Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
A brief comparative analysis of the Hyderabad copy of
“Baburnoma” and the Kazan
edition
Alisher KHALIMJONOV
State Museum of Literature named after Alisher Navoi
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2024
Received in revised form
10 August 2024
Accepted 25 August 2024
Available online
25 September 2024
This article examines Anna Beveridge's brief textual
comparison of the Hyderabad copy of the Boburnoma and the
Kazan edition, highlighting various aspects. The study of
Zahiriddin Muhammad Babur's work has been a central focus for
both Uzbek and international scholars. In particular, his royal
memoir, the Boburnoma, has attracted widespread interest. The
Boburnoma has been analyzed from multiple perspectives,
including linguistics, literary studies, history, biology, and
ethnography.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
Baburnoma,
linguistics,
literary studies,
history,
biology,
ethnography,
Babur creativity,
world scientists.
“Boburnoma”ning Haydarobod nusxasi va
Qozon
bosmasining qisqacha qiyosi tahlili
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Boburnoma,
tilshunoslik,
adabiyotshunoslik,
tarix,
biologiya,
etnografiya,
Bobur ijodi,
jahon olimlari.
Ushbu maqolada “Boburnoma”ning Anna Beverij taqdim qilgan
Haydarobod nusxasi va Qozon bosmaning qisqacha matniy qiyosi
o‘rganildi. Farqli tomonlari taqdim etildi. Zahiriddin Muhammad
Bobur ijodini o‘rganish ham o‘zbek, ham jahon olimlarining diqqat
markazida bo‘lib kelgan. Ayniqsa, uning shoh asari “Boburnoma”
juda ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otgan. “Boburnoma” har
qanday aspektda: tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix, biologiya,
etnografiya kabi sohalarida o‘rganildi va o‘rganilmoqda.
1
Intern-researcher, State Museum of Literature named after Alisher Navoi. E-mail: alisher.halimjonov94@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
27
Краткий сравнительный анализ хайдарабадской копии
“Бабурномы” и казанской печати
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Бабурнома,
лингвистика,
литературоведение,
история,
биология,
этнография,
творчество Бабура,
ученые мира
.
В этой статье исследуется краткое текстуальное
сравнение Анной Беверидж хайдарабадского экземпляра
«Бабурнамы» и казанского издания, с акцентом на
различные аспекты. Изучение творчества Захириддина
Мухаммада Бабура находилось в центре внимания как
узбекских, так и мировых учёных. Особенно его шедевр
«Бабурнама» вызвал большой интерес у многих
исследователей. «Бабурнама» изучалась и продолжает
изучаться с разных сторон: в таких областях, как
лингвистика, литературоведение, история, биология,
этнография.
Zahiriddin Muhammad Bobur ijodini o‘rganish ham o‘zbek, ham jahon olimlarining
diqqat markazida bo‘lib kelgan. Ayniqsa, uning shoh asari “Boburnoma” juda ko‘pchilikda
katta qiziqish uyg‘otgan. “Boburnoma” har qanday aspektda: tilshunoslik,
adabiyotshunosli
k, tarix, biologiya, etnografiya kabi sohalarida o‘rganildi va
o‘rganilmoqda. Hozirgi paytga kelib “Boburnoma”ning barcha tarixiy nusxalarini qiyosan
o‘rganish va ularga matnshunoslik va manbashunoslik nuqatyi nazardan ilmiy baho berish
dolzarb masalalalardan.
“Boburnoma” asarining yurtimiz va jahon nashriyotlari tomonidan juda ko‘plar
nashrlari keng omma ixtiyoriga topshirilgan. "Boburnoma" nashrlarini xalqimizga yetib
borishligi uchun ustoz Porso Shamsiyevning xizmatlari katta bo‘lib, asosan quyidagi
nashrlarn
i keltirib o‘tishimiz mumkin:
1-nashr. Porso Shamsiyev va Sodiq Mirzayev 1948-1949-yillarda;
2-nashr. 1960-yil. Porso Shamsiyev va Sodiq Mirzayev, (Qozon, Haydarobod,
A.Beverij);
3-nashr. 1989-yil. Porso Shamsiyev. (Qozon, Haydarobod, Istanbul nusxalari);
4-nashr. 2002-yil. Porso Shamsiyev, Sodiq Mirzayev, Eiji Mano. (London,
Haydarobod, Qozon);
5-nashr. 2008-yil. Vahob Rahmon tomonidan tayyorlangan nashrlar.
Yurtimizda tayyorlangan nashrlarga Anna Beveridj va Ilminskiy tayyorlagan
variantlardan foydalanilgan.
“Бобурнома”ни тайёрлаган кейинги тадқиқотчилар
бевосита ва билвосита Ильминиский нашридан фойдаланилган .
P.Shamsiyev
tayyorlagan 1990-yili
“
Yulduzcha
”
nashriyoti tomonidan keng ommaga taqdim etilgan
“
Boburnoma
”
ning ikkinchi nashri kirish qismida P.Shamsiyev tomonidan bildirib o
‘
tilgan
izohda Anna Beverij va Ilminiskiy tomonidan tayyorlangan matndan istefoda qilingani va
qiyosan matn nisbatan mukammallashtirilganini qayd etib o
‘
tgan. Shu ikkala nusxa
matnini qiyosiy jihatdan ma
’
lum bo
‘
lgan ayrim jihatlarini bayon etamiz.
1.
Anna Beverij tayyorlagan “London” nusxasi.
Anna Beverij Movarounnahr o‘g‘loni, har tomonlama, namunali shaxs bo‘lmish
Zahiriddin Muhammad Boburni G‘arb olamiga tanishtirdi. Anna “Boburnoma” ning
Haydarobod nusxasining 1905-yiligi faksimiliye nusxasini chop ettirdi. Anna Beverij
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
28
tayyorlagan London nusxasi “Bismillah” bilan boshlanadi, lekin biz o‘rganib qolgan
“Tengri taoloning inoyati…” bilan emas, balki “ramazon oyi tarix sakkiz yuz to‘qson
to‘qqizda Farg‘ona viloyatida o‘n ikki yoshta podshoh bo’ldum”
deya davom etadi.
Asar 382 sahifadan iborat. Faksimiliye nashr bo’lgani uchun asar qanday bo’lsa,
shundayligicha beriladi. 936-
yilgi voqealari xattot tomonidan ko‘chirish tugallanmay
qolingan. Chunki 382-
sahifadan keyin yana besh sahifa bo‘sh qolib ketgan. Asar so‘nggi
shunday yakunlanadi:
“Seshanba kuni muharram oyining uchida Guvalayordin
ShihobiddinXisrav bila shayx Mehammad G‘avs Rahimdodning shafoati uchun keldi.
Chun darvesh va aziz kishi edi, Rahimdodning gunohini alarg‘a bag‘ishlab, shayx
Go‘ran bila Nurbekni Guvalayorg‘a yiborildikim, Guvalayornibularg‘a topshurub...”
Anna Beverij Haydarobod nusxasini tayyorlashdek tarxiy xayrli ishga o‘z hissasini
qo’shgan kotibga minnatdorligini izhor etadi, qo’lyozmda ikki o’rinda “Munir ul mulk”
muxri bosilganligini ta’kidlab, ehtimol shu inson “Boburnoma”ni saqlanishda katta hissa
qo’shgan insonlardan deb biladi. Asarni bizgacha yetib kelishida sir Salor Jangning nabirasi
Mir Abul Qosim Yusuf Alixonning xizmati katta bo’lgan. Chunki u o‘z fondidagi asarni
ko’paytirishga ruxsat bergan. Haydarobod nusxasidan birinchi bo’lib Annaning t
urmush
o’rtog’i Genri Beverij xabardor bo’lgan.
2.
Ilminskiy nashri.
1737-
yili gimnaziya o‘qituvchisi G.Y.Ker tominidan ko‘chirilgan nusxa asosida 1857
-
yili Qozon bosmaxonasida nashr etilgan.
Anna Beverij taqdim etgan “Haydarobod” nusxasi va Ilminskiy tayyorlagan Qozon
nuxasining o‘zaro farqli jihatlar quyidagilarda namoyon bo‘ldi:
-
So‘zlarning fonetik jihatlari bo‘yicha;
-
So‘z va so‘z shakllari bo‘yicha;
-
Sintaksis ya’ni gap qurilishi bo‘yicha.
So‘zlarning fonetik jihatlari bo‘yicha
Fonetik jihatdan farqlanishi jaranglini jarangsiz jufti bilan alamshinishi, yoki a ning
o lashishi, i ning e lashishi kabi holatlarda kuzatildi. Qozon bosmada “Olmaliq”
-
قیلاملا
Haydarobod nusxasida “Olmalig‘”
غیلاملا
-tarzida berilgan.
№
“Haydarobod” nusxasi
Qozon bosma
1.
Oshli
g
‘i va mevasi
-
غیلشا
Oshli
qi
va mevasi -
قیلشا
2.
Poliz -
زیلاپ
Foliz
زیلاف
-
3
.
Noshpotisi -
یسیتاپشان
Noshbotisi
یسیتابشان
-
4.
Bo‘lubdur
رودبولوب
-
Bo‘lubtur
-
روتبولوب
-
5.
Oyoq ostida
–
هدیتسسا قایا
Oyog‘ ostidadur.
-
غایا
رودهدیتسا
-
6.
O‘sh chog‘lig‘
غیلغاچ شوا
-
O‘sh chog‘liq
قیلغاچ شوا
-
7.
Olchaxon
ناخ هچلا
Olachaxon
ناخاچلاا
8.
Chuchukligida
هدیگیاکوچوچ
-
Chuchulugida
هدیگولوچوچ
-
So‘z va so‘z shakllarining qiyosi
So‘z va so‘z shakllarining berilishida ikkala nusxada ham farqli jihatlar, asosan,
yasovchi affikslarning qo’llanilishi, ba’zi o‘rinlarda bir so‘zning tushib qolishi, yoki
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
29
aksincha bo‘lishi kuzatildi. Masalan, ...Olmatu va Yangi kim kitoblarda Tarozkent bitarlar.
(Qozon bosma). Kitoblarda so‘zi ko‘plik shakli bo‘yicha tilimiz qoidasiga mos. Ammo
“kitoblarda”
-
هدرلابتک
ko‘plik formasi London nusxasida
“kutubda” –
هدبتک
shaklida ya’ni
arab tili qoidasi bo‘yicha kitobning ko‘plik shaklida berilgan: ...Olmatu va Yangi kim
kutubda Taroz...
Qozon bosmada “...poliz boshida qovun sotmoq rasm bo‘lmas...”dagi “bo‘lmas”
to‘liqsiz fe’li London nusxasida
“emas”
-
سمیا
tarzida qo’llanilgan. “Rasm bo‘lmas” va “rasm
emas” shakllarida emas fe’li qati’y inkorni bildiradi.
Sintaksis
Gap va matn qurilishi bo‘yicha ham ayrim tafovutlar ham uchrab turadi. London
nusxasi
“Bismillah” bilan boshlanadi, lekin biz o‘
rganib qolgan
“Tengri taoloning
inoyati…”
bilan emas, balki
“ramazon oyi tarix sakkiz yuz to
‘
qson to
‘
qqizda Farg
‘
ona
viloyatida o
‘
n ikki yoshta podshoh bo’ldum”
deya davom etadi.
Sharqi Qoshg‘ar, g‘arbi
Samarqand, janubi Badaxshonning sarhadi tog‘lar, shimolida agarchi burun shaharlar bor
ekandur. (Qozon bosma) London nusxasida
tog‘lar so‘zidan keyin
va
bog‘lovchisi
qo‘llanilgan: Sharqi Qoshg‘ar, g‘arbi Samarqand, janubi Badaxshonning sarhadi tog‘lar
va
shimolida agarchi burun shaharlar bor ekandur.
O‘sh haqidagi qismda: Yana biri O‘shdur
(Qozon bosma)
–
Yana biri O‘sh qasabasidur
(London nusxa).
Bu rudning ikki jonibi bog’ot tushubtur, tamom bog’lari rudqa mushriftur,
binafshasi bisyor latif bo‘lur
(Qozon bosma). Bu rudning
har
ikki jonibi bog’ot tushubtur,
tamom bog’lari rudqa mushrif, binafshasi bisyor latif.(London nusxa) London nusxasi
uslub jihatidan ham Qozon bosmaga nisbatan ancha farqlanmoqda, bu esa “Boburnoma”ni
matnshunsolikdan tadqiq etishini taqozo etad.
“Boburnoma”ning jahon va yurtimizdagi fondlarda 17 nusxasi aniqlangan va
saqlanmoqda. Ularni yagona sistematik tarzda tadqiq etish, ilmiy matn yaratish uchun
konsepsiyalar ishlab chiqish boburshunoslikdagi muhim vazifalardan biri deb
hisoblaymiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Бобурнома.Нашрга тайёрловчи Порсо Шамсиев.
-
Т.: Юлдузча, 1990. 368
бет.
2.
The Babar-nama. Ana Beveridge
–
Imprimerie Orientale. 1905.
3.
Заҳириддин Муҳаммад Бобур енциклопедияси/ Таҳрир хайъати А.Қаюмов
ва бошқ. Бош муҳаррир: А.Аъзамов. –
Тю: “Шарқ”, 2014,
-
744 б.
4.
Abdug‘afurov, A. (1997). A. Abdug‘afurov. Bobur devoni qo‘lyozmasining
Balamkada nusxasi.
O‘zbek tili va adabiyoti. S. 4, s.14
-20.
5.
Abdug‘afurov, A. (1994). Zahiriddin Muhammad Bobur.
Devon. Toshkent: Fan.
6.
Azimjonova, S. (1966). Azimjonova S. Indiyskiy divan Babura. Toshken: Fan.
7.
Babur, Z. M. (1971). Zahiriddin Muhammad Bobir. Muxtasar. Nashrga
Tayyorlovchi: S.Hasan. Toshkent: Fan.
8.
Babur, Z. M. (2002). Boburnoma. Nashrga tayyorlovchi: S. Hasanov.
Toshkent:ShARQ.
9.
Bobur ensiklopediyasi (2017). Zahiriddin Muhammad Bobur Ensiklopediyasi
(Qayta Ishlangan Ikkinchi Nashr).
Toshkent: “SHARQ”.