Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Formation stages of Uzbek terminology and language
characteristics of terms relating to field logistics
Akhmadbek BOZORBEKOV
Andijan State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2024
Received in revised form
10 June 2024
Accepted 25 July 2024
Available online
15 July 2024
This article analyzes the process of formation of Uzbek
terminology, especially in the context of industry logistics and
its linguistic features. Terms borrowed from Turkish languages
and their theoretical justification are explored. Particular
attention is paid to the development of modern Uzbek literary
language and terminology during the period of independence.
The author presents an analysis of the social conditions and
factors that contributed to the development of Uzbek
terminology, emphasizing the significant role of Uzbek and
other languages in the creation and evolution of the
terminological system. The forms of terms and ongoing
terminological research, as well as key processes in Uzbek
terminology during the years of independence are discussed.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi. org/10. 47689/2181-3701-vol2-iss4-pp175-184
This is an open-access article under the Attribution 4. 0 International
(CC BY 4. 0) license (
https://creativecommons. org/licenses/by/4. 0/deed.
Keywords:
system of Uzbek
terminology,
logistics,
terminology,
substantial,
functional,
derivational,
semantic and pragmatic,
terminology,
conquest,
periodization,
intralinguistic and
extralinguistic factors,
local dynasty,
Turkic,
Sogdian,
Sanskrit,
Chinese,
Persian-Tajik,
Arabic,
Russian-international layer ,
frequency of use,
vocabulary.
1
PhD, Associate Professor, Andijan State Institute of Foreign Languages.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
176
O‘zbek terminologiyasining shakllanish bosqichlari va
sohaviy logiztikaga oid terminlarning til xususiyatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
o‘zbek terminologiyasi
sistemasi,
logistika,
termin,
substansional,
funksional,
dervatsion,
semantik va pragmatik,
atama,
istiloh,
davrlashtirish,
intralingvistik va
ekstralingvistik omillar,
mahalliy sulola,
turkiy,
sug‘dcha
,
sanskritcha,
xitoycha,
forscha-tojikcha,
arabcha,
ruscha-baynalmilal qatlam,
qo‘llanish chastotasi
,
lug‘atchilik
.
Ushbu maqolada o‘zbek
terminologiyasining shakllanishiga
doir ma’lumotlar
, sohaviy logistikaga oid terminlar shakllanishi,
hamda ularning til xususiyatlari aks ettirilgan.
Xususanm o‘zbek
tiliga turkey tillardan kirib kelgan termin va atamalar tahlilga
tortilgan misollar bilan nazariy isbotlangan.
Hozirgi o‘zbek
adabiy tili va mustaqillik davri o‘zbek tili terminologiyasining
shakllanish va rivojlanishiga to‘rtki bo‘lgan ijtimoiy shart
-
sharoit va omillar, terminlar sistemasining taraqqiy etishida
o‘zbek tili qatori boshqa tillarning salmoqli o‘rni
, terminlarning
yasalish qoliplari, terminologik izlanishlar,
istiqlol yillari o‘zbek
terminologiyasida yuz bergan jarayonlar haqida mualliflik
fikrlari berilgan.
Этапы формирования узбекской терминологии и
языковых характеристик терминов
,
относящихся к
логистике
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
система узбекской
терминологии
,
логистика
,
терминология
,
субстанциональная
,
функциональная
,
деривационная
,
семантическая и
прагматическая
,
терминология
,
завоевание
,
периодизация
,
внутрилингвистические и
экстралингвистические
факторы
,
местная династия
,
тюркский
,
согдийский
,
санскрит
,
В данной статье анализируется процесс формирования
узбекской терминологии
,
особенно в контексте отраслевой
логистики
и
её
лингвистических
особенностей
.
Исследуются термины
,
заимствованные из турецких
языков
,
и их теоретическое обоснование
.
Особое внимание
уделяется
развитию
современного
узбекского
литературного языка и терминологии в период
независимости
.
Автор излагает анализ социальных
условий и факторов
,
которые способствовали развитию
узбекской терминологии
,
подчеркивая значимую роль
узбекского и других языков в создании и эволюции
терминологической
системы
.
Обсуждаются
формы
терминов и проводимые терминологические исследования
,
а также ключевые процессы в узбекской терминологии в
годы независимости
.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
177
китайский
,
персидско
-
таджикский
,
арабский
,
русский
-
интернациональный слой
,
частота использования
,
лексика
.
KIRISH
Hozirgi tilshunoslikda yangi terminlarning paydo bo
‘
lishi, ularning hayotga tatbiq
qilinishidagi to
‘
siqlar, yasalish pritsiplari va usullari xususida turfa g
‘
oyalar, nuqtai
nazarlar ko
‘
zga tashlanadi.
Termin so‘zi interpretatsiyasining
substansional, funksional,
dervatsion, semantik va pragmatik
prinsiplari e’tirof etilmoqda
.
Substansional
nuqtai nazar vakillariga ko‘ra termin maxsus so‘z yoki so‘z
birikmasi bo‘lib
,
boshqa nominativ birliklarga nisbatan birma’noliligi
, aniqligi,
sistemliligi, kontekstdan xoliligi va emotsional jihatdan neytralligi bilan ajralib turadi.
Funksional
nuqtai nazarga binoan terminlar maxsus so‘z emas
, balki maxsus
funksiyaga ega so‘zlardir; terminning o‘rni(roli)ni istalgan so‘z bosishi
,
o‘ynashi mumkin
.
Derivatsion
nuqtai nazar terminlarning yasalish jarayonlari bilan chambarchas
bog‘langan
.
Ushbu g‘oya tarafdorlarining fikricha
,
termin nafaqat oddiy so‘zning varianti
,
shuningdek, yangi,
o‘ziga xos spetsifik belgilarga ega maxsus yasalgan birlik sifatida ham
tan olinadi. Yangi terminlarning yuzaga chiqish sabablari yangi realiyalarni ifodalash
ehtiyoji bilan baholanadi.
Terminga muayyan talablar qo‘yiladi
, ushbu jihat uni umumtil
va lahja hamda shevalardagi oddiy so‘zlardan ajratib turadi
.
Nomenklatura
terminologiyaga nisbatan yangi kategoriya hisoblanadi. Har
qanday soha nomenklaturasi shu sohaga oid barcha tur nomlarini o‘zida mujassam etadi
.
Ularning miqdori haddan ortiq darajaga yetganda, maxsus strukturani taqozo etadi.
Masalan,
hozirgi kunda 200 mingdan ortiq o‘simlik turlarining har biriga alohida nom
qo‘yishga urinish befoyda
,
buning imkoni ham yo‘q
.
Insoniyatning tabiatni bilish,
anglash bosqichlarini o‘zida aks ettiruvchi tabiiy
fanlar nomenklaturasidan inson tomonidan kashf etiladigan, yaratiladigan(ishlab
chiqarish nomenklaturasi) texnik nomenklatura, shuningdek, xaridorbop tovarlar bilan
ta’minlash
, ularni sotish maqsadida maxsus yuzaga chiqariladigan savdo-sotiq
nomenklaturasini farqlash lozim bo‘ladi
.
Garchi har uchala nomenklatura ham manfaatdor subyektlar tomonidan yaratilsa-
da, biroq ular turli asos, turli maqsad va turli prinsiplar negizida voqelanadi.
Ilmiy bilish nomenlarining inson tomonidan yaratilgan ilmiy-texnikaviy
nomenlardan farqi shundaki,
ilmiy nomenlar tabiatda mavjud bo‘lsa
, ikkinchisi tabiatda
mavjud emas. Kashfiyotchi tomonidan yaratilgan narsa-buyumlar uchun nom xalq tilidan
olinmaydi (samolyot, vezdexod, samokat kabi birliklar bundan mustasno). Ushbu
kategoriyalar,
ya’ni nomenlarni ifodalovchi so‘zlar o‘z yoki chet tillardagi leksemalarga
tayanilib,
sun’iy ravishda yaratiladi
, bunda harf va raqamlar indeksatsiyasi alohida
ta’kidlanadi:
“Moskvich
-
412”
,
“MAZ 15”
,
“Tu
-
144”
,
“Mig
-
29”
,
“Su
-
34”
,
“T
-
90”
va h. k.
Inson tomonidan yasaladigan narsa-buyum ham ishlab chiqarish, ham savdo-
sotiqqa doir nomlarga ega bo‘ladi
. Masalan, Volga yengil avtomashinasi
“GAZ
-
21”
,
“GAZ
-
24”
,
“GAZ
-
32”
kabi ishlab chiqarish nomenlariga ega bo‘lgan
. Moskva shahridagi
Lixachev nomli korxonada ishlab chiqarilgan yuk mashina (gruzovik) (tur nomi)
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
178
“ZIL
-
130”
ishlab chiqarish raqami bilan yuritilgan. Ayrim hollarda davlatlararo ishlab
chiqarilgan ayni mahsulot yoki tovar turli ma’no kasb etishi mumkin
. Chunonchi, sobiq
sho‘rolar davlatida ishlab chiqarilgan M
-20 yengil avtomashina Pobeda, Polshada esa
Varshava nomlari bilan atalgan.
Nomenklatura va terminologiya
o‘rtasidagi prinsipial farqlardan biri –
nomenlar,
odatda,
terminologik lug‘atlarda qayd etilmaydi yoxud o‘ta cheklangan miqdorda
lug‘atlardan o‘rin oladi
.
Ma’lumki
, rasmiy ilmiy nomenga ega atsetilsalitsil kislota dorisi
tijoriy aspirin nomi bilan keng ommalashgan va h. k.
Fan turli sohalarining rivojlanishi jarayonida ayrim nomenlar terminlar tizimiga
o‘tishi
, sof leksik nominativ birliklardan mantiqiy (logik) axborot,
ma’lumot elementi
,
ya’ni ilm
-fan terminiga aylanishi mumkin.
Nomenklatura
, garchi,
tushunchaga aloqador bo‘lsa
-da, biroq u hisobsizdir.
Muayyan fan terminologiyasining esa miqdori, soni aniq, zotan, ular tushunchalar
sistemasini og‘zaki tarzda ifodalaydi
.
Ma’lumki
, terminologiyada polisemiya va
sinonimiya
hodisalarining mavjud bo‘lishi ma’qullanmaydi
. Biroq shunga qaramasdan,
qator terminologik sistemalarda muayyan narsa-buyum yoki tushunchani ifodalashda
ba’zan ikki yoki undan ortiq sinonim(dublet)lardan foydalanish ko‘zga tashlanadi
.
Chunonchi, terminologiya masalalariga qaratilgan ayrim ishlarda termin-atama-istiloh
so‘zlaridan sinonimik uya tarzida foydalaniladi
. Sir emaski,
o‘zbek tiliga davlat maqomi
berilgandan keyin ba’zi subyektiv nuqtayi nazarlar natijasida termin o‘rnida atama
derivatini qo‘llash faollashdi
. Bir qaraganda,
baynalmilal o‘zlashmaga har jihatdan mos
tushgan o‘zso‘zning qo‘llanishi ma’quldek tuyuladi
.
Lekin termin o‘zlashmasining ta’rifi
bilan atama yasamasi qamrovini qiyoslash har ikki leksemani sinonim tarzda
ishlatishning maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatadi
.
METOD
Ishda diskursiv tahlil, lingvistik tavsiflash, qiyosiy-tipologik (cho
g‘
ishtirma),
diaxron, sinxron, semantik-uslubiy, leksik-semantik, lingvostatistik usullar q
o‘
llanilgan.
MUHOKAMA
Muayyan adabiy tilning so‘z boyligi o‘z tarkibida maxsus tushunchalarni
ifodalovchi terminologik leksikani u yoki bu darajada qamrab olishi lingvistikada e’tirof
etilgan voqelik hisoblanadi.
O‘zbek terminologiyasi tizimi ham bundan mustasno emas
.
Umumiste’mol so‘zlardan farqli ravishda doim maxsus tushunchalarni anglatish
,
ifodalash uchun xizmat qilishga yo‘naltirilgan terminlar o‘zbek adabiy tilining shakllanish
va taraqqiy etish bosqichlari zaminida tarkib topdi va takomillashdi.
O‘zbek adabiy tili leksikasi qonuniyatlari negizida shakllangan terminologik
leksika tarixini qadimgi turkiy til (VII
–
X) terminologiyasi, eski turkiy til (XI
–
XIV)
terminologiyasi,
eski o‘zbek adabiy tili (XV–
XX asr boshi) terminlogiyasi,
sho‘rolar davri
o‘zbek tili terminologiyasi va istiqlol davri o‘zbek tili terminologiyasi tarzida
davrlashtirish salkam o‘n to‘rt asrlik vaqt mobaynida terminlogik leksika tizimida
intralingvistik va ekstralingvistik omillar negizida sodir bo‘lgan jarayonlarni anglab
yetish imkonini beradi.
Hozirgi qardosh turkiy tillar, jumladan,
o‘zbek tili leksik xazinasida muayyan
darajada qo‘llanishda davom etayotgan yoki bugun iste’moldan butunlay chiqib ketgan
qadimgi turkiy tilga taalluqli leksik birliklar tarkibida terminologik leksika ham sezilarli
o‘rinni egallaganligi bilan xarakterlidir
.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
179
Qadimgi turkiy til manbalarida qayd etilgan turfa soha terminologiyasi asosan sof
turkiy tub va yasamalar hamda buddizm va moniyizm ta’sirida so‘g‘d
, sanskrit, xitoy
tillaridan kirib kelgan o‘zlashmalardan tashkil topgan edi
. Jumladan,
barğu “o‘lja”
,
qarğu
“soqchi
,
dozor”
,
tamğa “mug‘ro”
,
kőrűg “ayg‘oqchi”
,
elči “elchi; hukmdor
,
yurtboshi”
,
yolčï
“sardor”
,
čïğay “yo‘qsil
,
kambag‘al”
,
qïšlağ(q) “qo‘shinning qishki qarorgohi”
,
ayğučï “davlat
maslahatchisi”
singari asl turkcha,
čerig/čerik “qo‘shin
,
armiya”
,
sart “tojir
,
savdogar” kabi
sanskritcha,
xatun/qatun “malika”
,
kent “qishloq; shahar” singari sug‘dcha
,
qağan
“hukmdor”
,
xan “hokim”
,
tegin “xonzoda
,
shahzoda”
,
yabğu “xoqondan keyingi oliy lavozim
egasi”
,
seƞűn “xitoy generali”
,
tarqan “tarxon”
,
tutuğ “tuman hokimi” kabi xitoycha
,
šad
“Turk xoqonligida oliy lavozim”
,
šadapït
singari eroncha terminlar faol qo‘llanishda
bo‘lganligini manbalar so‘z boyligi yaqqol ko‘rsatadi
.
Ayni chog‘da e’tirof etish joizki
, sanskrit, eron, xitoy tillarida bitilgan asarlarning
turkiy tilga qilingan tarjimalarida qayd etilgan ijtimoiy-siyosiy, harbiy, iqtisodiy, sotsial,
hayvonot dunyosi-fauna,
o‘simlik dunyosi
-flora, ilmi nujum-astronimiya va h. k.
sohalarga xos terminlar
keyinchalik deyarli qo‘llanmadi
, turkiy tillar, chunonchi,
o‘zbek
tili ularni qabul qilmadi.
Sakkizinchi asrdan e’tiboran arab tili
, arab xati va islom
mafkurasining Turonzaminda qaror topishi, bir qator mahalliy sulolalar (Qoraxoniylar,
G‘aznaviylar
, Saljuqiylar)ning birin-ketin siyosat sahnasiga chiqishi singari obyektiv
jarayonlar ostida o‘zligini yo‘qotmagan eski turkiy til(XI–
XIV)da terminologik leksika
ko‘lamining bir qadar kengayganini kuzatish mumkin
. Eski turkiy til terminologiyasi
mavjud lisoniy qonun-qoidalar doirasida shakllandi va rivojlandi. Uning qadimgi turkiy
til davriga nisbatan yanada taraqqiy etishida jonli so‘zlashuv tili
, turfa sheva materiallari
qatori so‘z yasash andozalari –
modellar asosida yuzaga chiqqan istilohlar muhim
ahamiyat kasb etadi.
Qadimgi turkiy tildan farqli o‘laroq eski turkiy tilda sanskrit
,
so‘g‘d
,
xitoy tiliga oid o‘zlashmalarning ishlatilish sur’ati pasaydi
, aksincha, arabcha va forscha-
tojikcha o‘zlashmalarning qo‘llanish chastotasi va ko‘lami ancha kengaydi
. Biroq eski
turkiy til terminologiyasining o‘zagini asl turkiy qatlam tashkil qilishda davom edi
.
Alïm
“qarz
,
kredit”
,
berim “to‘lov
,
qarzni qaytarish”
,
beglig “beklik”
,
bitigči “mirza
, munshiy,
kotib”
,
yatğaq “tungi soqchi”
,
yarïša “ko‘rshapalak”
,
yarğu “ajrim”
,
yarğučï “qozi
,
sudya”
,
qalïq “havo”
,
obuz “qattiq yer”
,
tirgäš “ko‘lmak suv” kabi turkcha
,
rabat “karvonsaroy”
,
malik “hukmdor”
,
siyasat “siyosat”
,
amil “ish yurituvchi”
,
tib “meditsina
,
tibbiyot”
, nujum
“astrologiya”
,
handasa “geometriya” singari arabcha
,
laškar “qo‘shin”
,
mayfuruš “may
ichuvchi; may sotuvchi” singari forscha
-tojikcha,
daruğa “qal’a
,
qo‘rg‘on komendanti”
,
műran “daryo”
,
nűkär/nävkär “navkar
,
askar”
kabi mo‘g‘ulcha terminlar bu davr
terminologik tizimida nisbatan keng ko‘lamda ishlatilgan
.
Eski o‘zbek adabiy tili terminologiyasining takomillashuvida
, uning yanada
yuqoriroq bosqichga ko‘tarilishida tilning ichki qonuniyatlari qatori tashqi ta’sir
,
ya’ni
ekstralingvistik omillarning roli salmoqli bo‘lgan
.
O‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher
Navoiy, uning Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Yaqiniy singari salaflari, Bobur, Muhammad Solih,
Ogahiy,
Munis kabi izdoshlari tomonidan ta’lif etilgan badiiy
, tarixiy, ilmiy asralar leksik
boyligi tahlilidan kelib chiqqan holda aytish joizki,
o‘zbek tili ichki imkoniyatlaridan keng
foydalanilgan tarzda termin yaratish bu davr uchun ancha sermahsul usul hisoblangan.
Ona tiliga millatning bosh ko‘zgusi tarzida munosabatda bo‘lish zaruriyatining Alisher
Navoiy tomonidan ziyolilar, olimlar, shoir-
u yozuvchilar oldida kun tartibiga qat’iy va
ro‘yi rost qo‘yilishi o‘z ijobiy aksini terminlar tizimida ham topgan edi
. Aniq fanlar qatori
ijtimoiy-gumanitar fan sohalarining shakllanib borish jarayoni ularga taalluqli maxsus
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
180
tushunchalarni ifodalovchi terminlar yaratilish bilan baqamti kechdi. Bunda, birinchi
galda,
eski o‘zbek adabiy tili
,
jonli so‘zlashuv tili
, lahja va shevalarda mavjud leksik
birliklar terminlar safini kengaytirdi,
o‘zbek tilda so‘z yasashda keng qo‘llangan affikslar
yordamida katta miqdorda terminlar hosil qilindi. Arab, fors-tojik,
mo‘g‘ul tillaridan
o‘zlashgan terminlar soni shiddat bilan oshib bordi
.
Chet tillardan kirib kelgan so‘z
yasovchi qo‘shimchalar ham terminlar yasashda muhim o‘rin egalladi
. Xususan, harbiy
qurol-
yarog‘
,
texnika bilan bog‘liq top “zambarak”
,
qazan “og‘ir to‘p”
,
tűfäƞ “miltiq” kabi
asl o‘zbekcha terminlar bilan yonma
-
yon arabcha ra’d “ yonib turgan neftni dushman
tomon irg‘ituvchi to‘p”
,
arrada “paloqmon”
,
manjaniq “katapulta”
, forscha-tojikcha
zarbzan “zambarak turi”
,
farangiy “Yevropa
,
Kichik Osiyoda quyilgan to‘p”
, zanburak
“zambarak” kabi istilohlar jamiyat a’zolarining ma’lum qatlami tilidan o‘rin oldi
. Ijtimoiy-
siyosiy terminologiyada ham muayan o‘zgarishlar yuz berdi
. Chunonchi, davlat
boshqaruvida yangidan-yangi rutba, lavozim va mansablarning joriy qilinishi natijasida
yasavulbašï
,
tabibbašï
,
qošbegi
, naqib,
ïnaq
, biy, divanbegi, toqsaba,
parvanačï
, muhassil,
mirab singari istilohlar keng qo‘llanishga kirib keldi
.
Har qanday tilning so‘z boyligi u tarixiy yoki zamonaviy tusda bo‘lmasin
, insonlar
tomonidan tuziladigan rang-
barang lug‘atlarda ma’lum darajada aksini topadi
.
Lug‘at til
so‘z boyligini o‘zida saqlovchi akkumulyator vazifasini bajaradi
. Bugun muayyan
tilshunoslikning qay darajada rivojlangani, takomil topgani ayni tilda yaratilgan
lug‘atlarning turi
,
miqdori va sifati bilan o‘lchanmoqda
.
O‘zbek lug‘atchiligi tarixi uzoq
davrlarga borib taqaladi.
Hozirga qadar yetib kelgan lug‘atlar ichida 1074–
1075-
yili atoqli lug‘atnavis
Mahmud Koshg‘ariy tomonidan tuzilgan “Turkiy so‘zlar devoni”
,
ya’ni “Devonu lug‘otit
turk” ulkan ahamiyatga egaligi bilan xarakterlanadi
. Zotan, arab millati vakillari uchun
juda katta hududda istiqomat qiluvchi turkiy xalqlar til xususiyatlari, chunonchi, alifbosi,
tovush qurilishi,
lug‘at boyligi
,
so‘z turkumlari va gap qurilishi haqida ma’lumot berish
uchun mo‘ljallangan mazkur asarning ilmiy ahamiyati shu kunga qadar dunyo olimlari
qalamiga mansub 1800 atrofidagi ilmiy izlanishlarda e’tirof etilgan
.
Arab lug‘atchiligi
an’analari va qoidalari asosida tuzilgan bu lug‘atdan taxminan sakkiz minga yaqin so‘zlar
,
birikmalar, iboralar, maqol va matallar,
xalq og‘zaki ijodi namunalari joy olgan
.
“Devonu
lug‘otit turk”
, garchi,
lug‘at deb nomlansa
-da, biroq unda Qoraxoniylar davri eski turkiy
tilning o‘ziga xos xususiyatlari juda yuqori tahlil qilingan (
Dadaboyev, 2017
).
Shuni alohida ta’kidlash joizki
,
“Devon”dan o‘rin olgan leksik birliklar qatori
,
Qoraxoniylar saltanatining ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, harbiy, maishiy turmush
tarzida mavjud tushunchalarni ifodalovchi istilohlar va leksik birliklar son jihatdan
salmoqli hisoblanadi. Turfa soha istilohlari bilan yonma-yon onomastika, jumladan, atoqli
otlar-antroponimlar, joy nomlari-toponimlar, geografik obyektlar nomi, gidronimlar,
ekologiya,
hayvonot (fauna) va o‘simlik dunyosi(flora)ga oid talaygina leksemalar
qiyomiga yetgan holda izohlangan.
O‘zbek terminologiyasining qaror topishida XIV asrga oid arab tilida yozilgan
grammatik(filologik) risolalarning sezilarli o‘rni borligi turkologiyada allaqachon e’tirof
etilgan.
Turkiy tilning grammatikasi haqida bahs yurishishga yo‘naltirilgan Abu Hayyon
(vafoti 1344-
yil)ning “Kitob ul
-idrok li-lison ul-
atrok”
, M.T. Xoutsmaning fikricha,
1245-yilda Mamluklar davlati (1250
–
1517)da Halil bin Muhammad bin Yusuf al-
Ko‘nyaviy tomonidan yaratilgan “Kitobi majmuai tarjumoni turki va ajami va mug‘ali”
,
muallifi noma’lum “Kitobi at
-tuhfat uz-zakiya fi-l-
lug‘atit turkiya”
, Jamoluddin Turkiyning
“Kitob bulg‘at al
-mushtoq fi-l-
lug‘atat
- turk va-l-
qifchaq”
,
XVI asr boshida Qohirada ta’lif
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
181
etilgan “ Al
-qavoninu-l kulliya li-zabtil-
lug‘atit
-
turkiya” singari asarlarda turkiy tilning
so‘z boyligi
, alalxusus,
istilohlar tizimi ma’lum darajada ifodasini topgan
. Mazkur davr
asarlarida qayd etilgan turkiy til leksikasi, chunonchi,
istilohlar sistemasini “Kitobi
majmuai tarjumoni turki va ajami va mo‘g‘aliy”da keltirilgan quyidagi mavzuiy
guruhlarning ajratilganini qayd etish bilan cheklanamiz:
kishi nomlari
–
Alaquš
, Aqtay,
Altuntaš
, Baybars, Sonqur
va h. k.;
astroponim(kosmonim)lar
:
Űlkär;
geografik nomlar:
Šam
, Misr
;
uy hayvonlari:
at,
őkűz
,
qatïr
,
boğa
,
ayğïr
va h. k.;
yirtqich hayvonlar:
aslan,
sïrtlan
,
bőri
,
tűlkű
va h. k.;
qush va hashoratlar:
qartal “burgut”
,
sarča “chumchuq”
,
qaz “g‘oz”
,
qarlağač
“qaldirg‘och”
,
qarğa
va h. k.;
ekoterminlar:
topraq “tuproq”
,
qayïr “shag‘al”
,
yaban “cho‘l
,
yobon”
,
oy “chuqurlik”
,
qol “vodiy”
,
harbiy asbob-anjomlar:
ya “yoy
,
kamon”
,
kiriš “yoy ipi”
,
sűƞű “nayza”
, qalqan,
čoqmar
va h. k.;
tibbiy terminlar:
yig/ig “kasallik
,
illat”
,
ağrï “og‘riq”
,
sőkäl “bemor
,
kasal”
,
isitmä
“harorat
,
isitma”
,
őtűrmäk “yo‘tal”
va h. k.;
musiqiy terminlar
:
duduk “musiqa asbobi”
,
tőmrű “do‘mbira”
,
yaqlïq “rubob”
,
sïbïzğu “sivizg‘a”
va h. k.
XIX asrning 70-
yillaridan e’tiboran o‘zbek terminologiyasi rus tili orqali G‘arbiy
Yevropa tillaridan o‘zlashgan terminlar asosida rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ydi
. Bu
davrda rus tilining o‘zbek tili leksikasi
, xususan,
terminologiyasi rivojiga ta’siri masalasi
hozirgacha har tomonlama chuqur ilmiy tadqiqot obyektiga aylanmagan. Vaholanki,
manbalarda qayd qilingan faktik materiallar o‘zbek terminologiyasining zikr etilgan
paytdagi taraqqiyotini bevosita ifodalagani bois muammoni ijobiy hal etishda o‘ta qo‘l
kelishi aniq. O. Usmonov, Sh. Hamidovlar tomonidan 1981-
yilda “Fan” nashriyotida e’lon
qilingan “O‘zbek tili leksikasi tarixidan materiallar (XIX asrning oxiri –
XX asrning
boshlari)” nomli asarda atishma
,
atishuv “otishma”
,
axtarish “tintuv”
,
ariq “kanal”
, ashula
oyuni “konsert”
,
basma “bosma
,
nashr etilgan”
,
bash vazir “bosh vazir” kabi asl o‘zbekcha
istilohlar qatori barja “yuk kema”
,
prizident “prezident”
,
pratakol “bayonnoma”
, sayuz
“ittifoq”
,
iliktir “elektr”
,
ikiskursiya “sayohat”
, fonograf, samavar,
sod//sud “sud” singari
o‘zlashmalar ham aksini topgan
.
Ashyoviy misollar o‘zlashmalarning o‘zlashtiruvchi
o‘zbek tili tovush tizimiga moslashtirilganidan dalolat beradi
.
Sobiq sho‘rolar hukmronligi vaqtida o‘zbek tili terminologiyasi yangi tushunchalar
va ularni ifodalovchi haddan tashqari ko‘p miqdordagi o‘zlashma terminlar hisobiga
kengaydi.
Soha terminologiyasi tizimining vujudga kelishida sof o‘zbekcha leksik birliklar
bilan birga ruscha-
baynalmilal terminlarning roli yuqori bo‘ldi
. Bu jihat ayniqsa, tabiiy
fanlarga xos terminologik sistemada yaqqol ifodasini topdi.
Mustaqillik davri o‘zbek
terminologiyasi globallashuv va internetga qadam qo‘yilgan XXI asrda har tomonlama
takomillashuv jarayonini boshidan kechirmoqda.
Hozirgi o‘zbek terminologiyasining
shiddat bilan taraqqiy etishi til lug‘at tarkibining boyishi va takomillashuviga olib keldi
.
NATIJA
Logistikaning terminologik tizimi nisbatan yosh va doimiy yangilanib turgan leksik
birliklar majmuidir. U
o‘
ziga bo
g‘
liq sohalar bilan faol aloqada b
o‘
ladi, buning natijasida u
doimiy ravishda transport, menejment va moliya kabi tegishli bilim sohalaridan olingan
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
182
atamalar bilan boyib boradi. Bu holat terminologik tizimning yakuniy
shakllanmaganligini,
ya’ni shakllanish bosqichida ekanligini ko‘
rsatadi. Ushbu
terminologik tizimga kiradigan k
o‘
plab birliklar
o‘ziga xos ma’noga ega bo‘
ladi. Shunga
qaramay
, o‘rganilayotgan fan sohasi atamalar tizimi bir butun sifatida ma’lum
xususiyatlarga,
jumladan,
terminologik
birliklar
tarkibiga
ega.
Logistika
terminologiyasining struktur tahlili terminologiya va termin tizimini
o‘
rganishning
muhim bosqichlaridan biridir, chunki u samarali modellarni va kasbiy bilimlarni
verbalizatsiya qilish usullarini aniqlashga imkon beradi. Iqtisodiyot va biznesning turli
sohalari, ensiklopedik nashrlar va ikki tilli lu
g‘
atlar logistika terminologiyasini
standartlashtirish va sertifikatlash bilan shu
g‘
ullanadigan asosiy tashkilotlarning veb-
saytlaridan («European Logistics Association»
,
«The Council of Supply Chain
Management Professionals»
,
«The Supply
-
Chain Council») va ingliz tilidagi sanoat
jurnallaridan olingan maqolalar tadqiqot materiali bolib xizmat qildi.
Hozirgi vaqtda soha terminologiyalarining strukturaviy tahliliga ba
g‘
shlangan
k
o‘
plab ishlar bajarilgan. Transport logistikasi terminologik tizimining tahlili shuni
k
o‘
rsatdiki, tanlangan 2000 ta birliklar orasida 273 tasi bir asosli, 1482 tasi k
o‘
p asosli va
261 tasi qisqartmalardir. Shu bilan birga, bir asosli birliklarning 116 tasi sodda. 127 tasi
sodda yasama va 30 tasi murakkab. Sodda terminlarni k
o‘
rib chiqamiz:
–
freight
–
yuk tashish;
–
lien
–
yuk tashishda uni ushlab turish huquqi;
–
seal
–
transport vositasidagi muhr;
–
hull
–
bortida yuk b
o‘
lmagan su
g‘
urta obyekti sifatidagi havo yoki dengiz kemasi.
Qoidaga k
o‘
ra, sodda terminlar eng umumiy tushunchalarni
o‘
z ichiga oladi.
K
o‘
pincha ular boshqa sohalardan olingan birliklar b
o‘
lib, transport logistikasining
terminologik tizimida
o‘ziga xos ma’noga ega bo‘
ladi. Masalan:
Truck
mashinasi
−
yuk
mashinasi,
ship
−
kema,
route
−
marshrut,
pallet
−
pallet kabi.
Dunyoda hech bir til boshqa tillardan ajralgan holda faoliyat k
o‘
rsata olmaydi,
chunki har qanday millat yoki elat
o‘
zining tarixiy taraqqiyoti jarayonida boshqa xaqlar
bilan q
o‘
shnichilik, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, savdo, madaniy va boshqa turdagi
munosabatlarga kirishadi. Bu kabi aloqa almashinuvlar tilning lu
g‘
at tarkibini boyitishda
asosiy manbalardan biri b
o‘
lib xizmat qiladi. Til aloqalari jarayonida boshqa tilning
fonetik, leksik, sintaktik,
frazeologik va grammatik me’yoriga oid birliklari retseptor tilga
kirib kelishi va buning natijasida esa xorijiy til birligining boshqa til birligiga aylanish
hodisasi yuzaga keladi.
S
o‘
zga baho berilayotganda undagi barcha xususiyatlarni hisobga olish zarur
b
o‘
ladi. Shulardan biri s
o‘
zlarning etimologiyasidir.
Ayniqsa,
uning struktural va funksional vazifalari aniqlanayotganda so‘zning
etimologik belgilarini e‘tiborga olish foydadan xoli emas
.
Etimologik lu
g‘
atlar borasida olib borilgan tadqiqotlar shuni k
o‘
rsatadiki, s
o‘
z
sanoqli sabablarga asoslanib kelib chiqadi va boshqa tildan
o‘
zlashtiriladi. Vaqt
o‘
tishi
bilan yangi paydo b
o‘
lgan s
o‘
zlardagi tovush va semantik
o‘
zgarishlar sababli ularning
ma’nosini anglash murakkablashadi
. K
o‘
p tillarda s
o‘
zlar turli k
o‘
rinishlarda shakllanadi,
biroq muqim va
o‘
zgarmas shaklgina asosiy s
o‘
z sifatida lu
g‘
atlarga kiritiladi.
Tilshunoslar fikriga k
o‘ra “so‘zning o‘zagi va ma’nosi uni o‘
rganishda asosiy omil b
o‘
la
oladi”
. Boshqa bir guruh tadqiqotchilarning nazarida esa tilga oida ilmiy tadqiqotlar
“so‘
zning kelib chiqish tarixidan boshlab to hozirga qadar b
o‘
lgan
o‘
zgarishlarni t
o‘
liq
qamrab olishi darkor”
.
(Головин Б
.
Н
. 1999).
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
183
Logistikaga oid terminologik maydonlarni tanlash A.I. Smirnitskiy nazariyasiga
muvofiq amalga oshirildi. Unga k
o‘
ra har bir maxsus tematik maydon faqat ushbu
mavzuga xos b
o‘
lgan terminlar bilan t
o‘
ldiriladi. Bunda, t
o‘
qqizta terminologik soha
ajratilib olindi:
“
xaridlarni boshqarish
”
(purchasing management)
, “
ishlab chiqarish
logistikasi
”
(logistics support for production)
, “
buyurtmalarni boshqarish
”
(order
management),
“
transport
”
(transportation)
, “
omborxona va materiallar bilan ishlash
”
(warehousing and cargo handling)
, “
inventarizatsiya menejment
”
(stock management),
“
axborot texnologiyalari
”
(information support)
”,
logistika menejmenti
“
(logistics
systems management) va
“ta’minot zanjirini boshqarish”
(supply chain management).
Ushbu terminologik sohalar xorijiy va mahalliy logistika mutaxassislari tomonidan
tavsiflangan logistika tushunchalari tizimining tuzilishiga t
o‘g‘
ri keladi. Bu
o‘
z navbatida
ingliz tilidagi logistika terminologiyasining izchilligini tasdiqlaydi.
XULOSA
Demak, terminga xos belgilardan biri uning izohi va
ta’rifiga oydinlik kiritish
,
terminning ma’noviy qurshovida mavjud qo‘shimcha semalarni yuzaga chiqarish ilm
-fan
tilining rivojlanishida,
o‘zga soha oid terminologik tizimlar tarkibida yaqqol seziladi
.
Bugungi o‘zbek terminologiyasining boyishida yuqorida zikr etilgan jihatlar hamon
ustunlik qilmoqda.
O‘z qatlamning salmoqli o‘rni qatori
,
o‘zlashmalarning ham sezilarli
mavqei saqlanib qolmoqda.
O‘zlashmalarning til terminologiyasi boyishidagi o‘rnini
birgina internet terminlari misolida ko‘rish mumkin
.
Olib borilgan izlanishlar o‘zbek tili
internet terminologiyasining 54% ini o‘zlashmalar
, chunonchi,
rus tilidan o‘zlashgan
internet terminlari 31%,
ingliz tilidan aynan o‘zlashgan baynalmilal internet terminlari
23% ni tashkil etishini ko‘rsatgan (
Saidqodirova 2018
).
Xullas,
o‘zbek terminologiyasi bir necha asrlik shakllanish va tarqqiy etish
bosqichlarini bosib o‘tdi
.
Bu bosqichlarda o‘zbek terminologiyasi nafaqat o‘z ichki
resurslari, shuningdek,
qarindosh bo‘lmagan tillar boyliklaridan o‘rni bilan foydalangan
holda rivojlanish yo‘lida davom etdi
.
Terminlarning shakllanish hamda yasalish yo‘llari xususida so‘z ketganda quyidagi
jihatlarni inobatga olish taqozo etiladi: o‘z milliy tilning tayyor leksik boyliklaridan
unumli foydalanish; boshqa
tillarning so‘z boyliklaridan o‘rni bilan istifoda etish
(o‘zlashtirish); tayyor standart terminelementlar (o‘zbekcha va baynalmilal)ni qo‘llash;
morfologik (affiksatsiya, abbreviatsiya),
sintaktik (kompozitsiya) va semantik so‘z
yasalishi vositalariga murojaat qilish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI:
1.
Bozorbekov A. S. Specific features of logistics terminology // Thematics journal
of education (TJE). Volume 7
–
India. 2022, P. 94
–
98. (ISSN: 2249
–
9822).
2.
5. Bozorbekov A. S. Logistika terminologiya tizimining xususiyatlari // So‘z
san’ati xalqaro jurnali. 5–
jild 3
–
son.
–
Toshkent, 2022.
–
B. 138
–
143. (ISSN: 2181
–
9297)
3.
Головин Б. Н. Введение в языкознание. Изд. 3–
е, испр. –
М.:
Высшая школа,
1977.
–
С. 86
.; 2.
Черных П. Я. Историко –
этимологический словарь современного
русского языка: В 2 т. –
3
–
е изд. стереотип. –
М.:
Рус. яз.,
1999.
–
Т. 1: А –
Пантомима.
–
С. 4.
4.
Qizi, G. I., (Gavharoy Isroiljon qizi.) (2023).
С
ONCEPTIVE PECULIARITIES OF
TOURISM TERMINOLOGY IN UZBEK AND ENGLISH.
European journal of literature and
linguistics
, (1), 2023, -P. 8-15.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
4 (2024) / ISSN 2181-3701
184
5.
Qizi, G. I. , (Gavharoy Isroiljon qizi. ) & Ulikova, M. (2021). DESCRIPTION OF THE
CONCEPT OF LOVE AND FAMILY RELATIONSHIP. JOURNAL of
Academic research in
educational sciences
,
2
(10), 601-606.
6.
Qizi, G. I., (Gavharoy Isroiljon qizi. ), (2022). SOCIAL FORMATION OF THE TERMS
OF BUSINESS TOURISM IN UZBEKISTAN.
Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka
,
2
(3).
7.
Qizi, G. I., (Gavharoy Isroiljon qizi. ) & Amersheibani, M. (2024). TURIZM
TERMINOLOGIYASI
TRANSFORMATSIYASIDAGI
KOMMUNIKATIV-PRAGMATIK
JIHATLARI TAHLILI.
Science and Innovation
,
3
(Special Issue 28), 744-750.
8.
Дадабаев Х. Военная лексика в староузбекском языке. Дадабаев Х.,
Насыров
И. , Хусанов
Н. Проблемы лексики староузбекского языка.
-
Ташкент: Фан, 1990. –С.
3-83.
9.
Дадабаев Х. Общественно
-
политическая и социально
-
экономическая
терминология в тюркоязычных письменных памятниках Х1
-
Х1У вв. Ташкент:
Ёзувчи. 1991.
10.
Дадабоев Ҳ. “Девону луғотит турк”нинг тил хусусиятлари.
-
Тошкент, 2017.
11.
Qizi, G. I. , (Gavharoy Isroiljon qizi. )
& Abdullajon o‘g‘li, A. B. (2022). CRUISE
TOURISM. WHAT ARE CRUISE TRIPS? SEA CRUISE TRIPS.
Galaxy International
Interdisciplinary Research Journal
,
10
(5), 1033-1043.
12.
Изысканный дар тюркскому языку (Грамматический трактат Х1У в. на
арабском языке). Введение, лексико
-
грамматический очерк, перевод, глоссарий,
грамматический указатель Э. И. Фазылова и М. Т. Зияевой. –
Ташкент: Фан, 1978.
13.
Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк.
I-III. -
Тошкент, 1960
-1963.
14.
Саидқодирова Д. Инглиз ва ўзбек тилларида интернет терминларининг
лингвистик тадқиқи. Филол. фан. бўйича фалс. докт. автореф. Тошкент, 2018.
15.
Смирницкий А. И. Лексикология английского языка.
−
М.:
МГУ, 1998.
−
С. 17.
16.
Sanjarbek, J. (2022). On the Future Progress of Logistics in Uzbekistan and the
History of Learning Logistic Terms.
Texas Journal of Multidisciplinary Studies
,
6
, 171-176.
17.
Kitab-i Mecmu-i Tercuman-i Turki ve Acemi ve Mugali. Prof. Dr. R. Toparli, Prof.
Dr. M. Sadi Cocenli, Doc. Dr. N. H. Yanik. -Ankara, 2000.
18.
“Таржумон”
-
Х1У аср ёзма обидаси. Нашрга тайёрловчи А. Юнусов. –
Тошкент: Фан, 1980.
19.
Усмонов О. , Ҳамидов Ш. Ўзбек тили лексикаси тарихидан материаллар
(XIX
асрнинг охири –
XX
асрнинг бошлари).
-
Тошкент: Фан, 1981.
20.
El-Kavaninul-Kulliyye Li-Zabtil-Lugatit-Turkiyye. Prof. Dr. R. Toparli, Prof. Dr.
M. Sadi Cocenli, Doc. Dr. N. H. Yanik. -Ankara, 1999.