Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Godonims and their lexico-semantic groups
Nargiza SATTAROVA
1
Andijan State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2024
Received in revised form
10 August 2024
Accepted 25 August 2024
Available online
25 September 2024
Toponyms represent a valuable linguistic and cultural-
spiritual heritage for all countries, created by humanity over
centuries. One of the key features of place names is that, in
addition to designating specific locations, they also reflect social
and historical information about the development of modern
society, often rooted in the ideological views of the past. In this
article, using the example of toponyms from the Andijan region,
the composition, grammatical structure, and lexical-semantic
groups of godonyms (street names) are analyzed.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
onomastics,
toponyms,
urbanonym,
hodonym,
anthroponyms,
cosmonyms,
zoonyms,
ornithomyms,
lexical basis,
onomastic unit,
onomastic sphere.
Godonimlar va ularning leksik-semantik guruhlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
onomastika,
toponimlar,
urbanonim,
godonim,
antroponimlar,
kosmonimika,
zoonimlar,
ornitonimlar,
lug‘aviy asos,
onomastik birlik,
onomastik ko‘lam.
Joy nomlari barcha mamlakatlarning asrlar davomida insoniyat
tomonidan yaratilgan eng katta til va madaniy-
ma’naviy boyligi
sanaladi. Joylarga qo‘yilgan nomlarning asosiy xususiyatlaridan biri
shuki, bu nomlar o‘zlari aks ettirgan manzillarni atash bilan birga,
o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar asosid
a bugungi jamiyat
taraqqiyotidagi ijtimoiy va tarixiy ma’lumotlarni aks ettirishi bilan
belgilanadi. Ushbu maqolada godonimlarning (ko‘cha nomi)
tarkibi, grammatik qurilishi, ularning leksik-semantik guruhlari
Andijon viloyati joy nomlari misolida tahlilga tortilgan.
1
PhD, Senior Lecturer, Department of Uzbek Language and Literature, Andijan State Pedagogical Institute.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
295
Годонимы и их лексико
-
семантические группы
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
ономастика,
топонимы,
урбаноним,
годоним,
антропонимы,
космонимика,
зоонимы,
орнитонимы,
лексическая основа,
ономастическая единица,
ономастическая сфера.
Топонимы представляют собой величайшее языковое и
культурно
-
духовное наследие всех народов, созданное
человечеством на протяжении веков. Одной из ключевых
особенностей географических названий является то, что они
не только обозначают определенные места, но
и содержат
социальную и историческую информацию о развитии
общества, отражая идеологические взгляды прошлых эпох. В
данной статье на примере топонимов Андижанской области
проводится анализ состава, грамматической структуры и
лексико
-
семантических групп годонимов (названий улиц).
KIRISH
Ma’lumki, madaniyat insoniyat jamiyatlarining millat, xalqlarning davlat bo‘lishi
uchun eng asosiy omil hisoblanadi. Chunki millat
–
madaniyat haqida umumiy
tushunchaga ega bo‘lgan jamoalar tomonidan shakllantirilgan
tuzilmadir. Madaniyatning
yuragi tildir. Til madaniyatni ham yaratadi, uning avloddan avlodga tashuvchisi vazifasini
ham o‘z zimmasiga oladi. Joy nomlari bir millatning umumiy madaniy tushunchasi
doirasida tilning barcha nozik tomonlarini ifoda etuvchi nomlardir.
Bir necha fanlarning umumiy jihatlarini o‘zida aks ettiruvchi joy nomlari geografik
jarayonning oʻzgarishini koʻrsatuvchi muhim belgilardan biri hisoblanadi. Joy nomlari
baʼzan ramz, kuch, siyosiy pozitsiyani aks ettirishga, hukmron tuzumga qarshi
turishga va
uni qayta tiklashga asoslangan o‘ziga xoslik sifatida ham koʻriladi.
Andijon viloyati godonimlarining leksik-semantik guruhlari rang-barang va cheksiz.
To‘plangan materiallarga tayanib, quyidagi kichik mavzu guruhlarini ham ko‘rib chiqamiz:
MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI
Topogodonimlar.
Toponimiyada bir obyektning atoqli oti bilan boshqa bir obyektni
ham atash, ya’ni obyektlar nomining biridan ikkinchisiga ko‘chishi, aniqrogʻi, toponimdan
toponim hosil qilish ma’lum dar
ajada keng tarqalgan xarakterli hodisadir. Bunday nomlar
negizida toponim yotsa, ya’ni toponimdan toponim hosil qilinsa topotoponimlar deb
yuritiladi. Topotoponim toponimik negizdan hosil bo‘lgan toponimdir. Toponimning
yangi, qo‘shimcha vazifaga o‘tishi,
asosan, onomastik konversiya
–
nomni funksional
ko‘chirish orqali yuz beradi. Quyida keltirilgan godonimlar toponimlar asosida hosil
qilingan:
O‘zbekiston ko‘chasi, Toshkent ko‘chasi, Movarounnahr ko‘chasi, Andijon ko‘chasi,
Yangi Xorazm ko‘chasi, Namangan
ko‘chasi, Fargʻona ko‘chasi, Samarqand ko‘chasi, Buxoro
ko‘chasi, Nukus ko‘chasi, Qo‘qon ko‘chasi, Norin ko‘chasi, Forish ko‘chasi, Bagʻdod ko‘chasi,
Sayxun ko‘chasi, Tojmahal ko‘chasi, Sardoba ko‘chasi, Registon ko‘chasi, Orol ko‘chasi
kabi.
Topogodonimlarning hosil bo‘lishida ikki xil jarayon yorqin ko‘zga tashlanadi:
1.
Yonma-
yon, yaqin joylashgan obyektlarning nomi biridan ikkinchisiga o‘tadi;
Andijon shahar > Andijon ko‘chasi kabi.
2.
Aksincha,
uzoq
joylashgan
obyektlarning
nomi
biri-
biriga
o‘t
adi.
Topotoponimlarning hosil bo‘lish qonuniyatlari hali toponimiyada yaxshi o‘rganilgan
emas. Bunga sabab nom ko‘chishi murakkab jarayon bo‘lsa, ikkinchidan, biridan
ikkinchisiga o‘tgan nomlarning qaysi biri dastlabki nom ekanini aniq belgilashni talab
qiladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
296
Andijon viloyati godonimlari tarkibida bitta nom (toponim)ning ko‘p holda birdan
ortiq obyektning nomi bo‘lib kelishini ko‘rsatdi. Biz to‘plagan materiallar orasida 2,3,4,5
tagacha obyektga nom bo‘lib kelgan godonimlar mavjud. Quyida ushbu nomlardan
namunalar keltiramiz:
1.
Shahar va ko‘cha nomi:
Andijon ko‘chasi
(Asaka),
Toshkent ko‘chasi
(Shahrixon),
Xorazm ko‘chasi
(Andijon) kabi.
2.
Ko‘cha va soy nomi:
Mazgilsoy ko‘chasi
(Oltinko‘l), Chirtaksoy ko‘chasi
(Paxtaobod),
Shaxrixonsoy ko‘chasi
(Qo‘rgʻontep
a),
Soy ko‘chasi
(Andijon),
Andijonsoy
ko‘chasi
(Qo‘rgʻontepa) kabi.
3.
Ko‘cha va masjid nomi:
Devonaboy ko‘chasi
(Andijon) kabi.
4.
Ko‘cha va togʻ nomi:
Qorovultogʻ ko‘chasi
(Xo‘jaobod),
Balandtogʻ ko‘chasi
(Jalaquduq) kabi.
5.
Ko‘cha va tepalik nomi:
Aziz Deva ko
‘chasi
(Qo‘rgʻontepa),
Cho‘qqitepa ko‘chasi
(Andijon),
Dardoqtepa ko‘chasi
(Qo‘rgʻontepa) kabi.
6.
Ko‘cha va buloq nomi:
Sho‘rbuloq ko‘chasi
(Andijon),
Buloq ko‘chasi
(Xo‘jaobod),
Chimbuloq ko‘chasi
(Xo‘jaobod) kabi.
7.
Mahalla va ko‘cha nomi:
Yuzlar ko‘chasi
(Asaka),
Yuksalish ko‘chasi
(Qo‘rgʻontepa)
kabi.
8.
Ko‘cha va qadamjoy:
Xovuskonota ko‘chasi
(Paxtaobod),
Zangibobo ko‘chasi
(Andijon),
Boboxuroson ko‘chasi
(Marhamat) kabi.
9.
Ko‘cha va jarlik:
Jarboshi ko‘chasi
(Jalaquduq),
Jartepa ko‘chasi
(Baliqchi) kabi.
10.
Ko
‘cha va jo‘ga, ariq nomi:
Sariqjo‘ga ko‘chasi
(Bo‘ston),
Bo‘zariq ko‘chasi
(Asaka) kabi.
Mavhum tushuncha ifodalovchi leksemalar yordamida.
Viloyat hududi
godonimlarining asosiy hajmini m
avhum tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar
dan hosil
bo‘lgan nomlar
tashkil qiladi. Joy nomlari hamma vaqt muayyan informativ-axborotlar
manbai hisoblanadi. Bundan tashqari, XX asr boshlaridan bir qator fanlar alohida ilm
sohasi sifatida shakllanib, ularning muayyan tushuncha qoida va qonunlarini ifoda etuvchi
ilmiy termin
, so‘z, iboralarni lugʻaviy jihatdan izohlash ancha tartibga qo‘yildi.
TAHLIL VA NATIJALA
Tilimizning lugʻat zaxirasida atoqli otlar ma’lum bir o‘rinni egallaydi. Kishilarning
ismlari, familiyalari, otasining ismi, taxalluslar, laqablar, plan
е
ta va yulduzlarning nomlari,
uy hayvonlari va qushlarga atab qo‘yilgan nomlar, gе
ografik nomlar, tashkilot va idora
nomlari, gaz
еta va jurnal nomlari atoqli otlar sifatida o‘rganiladi. Atoqli otlarning
shakllanishiga mavhum otlar ham asos bo‘l
adi. Mavhum tushuncha, b
е
lgi, xususiyat va
holat nomlari mavhum otlar d
еyiladi. Mavhum otlar ko‘plik shaklida qo‘llanmaydi: ezgulik,
yaxshilik, m
е
hr, muhabbat, baxt, quvonch kabi.
Turdosh otlar yakka pr
е
dm
е
t, shaxs yoki voq
е
a-
hodisaga nom bo‘lganda atoqli
otga
ko‘chgan hisoblanadi. Masalan: lola –
o‘simlik nomi, turdosh ot >
Lola
–
ism, atoqli ot;
qanoat
–
sabr, turdosh ot >
Qanoat ko‘chasi
atoqli ot va hokazo.
Shu o‘rinda aniq va mavhum so‘zlariga e’tibor qarataylik. Mavhum: “xayolda
gavdalantirish, xayoliy, besaramjon. Aql bilan fikrlash orqali tasavvur etiladigan; abstrakt”
[1;
–
Б. 518.] Aniq: “nafis, nozik; ravshan, tushunarli; eshitish, ko‘rish, tushunish j
ihatdan
to‘la ifodali”.[2; –
Б. 85.] Abstrakt: “ayn. Mavhum”.[3; –
Б. 28.
] Yuqorida keltirilgan
izohlardan so‘ng mavhum va abstrakt so‘zlari o‘zaro ma’no jihatdan tengligini ko‘rishimiz
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
297
mumkin. Mavhum nomlar qatoridan joy olgan juda ko‘p so‘zlarni godoniml
ar tarkibida
ham uchratishimiz mumkin. Quyida berilgan misollarni ko‘rib chiqaylik.
Tub mavhum otlar asosida shakllangan godonimlar:
Afsona
ko‘chasi, Alam
ko‘chasi,
Diyonat
ko‘chasi, Dunyo
ko‘chasi, E’tiqod
ko‘chasi, Fazo
ko‘chasi, Haqiqat
ko‘chasi, Hayot
ko‘chasi, Ilhom
ko‘chasi, Intizor
ko‘chasi, Ehtirom
ko‘chasi, Iqtidor
ko‘chasi, Erk
ko‘chasi,
Ko‘ngil
ko‘chasi, Mahorat
ko‘chasi, Malham
ko‘chasi
kabi.
Zoogodonimlar.
Oʻzbek tili leksik qatlamini kuzatar ekanmiz, nomlar alohida
ahamiyatga ega ekanligiga guvoh boʻlamiz. Zoonimlar atamasi ilk bor grek tilida paydo
boʻlgan va soʻnggi oʻn yil ichida zoonimlarga qiziqish yanada ortdi. Tilshunoslikda
zoonimlarga oid ilk tadqiqot N.K.Dmitriyev tomonidan olib borilgan. Insoniyat yaralibdiki,
bir narsani ikkinchi narsadan farqlash uchun ularni oʻz dunyoqarashidan kelib chiqib
nomlashga harakat qilib kelgan. Xalqimizda qadimdan urugʻ
-
qabilalar, joy, oʻsimlik,
hayvonot nomlari mavj
ud boʻlgan. Hayvonlar nomi bilan bogʻliq nomlar
-zoogodonimlarga
viloyat hududidagi bu turdagi nomlar uchta guruhga ajratildi:
1.
Uy hayvonlari:
Qoraqo‘zi ko‘chasi
(Jalaquduq),
Qoragʻo‘non ko‘chasi
(Jalaquduq)
kabi.
Yovvoyi hayvonlar:
Ohu ko‘chasi
(Jalaquduq),
Arslon ko‘chasi
(Andijon, Ulugʻnor),
Noraybo‘ri ko‘chasi
(Marhamat) kabi.
Qush va parrandalar:
Cho‘liqush ko‘chasi
(Ulugʻnor),
Humo qushi ko‘chasi
(Qo‘rgʻontepa),
Lochin ko‘chasi
(Paxtaobod, Ulugʻnor)
kabi.
2.
A
fsonaviy nomlar asosida hosil bo‘l
gan zoogodonimlar.
Ushbu tasnifning
tarkibida afsonaviy hayvon va qushlar nomi ham keltirilgan. Masalan,
Duldul ko‘chasi
(Jalaquduq),
Semurgʻ ko‘chasi
(Andijon),
Humo qushi ko‘chasi
(Qo‘rgʻontepa) kabi.
Orogodonimlar.
Joyning relyefi bilan bogʻliq nomlar –
oronimlar faqatgina togʻlar
va tepaliklar emas, balki jarliklar, vodiylar, pasttekisliklar, daralar, qumliklar va boshqa
orografik obyektlar nomlaridir.
“Oronim (yunocha oros
-
togʻ, onoma
-
nom, ism)” [4; –
Б.
45]
demakd
ir. Andijon viloyatining oronimlar asosida hosil bo‘lgan godonimlari guruhiga
quyidagilar kiradi:
Adir:
Adirobod ko‘chasi
(Asaka);
Dovon:
Dovon ko‘chasi
(Marhamat);
Togʻ:
Qorovultogʻ ko‘chasi
(Xo‘jaobod),
Balandtogʻ ko‘chasi
(Jalaquduq);
Tosh:
Toshtepa ko‘
chasi
(Asaka);
Cho‘qqi
:
Cho‘qqitepa ko‘chasi
(Andijon);
Tepa:
Dardoqtepa ko‘chasi
(Qo‘rgʻontepa),
Oqtepa ko‘chasi
(Oltinko‘l) kabi.
Biror obyektga yaqinligi va geografik joylashuvi bo‘yicha(mo‘ljal):
Aeroport
ko‘chasi,
Paxtaortma ko‘chasi, Oromgoh ko‘chasi, Bogʻcha ko‘chasi, Madrasa ko‘chasi, Soy
ko‘chasi, Stadion ko‘chasi, Suvtegirmon ko‘chasi, Universitet ko‘chasi
kabi.
Aziz joy nomlari asosida shakllangan godonimlar:
Teshiktoshota ko‘chasi
(Jalaquduq),
Xovuskonota k
o‘chasi
(Paxtaobod
), Mirpo‘stin ko‘chasi
(Andijon)
Aziz Deva
ko‘chasi
(Qo‘rgʻontepa) kabi.
Aholining ijtimoiy tarkibiga ishora qiluvchi godonimlar:
Boyto‘pi ko‘chasi
(Paxtaobod),
Xo‘jato‘pi ko‘chasi
(Asaka),
Ziyolilar ko‘chasi
(Marhamat) kabi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Godonimlarda xalqning o‘tmishi, urf
-odatlari, boshidan kechirgan turli xil siyosiy-
ijtimoiy, etnomadaniy jarayonlar o‘z aksini topgan bo‘ladi. Shunga binoan, toponimiyaning
tarkibiy qismlaridan biri urbano
nimlarning ko‘lamchasi bo‘lgan godonimlar muayyan til
lug‘at boyligining muhim tarkibiy qismi, o‘tmish voqealari darakchisi hisoblanadi.
Do‘stlik,
Jalabek, Soy, Poloson, Qoratut
kabi.
Aholining o‘tmishdagi etnik tarkibi –
qaysi urug‘, qabila, qavm, toifaga
mansubligi,
iqtisodiy turmish sharoiti
–
qanday kasb-
hunar bilan shug‘ullanganligi, shuningdek,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
298
joyning biron kishiga qarashliligini ifodalovchi godonimlar tahlili o‘rinli qo‘llangan.
Godonimlar toponimik birliklar ichida turli ijtimoiy-siyosiy sabablarga
ko‘ra almashinib
turishi mumkin bo‘lgan birliklardan hisoblanganligi uchun vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi. Bu
hodisa aholi yashaydigan joy nomlarining jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy, siyosiy hamda
madaniy hayoti, turmush darajasi bilan bog‘liq ekanligini
ko‘rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
:
1.
Ўзбек
тилининг
изоҳли
луғати
.
А
.
Мадвалиев
таҳрири
остида
.
–
Тошкент
:
Ўзбекистон
миллий
энциклопедияси
, 2008.
–
Б
. 518.
2.
Улуқов Н. Ўзбек тили гидронимларининг тарихий
-
лисоний тадқиқи.
Монография. –
Тошкент: Фан, 2008. –
Б. 151.
3.
Ҳожиев А. Ўзбек тилида сўз ясалиш тизими. –
Тошкент: Ўқитувчи, 2007. –
Б.
7.
4.
Мурзаев Э.М. Апеллятивы в топонимах Средней Азии // Ономастика Средней
Азии. –
Фрунзе: Илым, 1980. –
С. 128.
5.
Дўсимов З., Эгамов Х. Жой номларининг қисқача изоҳли луғати. –
Тошкент:
Ўқитувчи, 1977. –
Б. 15.
6.
Нафасов Т. Қашқадарё қишлоқномаси. –
Тошкент: Муҳаррир, 2009. –
Б. 89.
7.
Ғуломов П. Жуғрофия атамалари ва тушунчалари изоҳли луғати. –
Тошкент:
Ўқитувчи, 1994. –
Б. 67.
8.
Большой энциклопедический словарь. М.; СПб., 2000. (Antroponimiya,
Toponimiya).
9.
Матвеев А. К. Апология имени // Вопр. ономастики. 2004. № 1. С. 7–
13.