan uygʻunlikda badiiy
nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shu bilan bir qatorda,
muallifning ilmiy-adabiy faoliyatiga chuqur yondashish orqali
davr oʻziga xosliklari oʻquvchi koʻz oʻngida yaqqol
gavdalantiriladi.
Daniel Defoning “buyuk qalam ustasi” ekanligi
asarlarining badiiy saviyasi orqali namoyon boʻlishi yana bir
1
Student, Bukhara State Pedagogical Institute.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
164
bora isbot etiladi. Ijodkorning asarlarida nasr va nazmning
qoʻshma holatda tasvirlab berilishi haqida ham maqolada soʻz
ketadi va uning badiiy tildan qay darajada mahorat bilan
foydalana olishi aytib oʻtiladi
.
Уникальность
творчества
Даниэля
Дефо
и
актуальность
идей,
представленных
в
его
литературных произведениях
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
период Просвещения
,
политические трактаты
,
философские идеи
,
романописание
,
памфлеты
,
динамика героев
,
историко
-
фантастический
роман
,
первобытный строй
,
историческая среда
.
Статья посвящена литературному анализу творчества
Даниэля Дефо и широкому освещению уникальных идей в
его произведениях
.
Кроме того
,
благодаря глубокому
подходу к научной и литературной деятельности автора
особенности периода отчетливо воплощаются в глазах
читателя
.
То
,
что Даниэль Дефо является «великим
мастером пера»
,
еще раз подтверждается художественным
уровнем его произведений
.
В статье также упоминается
проза в творчестве автора и описание стихотворения в
совместной позиции
,
а также отмечается
,
насколько умело
он владеет художественным языком
.
KIRISH
Ma
’
rifatparlik davri o
ʻ
ziga xos g
ʻ
oyalarning uyg
ʻ
unligi va davr ijodkorlarining
o
ʻ
zgacha mahoratining namoyon etlishi bilan boshqa davrlardan ajralib turadi. Shu
davrning alohida ahamiyatga molik yetakchi ijodkorlaridan biri Daniel Defo hisoblanadi.
Ingliz adabiyoti mashhur namoyondasi boʻlmish Daniel Defo bir vaqtning oʻzida ham
yozuvchilik,
ham biznes sohasi bilan birdek shugʻullanib kelib
, keng nom qozongan. Kelib
chiqish jihatdan oʻrta tabaqa vakili boʻlgan Daniel Defo olgʻa intilgan va hayotda barcha
orzularini amalga oshirishda oʻzining yuksak maʻnaviyatini ishga solgan holda harakat
qilgan va oʻzining yuksak iste’dod egasi ekanligini qayta va qayta isbotlay olgan adabiy
shaxsdir. U ilk ilmiy-
oʻquv faoliyatini Dorkingdagi Fisher maktabida boshlab
, keyinchalik
Stok-
Nyuingtondagi Morton akademiyasida davom ettirgan. Adabiy sari qoʻygan ilk
qadamlarini 1681-
yilda sodda tilda yozilgan she’rlar bilan boshlagan. Biroq tijorat
faoliyati bilan shugʻullanish maqsadida biroz muddat adabiy faoliyatidan cheklanishga
majbur boʻladi. Tijorat masalasida Gʻarbiy Yevropaga koʻplab sayohat qiladi. Ijodkorning
biografiyasini qisqacha tilda tushuntirish qiyin. Uning hayoti juda koʻp qiziqarli
sarguzashtlar,
koʻpchilikni ajablantiradigan voqaelarga boy. Shunisi qiziqarliki
,
u oʻz
asarlarini hayotiy voqae-hodisalarga tayangan holda yozadi va bu jihat uning asarlarning
tabiiylik asosida yoritilishida hamda falsafiy gʻoyalardan yiroq boʻlishida xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Daniel Defo oʻndan ortiq ijodiy ishlari bilan allaqachon nom qozonishga ulgurgan
buyuk ijodkor. Uning qalamiga mansub asarlar kitobxonlar qalbidan chuqur oʻrin
egallagan. Uning adabiyot uchun qoʻshgan eng ulkan hissasi romannavislik sohasini
rivojlantirganidir. Shuni ta’kidlab oʻtish lozimki
,
uning asarlaridagi gʻoyalar davr bilan
hamohanglikda yuksalib boradi va bir-birini hech qachon takrorlamaydi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
165
Yuqorida aytib oʻtilganidek
,
Daniel Defo adabiyot gulshanini she’rlar bilan boyitish
bilan bir qatorda, siyosiy risolalar (anonim) va gazeta maqolalari ham yozib turgan. Defo
roman janrining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan. Daniel Defo o‘zining “Robinzon
Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari” nomli shoh asari orqali butun dunyoga
mashhur bo‘ldi. Daniel Defo yozuvchilik bilan birga jurnalistik faoliyat bilan ham
shug‘ullangan. U ko‘plab siyosiy risolalar
, pamfletlar ustasi va 500 dan ortiq kitoblar
muallifi edi. U 23 yoshidan pamfletlar yoza boshlagan.
Yozuvchi asarlarini badiiy jihatdan tahlil etar ekanmiz,
uning “Loyihalar tajribasi”
nomli asari jamiyatdagi moliyaviy muammolar,
aholining kambagʻal turmush tarzi
,
Angliyada ayollar ta’limidagi kamchiliklar turli munozaralar asosida yoritiladi.
Bundan tashqari, adibning adabiy-
fantastik durdonalaridan boʻlmish “Robinzon
Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari” romani Robinzonning uzoq yillik
sarguzashtlarini va hayotning turli qiyinchiliklari bilan yuzlashishini namoyish etadi.
Ushbu asar Daniel Defoning shon-
sharaf va boqiylik kasb etgan oʻlmas xazinasi sanaladi
.
Adib asarda voqealarni sodda va real tilda tasvirlashga harakat qilgan. Asarda
qahramonning barcha imkoniyatlari turli vaziyatlarda sinovdan oʻtkaziladi
.
Oʻsha davr
ya’ni XVIII asrda dengiz sayohatiga nisbatan qiziqish yuqori edi
. Yozuvchi aynan shu
orqali xalq hayotini yorqin tasvir etadi.
Shu bilan bir qatorda, muslixlar qalbidan chuqur joy egallagan yana bir asari
“Moll Flandriya” hisoblanib
,
asar ma’naviy tarjimai hol shaklida yozilgan. Roman
davomida Mollning hayoti va noqonuniy munosabatlar tasviri aks etadi. Asarda Moll bosh
qahramon sifatida tasvirlanadi va asar davomida qahramon dinamikasini koʻrish
mumkin.
Adibning “Roksana xonimning tarixi” asari oʻsha davr ijtimoiy muhiti
, shuningdek,
jamiyatdagi turli dolzarb masalalarni tasvirlashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. Unda
asosiy masala haqiqat va yolgʻon masalalarini keng muhokama qilishdir. Roksananing
salbiy harakatlarining asosiy maqsadi bu ozodlik sari intilish edi. Asarning saviyasi va
oʻziga xosligi ijodkorning yuksak mehnatini koʻrsatadi. Ushbu adabiy ish hayot haqiqati
yoʻgʻrilgan adabiyotning noyob durdonalaridan biridir.
Yozuvchining adabiy javohirlaridan juda koʻpini aytib oʻtishimiz mumkin.
Uning
har bir asari oʻzgacha san’at
,
oʻzgacha joziba kasb etadi
.
MUHOKAMA
Daniel Defoning barcha asarlari haqida ma’lumotlar to‘plar ekanmiz, yozuvchi
mahoratini qay darajada yuksak ekanligining yaqqol guvohi bo‘lamiz. Juda ham keng
ko’lamli mavzu va g‘oyalarni qamrab olgan asarlar yozuvchining dunyoqarashi va hayotda
ro‘y berayotgan voqealarga munosabatini ko‘rsatadi. Yozuvchi o’zini asar qahramoni sifatida
hisoblab, jamiyatning muammolarini haqiqiy tarzda ko‘rsatib berishga harakat qiladi.
Aksariyat asarlarida qahramonlarni tanlashda oddiy hayot tarziga murojaat etadi va o‘rta
sinf vakillarini asarlarining bosh qahramoni sifatida tanlaydi.
Daniel Defo ijodiga chin ma’noda yuksak baho bersak
, arziydi. Chunki uning
jurnalist, savdogar, yozuvchi sifatidagi
ko‘plab
tajribalari orqali asarlarining yaratilishi
uchun turtki bo‘ldi va uning qanchalar serqirra ijodkor ekanligini yana bir bor isbotladi
.
Uning barcha ishlari jahon adabiyotida yuksak bahoga ega. Ayniqsa, sarguzasht va
qiziqarli voqealarni ifodalovchi “Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari”
asari alohida o‘
ringa ega.
Asar adabiyot ixlosmandlari tomonidan sevib o‘qiladi va u jahon
adabiyoting durdona asarlari qatoridan joy olgan.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
166
Chindan ham,
Defo ijodini o‘rganish jahon adabiyotiga bo‘lgan qiziqishni oshiradi
va boshqa yozuvchilarning ishlaridan o‘zining noyob va yagona xususiyatlari bilan ajralib
turadi.
Yozuvchining “Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlar” asarni
o‘qiganimizda
,
“Robinzon Kruzo”ni yozgan inson o‘z ijodi ustida ishlashdan katta zavq
olganini tushunamiz. Shuningdek, adibning qilgan ishlari zamondoshlari tomonidan
yuqori baholangan.
Daniel Defo asarlari hanuzgacha adabiyot ahli tomonidan koʻplab muhokamalarga
sabab boʻlib kelmoqda
.
Asarlarining oʻxshashliklari hamda hech bir asarda takrorlanmas
jihatlari koʻrib chiqilib
, ularni tahlil qilishga adabiyot nuqtai nazaridan yondashiladi.
Masalan,
har bir asar asosiy gʻoyasining davr bilan solishtirib oʻrganilishi yozuvchi
uslubining tabiiyligini koʻrsatadi
. Xususan,
muallifning “Robinzon Kruzoning hayoti va
ajoyib sarguzashtlari” asari kitobxon ongida bir necha muhokamali savollarni uygʻotadi
.
Masalan, nima uchun bosh qahramon uydan ketishni xohladi? Nega ota-onasi uni
tushunishga harakat qilishmadi? U oʻzi orzu qilgan mukammal hayotda bir umr yashay
oldimi? 28 yillik sayohati davomida nimalarni anglab yetdi? Aynan qaysi gʻoya asarda
ustunlik qiladi?
Voqealar,
syujetlar oʻsib borgan sayin oʻquvchini qiziqtirgan barcha savollarga
javob topiladi.
Uning asarlari lingvistik jihatdan sodda va oddiy boʻlsa
-da, adabiy jihatdan
yuksak,
tub ma’no kasb etadi
,
desak mubolagʻa boʻlmaydi
. Har bir asar, har bir qahramon
oʻzgacha bir dunyo
,
oʻzgacha gʻoyalarni yoritib beradi
.
NATIJALAR
Badiiy asarlar zamon va makon haqidagi tasavvurlarga boy bo‘lib
, ular cheksiz
ravishda turli-tuman va chuqur
ma’nolarga egadir
. Daniel Defoning aynan
“Robinzon
Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari” nomli asari ham shu singari badiiy asarlar
jumlasidandir.
Bu asar ma’rifatparvarlik davrining shoh asari va butun jamoatchilik
tomon e’tirof etilgan jahon adabiyotining yuksak mahsuli hisoblanadi
.
Bu asar o‘ziga xos
jihatlari va dolzarb mavzularning muhokama qilinishi bilan boshqa asarlardan ajralib
turadi.
Asar tili sodda va o‘qish uchun juda oson
. Asar bilan yaqindan tanishib borar
ekanmiz,
o‘sha davrdagi ibtidoiy muhit va jamiyat hayoti ko‘z o‘ngimizda
gavdalanaveradi.
Asar romanning ikki turiga misol bo‘la oladi: sarguzasht va tarixiy
-
fantastik roman. Asarda sarguzasht roman sifatida Robinzon Kruzoning boshdan
kechirgan sarguzashtlari va turli xil qiziqarli voqealar tasvirlanadi. Unga tarixiy
tomondan yondashadigan bo‘lsak
,
o‘sha davrdagi ibtidoiy tuzum
, tarixiy muhit uning
asosini tashkil qiladi.
Asarda ba’zi bir voqealarning bo‘rttirib
, real hayot tarzidan ozgina
uzoqroq tasvirlanishi esa uning fantastikasini ko‘rsatadi
.
Daniel Defo, tadqiqotchilarning hisoblashlaricha, 400 ga yaqin publitsistik
maqolalar, pamfletlar yozgan qalam sohibidir.
Bu asarlar ko‘plab jahon tillariga tarjima
qilingan. Defoning ijodiy fantaziya quvvati bilan yaratilgan bu asarlar yurtdoshlari uchun
favqulodda hodisa va tengsiz jasorat namunasi hisoblanadi. Otasi uni kelajagini bilganday
bu fikrlarni aytgan. Robinzon ham orolga borib bekor o'tirmadi. U bunday kimsasiz,
odam oyog‘i yetmaydigan orolda o‘zi yolg‘iz qiyinchilikdan o‘zini o‘ldirsa ham bo‘lardi
lekin u hayoti uchun tabiat bilan kurashdi va buni uddasidan chiqdi deb o‘ylayman
.
U echkini qo‘lga o‘rgatdi
,
o‘zi uchun bug‘doy yetishtirdi
.
Echkilarni ko‘paytirib xohlagan
paytida sut ichadigan,
go‘sht yeydigan bo‘ldi
.
O‘zi uchun kiyim tikdi
, charx yasadi. Charxni
yasash va pichoqlarni charxlab ishlatishi uni aqli zaif inson emas, uncha muncha
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
167
narsalarga aqli yetadigan aqlli inson ekanligini ko‘rsatadi
.
Jumavoyga to‘xtaladigan
bo‘lsak
,
Jumavoy o‘zi odamxo‘rlardan bo‘ladi
, lekin Robinzon uni tarbiya qiladi, u insonni
butunlay o‘zgartirib yuboradi va uning bu ishlari tahsinga sazovordir
, deya aytishimiz
mumkin.
Ochiqchasini aytadigan bo‘lsak
,
kitobdan ibrat oladigan jihatlar juda ko‘p
.
XULOSA
Davr masalalari bilan hamohanglikda yashagan va ijod etgan ijodkor Daniel Defo
adabiyot sahnasida oʻzining oʻlmas asarlari bilan oʻrin egallagan buyuk qalam sohibidir
.
Uning asarlarini turli davr yozuvchi va olimlari har jabhalarda tahlil etib, ijodkor
ishlarining naqadar salmoqli ekanligiga hanuzgacha tan berib kelishmoqda. Uzoq
muddatli tahlillarga tortilgan asarlar oʻzining qay darajada ma’no
-mazmunga boy
ekanligini qayta va qayta isbot etib kelmoqda.
Mashhur insonlar ham Daniel Defo ijodini turli ijobiy fikrlar bilan koʻklarga
koʻtarishgan
. Xususan, Paula Bakscheider
Daniel Defoning hayotiy faoliyati o‘rganadi va
uning ishlarini o‘z davri adabiyoti bilan bog‘liq
, rivojlanayotgan va yaqin dinamik aloqada
deb hisoblaydi.
Daniel Defo o‘z davri muammolarini yuksak mahorat bilan tasvirlovchi
novator va professional yozuvchidir.
Yuqorida aytib o‘tilgandek
, Daniel Defo romanning
dastlabki tarafdorlaridan biri sifatida e’tirof etilgan
, chunki u Buyuk Britaniyada shu soha
yuzasidan Samuel Richardson kabi mashhur yozuvchilar bilan hamkorlikda ishlagan.
Daniel Defo iqtisodiy jurnalistika bo‘yicha ham ishlar olib borgan
.
Tabiatan, Defo sarguzashtlarni sevuvchi inson edi. U tez -
tez G‘arbiy Yevropaga
tijorat ishlari bilan borar, siyosiy kompaniyalarda qatnashar edi, garchi u rasmiy
lavozimga ega bo‘lmasa ham
, tadbirkor ham edi. Shu sababli,
koʻplab asarlari uning
hayotga monand yaratilgan.
Oʻziga san’at yoʻlini tanlagan
, hamisha yangiliklar qilishga intilgan, yangi janr
rivojiga ulkan hissa qoʻshgan Daniel Defo juda uzoq muddat yashamagan boʻlsa
-da, ingliz
adabiyotida oʻzining oʻchmas izini qoldirdi
. Aksariyat adabiy-badiiy ishlarida
tinchliksevarlik, ozodlik uchun kurash, mushkul, ammo sarguzashtlarga boy hayotni
yoritishga harakat qilgan ijodkor bir qarashda kitobxonni qiziqtirib qoʻyadi
.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
:
1.
Ford-
Smit, Elis(2012). ”Kitoblar sharhi:Vabo yilining jurnali” Med tarixi 56
2.
M. Bakoeva: English literature Tashkent-2010 79-bet
3.
Dildora Tukhtaeva, & Dilshoda Amonova. (2023). DANIEL DEFONING
"ROBINZON
KRUZO"
ASARIDA
MEHNATSEVARLIK
VA
TINCHLIKSEVARLIK
GʻOYALARINING BADIIY TAHLILI. https://doi. org/10. 5281/zenodo. 8208854
4.
Dildora Tukhtaeva, & Dilshoda Amonova. (2023). MA'RIFATPARVARLIK
DAVRIDA INGLIZ ADABIYOTI. https://doi. org/10. 5281/zenodo. 8208905
5.
O’Brayen, Jon 1998. “Union Jack: Amneziya va Daniel Defoning asari” Polkovnik Jek”
6.
https://expressuk.
org/news/review-moll-flanders-nick-perry-unfaithfully-
adapted-daniel-defoe.