Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Stages of developing speaking skills in English lessons and
corresponding educational games
Makhfuza ABDURAKHMANOVA
Bukhara State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2024
Received in revised form
10 August 2024
Accepted 25 August 2024
Available online
25 September 2024
This article analyzes the lessons and processes involved in
teaching speaking skills, one of the key productive language
skills. It examines the different types of language games used in
language teaching, their purpose in the educational process, and
their effectiveness. Additionally, the article addresses the
challenges encountered in developing speaking skills and
suggests strategies to overcome them. The primary goal of
teaching English is to develop students' ability to communicate
effectively. Speech, expressed in oral form like other skills, is far
more complex than it appears at first glance, involving much
more than just pronouncing words.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
skills,
speaking skills,
speech activity,
communicative activity,
communication,
accuracy activity,
fluency,
games,
linguistic games.
Ingliz tili darslarida gapirish ko‘nikmasini rivojlantirish
bosqichlari va unga mos ta’limiy o‘yinlar
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
ko‘nikma,
gapirish ko‘nikmasi,
nutq faoliyati,
kommunikativ faoliyat,
muloqot,
aniqlik faoliyati,
ravonlik,
o‘yinlar,
lingvistik o‘yinlar.
Ushbu maqola produktiv til ko‘nikmalaridan biri hisoblangan
gapirish ko‘nikmasini o‘qitishda dars bosqichlari va jarayonlari,
til
o‘rgatishda til o‘yinlari turlari, ulardan ta’lim jarayonida nima
maqsadda foydalanish kabilar tahlil qilinadi. Bundan tashqari
gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishda duch kelagan qiyinchilik
va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatiladi.
1
Basic doctoral student, Bukhara State Pedagogical Institute. E-mail:
аbdurаhmonovаmаxfuzа@buxdpi.uz
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
322
Этапы развития речевого навыка на уроках
английского
языка
и
соответствующие
им
развивающие игры
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
умение,
умение говорить,
речевая деятельность,
коммуникативная
деятельность,
общение,
деятельность на точность,
беглость речи,
игры,
языковые игры.
В данной статье будут проанализированы этапы и
процессы урока, направленные на развитие навыка
говорения, который является одним из ключевых
продуктивных языковых навыков. Рассматриваются виды
языковых игр, используемых в образовательном процессе,
а также цели их применения. Особое внимание уделено
трудностям, возникающим при развитии речевых навыков,
и методам их преодоления. Основной целью обучения
английскому языку является формирование у учащихся
уверенных коммуникативных навыков. Говорение, как и
другие навыки, проявляется в словесной форме, однако
является гораздо более сложным процессом, чем может
показаться на первый взгляд, и включает в себя не только
правильное произношение, но и умение эффективно
выражать мысли.
KIRISH
Xorijiy tilda gapirish ko
‘
nikmasini o
‘
stirishda nafaqat o
‘
rganuvchining so
‘
z boyligini
oshirish, balki uning muloqot qobiliyatini rivojlantirish, undagi bilish jarayonlarining, shu
jumladan o
‘
quvchining tafakkurini o
‘
stirish ham muhim hisoblanadi. Hozirgi paytda yoshlarda
xorijiy tilda gapirish ko
‘
nikmasini rivojlantirishga e
’
tibor qaratilmoqda va yanada yuqori
talablar qo
‘
yilmoqda. Bu talablarga javob berish og
‘
zaki nutqni rivojlantirishga oid yangi
izlanishlarni taqozo etadi. Ushbu maqolada samarali ko
‘
nikma hisoblangan- produktiv til
ko
‘
nikmalari ya
’
ni gapirishni ko
‘
rib chiqamiz.
ASOSIY QISM
Agarda produktiv til ko
‘
nikmalarini taqqoslaydigan bo
‘
lsak, gapirayotganda har qanday
tushunmovchiliklarni
“
o
‘
z joyida
”
bartaraf etish mumkin, ammo yozish ko
‘
nikmasi bilan bu
mumkin emas. Ikki yoki undan ortiq odam muloqot qilganda quyidagi maqsadlar nazarda
tutiladi:
a)
Kommunikativ maqsadga asoslanib muloqotga kirishish;
b)
Ma’lumotni
yetkazish maqsadida;
c)
Nimadir eshitish maqsadida
d)
Muhokama qilinayotgan mavzuga qiziqish bildirilganda gapirish va h.k.
Shuning uchun, agar o‘qituvchi o‘quvchilarni kommunikativ faoliyat bilan
tanishtirmoqchi bo‘lsa, yuqoridagi bir qator omillardan birini keltirishi kerak. O‘qituvchi
o‘quvchilarda muloqotga bo‘lgan ehtiyoj va istakni yaratishi kerak. Agar bu omillar mavjud
bo‘lmasa, faoliyatning o‘qituvchi kutgan muvaffaqiyatga erishish ehtimoli ancha past bo‘ladi.
Gapirish ko‘nikmasi haqida fikr yuritilganda 2 ta asosiy termin va atamalarni
izohlab
o‘tmaslikning iloji yo‘q. Bular grammatik jihatdan aniq va ravon gapirishdir. Aniqlik (accuracy)
va ravonlik (fluency) faoliyati o‘rtasidagi farq nimada?
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
323
Aniqlik faoliyati
(odatda o‘rganish bosqichining bir qismi bo‘lib) to‘g‘ri gapirish, muloqot
samarali bo‘lishi uchun gapirayotganda to‘g‘ri so‘z, jumlalardan foydalana olishni anglatadi.
Ammo samarali muloqot bir tomonlama jarayon emasligini unutmasligimiz kerak. Unga, hech
bo‘lmaganda, kimdir xabar berishi va kimdir uni qabul qilishi kerak. Faol tinglashni namoyish
qilish ma’ruzachiga xabar qabul qilinayotganini va tushunilishini ko‘rsatadi. Demak,
to‘g‘ri
grammatika, lug‘at va talaffuzni o‘z ichiga olgan tildan foydalanish uning to‘g‘ri va aniqligini
ta’minlaydi. Boshqa tomondan, ravonlik, ba’zi xatolar yuzaga kelsa ham, muammosiz, ishonchli
va keraksiz pauza va ikkilanishlarsiz gapirish qobiliyatini ifodalaydi. Ravonlik
(odatda tilni
faollashtirish bosqichining bir qismi) talabalarga til bilan ijodiy yondashishga imkon beradi.
Ikkala atamaning gapirish jarayonidagi o‘rni haqida turli fikrlar mavjud. Aniqlik va ravonlik bir
xil ahamiyatga ega. Ikkalasi ham darsning turli bosqichlarida namoyon bo‘ladi.
Sinfda nutqiy faoliyat
Nazorat qilinadigan mashg‘ulotlar
–
aniqlikka asoslangan faoliyat hisoblanadi. Til
o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi.
Mashg‘ulot o‘tkazish (
drilling
) (o‘qituvchining talaffuz modelini xor va individual tinglash
va takrorlash). Iloji bo‘lsa, har doim “3 dan 3” mashqidan foydalanish samarali, ya’ni so‘zni
talaffuz qilinadi, butun guruhdan takrorlash so‘raladi. Bu ularga talaffuzni mashq qilish uchun
xavfsiz muhit yaratadi va odamlar tomonidan qilingan har qanday xatolar ko‘rinmaydi. Avval
bir-
biriga talaffuz qiladi, so‘ng o‘zaro, yakunida esa birgalikda, butun guruh bo‘lib mashq
qilinadi.
O‘z navbatida 3 kishini ismlari bilan chaqirish orqali ham lug‘atni takrorlash bu
mashg‘ulot samarasini oshiradi.
Yo‘naltirilgan mashqlar
–
bunday mashg‘ulotlar aniqlikka asoslangan bo‘lib, ijodiy va
samaraliroq hisoblanadi. Mahsuldorlik (output) hali ham o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi,
lekin aniq til emas. Modelli dialoglar, boshqariladigan rolli
o‘yinlar shular jumlasidandir.
Ijodiy muloqot
–
ravonlikka asoslangan faoliyat bo‘lib,
ssenariy odatda o‘qituvchi
tomonidan tuziladi. Erkin rolli o‘yinlar, munozaralar (discussions), axborot bo‘shlig‘i, bahs
-
munozaralar (debate), simulyatsiyalar (simulations), muloqot
o‘yinlarini misol qilib keltirish
mumkin.
Talabalarni gapirishga undash, jalb qilish oson emas ba’zida. Ko‘pgina o‘quvchilar sinfda
gapirishni istamaydilar. Bu turli sabablarga ko‘ra bo‘lishi mumkin, jumladan:
a) ishonchsizlik
b)
xato qilishdan qo‘rqish;
c) tengdoshlari tomonidan tanqid qilinishi;
d)
mavzuga qiziqishning yo‘qligi;
e)
oldingi ta’lim tajribalari;
f) madaniy sabablar.
O‘qituvchi bu to‘siqlarni yengib o‘tishga harakat qilishi va o‘quvchilarning o‘zaro
munosabatini rag‘batlantirishi kerak. Maqsad o‘quvchilar gapirishdan yoki xato qilishdan
qo‘rqmaydigan, o‘qituvchi va boshqa talabalar bilan muloqot qilishdan zavqlanadigan qulay
muhit yaratish bo‘lishi kerak.
O‘zaro muloqotni rag‘batlantirish usullari sifatida juftliklarda ishlash va guruh bo‘lib
ishlashni keltirish mumkin. Ravonlikni oshiruvchi mashg‘ulotlaridan oldin ko‘plab
boshqariladigan va yo‘naltiradigan mashqlarni tatbiq etish maqsadga muvofiq.
Muayyan mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarga o‘ylash uchun vaqt berish muhim.
Erkin xorijiy tilda gapirish muhitini yaratishga asoslangan faoliyat darsi namunasi:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
324
Avvalo darsni to‘g‘ri tashkillashtirish va darsga maqsad qo‘yish zarur. Masalan:
talabalarga ob-havo va ob-
havo prognozlari bilan bog‘liq bo‘lgan tildan foydalanish
imkoniyatiga ega bo‘lishdir. Birinchi bosqich
-
ishtirok, jalb etish bo‘lib (engage) talabalardan o‘z
mamlakatlaridagi ob-
havo haqida so‘rash ulardagi muayyan mavzuga oid fikrlarni bir joyga
jamlashiga olib keladi. Boshqa mamlakatlardagi ob-
havo o‘zgarishlarini muhokama qilish
mumkin. Ulardan ob-
havo ma’lumoti nima ekanligini va ularni qayerdan topish mumkinligini
bilishlarini so‘rash orqali mavzuga yo‘naltiriladi. Keyingi bosqich, o‘rganish bosqichida ob
-havo
mavzusiga doir lug‘at va birikmalarni doskada yozish, turli xil moslashtirish va bo‘shliqlarni
to‘ldirish mashqlarini bajartirish mumkin. So‘nggi faollashtirish bosqichida
–
talabalar bitta
mamlakatni tanlab, o‘sha mamlakat ob
-
havo prognozini tayyorlashlari kerak. Bunda o‘quvchilar
guruhlarda ishlashlari ularning o‘zini erkinroq his qilishlariga zamin yaratishi mumkin.
METODLAR
Gapirish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi darslarda, erkin, ijodiy muhit yaratishda uchun
quyidagilarni inobatga olish zarur: a) dars ta’limiy va rivojlantiruvchi maqsadlarni aniq qo‘yish;
b)talabalar faoliyatga nima olib kelishini va ularda bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarni
oldindan taxmin qilishga harakat qilish, ya’ni ular faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishga qodirmi?
Ularda kerakli til birliklari, lug‘at boyligi bormi? Talabalar faoliyatni qiziqarli, foydali va qiziqarli
deb bilishadimi? Kabi savollarga javob topishga harakat qilish;
c)faoliyat qancha davom etishini
hisoblab, uni vaqtga moslash; d) dars jarayonining barcha kerakli materiallarni tayyorlash;
e)ko‘rsatmalarni aniq, qisqa va lo‘nda ishlab chiqish.
darsdan oldin bajariladigan o‘qituvchi
faoliyatiga kiradi.
Mashg‘ulot davomida ham hisobga olinishi kerak bo‘lgan omillar ham borki,
ularni keltirib o‘tamiz.
a)
ko‘rgazmali tasvirlar, video materiallar va boshqalar orqali o‘quvchilarning qiziqishini
uyg‘otish. Mavzuni o‘quvchilarning qiziqishlari va tajribasi bilan bog‘lashga harakat qilish.
b)
o‘quvchilarga foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday til birligi yoki lug‘at h
doskada yozib qoldirish.
c)
talabalar mashg‘ulot maqsadini va nima qilishlarini bilishlari uchun mashg‘ulotni
samarali tashkillashtirishga e’tibor qaratish zarur. Bunga aniq ko‘rsatmalar berish va ularning
tushunilganligini tekshirishni ham o‘z ichiga oladi.
d)
talabalardan asosiy mashg‘ulot bilan shug‘ullanishdan oldin, juftlik yoki guruhlarda
tayyorlanish uchun yetarli vaqt borligiga ishonch hosil qilish ham muhim.
e)
mashg‘ulotni qiziqarli “jarayon”ga aylantirish
–
agar kerak bo‘lsa, mashqni qayta
takrorlash zarur, ayniqsa rolli o‘yinlar orqali.
f)
mashg‘ulotni muallim kuzatib borishi, agar kerak bo‘lsa, yordam berishi va
rag‘batlantirish asosiy omillardandir. Dars ajratilgan vaqtni kuzatib borish
–
faoliyatning
cho‘zilishiga yo‘l qo‘ymaslik
va fikr-mulohaza (feedback) uchun ham vaqt qoldirishni
unutmaslik lozim.
g) talabalarning faoliyatini va faolligini xolisona baholash zarur. Erkin nutq faoliyati
darslarida aniqlikdan ko‘ra ko‘proq ravonlik asosiy rol o‘ynaydi.
Mashg‘ulotdan keyin esa, fikr bildirish, faoliyatni xolisona baholash o‘qituvchi
mahoratining bir qismidir. a) sinf qanchalik yaxshi xorijiy tilda muloqotga kirishganligini
ko‘rsatish, talaffuzning qanchalik ravon bo‘lganligi, guruh bo‘lib qanchalik yaxshi bahslashgani
va hokazolar haqida fikr bildirish zarur. Bu jarayonda, o‘rganuvchilar faoliyatidagi qila olmagan
yoki e’tiborsiz qoldirgan narsalarga emas, balki nimaga qodir ekanligiga e’tibor qaratish,
o‘quvchilarning keyingi faoliyatlariga motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi. b) xatolarga emas, balki
yaxshilanishga, rivojlanishga e’tibor qaratish kerak; c)
grammatikada, talaffuzda va lug‘atdan
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
325
foydalanishda ko‘zga tashlanadigan, takrorlanadigan xatolarga e’tibor qaratib, tuzatish muhim.
Shaxsiy xatolar tegishli talaba(lar) bilan (yakka tartibda) muhokama qilinishi mumkin va uyda
shug‘ullanish uchun mos mashg‘ulot yoki texnikalar tavsiya qilinishi mumkin. Sinf uchun
umumiy bo‘lgan xatolarni aytib o‘tish mumkin va keyin tegishli xatolar ustida ishlash darsini
o‘tkazishingiz maqsadga muvofiq.
O‘yin
–
bu ma’lum bir qoidalar, maqsad va qiziqarli elementga ega bo‘lgan faoliyat.
Ko‘pgina an’anaviy va noan’anaviy o‘yinlar til o‘rgatish uchun moslashtirilishi mumkin. Ikki xil
o‘yin turlari mavjud: raqobatli o‘yinlar va umumiy maqsad sari birgalikda harakat qiladigan
kooperativ o‘yinlar. O‘yinlar bolalar, o‘smirlar va kattalar orasida bir xil mashhur. Shuning
uchun ular shunchaki qiziqarli o‘yin
-
kulgi emas, balki o‘quv dasturining ajralmas qismi sifatida
qaralishi kerak.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Nima uchun til o‘rgatishda o‘yinlardan foydalanish kerak?
O‘yinlar uzoq vaqtdan beri til o‘rganishga yordam berish uchun targ‘ib qilingan. Buning
sabablaridan ba’zilari quyidagilar:
1.
O‘yinlar o‘quvchilarga unchalik qiziq bo‘lmagan mavzu va vaziyatlarda ularning
qiziqishini uyg‘otishga xizmat qiladi. (Thiagarajan, 1999; Rayt, Betteridge va Bakbi, 2005). Zero,
til o‘rganish uzoq muddatli mehnatni o‘z ichiga oladi.
2.
O‘yinlar mazmunli muloqot uchun kontekstni ta’minlaydi.
3.
O‘yin o‘ynashda paydo bo‘ladigan his
-
tuyg‘ular ba’zan jiddiy, ba’zan esa til o‘rgatish
jarayoniga rang-
baranglik qo‘shadi ((Bransford, Brown, & Cocking, 2000) Ersoz, 2000; Li, 1995).
4.
O‘yinlarning xilma
-xilligi va intensivligi xavotirni kamaytirishi mumkin (Richard-
Amato, 1988) ayniqsa o‘yinlar kichik guruhlarda o‘ynalganda uyatchan o‘quvchilarni ishtirok
etishga undashi mumkin (Uberman, 1998).
5. O‘yinlar barcha asosiy til ko‘nikmalarini, ya’ni tinglash, gapirish, o‘qish va yozishni o‘z
ichiga olishi mumkin va bir qator ko‘nikmalar ko‘pincha bir xil o‘yinda ishtirok etadi (Li, 1995).
Til o‘yinlari turlari
O‘yinlarni toifalarga ajratish qiyin bo‘lishi mumkin,
chunki xususiyatlar
ko‘pincha bir
-
biriga mos keladi. Xedfild (1999) til o‘yinlarini tasniflashning ikkita usulini tushuntiradi.
Birinchidan, u til o‘yinlarini ikki turga ajratadi: lingvistik o‘yinlar va kommunikativ o‘yinlar.
Lingvistik o‘yinlar to‘g‘ri antonimni taqdim etish kabi aniqlikka qaratilgan. Boshqa tomondan,
kommunikativ o‘yinlar ma’lumot va g‘oyalarni muvaffaqiyatli almashishga qaratilgan, masalan,
ikki kishi bir-
biriga o‘xshash, ammo mutlaqo o‘xshash bo‘lmagan ikkita rasm orasidagi farqni
aniqlaydi. Tilni to‘g‘ri ishlatish, garchi muhim bo‘lsa ham, kommunikativ maqsadga erishish
uchun u ikkinchi o‘rinda turadi. O‘yinlarni lingvistik o‘yinlar yoki kommunikativ o‘yinlar sifatida
tasniflash bo‘lgani kabi, ba’zi o‘yinlar bir nechta turdagi elementlarni o‘z ichiga oladi.
1.
Saralash, tartibga solishni ifodalovchi o‘yin turlari. (Sorting games) Misol uchun,
talabalar turli xil mahsulotlarga ega bo‘lgan tarqatma materiallar to‘plamiga ega bo‘lib, ular
kartochkalarni oziq-
ovqat do‘konidan topiladigan mahsulotlar va univermagda topilgan
mahsulotlarga ajratadilar.
2.
Axborot bo‘shlig‘i o‘yinlari (Information gap activities). Bunday o‘yinlarda bir yoki bir
nechta odam boshqa odamlarning vazifani bajarishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarga ega. Misol
uchun, bir kishi chizilgan rasmga ega bo‘lishi mumkin va uning sherigi chizilgan odam
tomonidan berilgan ma’lumotni tinglash orqali shunga o‘xshash rasmni yaratishi kerak.
3.
Taxmin qilib topish o‘yinlari. Taxmin qilish o‘yinining eng mashhur namunalaridan biri
bu
Yigirmata savol
bo‘lib, unda bir kishi taniqli shaxs, joy yoki narsa haqida o‘ylaydi. Boshqa
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
326
ishtirokchilar kim yoki nima haqida o‘ylayotganini taxmin qilish uchun
20 Ha/Yo‘q savol
berishlari mumkin.
4.
Qidirish, izlashni talab etadigan o‘yinlar. Ushbu o‘yinga misol: 24 o‘quvchidan iborat
sinfdagi o‘quvchilarga har biriga 24 ta yacheykadan iborat jadval beriladi. Vazifa
–
bu
katakchaga mos keladigan sinfdoshning nomi, uning qiziqishi, yoqtirgan taomi kabi ma’lumotlar
bilan jadvaldagi barcha kataklarni to‘ldirishdir.
5.
Moslash o‘yinlari (Matching). Nomidan ko‘rinib turibdiki, ishtirokchilar so‘z, rasm yoki
xaritaga
mos
keladigan
narsani
topishlari
kerak.
Misol
uchun,
talabalar
15 juftdan iborat 30 ta so‘z kartochkalarini, masalan, antonimlarning juftlarini tasodifiy tartibda
joylashtiradilar. Har bir kishi bir vaqtning o‘zida ikkita kartani o‘giradi, ularning maqsadi o‘z
xotirasidan foydalangan holda mos juftlikni topishdir.
6.
Belgilash o‘yinlari (Labelling). Bular moslashtirishning bir shakli bo‘lib, ishtirokchilar
teglar va rasmlarni moslashtiradi yoki nomlaydi.
7.
Almashish o‘yini (Exchanging games). Ushbu o‘yinlarda talabalar bajargan vazifalarini,
o‘zlaridagi fikr yoki g ‘oyalarni almashadilar.
8.
Stol o‘yinlari. Paypaslab qidirish (Scrabble)
–
bu o‘rganilayotgan tildagi ma’lum bir
so‘zlarni alohida ta’kidlaydigan eng mashhur stol o‘yinlaridan biri sanaladi.
9.
Rolli o‘yinlar. Rol o‘ynash, drama va simulyatsiya atamalari ba’zan bir
-
birining o‘rnida
ishlatiladi, lekin ularni farqlash mumkin (Kodotchigova, 2002). Rolli o‘yinlar talabalarni haqiqiy
hayotda o‘ynamaydigan rollarni, masalan, tish shifokori, yozuvchi rolini o‘ynashini o‘z ichiga
olishi mumkin, simulyatsiya esa talabalar real hayotda o‘ynagan yoki o‘ynashi mumkin bo‘lgan
rollarni, masalan, restorandagi mijozni o‘z ichiga olishi mumkin. Dramalar odatda ssenariyli
spektakllar bo‘lib, rolli o‘yinlar va simulyatsiyalarda talabalar o‘z so‘zlarini o‘ylab topadilar.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, gapirish ko‘nikmasini har bir o‘rganuvchiga o‘rgatish davomida
ularga o‘rganish usullarini hamda metodlarini o‘rgatish, ularni talaffuz qoidalari bilan
tanishtirib, bilimlarini yanada rivojlantirish, suhbatni va amaliyotni ko‘paytirish kabi
mashg‘ulotlar gapirish ko‘nikmasini o`rgatishning bosh omillaridir. Gapirayotganda tushunib,
fikr asosida to‘g‘ri va ravon so‘zlashish mashqi gapirish ko‘nikmasini ancha rivojlantiradi.
Metodikani psixologiya bilan birga olib borish lozim, chunki o‘quvchining o‘rganish uslubini
bilib shu yo‘l orqali gapirish ko‘nikmasini rivojlantirish samaraliroqdir. Bundan tashqari,
kontentga mos til o‘yinlaridan samarali foydalanish dars mazmunini boyitadi va berilgan bilimni
eslab qolishni ta’minlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI:
1.
Brown, G., & Yule, G. (1983). Teaching the Spoken Language. Cambridge: Cambridge
University Press.
2.
Burns, A. (1998). Teaching speaking. Annual Review of Applied Linguistics 18:102
–
123
3.
Mackay, R. (2013).
Using games as an educational tool provides opportunities for deeper
learning, panelists at Stanford event say
.
Stanford News
. Retrieved 30 April 2016, from
https://news.stanford.edu/2013/03/01/games-education-tool-030113/