Авторы

  • Умидахон Мирзаева
    Преподаватель, Кафедра общей физики, Андижанский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67348

Ключевые слова:

знание умение схема грамотность понятие дидактика педагогическая технология компетентность конструктив

Аннотация

В статье рассматриваются различные концепции преподавания в системах образования и методы проверки их эффективности. Особое внимание уделяется оценочным исследованиям, направленным на проверку грамотности студентов. Анализируются задания по физике, часто используемые на повторных и экзаменационных этапах, а также их роль в оценке учащихся. Рассматривается, как учителя используют оценку как инструмент для стимулирования активности учащихся.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и

лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Use of didactic-testological possibilities of international

assessment studies in the formation of assignments in

Physics

Umidakhon MIRZAYEVA

1

Andijan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received June 2024

Received in revised form

10 June 2024

Accepted 25 July 2024

Available online

15 July 2024

The article examines various concepts of teaching in

education systems and methods for testing their effectiveness.

Particular attention is paid to assessment studies aimed at

testing student literacy. Physics tasks that are often used at

revision and examination stages are analyzed, as well as their

role in assessing students. Examines how teachers use

assessment as a tool to encourage student engagement.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss4-pp202-209

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

knowledge,

skill,

scheme,

literacy,

concept,

didactics,

pedagogical technology,

competence,

constructive.

Fizika fanidan topshiriqlar shakllantirishda xalqaro baholash

tadqiqotlarining

didaktik-testologik

imkoniyatlaridan

foydalanish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

bilim,

ko‘nikma,

sxema,

savodxonlik,

konsepsiya,

didaktika,

pedagogik texnologiya,

kompetensiya,

konstruktiv.

Har bir ta’lim tizimida turli xil o‘qitish kontseptsiyalari mavjud.

Tekshirish topshirig‘i esa ta’lim tizimining qaysi konseptsiya

asosida tashkil etilganligini va uning samaradorligini baholaydi.

Baholash tadqiqotlarida o‘quvchining tadqiqot vaqtidagi

savodxonligi tekshiriladi. Fizika fanidan topshiriqlar aksariyat

hollarda o‘quv mashg‘ulotlarining takrorlash va imtihon

bosqichlarida ishlatiladi. Topshiriqlar ko‘p hollarda asosan

o‘quvchilarni baholash uchun qo‘llaniladi. Baholash esa o‘qituvchi

uchun o‘quvchilarni faollikka undovchi, rag‘batlantiruvchi vosita

sifatida ko‘riladi.

1

Teacher, Department of General Physics, Andijan State University.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 2 № 4 (2024) / ISSN 2181-3701

203

Использование дидактико-тестологических возможностей
международных

оценочных

исследований

при

формировании заданий по физике

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

знание,

умение,

схема,

грамотность,

понятие,

дидактика,

педагогическая
технология,
компетентность,

конструктив.

В статье рассматриваются различные концепции

преподавания в системах образования и методы проверки

их эффективности. Особое внимание уделяется оценочным

исследованиям, направленным на проверку грамотности

студентов. Анализируются задания по физике, часто
используемые на повторных и экзаменационных этапах, а

также их роль в оценке учащихся. Рассматривается, как

учителя используют оценку как инструмент для

стимулирования активности учащихся.


PISA xalqaro baholash tadqiqotida tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik “tabiiy

fanlarga oid bilimlarni amalda qo‘llay olish, tabiiy fanlarning muammolarini tushunish,
ilmiy manbalardan foydalangan holda xulosalar ishlab chiqish, tabiatga oid va inson omili
bilan sodir bo‘ladigan tabiatdagi o‘zgarishlar bo‘yicha qarorlarni tushunish” deya
tavsiflanganini aytishimiz mumkin. Agar ushbu tavsifni tahlil qilsak, tabiiy fanlarga oid
savodxonlik bilvosita kundalik hayot, jamiyatdagi turli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
masalalarga bog‘liq tarzda tekshirilmoqda. O‘quvchidan mustaqil fikr, mustaqil qaror
qabul qilish va o‘z natijalariga baho berish talab etilmoqda.

O‘quvchilarda atrof-olamni o‘rganishga ishonch tuyg‘ularini hosil qilish, tabiatdagi

jarayon va hodisalarni kuzatish, tahlil qilish, tabiat hodisalarini o‘rganishda asboblar,
vosita, uslublardan to‘g‘ri foydalana olish, atamalar, tushunchalar, qonuniyatlar,
kattaliklarni matematik formulalar bilan ifodalay olish, fan sohasida erishilayotgan
yutuqlar, ularning amaliyotga tatbiq qilish orqali o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini
rivojlantirish, kelajakda insoniyatni fan va texnologiyalar yutuqlaridan to‘g‘ri
foydalanishda fan va texnika ijodkorlariga hurmat bilan qarash, ma’naviy va madaniy
merosni avaylab asrash, ularda umumbashariy madaniyat elementlarini tarbiyalashdan
iborat.

Fizika fanidan topshiriqlar aksariyat hollarda o‘quv mashg‘ulotlarining takrorlash

va imtihon bosqichlarida ishlatiladi . Topshiriqlar ko‘p hollarda asosan o‘quvchilarni
baholash uchun qo‘llaniladi. Baholash esa o‘qituvchi uchun o‘quvchilarni faollikka
undovchi, rag‘batlantiruvchi vosita sifatida ko‘riladi. Shu bilan birga, R. Duit fizika
darsliklaridagi topshiriqlarni tahlil qilib chiqqan va quyidagi xulosaga kelgan: “Fizika
darsligidagi topshiriqlar takrorlanuvchi formal topshiriqlardan iborat va bu 90%ni
tashkil etadi. Kundalik hayotga oid topshiriqlar esa kamdan-kam holatlarda uchraydi.
Bunday topshiriqlar odatda o‘quvchilarning kundalik hayotni kuzatishi, o‘quv
mashg‘ulotlarida o‘rganayotgan bilimlari bilan bog‘lashi va ularning muammolarni hal
qilish kompetentsiyasining rivojlanishiga yordam beradi. Bir qancha javoblari mavjud
topshiriqlar esa fizika darsliklarida deyarli uchramaydi”. Olimning mazkur tahlili asosida
quyidagicha xulosa qilish mumkin: Fizika darsida o‘quvchilarning ma’lum
topshiriqlarning yechish algoritmi bilan shug‘ullanishi va mazkur algoritmni yodlagan


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 2 № 4 (2024) / ISSN 2181-3701

204

holda takrorlash maqsad qilingan. Ba’zi holatlarda murakkablik darajasi baland
topshiriqlarda o‘quvchilardan formula yoki tenglamani echish yoki o‘zgartirish talab
etiladi, xolos. Shu turdagi topshiriqlarni ishlay olishlari o‘quvchilar fanning mazmunini
to‘laqonli tushunganligini anglatmaydi. Shuning hisobiga o‘quvchilarning fanga bo‘lgan
qiziqishi kamayib boradi. O‘quvchilar uchun fanlar abstrakt, hayotda kam uchraydigan
fan sifatida ko‘riladi. O‘quvchilar uchun berilgan topshiriqlar o‘zlari ko‘rgan, bilgan,
amalda uchraydigan ma’lumotlarga bog‘lansa, ularda fanning muhimligini tushunishga,
uni o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirib boradi.

N. Sheker va J. Gerdes fikricha, “sxemaga solingan doimiy takrorlanuvchi

topshiriqlar o‘rganilgan bilimning chegaralangan miqdorda qo‘llash imkoniyatini beradi”
[1. p. 61-74.]. Bundan tashqari, bu tadqiqotchilar “o‘quvchilar topshiriqlarni echishni
o‘rganishadi, ammo muammolarni hal etishni esa kamdan-kam holda o‘rganishadi” deb
fikrlarini xulosalaydi. Yuqorida qayd etilgan fikrlardan kelib chiqsak, o‘quv
mashg‘ulotlarida beriladigan topshiriqlarning funktsiyasi o‘quvchilarning muammoli
vaziyatlarni hal qilishga bo‘lgan munosabatlarini o‘zgarishini taqozo etadi.

Fizika fanidan tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari markazida topshiriqlar turishi

maqsadga muvofiqdir. Bu degani o‘quv mashg‘ulotlarida ko‘pgina o‘quvchilarni
topshiriqlarni bajarishga emas, balki ularda fizika fanidan amaliyotda qo‘llash mumkin
bo‘lgan vosita, manba sifatida o‘rgatishdan iborat. Shuningdek, o‘qituvchi tomonidan
faqat topshiriqning to‘g‘ri yechimiga yo‘naltirish emas, balki shu topshiriq orqali
o‘quvchining fikr yuritishi, topshiriqqa o‘zgacha yondashishni ta’minlashi kerak bo‘lgan
topshiriqlar ishlab chiqilishi va qo‘llanilishi kerak. Shu turdagi topshiriqlarni ishlab
chiqishda o‘quvchilarning o‘zlari yashab, yaxshi bilgan hududi misolida topshiriqlar
ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.

Oʻrta taʼlimda fizika fanini umumtaʼlim predmetlari qatorida oʻqitilish

oʻquvchilarga hozirgi zamon ilgʻor texnikasi va yutuqlarini tushuntirishda hamda
umumiy dunyoqarashni shakllantirishda muhim oʻrin tutadi. Yaqin kunlarga qadar fizika
fanini oʻqitish oʻquvchilarga fizika asoslarini chuqur oʻrgatishdan iborat boʻlib kelgan.
Endilikda esa fan-texnika yutuqlaridan xabardor boʻlishini va olgan bilimlarini amaliy
qoʻllash, ijodiy izlanish imkoniyatlarini oʻquvchilarda shakllantirish vazifasini ham
namoyon etmoqda [2. B. 148-152].

Pedagogik kuzatishlar ma’lum topshiriqni bajara olmayotgan o‘quvchi uni

namunaviy topshiriqlar yordamida yechishga harakat qilishini ko‘rsatadi. Bu holdagi
topshiriqlar o‘quv jarayonida formulalar ustida ishlash yoki tenglamalarni echishda
ishlatilishi mumkin. Fizika fanidan topshiriqlar ko‘proq ma’lumotlarni qamrab olishi,
ko‘p miqdordagi bu ma’lumotlar orasidan zaruriy ma’lumotlarni ajratib olishi va shundan
tegishli formula yordamida topshiriqni bajarish kerak bo‘ladi. Bu esa o‘quvchilarda
mustaqil izlanish ko‘nikmasini rivojlantiradi.

“Topshiriqlar an’anasi”ni rivojlanishiga yana bir muhim omil bu o‘quvchilarning

mustaqil tushuntirib berish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat [3. p. 2-10.]. Fizika
fanidan topshiriqlar o‘quvchilarga ma’lumotlar tayyor holatda emas, balki mustaqil
ravishda qidirish, takrorlash va boshqa topshiriqlar bilan taqqoslash orqali ma’lumotlar
topishi nazarda tutilishi kerak. Topshiriqlar o‘quv jarayonining davom etishiga qarab
murakkablashib borishi kerak. X. Gudjons [4. p. 13.] ning fikricha, “murakkab bo‘lib
boruvchi topshiriqlarni bajarish orqali bilimlar yangidan tizimlashib boradi. Peagogik
amaliyotda qo‘llanilishiga oid topshiriqlarni bajarish orqali esa boshqa bilimlar bilan


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 2 № 4 (2024) / ISSN 2181-3701

205

mujassamlashib, tayanch bilimlarga bog‘lanib boradi”. Shuningdek, o‘qituvchi yangi
mavzuni tushuntirish va o‘quvchilarga shu mavzuga oid topshiriqlarni bajarishda
mustaqil topshiriq namunalaridan echish va o‘z yechimini taqdimot qilish imkoniyatini
berishi lozim. Mazkur holatda o‘qituvchi o‘quvchining “hozirgi holati” va “potensial
holati”ga baho beradi. O‘qituvchi mavzuni tushuntirishda uslubiy jihatlarga e’tibor
qaratib, o‘quvchilarning “hozirgi holati”ni hisobga olgan holda mavzuning eng muhim
qismlarini atroflicha tushuntirishga harakat qiladi [5. p. 11-13.]. O‘quvchilar tomonidan
yo‘l qo‘yilgan xatolar bilan samarali ishlash topshiriqlar ishlab chiqishda e’tibordan
chetda qoladigan jihatlardan biri hisoblanadi. Xato yechimlar esa topshiriqlarni uzluksiz
va davomiy xatolarni hisobga olgan holda echishga asosiy turtki bo‘ladi. O‘quvchilarning
topshiriqni echishda xato qilishidan qo‘rqishga emas, balki xatolar orqali yakuniy to‘g‘ri
yechimga kelishga rag‘batlantirish kerak.

P. Xeusler va G. Lind o‘zining ilmiy tadqiqotida “kimki qanday xato kelib chiqishini

bilsa, to‘g‘ri yechim qanday bo‘lishini biladi” [3. p. 2-10.], deb mazkur holatni bayon
etganlar. Pedagogik nuqtai nazardan xatolar yo‘q qilinishi zarur bo‘lgan yoki yo‘l qo‘yib
bo‘lmas yechim sifatida qabul qilinmaydi, balki xatolardan va xatolar orqali o‘rganish
mumkin, deb qarash kerak [6. p. 121.].

Fan didaktikasi nuqtai nazaridan esa xatolarni shu xatoga mos keluvchi

topshiriqlar asosida tushuntirish tavsiya etiladi. Misol uchun, ma’lum guruhda ishlangan
yoki alohida o‘quvchi ishlagan topshiriq maqsadli ravishda xato ishlanib, o‘quv
mashg‘ulotida mazkur xato yechim tanqidiy muhokama qilinadi. O‘quvchilarning
xatolarni aniqlash va nima uchun xato ekanligi bo‘yicha fikrlarini shakllantirish va tizimli
rivojlantirib borish o‘qituvchining vazifalaridan biridir. Bu orqali o‘quvchilarning
tanqidiy fikrlash va konstruktiv yechim topish kompetentsiyalari shakllanib boradi.

Topshiriqlarni shakllantirish va takomillashtirishda ko‘p yechimli topshiriqlarga

alohida e’tibor qaratilmoqda. Fizika fanidan topshiriqlarni echish bir yoki bir qancha
qonuniyatlar asosida yondashishni ko‘zda tutadi. Misol uchun, mexanikaga oid
topshiriqlarni energiyaning saqlanish qonuni yoki harakatlar muvozanati qoidasi orqali
ishlash mumkin. Topshiriqni echishni bitta usul bilan tushuntirish oddiy va elegant
yo‘ldir. Bu esa o‘qituvchi uchun ham kam vaqt talab qiluvchi yo‘l hisoblanadi.
O‘quvchilarning ma’lum bir topshiriq bo‘yicha chegaralangan miqdordagi vositalar,
resurslar yoki ma’lumotlar mavjud bo‘lganda muqobil yechimlar topish yo‘llarini topish
ko‘nikmasini shakllantirmaydi. O‘quvchilarning tor fikrlashga va birgina yechim orqali
topshiriqlarni echish va boshqa yechim yo‘llarini qidirmaslikka undaydi [3. p. 2-10.].
Xususan, keyingi vaqtda o‘quv jarayonida konstruktsion topshiriqlarni qo‘llash ham
ommalashib bormoqda. Ushbu topshiriqlar orqali o‘quvchilar ma’lum mahsulot, buyum
yoki konstruktsiyani loyihalab chiqadi. O‘quvchilar ixtiyoriga chegaralangan vositalar
taqdim etiladi. Misol uchun, o‘quvchilardan ko‘tarilib tushuvchi ko‘prikni loyihalash
topshiriq sifatida qo‘yiladi. Tabiiy yo‘nalishdagi fanlarda bunday topshiriqlar asosini
amaliy fanlar tashkil etishi tushuntirib boriladi. Bu kabi topshiriqlar o‘quvchilarning
fanlararo bilimlarini mustahkamlab borishiga, o‘rganilgan bilimlarni kasbiy va shaxsiy
hayotda umumlashgan holda kelishini tushunishga yordam beradi. Yuqorida qayd etilgan
topshiriqda ham o‘quvchilar ko‘prikni loyihalash davomida qo‘llaniladigan materiallar,
ularning fizikaviy xususiyatlari, mustahkamligi va iqtisodiy samaradorligi kabi jihatlariga
e’tibor qaratishi lozimligi hisobga olinadi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 2 № 4 (2024) / ISSN 2181-3701

206

Matematika faniga oid aksariyat topshiriqlarda ma’lum formula yordamida

topshiriqni echish tushuniladi. Fizika fanidan bu kabi topshiriqlardan kamroq
foydalanish tavsiya etiladi. Bunday topshiriqlar o‘quvchilarda topshiriq mazmunini
tushunishdan ko‘ra, ko‘proq mazmunga bog‘lamagan holda yechim topishga undaydi
[7. p 129.]. Natijada o‘quvchi fan mazmunidan ko‘ra, o‘zining matematik bilim va
ko‘nikmasi asosida fizika faniga doir topshiriqni to‘g‘ri bajargan hisoblanadi,
topshiriqning mazmun-mohiyati esa ikkinchi darajali bo‘lib qoladi.

Topshiriqlar shakllantirishda topshiriq mazmuni va kontekstiga chuqur yoki sayoz

yondashish muhim ahamiyatga ega. Fizika faniga oid topshiriqlarda yechim sifatida biror
qonuniyat yoki tamoyilga asoslanishi va buni amalda qo‘llanilishi aks etishi kerak. Misol
uchun, topshiriq energiyani saqlanish qonuni mayatnik yoki qiyshiq yuzadan bochkani
yumalashi misoliga bog‘lansa, bu chuqur yondashilgan topshiriqqa misol bo‘ladi va
o‘quvchini topshiriqni o‘z shaxsiy tajribalariga tayangan hamda tasavvur qilgan holda
tizimli echishga undaydi. Bu kabi topshiriqlar, xususan, o‘quvchilarning motivatsiyasi va
qiziqishini orttiradi, topshiriqning mazmun-mohiyatini tushunishiga turtki beradi, tabiiy
yo‘nalishdagi fanlarga bo‘lgan shaxsiy qiziqishini oshiradi. P. Xeusler va G. Lindlar
o‘quvchilarning fizika faniga bo‘lgan qiziqishlarida topshiriq kontekstlari muhimligi
ta’kidlaganlar va quyidagi kontekstlar pedagogik nuqtai nazardan tavsiya etilgan:










2.1-rasm. Fizika faniga bo‘lgan qiziqish kontekstlari

Yuqorida sanab o‘tilgan kontekstlar topshiriqlarga chuqur yondashilgan holda

tatbiq etilsa, fizika fani asosini o‘rganishga imkon beradi. Topshiriqlarning o‘tilgan
mavzularga bog‘liq bo‘lishi kerakligi topshiriqlar ishlab chiqishdagi yana bir tamoyildir.
Pedagogika va psixologiya fanlarida “Scaffolding” tushunchasi mavjud bo‘lib,
topshiriqlarni o‘quvchining “hozirgi holati” hisobga olingan holda “potentsial holati”ga
etkazilishi tushuniladi [8. p. 269-290.].

Rus pedagogi L.S. Vgotskiy esa mazkur tushunchani “rivojlanishning keyingi

zonasi” [9. c. 220.] deb ta’riflagan. Topshiriqlar avval o‘tilgan darslar bilan vertikal
bog‘liqlikka ega bo‘lishi, ularni takrorlashi va mustahkamlashi kerak. Shuningdek, ushbu
topshiriqlar gorizontal ravishda turdosh fanlar, kundalik va kasbiy hayot bilan ham
bog‘liqlikni aks ettirishi kerak.

Ma’lumki, har bir ta’lim tizimida turli xil o‘qitish kontseptsiyalari mavjud.

Tekshirish topshirig‘i esa ta’lim tizimining qaysi kontseptsiya asosida tashkil etilganligini
va uning samaradorligini baholaydi. Baholash tadqiqotlarida o‘quvchining tadqiqot

O‘quvchilarning

kundalik hayotiy

tajribalari, kuzatishlari

yoki atrofidagi tabiatga

bog‘liq kontekstlar

Fizika fanidan

topshiriqlar ishlab

chiqishda

tanlanadigan

kontekstlar

Amalda tajriba qilib

ko‘rish va kuzatish

mumkin bo‘lgan

kontekstlar

Tabiat hodisalari, texnika

va texnologiyaga doir

kontekstlar

Emotsional va ijobiy

tasvirlangan

fenomenlar

Fizikaning jamiyatdagi

ahamiyatiga oid

kontekstlar


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 2 № 4 (2024) / ISSN 2181-3701

207

vaqtidagi savodxonligi tekshiriladi. PISA xalqaro baholash tadqiqoti topshiriqlari
tekshirish topshiriqlaridan farqli ravishda savodxonlikning o‘sishini 3 yillik tsikl bilan
davlatlar kesimida tadqiq qiladi. Tekshirish topshiriqlari asosan o‘quv yilining
boshlanishida va oxirida yoki bir chorakning boshlanishi va oxirida o‘tkaziladi. Aynan bir
topshiriq ikki marta qo‘llaniladi. Tekshirish topshiriqlari psixometrik o‘lchash vazifasini
bajarmaydi, ya’ni aynan bir o‘quvchining o‘quv yili boshlanishi va yakunida, bir
chorakning boshlanishi, yakunida asosiy tayanch va fanga oid kompetentsiyasi
o‘lchanmaydi, balki sinfdagi barcha o‘quvchilarining umumiy kompetensiyasi
umumlashtiriladi. O‘quvchilar mazkur topshiriqni yechish orqali mazkur o‘quv yilida
nimalarni o‘rganish mumkinligi, qanday kompetentsiyalarga ega bo‘lishi va o‘zining
maqsadlarini qo‘yishga o‘rganadi. Bu topshiriqlar o‘quvchilarning rivojlantirish zarur
bo‘lgan asosiy tayanch va fanga oid kompetentsiyalarini belgilab olishda katta yordam
bo‘ladi. Shu orqali o‘qituvchi dars mashg‘ulotlarini rejalashtirish bo‘yicha muhim
ma’lumotlarga ega bo‘ladi.

Tekshirish topshiriqlarini ishlab chiqishda aniq voqelik, kundalik hayotda

kuzatiladigan topshiriqlar tanlanishi lozim. Topshiriq ham aslida o‘quvchilarning
yondashuvi, mavjud bilimlarining holati, yo‘l qo‘yilayotgan xatolarni kontseptual tahlil
qilish va shular asosida o‘qituvchi uchun o‘quv yili davomida qaysi metodlar bilan qaysi
mavzuni qanday tashkil etish uchun to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatini beradi.
O‘quv yili so‘nggida ham mazkur topshiriq yana bir bor beriladi va umumiy natija tahlil
qilinadi. Baholash topshiriqlari psixometrik nuqtai nazaridan o‘lchanmaydi, ya’ni har bir
o‘quvchining alohida natijasi e’tiborga olinmaydi, balki butun bir sinf egallagan
kompetentsiyalarining “mavjud holati” va “zaruriy holati” aniqlashtiriladi.

Tekshirish topshiriqlari tarixan R. Xavigxurstning rivojlanish topshiriqlari bilan

bog‘liq. R. Xavigxurstning fikricha “rivojlanish topshiriqlari bu shaxsning shaxsiy
ehtiyojlari va jamiyat talablari o‘rtasida bo‘lib, faol ta’lim orqali jamiyat ijtimoiy hayotida
faol ishtirok etishi” deb tushuniladi.

R. Xavigxurst insonning biologik o‘zgarishi (bolalik, o‘smirlik, keksalik),

jamiyatdagi faoliyati (maktabga kirishi, kasb tanlashi) va rivojlanayotgan shaxsning
maqsadlari rivojlanish topshiriqlarining manbalari deb hisoblaydi. Bundan tashqari,
tekshirish topshiriqlari o‘quvchilarning maktabdan tashqari mustaqil ta’lim olishi
holatini ham o‘rganish imkoniyatini beradi.

O‘qituvchi uchun topshiriqning yechimidan ko‘ra o‘quvchilarning mazkur

topshiriqni echishga bo‘lgan yondashuvi muhim hisoblanishi va bu o‘quvchining
baholanishiga va rag‘batlantirilishiga asos bo‘lishi lozim. Shu nuqtai nazardan amaldagi
mavjud baholash tizimi bilan kompetentsiyaviy yondashuvli o‘quv tadqiqotlari bir-birini
mazmunan inkor qiladi. Agar o‘quv jarayoni kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan
holda tashkil etilsa baholash tizimi ham shu yondashuvga mos kelishi lozim. Odatda
o‘quvchining ma’lum bir kompetentsiyani egallashini yohud ushbu kompetensiyaning
egallash bosqichlari qanday ketayotganligini baholash maqsadga muvofiqdir.
O‘z navbatida maktab tizimidagi mavjud baholash tizimidagi takomillashtirilishi lozim
bo‘lgan jihatlaridan biri – baholash jarayonining ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan
tahlil qilinishga muhtojligidir. Sinfda barcha o‘quvchilar oldida o‘qituvchi tomonidan
o‘quvchilar baholarining oshkora ma’lum qilinishi, o‘quvchilar tomonidan faqat yaxshi
baho uchun o‘qishi o‘z navbatida kompetentsiyaviy yondashuvli o‘qitish kontseptsiyasiga
zid hisoblanadi. Qoniqarsiz baho oluvchi o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishining


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 2 № 4 (2024) / ISSN 2181-3701

208

susayishi, o‘quvchining ruhiyatiga salbiy ko‘rsatishi ko‘p tadqiqotlarda ilmiy jihatdan
isbotlangan. O‘quv jarayonida baholash birinchi darajali faoliyatga aylanishi o‘quv
maqsadlarining amalga oshishiga to‘sqinlik qiladi. O‘smirlik davridagi bu kabi tez-tez
baholanishning bir qancha salbiy jihatlari bor. O‘quvchining avvalambor o‘ziga va
o‘zining muvaffaqiyatiga ishonchi susayadi. Qoniqarsiz baho olgan o‘quvchiga nisbatan
yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilar o‘rtasida aynan baho yuzasidan
muammoli vaziyatlar vujudga keladi. Kompetensiya atamasi mazmunidan ham baholash
tizimiga uni bevosita tatbiq etgan holda ta’kidlash lozimki, kompetentsiyani egallash
faqat nazariy bilim emas, balki o‘sha bilimni turli holatlarda, vaziyatlarda, ma’lum shart-
sharoitlarda qo‘llay olish bilan belgilanadi. O‘quvchining tayanch kompetentsiyani
egallashida muammoli vaziyatni tushunishi, yechish usullarini rejalashtira olishi, reja
asosida amalga oshirishi va o‘z yechimini baholay olishi, shuningdek, shu sanab o‘tilgan
barcha bosqichlarni o‘z xohish-irodasi bilan qilishi asosiy talablardan biridir.

PISA xalqaro baholash tadqiqotining maqsadi ham kelgusida mutaxassislarning

shaxsiy va kasbiy hayotga, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy fuqarolik pozitsiyasini
shakllanishi qay darajada ekanligini tadqiq qilishdan iborat. Agar shu nuqtai nazardan
kasbiy yoki shaxsiy hayot tahlil qilinsa ham baholash o‘zini o‘zi yoki tashqaridan, to‘liq
bir ish qilinganda beriladi va bajarilish jarayoni sifat nuqtai nazaridan baholanadi.

Baholash tizimining foydalanuvchilaridan biri o‘quvchilarning ota-onalaridir.

Hozirgi mavjud baholash tizimi o‘quvchining davlat ta’lim standartlarida o‘quvchilar
egallashi lozim bo‘lgan kompetentsiyalarni aks ettirmaydi. Ota-ona uchun ham
farzandining bahosidan ko‘ra qaysi qism kompetentsiyalarni egallashda kamchiliklar
borligini bilish va bu kamchilikni bartaraf etish bo‘yicha pedagogik tavsiyalar berish
muhimroqdir. Kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlashda ta’lim, fan va ishlab chiqarishni
samarali integratsiyasi davlat ta’lim standartlarining vazifalari sifatida belgilangan.
Baholash tizimi ham ta’lim jarayonining bir qismi sifatida fan va ishlab chiqarishdagi
baholash tizimi bilan integratsiya bo‘lishi lozim [10]. Ma’lumki, fan va ishlab chiqarishda
oraliq va yakuniy natijalar, shuningdek jarayonni tashkil etishning sifati baholanadi.

Maktab ta’limida baholash tizimining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi bevosita tayanch va

fanga oid umumiy kompetentsiyalar asosida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Ta’lim
standartida, malaka talablarida barcha kompetentsiyalar sanab o‘tilgan [10]. O‘quvchi va
ota-ona uchun har bir malaka talablarining qay darajada egallanganligi haqidagi to‘liq
ma’lumotli baholash ko‘p jihatidan foydaliroq hisoblanadi. Shu tarzda kompetentsiyaviy
yondashuvli baholash tizimiga o‘tiladi.

Davlat ta’lim standartlarida egallangan kompetentsiyalarning darajasi A1, A2, B1, B2,

C1 va C2 darajalarni o‘z ichiga oladi va har bir darajaning mezonlari ishlab chiqilgan. Mazkur
darajalar baholash bilan bevosita bir xil mazmunga ega. Shunday ekan, kundalik va doimiy
baholash o‘rniga ta’lim standartlariga asosan darajaviy baholash ko‘p jihatdan maqsadga
muvofiqdir. Baho o‘quv jarayonida bilimni belgilovchi aniq mezon emas, balki o‘quvchilarni
faollikka undovchi, rag‘batlantiruvchi vositadir. O‘qituvchilarning o‘quvchilarni qaysi
mezonlar asosida baholashi doimo bahsli mavzu bo‘lib kelgan [11. 17 б.].

Baholash ta’lim tizimida, ta’lim siyosatida har doim munozaralarga sabab bo‘ladi.

Ko‘pgina davlatlarda, masalan PISA xalqaro baholash tadqiqotlarida yuqori natijalarga
erishadigan Finlyandiya davlatida ham o‘quvchilar baholanmaydi. O‘quvchilarning
bilimini baholashga oid muzokaralar bir necha yillardan buyon davom etib kelmoqda.
Muzokaralar baholash hamma vaqt ham adolatli bo‘lmasligi, baholashda xatolarga yo‘l


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 2 № 4 (2024) / ISSN 2181-3701

209

qo‘yilishi va o‘quvchilarning bilim olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga oid fikrlar mavjud.
O‘qituvchining faoliyati bevosita baholash jarayoni bilan parallel ravishda ketadi. Agar
jamiyatda maktablar haqida shakllangan tasavvurlarni umumlashtiradigan bo‘lsak,
baholash doimo asosiy mavzu bo‘lib kelgan. Bu esa, o‘z navbatida, davlatning ta’lim
siyosatida vosita va shu bilan birga davlat ta’lim sifatining indikatori vazifasini o‘taydi.
Shu maqsadda har bir ta’lim muassasasida o‘quv yili davomida ichki va tashqi monitoring
o‘tkazib boriladi. Uning natijasiga ko‘ra, maktablarning reytingi, o‘qituvchilar salohiyati
va o‘quvchilarning savodxonligi aniqlanadi [11. 17 б.].


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Schecker H., Gerdes J. Interviews about experiments on movement processes //

In: Journal for Didactics of Natural Sciences 4, 1998. – p. 61-74.

2.

X. Tajibayev, M. Abduvaliyev Fizika fanidan o‘quvchilar bilimini rivojlantirishda

va ijodiy fikrlashini o‘stirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish// Жамият ва
инновациялар jurnali, 5-son, 2022. -B. 148-152

3.

Häußler P., Lind G. “Task culture” – What is it?// In: Practice of Natural Sciences

– Physics 49 (2000) No. 4. – p. 2-10.

4.

Gudjons H. Intelligent practice. Methods and strategies. Courtesy translation:

Intelligent

practice.

Methods

and

strategies//

https://www.fachportal-

paedagogik.de/literatur/vollanzeige.html, 26 (2006) 138-139. – p. 13.

5.

Schelten A., Riedl A. Interdisciplinary and action-oriented teaching: Imparting

the prerequisites for the ability to act in professional practice // In: VLB-akzente 6 (2),
1997. – p. 11-13.

6.

Riedl A. Didactics of vocational training// Stuttgart: Steiner (pedagogy) 2004. – p. 121.

7.

Meyer H. Competence orientation alone does not make for good teaching! Handout

for the lecture at didacta 2012//Carl von Ossietzky University of Oldenburg. -p 129.

8.

Gibbons P. Classroom discussions and learning new registers in the second

language// In: Mecheril, P., Quehl, Th. (eds.): The power of languages. English
perspectives on the multilingual school. Münster et al.: Waxmann 2006.- p. 269-290.

9.

Выготский Л.С. Психология развития человека // – М.: Смысл Экасто, 2005. – c. 220.

10.

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил

6 апрелдаги «Умумий ўрта, ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг Давлат таълим
стандартларини тасдиқлаш тўғрисида»ги 187-сон Қарори / «Қонун ҳужжатлари
маълумотлари миллий базаси», 30.09.2019 й., 09/19/821/3833-сон; 30.09.2019 й.,
09/19/822/3840-сон.

11.

Халқ таълими тизимида таълим сифатини баҳолаш соҳасидаги халқаро

тадқиқотларга тайёргарлик кўриш ва ташкил этиш мавзусида қўлланма //
Наманган вилоят Халқ таълими бошқармаси, Таълим сифати мониторинги
бўлими, 2019. –17 б.

Библиографические ссылки

Schecker H., Gerdes J. Interviews about experiments on movement processes // In: Journal for Didactics of Natural Sciences 4, 1998. – p. 61-74.

X. Tajibayev, M. Abduvaliyev Fizika fanidan o‘quvchilar bilimini rivojlantirishda va ijodiy fikrlashini o‘stirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish// Жамият ва инновациялар jurnali, 5-son, 2022. -B. 148-152

Häußler P., Lind G. “Task culture” – What is it?// In: Practice of Natural Sciences - Physics 49 (2000) No. 4. – p. 2-10.

Gudjons H. Intelligent practice. Methods and strategies. Courtesy translation: Intelligent practice. Methods and strategies// https://www.fachportal-paedagogik.de/literatur/vollanzeige.html, 26 (2006) 138-139. – p. 13.

Schelten A., Riedl A. Interdisciplinary and action-oriented teaching: Imparting the prerequisites for the ability to act in professional practice // In: VLB-akzente 6 (2), 1997. - p. 11-13.

Riedl A. Didactics of vocational training// Stuttgart: Steiner (pedagogy) 2004. – p. 121.

Meyer H. Competence orientation alone does not make for good teaching! Handout for the lecture at didacta 2012//Carl von Ossietzky University of Oldenburg. -p 129.

Gibbons P. Classroom discussions and learning new registers in the second language// In: Mecheril, P., Quehl, Th. (eds.): The power of languages. English perspectives on the multilingual school. Münster et al.: Waxmann 2006.- p. 269-290.

Выготский Л.С. Психология развития человека // – М.: Смысл Экасто, 2005. – c. 220.

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 6 апрелдаги «Умумий ўрта, ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг Давлат таълим стандартларини тасдиқлаш тўғрисида»ги 187-сон Қарори / «Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси», 30.09.2019 й., 09/19/821/3833-сон; 30.09.2019 й., 09/19/822/3840-сон.

Халқ таълими тизимида таълим сифатини баҳолаш соҳасидаги халқаро тадқиқотларга тайёргарлик кўриш ва ташкил этиш мавзусида қўлланма // Наманган вилоят Халқ таълими бошқармаси, Таълим сифати мониторинги бўлими, 2019. –17 б.