Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Stages and principles of the development of the genre of
realistic story in 20th-century US literature
Madina ELBOYEVA
Shahrisabz State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2024
Received in revised form
10 June 2024
Accepted 25 July 2024
Available online
15 July 2024
This article examines the development of American fairy tales
of the 20th century as a result of a centuries-old creative heritage
and an important need for the artistic interpretation of social
phenomena. The contributions of American writers to the genre
of realistic narrative in US literature are analyzed. Particular
attention is paid to the scientific works of Uzbek literary scholars
who studied the works of American authors and conducted their
scientific research, identifying common and distinctive features
in the development of the American narrative genre.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss4-pp157-162
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
prose,
Indians,
socio-philosophical idea,
story,
justice,
divine truth,
artistic psychology,
personality and society.
XX asr AQSH adabiyotida realistik hikoya janrining
taraqqiyot bosqichlari va tamoyillari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
nasr,
hindular,
ijtimoiy-
falsafiy g‘oya,
hikoya,
adolat,
ilohiy haqiqat,
badiiy psixologizm,
shaxs va jamiyat.
XX asr Amerika hikoyachiligining rivoji bir necha asrlik ijodiy
tajribalar samarasi bo‘lib, jamiyatdagi muhim ijtimoiy
hodisalarni badiiy asarlarda talqin qilish zarurati yuqori ekanligi
bilan ham
bog‘liq edi. Ushbu maqolada AQSH adabiyotida
realistik hikoya janri taraqqiyotiga hissa qo‘shgan Amerikalik
adiblar ijodi tadqiq etiladi. Bundan tashqari, Amerikalik hikoya
janri ustalari ijodini qiziqish bilan o‘rgangan va ularni ilmiy
tadqiq
etgan
o‘zbek
adabiyotshunoslarining
ilmiy
mulohazalariga to‘xtalinib, ulardagi mushtarak va fa
rqli jihatlar
ilmiy dalillanadi.
1
Independent applicant, Shahrisabz State Pedagogical Institute. E-mail:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
158
Этапы и принципы развития жанра реалистического
повествования в литературе США XX века
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
проза,
индейцы,
социально
-
философская
идея,
история,
справедливость,
божественная истина,
художественная
психология,
личность и общество
.
В
данной
статье
рассматривается
развитие
американской сказочности XX века как результат
многовекового
творческого
наследия
и
важной
потребности в художественной интерпретации социальных
явлений. Анализируются вклады американских писателей в
жанр реалистического повествования в литературе США.
Особое внимание уделяется научным работам узбекских
литературоведов,
которые
изучали
творчество
американских авторов и проводили их научное
исследование, выявляя общие и отличительные черты в
развитии американского нарративного жанра
.
KIRISH
Amerika hikoyachiligining rivojida Vashington Irving, Edgar Allan Po, Mark Tven,
Genri Jeyms, Villiam Folkner, Jozef Heller, Ernest Heminguey, Jon Steynbek, Jek London
singari adiblarning ijodi hal qiluvchi o‘rin tutgan.
Аmerikа аdаbiyotigа, jumlаdаn, nаsriy аsаrlаr nаmunаlаrigа e’tibor O‘zbekistondа
XX аsrning 20
-
yillаridаn boshlаngаn bo‘lsа, shu bilаn birgа, АQSH ijod аhlining hаm
Mаrkаziy Osiyo, jumlаdаn, O‘zbekiston аdаbiyotigа e’tibori hаm shu dаvrlаrdаn
boshlаngаn.
Adabiyotshunos Shohista Davronovaning “Istiqlol davri o‘zbek romanlarida sharq
va g‘arb an’analarining badiiy sintezi” dissertatsiyasida g‘arb nasrining xarakterli
xususiyati borasida quyidagi fikrlar bayon qilingan: “G‘arb adabiyotida olamni badiiy idrok
etish va aks ettirishda xarakterli bo‘lgan xususiyat quyidagilar: tahliliylik, voqealar rivojiga
faol ta’sir etmaydigan sermuhokamalik; falsafiylik, olamni o‘ziga xos idrok etish natijasida
yuzaga kelgan xulosa; ijtimoiy talqin, voqelikni tanqidiy ko‘zdan kechirish;… insonning
jamiyat farovonligi uchun kurashda tasvirlanishi; ziddiyat, to‘qnashuvlarga g‘alabaga
ishonch va harakatning asos qilib olinishi; real manzaralar tasviri yetakchilik qilishi” .
G‘arb nasriga xos bo‘lgan bu xususiyatlar Amerika hikoyac
hiligiga ham xosdir. Quyida
tahlilga tortadiganimiz Jek Londonning “Bo‘ri o‘g‘li” hikoyasida “falsafiylik, olamni o‘ziga
xos idrok etish natijasida yuzaga kelgan xulosa; ijtimoiy talqin, voqelikni tanqidiy ko‘zdan
kechirish” ustuvorlik qilsa, “Isyon” hikoyasida “ziddiyat, to‘qnashuvlarga g‘alabaga
ishonch va harakatning asos qilib olinishi; real manzaralar tasviri yetakchilik qilishi”
kuzatiladi. Mark Tvenning “Harbiy ibodat” hikoyasi qahramoni bo‘lgan cholning xarakteri
“jamiyat farovonligi uchun kurashda”
tasvirlanadi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Vashington Irvingning “Xazina izlovchilar”, “Breysbrij Xoll”, “Eskizlar kitobi”
to‘plamlaridan o‘rin olgan ijod namunalari XIX asr Amerika hikoyachiligining eng sara
namunalariga aylandi. Ushbu yozuvchining asarlari o‘zbek o‘quvchilari tomonidan ham
iliq qarshilandi. 1974-
yilda Vashington Irvingning to‘rt to‘plamidan saralab olingan
hikoyalar “Hikoya va afsonalar” nomi bilan chop etildi . Adibning “Rip Van Vinkl”, “Iblis
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
159
darvozasi”, “Qaroqchi Kidd”, “Iblis va Tom Uoker”, “Annega Delarbr” hikoyalari tarjimon
To‘raboy Iskandarov tomonidan o‘zbek tiliga o‘girildi.
Yozuvchining “Al
-
Hamro” turkumiga mansub bo‘lgan “Arab munajjimi rivoyati”,
“Uch sohibjamol rivoyati”, “Shahzoda Ahmad al Komil yoki oshiq qalandar”, “Mavr
vasiyati”, “Komendant Manko va askar rivoyati” hikoyalari shakl va mazmun jihatidan arab
adabiyotini
ng durdonasi hisoblangan “Ming bir kecha” ertaklariga o‘xshashdir. Ushbu
hikoyalar badiiyatiga baho berish jarayonida muallifning “Ming bir kecha” dan ijodiy
ta’sirlanganiga amin bo‘lish mumkin.
XIX asr oxiri
–
XX asr boshlaridagi Amerika nasrini Jek London ijodisiz tasavvur
qilish qiyin. Bu ijodkor yaratgan 19 ta roman, 150 dan ortiq hikoya hamda bir nechta pyesa
qisqa muddat davomida butun dunyoda katta shuhrat qozondi. Jek Londonning “Bo‘ri
bolalari”, “Otalar xudosi”, “Janubiy dengiz hikoyalari”, “Quyosh o‘g‘li”, “Tasman
toshbaqasi”, “Sovuq bolalari” to‘plamlaridan o‘rin olgan hikoyalarda Amerika
jamiyatining
ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid masalalar, ishchilar sinfining mashaqqatli hayoti, oltin
izlovchi kishilarning sarguzashtlari, yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan hindu qabilalari
turmushi bilan bog‘liq hodisalar mahorat bilan badiiy talqin qilingan. Adibning bir qancha
hikoyalari o‘zbek tiliga ham tarjima qilindi va ko‘p marta nashr etildi.
2020-yilda Jahon
adabiyoti turkumidan rukni ostida Jek Londonning “Bo‘ri o‘g‘li” deb atalgan to‘plami nashr
etildi . To‘plamdan “Bo‘ri o‘gli”, “Isyonchi”, “Shimol odisseyasi”, “Ayol kishining mardligi”,
“Hayotga muhabbat” hamda “Buyuk sehrgar” hikoyalari o‘rin olgan.
Amerika hikoyachiligining rivojiga baho berishda Mark Tven ijodiy me’rosi
ko‘lamini jiddiy e’tiborga olish joiz. “Tom Soyerning sarguzashtlari”, “Yanki va qirol Artur”,
“Janna d’Ark”, “Zarhal asr”, singari romanlari bilan katta shuhrat qozongan Mark Tven
hikoyanavislik borasida ham o‘zining katta iqtidor va ulkan ijodiy salohiyat egasi
ekanligini ko‘rsatdi. Adibning “Eski va yangi lavhalar”, “Missisipidagi hayot”, “Quvnoq
hikoyalar” to‘plamlaridan o‘rin olgan hikoyalari Amerika va chet elda katta qiziqish
bilan
kutib olindi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Adabiyotshunos Nargisabegim Qobilova “Jek London va Abdulla Qahhor ijodida
badiiy psixologizm” nomli dissertatsiyasida ushbu adib hikoyalarining xarakterli
xususiyatlari haqida quyidagi fikrlarni bayon qiladi: “… Jek London hikoyalari hajman
katta bo‘lib,
tasvirning izchilligi, batafsilligi, tafsilotlarning quyuqligi bilan qissa, roman
xususiyatlarini namoyon qiladi. Bu asarlar syujeti bitta voqeaga asoslangani bilan hikoya
janriga kiradi. Shu sababli Jek Londonning ma’lum bir asarining janri turli tadqiqot
chilar
tomonidan turlicha belgilangan” . Darhaqiqat, yozuvchining ko‘plab hikoyalarida bitta
voqea qalamga olinsa ham bir nechta g‘oya ilgari suriladi. Moddiy qiyinchiliklar girdobidan
chiqa olmayotgan ishchilarning ahvolini yaxshilash, zamonaviy amerikaliklar va ibtidoiy
madaniy turmush sharoitidagi hindular o‘rtasidagi sivilizatsiyalar to‘qnashuvi yuzaga
keltirgan qarama-
qarshiliklarning o‘ziga xos xususiyatlarini tasvirlash masalalari adib
estetik idealining shakllanishida muhim o‘rin tutgani sezilib tur
adi.
“Hayotga muhabbat” hikoyasi qahramonini ham balandparvoz shiorlar va mehnat
chaqiriqlari emas, balki bukilmas insoniy iroda muqarrar o‘limdan qutqarib qoladi. Muallif
ayanchli mehnat psixologiyasining dogmatik mafkurasini yengib o‘tgan, o‘z taqdirini o‘z
irodasi bilan o‘zgartirish arafasida turgan Jonnining tanlovini ma’qullaydi, uning haqiqiy
hayoti endi boshlanayotganini anglatmoqchi bo‘ladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
160
Mark Tvenning tarjimon Usmon Shamsimuhamedov tomonidan o‘zbek tiliga
o‘girilgan “Ezma Bessi”, “Harbiy ibodat”, “Tavrot nasihatlari va diniy taktika”, “Darvish va
notanish shaddod”, “Kapitanning hikoyasi”, “Xristianlik ta’limi” hikoyalaridan iborat
to‘plam
1963-
yilda “Ezma Bessi” nomi bilan nashr etildi . Shundan so‘ng, adibning bir
nechta hikoyalar to‘plamlari qayta
-
qayta chop qilindi. G‘afur G‘ulom, Xudoyberdi
To‘xtaboyev, Nosir Fozilov singari yozuvchilar asarlarini o‘rganish jarayonida ularning
Mark Tven
ijodidan ma’lum darajada ta’sirlanganini sezish qiyin emas.
XX asr boshlari Amerika hikoyachiligining rivojida O. Genrining hissasi katta bo‘ldi.
U o‘z asarlarida ishchilar sinfining xarakteri, politsiyachi, ofitsiant, ijtimoiy soha vakillari
hamda jinoyatchilarning hayotini qalamga oldi. Uning “Karamlar va qirollar”, “To‘rt
million”, “G‘arb yuragi”, “Shaharning ovozi”, “Taqdir yo‘llari”, “Tanlovlar”, “Ikki ayol”,
“Oltilar va yettilar”, “Aylanuvchi toshlar” to‘plamlaridan yuzlab hikoyalar o‘rin olgan.
O.Genrining “Ishbilarmon dallolning sevgi qissasi”, “Xiyobonda”, “Tomiringingizni
ushlab ko‘rsam maylimi?”, “Oktyabr va iyun”, “G‘ayrioddiy hikoya”, “Yo‘l qidirib”, “Yashil
eshik”, “Nomsiz hikoya”, “Askar va qo‘shiq”, “Maktab ko‘rmagan qiz”, “Hayot o‘yini”
hikoyalari asliyatdan tarjimon Qandilat Yusupova tomonidan o‘zbek tiliga o‘girildi.
Adibning ko‘plab hikoyalari hajmi to‘rt
-besh sahifadan oshmaydi. Biroq ularda turli
toifadagi kishilar taqdiri hamda jamiyat hayotiga oid voqealarning mahorat bilan aks
ettirilganiga guvoh bo‘lish mumkin.
TAHLIL VA NATIJALAR
Jek Londonning “Bo‘ri o‘gli” hikoyasida Skruf Makkenzi ismli amerika fuqarosi
bo‘lgan kishining hindularning Stiks qabilasi makonidagi hayoti tasvirlangan. Hindular
tilini yaxshi o‘rgangan Makkenzi ularning turmush tarzi, e’tiqodi borasida ham chuqur
mushohadalar yuritadi. Hikoya syujetini harakatga keltiruvchi omil qahramon va muhit
o‘rtasidagi konfliktdir. Skruf Makkenkzi qabila sardori Tiling
-Tinnexning qizi Zarinkani
yoqtirib qoladi. Uning Zarinkaga nisbatan munosabati ko‘plab qabila yigitlarining hamda
shomonning qarshiligiga sabab bo‘ladi. Makkenzining Ayiq laqabli hindu bilan olishuvi
tasvirida muhim falsafiy qarash ilgari surilgan. “Dastlab Makkenzi beixtiyor dushmanini
ayadi, lekin omon qolish, jonini saqlash tuyg‘usi Ayiqni o‘ldirishga unday boshladi. O‘n
ming yillik tamaddun tuyg‘usi qalbidan xuddi archilgan qobiq singari sidirilib tushdi va u
bir ayol zoti uchun urishib jang qiladigan oddiygina g‘orda yashaydigan ibtidoiy odamga
aylandi-
qoldi” . Bu tafsilot ma’lum darajada Makkenzining o‘z
-
o‘ziga
bergan bahosidek
taassurot uyg‘otadi. Biroq u yovvoyilashib ketmaydi, ming yillar davomida insoniyat
tafakkurining mevasi bo‘lgan ilg‘or madaniyat va taraqqiyotning ahamiyatini aslo yodidan
chiqarmaydi. Aynan mana shu omil uning o‘zidan jismonan kuchli bo‘
lgan hindu ustidan
g‘alaba qozonishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Adib hikoyada ikki muhim ijtimoiy-
falsafiy g‘oyani ilgari surgan.
1
. Ayrim hindularga o‘z yashash sharoitlarining ma’qul bo‘lmayotganligi
2. Kuchsiz va ibtidoiy sharoitda yashovchi kishilik jamiyatlarining vaqt o‘tishi bilan
ilg‘or davlatlar tarkibiga qo‘shilib ketishi.
Aql va latofat sohibasi bo‘lgan, “yuzidan xuddi Momo Havoning bokira qizlariniki
kabi nur taralardi” deya ta’riflangan Zarinka qabilasidagi Ayiq, Tulki laqabli biror ovchiga
tegishni emas, balki zamonaviy hayot kishisi Skruf Makkenzi bilan birga o‘z makoni
dan
olisga ketishni istaydi. Aynan Zarinkaning ogohlantirishi bilan Makkenzi o‘z hayotiga xavf
solayotgan shomonni va Ayiqni o‘ldiradi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
161
Shuningdek, ko‘plab hindular Makkenzining ta’sirida o‘zlarining qoloq sharoitda
yashayotganini biroz bo‘lsa
-
da anglay boshlaydilar. Makkenzi qabila a’zolariga faqatgina
qurol bilan emas, balki g‘oya bilan ta’sir o‘tkazishni muhimroq deb biladi. Fikrlashdan
mahrum bo‘lgan yuzlab hindularning birgina shomonning uydirma da’vatlariga ishonishi
ushbu ibtidoiy hayotni saqlab kelayotgan asosiy omil ekanini Makkenzi yaxshi anglaydi.
Uning shomon haqidagi gaplariga e’tibor qaratamiz. “U hech qanday ilohiy kuchga ega
emas. Sizlar o‘z itlaringizni o‘ldirib, go‘shtini yeyishga majbur bo‘lganingizda, mokasin yeb
xom teridan qorningiz og‘riganida, chollar o‘lganida, kampirlar jon berganida, onasining
ko‘kragiga sut kelmay, chaqaloqlar nobud bo‘lganida… ochlik
-qahatchilik sizlarga hujum
qilganida
–
shu shomoningiz biror yordam berdimi yoki ovchilarga omad kulib boqdimi?..
Yana qaytib aytaman: shomonning hech qanday ilohiy kuchi yo‘q” . Ayni mana shu epizod
hikoyaning kulminatsiyasi hisoblanadi. Makkenzi shomon va Ayiqni o‘z
hayotini saqlab
qolish uchungina o‘ldirdi. U avvaldan hech bir hinduni o‘ldirishni niyat qilmagan. Uning
maqsadi hindularning falajlangan ongini jonlantirish, yolg‘on pardasini olib tashlab,
haqiqat manzarasini ko‘rsatish edi. Makkenzi bu missiyani muvaff
aqiyat bilan ado etdi.
Mark Tvennining “Harbiy ibodat” hikoyasida publitsistik ruh ustuvorlik qiladi. Asar
dushman bilan kurashish uchun jang maydoniga shaylanayotgan yigitlarga ota-onalari,
yaqinlari tomonidan ehtirom ko‘rsatilayotgani tasviri bilan boshlanadi. Mark Tven hajman
kichik bo‘lgan bu asarga katta ijtimoiy
-
falsafiy g‘oyalarni singdiradi. “… urushga
yengiltaklik bilan fikr bildirishga yurak betlagan, uning adolatli urush ekanligiga shubha
qilgan ba’zi kishilar esa tezda hammaning g‘azab va nafratiga uchrar, o‘z tinchligini o‘ylab,
shu zahoti nafasi o‘char edi” .
O. Genrining falsafiy ruhdagi “G‘ayrioddiy hikoya”sida otalar fidoyiligi mavzusi
badiiy talqin qilingan. Jon Smozers ismli kishi betob bo‘lib qolgan besh yoshli qiziga dori
olib kelish uchun shaharchaga ketadi va yillar o‘tsa ham qaytib kelmaydi. Bu vaqtda
uning
ayoli boshqa kishiga turmushga chiqadi. Vaqt o‘tishi bilan betob bo‘lib qolgan qiz ham
ulg‘ayib, oila qurib farzandli bo‘ladi. Jon Smozers uydan chiqib ketganiga roppa
-rosa
yigirma yil bo‘lganida yana uyiga qaytib keladi. Uni bir ko‘rishda besh yosh
li nabirasigina
taniy oladi. Jon Smozers dori olish qiyin bo‘lganini, shuningdek yo‘lda uzoq vaqt kutib
qolganini aytadi. Hikoya falsafiy ruhda bo‘lgani uchun ham uning syujetiga ishonchsizlik
bilan qaramaslik lozim. Yozuvchi insonning xatti-harakatlari, a
’moli, e’tiqodiga baho
berishda vaqt har doim ham asosiy me’zon bo‘la olmasligini anglatmoqchi bo‘ladi. Yillar
insonning sabriga ta’sir o‘tkazib uni toqatsizlantirishi mumkinligi Jon Smozersning qaytib
kelishidan umidini uzgan ayolning boshqa kishiga turmushga chiqib ketishi hodisasida
namoyon bo‘ladi. Shuningdek, ulkan muddatning insonni o‘z maqsadidan qaytara
olmasligi, o‘z e’tiqodidan chekinishga majbur qila olmasligi holati esa Jon Smozersning
yigirma yil mobaynida hamma narsadan voz kechib, birgina qizigiga dori olib kelish
maqsadi bilan yashashi asnosida ma’lum bo‘ladi. Jon Smozersni qizi emas, balki nevarasi
taniy olishi voqeasi asosiga ham ulkan falsafiy mazmun yuklangan. Muallif otalarning
fidoyiligini farzandlar o‘z vaqtida anglab yetmasligini, ula
rning oliyjanobliklarini uzoq
yillardan so‘ng his qilishlarini ta’kidlashni istaydi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Mark Tven,Vashington Irving, Edgar Allan Po, Jek London singari adiblarning
hikoyachilik borasidagi ijodiy yutuqlari hamda rus adabiyotining yirik vakili Maksim
Gorkiyning ijtimoiy-siyosiy qarashlari XX asr boshlarida Jek London tomonidan yaratilgan
ko‘plab hikoyalarning mazmun
-
mohiyatiga jiddiy ta’sir ko‘satdi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
162
Amerika adabiyotida hikoya janrining rivojiga ilmiy asosda baho berishda Mark
Tven, Edgar Allan Po, Jek London, O. Genri singari yozuvchilarning ijodiy me’rosi bu borada
alohida ahamiyat va qiymatga ega ekanini qayd etish zarur. O. Genri kichik hajmli
hiko
yalarida amerika kishilarining o‘y
-xayollari, dunyoqarashi va ertangi kunga nisbatan
munosabatini ulkan ijodiy mahorat bilan aks ettira oldi. Jek London hikoyalarida Shimoliy
Amerikadagi hindu qabilalarining urf-odatlari, turmush tarzi, shuningdek zamonaviy
Amerika fuqarolarining ma’naviy dunyosi tasvirlandi
Vashington Irving qalamiga mansub bo‘lgan hikoyalarda g‘arb va sharq
madaniyatining qorishuvi mavzusiga keng o‘rin berilganini e’tirof etish joiz. Adibning “Al
-
Hamro” turkumidagi asarlarida arab xalqlarining turmush tarzi va ispan hayotining o‘ziga
xosliklari mahorat bilan tasvirlangan. Yozuvchining ushbu turkumdagi hikoyalarni
yaratishda arab adabityotining durdonasi bo‘lgan “Ming bir kecha” hamda Yevropa
uyg‘onish davri adabiyotining ulug‘ namoyondasi Jovanni Bokachchoning “Dekameron”
asarlaridan ijodiy t
a’sirlangani seziladi.
Jek London ijodining ijodining mavzular ko‘lami keng bo‘lib, uning hikoyalarida
zamonaviy amerikaliklarning o‘y
-xayollari, orzu-intilishlari, Shimoliy Amerika hududida
ko‘p asrlardan buyon istiqomat qilib kelayotgan hindularning turmush tarzi, oltin izlab
topish maqsadida yo‘lga chiqqan kishilarning sarguzashtlari, mashaqqatli safarlari yuksak
ijodiy salohiyat bilan tasvirlangan. Adibning ishchilar turmushi mavzusiga alohida e’tibor
qaratishi ma’lum muddat mobaynida sotsialistik qarashlar ta’sirida bo‘lganl
igi bilan
izohlanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Davronova Sh. Istiqlol davri o‘zbek romanlarida sharq va g‘arb an’analarining
badiiy sintezi. Filol. fan. d-ri. (DSc) diss. avtoref. Samarqand
–
2019.
–
13-14-b.
2.
Irving V. Hikoya va afsonalar.
–Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980. –
216 b.
3.
London J. Bo'ri o’gli. Hikoyalar. –
Toshkent: Ziyo nashr,
–
2020.
–
160 b.
4.
Qobilova N. Jek London va Abdulla Qaxxor ijodida badiiy psixologizm. filol.fan.
bo‘yicha fals. d
-ri (PhD) diss.
–
Buxoro, 2020. 30-b.
5.
Tven M. Ezma Bessi. Hikoyalar.
–
Toshkent: O‘z SSR Davlat nashriyoti, 1963. –
64-
b.
6.
London J. Bo'ri o’gli. Hikoyalar. –
Toshkent: Ziyo nashr,
–
2020.
–
24 b.
7.
London J. Bo‘ri o‘g‘li. Hikoyalar. –
Toshkent: Ziyo nashr,
–
2020.
–
21-b.
8.
M.Elboyeva. Development of realistic story genre in 20th- century US and Uzbek
literature. Maqola. - Eurasian Journal of Learning and academic Teaching.-Avgust.-2023.-
12-b.