Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
About Yashar Kеmal's novel "Inja Mamad" and its
translations into world languages
Dilfuza SHODMONOVA
Tashkent State University of Oriental Studies
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2024
Received in revised form
10 August 2024
Accepted 25 August 2024
Available online
25 September 2024
This article explores the creative richness of the renowned
Turkish writer Yaşar Kemal, focusing on his novel İnce Memed,
which brought him international recognition. It discusses the
translations of the novel into various world languages, the
translators involved, and the different editions published.
Additionally, the article provides valuable insights for young
professionals and researchers into the global study of Yaşar
Kemal's work and the accomplishments of its translations.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
translation,
world literature,
literary excellence,
bestseller,
fiction.
Yashar Kamolning “Inja Mamad” romani va uning dunyo
tillariga tarjimalari haqida
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
tarjima,
jahon adabiyoti,
adabiy mahorat,
bestseller,
badiiy asar.
Ushbu maqolada taniqli turk yozuvchisi Yashar Kamol
ijodining boyligi haqida so‘z yuritilib, adibni jahon adabiyotiga
tanitgan “Inja Mamad” romani va uni dunyo tillariga tarjimalari
qilinishi, asar tarjimonlari, nashrlari hususida ma’lumotlar
beriladi. Ushbu maqola yosh mutaxaxassislarga, izlanuvchilarga
Yashar Kamol ijodining dunyo miqyosida o‘rganilishi,
tarjimalarining erishgan yutuqlari haqida ma’lumotlar beradi.
1
Basic Doctoral Student, Department of Translation Studies and International Journalism, Tashkent State University
of Oriental Studies.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
213
О романе Яшара Кемаля «Инжа Мамад» и его переводе
на мировые языки
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
перевод,
мировая литература,
литературное мастерство,
бестселлер,
художественная
литература.
В статье рассматривается богатство творчества
известного турецкого писателя Яшара Кемаля, включая его
роман «Инжа Мамад», который открыл писателя мировой
литературе.
Также
освещаются
переводы
этого
произведения на разные языки, работа переводчиков и
публикации. Молодым специалистам и исследователям
предлагается информация о международном изучении
творчества Яшара Кемаля и значении его переводов.
Özet.
Bu makalede, ünlü Türk yazarı Yaşar Kemal'in yaratıcılık zenginliğinden,
yazarı dünya edebiyatına tanıtan "İnce Memed" adlı romanından, eserin dünya dillerine
çevirileri, mütercimleri ve yayınlarından bahsedilmektedir. Bu makale, genç
profesyonellere ve a
raştırmacılara, Yaşar Kamal'ın eserlerinin dünya çapındaki çalışmaları
ve çevirilerinin başarıları hakkında bilgi vermektedir.
Anahtar kelimeler ve ifadeler.
Çeviri, dünya edebiyatı, edebi mükemmellik, çok
satanlar, kurgu.
Ma’lumki har qanday tarjima muayyan darajada ijodiy ish hisoblanadi. Badiiy
asarlar tarjimasi esa alohida yondashuvni talab etishi, mahorat va san’atkorlikni taqozo
qilishi jihatidan san’at iqlimidir. Bu masalani o‘zbek olimi G‘.
Salomov shunday asoslaydi:
“Tarjima jarayoning mohiyatini asl nusxada aks etgan shakl bilan mazmuning birligini,
yaxlitligini saqlash uchun bo‘lak tildan muqobil vositalar qidirib topishdan iborat. Bundan
tashqari, asl nusxa mazmunini boshqa tilda berishning mavjud bir nechta imkoniyatlari
orasida eng muqobil va muvofiq variantini tanlash ham adekvat tarjimaning asosiy
talablaridan biri hisoblanadi. Ana shu muqobil til vositalarini qidirib topish va muvofiq
variant tanlash ijodiy xarakterga ega bo‘lib, tarjima qiluvchi kishi, ya’ni
tarjimondan ongli
mehnatni talab etadi. Tilning ifodaviyligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy
-
siyosiy adabiyotlar tarjimasida ham muayyan badiiy-
ijodiy masalalarini yechishga to‘g‘ri
keladi. Bu tarjimadan adabiy mahoratni talab qildi. Bunday tarj
ima san’at jumlasiga kiradi”
[1,21].
Haqiqiy so‘z ustasi, o‘z ijodini Onado‘lu xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan omixta
asarlar yozish bilan boshlagan Yashar Kamol turk tilining badiiy ifoda qudrati, nafosati,
xalq og‘zaki ijodining yagona qahramoni bo‘lgan turk xalqining boy madaniyatidan
ilhomlanadi. Yevropada Yashar Kamolning ushbu asarlaridan Shahrizoda hikoyalari,
Tolstoy romanlari kabi keng miqyosli, Dikkens romanlari kabi jonli ekani, kitobning
go‘zallikka boy nazm uslubi, afsona tuyg‘usiga tayanishi ta’kidlanadi [2,5]. Adibning “Inja
Mamad”, “Tayanch ustuni”, “Osmon olis, yer qattiq”, “Og‘chasoz og‘alari”, “Ilonni
o‘ldirsalar”, “Tunuka” “Og‘ritog‘i nolasi”, “Temirchilar bozori” singari asarlarida jahon
adabiyotida ilgari surilgan insonparvarlik g‘oyalari ulug‘lanadi, Sharq va G‘arb ad
abiyotiga
xos ilg‘or jihatlar yorqin aks ettiriladi.
Taniqli turk yozuvchisi Yashar Kamolni dunyo adabiyotiga tanitgan asari bu “Inja
Mamad” romanidir. Ushbu roman birinchi marta 1953
- va 1954-
yillarda “Respublika”
gazetasida nashr etilgan. Keyinchalik Yashar Kamol romanning davomi sifatida yana uchta
roman yozdi. Asar hozirgi shaklini olishi uchun jami 32 yil sarflangan.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
214
Yashar Kamolning birinchi romani “Inja Mamad” ni yozilish va dunyo tillariga
tarjima qilinishi tarixini yozuvchining o‘zi quyidagicha izohlaydi:
“Men 1946–
47-
yillarda romanlar yozishni sinab ko‘ra boshladim. Ular orasida Inja
Mamad ham bor edi. Men yozishni boshladim. Yillar davomida o‘yladim, xayolan romanni
yoddan bilardim. O‘sha yili juda qattiq qish bo‘lgandi va qo‘limda qo‘lqop bilan “Inja
Mam
ad” ni uch oyda yozib tugatdim va 1956
-
yilda nashr etildi. “Eng yaxshi roman”
mukofotini oldi. 1957-yilda Sovet Ittifoqi va Bolgariyada nashr etildi. Uning nashr etilishini
Nozim Hikmat ta’minladi. 1961
-
yilda Angliyada nashr etilgan “Inja Mamad” uzoq vaqt
davomida eng ko‘p sotilgan kitoblar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Keyinchalik
Skandinaviyada, undan keyin Fransiyada, keyin Amerikada mashhurlikka -
erishdi” [3,70
-
71].
“Inja Mamad” –
40 dan ortiq dunyo tillarga tarjima qilingan “Inja Mamad” ning
qayg‘uli va dramatik hikoyasi ko‘plab o‘quvchilarning qalbini zabt etishga muvaffaq bo‘ldi
va jahon adabiyoti durdonalari ro‘yxatiga o‘rin egalladi [3,12].
Dastlab nashr etilgandayoq
barchaning e’tiborini tortgan ushbu roman bugungi kunda ham eng ko‘p sotilganlar
kitoblardan biridir. “Inja Mamad” romani jami 4 jilddan iborat va unda jumhuriyat
davrining ilk yillarida sodir boʻlgan voqealar, roman qahramoning qishloq xo‘jayini
tomo
nidan koʻrgan taʼqiblari orqali qishloq odamlarining umumiy ahvoli tasvirlangan
[3,8]. Roman “Turk adabiyotining 100 ta eng yaxshi romani” ro‘yxatida 1
-
oʻrinni egallagan.
Ushbu turkumning birinchi jildi 1955 yilda, Yashar Kamol yozuvchilik faoliyatini
boshlagan paytda nashr etilgan hamda katta shuhrat keltirgan. U butun umri davomida
guvohi bo‘lgan voqealarni bu asarda yoritib bergan. Ushbu romandagi hodisalar yozuvchi
o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan voqealardir. Bu asar sayohatnoma janri ham qo‘llangan birinchi
na
sriy asardir. Shu paytgacha doston, roman qahramonlari avval og‘zaki usulda aytilib,
keyinchalik qog‘ozga tushirilgan. “Inja Mamad” esa ilk bor nasrdan og‘aki nutqqa ko‘chgan
qahramondir.
Yashar Kamol o‘zi yashagan ijtimoiy tuzumni inkor etmaydi, qoralamaydi. Lekin u
ayrim amaldorlar, mulkdorlar fe’l
-
atvorida, hayot tarzida ko‘zga tashlanadigan
adolatsizlik, zo‘ravonlik, manfaatparastlik singari g‘ayriinsoniy illatlarni fosh etish orqali
o‘
zining oddiy kishilar tarafdori ekanini bildiradi. Adib asarlarida boylik orttirishga
mukkasidan ketgan, birovlarga nohaq zulm o‘tkazadiganlar bilan bechorahol, kambag‘al
odamlar o‘rtasidagi murosasiz kurashni ko‘rsatish asosiy o‘rin tutadi. Yashar Kamol
a
sarlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shuki, ularda qaroqchilar, ularning
kechmish-
kechirmishlari haqida so‘z yuritiladi.
“Inja Mamad” nafaqat Turkiyada, balki xalqaro miqyosda ham shuhrat qozongan.
1957-
yilda bolgar tiliga tarjima qilingan roman, ikki yil o‘tib 1959
-yilda rus tiliga Nozim
Hikmat tomonidan tarjima qilingan. Lekin romanning bizgacha yetib kelgan ruscha
tarjimasi tarjimonlari G. Aleksandrov va M.
Kerimovlar ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Tadqiqot davomida olingan ko‘plab ma’lumotlar romanning ilk tarjimoni Nozim Hikmat
ekanligini ko‘rsatadi. Yuqorida ko‘rib chiqilganida ham yozuvchining o‘zi ushbu tarjimada,
nas
hrda Nozim Hikmatning o‘rnini alohida ta’kidlab o‘tgan. “Yashar Kamolning “Inja
Mamad” asari ruschaga Nozim Hikmat tomonidan tarjima qilingan.
Dastlab bolgar tiliga
tarjima qilingan asarni, Nozim Hikmat ruschaga tarjima qilishni boshlagan. Nozim Hikmat
Yashar Kamol bilan ikki marotaba uchrashgan va bu uchrashuv u uchun juda hayajonli
bo‘lganini o‘z tarjimai holida ham yozib o‘tgan. Keyinchalik ro
manni G. Aleksandrov va
M.
Kerimovlar qayta tarjima qilishgani, nashr ettirishgani sababli go‘yoki romanning ilk
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
215
rus tarjimonlari ham ular deb nom qoldirishgan”
[5,12],
–
deb yozasi adabiyotshunos
Metin Jelal o‘zining “Nozim Hikmatning “Inja Mamad” tarjimasi nomli maqolasida.
Keyinchalik 1961-yilda Eduard Roditi va Thilda Kemal uni ingliz tiliga, Guzin Dino
esa fransuz tiliga tarjima qilgan. “Inja Mamad” Angliya, AQSh, Fransiya va Italiyada nashr
ettirilgan. 1957-
yilda “Inja Mamad” romani Sovet Ittifoqi va Bolgariyada Nozim Hik
mat
ko‘magida nashr etiladi. 1961
-yilda Angliyada nashr etilgan roman uzoq vaqt davomida
“bestseller”lar roʻyxatida birinchi oʻrinni egallagan. Juda ko‘plab Yevropa davlatlarida ham
tarjima qilinib, qayta qayat nashr qilinganligi, asarning shuxrat qozonganligini bildiradi.
Adibning romanlari va bir hikoyalari to‘plami fors tiliga tarjima qilingan. Semin
Bahcheban tomonidan 1974-
yilda tarjima qilingan “Inja Mamad” romani Yashar
Kamolning fors tiliga tarjima qilingan birinchi romanidir. “Inja Mamad” bilan birga
yozuvchining ja
mi o‘n beshta romani fors tiliga tarjima qilingan. Yashar Kamolning turk
tilida nashr etilgan qirq to‘rtta asari ichida eng ko‘p tarjima qilingani “Inja Mamad”
romanidir. Romanning ikkinchi va uchinchi jildlari 1987- va 1989-yillarda Irech Nobahat
tomonida
n tayyorlangan va “Neshr
-
i Ney” nashriyoti tomonidan nashr etilgan. Keyinchalik
asarning birinchi va ikkinchi jildlari 2003-yilda Husrav Mehrzod tomonidan qayta tarjima
qilinib, “Semir” nashriyotida bir jild holida nashr etilgan. Turli tarjimonlar va turli
nashriyotlar tomonidan jami to‘qqiz marta nashr etilgan.
“Inja Mamad” romanining 1
-
jildini o‘zbek tiliga 1968
-yilda Miad Hakimov tarjima
qilgan. Bu ham o‘zbek kitobxonlarida orasida tez orada mashhurlikka erishdi. “Bu yerda
roman mazmunini aytib berishga hojat yo‘q. Lekin shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish
zarurdirki, voqea uchun avtor oddiy bir qishloqni tanlagan... Muallifning asosiy xizmati
shundaki, u qishloqda mavjud tartib-qoidalarga, zolimlarga qarshi norozilik kayfiyati
qanday o‘sib borishini, kechagina qo‘ydek yuvosh bo‘lib yurgan dehqonlar, zulmga,
qashshoqlik va nochorlik uqubatlariga chidolmay, nohaqlikka qarshi qanday bosh
ko‘tarishini zo‘r badiiy kuch bilan ko‘rsatib bergan”, –
deb yozadi tarjimon asar yakunida.
Roman nasrda yozilgan bo‘lsa
-
da, nazm kabi yengil o‘qilishi, voqealar rivojining o‘tkir
ligi,
tasvirdagi bo‘yoqlarning quyuqligi, ijobiy qahramonlar portretini chizishdagi shoirona
mayinlik ham uning yutug‘idir. Asarning o‘zbek tiliga qilingan tarjimasi ravon o‘qilishi,
garchi asliyatda mavjud bo‘lmasa
-
da, badiiy bo‘yoqlarning naqadar ko‘p qo‘llanganligi
bilan kitobxonni o‘ziga tortadi. Yashar Kamol asliyatda frazeologik birliklardan keng
ko‘lamda foydalanmagan, faqat zarur o‘rinlarda ibora va tasviriy ifodalarni qo‘llagan.
Tarjimada esa badiiylik o‘ziga tortuvchi xislatlaridan biri bo‘la olga
n.
“Inja Mamad” romani ko‘p jihatdan realistik romandir. Muallif –
hikoyachi, asarda
o‘z boshidan kechirganlarini yozganligini juda ko‘p ta’kidlab o‘tgan.
Yashar Kamol roman va qissalarida ham ezgulik, halollik, inson qadr-qimmati
qadrlanadi. Ayni chog‘da ularda yovuzlik, shafqatsizlik, zo‘ravonlik qoralanadi. Yozuvchi
gumanist ijodkor sifatida kamsitilgan, xo‘rlangan, ezilganlarni yoqlab chiqdi, insonning
insonga zulm qilishi eng katta jinoyat, kechirilmas gunoh ekanligini ochiq-oshkora
ta’kidladi. Ana shunday insonparvarlik g‘oyalari adib asarlarining jahon miqyosida keng
shuhrat qozonishiga sabab bo‘lgan.
Bu ijodkor o‘z qahramonlari ichki va tashqi dunyosini ta’sirchan, ishonarli
ko‘rsatishi uchun, avvalo, hayot hodisalarini aniq bilishi, ularni chuqur his qilishi
lozimligining yana bir isboti bo‘la oladi. Yashar Kamol badiiy g‘oyani aniq ifodalash uchun
asarlari syujetini pishiq, puxta qurishga intiladi, voqealarni bir-
biri bilan uzviy bog‘lashga
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
216
harakat qiladi. Shu tarzda syujet tarkibiga kiruvchi barcha unsurlar o‘rtasida mantiqiy
uyg‘unlik yaratadi.
Turk adabiyotshunosi Fathi Najining fikricha, Yashar Kamol turli toifadagi
qahramonlarning hayot tarzi, maqsad, intilishlarini ta’sirchan, ishonarli tasvirlashi,
asarlari syujeti dramatik to‘qnashuvlarga boyligi bilan boshqa turk adiblaridan ajralib
turadi
. Bu kabi ilmiy e’tiroflar Yashar Kamol asarlari syujeti hayotning o‘zidan olingan
tayyor voqealar ko‘chirmasi emasligi, ular adib o‘y
-xayoli, tafakkuri mahsuli, ijodiy
izlanishlari samarasi ekanligini bildiradi. Yashar Kamol syujetni tayyor “ko‘priklar”
asosida yaratmaydi. U voqelikni chuqur ijodiy ishlash asosida qiziqarli badiiy syujet
vujudga keltiradi.
Tarjimon qaysi tarixiy davrga xos asarni tarjima qilayotgan bo‘lsa, o‘sha davr tarixi,
madaniyati, mavjud ijtimoiy sharoit, voqea-hodisalarning aniq nomini yaxshi bilishi,
buning uchun esa yuksak ilmiy saviyaga ega bo‘lishi lozim. Bunda so‘zning ma’nosi, g
ap
mazmunini teran anglash, muallif uslubiga xos nozik jihatlar, obrazlilikni tarjimada bera
olish qobiliyati ijodkor uchun birlamchi ahamiyat kasb etadi [6,141].
Yashar Kamol asarlari tasvirning juda keng ko‘lamda, yuksak iste’dod bilan
yoritilganligi jihatidan boshqa asarlardan ajralib turadi. Tabiat tasvirlari, voqealar
izchilligi, ularning barchasiga yozuvchi o‘zi guvohi bo‘lganligi sababli roman tillardan
tilla
rga o‘tib keng ommaga yoyilib ulgurdi.
Dengiz va tog‘lar turk adiblari, jumladan, Yashar Kamol asarlarida peyzajning asosiy
ob’ekti sifatida keladi. Ularning qahramonlari dengiz va tog‘lar bilan tutashib ketgan
zaminda yashaydi. Yashar Kamol asarlarida dengiz va tog‘lar manzarasi muhim o‘rin
tu
tishi, avvalo, turk zamining o‘ziga xos tabiatidan kelib chiqqan. “Inja Mamad” romani
boshlanishi ham peyzaj tasviri bilan boshlangan. Quyida asarning boshlanishini asliyat va
uning rus va o‘zbek tillaridagi tarjimasi misolida qiyoslaymiz:
“Toros dağlarının etekleri ta Akdenizden başlar. Kıyıları döven ak köpüklerden sonra
doruklara doğru yavaş yavaş yükselir. Akdenizin üstünde daima, top top ak bulutlar salınır.
Kıyılar dümdüz, cilalanmış gibi düz killi topraklardır. Killi toprak et gibidir. Bu kıyılar
saatlerce içe kadar deniz kokar, tuz kokar. Tuz keskindir. Düz, killi, sürülmüş topraklardan
sonra Çukurovanın bükleri başlar. Örülmüşçesine sık çalılar, kamışlar, böğürtlenler, yaban
asmaları, sazlarla kaplı, koyu yeşil, ucu bucağı belirsiz alanlardır bunlar. Karanlık bir
ormandan daha yabani, daha karanlık”
[7,3].
Yashar Kamol asarlarini o‘qiganimizda uning barcha asarlarida tabiat bosh
qahramon sifatida ishtirok etishiga guvohi bo‘lamiz. Yozuvchi tabiat va kishilar bir
-biriga
bog‘liqligini, ular o‘rtasida uzviylik borligini takidlaydi.
“Tavr tog‘ining etagi naq O‘rtayer dengizidan boshlanadi. Tog‘ etaklari oppoq
ko‘piklar mavj urib yotgan sohildan tikkasiga ko‘tarilib, cho‘qqilar tomon balandlab
ketaveradi. Dengiz uzra pag‘a
-
pag‘a oq bulut suzib yuradi. Sohil kaftdek tep
-tekis, huddi
tar
oshlab qo‘yganga o‘xshaydi, undan dengiz hidi –
sho‘rtan tuz hidi anqib turadi. Bu
tomonlarining yeri soz, hamma yog‘i ekinzor. Chuqurova chakalakzorni buta va qamish bosib
ketgan, har qadamda maymunjon, yovvoyi uzum va qo‘g‘alar uchraydi: ichi shu qadar
q
orong‘uki, hatto qalin o‘romondan ham qorong‘iroqdor”
[8,5]
Tarjimon tasvirni ishonchli berish bilan birga jumlada qo‘llanilgan yashirin
o‘xshatish va jonlantirish kabi nozik badiiy vositalarni to‘la ilg‘agan holda qayta yaratishga
muvaffaq bo‘lgan. Asardagi manzaralar huddi mahoratli musavvir tomonidan chizilganda
y
ko‘rinadi. Tarjimon ham asliyatdagi bo‘yoqdorligini, o‘xshatishlarni to‘laligicha aks ettira
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
217
olgan. Tarjimon tomonidan qo‘llangan
“mavj urib yotgan sohildan tikkasiga ko‘tarilib,
cho‘qqilar tomon balandlab ketaveradi”
jumlalari o‘quvchini tabiatning tirik ekanligi, unda
qandaydir sehr mavjudligiga ishontira oladi.
«Склоны Тавра поднимаются от самого Средиземного моря. Берега его, о
которые разбивается белая пена, постепенно взбираются вверх. Над морем всегда
стоят белые облака. Побережье –
ровное
-
ровное, словно утрамбованная глина.
Часами можно идти, удаляясь от берега, и запах моря будет сопутствовать тебе.
Пахнет солью. Запах этот резок. За ровными, глинистыми, распаханными землями
начинается Чукурова. Это темно
-
зеленая, бескрайняя равнина, покрытая густым
кустарником, камышом, ежевикой, диким виноградом и тростником. Здесь темно;
темнее, чем в лесу».
[9,4]
Ruscha tarjimada esa, tarjimon badiiy bo
‘
yoqlardan foydalanib o
‘
girgan.
Ba’zi
o‘rinlarda hatto asliyatda mavjud bo‘lmagan badiiy o‘xshatishlar tarjimada asar
ta’sirchanligini oshirgan. Masalan, asliyatdagi
“killi toprak”
birikmasi tuproqning turi
sifatida ishlatiladi va ushbu birikma ruscha tarjimada
«утрамбованная
глина»,
o‘zbekcha
tarjimada esa,
“taroshlab qo‘yganga o‘xshaydi”
juda mos ekvivalent topib tarjima qilingan.
Badiiy asar badiiy bo‘yoqlari bilan boyigandagina asl maqsadiga erishgan bo‘ladi. Shuni
inobatga oladigan bo‘lsak, tarjimalardagi o‘xshatishlar, garchi asliyatda uchramasa ham
asar badiiyatini oshirishga hizmat qiladi.
Yashar Kamol asarlarining dunyo tillariga tarjima qilinishi turk adabiyotining dunyo
xalqlari orasida keng targ‘ib qilinishini ta’minlab kelmoqda. Shu nuqtai nazardan, avvalo
yuqorida nomlari zikr etilgan ikki yirik asarning o‘zbek adabiyoti xazinasining b
ebaho
mulkiga aylanganini e’tirof etgan holda, asarlarning o‘zbekcha tarjimalari va ularning
milliy o‘ziga xosliklari, badiiy xususiyatlarini qayta yaratish masalalari ustida kelajakda
jiddiy tarjimashunoslik tadqiqotlari olib borilishi zarurligi, uhbu maq
olaning esa bu yo‘lda
amalga oshirilgan ilk ishlardan hisoblanishini ta’kidlash o‘rinli.
Xulosa qilib aytganda, badiiy asarlarni tarjima qilish, nashr etilgan tarjimalarni
tekshirish bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish masalalari hanuz dolzarbligicha
qolayotganini tan olish zarur. Badiiy nasr yoki nazm matnlarida til nafaqat ma’lumotni
yetkazib berish, balki uni badiiy jihatidan qayta yaratish, asarning estetik qimmatini
tashuvchi vosita ham hisoblanadi. Bundan tashqari badiiy asar begona madaniyat manbai
ham sanaladi. Badiiy tarjima bilan shug‘ullanadigan tarjimondan nafaqat xorijiy tilni puxt
a
egallashi, balki shu til tarixini, madaniyatini, xalqaro madaniy aloqalarga oid bilimlarni,
psixologiya sohasini, xalqlar va dinlar tarixini bilishi ham talab etiladi. Tildan universal
vosita va etnik madaniyat sifatida foydalanish mumkin. Lekin madaniyatni tilga oid
birliklarda semantika shaklida ko‘rsata olish uchun yuqorida sanalgan sohalarda yuqori
bilimga ega bo‘lish muhimdir. Shuning uchun xorijiy tilni puxta o‘rganishda albatta shu
tilni professional o‘rganish bilan bir qatorda shu tilning metodika
sini, madaniyatini,
adabiyotini, mamlakatshunosligini, og‘zaki va yozma tarjima nazariyasi va amaliyoti
fanlarini ham qo‘shib o‘rgatishga jiddiy ahamiyat berish kerak. Natijada bo‘lajak
mutaxassis shu xorijiy tilni chet tilida yozilgan manbalardan qabul qila oladigan va
baholaydigan darajaga yetishi, tarixiy va madaniy merosga hurmat va e’tibor bilan
yondashishi, ma’lumotlarni ijtimoiy va madaniy nuqtayi nazaridan farqlay olishi,
badiiy tarjimani amalga oshirishda mantiqiy ketma-ketliklardan foydalana olishni
shakllantirishi, asl matndagi mohiyatni buzmasdan tarjimada to‘g‘ri ochib bera olishi
professional darajaga ko‘tariladi. Shunday ekan tarjima maktablarimizni kelajakda
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
218
munosib o‘rnini topishini ta’minlashimiz uchun tarjimonlarni qo‘llab
-quvvatlashimiz, ham
nazariy, ham amaliy bilimlarni puxta egallashlariga shart-sharoitlarni yaratib berishimiz
kerak.
FOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR RO‘Y
XATI:
1.
Аминова Л. Турк ёзувчиси Я.Камол асарларида бадиий маҳорат масалалари.
Автореферат. Т., 2003.
2.
Яшар Камол
.
Севги афсонаси
,
(Таржима)
.
–
Тошкент
:
Янги аср авлоди
, 2021.
3.
İnce Memed 60, romanı ise 50 yaşında! Miliyet gazetesi
, 15.02.2007". 7 Nisan
2014 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 13 Eylül 2017.
4.
Naci, Fethi (1-
2 Mayıs 1993). “Yaşar Kemalle Edebiyat ve Politika”. Aydınlık.
www.yasarkemal.net. 4 Mart 2016 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi:
27 Ağustos 2011.
5.
Metin Celal / Nazim Hikmet’in İnce Memed çevirisi. Eylül 7 2022.
https://www.edebiyathaber.net/nazim-hikmetin-ince-memed-cevirisi-metin-celal/
6.
Хамидов
X
. Ўзбек қисса ва романлари турк тилида. –
Тошкент: “EFFECT
-
D”,
2022.
7.
Yaşar Kemal. İnce Memed 1 –
İstanbul: Yapı Kredi Yayınları, 2020.
8.
Yashar Kamol. Inja Mamad 1.
–
Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot
nashriyoti, 1968.
9.
Тощий Мемед. –
Москва: Издательство иностранной литературы, 1959.