Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Expression of the concept “shame” in Uzbek phraseological
units
Munirakhon MAKHMUDOVA
Andijan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2024
Received in revised form
10 June 2024
Accepted 25 July 2024
Available online
15 July 2024
This article analyzes phraseological units of the Uzbek
language, which reflect the concept of “shame”. Phraseologisms,
which have accumulated centuries-old traditions and cultural
meanings, play a key role in the preservation and transmission
of cultural identities. The work examines the figurative,
conceptual and value aspects of this concept through the prism
of proverbs and sayings. The analysis highlights how deeply the
concept of “shame” is integrated into social and cultural aspects
of Uzbek life, demonstrating its influence on behavioral norms
and moral guidelines of society.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss4-pp196-201
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
proverb,
concept,
shame,
figurative aspect,
conceptual aspect,
value aspect,
linguoculturology.
O‘zbek frazeologizmlarida “uyat” konseptining ifodalanishi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
maqol,
konsept,
uyat,
obrazli jihat,
tushunchaviy jihat,
qadriyat bilan bog‘liq
jihatlar,
lingvomadaniyatshunoslik.
Frazeologizmlar asrlar davomida shakllanib kelgan, xalq
hayotini va madaniyatini o‘zida aks ettiruvchi elementlardan
biri sanaladi. “Uyat” konsepti esa o‘zbek hayotida muhim o‘rin
egallaydi va maqollar hamda iboralarda o‘z aksini topadi.
Maqolada “uyat” konseptining o‘zbek maqollaridagi obrazli,
tushunchaviy va qadriyat bilan bog‘liq jihatlari, iboralar orqali
ifodanilishi tahlil etiladi.
1
Doctoral student, Andijan State University. E-mail: munira122699@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
197
Выражение концепта «стыд» в узбекских фразеологизмах
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
пословица,
концепт,
стыд,
образный аспект,
концептуальный аспект,
ценностный аспект,
лингвокультурология.
В данной статье проводится анализ фразеологических
единиц узбекского языка, в которых отражается концепт
«стыд». Фразеологизмы, накопившие вековые традиции и
культурные значения, играют ключевую роль в сохранении
и передаче культурных идентичностей. В работе
рассматриваются образные, концептуальные и ценностные
аспекты этого понятия через призму пословиц и
поговорок. Анализ подчеркивает, как глубоко понятие
«стыд» интегрировано в социальные и культурные
аспекты узбекской жизни, демонстрируя его влияние на
поведенческие нормы и моральные ориентиры общества.
O‘zbek millati
kundalik hayotida uyat, or-
nomus kabi hislar katta o‘rin egallaydi.
Shubhasiz, umuminsoniy-
ma’naviy qadriyatlar insoniyat asosini tashkil qiladi, hayotning
ma’no va mazmunini belgilaydi.
Frazeologik birliklar inson ichki hissiy hayotining namoyon bо‘lishini tavsiflaydi va
asosiy his-
tuyg‘ularni tо‘g‘rilaydi, uning qanday faollashtirilganligini, u qanday namoyon
bо‘lganligi va tajribasini, ularning har biri aloqada qanday funksiyalarni bajarishini
tushunishga yordam beradi.
Tilshunoslikda frazeologik birliklarning ekspressiv-baholash va funksional uslubiy
bо‘yoqdorligini uslubiy ma’no komponentlari sifatida tan olish; ular о‘rtasidagi
munosabat masalasiga doir turli xil qarashlar mavjud. A.I. Molotkovning fikricha,
frazeologik birliklarning ekspressiv-
emotsional bо‘yog‘i ularning muayyan nutqiy
uslublarda qо‘llanishi bilan bog‘liq emas: “Frazeologizmning ekspressiv
-emotsional
bо‘yog‘i ularni muayyan funksional uslubda qо‘llash hamda о‘zlaridagi uslubiy va tarixiy
-
zamonaviy tavsifi bilan bog‘liq emas. Ibora og‘zaki sо‘zlashuv, oddiy, eskirgan, dialektal
kabi xususiyatlaridan qat’iy nazar, u yoki bu ekspressiv
-
emotsional bо‘yoqni nutq
jarayonida qо‘llashdan oladi
[1]
.”
Boshqa bir guruh olimlar esa bu ikki komponent bir-
biri bilan uzviy bog‘liq, ular
bir butun holda frazeologik birlik semantik tuzilishida amal qiladi, deb ta’kidlaydilar.
Avval qayd qilganimizdek, bu ikki komponent (ikki bо‘yoq) frazeologik birlikdagi
bir hodisaning turli tomonlaridir. Ba’zan frazeologik birlikning ekspressiv
-
baho bо‘yog‘i
uning funksional-
uslubiy bо‘yog‘i bilan о‘zaro aloqada bо‘lib, ular о‘rtasida sabab
-oqibat
munosabatlari yuzaga keladi, ya’ni biri ikkinchisini taqozo etadi, keltirib chiqaradi.
Insonning hissiy holatini ifoda etadigan frazeologizmlar guruhi о‘zbek tilida juda
kо‘p, ifodali va ichki tasvirlarga boy. Frazeologizmlar odamlarga xos bо‘lgan his
-
tuyg‘ularni ifodalaydi: sevgi, baxt, g‘azab, qо‘rquv, uyat, xushomad va boshqalar.
Frazeologizmlar bir necha sо‘zdan tashkil topganligiga qaramay ular birgina sо‘z
ifodalay olishi mumkin bо‘lgan frazeologik ma’noga ega. Frazeologik ma’no leksik
ma’nodan murakkabroqdir, chunki u frazema tarkibidagi sо‘zlar bog‘lanishidan kelib
chiqadi va umumlashgan bо‘ladi [2]. Quyida “uyat” konsepti bilan bog‘liq maqollar va
iboralar tahlil qilinadi.
Maqollar til leksik qatlamining yillar davomida mavjud bo‘lib kelgan katta qismini
egallaydi va “uyat” konseptini ifodalashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqollar
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
198
“...xalqimizning ko‘p asrlik hayotiy tajribalari va maishiy turmush tarzining bamisoli bir
oynasidir. Bu badiiy oynada uning hayotga, tabiatga, inson, oila va jamiyatga munosabati,
ijtimoiy-
siyosiy, ma’naviy
-
ma’rifiy, axloqiy
-
estetik va falsafiy qarashlari, qisqasi, O‘zi va
O‘zligi to‘la namoyon bo‘lgandir. Shuning uchun ham maqollar g‘oyatda keng tarqalgan
bo‘lib, asrlar davomida jonli so‘zlashuv va o‘zaro nutqiy munosabatlarda, badiiy, tarixiy
va ilmiy asarlarda, siyosiy va publitsistik adabiyotda doimiy ravishda qo‘llanilib kelgan va
qo‘llanmoqda” [3].
Odamda ma’naviy tamoyilning ahamiyatini aks ettirgan holda, maqollar uyat
holatining muqarrarligi haqida gapiradi va shu bilan birga insonning yaxlitligini
buzadigan haddan tashqari axloqiy tajribalardan ogohlantiradi. Maqollarda uyatning o‘z
-
o‘zini ayblash hissi va uyat hissi odamlar oldida o‘zlarining xatolarini anglash kabi
qarama-qarshiligi saqlanib qolgan.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” elektron manbasida “uyat” so‘zining quyidagi
ma’nolari beriladi:
1. Oʻz qilmishi, nooʻrin xatti
-harakatidan xijolatlik hissi; nomus.
2. Axloq-
odob, taomil talabiga toʻgʻri kelmaydigan, unga zid ish, xatti
-harakat va
shu kabilar.
3. Uyat boʻladigan, uyatli.
4. Uyatli ish, xatti-
harakat, holat kabilarni alohida taʼkidlash, qayd etish uchun
qoʻllanadi [4].
“Uyat” leksemasining yuqoridagi semalariga to‘g‘ri keluvchi va unga sinonim
tarzda qo‘llaniluvchi bir qancha leksemalar qatori mavjud: sharmanda, or, nomus, ibo,
hayo, isnod, xijolat, o‘ng‘aysiz, oriyat, izzat
-nafs, sharm, noqulay, andisha va h.k.
Bularning barchasi o‘zbek xalqi ongida “uyat” konsepti ostiga birlashgan bo‘lib, o‘zbek
kundalik hayotida, madaniyatida katta ahamiyat kasb etadi.
O‘zbek maqollarida “uyat” yordamida bo‘yoqdorlik jihatdan ikki xil ma’no yuzaga
chiqadi:
Birinchisi uyat hissining salbiy tomoni bo‘lib, sharmandalik ma’nosiga teng bo‘lishi.
Bunday maqollarda uyatga qolmaslik keraklig
i targ‘ib qilinadi. O‘zbek millati o‘zlarini bir
oila sifatida biladilar, shuning uchun har qanday o‘zbek uchun uyatga qolish bu katta
sharmandalik va o‘z oilasini isnodga qoldirish bilan teng bo‘ladi.
Ikkinchisi esa uyat hissining ijobiy tarzda baholanishi. Ushbu ma’noni ifodalovchi
maqollarda uyatning mavjudligi insonning eng go‘zal fazilatlaridan biri sifatida beriladi.
R.E.
Gergilov ta’kidlaganidek, uyati yo‘q inson inson emas [5, 116].
Shuningdek, ilmiy adabiyotlarda “uyat” konsepti ikki xil: deontik va emotsional
yondashuv asosida o‘rganilgan. Deontik yondashuvda “uyat” biror bir vaziyat, holat,
voqea-hodisaga baho berish tarzida ifodalansa, emotsional yondashuvda uning hissiyot
jihatlari o‘z aksini topadi. O‘zbek maqollarida mavjud “uyat” konseptini ham shu ikki
yondashuv asosida tatbiq etish mumkin.
Maqollar milliy-
an’analarni, urf
-
odatlarni o‘zida aks ettiradi. O‘zbek xalq
maqollarida uchrovchi
“
uyat
”
konsepti bilan bog‘liq maqollarni
besh xil semali
guruhlarga ajratish mumkin:
Birinchi guruhga “uyat” so‘zining hissiyot bilan bog‘liq bosh ma’nosini o‘zida
jamlagan maqollar kiradi, ya’ni bu kabi maqollarda “uyat”ning emotsional jihati o‘z aksini
topadi:
“Esi past uyatni bilmas”,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
199
“Yuz
-yuzga tushar, uyat
–
ichga”
,
“Betamizda uyat yo‘q, ahmoqda –
niyat”.
Ikkinchi guruh uchun esa “uyat” semalari qatoriga kiruvchi “sharmandalik”,
“nomussizlik”, “aybdorlik” kabi ma’nolarni ifodalovchi paremiyalarni kiritish mumkin
bo‘ladi va “uyat”ning deontik jihati o‘z aksini topadi:
“Sabr etgan yetar murodga, besabr qolar uyatga”,
“Kamtar yetar murodga, manman qolar uyatga”,
“Uqmagan uyatga qolar”.
Uchinchi guruh o‘z ichiga birinchi va ikkinchi ma’nolarni qamrab oluvchi
maqollarni birlashtiradi:
“Yo‘qlikning uyati yo‘q, o‘g‘rilik –
uyat”,
“Chiroylilik murod emas, hunuklik uyat emas”.
To‘rtinchi guruhda “uyat” so‘zi semalari qatorida mavjud bo‘lgan “vijdon”, “vijdon
azobi” kabi ma’nolar qatnashgan maqollar to‘planadi:
“Qo‘rqoqda uyat bo‘lmas”,
“Betamizda bet bo‘lmas, bezorida –
uyat”.
Beshinchi guruh uchun esa “qo‘rquv” hissiyoti ma’nosida qo‘llanilgan “uyat”
leksemasi qatnashgan paremiyalar kiradi:
“Borini bergan uyalmas”,
“Uyalgan buyurgandan quruq qolar”,
“Uyalgan yigit qizdan quruq qolar”.
Olam lisoniy manzarasi fragmenti hisoblanuvchi paremiyalarning tizimli tavsifi
bizga “uyat” tushunchasini tahlil qilish uchun yordam beradi va o‘zbek xalqi
dunyoqarashida “uyat” konseptining mental reprezentatsiyasini o‘rganish imkonini
beradi.
“Uyat” konsepti har qanday milliy hamjamiyat uchun asosiy tushunchalardan
biridir. O‘zbek tilida “uyat” konspetining obrazli, tushunchaviy va qadriyat bilan bog‘liq
tarkibiy qismlarni aks ettiruvchi juda ko‘p maqollar mavjud. O‘zbek maqollarida “uyat”
konseptining quyidagi obrazli komponentlari mavjud:
1. Uyat hissini tuyayotgan inson yuzlari qizaradi:
“Qizil et ketar, qizargan bet qolar”.
2.
Uyat o‘limdan ham kuchli hissiyot va insonni “kuydiradi”:
“Uyat –
o‘limdan
qattiq”, “Obro‘ isitar, uyat kuydirar”;
3.
Uyat
inson tashqi ko‘rinishida mavjud bo‘lishi kerak bo‘lgan hissiyot:
“Uyat yuzda
bo‘lar, mehr –
ko‘zda”, “Uyat ko‘zda”, “Husn –
so‘zda, uyat –
ko‘zda”, .
O‘zbek maqollarida “uyat” konspetining tushunchaviy tarkibiy qismini inson xatti
-
harakatlarini uyatli sifatida baholash mazmuni tashkil etadi:
1) Hech narsa qilmaslik:
“So‘ray
-
so‘ray, bilib olibdi, uyala
-
uyala, quruq qolibdi”.
2) Or-
nomusga ega bo‘lmaslik: “
Nodondan aql kutma, beburddan
–
nomus”, “Mardni
o‘ldirar firoq, nomarddan nomus yiroq”, “Nomardda nomus bo‘lmas”.
3)
O‘z aybini tan olmaslik:
“Besharmga arpa uni bahona”, “Xato qilmoq bordir,
tuzatmaslik ordir”.
4) Bilim olmaslik:
“Uqmagan uyatga qolar”,
5)
O‘rinsiz xatti harakat qilish:
“Nojo‘ya ishdan yosh bola ham uyalar”.
6)
Yolg‘on gapirish:
“Yolg‘on uyaltirar, rost suyuntirar”, “Yolg‘on
-yashiq gapirma,
so‘ng uyalib o‘tirma”, “Uyalmay desang, yolg‘on gapirma”.
7) Birovning haqqini yemoq:
“Yegan og‘iz uyalar”.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
200
8) Ortiqcha gapirish:
“Qizil yuzing qizartirma, uzun tiling qisqartir”;
9) Qiyin vaziyatda qolgan odamlarga yordam bermaslik:
“So‘ragan bir qizarar,
bermagan ikki qizarar”.
10)
Qarz olish:
“Nasiya yemang etni, Qizartirar betni”.
yer” “Vijdonsiz –
imonsiz.”.
4.
Uyat qo‘rquv hissi bilan chambarchas bog‘liq:
“Hayoli hayodan qo‘rqar, behayo
nedan qo‘rqar”, “Andishaning oti –
qo‘rqoq”.
5. Odamlar uyatni turlicha tushunadilar:
–
keksa odam o‘zini noto‘g‘ri tutishdan uyalishi kerak:
“
Kattaning uyalgisi kelsa,
kichikka tegar”.
–
or-nomusli erkak haqiqiy erkakdir:
“Yigitning xuni –
yuz tanga, or-nomusi
–
ming
tanga”, “Yigitning moli bo‘lguncha, ori bo‘lsin”.
–
qiz o‘z sha’nini himoya qilishi lozim:
“Pardali qiz –
pariga tengsiz”, Qiz bor –
naf
tekizar, qiz bor
–
gap tekizar”.
6.
To‘g‘ri va yaxshi ish qilgan inson albatta o‘z niyatlariga erishadi:
“To‘g‘ri yurdim
–
yetdim murodga, egri yurdim
–
qoldim uyatga”, “Yomon bilan yurdim, qoldim uyatga,
yaxshi bilan yurdim, yetdim niyatga”.
7.
Uyat yaxshi odam uchun o‘limdan va qayg‘udan ham yomonroq bo‘lishi kerak:
“Uyat –
o‘limdan qattiq”, “Nomus –
yarim o‘lim”, “Nomus –
o‘limdan qattiq”.
8.
Uyatli hayot kechirgandan ko‘ra o‘lgan afzalroq:
“Eman daraxtining egilgani –
singani, er yigitning uyalgani
–
o‘lgani”, “Nomussiz yurmoqdan nomusli o‘lmoq yaxshi”,
“Orsiz turmushdan orli o‘lim yaxshi”.
9.
Uyat vijdon bilan bog‘liq:
“Oshnangdan tuya so‘ra, uyalsa, biya berar”.
10. Inson odatda nimadan uyalishini yashiradi:
“Besharmga arpa uni bahona”.
Maqollar millat hayotida
mavjud barcha konseptlarni o‘zida jamlovchi birliklardir.
V.A.
Maslova ta’kidlaganidek, madaniyatning kalit so‘zi bo‘lish uchun so‘z ushbu til
vakillari tomonidan tez-
tez qo‘llanilishi, iboralar va maqollar tarkibida mavjud bo‘lishi
lozim [6, 55].
Uyat konseptini ifodalovchi lingvistik vositalardan biri sifatida frazeologizmlar
olimlar tomonidan o‘rganilgan.
Insonning hissiy holatini ifoda etadigan frazeologizmlar guruhi o‘zbek tilida juda
ko‘p, ifodali va ichki tasvirlarga boy. Frazeologizmlar odamlarga xos bo‘lgan his
-
tuyg‘ularni ifodalaydi: sevgi, baxt, g‘azab, qo‘rquv, uyat, xushomad va boshqalar.
Frazeologizmlar bir necha so‘zdan tashkil topganligiga qaramay ular birgina so‘z
ifodalay olishi mumkin bo‘lgan frazeologik ma’noga ega. Frazeologik ma’no leksik
ma’nodan murakkabroqdir, chunki u frazema tarkibidagi so‘zlar bog‘lanishidan kelib
chiqadi va umumlashgan bo‘ladi.
U
yat konsepti quyidagi frazeologik birliklarda ko‘zga tashlanadi:
•
boshini bukmoq
(Turing, qizim,
–
ellikboshining tovushi birdan muloyimlashdi,
–
ota-onanig boshini bukmang (Oybek));
•
boshini egmoq
(Men uni oqlamayman,
–
dedi Mahkam aka Lyudmila
Grigoryevnaning yoniga o‘tirib, –
lekin boshini egib, yalinib kelsa, nima qilay? (O. Yoqubov));
•
yer bilan bitta bo‘lmoq
(Hoshimjonning xotinining bo‘ynida bor ekan, yer bit
a
bo‘ldi (G‘.
G‘ulom))
;
•
yerga kirib ketmoq
(Mastonbibini bir boplayki, yerga kirib ketsin,
–
deb chiqqan
edi. Bo‘lmadi. Qaytaga o‘zi gap eshitdi (S.Ahmad));
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
201
•
yerga qaramoq
(Yo‘q, uning fermadan ko‘ngli to‘lmadi. Buni Ziyodaxon ham sezib,
yerga qaradi (S.Anorboyev)),
•
yuzi shuvut bo‘lmoq
(Bola bechoraning dilini og‘ritgan edim. Hali ham
pushaymonman. Uzr so‘radim. Ammo hali ham yuzim shuvut (S.
Ahmad));
•
yer yorilmadi-yu, yerga kirib ketmaslik
(Bechoralar shuncha o‘sal bo‘lishdiki,
yer yorilmadi-yu, yerga ki
rib ketishmadi. Ko‘chaga zo‘rg‘a chiqib olishdi. (M.
Ismoiliy))
•
izza tortmoq (Xolmurod oqsoqolning maqtovidan izza tortib, yerga qaradi
(P. Tursun))
O‘zbek millati hayotida uyat, or
-
nomus kabi hislar katta o‘rin egallaydi. Shubhasiz
umuminsoniy ma’naviy qadriyatlar insonning asosini tashkil qiladi, uning hayotining
ma’no va mazmunini belgilaydi.
“Uyat” lingvomadaniy konsept sifatida chuqur tadqiqot
qilinishi zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Молотков А.И. Фразеологизмы русского языка и принципы их
лексикографического описания // Фразеологический словарь русского языка :
свыше 4
000 словарных статей / сост. Л.А. Войнова, В.П. Жуков, А.И. Молотков,
А.И. Федоров; под ред. А.И. Молоткова. М.: Сов. энциклопедия, 1967. С. 7–
23.
2.
Жамолхонов Ҳ. Жамолхонов Ҳ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Т.: Талқин,
2005. 205 б.
3.
O‘zbek xalq maqollari. –
Toshkent: “Sharq” nashriyot
-matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi bosh tahririyati, 2005.
4.
https://izoh.uz/word/uyat
5.
Гергилов
Р.Е. Стыд: Социологическая перспектива // Мониторинг
общественного мнения: Экономические и социальные перемены. 2017. № 2. –
С.
115-128.
6.
Маслова В.А. Языковая культура. Учебное пособие для студентов высших
учебных заведений. –
М.: Академия, 2001.